BIOLOGIK KURASH USULI, RIVOJLANISHI BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLARNI O’ZARO MUNOSABATLARI.
BIOLOGIK KURASH USULI, RIVOJLANISHI BIOTSENOZDAGI ORGANIZMLARNI O’ZARO MUNOSABATLARI. R e j a : 1. Mayda jonivorlarning biotsenozda o’zaro bog’liqligiga ta’siri. 2. O’simliklarni biologik usulda himoya qilishning umumiy ta’rifi. 3. O’zbekistonda biologik usulning hozirgi ahvoli va kelajagi. 4. O’simliklarni biologik himoya qilish faninint maqsadi va vazifalari. 5. Biologik himoyaga hissa qo’shgan olimlar.
“Venn diagrammasi” metodi. Metodning maqsadi: 2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish yoki taqqoslash yoki qarama-qarshi qo’yish uchun qo’llaniladi. Tizimli fikrlash, solishtirish, taqqoslash, tahlil qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Texnologiyani amalga oshirish tartibi: Diagramma Venna tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida/kichik gurhlarda diagramma Vennani tuzadilar va kesishmaydigan joylarni (x) to’ldiradilar . Juftliklarga birlashadilar, o’zlarining diagrammalarini taqqoslaydilar va to’ldiradilar. Doiralarni kesishuvchi joyida, ikki/uch doiralar uchun umumiy bo’lgan, ma’lumotlar ro’yxatini tuzadi. Namuna. Venn diagrammasidaan foydalanib zararli organizmlarga qarshi kurash usullarini farqini o’rganish. Biopreparatlar ekologik toza Biopreparatlar o’simlik kasalliklariga qarshi samarali ta’sir ko’rsatadi Biopreparatlar tanlab tasir etadi Kimyoviy va biologik preparat-lar o’simlik kasalliklarig a qarshi ta’sir ko’rsatadi Kimyoviy preparatlarning narxi qimmati Kimyoviy preparatlari o’simlik kasalliklariga qarshi tez ta’sir ko’rsatadi. Kimyoviy prepartlarning spektri keng
Qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi yirtqichlik bilan tabiatda hayot kechiruvchi mayda jonivorlarni qo’llash bizning eramizni 900 va 1200 yillarga to’g’ri keladi. Bu paytlarda tsitrus ekinlardagi zararkunandalardan shiralarga qarshi yirtqich chumolilardan foydalanilgan. Keyinchalik kishilik jamiyati taraqqiyotida yirtqich qo’ng’iz koktsinellidlarning ahamiyati nakadar katta zkanligi sekin-asta sezila boshladi. Bu qo’ng’izlar o’zining hasharotlarga ayniqsa shiralarga ta’siri kuchli bo’laganligi sababli Angliyaliklar bu foydali hasharotga Xudoning qo’ng’izi Frantsiyaliklar Xudo yuborgan qo’ng’izi, keyinchalik Angiyaliklar xudoning qushi deb nom berganlar. 1762 yili Mairik orollarida ko’plab tarqalgan qizil chigirtkaga qarshi kurashish uchun Hindistondan Hind mayna qushini olib kelib tarqatilgan. 1873 yilda Frantsiyada tarqalgan o’zumning Filloksera qurtiga qarshi AQSHdan yirtqich kana olib kelib tarqatilgan. 1883 yilida Angliyadan, AQSHga sholgom oq kapalagi qurtiga qarshi biologik usulda kurash olib borish maqsadida tabiatda tekinxo’rlik bilan hayot kechiruvchi Apanteles keyinchalik Avstraliyadan Itseriy qurtiga qarshi yirtqich qo’ng’iz Rodeliya olib kelib foydalanilgan. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish yuzasidan birinchi ilmiy tadqiqot ishlari Rossiyada 1879 yilda I.I. Mechinkov tomonidan olib borilgan, bunda hasharotlarga qarshi mikroorganizmlardan foydalanish maqsad qilib olingan 1886 yilda I.I.Krasilchik dunyoda birinchi bo’lib bug’doy yoki un mitasiga qarshi kurashda kuk muskardin zamburug’ini ko’paytirish usllarini ishlab chikdi. SHu muddat mobaynida Rossiyada I.I.Mechinkov, T.F.Gameloi Frantsiyada zsa Lun Pasterlar birinchilardan bo’lib issiqqonli kemiruvchilarga qarshi kurashda kasallik tarqatuvchi zamburug’larni ishlatish yuzasidan katta tajriba olib borib yaxshi natija oldilar.
Keyinchalik rus olimlaridan I.N. SHei ы roi, N.I. Kurdiyumoi. I.A. TSorchinskiy va boshqalar hasharotlarga qarshi tabiiy qo’shandalar- entomofaglardan foydalanish yuzasidan va tabiiy qo’shandalari bir xo’jalik yoki tumandan ikkinchi tumanga olib borib, zararkunandalarga qarshi biologik usulda qarshi kurashish yuzasidan katta tajriba olib bordilar. Jumladan, 1903 yilda rus olimi Vasilei bug’doydagi zararli xasva tuxumining tekinxo’r telenominni bir tumandan olib ikkinchi bir tumanga tarqatish va olma qurti kapalagi tuxumining tekinxo’ri trixogrammani bir tumandan olib ikkinchi bir tumanga tarqatish yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bordilar, bu ishni 1911 yilda Rodetsskiy amalga oshirdi va yaxshi natija olishga erishdi. O’simliklarni biologik usulda himoya qilish yuzasidan ilmiy- tadqiqot ishlari Rossiya o’simliklarni himoya qilish yuzasidan ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilgandan keyin muntazam raiishda olib borish yo’lga qo’yildi. Bu institutning asosiy vazifasi shundan iborat ediki, zararkunandalarning tabiiy qo’shandalarini bir mamlakatdan ikkinchi bir mamlakatga olib kelib, ularni shu iqlim sharoitiga o’rgatish yo’li bilan hasharotlarga qarshi tarqatish va bo’lar ichidan eng yuqori samara beradigan foydali hasharotlarni – entomofaglarni tanlab olib, ulardan biologik usulda foydalanishni eng asosiy maqsad qilib olingan. Jumladan qon shirasiga va komstok qurtiga qarshi qo’llash maqsadida afelinus, rodeliya, kriptolemus kabi entomofaglarni olib kelinib tarqatila boshladi. Bug’doy zararkunandasi zararli xasvaning tuxumiga qarshi telenomin, ko’zgi tunlam, g’o’za tunlami va boshqa tunlamlarning kapalaklari qo’ygan tuxumga qarshi ishlatish uchun trixogrammalarni chet mamlakatlardan keltirib biologik usulda ishlatish, kasalliklarni bartaraf etishda yangi mikroorganizmlar yaratish hamda mikrobiologik preparatlar ishlab chiqarish va ulardan biologik usulda foydalanish yuzasidan katta ilmiy ishlar olib borildi.
O’simliklarni biologik usulda himoya qilish sohasida N.F.Maer biologik laboratoriyasining ilmiy xodimlaridan N.A.Telenga, A.A.Alekseyei, I.A.SHepetilnikova va boshqalar, mikrobiometod laboratoriyasining mudiri I.P.Pospeloi o’zining ilmiy xodimlari A.A.Eilakova, O.I.SHiyetsova, N.S. Fedorinchik va boshqalar bilan birga hamkorlikda ish olib borishib o’zoq yillar mobaynida biologik usulni ilmiy asosda ishlab chiqish borasida katta ilmiy izlanishlar olib bordilar va Moldova Respublikasida (sobiq bo’tun ittifoq) hozirgi Moldova Respublikasi o’simliklarni biologik usulda himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etilishi Rossiyada va O’rta Osiyo respublikalarida hamda boshqa mamlakatlarda o’simliklarni biologik usulda himoya qilish sohasida yangi laboratoriyalar va bo’limlar tashkil qilindi. Jumladan bizning mamlakatimizda ham qishloq xo’jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashda biologik usulni qo’llash borasida katta ijobiy ishlar qilindi. 1975 yildan boshlab 1982 yillargacha O’zbekistonda g’o’zani kemiruvchi zararkunandalardan himoya qilishda qariyib 2,2 million gektar yerda biologik usul qo’llanilgan bo’lsa shundan 1million gektariga faqat tuxumxo’r trixogramma qo’yib yuborilgan bo’lsa, hozirgi kunda o’rtacha 3,5-4 mln. gektar yerda g’o’zadagi kemiruvchi zararkunandalarga qarshi biologik usulda bajarilmokda, shundan 2-2,5 mln. gektariga faqat trixogramma va brakon kabi foydali hasharotlarni laboratoriya sharoitida ko’paytirib ular yordamida qarshi kurashilmokda. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, urushdan keyingi yillarda akademik S.N. Alimuhammedov rahbarligida B.P.Adashkevich, Z.K.Odilov, O.SH.Hamroyev kabi yirik olimlar Respublikamizda biologik usulni keng joriy qilishda jonbozlik ko’rsatib ish olib borgan ijodiy ishlari natijasida mamlakatimizda hasharotlarga qarshi biologik uyg’unlashtirilgan usulni keng joriy qilish bilan birga atrof muhitni ifloslanishi oldini olishda muhim ahamiyat kasb etmokda.