logo

BIOLOGIYA O‘QITISH JARAYONIDA TARBIYA

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

30.8359375 KB
BIOLOGIYA O‘QITI SH  JARAYONIDA TARBIYA
Reja:
1. Ta’limdagi tarbiya xillari.
2. Biologiya   ta’limida   o‘quvchilarning   dunyoqarashini,   tafakkur   qilish
xususiyatlarini tarbiyalash.
3. Ko‘rgazmali usul haqida tushuncha.
4. Ko‘rgazmali usul xillari tasviriy qurollaridan foydalanish.
5. Natural ko‘rgazma qurollaridan foydalanish. 
6. Tajribalarda n  foydala n ish. Biologiya   o‘qitishda   o‘quvchilaga   faqat   bilimlarni   o‘rgatish   yetarli
bo‘lmaydi.   Yoshlar   har   tomonlama   rivojlangan,   tarbiyalangan   bo‘lishlari   kerak.
Shu   boisdan   o‘qituvchi   o‘quv   materiali   mazmuni,   uni   o‘rganishning   usullari   va
shakllariga bog‘lagan holda o‘quvchilarni tarbiyalashi zarur.
Biologiya   ta’limida   o‘quvchilarning   ilmiy   dunyoqarashi,   tafakkur   qilish
xususiyatlari,   mehnat   madaniyati,   estetik   tarbiyasi   amalga   oshirilib   boriladi.
Maktabda   o‘qitiladigan   har   bir   o‘quv   predmeti   o‘quvchilarga   bilim,   o‘quv
ko‘nikmalari berish bilan birgalikda ularlarning dunyoqarashini tarbiyalashga ham
xizmat qiladi. 
O‘quvchilarda   tabiatdagi   hodisalar   qanday   shakllarda   namoyon   bo‘lib,
hayoti   qaysi   qonuniyatlar   asosida   ro‘y   berishi   individual   va   tarixiy   rivojlanish
yo‘llari asosida tushunchalar sistemasi hosil qilish, ilmiy dunyoqarashning asosini
tashkil   etadi.   Har   qanday   duyoqarashning   mag‘zini   falsafiy   qarash   tashkil   etadi.
Shu   boisdan   biologiya   o‘qituvchisi   o‘quvchilarning   dunyoqarashini   tarbiyalashda
tabiatni   idrok   qilishning   dialektik   usuliga   tayanadi.   Biologiyadan   o‘rganiladigan
har   bir   darsda   materialni   oddiydan   murakkabga,   pastdan   yuqoriga   o‘rganish
dunyoqarashni   tarbiyalashning   asosiy   yo‘llaridan   biridir.   Ba’zi   hollarda   turli
sistematik   guruhlarga   mansub   bo‘lgan   o‘simlik   va   hayvonlar   o‘rgatilib,   ularning
boshqa sistematik guruhlar bilan bog‘lanishlariga yetarli ahamiyat berilmaydi. Shu
boisdan   o‘quvchilarning   dunyoqarashini   tarbiyalashda   organlar   va   ularning
sistemalari orasidagi bog‘liqlik doimo tushuntirilib borilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. 
Dunyoqarash tarbiyasida har bir organizmni doimo o‘sishida, rivojlanishida
ekanligini ko‘rsatib borish lozim. 
Biologiya   ta’limida   hayotning   molekula,   hujayra,   to‘qima,   organizm,   tur,
biotsenoz   darajalarini   o‘rganish   ilmiy   dunyoqarashni   tarbiyalashning   muhim
omillaridir.
O‘quvchilar   dunyoqarashini   tarbiyalashda   organizmda   va   muhit   orasidagi
munosabatlar   organizmlarning   tarixiy   taraqqiyoti,   nazariyaning   amaliyot   bilan
bog‘lanishlari kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.  O‘quvchilarning   tafakkur   qilish   xususiyatlarinin   rivojlantirish   uchun
mavzularni   o‘rganishda   ko‘proq   induktiv   va   deduktiv   yo‘llaridan   foydalanish
yaxshi natija beradi. Darslarda butunni qismlarga ajratish, ya’ni analiz, qismlardan
bir   butunni   hosil   qilish   sintez   yo‘li,   tafakkurning   rivojlanishiga   salmoqli   ta’sir
ko‘rsatadi. 
Ilgari o‘rganilgan materialni yangisi bilan taqqoslash, muammo savollardan
foydalanish,   mavzuga   oid   amaliy   ishlar,   tajribalar,   kuzatish   ishlari   olib   borish
kabilar   ham   o‘quvchilarning   tafakkur   qilish   xususiyatlarini   rivojlantirish
vositalaridir.
O‘quvchilarning   dunyoqarashlarini   tarbiyalashda   organizmlar   hayoti
mohiyatini   to‘g‘ri   talqin   etib   borishga   e’tiborni   kuchaytirish   muhim   omillardan
hisoblanadi.   Sinfdagi   botanika   kursida   moddalar   almashinuvi   haqida   dastlabki,
elementar   bilimlar   berishdan   boshlab,   to   oqsilning   biologik   sintezining
o‘tishigacha   bo‘lgan   hayotiy   jarayonlargacha   (9–sinf)   beriladigan   bilimlarda
o‘qituvchi   moddalar   almashinuvining   murakkablashib   borishini   o‘quvchilarga
tushuntirish   asosida   ularda   tirik   organizmlarning   eng   muhim   xususiyatlari   haqida
atroflicha, sistemali dunyoqarashni hosil qilishi zarur. 
Har bir organizm hayoti davomida tashqi va ichki sabablar ta’sirida o‘zgara
borib   rivojlanadi.   Organizmlarning   rivojlanishi   e sa   qarama-qarshi   hodisalarning
o‘zaro birligi namoyon bo‘ladi. Shu boisdan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini
rivojlantirishda   o‘simlik   va   hayvonlar   qarama-qarshi   jarayonlar,   nafas   olishda
kislorodni   olib,   karbonat   angidridni   chiqarishi,   suv   ichish,   uni   bug’latish   yoki
siydik   shaklida   tashqariga   chiqarish,   muskullarning   cho‘zilishi,   o‘zgaruvchanlik,
irsiyat   kabi   qarama-qarshi   jarayonlarning   birligi   masalalariga   alohida   e’tibor
qaratib,   bu   jarayonlar   asosida   hayot   davom   etishi   ta’kidlanib   borilishi   lozim.
Demak,   tirik   organizmlarda   ro‘y   beradigan   har   bir   hayotiy   jarayon   o‘ziga   xos
sabablar,   bo g‘ lanishlar   asosida   ro‘y   berishi   o‘quvchilarga   doimo   e slatib   borilishi
lozim. Misol keltiramiz. 
Ma’lumki,   efemer   o‘simliklar   erta   bahorda,   yerdan   hali   qor   ketmagan
paytlardan   boshlab   rivojlana   boshlaydi.   Ular   tez   o‘sib,   1,5-2   oy   davomida rivojlangach,   gullab,   uru g‘   hosil   qilib   nobud   bo‘ladi.   E femer   o‘simliklar   nega
bunday tezlikda o‘sib, rivojlanib nobud bo‘ladi? Buning sababi shundaki, mazkur
o‘simliklar   o‘sishi,   rivojlanishi   uchun   ko‘p   miqdorda   suv,   namlik   kerak   bo‘ladi.
Namlik   esa   bahorda   ko‘p   bo‘ladi.   Shu   boisdan   bu   o‘simliklar   tabiatda   suv   ko‘p
bo‘lgan paytda o‘z hayotlarini o‘tab, tugatib olishadi. 
O‘quvchilarning   ilmiy   dunyoqarashini   shakllantirishda   darslarda   tashkil
etiladigan   kuzatish,   tajriba   ishlarining   o‘rni,   ahamiyati   katta.   Binobarin,
o‘qituvchilar   darslarda   ko‘proq   o‘quvchilar   bilan   kuzatishlar,   tajribalar   olib
borishlari   zarurdir.   Fan   tarixi,   uning   rivojlanishiga   oid   bilimlar   ham   o‘quvchilar
dunyoqarashini rivojlanishiga ijobiy ta’sir  e tadi.
O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishida darsdan, sinfdan tashqari
mashg‘ulotlarning   o‘rni   va   ahamiyati   ham   beqiyosdir.   O‘quvchilarning   bunday
mashg‘ulotlar   paytida   tabiatda   olib   boradigan   kuzatish   ishlari,   maktab   o‘quv-
tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar natijalari ham ishonarli dalillar olishga xizmat
qiladi. 
Shunday   qilib   o‘quvchilar   ilmiy   dunyoqarashini   tarbiyalash   uchun
o‘qituvchi   dastur   talabidagi   bilimlarni   o‘quvchilarga   o‘rgatish   bilan   cheklanib
qolmay,   doimo   dars   mazmuniga   bog‘liq   holda   o‘quvchilarni   tarbiyalashning
yo‘llari, vositalarini ham hisobga olgan holda ish ko‘rishi lozim.
Ko‘rgazmali   usuldan   dars   mavzusi   ko‘proq   fiziologik,   bioximik,   ekologik
mazmunga   ega   bo‘lgan   paytlarda   foydalaniladi.   Ko‘rgazmali   usulda   o‘quvchilar
yangi o‘rganadigan mavzuni ko‘rgazmali qurollarni ko‘rish, idrok etish vositasida
o‘rganadi.   Bunday   metod   qo‘llanilganda   o‘qituvchilarning   s o‘ zi,   tushuntirishda
yordamchi   vosita   vazifasini   o‘taydi.   Ko‘rgazmali   usul   tasviriy,   natural   vositalar,
tajribalar   namoyishi   kabi   turdosh   usullarni   o‘z   ichiga   oladi.   Tasviriy   vositalar
ko‘rgazmasi mavzuni o‘rganishda turli tasviriy vositalar, o‘quv jadvallari, film va
o‘quv   filmlari,   kodopozitivlar,   o‘quv   televideniyesidan   foydalanish   kabilarni   o‘z
ichiga oladi.
Biologiya ta’limida o‘quv jadvallari muhim ahamiyat kasb etadi. Jadvallarda
turli   organizmlarning   tabiiy   rangi,   ularning   muhit   sharoiti   va   boshqa   organizmlar bilan   aloqalari,   hayotiy   jarayonlarining   aks   etishi   o‘quvchilarda   o‘rganilayotgan
o‘simlik   va   hayvon   haqida   atroflicha   tassavur   hosil   bo‘lishi   uchun   xizmat   qiladi.
O‘quv   filmlarining   qisqa,   to‘la   metrajli,   shuningdek   kino   halqalar   kabi   xillari
bo‘ladi. Kinofilmlar darsda 5, 10, 20 daqiqa davom etishi hisobga olinsa, kinodan
o‘quv jarayonida foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 
O‘qituvchi darsda o‘quv filmdan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beradi:
1. O‘quv filmining darsdagi o‘rnini belgilaydi. 
2. O‘quv   filmi   mazmuni   bilan   avval   o‘zi   tanishib   chiqadi.   Diktor   matnini
o‘rganadi,   filmga   o‘quvchilar   e’tibor   berishi   lozim   bo‘lgan   eng   asosiy   lavhalar
belgilanadi. 
3. O‘quv   filmi   mazmuniga   bog‘langan   savollar   tuziladi.   Savollarni   film
boshlanishidan   avval   o‘quvchilarga   yozdirib,   bu   savollarga   filmdan   javob   topish
topshiriladi. 
4. O‘quv   filmi   namoyishidan   so‘ng   savollarga   javoblar   olinadi   qisqa
xulosalar chiqariladi. 
Natural   ko‘rgazmali   qurollarga   tirik   o‘simliklar,   hayvonlar,   ularning
gerbariy   va   kolleksiyalari,   ayrim   organlarning   ho‘l   yoki   urug‘   saqlanayotgan
preparatlari kabilar kiradi.
Natural   ko‘rgazmali   qurollar   o‘quvchilarning   organizmlar   haqidagi
bilimlarini boyitadi. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan organizmlarning rangi, shakli,
o‘lchamlari, xatti-harakatlarini ko‘rib, puxta bilim olishadi. 
Natural   ko‘rgazmali   qurollardan   ko‘proq   laboratoriya   mashg‘ulotlarida
foydalanish yaxshi natija beradi, biroq ko‘rgazmali usulda ham o‘quvchilar natural
vositalarni ko‘rish orqali dars mavzusini yaxshi idrok etishadi.
Natural   ko‘rgazmali   qurollardan   foydalanishda   o‘qituvchi   quyidagilarga
amal  qiladi. 
1. Natural ko‘rgazmali qurollarning darsdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rgazmali
qurollardan o‘quvchilar nimalarni ko‘rishi lozimligini aniqlaydi. 2. Ko‘rgazmali   qurollar   qanday   qo‘shimcha   vositalar   (lupa,   mikroskop,
jadvallar,   rasmlar,   darslikdagi   topshiriqlar)   yordamida   o‘rganish   kerakligini
hisobga oladi.
3. Natural vositalar tuzilishida ularning yashash joyiga moslanishi belgilarini
topishga harakat qilinadi. 
4. Tirik   hayvonlarni   o‘lchalmlariga   bog‘liq   holda   namoyish   etish   yo‘llarini
aniqlash kabilarga e’tibor berish lozim. Tajribalar ko‘proq fiziologik mazmundagi
darslarda foydalaniladi. 
Botanikadan   ildizning   tuproqdagi   suvni   shimib   olishi,   bargda   yorug‘likda
karbonat   angidrid   yutib   kislorod   chiqishi,   organik   modda   hosil   bo‘lishi,
zoologiyadan   gidra,   yomg‘ir   chuvalchangining   ta’sirlanishi,   odam   va   uning
salomatligi fanida baqa ustida, so‘lak va oshqozon osti bezining oziq, mahsulotlar
ta’siri   ostida   o‘zgarishlari   ustidagi   tajribalar,   umumiy   biologiyadan   hujayradagi
plazmoliz   va   deplazmoliz,   organizmlarning   tashqi   ta’sirlar   vositasida
o‘zgaruvchanligi kabilar o‘quvchilarni puxta bilim olishlariga xizmat qiladi.
Ko‘rgazlmali usul qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘quv materiallarini eshitish va
eng muhimi, sezgilari orqali o‘rganganligi sababli  bunday darslar  qiziqarli  o‘tishi
bilan puxta bo‘ladi. 
Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi usuli. Ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar
dars   mazmunini   o‘qituvchi   namoyish   etadigan   turli   tasviriy   vositalarni   ko‘rish,
ularni   idrok   etish   orqali   o‘rganishadi.   Tasviriy   vositalar   turli   biologik   obyektlar,
hodisalarni o‘quv jadvali, o‘quv diafilmlari, filmlar shaklidagi jihozlarni o‘z ichiga
oladi.   Undan   tashqari,   tasviriy   vositalarga   modellar,   maketlar,   olimlarning
portretlari, tayanch belgilar, aplikatsiya materiallar ham kiradi. 
Xullas, tasviriy vositalar ta’limda o‘rganiladigan tirik organizmlar, ularning
yashash   muhitiga   mos   ravishda   tashqi   tuzilishi,   ichki   tuzilish   belgilari,   hayotiy
jarayonlarini turli o‘quv jadvallar, rasmlar, filmlar kabilarni qamrab oladi. Tasviriy
vositalar   ichida   o‘q ituvchilar   muntazam   foydalanadigan   material   o‘quv
jadvallaridir. Ta’limda o‘quv jadvallaridan foydalanishning o‘rni, roli beqiyosdir. Avvalo
o‘quv   jadvallardan   foydalanish   didaktikaning   ta’limning   ko‘rgazmali   bo‘lishi
kerakligi   haqidagi   talabini   bajaradi.   Biroq   biologiya   ta’limida   qo‘llaniladigan
tasviriy   vositalar   faqat   darsning   ko‘rgazmalilik   talabini   bajarishga   xizmat   qiladi,
deyish noto‘g‘ri bo’lur edi. Chunki, birinchidan, obyektlarning tasvirlari faqatgina
o‘quvchiga   shu   organizmlar   haqidagina   tasavvur   bermaydi.   U   o‘quvchilarning
mavjud   mavzularda   ilm   olishlari,   tarbiyalanishlari,   rivojlanishlariga   ham   ta’sir
ko‘rsatadi.   Biologiya   ta’limida   muntazam   foydalanib   kelinadigan   o‘quv   jadvallar
haqida to‘xtalamiz.
O‘quv   jadvallari   fabrikada   tayyorlangan,   yasama   bo‘lishi   mumkin.   Albatta
ta’limda   fabrikada   tayyorlangan   o‘quv   jadvallar   g‘ oyat   muhim   axborot   vositasi
hisoblanadi.   Biologiya   ta’limida   ko‘rgazmali   usulning   bu   xilidan   foydalanish
odatda   dars   morfologik,   ekologik,   fiziologik,   sistematik   mezonga   ega   bo‘lgan
paytlarda qo‘llaniladi.
O‘quv   jadvallari   didaktik   yo‘ nalishi   b o‘ yicha   3   xilga   bo‘linadi.   Birinchi
guruh   jadvallar   o‘quvchilarga   o‘simlik   va   hayvonlarning   tashqi   va   ichki   tuzilishi
xususiyatlarini   o‘rgatishga   xizmat   qilsa,   ikkinchi   guruh   asosiy   biologik
qonuniyatlar, tushunchalar, nazariyalarni o‘rganishga, uchinchi guruh esa ekologik
yo‘nalishdagi masalalarni o’rganishga xizmat qiladi.
O‘quv   jadvallaridan   ya n gi   mavzuni   o‘rganish,   mustahkamlash   va
o‘quvchilarning bilim va masalalarini  aniqlash, baholash paytlarida foydala n iladi.
Undan   tashqari,   ayrim   biologik   obyektlarning   o‘zini   darsda   ko‘rsatish   imkoni
bo‘lmagan   paytlarda   o‘quv   jadvallari   o‘qituvchiga   juda   katta   yordamchi   bo‘ladi.
Masalan:   bizning   sharoitimizda   shimolda   yashovchi   o‘simlik   va   hayvonlarni
ko‘rsatish   imkoniyati,   albatta,   yo‘q.   Shu   boisdan   kurakoyoqlilar   nomli   o‘quv
jadvali darsining ko‘rgazmaliligini juda boyitishi shubhasizdir. 
Keyingi   paytlarda   q avari q   jadvaldan   foydalanish   ham   yaxshi   natija
bermoqda.   Qovariq   jadvallar   odatda   rangli   bo‘lib,   ko‘proq,   turli   o’simlik   va
hayvonlarning   tashqi,   ichki   tuzilish   xususiyatlari   viniplast   pletiyada   ishlanadi.
O‘qituvchi   nashriyot   tomonidan   chiqaruvchi   “O‘zbekistonning   umurtqali hayvonlari” nomli o‘quv jadvali (T. В . Байтигам , A. С . Сухаров ) 24 ta jadvalni o‘z
ichiga   olib,   unda   O‘zbekistondagi   baqalar,   suvda   va   quruqlikda   yashovchilar,
sudralib   yuruvchilar,   qushlar   va   sut   emizuvchilarning   yashash,   tashqi   va   ichki
tuzilish xususiyatlari aks ettirilgan.
Yasama   jadvallarning   mazmuni   o‘quv   materialini   turli   raqamlar   bilan
to‘ldirishga,   ayrim   biologik   hodisalarni,   organizmlarning   rivojlanish
jarayonlarining   asta   davom   etib   borishini   ayrim   o‘simlik,   hayvonlarning   tabiiy
kattaliklari   shakllarini   ko‘rsatishga   mo‘ljallangan   bo‘ladi.   Masalan:   tuxumning
otalanib,   embrion   taraqqiyotining   turli   davrlari   asta   rivojlana   borib,   unda   itbaliq
chiqishligiga   bo‘lgan   bir   necha   davrlarni   ketma-ket   vatman   qog‘ozlarda   aks
ettirish, ya’ni gazetalarni bir nechasini bir-biriga ulash, qog‘ozlardan yo‘lbars, ayiq
akula,   kit   kabi   hayvonlarning   shaklini   qirqib,   tabiiy   kattaligiga   olib   kelib,   uni
darsda namoyish etish yasama jadvallardan foydalanishga misol bo‘ladi. 
Biologiya ta ’ limida sinf do sk asidan foydalanish   h am mu h im a h amiyat kasb
e tadi.   Doska   o‘quv   jarayonida   turli   organizmlarning,   organlar   sistemasining
tuzilishini ko‘rsatishda, organlarni mavzuda shakllanishi va qismlarini bayonlashda
katta o‘ringa egadir. Sinf doskasida yangi tushunchalar yozilib, izohlanib boriladi.
Sinf   doskasining   yangi   bir   muhim   tomoni   unda   organizmlarning   dastlab   gavda
shakli, undan so‘ng gavda qismlarini asta chizib ko‘rsatish, ya’ni organizmlarning
turli   qismlardan   iborat   ekanligi   va   bu   qismlar   oqibatda   mavjud   o‘simlik   yoki
hayvonning   bir   butunligini   hosil   qilishligini   ko‘rsatishga   imkon   beradi.   Masalan:
Infuzoriya   tufelkaning   gavdasining   shakli   haqidagi   o‘quv   material
tushuntirilayotganda   o‘qituvchi   doskaga,   avvalo,   uning   gavdasi   shaklini   chizadi.
So‘ngra   dars   mobaynida   infuzoriya   gavdasini   hosil   qiluvchi   organellalari   asta-
sekin rasmga tushirilib borish orqali infuzoriya haqida to‘la ma’lumotga ega bo‘lib
boriladi.
Turli   o‘simlik   va   hayvonlarning   tashqi,   ichki   tuzilishi   xususiyatlarini
sxematik tarzda (turli materiallardan) tayyorlash ham mumkin. Modellarning o‘quv
jarayonida   ta’minlanganligini   oshirish   uchun   ba’zi   hollarda   ularni   deyarli   turli
ranglarga bo‘yab qo‘yish hollari ham uchraydi. Modellarning   bir   necha   xillari   bo‘lib,   ularga   hajmiy   modellarni   ko‘rsatish
mumkin .   Hajmiy   modellardan   yangi   mavzuni   o‘rganishda,   laboratoriya
mashg‘ulotlari paytida foydalanish mumkin.
Hajmiy   modellar   turli   o‘simlik   va   hayvonlarning   gavdasini   tashkil   etgan
organlarni o‘zida aks ettiradi. Mazkur  mazmundan belgilarning yanada tushunarli
chiqishi   uchun   hajmiy   modellar   bir   necha   qismlarga   bo‘linadigan   tarzda   ham
ishlanadi.   Masalan:   sut   emizuvchi   hayvonlarning   yuragi   modeli   o‘rtasidan
bo‘linadigan   yurakning   qoringa   va   bo‘lmalari   ko‘rinadigan   qilib   tayyorlanadi.
Odam   miyasining   ham   har   ikki   yarim   sharlari   ajraladigan,   miya   moddalari   va
tuzilmalarini ko‘rish mumkin bo‘ladigan qilib tayyorlanadi. 
Modelning   ko‘ndalang   kesimida   uzunchoq   miya,   Voroliyev   ko‘prigi,
gipofiz,   miyacha,   katta   yarim   sharlarning   po‘stloq   qismi,   oraliq   miya   kabi
tuzilmalar   ko‘rinadi.   Keyingi   yillarda   6-sinf   botanikasidagi   “Gul   va   meva”
mavzusini o‘rganish uchun no‘xat, karam, bug‘doy kabi o‘simliklarning modellari
chiqarilgan.
O‘quv modellaridan laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija
beradi.
Quyida   “Bosh   miyaning   tuzilishi”   mavzusidagi   laboratoriya   mashg‘ulotini
o‘tkazish yuzasidan fikrlar yuritiladi. O‘qituvchi bosh miyaning tuzilishi haqidagi
o‘quv materialini bosma jadval vositasida tushuntirib bo‘lgach, mavzuni o‘rganish
bo‘yicha   laboratoriya   mashg‘ulotlari   tashkil   etadi.   Buning   uchun   har   4-6
o‘quvchiga   bittadan   model   beriladi.   Modelni   o‘rganish   uchun   ular   o‘quv   jadvali,
o‘qituvchining   qisqacha   axboroti,   shuningdek   laboratoriya   mashg‘ulotining
bajarilishiga   oid   tayyorlangan   yozma   yo‘llanmaga   asoslangan   holda   ish
bajaradilar.   Bosh   miyaning   tuzilishini   o‘rganish   bo‘yicha   laboratoriya
mashg‘ulotlarida o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar. 
1-ish.   Bosh   miya   modelidan   miyaning   shakli,   rangini   o‘rganish,   uni
darslikdagi bosh miya shakliga taqqoslab ko‘rish.  2-ish.   Bosh   miya   modelidan   miyaning   peshona,   tepa,   chakka   qismlarini
o‘quv   jadvaliga   qiyoslagan   holda   topish.   Miyaning   bu   qismlari   qanday   ranglarda
ekanligini aniqlash.
3-ish. Miyaning markaziy va yonbosh egatlarini aniqlash.
4-ish. Bosh miya yarim sharlaridagi zonalarning modelda joylanishini o‘quv
jadvaliga taqqoslab o‘rganish.
5-ish.   Daftarga   bosh   miya   modelining   tuzilishi   sxemasini   chizish,   ularning
nomlarini yozib olish. 
O‘quv   modellarining   yana   bir   xili   aplikatsiyalar   hisoblanadi.   Aplikatsiya   –
modellari   karton   qog‘ozlarga   chizilgan   yoki   shakli   yasalgan   turli   biologik
obyektlardan iborat ko‘rgazmali qurollar bo‘lib, bu karton qog‘ozlarning orqasiga
magnit   parchasi   mahkamlangan   bo‘ladi.   Odatda   aplikatsiyalar   magnit   doskalarda
namoyish   etiladi.   Orqasida   magnit   mahkamlangan   karton   bo‘laklaridan   narsa   va
hodisalar   doskaga   turlicha   nisbatlarda,   chegaralarda   va   munosabatlarda
joylashtirilib,   o‘quvchilarga   organizmlarda   ro‘y   beruvchi   turli   nisbatlarda,
chegaralarda   va   munosabatlarda   joylashtirilib,   to‘g‘rilab,   o‘quvchilarga
organizmlarda ro‘y beruvchi  turli  kimyoviy bioximik jarayonlar, organizmlarning
muhit   va   bir-birlari,   turlari   orasidan   bog‘lanishlarini   ko‘rsatish   imkoniyati
yaratiladi.   Ayniqsa   aplikatsiya   modellari   hujayraning   tuzilishi,   undagi   bioximik
jarayonlar, faoliyat qonunlari, organizmlar va muhit orasidagi  bog‘lanishlarga oid
mavzularni  o‘rganishda   muhim   ahamiyat   kasb  etadi. Ular   o‘quvchilarning mavzu
bo‘yicha ta’lim olishiga asos bo‘ladi. 
Tayanch belgilardan foydalanish.   Keyingi yillarda ta’lim jarayonida tayanch
belgilardan foydalanish ishlari rivojlanmoqda. 
Tayanch   belgi   nima?   Hayotimizda   biz   ko‘plab   tayanch   belgilarga   duch
kelamiz. Bu belgilar har xil grafiklar, shakllar, ramkalar shaklidagi ko‘rinishlardir.
Masalan:   yo‘l   qoidasi   belgilari   shahar,   tumanlardagi   ba’zi   tashkilotlar   ustidagi
belgilar shular jumlasidandir. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan tayanch belgilarni
o‘qituvchi  V.F.Shatolov dastlab o‘z ish faoliyatida qo‘llagan. Keyingi  yillarda bu belgilardan   foydalanish   ishlari   rivojlanib,   turli   ilmiy-uslubiy   adabiyotlarda   unga
e’tibor tobora kuchayib bormoqda. 
Tayanch   belgilar   quyidagicha   tayyorlanadi;   buning   uchun   o‘qituvchi   avval
darsda   o‘rganiladigan   o‘quv   materialini   puxta   o‘rganib,   undagi   asosiy
tushunchalarni   ajratadi.   So‘ngra   dars   mavzusini   mantiqiy   bo‘laklarga   ajratib,   har
bir   bo‘lak   vatman   qog‘ozda   maxsus   yozuvlar,   sxema   yoki   rasmlar   shaklida
ifodalanadi. Boshqacha  aytganda, tayanch belgi o‘qituvchi  uchun dars materialini
o‘quvchilarga tushuntirishning yasama jadvali hisoblanadi. 
Tayanch   belgilarni   tuzishda   quyidagi   tamoyillarga   asoslaniladi:
ko‘rgazmalilik;   lo‘ndalik;   sistemalilik;   xilma-xillik;   grafik   va   ranglarning   xilma-
xilligi;   amaliy   mohiyatga   ega   bo‘lishlilik,   esda   oson   qolishiga   moslanganlik   va
hokazolar.
Tayanch   belgilardan   foydalanishning   sabablaridan   yana   biri   -   ko‘pincha
o‘quvchi   doska   oldida   o‘qituvchi   savoliga   javob   berar   ekan,   u   o‘z   javoblarini
qanday   tartibda   bayon   etishga   qiynaladi.   Undan   tashqari,   o‘quvchi   o‘z   javobini
qanday ko‘rgazmali qurol yoki boshqa vositalar bilan boyitishni bilmaydi.
Tayanch belgi o‘quvchining dars materialni puxta o‘zlashtirishigagina emas,
balki   uni   qay   darajada   aytib   berish,   o‘z   javoblarini   tayanch   belgilar   vositasida
isbotlashiga ham xizmat qiladi.
Tayanch   belgilardan   dars   jarayonida   foydalanishda   o‘quv   materiali   sakkiz
martagacha   qaytariladi.   An’anaviy   ta’limda   o‘qituvchi   o‘quv   materialini
tushuntiradi,   mustahkamlaydi   va   unga   vazifa   beradi.   Bunday   o‘qitishda   mavzu
yuqorida   ko‘rinib   turganidek   uch   martagina   takrorlanadi.   V.F.Shatolov   tayanch
belgilardan foydalanib dars o‘tganda quyidagi holatni kuzatadi:
1. O‘quv   materialini   o‘qituvchi   tomonidan   turli   ko‘rgazmali   qurollar
vositasida tushuntirish, hikoya yoki ma’ruza qilish (tayanch belgisiz).
2. O‘quv materiali tayanch belgi  v ositasida qisqa tayyorlash.
3. O‘ rganilgan   mavzuni   tayanch   belgi   yordamida   bir,   ikki   o‘quvchidan
so‘rash. 4. O‘quvchilarga yangi o‘quv materiali  mazmuniga ba g‘ ishlangan tayanch
belgilarni tarqatish va bu belgilarni qisqacha tahlil  e tish.
Shunday   qilib,   o‘rganilgan   o‘quv   materiali   o‘quvchi   ongida   an’anaviy
darsdagidek   uch   martagina   emas,   balki   to’qqiz   marta   qayta-qayta   takrorlanadi.
Tayanch   belgi   qanday   tayyorlanadi?   Buning   uchun   o‘qituvchi   quyidagi   ishlarni
bajarishi lozim:
1. Dastur   mazmunini   aniqlik   bilan   o‘rganish,   undagi   asosiy   talabalarni
aniqlash,   dastur   talabini   darslikda   berilishini   tekshirish   va   mavzudagi   asosiy
tushunchalarni   aniqlash,   sabab-oqibat   bog‘lanishini,   olimlarning   familiyalarini,
ularning fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini aniqlash. 
2. O‘quv materialini bir necha mantiqiy tugallangan bo‘laklarga ajratish.
3. Har bir bo‘lakdagi asosiy tushunchalarning terminlarini aniqlash. 
4. Dars mavzusi bo‘laklaridan ijodiy ravishda tayanch belgilar i   tuzish, uni
bir necha bor tahrir  e tish, tuzatish.
Ta’limda  tayanch   belgilardan   foydalanishni   yanada   takomillashtirish   uchun
bunday   belgilarni   o‘quvchilarning   o‘zlari   uy   vazifalarini   mustaqil   ravishda
bajarishga   o‘rganishlari   muhim   vazifalardan   hisoblanadi.   O‘quvchilarga   o‘quv
materiali   mazmun i ga   mos   holda   tayanch   belgida n   foyd a lanib   dars   tayyorlashni
o‘rgatish uchun quyidagilarga amal qilinadi:
1. Tayanch belgiga qarab dars materialini eslash. 
2. Tayanch   belgiga   qarab   (darslikdan   foydalanmasdan)   dars   mazmunini
eslash.
3. Darslikdan mavzuga oid rasmlarni o‘rganish.
4. Mavzu matnini tayanch belgiga taqqoslab chiqish.
5. Mavzuga doir tayanch belgilarga nimalar kirmay qolganini topish.
6. Dars materialini tayanch belgiga qarab ovoz chiqarib qaytarish.
7. Tayanch belgidagi kamchiliklarni topishga harakat qilish.
8. Mustaqil   ravishda   dars   mavzusiga   oid   qo‘shimcha   tayanch   belgilar
tayyorlashga harakat qilish. Foydalanilgan adabiyotlar.
Tavsiya qilinadigan  asosiy   adabiyotlar
1 Кадрлар тай ё рлаш Миллий  дастури. Тошкент, 2020 й.
2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim tizimini takomillashtirish va
rivojlantirish bo’yicha qonunlari, qarorlari va farmoyishlari.
3 Ғофуров   Ж.О.,   Толипова,   С.С.Файзуллаев,   И.Т.   Азимов,   Ахмадалиева
Б. Биологиян А.Т.и ўқитишнинг умумий методикаси. Т.,2005, 151 б.
4 Biologiya o’qitish uslubiyati.  Toshkent: Lesson Press nashriyoti, 2019. -152
b.
5 Шефер   И.Ф.,   Б.Э.Матчанов.   Общая   методика   преподавания
биологии.Т.,2005.
6 Yo’ldoshev   J.F.,   Usmonov   S.A.   Pedagogik   texnologiya
asoslari(qo’llanma).-T.: O’qituvchi nashriyoti.2004.104b.
7 Уполномоченное образование. Пособие для 
тренеров.Т.:Информационно ресурсный центр. 2003. 203с.
Tavsiya qilinadigan qo shimcha adabiyotlarʻ
8 Азизходжаева   Н.Н.   Педагогик   технологиялар   ва   педагогик   маҳорат.
Тошкент,   2006 й. 
9 Ж.О.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   таълими   технологиялари.
Тошкент, 2002 й.
10 Ж.Толипова   ва   бошқалар.   Ботаника.   5-6   синфлар   методик   қўлланма.
Тошкент,   2003 й.
11 Ж.Толипова,   А.Т.Гафуров.   Биология   ўқ итиш   методикаси.   Методик
қўлланма.  ( академ лицей ва коллежлари учун ) . Тошкент,   2004 й.
12 И.Пономарева   ва   бошк.   Биология   ўқ итишнинг   умумий   методикаси .
Москва ,  2003 й.

BIOLOGIYA O‘QITI SH JARAYONIDA TARBIYA Reja: 1. Ta’limdagi tarbiya xillari. 2. Biologiya ta’limida o‘quvchilarning dunyoqarashini, tafakkur qilish xususiyatlarini tarbiyalash. 3. Ko‘rgazmali usul haqida tushuncha. 4. Ko‘rgazmali usul xillari tasviriy qurollaridan foydalanish. 5. Natural ko‘rgazma qurollaridan foydalanish. 6. Tajribalarda n foydala n ish.

Biologiya o‘qitishda o‘quvchilaga faqat bilimlarni o‘rgatish yetarli bo‘lmaydi. Yoshlar har tomonlama rivojlangan, tarbiyalangan bo‘lishlari kerak. Shu boisdan o‘qituvchi o‘quv materiali mazmuni, uni o‘rganishning usullari va shakllariga bog‘lagan holda o‘quvchilarni tarbiyalashi zarur. Biologiya ta’limida o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashi, tafakkur qilish xususiyatlari, mehnat madaniyati, estetik tarbiyasi amalga oshirilib boriladi. Maktabda o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti o‘quvchilarga bilim, o‘quv ko‘nikmalari berish bilan birgalikda ularlarning dunyoqarashini tarbiyalashga ham xizmat qiladi. O‘quvchilarda tabiatdagi hodisalar qanday shakllarda namoyon bo‘lib, hayoti qaysi qonuniyatlar asosida ro‘y berishi individual va tarixiy rivojlanish yo‘llari asosida tushunchalar sistemasi hosil qilish, ilmiy dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Har qanday duyoqarashning mag‘zini falsafiy qarash tashkil etadi. Shu boisdan biologiya o‘qituvchisi o‘quvchilarning dunyoqarashini tarbiyalashda tabiatni idrok qilishning dialektik usuliga tayanadi. Biologiyadan o‘rganiladigan har bir darsda materialni oddiydan murakkabga, pastdan yuqoriga o‘rganish dunyoqarashni tarbiyalashning asosiy yo‘llaridan biridir. Ba’zi hollarda turli sistematik guruhlarga mansub bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar o‘rgatilib, ularning boshqa sistematik guruhlar bilan bog‘lanishlariga yetarli ahamiyat berilmaydi. Shu boisdan o‘quvchilarning dunyoqarashini tarbiyalashda organlar va ularning sistemalari orasidagi bog‘liqlik doimo tushuntirilib borilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyoqarash tarbiyasida har bir organizmni doimo o‘sishida, rivojlanishida ekanligini ko‘rsatib borish lozim. Biologiya ta’limida hayotning molekula, hujayra, to‘qima, organizm, tur, biotsenoz darajalarini o‘rganish ilmiy dunyoqarashni tarbiyalashning muhim omillaridir. O‘quvchilar dunyoqarashini tarbiyalashda organizmda va muhit orasidagi munosabatlar organizmlarning tarixiy taraqqiyoti, nazariyaning amaliyot bilan bog‘lanishlari kabi masalalar ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘quvchilarning tafakkur qilish xususiyatlarinin rivojlantirish uchun mavzularni o‘rganishda ko‘proq induktiv va deduktiv yo‘llaridan foydalanish yaxshi natija beradi. Darslarda butunni qismlarga ajratish, ya’ni analiz, qismlardan bir butunni hosil qilish sintez yo‘li, tafakkurning rivojlanishiga salmoqli ta’sir ko‘rsatadi. Ilgari o‘rganilgan materialni yangisi bilan taqqoslash, muammo savollardan foydalanish, mavzuga oid amaliy ishlar, tajribalar, kuzatish ishlari olib borish kabilar ham o‘quvchilarning tafakkur qilish xususiyatlarini rivojlantirish vositalaridir. O‘quvchilarning dunyoqarashlarini tarbiyalashda organizmlar hayoti mohiyatini to‘g‘ri talqin etib borishga e’tiborni kuchaytirish muhim omillardan hisoblanadi. Sinfdagi botanika kursida moddalar almashinuvi haqida dastlabki, elementar bilimlar berishdan boshlab, to oqsilning biologik sintezining o‘tishigacha bo‘lgan hayotiy jarayonlargacha (9–sinf) beriladigan bilimlarda o‘qituvchi moddalar almashinuvining murakkablashib borishini o‘quvchilarga tushuntirish asosida ularda tirik organizmlarning eng muhim xususiyatlari haqida atroflicha, sistemali dunyoqarashni hosil qilishi zarur. Har bir organizm hayoti davomida tashqi va ichki sabablar ta’sirida o‘zgara borib rivojlanadi. Organizmlarning rivojlanishi e sa qarama-qarshi hodisalarning o‘zaro birligi namoyon bo‘ladi. Shu boisdan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirishda o‘simlik va hayvonlar qarama-qarshi jarayonlar, nafas olishda kislorodni olib, karbonat angidridni chiqarishi, suv ichish, uni bug’latish yoki siydik shaklida tashqariga chiqarish, muskullarning cho‘zilishi, o‘zgaruvchanlik, irsiyat kabi qarama-qarshi jarayonlarning birligi masalalariga alohida e’tibor qaratib, bu jarayonlar asosida hayot davom etishi ta’kidlanib borilishi lozim. Demak, tirik organizmlarda ro‘y beradigan har bir hayotiy jarayon o‘ziga xos sabablar, bo g‘ lanishlar asosida ro‘y berishi o‘quvchilarga doimo e slatib borilishi lozim. Misol keltiramiz. Ma’lumki, efemer o‘simliklar erta bahorda, yerdan hali qor ketmagan paytlardan boshlab rivojlana boshlaydi. Ular tez o‘sib, 1,5-2 oy davomida

rivojlangach, gullab, uru g‘ hosil qilib nobud bo‘ladi. E femer o‘simliklar nega bunday tezlikda o‘sib, rivojlanib nobud bo‘ladi? Buning sababi shundaki, mazkur o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi uchun ko‘p miqdorda suv, namlik kerak bo‘ladi. Namlik esa bahorda ko‘p bo‘ladi. Shu boisdan bu o‘simliklar tabiatda suv ko‘p bo‘lgan paytda o‘z hayotlarini o‘tab, tugatib olishadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda darslarda tashkil etiladigan kuzatish, tajriba ishlarining o‘rni, ahamiyati katta. Binobarin, o‘qituvchilar darslarda ko‘proq o‘quvchilar bilan kuzatishlar, tajribalar olib borishlari zarurdir. Fan tarixi, uning rivojlanishiga oid bilimlar ham o‘quvchilar dunyoqarashini rivojlanishiga ijobiy ta’sir e tadi. O‘quvchilar ilmiy dunyoqarashining shakllanishida darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati ham beqiyosdir. O‘quvchilarning bunday mashg‘ulotlar paytida tabiatda olib boradigan kuzatish ishlari, maktab o‘quv- tajriba uchastkasidagi amaliy ishlar natijalari ham ishonarli dalillar olishga xizmat qiladi. Shunday qilib o‘quvchilar ilmiy dunyoqarashini tarbiyalash uchun o‘qituvchi dastur talabidagi bilimlarni o‘quvchilarga o‘rgatish bilan cheklanib qolmay, doimo dars mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarni tarbiyalashning yo‘llari, vositalarini ham hisobga olgan holda ish ko‘rishi lozim. Ko‘rgazmali usuldan dars mavzusi ko‘proq fiziologik, bioximik, ekologik mazmunga ega bo‘lgan paytlarda foydalaniladi. Ko‘rgazmali usulda o‘quvchilar yangi o‘rganadigan mavzuni ko‘rgazmali qurollarni ko‘rish, idrok etish vositasida o‘rganadi. Bunday metod qo‘llanilganda o‘qituvchilarning s o‘ zi, tushuntirishda yordamchi vosita vazifasini o‘taydi. Ko‘rgazmali usul tasviriy, natural vositalar, tajribalar namoyishi kabi turdosh usullarni o‘z ichiga oladi. Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi mavzuni o‘rganishda turli tasviriy vositalar, o‘quv jadvallari, film va o‘quv filmlari, kodopozitivlar, o‘quv televideniyesidan foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi. Biologiya ta’limida o‘quv jadvallari muhim ahamiyat kasb etadi. Jadvallarda turli organizmlarning tabiiy rangi, ularning muhit sharoiti va boshqa organizmlar

bilan aloqalari, hayotiy jarayonlarining aks etishi o‘quvchilarda o‘rganilayotgan o‘simlik va hayvon haqida atroflicha tassavur hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi. O‘quv filmlarining qisqa, to‘la metrajli, shuningdek kino halqalar kabi xillari bo‘ladi. Kinofilmlar darsda 5, 10, 20 daqiqa davom etishi hisobga olinsa, kinodan o‘quv jarayonida foydalanish katta ahamiyatga ega bo‘ladi. O‘qituvchi darsda o‘quv filmdan foydalanishda quyidagilarga e’tibor beradi: 1. O‘quv filmining darsdagi o‘rnini belgilaydi. 2. O‘quv filmi mazmuni bilan avval o‘zi tanishib chiqadi. Diktor matnini o‘rganadi, filmga o‘quvchilar e’tibor berishi lozim bo‘lgan eng asosiy lavhalar belgilanadi. 3. O‘quv filmi mazmuniga bog‘langan savollar tuziladi. Savollarni film boshlanishidan avval o‘quvchilarga yozdirib, bu savollarga filmdan javob topish topshiriladi. 4. O‘quv filmi namoyishidan so‘ng savollarga javoblar olinadi qisqa xulosalar chiqariladi. Natural ko‘rgazmali qurollarga tirik o‘simliklar, hayvonlar, ularning gerbariy va kolleksiyalari, ayrim organlarning ho‘l yoki urug‘ saqlanayotgan preparatlari kabilar kiradi. Natural ko‘rgazmali qurollar o‘quvchilarning organizmlar haqidagi bilimlarini boyitadi. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan organizmlarning rangi, shakli, o‘lchamlari, xatti-harakatlarini ko‘rib, puxta bilim olishadi. Natural ko‘rgazmali qurollardan ko‘proq laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija beradi, biroq ko‘rgazmali usulda ham o‘quvchilar natural vositalarni ko‘rish orqali dars mavzusini yaxshi idrok etishadi. Natural ko‘rgazmali qurollardan foydalanishda o‘qituvchi quyidagilarga amal qiladi. 1. Natural ko‘rgazmali qurollarning darsdagi o‘rnini belgilaydi. Ko‘rgazmali qurollardan o‘quvchilar nimalarni ko‘rishi lozimligini aniqlaydi.