logo

Bank nomli malumotlar bazasini yaratish hamda infologik va datalogik loyihalash

Загружено в:

11.11.2024

Скачано:

0

Размер:

1579.439453125 KB
“ Bank nomli ma/lumotlar bazasini yaratish hamda infologik va
datalogik loyihalash ”   
Reja: 
Kirish 
Asosiy qism 
I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida.  
I.1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. 
I.2.   Infologik model tushunchasi va bank infologik modelini yaratish .  
I. 3.Ma’lumotlarni boshqarish. 
II.bob. “Bank” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni 
shakllantirish 
II.1. Ma’lumotlar bazasidagi jadvallar va uning tarkibiy qismlari – maydonlari 
II. 2.Jadvallarning o’zaro bog’lanishi.  
II.3.   SQL   operatorlari   yordamida   jadvallarni   hosil   qilish   va     jadvallarga
ma’lumotlar kiritish. 
III.4.   SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish 
Xulosa 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1  
   
 
Kirish 
Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish
juda   muhim   tushunchaga   aylanib   bo’ldi.   Axborot   dunyosidagi   eng   asosiy
vazifa   –   uni   qayta   ishlashdir.   Axborotni   qayta   ishlash   esa   eng   murakkab
jarayonlardan biridir. 
Umuman   olganda,   ma’lumotlarni   qayta   ishlash   deganda,   ular   ustida
bajariladigan   amallar   –   saqlash,   uzatish,   tahrirdan   o’tkazish   kabilarni
tushunishimiz   mumkin.   Axborotlar   ustida   amallar   bajarish   uchun   ularni   bir
joyga   to’plash   muhim   hisoblanadi.   Axborotlar   miqdori   oz   bo’lmaganligi
sababli   bu   jarayon,   albatta,   kompyuterlar   yordamida   amalga   oshirilmoqda.
Axborotlarning bir joyga jamlanishi 
“ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi. 
Ma’lumotlar   bazasi   texnologiyalarining   paydo   bo’lishi   va   rivojlanishi
tarixini   tor   ma’noda   qarab   chiqaylik.   Chunki   bu   tushuncha   tarixi   tushunchasi
keng   ma’noda,   insoniyat   ma’lumotlarni   saqlaydigan   va   ishlov   beradigan   har
qanday vositalar tarixiga umumlashtiriladi.  
Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy
(zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955-
yilda   dasturlashtiriladigan   yozuv   uskunalari   paydo   bo’lgani   bilan   bog’lash
mumkin.   Bu   vaqtda   dasturiy   ta’minot   fayllarga   asoslangan   yozuvlarni   qayta
ishlash   modelini   qo’llab-quvvatlar   edi.   Ma’lumotlarni   saqlash   uchun
perfokartalardan foydalanilgan. 
Internet   tarmog’ining   ma’lumotlar   bazasi   1960-yillarning   o’rtalarida   paydo
bo’ldi.   Ma’lumotlar   bazasidagi   operatsiyalar   terminallar   yordamida   interaktiv
ravishda   qayta   ishlandi.   Keyingi   muhim   qadam   Edgar   Koddning   ishi   tufayli
1970-yillarning   boshlarida   relyatsion   ma’lumotlar   modelining   paydo   bo’lishi
bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika
va mantiq bilan chambarchas bog’lash uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi”
2  
  atamasi 1960yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha
sun’iy   intellekt   tizimlari   nuqtai   nazaridan   tor   ma’noda   tushunilgan   bo’lsa-da,
1964-1965-yillarda   SDC   tomonidan   tashkil   qilingan   simpoziumlarda   joriy
etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. 
3  
  I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida.
I.1.Ma’lumot bazasi tushunchasi
Ko‘pchilik,   terminlarni   tushunish   bo‘yicha   biroz   qiynalishadi,   lekin
aynan   terminlarni   bilish,   qo‘yilgan   vazifalarni   yechishda   yoki   paydo   bo‘lgan
xatoliklarni   bartaraf   etishda   juda   kerak   bo‘ladi.   Misol   uchun,   biror   muammo
paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv
tizimiga   terminlar   orqali   so‘rov   bersangiz,   muammo   yechish   qiyinchilik
tug‘dirmaydi,   agar   terminlarsiz   oddiy   so‘zlar   bilan   qidirishni   amalga
oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi. 
Bu   maqolada   ma’lumotlar   bazasiga   oid   juda   kerakli   va   ko‘pchilik(!)
adashtiradigan   ikki   terminni   tushuntirishga   harakat   qilaman:   Ma’lumotlar
bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT). 
Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta
ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi
axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi
model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni
bir  hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki  bo‘lmasa telefon
raqamlar   yozilgan   kitobcha,   bu   yerda   ism,   telefon   raqam   kabi   bir   hil   tipdagi
ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. 
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil
qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa
qilib   aytganda,   MBBT   barcha   jarayonlarni   amalga   oshiradi.   Ma’lumotlar
bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. 
Ma’lumotlar   bazasidagi   ma’lumotlar,   SQL   so‘rov   tillari   orqali
boshqariladi,   bu   tilda   MBBT’ga   so‘rov   beriladi,   bu   so‘rov   u   yerda   qayta
ishlanib,   natija   olish   uchun   ma’lumotlar   bazasiga   murojaat   qiladi,   u   yerdan
so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: 
Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo’la oladi: 
1. — Oracle; 
2. — MySQL; 
4  
  3. — Microsoft Office Access; 
4. — MariaDB; 
5. — Microsoft SQL Server; 
Bugungi   dunyoda   ma’lumotlar   har   xil   va   keng   tarqalgan.   Ma’lumotlar
bazasi  ma’lumotlarni  saqlash va boshqarishning eng yaxshi  usuli  hisoblanadi.
Ma’lumotlar   bazalari   ma’lumotlarni   doimiy   ravishda   va   xavfsiz   tarzda
almashishni ta’minlaydi.  
Ma’lumotlar   nafaqat   keng   yoyilgan   va   keng   tarqalgan   hamdir.   Bu
tashkilotlarning   yashashi   va   rivojlanishi   uchun   ham   zarurdir.   Masalan,   OTM
o’zining   professor-o’qituvchilari,   fakultetlari,   tegishli   yo’nalishlari   va
mutaxassisliklari   hamda   talabalari   haqida   hech   qanday   ma’lumotga   ega
bo’lmasdan   turib   rivojlanishi   mumkinmi,   degan   savolni   o’rtaga   qo’yib
ko’raylik.   Barcha   OTMlar   ushbu   turdagi   ma’lumotlarni   saqlashlari   kerak.
Muhim   ahamiyatga   ega   bo’lganidek,   ular   kerak   bo’lganda   qaror   qabul
qiluvchilar   uchun   ma’lumotlarga   ega   bo’lishlari   kerak.   Ishonch   bilan   aytish
mumkinki,   OTMning   barcha   axborot   tizimlarining   maqsadi   ularga   axborotni
tashkiliy   manba   sifatida   ishlatishga   yordam   berishdir.   Ushbu   tizimlarning
barchasida   ma’lumotlarni   yig’ish,   saqlash,   umumlashtirish,   boshqarish   va
tarqatish turadi. 
Biz   texnalogiyalar   asrida   yashamoqdamiz.Insonning     kundalik   m е hnat
faoliyati   tashqi   muhit   to`g`risidagi   axborotlarni   qabul   qilish   va   to`plash,   turli
masalalarni   е chish   uchun   zarur   bo`lgan   ma'lumotlarni   aniqlash,   qayta   ishlash
kabi   amallarni   bajarish   bilan   bog`liq   bo`ladi.   “Ma’lumotlar   bazasi”   atamasi
1960yillarning   boshlarida   paydo   bo’lgan,   garchi   dastlab   bu   tushuncha   sun’iy
intellekt   tizimlari   nuqtai   nazaridan   tor   ma’noda   tushunilgan   bo’lsa-da,   1964-
1965-yillarda   SDC   tomonidan   tashkil   qilingan   simpoziumlarda   joriy   etilgan.
Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan.  
Ma’lumotlar   bazasi   –   tegishli   ma’lumotlar   to’plamini   o’z   ichiga   olgan
umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi 
5  
  Shu   sababli,   ham   yuqoridagi   amallar   majmuasi,   ularni   tatbiq   etish
usullarini vositalari axborot tizimlarini (AT) yaratish uchun asos bo`lib xizmat
qiladi. 
Axborot tizimlarining asosiy maqsadi foydalanuvchilarni t е gishli sohaga
taaluqli bo`lgan axborot bilan ta'minlashiga qaratilgan. EHMlarning yaratilishi
natijasida   avtomatlashtirilgan   axborot   tizimlarini   (AAT)   hosil   qilish
imkoniyatlari paydo bo`ldi. 
Hozirgi   kunda  AATning   rivojlanishi   ikki   yo`nalishda   olib   borilmoqda.
Birinchi yo`nalish – avtonom fayllar asosida   axboorot tizimlarini hosil qilish.
Bunday  Atning   imkoniyat   doiralari   ch е garalangan   va   oddiy   tuzilishiga   ega.
Ular   avtonom   fayllar   to`plamini   qayta   ishlash   hamda   hujjatlarni   chiqarish
amallarini   bajaradigan   dasturlar   majmuasidan   tashkil   topadi.   Bunday   tizimlar
quyidagi kamchiliklarna ega: 
- ma'lumotlarning takrorlanishi; 
- fayllarni yuritish murakkabligi; 
- fayllarning birgalikda ishlashi qiyinligi; 
- dasturlarning ma'lumotlarga bog`liqligi va boshqalar. 
Ikkinchi yo`nalish - ma'lumotlar bazasini hosil qilish. Ma'lumotlar bazasi
asosida   hosil   qilingan  AT   foydalanuvchilar   majmuasiga   xizmat   ko`rsatadi   va
yuqorida ko`rsatilgan tizimlar juda k е ng tarqalmoqda. 
AATning   faoliyati   axborotlarni   to`plash   va   qayta   ishlash   bilan   bog`liq.
Tizimga   kiritilayotgan   va   foydalanuvchiga   b е rilayotgan   axborotlar   hujjatlar
ko`rinishda shakllanadi. Shu sababali ham hujjat moddiy ob' е kt hisoblanadi va
ma'lum   bir   tartib   asosida   rasmiylashtirilgan   axborotlar   to`plamidan   iborat
bo`ladi. 
AATda   axborot   manbai   sifatida  odamlar   va   t е xnik  vositalar   hisoblansa,
ist е 'molchi   sifatida   turli   foydalanuvchilarni   uch   guruhga   ajratish   mumkin:
tizimning ma'muriyati, dasturchilar va oxirgi ist е 'molchilar. 
6  
  Foydalanuvchilarning AAT ga murojaati talab asosida amalga oshiriladi.
Talab-mavsumlashtirilgan   xabar   bo`lib,   unda   t е gishli   ma'lumotlarni   qidirish
shartlari va ular ustidan bajarilishi lozim bo`lgan vazifalar ko`rsatiladi. 
Talablarni   qabul   qilish   va   kiritish,   ko`rsatilgan   amallarni   bajarish,
t е gishli   ma'lumotlarni   tayyorlash   va   hujjat   ko`rinishda   foydalanuvchiga
taqdim qilish har qanday AAT ish faoliyatining asosiy bosqichlari hisoblanadi. 
Hozirgi kunda AATlar inson faoliyatning turli sohalarida, masalan, halq
xo`jaligi tarmoqlarini boshqarishda, ilmiy-tadqiqot ishlari boshqarishda, ma'rif
sohasida   loyihalashtirishda   qo`llanilmoqda.   Bunda   quyidagi   ikki   usulning
biridan foydalaniladi. 
AATdan   avtonom   foydalanish.   Bunda   AAT   boshqa   tizim   tarkibiga
kirmaydi va mustaqil faoliyat ko`rsatadi. Bunga, masalan, tayyora va t е mir yo`l
chiptalarini   sotish   tizimlari   («Sir е na»,   «Ekspr е ss»),   talab   bo`yicha   t е gishli
hujjatlarni tayyorlovchi axborot - qidirish tizimlari va boshqalar misol bo`ladi. 
AAT   dan   yuqori   darajali   boshqarish   tizimining   tarkibiy   qismi   sifatida
foydalanish. Bunda hosil qilingan chiquvchi ma'lumotlardan tizimning boshqa
el е m е ntlari   faoliyatida   ham   qo`llaniladi.   Bunday  AATga,   masalan,   axborot   -
o`qitish   tizimlari,   loyihalashtirishning   avtomatlashtirilgan   tizimlari,
avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari misol bo`ladi. 
Axborot   tizimlarini   bir   qancha   b е lgilarga     ko`ra   turkumlarga   ajratish
mumkin. 85-rasmda AATni turkumlashning asosiy b е lgilari ko`rsatilgan. 
Hujjatli axborot qidirish tizimi  (HAQT) hujjatlashtirilgan ma'lumotlarni
saqlash   va   qayta   ishlashni   amalga   oshiradi.   Kutubxona   faoliyatining
avtomatlashtirilgan tizimi HAQT ga misol bo`ladi. 
Faktografik     axborot   qidirish   tizimi   (FAQT)   raqmli   va   mantli
ma'lumotlarni   saqlashda   va   qayta   ishlashda   qo`llaniladi.   Tashkil   qilinayotgan
AATning asosiy qismi FAQT turidagi tizimga misol bo`ladi. 
Ma'lumotlarni   ishlash   usuliga   ko`ra   AAT   ikki   qismga:   axborot
ma'lumotnoma tizimi (AMT) va ma'lumotlarni ishlashning avtomatlashtirilgan
tizimi (MIAT)ga bo`linadi. 
7  
  Ma’lumotlar bazasi  –   tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan
umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi.  
Axborot   tizimining   turiga   va   masalaning   qo’yilishiga   qarab,   bu
ma’lumotlar bir yoki ikki mavzudagi bir necha megabaytdan biznesning ichki
va   tashqi   muhitidagi   yuzlab   mavzularni   qamrab   oladigan   terabaytgacha
o’zgarishi mumkin. 
Ma’lumotlar   bazalari,   kompyuterlarga   asoslangan   tizimlarga
ma’lumotlarni   tezda   saqlash,   boshqarish   va   olish   imkonini   beradigan
ixtisoslashgan tuzilmalardir.   
Ma’lumotlar bazasi tushunchasi  maydon, yozuv, fayl  atamalari bilan bog’liq. 
Maydon   –   bu   saqlanadigan   ma’lumotlarning   eng   kichik   birligi.   Tipik
ma’lumotlar   bazasida   bir   qancha   tiplarning   yoki   saqlanadigan   maydonlarning
har   birini   tavsiflovchi   ko’plab   nusxalari   (occurrence   yoki   instance)   mavjud.
Masalan,   OTMlar   haqida   ma’lumot   mavjud   bo’lgan   ma’lumotlar   bazasida
"OTM   raqami"   nomi   bilan   saqlanadigan   maydon   turini   o’z   ichiga   olishi
mumkin va ma’lumotlar bazasida tavsiflangan OTMlarning har bir turi uchun
(fakultetlar, yo’nalishlar, guruhlar, talabalar va boshqalar)  ushbu saqlanadigan
maydonning alohida nusxasi mavjud bo’ladi. 
Yozuv – bu tegishli saqlanadigan maydonlar to’plamidir. Bunday holda,
saqlangan   yozuvning   nusxasi   saqlanadigan   maydonlarning   tegishli   nusxalari
guruhidan iborat.  
Fayl - bu bir xil turdagi saqlangan yozuvlarning barcha mavjud nusxalari
to’plami.   Oddiylik   uchun   har   qanday   berilgan   fayl   faqat   bitta   turdagi
saqlanadigan   yozuvlarni   o’z   ichiga   olishi   mumkin   deb   qabul   qilinadi.   Ushbu
soddalashtirish keyingi mulohazalarga jiddiy ta’sir ko’rsatmaydi. 
Ma’lumotlar   bazasini   loyihalash   uchun   axborot   va   ma’lumotlar
o’rtasidagi farqni tushunib olish kerak.  
Axborot   -   bu   ma’lumotlarning   ma’nosini   ochib   berish   uchun   qayta
ishlash   natijasidir.   Axborotdan   qaror   qabul   qilish   uchun   asos   sifatida
foydalanish mumkin. 
8  
  Masalan,   OTM   professor-o’qituvchilari   haqidagi   ma’lumotlarning   qisqacha
tavsifi   attestatsiya   organlariga   OTM   uchun   attestatsiyani   o’tkazish   yoki
o’tkazmaslikni belgilashda foydali bo’lgan tushunchalarni beradi. 
Ushbu   misoldan   ko’rinib   turibdiki,   ma’lumot   o’z   vaqtida   va   aniq
ma’lumotlarni   talab   qiladi.   Bunday   ma’lumotlar   to’g’ri   yaratilishi   va   ularga
kirish   va   qayta   ishlash   oson   bo’lgan   formatda   saqlanishi   kerak.   Bundan
tashqari, har qanday asosiy manba kabi ma’lumotlar muhiti ehtiyotkorlik bilan
boshqarilishi kerak. 
I.2.Infologik   model   tushunchasi   va   bank   infologik   modelini
yaratish   .   Infologik   model   ma'lumotlarni   tizimli   va   samarali   boshqarishni
qo'llab-quvvatlaydigan bir qisqa usul. Bu model ma'lumotlarni o'rganish, ularni
olish   va   ularni   ishlatishda   yaxshi   tartibda   amalga   oshirishni   ta'minlaydi.
Ma'lumotlar   bo'ylab   qaror   qabul   qilish   jarayonlarini   mustahkamlash,
ma'lumotlar arxitekturasi  va texnologiya echimlari  bo'yicha strategiyalarni o'z
ichiga oladi
        Infologik   mod е llashtirishning   maqsadi   –   tuziladigan   ma’lumotlar
bazasida shakllanishi  mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni tasvirlash va yig‘ish
usullarini   odamlar   uchun   tushunarli   bo‘lishini   ta’minlashdir.   Shuning
uchun ma’lumotlarning  infologik  mod е lini  tabiiy tilga  mos  qilib qurishga
harakat   qilinadi.  
Infologik modеlni qurishning asosiy konstruktiv elеmеntlari: 
 mohiyat; 
 mohiyatlar orasidagi bog‘lanish; 
 xossalar (atributlar). 
Mohiyat   –   turli   xil   oby е ktlar   to‘g‘risidagi   axborotni
ma’lumotlar   bazasida   saqlaydi.   Mohiyat   odam,   joy,   samolyot,   r е yslar,
gullar   va   boshqalar   bo‘lishi   mumkin.   Mohiyat   turi   va   mohiyat   nusxasi
tushunchalari   mavjud,   ularni   bir–biridan   farqlash   k е rak.   Mohiyat   turi
tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat
9  
  nusxasiga   aniq   narsalar   to‘plami   sifatida   qaraladi.   Masalan,   mohiyat   turi
SHAHAR, uning nusxasi esa – TOSHK Е NT, MOSKVA bo‘lishi mumkin. 
Atribut   –   mohiyatni   xarakt е rlovchi   nomlar.   U   o‘zida   yagona   murakkab
bo‘lmagan   strukturani   tasvirlab,   mohiyat   holatini   xarakt е rlaydi.   Masalan,
“O‘quvchi”   mohiyat   atributi   –   kod,   familiya,   ism,   manzil,   yosh   va
boshqalar. Mohiyat atributlarining to‘plami ch е ksizdir. U axborot tizimlari
bilan   ishlaydigan   foydalanuvchi   talabiga   va   y е chiladigan   masalaga
bog‘liqdir.  
Yana bir misol: AVTOMOBIL mohiyatining atributi bu – tur, marka, nom е r
b е lgisi,   rangi   va   boshqalar.  
Kalit   – atributlarning minimal to‘plami, uning qiymati yordamida k е rakli
mohiyat   nusxasini   topish   mumkin.   Masalan,   samolyotlar   uchishi   uchun
“Reys   jadvali”   mohiyatining   kalitlari   “Reys   nom е ri”   yoki   “Jo‘nash   joyi”,
“Uchish   vaqti”   va   “Qo‘nish   joyi”to‘plami   bo‘lishi   mumkin.  
Aloqa   –   ikki   yoki   undan   ortiq   mohiyatlarning   bir–biri   bilan   o‘zaro
bog‘lanishidir.   Agar   ma’lumotlar   bazasini   faqat   bir–biri   bilan
bog‘lanmagan   ma’lumotlar   bilan   to‘ldirishga   yo‘naltirilsa,   u   holda   uning
strukturasi juda oddiy bo‘ladi. L е kin, MBni tuzishning asosiy talablaridan
biri   –   bu   boshqa   mohiyat   qiymati   bo‘yicha   bitta   mohiyatni   izlab   topish
imkoniyatini   ta’minlashdir.   Buning   uchun   ular   orasida   aloqani   aniqlashni
tashkil etish zarur. 
ER   (entity   relation)   modeli   –   Ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   har   xil
s е mantik   mod е llar   ham   ishlatiladi.   Ulardan   eng   ko‘p   tarqalganlaridan
biriga ER mod е li  d е yiladi. Bu mod е l  ingilizcha  “Entity–relatsion”d е yilib,
ma’nosi “Mohiyat–bog‘lanish” d е makdir. 
Relyatsion ma’lumotlar bazasi mohiyatlari o‘rtasida quyidagi bog‘lanishlar
mavjud: 
 Agar A mohiyatning bir nusxasi B mohiyatning faqat bir nusxasiga mos 
kelsa, bu bog‘lanish birga – bir bog‘lanish deyiladi (1:1); 
10  
  Edrawmaxda ishni boshlash uchun yangi oyna hosil qilib olamiz
Yangi oyna hosil qilgandan so’ng quyidaicha oyna hosil bo’ladi.
Quyidagi   jadvaldan   biz   kerakli   shakllarni   tanlab   ER   modelni
yasaymiz.Bizga   birinchi   bo’lib   to’rtburchak   shakli     kerak   buladi.ER
modelni yaratayotganda obyektlarimiz to’rtburchak shakli ichiga yoziladi.
11  
  Biz   uzimiga   kerakli   bulgan   shakllarni   quyidagi   kutubhona   orqali
qushib   olishimiz   mumkin .
Kutubhonani ustiga bosganimizda quyidagicha
ro’yhat hosil buladi.
12  
  Bu ro’yhatdan biz Database Modeling ro’yhatidan quyidagi shakllar
to’plamini qo’shib olamiz.
Keyingi   jarayonimiz   biz   ikkita   obyektni   birlashtirishimiz   uchun   quyidagi
rombdan foydalanamiz.
Romblarning obyektlarni bog’lashi quyidagi shakldagidek bo’ladi.
13  
  Obyektdan   chiquvchi   atributlarimiz   quyidagi   shakl   ichiga
joylashtiriladi.
Obyektlar   ,   atributlar   va   romblarni   bir   biri   bilan   ulash   uchun
quyidagi chiziqlardan foydalanamiz.
Bank infologik modeli.
14  
  I.3.Ma’lumotlarni boshqarish . 
  Ma’lumotlarni   boshqarish   -   bu   ma’lumotlarning   to’g’ri   yaratilishi,
saqlanishi   va   olinishiga   qaratilgan   qoidalar   [6].   Ma’lumotlar   muhim   rol
o’ynashini   hisobga   olib,   ma’lumotni   boshqarish   har   qanday   biznes,   davlat
idorasi, xizmat ko’rsatish tashkiloti yoki xayriya faoliyatining asosiy yo’nalishi
ekanligi biz to’liq anglashimi lozim. 
Ma’lumotni   samarali   boshqarish   odatda   kompyuter   ma’lumotlar
bazasidan   foydalanishni   talab   qiladi.   Ma’lumotlar   bazasi   bu   quyidagilar
to’plamini saqlaydigan umumiy, birlashtirilgan kompyuter tuzilmasi: 
• Tashqi   foydalanuvchi   ma’lumotlari,   ya’ni   oxirgi   foydalanuvchini
qiziqtirgan muhim faktlar; 
• Metadata   (ma’lumotlar   haqidagi   ma’lumotlar   [6]),   ular   orqali
oxirgi foydalanuvchi ma’lumotlari birlashtiriladi va boshqariladi. 
Metadata   ma’lumotlar   xarakteristikalarini   va   ma’lumotlar   bazasida
topilgan   ma’lumotlarni   bog’laydigan   munosabatlar   to’plamini   tavsiflaydi.
Masalan,   metama’lumotlar   komponenti   har   bir   ma’lumot   elementining   nomi,
har bir  ma’lumot  elementida saqlanadigan qiymatlar  turi (raqamlar, sana yoki
matn)   va   ma’lumotlar   elementini   bo’sh   qoldirish   mumkinligi   kabi
ma’lumotlarni   saqlaydi.   Metadata   ma’lumotlarning   qiymati   va   ishlatilishini
to’ldiruvchi va kengaytiradigan ma’lumotlarni taqdim etadi. Qisqa qilib aytsak,
metadata ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarning yanada to’liq tasvirini taqdim
etadi. 
Ma’lumotlar   bazasini   boshqarish   tizimi   (MBBT)   bu   ma’lumotlar
bazasi   tuzilishini   boshqaruvchi   va   unda   saqlanadigan   ma’lumotlarga   kirishni
boshqaradigan   dasturlar   to’plami.   Qaysidir   ma’noda   ma’lumotlar   bazasi   juda
yaxshi tashkillashtirilgan elektron topshirish kabinetiga o’xshaydi, unda kuchli
dasturiy ta’minot (MBBT) kabinet tarkibini boshqarishga yordam beradi. 
Ma’lumotlar   bazasining   turlari.   Har   bir   ma’lumotlar   bazasi   ma’lum
bir   ma’lumot   to’plamini   saqlaydi   va   ma’lum   maqsadda   foydalaniladi.  Yillar
o’tishi   bilan,   ma’lumotlar   bazalaridan  texnologiya   va   innovatsion   foydalanish
15  
  rivojlanib   borgan   sari   ma’lumotlar   bazalarini   tasniflashda   turli   xil   usullar
qo’llanilmoqda.   Masalan,   ma’lumotlar   bazalari   qo’llab-quvvatlanadigan
foydalanuvchilar   soni,   ma’lumotlar   joylashgan   joyda,   saqlanadigan
ma’lumotlar turi, ma’lumotlardan maqsadli foydalanish va ma’lumotlar tuzilish
darajasi bo’yicha tasniflanishi mumkin. 
Foydalanuvchilar soni ma’lumotlar bazasi   bitta foydalanuvchi  yoki   ko’p
foydalanuvchi   sifatida   tasniflanganligini   aniqlaydi.   Bitta   foydalanuvchi
ma’lumotlar   bazasi   bir   vaqtning   o’zida   faqat   bitta   foydalanuvchini   qo’llab-
quvvatlaydi. 
Boshqacha   aytganda,   agar   A   foydalanuvchisi   ma’lumotlar   bazasidan
foydalansa,   B   va   C   foydalanuvchilari   A   foydalanuvchisini   kutib   turishlari
kerak.   Bunga   javoban,   ko’p   foydalanuvchi   ma’lumotlar   bazasi   bir   vaqtning
o’zida   bir   nechta   foydalanuvchilarni   qo’llab-quvvatlaydi.   Ko’p   foydalanuvchi
ma’lumotlar   bazasi   nisbatan   kam   miqdordagi   foydalanuvchilarni   (odatda   50
dan   kam)   qo’llabquvvatlasa,   tashkilotning   ishchi   guruhi   ma’lumotlar   bazasi
deb   ataladi.   Ma’lumotlar   bazasi   butun   tashkilot   tomonidan   ishlatilganda   va
ko’plab  bo’limlarda  (50  dan ortiq, odatda  yuzlab)  foydalanuvchilarni  qo’llab-
quvvatlasa, ma’lumotlar bazasi  korxona   bazasi  deb nomlanadi. 
Joylashuv   ma’lumotlar   bazasini   tasniflash   uchun   ham   ishlatilishi
mumkin.   Masalan,   bitta   saytda   joylashgan   ma’lumotlarni   qo’llab-
quvvatlaydigan ma’lumotlar bazasi  markazlashtirilgan  ma’lumotlar bazasi deb
ataladi.   Bir   nechta   turli   saytlarda   tarqatilgan   ma’lumotni   qo’llab-
quvvatlaydigan   ma’lumotlar   bazasi   taqsimlangan   ma’lumotlar   bazasi   deb
ataladi. 
Markazlashtirilgan   va   markazlashtirilmagan   (tarqatilgan)   ma’lumotlar
bazasi   ma’lumotlar   bazasini   amalga   oshirish   va   boshqarish   uchun   aniq
belgilangan   infratuzilma   (apparat,   operatsion   tizimlar,   tarmoq   texnologiyalari
va   boshqalar)   ni   talab   qiladi.   Odatda,   infratuzilmaga   ma’lumotlar   bazasini
yaratadigan   va   ishlaydigan   tashkilot   egalik   qiladi   va   xizmat   qiladi.   Ammo
so’nggi   yillarda   bulutli   ma’lumotlar   bazalaridan   foydalanish   tobora
16  
  ommalashib bormoqda.   Bulutli ma’lumotlar bazasi   - bu Microsoft Azure yoki
Amazon AWS kabi bulutli ma’lumotlar xizmatlaridan foydalanib yaratilgan va
saqlanadigan   ma’lumotlar   bazasi.   Uchinchi   tomon   yetkazib   beruvchilari
tomonidan   taqdim   etiladigan   ushbu   xizmatlar   ma’lumotlar   bazasi   uchun
ishlashning   aniq   choralarini   (ma’lumotlarni   saqlash   hajmi,   talab   qilinadigan
o’tkazuvchanlik   va   mavjudlik)   ta’minlaydi,   lekin   uni   amalga   oshirish   uchun
asosiy infratuzilmani ko’rsatishi shart emas.  
Ba’zi   bir   kontekstlarda   ma’lumotlar   bazalarini   tasniflashning   mashhur
usuli   ularda   saqlanadigan   ma’lumotlar   turiga   qarab   belgilanadi.   Ushbu
mezondan   foydalangan   holda   ma’lumotlar   bazalari   ikki   toifaga   guruhlanadi:
umumiy   maqsadlar   va   aniq   bir   sohaga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalari.
Umumiy   maqsadga   asoslangan   ma’lumotlar   bazalarida   bir   nechta   fanlarda
ishlatiladigan   turli   xil   ma’lumotlar   mavjud   -   masalan,   umumiy   demografik
ma’lumotlarni   o’z   ichiga   olgan   ro’yxatga   olish   ma’lumotlar   bazasi   va
LexisNexis  va ProQuest  ma’lumotlar  bazalari, turli  mavzularda gazeta,  jurnal
va   jurnal   maqolalarini   o’z   ichiga   olgan.   Aniq   bir   maqsadga   asoslangan
ma’lumotlar   bazalarida   muayyan   fan   sohalariga   yo’naltirilgan   ma’lumotlar
mavjud.  
17  
  II bob. “Bank” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni
shakllantirish
Qo’yilgan masala yuzasidan ma’lumotlar bazasida jadvallar hosil qilindi.
Ular   orasidagi   bog’lanishlar   mos   keluvchi   (ustma-ust   tushuvchi)   maydonlari
yordamida   bog’langan.   Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   orasidagi
munosabatlar   quyidagi   to’rtta   turda   bo’lishi   mavjud:   birga-bir,   birga-ko’p,
ko’pga-bir, ko’pga-ko’p. Masala yuzasidan ma’lumotlar  bazasini  loyilahashda
birga-ko’p   va   ko’pga-ko’p   bog’lanish   munosabatlaridan   foydalanildi.   Birga-
ko’p   bog’lanish   munosabati   ma’lumotlar   bazasini   loyihalashda   ko’p   uchraydi
va   uning   vazifasi   takrorlanmaydigan   qiymat   oluvchi   (kalit)   maydonga   ega
bo’lgan   jadvalning   har   bir   yozuvi   qiymatiga   ushbu   maydon   qiymatlari   orqali
bog’langan jadvaldagi ko’p sondagi yozuvlarini mos qo’yishdir. 
II.1. Ma’lumotlar bazasidagi jadvallar va uning tarkibiy qismlari –
maydonlari
  Ma’lumotlar   bazasidagi   jadvallar   va   uning   tarkibiy   qismlari   –
maydonlari haqidagi ma’lumotlarni keltiramiz: 
 
“Bank” –haqida ma’lumotni saqlovchi jadval 
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
idBank   Int  Kalit maydon 
Bank_Name  Varchar(45)  Bank nomi 
Bank_Addres  Varchar(255)  Bank manzili 
Bank_Phone  Int  Bank telefoni 
 
 
18  
    
“Part” –Bulimlar haqida ma’lumotni saqlovchi jadval 
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
idPart  int  Kalit maydon 
Name  Varchar(45)  Bulim nomi 
Empl_Count  Int  Ishchilar soni 
Bank_Id  int  Bank Id si 
 
“Client” – Mijozlar malumotlari saqlanadigan jadval 
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
idClient  int  Kalit maydon 
First_Name  Varchar(45)  Ismi 
Last_Name  Varchar(45)  Familiyasi 
Email  Varchar(45)  Email pochtasi 
Phone1  int  Birinchi telefon raqam 
Phone2  int  ikkinchi telefon raqam 
Addres  Varchar(100)  Manzili 
 
“Employee” –ishchilar haqidag ma’lumotni saqlovchi jadval 
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
EmployeeId  Int  Kalit maydon 
First_Name  Varchar(45)  Ismi 
Last_Name  Varchar(45)  Familiyasi 
19  
  Phone  Int  Telefon raqami 
Addres  Varchar(255)  Manzili 
Email  Varchar(100)  Email 
Part_Id  int  Buim Idsi 
 
“Client_Has_Part”   bu   jdaval   Mijoz   va   bulimlar   jadvalining   kupga   kup
aloqasi mavjud bulgan jadval  
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
idClient  Int  Mijoz Id si 
idPart  Int  Bulim id si 
 
“Client_Has_Employee” bu jadval Mijoz va Ishchilar jadvalining kupga
kup aloqasi mavjud bulgan jadval  
Maydon nomi  Tipi  Izoh 
idClient  Int  Mijoz Id si 
idEmployee  Int  Ishchilari id si 
 
II.2.Jadvallarning o’zaro bog’lanishi. 
JADVALLARNING O’ZARO BOG’LANISHI 
20  
   Bu yerda Bank va Bulimlar jadvalining 1:N bog’lanishi kursatilgan
21  
  Bu yerda Bulimlar va Mijozlar urtasidagi kupga kup a’loqa mavjud 
bulgan jadvallar 
 
Bu yerda Ishchilar va Mijozlar o’rtasidagi ko’pga ko’p aoqa mavjud 
bo’lgan jadvallar 
Bu yerda Bulimlar va Ishchilar o’rtasidagi 1:N aloqa ko’rsatilgan 
Umumiy jadval
22  
   
II.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va  jadvallarga
ma’lumotlar kiritish  
Bank table 
CREATE   TABLE  [dbo] . [Banks]   (  
    [Id]          INT              IDENTITY  ( 1 ,  1 )   NOT   NULL,  
    [BankName]    NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [BankAddres]  NVARCHAR  ( 255 )   NOT   NULL,  
    [BankPhone]   INT              NOT   NULL,  
     CONSTRAINT  [PK_Banks]  PRIMARY   KEY   CLUSTERED  ( [Id]  ASC )  
);  
 
Part table 
 
CREATE   TABLE  [dbo] . [Parts]   (  
    [Id]         INT             IDENTITY  ( 1 ,  1 )   NOT   NULL,  
    [Name]       NVARCHAR  ( 45 )   NOT   NULL,  
    [EmplCOunt]  INT             NOT   NULL,  
    [BankId]     INT             NULL,  
     CONSTRAINT  [PK_Parts]  PRIMARY   KEY   CLUSTERED  ( [Id]  ASC ),  
        CONSTRAINT   [FK_Parts_Banks_BankId]   FOREIGN   KEY
( [BankId] )   REFERENCES  [dbo] . [Banks]   ( [Id] )  
); 
Employee table 
CREATE   TABLE  [dbo] . [Employees]   (  
    [Id]         INT              IDENTITY  ( 1 ,  1 )   NOT   NULL,  
    [FirstName]  NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [LastName]   NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [Phone]      INT              NOT   NULL,  
23  
      [Addres]     NVARCHAR  ( 255 )   NOT   NULL,  
    [Email]      NVARCHAR  ( 100 )   NOT   NULL,  
    [PartId]     INT              NULL,  
     CONSTRAINT  [PK_Employees]  PRIMARY   KEY   CLUSTERED  ( [Id]     
ASC ),  
        CONSTRAINT   [FK_Employees_Parts_PartId]   FOREIGN   KEY
( [PartId] )   REFERENCES  [dbo] . [Parts]   ( [Id] )  
);  
Client table 
CREATE   TABLE  [dbo] . [Clients]   (  
    [Id]            INT              IDENTITY  ( 1 ,  1 )   NOT   NULL,  
    [FirstName]     NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [LastName]      NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [Phone]         INT              NOT   NULL,  
    [Phone2]        INT              NOT   NULL,  
    [Addres]        NVARCHAR  ( 255 )   NOT   NULL,  
    [Addres2]       NVARCHAR  ( 255 )   NOT   NULL,  
    [CreditType]    NVARCHAR  ( 45 )    NOT   NULL,  
    [CreditAmount]  INT              NOT   NULL,  
    [Email]         NVARCHAR  ( 100 )   NOT   NULL,  
     CONSTRAINT  [PK_Clients]  PRIMARY   KEY   CLUSTERED  ( [Id]  ASC )  
);  
ClientEmpoyee table 
CREATE   TABLE  [dbo] . [ClientEmployee]   (  
Id    INT   NOT   NULL   IDENTITY   ,  
    [ClientsId]    INT   NULL,  
    [EmployeesId]  INT   NULL,  
                CONSTRAINT   [FK_ClientEmployee_Clients_ClientsId]
FOREIGN  
24  
  KEY   ( [ClientsId] )   REFERENCES   [dbo] . [Clients]   ( [Id] )   ON   DELETE
CASCADE ,  
     CONSTRAINT  [FK_ClientEmployee_Employees_EmployeesId] 
FOREIGN   KEY   ( [EmployeesId] )   REFERENCES   [dbo] . [Employees]   ( [Id] )
ON  
DELETE   CASCADE ,   
     CONSTRAINT  [PK_ClientEmployee]  PRIMARY   KEY  ( [Id] )  
); 
ClientPart table 
CREATE   TABLE  [dbo] . [ClientPart]   (  
Id  Int   not   null   IDENTITY ,  
    [ClientsId]  INT   NULL,  
    [PartsId]    INT   NULL,  
                CONSTRAINT   [FK_ClientPart_Clients_ClientsId]   FOREIGN
KEY 
( [ClientsId] )   REFERENCES  [dbo] . [Clients]   ( [Id] )   ON   DELETE   CASCADE ,  
     CONSTRAINT  [FK_ClientPart_Parts_PartsId]  FOREIGN   KEY 
( [PartsId] )   REFERENCES  [dbo] . [Parts]   ( [Id] )   ON   DELETE   CASCADE ,   
     CONSTRAINT  [PK_ClientPart]  PRIMARY   KEY  ( [Id] )  
II.4.SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish 
1-jadval. “Bank” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv 
qo’shish 
INSERT   INTO   Bank   VALUES   (   'Milliy   Bank',   'Samarqand   shahar
Rudakiy 15', 2382399); 
 
2-jadval. “Part” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv qo’shish
INSERT INTO Part VALUES ( 'Kredit', 15, 2); 
 
3-jadval. “Employee” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv 
qo’shish 
25  
  INSERT INTO Employee VALUES ( ‘Shohruh’, ‘Nosirov’, 992565412, 
'Samarqand shahar Rudakiy 18', ‘shohruh74@mail.ru’,2); 
 
4-jadval. “Clients” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv 
qo’shish 
INSERT INTO Clients VALUES ( ‘Shohruh’, ‘Nosirov’, 992565412, 
992565445,  'Samarqand shahar Rudakiy 18', 'Samarqand shahar Alisher 19',  
‘shohruh74@mail.ru’); 
5-jadval. “ClientEmpoyee” jadvaliga INSERT operatori yordamida 
yozuv qo’shish 
INSERT INTO  ClientEmpoyee  VALUES ( 1, 2); 
6-jadval. “ClientPart” jadvaliga INSERT operatori yordamida yozuv 
qo’shish 
INSERT INTO  ClientPart  VALUES ( 1, 2); 
 
Bank ma’lumotlar bazasining My Sqlda ko’rinishi. 
 
Bank jadvalidagi m’lumotlar. 
26  
  Client jadvalidagi ma’lumotlar 
 
Client_has_employee jadvalidagi ma’lumotlar. 
27  
   
 
 
 
 
Client_has_part jadvalidagi ma’lumotlar. 
28  
   
 
Employee jadvalidagi ma’lumotlar. 
 
 
 
29  
  Part jadvalidagi ma’lumotlar. 
30  
  Xulosa
Bu malumotlar bazasi bank tizimi uchun tuzildi. Bunda men unga kerakli
jadvallarni tuzib o’zaro aloqalarni  hosil  qilib chiqdim. Darslar  davomida men
malumotlar   mazasi   bilan   ishlashni   kurib   chiqdim.   Shu   jumladan   jadvallarni
yaratish,   uchirish,   tahrirlash   kabi   usullarni   ham   urganib   chiqdim.   Biz   biror
dastur   tuzganimizda   unda   asosiy   qismlaridan   bir   bu   baza   qismi   hisoblanadi.
Uni tug’ri loyihalash juda muhim hisoblanadi. Chunki u butun dasturni qanday
ishlashini hal qilib beradi. Dastur shu asosida ishlaydi. Malumotlar bazasi bilan
ishlashdi   eng   muhim   ishlardan   biri   normallashtirish   hisoblanadi.
Normallashtirishlarni   qilmasdan   bu   bazadan   foydalanib   bulmaydi   chunki   u
baza   bilan   ishlash   ancha   murakkablashib   ketadi   va   kompyuterdan   kup   joy
ajratishi mumkin. Bu esa malumotlar tez suratda kupayib ketishi va malumotlar
bilan ishlash jarayonini  sekinlashtirishga olib keladi. Men bundan tashqari bu
darslar   davomida   malumotlarni   qidirish,   uchirishlarni   ham   kurib   chiqdim.
Malumotlar   bazasi   uzi   hayotimizda   biror   real   sohaga   tegishli   malumotlarning
tuliq   ishlash   strukturasi   tuzilib   uni   relyatsion   malumotlar   bazasi   orqali   uzaro
aloqalarni   joylagan   holda   malumotlarini   saqlash   hisoblanadi.   Bizda
hayotimizda   ham   bunday   kurinishlar   juda   kup   uchraydi   masalan:   Oddiy   sinf
jurnalini   oladigan   bulsak   unda   uquvchilarning   biror   fandan   olgan   baholari
saqlanadi.   Unda   uquvchilarning   ism   familiyalari   malumotlar   bazasida
jadvalning   qatorlariga   sanalar   esa   ustun   nomlariga   jurnalning   usha   saxifasi
yozilgan   fan   nomi   esa   jadval   nomiga   mos   keladi.   Biz   shunchaki   shunaqa
kurinishda   bulgan   malumotlarni   elektron   tarzda   saqlashimiz   va   ularni
tahrirlashni   qilishimiz   mumkin.   Malumotlar   bazalari   bilan   ishlash   uchun
kuplab   tizimlar   mavjud   bulib   ular   shu   malumotlar   bilan   ishlash   uchun   kerak
buladi. U  tizimlar   Sql  yoki   NoSql   da  ishlaydi. Ularning  bazilari   bilan ishlash
bepul bazilari esa letsenziya talab qiladi. Biz bu tuzgan bazamizni biror muhit
orqali   u   bilan   ishlashimiz   mumkin.   Masalan   Visual   Studio   muhitini   oladigan
bulsak unda C# dasturlash tilidan bu baza bilan ishlashimiz mumkin. 
 
31  
     
32  
  Foydalanilgan adabiyotlar.
1.     “SQL Notes for Professionals”.    2.   Бен Форта ., “ SQL за
10 минут, 4-е издание ”. СУБД. 2014 г.  
3.   Ma’ruzalardagi taqdimotlar to’plami  
Internet saytlari  
1. https://www.sqlservertutorial.net    .  Sql serverning rasmiy sayti.    
2. https://metanit.com      bu sql serverni o’rganish uchun yaxshi saytlardan 
biri.   
 
 
 
33

“ Bank nomli ma/lumotlar bazasini yaratish hamda infologik va datalogik loyihalash ” Reja: Kirish Asosiy qism I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida. I.1. Ma’lumotlar bazasi tushunchasi. I.2. Infologik model tushunchasi va bank infologik modelini yaratish . I. 3.Ma’lumotlarni boshqarish. II.bob. “Bank” ma’lumotlar bazasining mantiqiy strukturasi va uni shakllantirish II.1. Ma’lumotlar bazasidagi jadvallar va uning tarkibiy qismlari – maydonlari II. 2.Jadvallarning o’zaro bog’lanishi. II.3. SQL operatorlari yordamida jadvallarni hosil qilish va jadvallarga ma’lumotlar kiritish. III.4. SQL operatorlari yordamida jadvallarga yozuvlar qo’shish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1

Kirish Biz axborot asrida yashamoqdamiz. Hozirgi kunda axborotni boshqarish juda muhim tushunchaga aylanib bo’ldi. Axborot dunyosidagi eng asosiy vazifa – uni qayta ishlashdir. Axborotni qayta ishlash esa eng murakkab jarayonlardan biridir. Umuman olganda, ma’lumotlarni qayta ishlash deganda, ular ustida bajariladigan amallar – saqlash, uzatish, tahrirdan o’tkazish kabilarni tushunishimiz mumkin. Axborotlar ustida amallar bajarish uchun ularni bir joyga to’plash muhim hisoblanadi. Axborotlar miqdori oz bo’lmaganligi sababli bu jarayon, albatta, kompyuterlar yordamida amalga oshirilmoqda. Axborotlarning bir joyga jamlanishi “ma’lumotlar bazasi” tushunchasini vujudga keltirdi. Ma’lumotlar bazasi texnologiyalarining paydo bo’lishi va rivojlanishi tarixini tor ma’noda qarab chiqaylik. Chunki bu tushuncha tarixi tushunchasi keng ma’noda, insoniyat ma’lumotlarni saqlaydigan va ishlov beradigan har qanday vositalar tarixiga umumlashtiriladi. Ma’lumotlar bazasi tarixi tor ma’noda ma’lumotlar bazalarini an’anaviy (zamonaviy) ma’noda ko’rib chiqadi. Ushbu tushuncha paydo bo’lishiga 1955- yilda dasturlashtiriladigan yozuv uskunalari paydo bo’lgani bilan bog’lash mumkin. Bu vaqtda dasturiy ta’minot fayllarga asoslangan yozuvlarni qayta ishlash modelini qo’llab-quvvatlar edi. Ma’lumotlarni saqlash uchun perfokartalardan foydalanilgan. Internet tarmog’ining ma’lumotlar bazasi 1960-yillarning o’rtalarida paydo bo’ldi. Ma’lumotlar bazasidagi operatsiyalar terminallar yordamida interaktiv ravishda qayta ishlandi. Keyingi muhim qadam Edgar Koddning ishi tufayli 1970-yillarning boshlarida relyatsion ma’lumotlar modelining paydo bo’lishi bilan bog’liq. Kodd ishi amaliy ma’lumotlar bazasi texnologiyasini matematika va mantiq bilan chambarchas bog’lash uchun yo’l ochdi. “Ma’lumotlar bazasi” 2

atamasi 1960yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964-1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. 3

I.bob.Ma’lumotlar bazasi haqida. I.1.Ma’lumot bazasi tushunchasi Ko‘pchilik, terminlarni tushunish bo‘yicha biroz qiynalishadi, lekin aynan terminlarni bilish, qo‘yilgan vazifalarni yechishda yoki paydo bo‘lgan xatoliklarni bartaraf etishda juda kerak bo‘ladi. Misol uchun, biror muammo paydo bo‘lsa, biz darhol Google’ni yordamga chaqiramiz, agar Google qidiruv tizimiga terminlar orqali so‘rov bersangiz, muammo yechish qiyinchilik tug‘dirmaydi, agar terminlarsiz oddiy so‘zlar bilan qidirishni amalga oshirsangiz, muammoni yechishga ancha vaqt ketib qoladi. Bu maqolada ma’lumotlar bazasiga oid juda kerakli va ko‘pchilik(!) adashtiradigan ikki terminni tushuntirishga harakat qilaman: Ma’lumotlar bazasi va Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT). Ma’lumotlar bazasi bu — tartiblangan ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi axborot modeli hisoblanadi. Soddaroq qilib aytganda, bir hil turdagi axborotlarni o‘zida saqlovchi va berilgan so‘rovlar orqali ularni taqdim etuvchi model. Misol uchun, kitoblar javoni, bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, ya’ni bir hil turdagi (kitoblarni) ob’yektlarni o‘zida saqlaydi, yoki bo‘lmasa telefon raqamlar yozilgan kitobcha, bu yerda ism, telefon raqam kabi bir hil tipdagi ma’lumotlar saqlanadi, bu ham ma’lumotlar bazasi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi — bu ma’lumotlar bazasini hosil qiluvchi, ma’lumotlarni qayta ishlovchi va qidiruvchi tizim hisoblanadi. Qisqa qilib aytganda, MBBT barcha jarayonlarni amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasi faqat ma’lumotlarni saqlaydi, qolgan barcha ishlarni MBBT bajaradi. Ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar, SQL so‘rov tillari orqali boshqariladi, bu tilda MBBT’ga so‘rov beriladi, bu so‘rov u yerda qayta ishlanib, natija olish uchun ma’lumotlar bazasiga murojaat qiladi, u yerdan so‘rovga mos ma’lumotni olib, so‘rovga javob beradi: Quyidagi dasturlar MBBT’ga misol bo’la oladi: 1. — Oracle; 2. — MySQL; 4

3. — Microsoft Office Access; 4. — MariaDB; 5. — Microsoft SQL Server; Bugungi dunyoda ma’lumotlar har xil va keng tarqalgan. Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarni saqlash va boshqarishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Ma’lumotlar bazalari ma’lumotlarni doimiy ravishda va xavfsiz tarzda almashishni ta’minlaydi. Ma’lumotlar nafaqat keng yoyilgan va keng tarqalgan hamdir. Bu tashkilotlarning yashashi va rivojlanishi uchun ham zarurdir. Masalan, OTM o’zining professor-o’qituvchilari, fakultetlari, tegishli yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda talabalari haqida hech qanday ma’lumotga ega bo’lmasdan turib rivojlanishi mumkinmi, degan savolni o’rtaga qo’yib ko’raylik. Barcha OTMlar ushbu turdagi ma’lumotlarni saqlashlari kerak. Muhim ahamiyatga ega bo’lganidek, ular kerak bo’lganda qaror qabul qiluvchilar uchun ma’lumotlarga ega bo’lishlari kerak. Ishonch bilan aytish mumkinki, OTMning barcha axborot tizimlarining maqsadi ularga axborotni tashkiliy manba sifatida ishlatishga yordam berishdir. Ushbu tizimlarning barchasida ma’lumotlarni yig’ish, saqlash, umumlashtirish, boshqarish va tarqatish turadi. Biz texnalogiyalar asrida yashamoqdamiz.Insonning kundalik m е hnat faoliyati tashqi muhit to`g`risidagi axborotlarni qabul qilish va to`plash, turli masalalarni е chish uchun zarur bo`lgan ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajarish bilan bog`liq bo`ladi. “Ma’lumotlar bazasi” atamasi 1960yillarning boshlarida paydo bo’lgan, garchi dastlab bu tushuncha sun’iy intellekt tizimlari nuqtai nazaridan tor ma’noda tushunilgan bo’lsa-da, 1964- 1965-yillarda SDC tomonidan tashkil qilingan simpoziumlarda joriy etilgan. Ushbu atama zamonaviy ma’noda faqat 70-yillarda keng qo’llanilgan. Ma’lumotlar bazasi – tegishli ma’lumotlar to’plamini o’z ichiga olgan umumiy, birlashgan kompyuter tuzilmasi 5