Baliqlarning trematodoz (Opistorxoz. Diplostomoz. Postodiplostomoz) kasalliklari.
Baliqlarning trematodoz (Opistorxoz. Diplostomoz. Postodiplostomoz) kasalliklari. Reja: 1. Opistorxoz kasalligi 2. Diplostomoz kasalligi 3. Postodiplostomoz kasalligi
Baliqlar trematodoz va ularning qo‘zg‘atuvchilari. Baliqlar gelmintozlarini yuqorida gapirganimizdek parazit chuvalchanglar keltirib chiqaradi. Baliq trematodozlariga, so‘rg‘ichlilar keltirib chiqaradigan kasalliklar kiradi, ya’ni kariofillez, batriotsefaliyoz, filometroidoz va boshqalar kiradi. So‘rg‘ichlilar (Trematoda) sinfi vakilari trematodozlarni keltirib chiqaradi . So‘rg‘ichlilar sinfiga 400 dan ortik tur kiradi. Xamma vakillari umurtkali va umurtkasiz xayvonlarning ichki organlarida parazit yashaydi. Tanasining shakli kiprikli chuvalchanlarga uxshash bargsimon, lekin tanasi sirtida kipriklar bulmaydi. So‘rg‘ichlilarning teri-muskul kopchasi ham kiprikli chuvalchanglarnikiga o‘xshaydi, lekin trematodalar, shu jumladan, jigar qurtining tanasi ham tegument deb ataluvchi sitoplazmatik po‘st bilan qoplangan. Bu ikki, ya’ni yadrosiz tashqi va yadroga ega bo‘lgan ichki qavatdan iborat. Tegumentnnng tashqi va ichki qavati plazmatik membrana orqali ajralib turadi. Membrana ostidagi sitoplazmada bir necha mayda vakuolalar, shuningdek mitoxondriyalar va ko‘tikuladan iborat kichik tukchalar mavjuddir. Tegument tashqi qavatining ostki tomoni bazal membrana bilan qoplangan, uning mayda teshikchalari orqali sitoplazmatik ipchalar o‘tib, tegumentninng ikkala qavatini bir-biri bilan tutashtirib turadi. Ovqat hazm qilish sistemasi tananing oldingi qismidagi so‘rg‘ichining o‘rtasida joylashgan og‘iz teshigidan boshlanadi. Og‘izdan keyin tomoq oldi bo‘shlig‘i va muskullik tomoq joylashadi. So‘rg‘ich tomoq oldi bo‘shlig‘i va tomoq bular hammasi birgalikda ovqat so‘ruvchi apparatni hosil qiladi. Endodermadan rivojlangan o‘rta ichak ikkita asosiy shoxchaga bo‘linadi, ular esa bir necha yon ko‘r o‘simtalar hosil qiladi. Anal teshigi yo‘q, ovqat qoldiqlari og‘iz teshigi orqali chiqadi.Ayiruv organlari protonefridiy tarzida tuzilgan. Tananing o‘rta qismida tok ayiruv naychasi bo‘lib, unga bir necha mayda yig‘uvchi naychalar kelib qo‘shiladi. Asosiy ayiruv naychasi tananing orqa uchidan tashqariga ochiladi. Qon aylanish va nafas olish organlar sistemasi rivojlanmagan. Nerv sistemasi kiprikli chuvalchanglarga nisbatan sust rivojlangan. Xalqum oldi nerv tugunidan og‘iz so‘rg‘ichiga va tananing orqa
uchnga qarab uch juft (qorin, elka va yon) bo‘ylama nerv tolalari tarqalgan. Bu nerv tolalari o‘zaro komissuralar bilan bog‘langandir. K o‘pchili k surgichlilar germafrodit. So‘rg‘ichlilarning ko‘pchiligida, shu jumladan, jigar qurtida ham ootip bo‘lmaydi. Bunday holatda ootip vazifasini bajaruvchi tuxumdonning oxirgi uchidagi kengaygan qismiga sariqdonlarning chiqarish naychasi kelib qo‘shiladi. Tuxumdonning bu qismini ustki tomondan koplab turgan bir hujayrali mayda bezlar esa Melis tanachasini hosil qiladi. Urug‘langan tuxumlar shu erda sarik moddaga o‘raladi va po‘st bilan koplanadi. Tuxumdonning shu qismida juda ko‘p bo‘ralgan organ — bachadon boshlanadi. U qorin so‘rg‘ichi oldida ingichkalashib borib jinsiy kloakaga ochiladi. Jigar qurtlari qo‘shilishi paytida bachadon orqali spermatozoidlar o‘tadi, demak u yaqin vazifasini ham bajaradi. Etilgan jigar qurtida urug‘langan tuxumlar bachadonda saqlanadi va dastlabki rivojlanish davrini shu erda o‘tkazadi. Erkaklik organlar sistemasi juda ko‘p mayda shoxchalar hosil qiladigan va jigar qurti tanasining markaziy qismida joylashgan juft urug‘dondan iborat. Har bir urug‘dondan chiqqan urug‘ yo‘llari qorin so‘rg‘ichiga yaqin joyda o‘zaro qo‘shilib, urug‘ pufagini hosil qilib, keyin ingichka urug‘ chiqarish naychasiga aylanadi. U esa qo‘shilish organi sirrusga ochiladi. Sirrus odatda sirrus xaltasining ichida joylashgan, u faqat qo‘shilish vaqtidagina tashqariga buralib chiqadi. Opistorxoz – bu it va boshqa go‘shtxo‘r hayvonlar hamda odamlarning tabiiy-o‘choqli invazion kasalligi bo‘lib, uni Opistorchis felileus (oilasi Opistorchidae)ni hayvonlarning jigar o‘t yo‘llarida, o‘t pufagida, ba’zan esa oshqozon osti bezining yo‘llarida parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atiladi . Biologiyasi. Parazit biogelmint. Oraliq xo‘jayinlari Bithynia leachi avlodiga mansub chuchuk suv mollyuskalari, qo‘shimcha xo‘jayinlari esa ko‘pchilik karp turdagi baliqlar (plotva, lin, yaz, karp, leщ, sazan, chebak va boshqalar). E pizootologi ma’lumotlar. Opistorxoz asosan o‘choqli, manbali ravishda tarqalgan. Kasallik Ob, Irtыsh, Volga, Kama, Dnepr, Janubiy Buga, Neman daryolarida, qaysikim bu erlarda qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayini mollyuskalari keng tarqalgan, ko‘proq uchraydi. Suv havzalarning zararlanish manbai – bu
opistorxoz bilan kasallangan odamlar va go‘shtxo‘r hayvonlar. Zararlanish ko‘proq bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Odam va go‘shtxo‘r hayvonlar xom va yaxshi pishirilmagan baliqlarni is’temol qilganlarida kasallikka chalinadilar. EI-75-80%, II-bir necha ming metatserkariylar bir boshda. Qo‘zg‘atuvchining oraliq xo‘jayinlari - suvning oqimi past bo‘lgan daryolarda, o‘simliklari ko‘p bo‘lgan suv havzalarda ko‘proq uchraydi. Patogenez. Opistorxuslar o‘t yo‘llarini jarohatlanishi oqibatida o‘t suyuqligining oqishi qiyinlashib, jigarda turg‘unlik holati vujudga keladi. Organizmda zaharlanish kuzatilib, allergik holat paydo bo‘ladi. Xolitsistit, sirroz rivojlanadi. Metatserkariylar ko‘p mikdorda baliq organizmiga parazitlik qilishi natijasida kapsulaga o‘ralgan uchastkalar hosil bo‘ladi, muskul tolasining elastikligi yo‘qoladi. Kasallikni oldini olish maqsadida go‘shtxo‘r hayvonlarga hamda odamlarga xom, yaxshi qovurilmagan, qaynatilmagan baliqlarni bermaslik. Ayniqsa Ob va Irtыsh daryolaridan, Volga va uning ilmoqdaridan ovlangan baliqlarni go‘shtxo‘r hayvonlar ratsioniga kiritmaslik. Motorli baliq ovlovchi kemalarga yopiq tipdagi hojatxonalarni bo‘lishi shart. Bundan tashqari, aholining gelmintologiya sohasidagi bilimlarini, ayniqsa baliqchilar, ovchilar, baliqchilik zavodlardagi xodimlar, moryaklarni bilimlarini yanada oshirish. Opistorxoz bo‘yicha nosog‘lom xo‘jaliklardan ovlangan baliqlarni kamida ikki hafta davomida tuzlatish. Bunda muskuldagi tuzning miqdori 14% ga etishi kerak, yoki muzlatish. Harorat 21-23 grad-da bo‘lishi kerak. Targ‘ibot-tashviqot ishlarni yo‘lga qo‘yish. Diplostomoz – bu baliqlarning keng tarqalgan invazion, gelmintoz (trematodoz) kasalligi bo‘lib, uni Diplostomatide oilasiga mansub 4-ta trematod turlarining lichinkalari – metatserkariylarining (Diplostomatide Diplostomum spathaclum) baliqlarning ko‘zida: ko‘z shishasida, ko‘zning olmasida, sklera va retin oralig‘ida parazitlik qilishi oqibatida qo‘zg‘atilib, kasallik ko‘z shishasining xiralashuvi, ko‘rish funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi. (katarakta ham deb yuritiladi).
Qo‘zg‘atuvchisi. D. Spathaceum tanasi yassi, ovalsimon bo‘lib, uzunligi 0,4- 0,5 mm, eni 0,2-0,3 mm. Epizootologik ma’lumotlar. Diplostomoz keng tarqalgan invazion kasalliklardan biri hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchilarini ko‘llarda, daryolarda, hovuzlarda, suv omborlarida uchratish mumkin. Kasallikka karp, leщ, plotva, okun, sudak, nalim, щuka, gustera, forel, karas, pelyad, oq amur, peshonado‘ng va boshqa 100 dan ortiq baliq turlari moyil. Kasallikka barcha yoshdagi baliqlar, biroq yoshlari ancha moyil bo‘lib, ularda o‘lim darajasi ancha yuqoridir. Kasallik manbai – bu metatserkariylar bilan zararlangan baliqlar, Serkariylari bor mollyuskalar. Diplostomozning tarqalishida asosiy rol- baliqxo‘r parrandalar, qaysikim ular bir suv havzasidan ikkinchisiga o‘tganlarida natijalari bilan suvni ifloslanishiga olib keladilar. Serkariylar bilan zararlangan mollyuskalar suvning oqimi bilan boshqa suv havzalarida suzib borib u erni ham zararlanishi mumkin. Kasallik asosan bahor-yoz oylarida kuzatiladi. Zararlanish yosh baliqlarni ikrasidan chiqqach, 5-6-chi kunlarida sodir bo‘ladi. Diplostomoz o‘tkir va surunkali oqimda kechadi. Lichinkalari baliqlarning ko‘zining xrustalida parazitlik qilinishi natijasida unda yallig‘lanish jarayoni kechib, uning xiralashuviga, ko‘zning ichki kamerasida yorug‘likni borishini qiyinlashuviga, ohak moddasining yig‘ilib qolishiga, xiralashuv va unda oq-sut rangidagi parda hosil bo‘lishiga olib keladi. Ko‘zning oldingi kamerasida ekssudat yig‘ilib qoladi, uning bosimi ostida esa ko‘zning shox pardasi qayrilib pucheglaziening kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Zararlangan muguz pardaning shakli o‘zgaradi va oq pardasining yorilishi natijasida tashqariga chiqib qoladi, baliqlar ko‘r bo‘lib qoladi, normal oziqlanmaydi, oriqlanadi va nobud bo‘ladi yoki parrandalar tomonidan is’temol qilinadi. Patogenezi. Metatserkariylar o‘zlarining so‘rg‘ichlari bilan ko‘zning muguz pardasini jarohatlaydi va yallig‘lanish jarayonini keltirib chiqaradi. Muguz pardada ohak moddasini yig‘ilib qolishi uning xiralashuviga olib keladi. Ko‘rish funksiyasi qisman yoki butunlay buziladi.