logo

BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI. BIOLOGIYANI O’QITISH JARAYONIDA TARBIYA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

39.5595703125 KB
BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIYANI O’QITISH
METODLARI . BIOLOGIYANI O’QITISH JARAYONIDA TARBIYA .
Reja:
1.  O‘qitish   usullari   haqida   tushuncha.
2.  Biologiya   o‘qitish   usullarining   xillari  
3.  Og‘zaki   usuldan   foydalanish . 
1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari.
2. Ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   va   uzluksiz   ta’lim
tizimining faoliyat ko‘rsatish  tamoyil lari.
3. O‘qitish tamoyillari va qonuniyatlari.
4. Biologik ta’lim jarayonining yaxlitligi. Usul   o‘zining   umumiy   ma’nosida   maqsadga   e rishishdagi   ma’lum   tartibga
solingan faoliyatdir.
O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks  e ttiradi.
Shu boisdan o‘qitish usuli o‘qituvchining bilim berish usuli va ayni paytda, ularni
o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
O‘qitish usulining yuqoridagi ta’rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomoni, ya’ni
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   birgalikdagi   faoliyati   tushuniladi.   O‘qitish   usulini
tanlashda   har   ikkala   tomonni   hisobga   olish   zarur.   Tanlangan   usul   o‘qituvchi   va
o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi.
Har qanday usul insonning o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum maqsadiga qaratilgan
ongli harakatlari tizimidan iborat bo‘lgan faoliyatdir. Binobarin, har qanday usulni
qo‘llash   zamirida   insonlarning   qandaydir   maqsadi   bo‘ladi.   Inson   o‘z   oldiga
qo‘ygan   maqsadiga   e rishmo g‘ i   uchun   turli   yo‘llar,   vositalar   orqali   ishga   tushadi.
Ish   jarayonida   u   bajarilayotgan   mehnat   natijalarini   kuzatib,   ma’lum   tuzatishlar
kiritib, yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘nglab boradi.
Insonni   qo‘llagan   usuli   doimo   qandaydir   ob y ektga   qaratilgan   bo‘ladi.
Masalan: duradgor qandaydir bir stol yasamogchi bo‘lsa, u o‘ziga ma’qul bo‘lgan
ish usullari, asboblari bilan yog‘och (obyekt) bilan ishlaydi. Demak, duradgorning
ish obyekti yog‘och taxtalar bo‘lib, u shu narsalardan, ish qurollaridan foydalanib,
o‘z   maqsadi   tomon   harakatlar   qilib,   oxirgi   natija   –   stolni   tayyorlaydi.   Biroq
duradgor   o‘z   oldiga   qo‘ygan   maqsadini   amalga   oshirish   uchun   muomalada
bo‘ladigan obyekt, ya’ni yog‘och, taxtalar haqida tasavvuri bo‘lishi lozim. 
Har   qanday   yo g‘ ochdan   ham   stol   yasab   bo‘lavermaydi.   Shu   bois   u   stol
uchun mos bo‘lgan yo g‘ och xilini farqlashi, tanlashi  lozim bo‘ladi. Duradgor stol
yasash uchun tanlagan yog‘ochga asboblari va amaliy harakatlari vositasida ishlov
berishi   natijasi   o’laroq,   yog‘ochni   o‘zgartirib,   undan   yangi   mahsulot-stol
tayyorlaydi. 
Aksariyat   kasb   e galari   o‘z   ish   faoliyatlarida   tanlagan   ob y ektlar   ularning
tanlagan usuli bilan o‘zgartirilib kutilgan natijani beraveradi.  Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar esa doimo kutilgan natijani berishi
uchun   o‘qituvchining   ish   obyekti   bo‘lmish   o‘quvchining   xususiyatlarini   ham
hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘qituvchilik kasbining asosiy maqsadi o‘quvchilarga
ta’lim-tarbiya berishdir. Demak, o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishi uchun
doimo o‘quvchilar bilan ish olib bormog‘i kerak.
O‘qituvchining   ish   ob y ekti   –   shaxsdir.   Shu   boisdan   o‘qituvchi   o‘z   ish
obyekti   bo‘lgan   o‘quvchining   shaxsiy   xususiyatlarini   ham   hisobga   olishi,
o‘quvchining   qiziqishi,   faolligi,   aqliy   qobiliyatlari,   intilishlarini   hisobga   olmog‘i
kerak.
Ta’limda o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishga harakat qilishi, albatta,
u   o‘quvchining   maqsadini   anglashi,   shunga   qarab   ish   yuritishi   lozim   bo‘ladi.
O‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   maqsadlari   bir-biriga   mos   bo‘lmagan   hollarda
ta’limdan   ko‘zlangan   maqsadni   amalga   oshirib   bo‘lmaydi.   Yuqoridagilardan
xulosa   qilinsa,   ta’lim   jarayonida   qo‘llaniladigan   usulning   ham   o‘qituvchiga,   ham
o‘quvchiga mos bo‘lishiga erishilsagina u ijobiy natija berishini ko‘rish mumkin.
Biologiya   o‘qitish   usullari   haqida   adabiyotlarda   turlicha   fikrlar   mavjud.
Masalan:   Y.P.Brunovning   ko‘rsatishicha,   tushuntirish   va   namoyish   etish,   qisman
izlanish   va   izlash   kabi   usullar   borligi   haqida   yozib,   haqiqiy   uslubiyatga   esa
og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy kabi xillarga bo‘linishi haqida ma’lumotlar bergan.
Muallif   og‘zaki   usul   ichida   hikoya,   hikoya-suhbat,   suhbat,   kitob   ustida   ishlash,
yozma ishlar kabi xillar bo‘lishligini ko‘rsatadi. 
I.D.Zverev   biologiya   o‘qitish   usullari   haqida   gapirib,   bilimlarni   yangilash
manbalariga   qarab   og‘zaki,   amaliy,   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   faoliyatiga   qarab
yangi   o‘quv   usullarini   o‘qituvchi   tomonidan   bayon   etish   kabilarni   ko‘rsatadi.
Shuningdek,   o‘qitish   usullari   haqida   turli   mualliflarning   asarlarida   ta’limning
didaktik   vazifalariga   bog‘liq   bo‘lgan   hamda   o‘quvchilarning   mustaqilligi   va
faolligiga   xizmat   qiluvchi   turli   usullar   mavjudligi   haqida   ma’lumotlar   keltiriladi.
N.M.Verzilin   va   V.M.Korsunskayalar   biologiya   ta’limida   3   xil   usuldan
foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta’limida
og‘zaki,   ko‘rgazmali   va   amaliy   usullardan   foydalanish   haqidagi   ko‘rsatmalari ancha   sodda   va   to‘g‘ridir.   Chunki   o‘quv   materialini   o‘rganishda   o‘quvchilar   uni
eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma’qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari
zarur   bo‘ladi.   Shu   boisdan   ham   biz   hozirgi   davrda   biologiya   ta’limida   yuqorida
ko‘rsatilgan   uch   xil   usulga   asoslanamiz.   Ma’lumki,   biologiya   ta’limida
qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy usullar o‘qituvchi va o‘quvchilardan
dars   materialini   o‘rganishda   turlicha   faoliyatda   bo‘lishligini   taqozo   etadi.   Ushbu
usullar   qo‘llanilganda   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar   faoliyatini   jadvaldan   ko‘rish
mumkin. 
Jadvaldan   ko‘rinib   turganidek,   bir   xil   usullar   qo‘llanilganda   bilim   so‘z
vositasida, boshqalarda esa o‘quvchiga bilim manbayi bo‘lib ko‘rgazmali qurollar
yoki o‘zi bajargan ishi xizmat qiladi. 
Turli o‘qitish usullari qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati
Bilim manbayi Usullar
Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy
So‘z Ko‘rgazmali Amaliy ish
O‘qituvchi bilim
beradi So‘zlash orqali Ko‘rsatish bilan Yo‘llanma orqali
O‘quvchilar
bilimlarni oladi Tinglash orqali K u zatib Ishlab
Biologiya o‘qitish uslubiyatidagi har bir usul o‘z navbatida o‘ziga o‘xshash
usullardan   tashkil   topadi.   Masalan:   og‘zaki   usullar   tarkibiga   hikoya,   suhbat   va
ma’ruza   kabilar   kirsa,   ko‘rgazmali   usul   tajribalar,   natural   va   tasviriy
materiallarning   namoyishi   kabi   xillarga   bo‘linadi.   Xuddi   shunday,   amaliy   usul
tarkibida   obyektni   topib   olish,   anglash,   kuzatish,   eksperiment   kabi   usullar
mavjuddir.   O‘qitish   usullarining   yuqorida   ko‘rsatilgan   turlari   o‘zgarmas,   qotib
qolgan   deb   bo‘lmaydi.   Usul   yoki   uning   turi   dars   mazmuniga   o‘quvchilarning tayyorgarlik   darajasiga   qiziquvchanligiga   qarab   o‘zgarib,   murakkablashib   boradi.
Masalan: hikoya yuqori sinfga borgan sari o‘zgarib asta ma’ruza usuliga aylanadi.
Darsda bir qancha usullardan foydalanilganda yaxshi natija beradi. Metodik
uslublar   –   o‘qitish   usulini   qo‘llash   natijasida   o‘quvchilar   ishining   ayrim
tomonlarini ifodalovchi muayyan elementlaridir. Har qanday uslub qo‘llanilganda
uning   tajribada   mantiqiy,   tashkiliy   va   texnikaviy   tomonlari   kuzatiladi.   Uslubdagi
uslubning mantiqiy tomoni dars mazmunini undagi asosiy tushunchalarga ajratish
turli obyektlarni belgilash, taqqoslash, farqlash kabi ishlarni o‘z ichiga olsa, o‘quv
uslubni   o‘zlashtirishning   tashkiliy   tomoni   o‘qituvchilarga   dars   mavzusini
o‘rgatishga,   o‘quvchilarni   jalb   etish,   ularning   diqqatini   nimalarga   qaratish
lozimligini hisobga olish, o‘quv jarayonini qanday joylarda o‘tkazish, o‘quvchilar
dars   mazmunini   qanday   o‘rganishlari   kerakligi   yo‘llarini   aniqlash   kabilarni   o‘z
ichiga oladi.
Og‘zaki   usuli   -   o‘qitishda   qadimdan   qo‘llanilib   kelinayotgan   dastlabki
usullardan   biridir.   Bu   usulning   og‘zaki   deb   nomlanishining   boisi   shuki,   o‘quv
materialini   o‘quvchilar   o‘qituvchining   so‘zlab   beradigan   hikoyasi,   ma’ruzasi,
tashkil   etadigan   suhbati   natijasida   o‘rganishadi.   Boshqacha   aytganda,   ushbu   usul
qo‘llanilganda   o‘quvchilar   tayyor   bilimlarni   o‘qituvchining   og‘zaki   so‘zlari
vositasida anglashadi. Og‘zaki  usul  o‘quv materialini  o‘qituvchining jonli, yorqin
hissiyotlarga   boy   bo‘lgan   so‘zi,   turli   ko‘rgazmali   qurollar   vositasida   tushuntirish
imkoniyatini beradi.
Insoniyat   tarixida   bosib   o‘tilgan   yuz   yillarga   e’tibor   qilsak,   olim-u   fozil
kishilarning   necha-necha   avlodlar   ayni   shu   og‘zaki   usul   vositasida   ilm
olganliklarining guvohi bo‘lamiz. 
Og‘zaki   usul   -   o‘z   tarkibida   turdosh   usullardan   hikoya,   suhbat,   ma’ruza,
tushuntirish kabilar bo’ladi. 
Hikoya   usuli   –   ko‘pincha   5-8-sinflardagi   biologiya   ta’limida   qo‘llaniladi.
Hikoya   odatda   dars   mavzusi   turli   ilmiy   tadqiqotlarning   ochilishi   tarixiga,
olimlarning   hayoti,   ijodiga,   tabiatdagi   biror   hodisa   yoki   voqealarning   tajribasiga bag‘ishlangan   paytlarda   qo‘llaniladigan   usuldir.   Hikoya   yuqoridagi   mazmunda
bo‘lgan o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, obrazli tafsilotidir. 
Hikoya   usuliga   qo’yiladigan   bir   qancha   talablar   qatoriga   quyidagilarni
ko‘rsatish mumkin: 
1.   Hikoya   usuli   o‘qituvchining   yorqin,   jonli   so‘zlar   vositasida   o‘tkazilishi
lozim.
2. Hikoya usuli qo‘llanilgan o‘qituvchi artistlik mahoratiga ega bo‘lishi, dars
mavzusining turli qismlarini bayon etayotganda turli harakatlar, ovoz balandligini
goh baland yoki pastligiga e’tibor bermog‘i, his-hayajon bilan hikoya qilishi kerak.
3.   Hikoya   dars   mavzusi   asosiy   masalalarining   qo‘yilishi,   uni   hal   etish
yo‘llari, hal etilishi va xulosalar chiqarish kabi sujet yo‘nalishida tashkil etilmog‘i
kerak.
4. Yuqorida aytilganidek, hikoya ko‘pincha pastki sinflarda qo‘llanilganidan
mazkur   sinf   o‘quvchilarining   ruhiy   imkoniyatlarini,   diqqat   qilish   qobiliyatlarini
hisobga olish kerak. Ruhshunoslarning ko‘rsatishicha, 13-15 yoshli o‘quvchilar o‘z
diqqatlarini   mavzu   va   hodisalarga   12-15   minut   davomida   qaratib   turishlari,
so‘ngida ularning diqqatlari boshqa narsalarga kuchishi kuzatilar ekan. 
Yuqoridagilarga   asoslangan   holda   hikoya   usulidan   foydalanilganda   uning
davomiyliligini 10-15 minutdan oshirib yuborish maqsadga muvofiq emas.
5. Hikoya usuli qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘z nutqini tushunarli, ko‘rgazmali
bo‘lishiga ahamiyat berish lozim. Shu boisdan u hikoya davomida dars mazmuniga
oid turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanmog‘i lozim 
6.   Hikoya   usuli   o‘qituvchidan   ma’lum   nutq   madaniyatiga   ega   bo‘lishlikni
talab   etadi.   Uning   nutqi   ravon,   badiiylashgan   bo‘lmog‘i,   ayrim   so‘zlarni   hadeb
takrorlamaslik (“Ya’ni”, “Demak”) kerak. 
7. O‘qituvchi hikoya qilar ekan o‘zi tasvirlayotgan tabiat hodisasini ko‘rgan,
olimlar   bilan   yonma-yon   ishlagan,   ilmiy   kashfiyotlar   ochilishida   ishtirok   etgan
kishidek so‘zlamoq kerak. Suhbat   –   odatda   dars   mazmuni   o‘quvchilarga   birmuncha   tanish,   uning   o‘z
kundalik   hayotlarida   ko‘rgan,   bilgan   mavzularga   bag‘ishlangan   paytlarda
qo‘llaniladigan usullar.
Suhbat   –   dars   mazmunini   o‘rganishga   qaratilgan,   o‘qituvchi   tomonidan
tuzilgan savollarga o‘quvchilarning bergan javoblari asosida o‘tkaziladi. 
Suhbat   usulidan   foydalanilgandan   o‘qituvchi   dars   mazmunini   hikoya   qilib
bermaydi.   Balki   o‘rganiladigan   mavzuning   nomidan   kelib   chiqadigan   savollarni
o‘quvchilarga havola etadi, bu savollarga javob oladi. 
Suhbat   uchun   savollar   tuzishda   o‘qituvchi   dars   mazmunini,   undagi   asosiy
tushunchalarni   o‘rganib   chiqadi.   So‘ngra   darsdagi   asosiy   tushunchalarga,
o‘quvchilarning   avvaldan   o‘zlashtirgan   bilim   zaxiralarini,   turmush   tajribalarini
hisobga olgan holda ish yuritadi. 
Suhbat   uchun   beriladigan,   tayyorlanadigan   savollarga   bir   qancha   talablar
mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:
1. Suhbat uchun tuziladigan savol qisqa, tushunarli, lo‘nda bo‘lishi zarur.
2.   Savollar   o‘quvchilarni   o‘ylantiradigan,   javob   berish   uchun   avval
o‘rgangan   dars   materiallari,   turmush   tajribalari,   tabiatdagi   ba’zi   narsa   va
hodisalarni   kuzatish   natijalari   bo‘yicha   bo‘lgan   qarashlaridan   foydalangan   holda
munosabatini bildiradigan tarzda tuzilishi kerak. 
3. Qo‘shaloq savollar berilmasligi lozim. 
4.   O‘quvchilarga   beriladigan   savollar   o‘quvchilarni   o‘ylantirishga
qaratilmog‘i kerak.
5.   O‘qituvchi   o‘quvchilarga   beradigan   savollarini   doimo   bir   xil   qoliplarda
emas, har xil shaklda berishi lozim.
6. Savollar asta-sekin murakkablashgan holda berilishi kerak.
Savollarni   murakkablashtirib   borish   quyidagi   tartibda   amalga   oshirilishi
(botanika, zoologiya fanlaridan) mumkin: 
-   organlar   tuzilishini   ta’riflash.   Har   xil   o‘simlik   va   hayvonlarning   ikkita
organi tuzilishini taqqoslash; -   organ   tuzilishining   (urug‘,   ildiz,   maysa,   kurtak,   novda,   gul,   meva)
rivojlanishiga qarab solishtirish;
- organ tuzilishining muhit sharoitiga moslanishini tahlil etish;
- har xil organlar funksiyalarini taqqoslash;
- organlarning rivojlanishini taqqoslash;
- ikkita organizm rivojini taqqoslash;
- ekologik, morfologik yoki sistematik belgilarni taqqoslash;
- o‘simlik va hayvonlar tasnifi;
-   turli   sharoitlarda   yashovchi   o‘simlik   va   hayvonlarning   hayotga
moslashishi. 
Suhbat   usuli   qo‘llanilganda   savollarga   barcha   o‘quvchilar   bir   vaqtda   javob
bermasin.   Suhbat   usuli   o‘quvchilarning   dars   mazmunini   faol   o‘zlashtirishlariga
xizmat   qiladi.   Dars   mobaynida   ayrim   o‘quvchilar   berilgan   javoblarga
qiynalayotganini,   shu   sohada   bilim   darajalari   past   ekanligini   sezib   borishadi.
Boshqalari esa savollarga aniq, ravon javob berib, ruhan tetiklanadilar.
Undan tashqari, suhbat o‘quvchilarni tabiatda ko‘rgan, kuzatgan ba’zi narsa
va hodisalarni yanada konkret ilmiy tushunib olishlariga xizmat qiladi. 
Suhbat   usuli   qo‘llanilgan   mavzularda   ham   o‘qituvchi   turli   ko‘rgazma
qurollardan   foydalanadi.   Suhbat   davomida   o‘quvchilar   rag‘batlantirib   boriladi.
Maktab   ma’ruzasi   odatda   yuqori   sinf   o‘quvchilari   bilan   o‘tkaziladigan   o‘quv-
tarbiya   ishlarining   bir   ko‘rinishidir.   Ma’ruzadan   dars   mavzusi   turli   ilmiy
kashfiyotlar,   qonuniyatlar,   biologik   hodisalarning   mohiyatlari   kabi   masalalarga
bag‘ishlangan   vaqtlarda   ko‘proq   qo‘llaniladi.   Ma’ruza   odatda   9-11-sinf   biologiya
ta’limida qo‘llanilib, uning davomiyligi 30-40 minut davom etishi mumkin. 
Maktab   ma’ruzasi   o‘quv   materialining   ancha   kattaligi,   mantiqiy   tuzilishi,
isbot va umumlashtirishning birmuncha murakkabliligi bilan xarakterlanadi. 
O‘qituvchi   ma’ruzaga   tayyorlanishda   uning   puxta   rejasini   tuzib   olishi,
ma’ruzada foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar, adabiyotlar tayyorlab qo‘yadi.
Ma’ruza   mavzusi   e’lon   qilingach,   uning   rejasi   doskaga   yozib   qo‘yiladi.
Maktab ma’ruzasi uchun o‘qituvchi turli ko‘rgazmali qurollardan, o‘quvchilarning faolliklariga   xizmat   etuvchi   muammoli   savollardan   foydalangan   holda   o‘tkazish
talab  etiladi.   So‘zning   insonga   ta’siri   juda   kuchli.  Shu   sababli   og‘zaki   usullardan
oqilona   foydalanish   ta’lim   jarayoni   oldiga   qo‘yilgan   maqsadlarni   samarali
bajarishga xizmat qiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasining   mustaqillikka   erishishi,  jahon  hamjamiyatiga
yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, diplomatik
aloqalarning   yo‘lga   qo‘yilishi   barcha   jabhalar   kabi   ta’lim   tizimini   isloh   qilishni
talab etdi.
Shu sababli  O‘zbekiston Respublikasining  “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonunida
ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustuvor yo‘nalish deb e’lon
qilingan.
Mazkur   hujjatda   mamlakatimizning   ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining
asosiy tamoyillari etib, quyidagilar qayd etilgan:
- ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;
- ta’lim uzluksizligi va izchilligi;
- ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;
- davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
- ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv;
- bilimli bo‘lish va iste’dodni rag‘batlantirish;
- ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish.
Ma’lumki,   mamlakatimizning   ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy
tamoyillari   uzviy   ravishda   uzluksiz   ta’lim   tizimining   faoliyat   ko‘rsatish
tamoyillariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va ularni taqozo etadi.
O‘zbekiston   Respublikasining   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”da   ta’lim
tizimini   tubdan   isloh  qilish,   zamon   talablari   asosida   qayta   qurish,   uzluksiz   ta’lim
tizimining turlari, ta’lim muassasalari  oldidagi vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy
modelini   amaliyotga   tatbiq   etish   masalalari   bilan   bir   qatorda   uzluksiz   ta’lim
tizimining quyidagi faoliyat ko‘rsatish tamoyillari qayd etilgan:
1. Ta’limning   ustuvorligi   –   ta’lim-tarbiya   jarayonining   samarali   tashkil
etilishi  va  rivojlantirilishi  jamiyatimizdagi  ustuvor  yo‘nalish  sanaladi.  Ta’limning ustuvorligi   yuksak   ma’naviyatli,   bilimli   va   salohiyatli   barkamol   shaxsning
shakllanishiga zamin yaratadi.
2. Ta’limning   demokratlashuvi   –   ta’lim   va   tarbiya   uslublarini   tanlashda,
ta’lim-tarbiya jarayonini  tashkil  etish va boshqarishda  ustoz va tahsil  oluvchining
hamkorligiga asoslanadi.
3. Ta’limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarining to‘liq ochilishi va
bilim   olishga   bo‘lgan   ehtiyojlarning   qondirilishi,   milliy   va   umuminsoniy
qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning o‘zaro
munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi.
4. Ta’limning   ijtimoiylashuvi   –   ta’lim   oluvchilarda   ongli   intizom,   insoniy
qadr-qimmat   tuyg‘usi,   yuksak   ma’naviyat,   ijtimoiy   me’yorlarga   asoslangan   xulq-
atvor,   estetik   boy   dunyoqarash,   mantiqiy   va   ijodiy   fikrlashni   tarkib   toptirish
nazarda tutiladi. 
5. Ta’limning   milliy   yo‘naltirilganligi   –   ta’limning   milliy   tariximiz,   xalq
an’analari   va   urf-odatlari   bilan   uzviy   uyg‘unligi,   O‘zbekiston   xalqlarining
madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta’limni milliy taraqqiyotning o‘ta muhim
omili   sifatida   e’tirof   etish,   boshqa   xalqlarning   tarixi   va   madaniyatini   hurmat
qilishni ta’minlaydi.
6. Ta’lim   va   tarbiyaning   uzviy   bog‘liqligi   har   tomonlama   kamol   topgan
insonni shakllantirishni nazarda tutadi.
7. Iqtidorli   yoshlarni   aniqlash   -   ta’lim   jarayonini   differensiallashtirish   va
individuallashtirish,   iqtidorli   yoshlarga   ta’limning   eng   yuqori   darajasida,   izchil
ravishda   fundamental   va   maxsus   bilim   olishlari   uchun   shart-sharoitlar   yaratishni
ko‘zda tutadi.
Ma’lumki, o‘qitish tamoyillari - o‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, uning
qonunlari   va   qonuniyatlari   haqidagi,   shuningdek,   faoliyatni   tashkil   etadigan,
amaliyotni boshqarishda namoyon bo‘ladigan bilimlar majmuasi sanaladi.
Respublikamizdagi   ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy-ma’rifiy   o‘zgarishlar
biologik   ta’lim   jarayonida   ilmiylik,   sistemalilik,   fundamentallik,   izchillik,
ko‘rgazmalilik,   onglilik,   mustaqillik,   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishning   uslubiy tamoyili, nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy
ketma-ketlik,   uzviylik,   ta’limni   differensiallashtirish   va   individuallashtirish,
individual   va   guruhlarda   o‘qitishni   uyg‘unlashtirish,   o‘qitish   maqsadi,   mazmuni,
vositalari va shakllarining ijtimoiy muhitga bog‘liqligi, o‘qitish maqsadi, vositalari
va   natijalar   birligi,   baholash   va   o‘z-o‘zini   baholash   tamoyili   bilan   bir   qatorda,
ta’limni   demokratlashtirish   va   insonparvarlashtirish   kabi   tamoyillarga   ham   amal
qilinishi zarurligini ko‘rsatdi.
Ta’limni differen s iallashtirish va individuallashtirish   e sa o‘qitish jarayoniga
individual va guruhli yondashish tamoyilini talab  e tadi.
O‘qitish   tamoyillari   negizida   o‘qitish   qonunlari   va   qonuniyatlari   yotadi.
O‘qitish qonunlari va qonuniyatlari o‘qitish tamoyilining nazariy asoslarini ishlab
chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotiga qo‘llashga zamin tayyorlaydi. 
Shuni qayd etish lozimki, o‘qitish qonunlari va qonuniyatlari uzluksiz ta’lim
tizimining   oldiga   qo‘yilgan   davlat   va   ijtimoiy   buyurtmalar,   jamiyatning   ijtimoiy
hayotidagi ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar, ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadi va
vazifalari,   fanning   rivojlanish   darajasiga   bevosita   bog‘liq   holda   o‘zgarib,
yangilanib turadi.
O‘qitish   tamoyillari,   avvalo,   muayyan   davlatning   ta’lim   sohasidagi   davlat
siyosatining   asosiy   tamoyillari,   uzluksiz   ta’lim   tizimining   faoliyat   ko‘rsatish
tamoyillari, so‘ngra ta’lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos kelishi, shuningdek,
jamiyatda   sodir   bo‘layotgan   ijtimoiy,   iqtisodiy,   siyosiy,   huquqiy,   ma’naviy-
ma’rifiy o‘zgarishlarni o‘zida aks ettirib, yangilanib, o‘zgarib, rivojlanib, o‘zgacha
ahamiyat kasb etadigan jarayondir.
O‘qitish tamoyillari biologiyani o‘qitishning maqsadi va vazifalariga bog‘liq
holda ta’lim-tarbiya jarayonining yo‘nalishi va pedagogik faoliyatning mazmunini
belgilaydi.
O‘qitish tamoyili  -  didaktik kategoriya bo‘lib, u ta’lim-tarbiya jarayonining
maqsadi   va   vazifalariga   bog‘liq   holda   o‘qitish   qonunlari   va   qonuniyatlarining
amaliyotda qo‘llash usulini belgilaydi (jadval). Ta’limni tashkil  e tish va rivojlantirish tamoyillari hamda o‘qitish
tamoyillari o‘rtasidagi uzviylik
№ Ta’lim sohasidagi
davlat siyosatining
asosiy tamoyillari
(saylanma) Uzluksiz ta’limni
tashkil etish va
rivojlantirish
tamoyillari O‘qitish  tamoyil lari 1
2
3
4
5 Ta’lim   va   tarbiyaning
insonparvar,
demokratik   xarakterda
ekanligi.
Ta’limning   uzluksizligi
va izchilligi.
Ta’lim   tizimining
dunyoviy
xarakterdaligi.
Ta’lim   dasturini
tanlashga   yagona   va
tabaqalashtirilgan
yondashuv.
Bilimli   bo‘lishni   va
iste’dodni
rag‘batlantirish. Ta’limning
demokratlashuvi,
ta’limning
insonparvarlashuvi,
ta’limning
ustuvorligi,
ta’limning
ijtimoiylashuvi,
milliy
yo‘naltirilganligi,
ta’lim   va   tarbiyaning
uzviy   bog‘liqligi,
iqtidorli   yoshlarni
aniqlash,   ularga
ta’limning eng yuqori
darajasida,   izchil
ravishda   fundamental
va   maxsus   bilim
olishlari   uchun   shart-
sharoitlar yaratish. Ta’lim   jarayonini
demokratlashtirish   va
insonparvarlashtirish,
ilmiylik,   sistemalilik,
fundamentallik,
ko‘rgazmalilik,
samaradorlik,   tushunarlilik,
onglilik,   mustaqillik,
nazariya   bilan   amaliyotning
birligi,   mantiqiy   ketma-
ketlik,   uzviylik,   ijtimoiy-
iqtisodiy   rivojlanishning
uslubiy   tamoyili,   ta’limni
differensialashtirish   va
individuallashtirish,
individual   va   guruhlarda
o‘qitishni   uyg‘unlashtirish,
o‘qitish   maqsadi,   mazmuni,
vositalari   va   shakllarining
ijtimoiy   muhitga   bog‘liqligi,
o‘qitish   maqsadi,   vositalari
va   natijalar   birligi,   baholash
va   o‘z-o‘zini   baholash
tamoyili
Agar   o‘qitish   tamoyillari   o‘qituvchi   va   tahsil   oluvchilarning   hamkorlikda
o‘qitish maqsadlariga erishish yo‘nalishini belgilasa, o‘qitish qonunlari pedagogik
jarayonning xarakterini o‘zida aks ettiradi.
Barcha jabhalarda qonunlarning maqsadi va istiqboldagi ko‘zlangan natijasi
bo‘lgani   kabi   o‘qitish   qonunlari   ham   uslubiyat   fanining   mantiqiy   tarkibiy   qismi sanalib,   pedagogik   jarayonning   obyektiv,   tashqi,   ichki,   muayyan   va   nisbiy
bog‘lanishlarini   aks   ettirib,   ta’lim-tarbiya   jarayonining   mazmuni,   usullari,
vositalari   va   shakllarining   uzviyligini,   mazkur   jarayonning   ilmiy   asosda   tashkil
etilishi   va   boshqarilishi,   olinajak   natijalar   va   samaradorlikni   orttirish   yo‘llarini
belgilaydi.
Respublikamizda   ta’lim   jarayonini   isloh   qilish   va   uzluksiz   ta’lim   tizimini
joriy etishning ilmiy nazariy asosi sanalgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning
ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va
sarqitlardan  to‘la  xalos   etish,  rivojlangan  demokratik  davlatlar   darajasida,  yuksak
ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash
milliy   tizimini   yaratish   kabi   maqsadini   amalga   oshirish   yo‘lida,   shuningdek,
uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat va ijtimoiy buyurtmalari, o‘qitish tamoyillari
hisobga   olingan   holda   biologiyani   o‘qitishda   quyidagi   o‘qitish   qonuniyatlarini
pedagogik amaliyotga qo‘llash maqsadga muvofiq deb topildi.
1.   O‘qitish   maqsadi,   mazmuni,   vositalari   va   shakllarining   ijtimoiy   muhitga
bog‘liqligi   qonuni.   Mazkur   qonuniyat   ta’lim-tarbiya   jarayonining   tarkibiy
qismlarini   tanlash   va   shakllantirishda   jamiyatdagi   ijtimoiy-iqtisodiy,   ma’naviy-
ma’rifiy   o‘zgarishlar,   ijtimoiy   munosabatlarning   ta’sirini   o‘zida   aks   ettiradi.
Mazkur   qonuniyat   ta’lim   oluvchilarda   yuksak   ma’naviyat,   madaniyat   va   ijodiy
fikrlashni   shakllantirishga   imkon   beradi.   Keyingi   yillarda   yuqorida   qayd   etilgan
fikrlar,   o‘qitish   maqsadi   va   vazifalari   hisobga   olingan   holda   biologik   ta’lim
mazmuni   yangilandi,   ta’lim   tizimi   jamiyatda   amalga   oshirilayotgan   yangilanish,
rivojlangan   demokratik   huquqiy   davlat   qurilishi   jarayonlariga   moslandi.   O‘quv
fanlari   bo‘yicha   davlat   ta’lim   standartlari,   o‘quv   dasturlari,   darsliklar   va   o‘quv-
uslubiy qo‘llanmalarning yangi avlodi yaratildi.  Kadrlar   tayyorlash   dasturida   o‘quv
jarayonini   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalar   bilan   ta’minlash   muhim   vazifalardan
biri   etib   belgilangan .   Shuni   nazarda   tutgan   holda,   biologiyani   o‘qitishda   yangi
pedagogik   va   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   yo‘llari   ishlab   chiqilishi
zarur.  2. Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati shaxsning tahsil olish
jarayoni,   bilim,   faoliyat   usullarini   o‘zlashtirishi   uning   rivojlanishiga   va   shaxsiy
sifatlarining   shakllanishiga   asoslanadi.   Ushbu   qonuniyat   har   tomonlama   kamol
topgan   insonni   shakllantirishga   imkon   beradi.   Kadrlar   tayyorlashning   milliy
modelida shaxs muhim o‘rin tutadi va uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama
barkamol   shaxs,   fuqaroni   shakllantirish   nazarda   tutiladi.   O‘qituvchi   biologiyani
o‘qitishda   ta’lim-tarbiyaning   uzviyligini   ta’minlashi,   o‘rganilayotgan   mavzu
mazmuniga   bog‘liq   holda   o‘quvchilarning   ma’naviy-axloqiy,   vatanparvarlik,
ekologik,   estetik,   iqtisodiy,   huquqiy,   jismoniy,   jinsiy,   mehnat   va   baynalmilal
tarbiyasi amalga oshirilishi lozim.  
3.   Ta’lim-tarbiya   jarayonining   tahsil   oluvchilarning   faoliyati   xarakteriga
bog‘liqligi qonuni. Ta’lim-tarbiya jarayonini  tashkil  etish usuli  va olinajak natija,
pedagogik boshqarish va tahsil oluvchilarning faolligini orttirish o‘rtasidagi uzviy
bog‘liqlikni aks ettiradi.
Mazkur   qonun   “Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi”   talablari   asosida   ta’lim-
tarbiya   jarayoniga   ilg‘or   pedagogik   texnologiyalarni   qo‘llash,   shu   asosda
zamonaviy   o‘quv-uslubiy   majmualarni   yaratish   va   o‘quv-tarbiya   jarayonini
didaktik   jihatdan   ta’minlashni,   o‘quvchilarning   qobiliyatlari   va   imkoniyatlariga
muvofiq   ravishda   ta’limga   tabaqalashtirilgan   yondashuvni   joriy   etish,
o‘quvchilarni   o‘z   o‘quv-bilish   faoliyatining   to‘laqonli   subyektiga   aylantirishni
ko‘zda   tutadi.   Biologiyani   o‘qitishda   o‘qituvchi   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini
faollashtiradigan   texnologiyalar,   jumladan,   didaktik   o‘yin,   muammoli,   modulli
ta’lim, hamkorlikda o‘qitish, loyihalash va axborot texnologiyalaridan foydalangan
holda samaradorlikni oshirishga erishishi lozim.
4.   O‘quv   faoliyatini   individuallashtirish   va   guruhli   o‘qitishni   tashkil   etish
birligi   va   o‘zaro   bog‘liqligi   qonuni.   O‘qitish   jarayonining   maqsadi   va   vazifasiga
muvofiq   tahsil   oluvchilarning   barchasi,   shu   jumladan   har   bir   shaxsning   tahsil
olishga   bo‘lgan   ehtiyojini   qondirish,   qiziqishini   orttirishga   asoslanadi.   Bu
qonuniyat   biologiyani   o‘qitish   jarayonini   tabaqalashtirish   asnosida   iqtidorli
yoshlarni aniqlash, ularning ehtiyoji va qiziqishiga yarasha bilim olishlariga imkon yaratadi.   Shuningdek,   biologiyani   o‘qitishda   uni   individuallashtirish   va
differensiallashtirish,   shaxsga   yo‘naltirilgan   texnologiyalarni   qo‘llash   zaruratini
keltirib chiqaradi.
5.   O‘qitishda   nazariya   va   amaliyotning   birligi   va   uzviy   bog‘liqligi   qonuni.
Tahsil   oluvchilarning   o‘qitish   jarayonida   bilimlar,   tushunchalar,   g‘oyalar,
nazariyalarni   ongli   va   mustahkam   o‘zlashtirishiga   erishish,   ularni   amaliyotda
qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishga asoslanadi. Ushbu qonuniyat fan, texnika,
ishlab   chiqarish   va   amaliy   tajribalarning   o‘quv   jarayoni   bilan   integratsiyasini,
uyg‘unligini   amalga  oshirishga   imkon   beradi.  Mazkur   qonun   “Kadrlar   tayyorlash
milliy dasturi”ning yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy
faollikka,   ijtimoiy-siyosiy   hayotda   mustaqil   ravishda   mo‘ljalni   to‘g‘ri   ola   bilish
mahoratiga   ega   bo‘lgan,   istiqbol   vazifalarini   ilgari   surish   va   hal   etishga   qodir
kadrlarning   yangi   avlodini   shakllantirish   kabi   vazifalarni   amalga   oshirishni
nazarda tutadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun biologiyani o‘qitishda o‘quv
dasturidan   o‘rin   olgan   laboratoriya,   amaliy   mashg‘ulotlar   va   ekskursiyalarni   o‘z
o‘rnida   samarali   o‘tkazish,   o‘quvchilarning   bilish   faoliyatini   individual   va   kichik
guruhlarda   tashkil   etish   hamda   boshqarish   orqali   o‘quvchilarning   o‘zlashtirgan
bilimlarini   amaliyotda   qo‘llash,   amaliy   va   o‘quv   mehnati   ko‘nikmalarini   tarkib
toptirishga e’tiborni qaratish lozim. 
6.   Pedagogik   jarayon   birligi   va   yaxlitligi   qonuni.   Pedagogik   jarayonning
yaxlit   va   tarkibiy   qismlari   o‘rtasidagi   uzviy   bog‘lanishlarni,   shuningdek,   ta’lim
jarayonining   mazmuni,   vositalari,   metodlari,   shakllari,   o‘qituvchi   va   o‘quvchi
faoliyatining o‘qitish maqsadlari bilan uyg‘un ravishda bog‘liqligini ta’minlaydi.
Yuqoridagi fikrlar hisobga olingan holda o‘qitish jarayoni davlat va ijtimoiy
buyurtmalarga   muvofiq   maqsadlarni,   ta’lim   mazmuni,   pedagogik   muloqot
vositalari   (o‘qitish   vositalari,   usullari   va   shakllari),   o‘qituvchi   va   o‘quvchilar
faoliyati   shakllari,   o‘quv-bilish   jarayonini   tashkil   etish   va   nazorat   qilishni   o‘z
ichiga oladi.
Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan iborat: - ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning
samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish;
-   o‘qishni,   mustaqil   bilim   olishni   individuallashtirish   hamda   distansion
ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish;
-   yangi   pedagogik   va   axborot   texnologiyalari,   tayyorgarlikning   modul
tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish;
-   xalqning   boy   ma’naviy   va   intellektual   merosi,   umumbashariy   qadriyatlar
asosda ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash.
Uzluksiz   ta’lim   tizimi   oldidagi   ijtimoiy   buyurtmalarga   quyidagilarni
keltirish mumkin:
1. Milliy mustaqillik tamoyillari va xalqning boy intellektual merosi hamda
umumbashariy   qadriyatlar   ustuvorligi   asosida   ta’limning   barcha   darajalari   va
bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy, axloqiy fazilatlarini rivojlantirish;
2. Ta’lim   berishning   barcha   darajalarida   ta’lim   oluvchilarni   huquqiy,
iqtisodiy,   ekologik   va   sanitariya-gigienik   ta’limi   hamda   tarbiyasini
takomillashtirish;
3. O‘quvchi-yoshlar   ongi   va   qalbiga   milliy   istiqlol   mafkurasini   singdirish,
ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish;
4. Pedagog   kadrlarning   mafkura   borasidagi   bilimlarini   chuqurlashtirish   va
boshqalar.
Davlat va ijtimoiy buyurtmalar asosida biologik ta’lim mazmuni belgilanadi,
ta’lim   mazmunining   yangilanishi   o‘qitish   vositalari,   usullari,   shakllarining
yangilanishini talab etadi.
Yuqorida   qayd   etilgan   buyurtmalar   asosida   o‘qituvchi   o‘z   faoliyatini
o‘zgartiradi.   Bu   esa,   o‘z   navbatida,   o‘quvchilarning   o‘quv   motivlari,   bilish
faoliyatiga   o‘z   ta’sirini   ko‘rsatadi.   Biologiyadan   DTS,   dastur,   darsliklar   tahlili,
o‘qituvchi   va   o‘quvchilarning   faoliyatini   tashkil   etish,   boshqarish   masalalari,
ta’lim   mazmunining   tarkibiy   qismlari   va   ularni   shakllantirish   yo‘llari   haqida
keyingi mavzularda batafsil fikr yuritiladi.  Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya qilinadigan  asosiy   adabiyotlar
1 Кадрлар тай ё рлаш Миллий  дастури. Тошкент, 2020 й.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirish va
rivojlantirish bo’yicha qonunlari, qarorlari va farmoyishlari.
3 Ғофуров   Ж.О.,   Толипова,   С.С.Файзуллаев,   И.Т.   Азимов,   Ахмадалиева
Б. Биологиян А.Т.и ўқитишнинг умумий методикаси. Т.,2005, 151 б.
4 Biologiya o’qitish uslubiyati.  Toshkent: Lesson Press nashriyoti, 2019. -152
b.
5 Шефер   И.Ф.,   Б.Э.Матчанов.   Общая   методика   преподавания
биологии.Т.,2005.
6 Yo’ldoshev   J.F.,   Usmonov   S.A.   Pedagogik   texnologiya
asoslari(qo’llanma).-T.: O’qituvchi nashriyoti.2004.104b.
7 Уполномоченное образование. Пособие для 
тренеров.Т.:Информационно ресурсный центр. 2003. 203с.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
8 Азизходжаева   Н.Н.   Педагогик   технологиялар   ва   педагогик   маҳорат.
Тошкент,   2006 й. 
9 Ж.О.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   таълими   технологиялари.
Тошкент, 2002 й.
10 Ж.Толипова   ва   бошқалар.   Ботаника.   5-6   синфлар   методик   қўлланма.
Тошкент,   2003 й.
11 Ж.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   ўқ итиш   методикаси.   Методик
қўлланма.  ( академ лицей ва коллежлари учун ) . Тошкент,   2004 й.
12 И.Пономарева   ва   бошк.   Биология   ўқ итишнинг   умумий   методикаси .
Москва ,  2003 й.

BIOLOGIYA FANLARINING STRUKTURASI. BIOLOGIYANI O’QITISH METODLARI . BIOLOGIYANI O’QITISH JARAYONIDA TARBIYA . Reja: 1. O‘qitish usullari haqida tushuncha. 2. Biologiya o‘qitish usullarining xillari 3. Og‘zaki usuldan foydalanish . 1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy va uzluksiz ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatish tamoyil lari. 3. O‘qitish tamoyillari va qonuniyatlari. 4. Biologik ta’lim jarayonining yaxlitligi.

Usul o‘zining umumiy ma’nosida maqsadga e rishishdagi ma’lum tartibga solingan faoliyatdir. O‘qitish usuli o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks e ttiradi. Shu boisdan o‘qitish usuli o‘qituvchining bilim berish usuli va ayni paytda, ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir. O‘qitish usulining yuqoridagi ta’rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomoni, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish usulini tanlashda har ikkala tomonni hisobga olish zarur. Tanlangan usul o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi. Har qanday usul insonning o‘z oldiga qo‘ygan ma’lum maqsadiga qaratilgan ongli harakatlari tizimidan iborat bo‘lgan faoliyatdir. Binobarin, har qanday usulni qo‘llash zamirida insonlarning qandaydir maqsadi bo‘ladi. Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga e rishmo g‘ i uchun turli yo‘llar, vositalar orqali ishga tushadi. Ish jarayonida u bajarilayotgan mehnat natijalarini kuzatib, ma’lum tuzatishlar kiritib, yo‘l qo‘ygan xatolarini o‘nglab boradi. Insonni qo‘llagan usuli doimo qandaydir ob y ektga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: duradgor qandaydir bir stol yasamogchi bo‘lsa, u o‘ziga ma’qul bo‘lgan ish usullari, asboblari bilan yog‘och (obyekt) bilan ishlaydi. Demak, duradgorning ish obyekti yog‘och taxtalar bo‘lib, u shu narsalardan, ish qurollaridan foydalanib, o‘z maqsadi tomon harakatlar qilib, oxirgi natija – stolni tayyorlaydi. Biroq duradgor o‘z oldiga qo‘ygan maqsadini amalga oshirish uchun muomalada bo‘ladigan obyekt, ya’ni yog‘och, taxtalar haqida tasavvuri bo‘lishi lozim. Har qanday yo g‘ ochdan ham stol yasab bo‘lavermaydi. Shu bois u stol uchun mos bo‘lgan yo g‘ och xilini farqlashi, tanlashi lozim bo‘ladi. Duradgor stol yasash uchun tanlagan yog‘ochga asboblari va amaliy harakatlari vositasida ishlov berishi natijasi o’laroq, yog‘ochni o‘zgartirib, undan yangi mahsulot-stol tayyorlaydi. Aksariyat kasb e galari o‘z ish faoliyatlarida tanlagan ob y ektlar ularning tanlagan usuli bilan o‘zgartirilib kutilgan natijani beraveradi.

Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usullar esa doimo kutilgan natijani berishi uchun o‘qituvchining ish obyekti bo‘lmish o‘quvchining xususiyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘qituvchilik kasbining asosiy maqsadi o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishdir. Demak, o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishi uchun doimo o‘quvchilar bilan ish olib bormog‘i kerak. O‘qituvchining ish ob y ekti – shaxsdir. Shu boisdan o‘qituvchi o‘z ish obyekti bo‘lgan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi, o‘quvchining qiziqishi, faolligi, aqliy qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olmog‘i kerak. Ta’limda o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishga harakat qilishi, albatta, u o‘quvchining maqsadini anglashi, shunga qarab ish yuritishi lozim bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari bir-biriga mos bo‘lmagan hollarda ta’limdan ko‘zlangan maqsadni amalga oshirib bo‘lmaydi. Yuqoridagilardan xulosa qilinsa, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan usulning ham o‘qituvchiga, ham o‘quvchiga mos bo‘lishiga erishilsagina u ijobiy natija berishini ko‘rish mumkin. Biologiya o‘qitish usullari haqida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Masalan: Y.P.Brunovning ko‘rsatishicha, tushuntirish va namoyish etish, qisman izlanish va izlash kabi usullar borligi haqida yozib, haqiqiy uslubiyatga esa og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy kabi xillarga bo‘linishi haqida ma’lumotlar bergan. Muallif og‘zaki usul ichida hikoya, hikoya-suhbat, suhbat, kitob ustida ishlash, yozma ishlar kabi xillar bo‘lishligini ko‘rsatadi. I.D.Zverev biologiya o‘qitish usullari haqida gapirib, bilimlarni yangilash manbalariga qarab og‘zaki, amaliy, o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga qarab yangi o‘quv usullarini o‘qituvchi tomonidan bayon etish kabilarni ko‘rsatadi. Shuningdek, o‘qitish usullari haqida turli mualliflarning asarlarida ta’limning didaktik vazifalariga bog‘liq bo‘lgan hamda o‘quvchilarning mustaqilligi va faolligiga xizmat qiluvchi turli usullar mavjudligi haqida ma’lumotlar keltiriladi. N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar biologiya ta’limida 3 xil usuldan foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta’limida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy usullardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalari

ancha sodda va to‘g‘ridir. Chunki o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilar uni eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma’qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham biz hozirgi davrda biologiya ta’limida yuqorida ko‘rsatilgan uch xil usulga asoslanamiz. Ma’lumki, biologiya ta’limida qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy usullar o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars materialini o‘rganishda turlicha faoliyatda bo‘lishligini taqozo etadi. Ushbu usullar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini jadvaldan ko‘rish mumkin. Jadvaldan ko‘rinib turganidek, bir xil usullar qo‘llanilganda bilim so‘z vositasida, boshqalarda esa o‘quvchiga bilim manbayi bo‘lib ko‘rgazmali qurollar yoki o‘zi bajargan ishi xizmat qiladi. Turli o‘qitish usullari qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati Bilim manbayi Usullar Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy So‘z Ko‘rgazmali Amaliy ish O‘qituvchi bilim beradi So‘zlash orqali Ko‘rsatish bilan Yo‘llanma orqali O‘quvchilar bilimlarni oladi Tinglash orqali K u zatib Ishlab Biologiya o‘qitish uslubiyatidagi har bir usul o‘z navbatida o‘ziga o‘xshash usullardan tashkil topadi. Masalan: og‘zaki usullar tarkibiga hikoya, suhbat va ma’ruza kabilar kirsa, ko‘rgazmali usul tajribalar, natural va tasviriy materiallarning namoyishi kabi xillarga bo‘linadi. Xuddi shunday, amaliy usul tarkibida obyektni topib olish, anglash, kuzatish, eksperiment kabi usullar mavjuddir. O‘qitish usullarining yuqorida ko‘rsatilgan turlari o‘zgarmas, qotib qolgan deb bo‘lmaydi. Usul yoki uning turi dars mazmuniga o‘quvchilarning

tayyorgarlik darajasiga qiziquvchanligiga qarab o‘zgarib, murakkablashib boradi. Masalan: hikoya yuqori sinfga borgan sari o‘zgarib asta ma’ruza usuliga aylanadi. Darsda bir qancha usullardan foydalanilganda yaxshi natija beradi. Metodik uslublar – o‘qitish usulini qo‘llash natijasida o‘quvchilar ishining ayrim tomonlarini ifodalovchi muayyan elementlaridir. Har qanday uslub qo‘llanilganda uning tajribada mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy tomonlari kuzatiladi. Uslubdagi uslubning mantiqiy tomoni dars mazmunini undagi asosiy tushunchalarga ajratish turli obyektlarni belgilash, taqqoslash, farqlash kabi ishlarni o‘z ichiga olsa, o‘quv uslubni o‘zlashtirishning tashkiliy tomoni o‘qituvchilarga dars mavzusini o‘rgatishga, o‘quvchilarni jalb etish, ularning diqqatini nimalarga qaratish lozimligini hisobga olish, o‘quv jarayonini qanday joylarda o‘tkazish, o‘quvchilar dars mazmunini qanday o‘rganishlari kerakligi yo‘llarini aniqlash kabilarni o‘z ichiga oladi. Og‘zaki usuli - o‘qitishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan dastlabki usullardan biridir. Bu usulning og‘zaki deb nomlanishining boisi shuki, o‘quv materialini o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlab beradigan hikoyasi, ma’ruzasi, tashkil etadigan suhbati natijasida o‘rganishadi. Boshqacha aytganda, ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar tayyor bilimlarni o‘qituvchining og‘zaki so‘zlari vositasida anglashadi. Og‘zaki usul o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, yorqin hissiyotlarga boy bo‘lgan so‘zi, turli ko‘rgazmali qurollar vositasida tushuntirish imkoniyatini beradi. Insoniyat tarixida bosib o‘tilgan yuz yillarga e’tibor qilsak, olim-u fozil kishilarning necha-necha avlodlar ayni shu og‘zaki usul vositasida ilm olganliklarining guvohi bo‘lamiz. Og‘zaki usul - o‘z tarkibida turdosh usullardan hikoya, suhbat, ma’ruza, tushuntirish kabilar bo’ladi. Hikoya usuli – ko‘pincha 5-8-sinflardagi biologiya ta’limida qo‘llaniladi. Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga