logo

Tilga o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqilligin ta’minlash.

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

44 KB
Mavzu:Tilga o‘qitish jarayonida ta’lim
oluvchilarning mustaqilligini ta’minlash.
Hozirgi  davrda  ta’lim  tizimi  oldiga  qo‘yilgan  vazifalarni  bajarish,
talabalarning     mustaqil     ravishda     o‘quv     materiallarini     o‘zlashtirishi,
ularning  kasbiy rivojlanishini     rag‘batlantirish,     ularda     ijodiy
faollikni  tarbiyalashda o‘qituvchilarning   mas’uliyatini   oshirish   zarur.
Mustakil  ta’limni  faollashtirmasdan  oliy  ta’limda  talabalarni  samarali
o‘qitish     qiyin.     Hozirgi     davr     mutaxassisidan     yuqori     darajadagi
tayyorgarlik,mustaqil  ravishda   qarorlar   qabul   qila   olish,  belgilangan
vazifalarni  bajarish  uchun ko‘p     ma’lumotlar     orasidan     eng
maqbulini  tanlab  olish  va  bu  ma’lumotlarni  qayta ishlay   olish
talab   qilinadi.Hozirgi     zamon     talabiga     javob     bera     oladigan
mutaxassislarni  tayyorlash uchun   o‘quv   jarayonini   tashkil   etishni
jiddiy  ravishda  o‘zgartirish,  auditoriya soatlari     ulushini
kamaytirish     hisobiga     talabalarning     mustakil     ta’limi     salmog‘ini
oshirish   zarur.   Mustaqil     ishlar     didaktik     maqsadi,     vazifasi,
murakkablik darajasi,  kimga (individual     yoki     jamoa     uchun)
mo’ljallanganligiga     qarab,     bir-biridan     farq     qiladi.Mustaqil     ta`lim
jarayonida     tanlangan     mavzularning     ilmiyligi,     tizimliligi     hamda
o’quv   materiallarining   qiziqarliligi,   amaliyot   bilan   bog’liqligi,
fanlararo aloqadorligi,     shuningdek     beriladigan     mustaqil
ishlar     va     topshiriqlar   ning     ijodiy,xarakterga,egaligi   muhimdir.   Uning
nazariy, amaliy, ilmiy, metodik va pedagogik
asoslari     tahlil     qilini,     samarali     shakllari,     vositalari     tanlansa,
ijobiynatijalarga erishish   mumkin.   Bunda   o’tiladigan   mavzuning
amaliyot bilan uzviyligi, ilmiyligi va     o’quv   materiallarining
qiziqarliligi, mavzularning tizimliligi, topshiriq hamda vazifalarning
ko’p qirraliligi, o’zaro bog’liqligi muhim o’rin tutadi. Pedagogik  hamda
texnik-texnologik  mustaqil  ishlarda  ob`ektiv,  aniq pedagogik     va ishlab     chiqarish     muammolarini     aks     ettiradi.     O’qituvchi-
o’rganilayotgan     pedagogik     hodisalar     va     ishlab     chiqarish
jarayonining  o’zaro  zid xususiyatlarini   aks   ettirish   uchun   muammoli
vaziyatdan  foydalansa,  ob`ektiv muammo   o’quv   muammosiga
aylanadi. Talabalar uchun tushunarli bo’lgan o’quv pedagogik   va
ishlab   chiqarish   jarayoni   muammolari   o’quv   topshirig’i   sanaladi.
Mustaqil     bilim     olishda     ko’pincha     shartlari     ifoda     etilmagan
topshiriqlarni,bajarishga   to’g’ri   keladi.   Talaba   masalani   echar   ekan,
shartlarni o’zgartirish tartibi bilan tanishadi, aniq bir muammoni tahlil
qilish   va   o’quv-pedagogik   yoki   texniktexnologik     masalani     bajarishda
mavjud  ko’nikma  hamda  malakalardan foydalanadi.
Bunday   pedagogik   hamda   texnik-texnologik   mustaqil   ishlarni
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
1.  Shartlari  ifoda  etilgan,  biroq   y echish  uchun  zarur  bo’lg an  barcha
ma`lumotlar   berilmagan   masalalar.     Ular   nazariy   va   amaliy   masalalar
tarzida ikki guruhga   ajratiladi.   Amaliy   masalalar   haqiqiy   pedagogik
va  ishlab  chiqarish jarayoni   bilan   uzviy   bog’liq   bo’ladi.   Bunday
masalalarni echishda faqatgina aqliy faoliyat,     bilim,     malaka     va
ko’nikmalargina  emas,  balki  sensor  hamda  harakatlar faolligigerishish
talab  etiladi.  Bu  masalalar  mustaqil  bilim  olish
texnologiyalarining   amaliyot   bilan   uzviylikni   ta`minlashga
yordam beradi.
2.     O’zlashtirilmagan     bilim,     harakat     va     operatsiyalarga     duch
kelinmaydigan masalalar.   Mazkur    masalalar    avval    o’zlashtirilgan
bilimlarni  mustahkamlash,ularni  yangi  vaziyatlarda  qo’llash,  fikrlash
malaka  va  ko’nikmalarini  egallash hamda   mavjud   bilimlarni
mustahkamlash uchun mo’ljallangan.
3.     Savollar     –     yangi     bilimlarni     qabul     qilish     va     o’zlashtirishga
tayyorlikni aniqlovchi  vosita.  Savollarda  quyidagi  ikki  jihat  ko’zga
tashlanadi:  mavjud bilimlarni     tekshirish     va     mustaqil     xulosaga kelishga  yo’naltirish.  Savollar reproduktiv     va     produktiv     tarzida     ikki
guruhga  bo’linadi.  Reproduktiv  savollar xotirani     mustahkamlash,
produktiv  savollar  esa  fikrlash  qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat  qiladi.  Ular  sub`ektlarga  aqliy  harakatlarni  o’zlashtirishga
yordam   beradi,   shuningdek,   tahlil,   sintez,   taqqoslash,   solishtirish,
umumlashtirish,muhimini   ajratish,   mustaqil   ravishda   xulosalarga   kelish
va amaliy qarorlarni qabul qilish   ko’nikmalarini   rivojlantiradi.
Zamonaviy  pedagogik  texnologiyaga  ko‘ra,  ta’lim  oluvchilar  o‘qish
jarayonida   kerakli     o‘quv   materiallarini   iloji   boricha   mustaqil   ravishda
o‘rganishlari kerak.     O‘qituvchi     esa     bu     mustaqil     ta’limni
boshqarishi,  yo‘naltirishi,talabalarga kerakli   maslahatlarni   berib   borishi
lozim.Mustakil     ta’limni     to‘g‘ri     tashkil     etish,     bilim     berish     va
tarbiyada  juda  katta ahamiyatga   ega.   Pedagogning   asosiy   vazifasi
har bir talabaning hayotda o‘z o‘rnini topishga     yordam     berishidir.
Bunga  erishish  uchun  mustakil  ta’limni  to‘g‘ri  tashkil etish
zarur.Maxsus   fanlarni   o‘qitish   jarayonida   talabalarning   mustaqil   ta’lim
keyslardan foydalangan holda tashkil etish“Case-study”  inglizcha
ibora  bo‘lib,  tarjimada  “o‘qitishning  muayyan vaziyatlar”     uslubi
yoki     o‘qitishning     “vaziyatlar     tahlili”     us-lubi     kabi     ma’nolarni
anglatadi.     Ingliz     tilida     “Case     method”     shaklida     ham
qo‘llaniladi.     O‘qitish,amaliyotida     undan     iqtisodiy,     ijtimoiy     va
tadbirkorlikka  oid  vaziyatlarni  tavsiflash vositasi     sifatida
foydalaniladi.     “Case-study”     bilan     ishlash     jarayonida     ta’lim
oluvchilar:
–    vaziyatni tahlil qiladilar;
–    muammolar mohiyatini aniqlaydilar;
–    muammolarga yechimlar taklif qiladilar;
–    taklif qilingan yechimlar orasidan eng yaxshilarini tanlay-dilar. Keyslar,  ayni  shu  kunda  hukm  surib  turgan  vaziyat  tavsifi  sifatida
amaldagi yoki   ularga   juda   yaqin   turgan   daliliy   material-larni   ifodab
turadi.
“Case-study” uslubi ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida
1870 - yilda   qo‘llanilgan.  1924  yilda  Garvard   biznes   maktabi   (HBS)
o‘qituvchilari yuristlarni     o‘qitish     tajribasiga     ta-yanib,
iqtisodiyotga  oid  aniq  vaziyatlarni  tahlil etish   va   muhokama   qilishni
asosiy   ta’lim   uslubi   qilib   tanlashganidan   va   mazkur   uslubning     ta’lim
amaliyotida  juda  yaxshi  natijalar  berayotganiga  to‘-la  ishonch  hosil
qilinganidan so‘ng, u tezda boshqa ta’lim muassa-lari  orasida ham
keng  tatbiq  etila
boshladi.1950-yillardan  boshlab  “sase-study”  uslubi  G‘arbiy  Yevropa
ta’lim muassasalarida     ham     qo‘llanila     boshlangan.     2000-yillardan
boshlab,  ushbu  uslub ko‘plab   xorijiy   davlatlarda   tabiiy   va   texnik
fanlarni  o‘qitish  jarayonida  keng qo‘llanilib     kelinmoqda.     Ayrim
joylarda     “sase-study”     uslubi     texnologiyaga,turizmga     va     tibbiyotga
oid  fanlarni  o‘qitish  jarayoniga  ham  tadbiq  etib ko‘rilmoqda.
Keyslar o‘qitishning maqsad va vazifalariga ko‘ra:
  keng tarqalgan muammolarga yechim topishni o‘rgatish;
  alohida muammolarga yechim topish;
  vaziyatni tahlil qilish va unga baho berish tamoyillarini o‘rgatish;
  muayyan     misol     asosida     muayyan     uslubiyot     yoki     yondashuvni
amaliyotga qo‘llashni namoyish qilish.
Keyslar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:
  tarkibiy   qismlardan  iborat  keyslar  –  aniq  raqam  va  dalillar  asosida
vaziyatning   qisqa     va    aniq    bayoni.    Bunday     turdagi    keyslar    uchun
aniq  miqdordagi to‘g‘ri  javoblar  mavjud  bo‘ladi.  Bu  javoblar  ta’lim
oluvchining  u  yoki  bu  aniq bilimlar     sohasiga     oid     formulalar, ko‘nikmalar  yoki  uslublardan  faqat  bittasini tanlab   olish
ko‘nikmasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;
  tarkibiy   qismlarga   ega   bo‘lmagan   yirik   keyslar   –   bunday   keyslar
juda  ko‘p miqdordagi     ma’lumotlarga     ega     bo‘ladi     va     ular     ta’lim
oluvchilarning  fikr  yuritish stillarini     va     tezligini,     ma’lum     bir
sohada  asosiy  narsani  ikkinchi  darajadagi narsalardan   ajrata   olish
qobiliyatini baholashga mo‘ljallanadi.
  Kashfiyotchlik     keyslari     –     bunday     keyslar     qisqa     va     uzun     ko‘ri-
nishda  ham bo‘lishi     mumkin.     Ta’lim     oluvchilar     tomonidan     kashfi-
yotchilik  keyslarining yechilishi     jarayonini     kuzatish     ularning     no-
standart  fikrlash  qobiliyatlarini,  berilgan aniq     vaqt     mobaynida
nechta  kreativ  g‘oya  bera  olishlarini  baholash  imkonini beradi.
Keysni   yechish   jarayoni   jamoaviy   shaklda   amalga     oshirilayotgan
hollarda,bunday     keyslar     vositasida     alohida     talabaning     boshqalar
fikrini  ilg‘ab  olishi,  uni rivojlantirishi     va     amalda     qo‘llashi
qobiliyatlarini  ham  baholab  borish  mumkin bo‘ladi.
  Ixcham     qoralama     (ishlanma)lar     –     asosiy     tushunchalar     bilan
tanishtiradi,o‘rganilayotgan  o‘quv  fani  bo‘limiga  yoki  tor  sohaga  oid
bilimlarni  amaliyotga tadbiq etishni talab qiladi.
Keyslar taqdimot shakliga ko‘ra:
  Videokeyslar.
Keyslar hajmiga ko‘ra:
  To‘liq  keyslar  (o‘rtacha  20  –  25  sahifa),  bunday  keyslar  bir  necha
kun mobaynida  jamoa  bo‘lib  ishlash  uchun  mo‘ljallangan  bo‘la-di
va  tayyorlangan yechimni   odatda   ham   jamoaviy     tartibda   taqdim
etilishini nazarda tutadi;
  Qisqa  keyslar  (3  –  5  sahifa)  –  o‘quv  mashg‘uloti  paytida  barcha
talabalar ishtirokida muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;   Mini-keyslar  (1  –  2  sahifa)  –  qisqa  keyslardek  o‘quv  mashg‘u-loti
paytida barcha     talabalar     ishtirokida     muhokama     qilish     uchun
mo‘ljallangan  bo‘ladi,  lekin ko‘proq     ma’ruza     mashg‘ulotlarida
bayon  etilayotgan  nazariyaning  ko‘rgazma vositasi   sifatida
qo‘llaniladi.
Keyslar murakkablilik darajasiga ko‘ra:
  bakalavriatlarga mo‘ljallab tayyorlangan keyslar;
  magistrantlar uchun tayyorlangan keyslar;
  tahsildagi     mustaqil     tadqiqotchilar     yoki     malaka     oshirish     ti-zimi
tinglovchilari uchun tayyorlangan keyslar.
Keysning     mohiyati.     Keys-stadi     (Case     study)     yoki     aniq     vaziyatlar
metodi(inglizcha  ―case  –  ―hodisa,  vaziyat  so‘zidan  kelib  chiqqan)
–muammoli vaziyatni  tahlil  qilish  metodi  bo‘lib,  u  ta’limda  aniq  bir
vazifa     (topshiriq)     ni   muammoli     vaziyat(keys)ni     yechishga
asoslangan.Ta’lim  jarayonida  o‘qituvchi keys     vositasida     ta’lim
oluvchilardan  xuddi  shunga  o‘xshash  yechimlarni  talab etadi.
Keys     texnologiyasining     maqsadi     talabalarni     yakkama-yakka     va
jamoada:axborotni     tahlil     qilish;     berilgan     masalani     yechish     uchun
ularni  ajratish;  asosiy muammolarni   aniqlash;   yechishning   muqobil
yo‘llarini  generatsiya  qilish  va  ularni baholash;     muqobil
yechimni  tanlash  va  harakat  dasturini  shakllantirish  va boshqalar
hisoblanadi.
Keys texnologiyasi aniq   vaziyat ta’lim berishni haqiqiylikka bog‘laydi:
keys ta’lim     oluvchilarga     vaziyatni     tashhis     qilish,     farazlarni
ifodalash,  muammolarni aniqlash,     qo‘shimcha     axborotlarni     yig‘ish,
farazlarga  aniqlik  kiritish  va muammolarni     yechish     bo‘yicha
aniq  bosqichlarni  loyihalashda  amaliy faoliyatlarini
modellashtirish     imkonini     beradi.     Keys     ta’lim     oluvchilarga     tahlil qilish,     barqarorlashtirish     yo‘llarini     qidirish     va     muammoni
yechish  erkinligini
beradi.     Keysni     ishlab     chiqishda     ta’lim     oluvchilar     mustaqil     ta’lim
olish  jarayonini yaratadilar   va   jarayonda   o‘zaro   harakatda   haqiqiy
fikr  almashish  holatlarini vujudga keltiradilar.
Mustaqil     ta’limda     Keys     texnologiyasidan     foydalanishni     mohiyati
shundan iboratki,     talabalarga     real     tashkilotning     faoliyatida     duch
kelinadigan  yoki  realga o‘xshash     modellashtirilgan     aniq     bir
vaziyatning  tavsifi  beriladi.  Talabalar  mustaqil ishni     bajarishdan
oldin  muammo  bilan  tanishib  chiqishlari  va  uning  yechish : usullarini
o‘ylab     qo‘yishlari     lozim     bo‘ladi.     Mustaqil     ishni     bajarishda
amaliyotdan keltirilgan     holatni     jamoaviy     yoki     yakka     tartibdagi
muhokamasi  amalga  oshiriladi.Har bir keys ishlab chiqarish vaziyatlari
asosida ishlab chiqilgan, talabalarda ishlab chiqarish     masalalarini
yechimi     algoritmini     mustaqil     ravishda     konstruksiyalash,loyihalash
ko‘nikmalarini     shakllantiradigan     o‘quv-uslubiy     materiallarning
to‘liq,jamlamasini ifodalaydi.Mustaqil  ta’limda  keyslardan  foydalanish
talabalarni  faollashtiradi  va  ularni real     vaziyatlar     bilan     “birga-bir”
qoldirib,  tahliliy  va  kommunikativ  qobiliyatlarini rivojlantirgan
holda  amaliy  ishni  bajarishga  imkoniyat  beradi.  Keys  texnologiyasi
nafaqat     muammoni     ifodalash,     balki     uni     samarali   yechish,
shuningdek,  ifodalangan muammoni     tashuvchisi     sifatida     chiqishi
mumkin  bo‘lgan  aniq  vaziyatni  tanlashni ham ko‘zda tutadi.
F OYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Mavlonova   R.,   To’raeva   O.,   Holiqberdiev   K.   Pedagogika.-
Toshkent: “O’qituvchi”, 2001. 2.     Azizxo’jaeva     N.N.     Pedagogik     texnologiya     va     pedagogik
mahorat.-  Toshkent: TDPU, 2003.
3.     Xodjabaev   A.R.,   Xusanov   I.   Kasb   ta’limi   metodologiyasi.
O’quv qo’llanma.  –Toshkent, “Aloqachi” , 2007.
4.     Tojiboeva     D.,     Yo’ldoshev     A.     Mutaxassislik     fanlarini
o’qitish  metodikasi. Darslik. – Toshkent, “Aloqachi”, 2009.

Mavzu:Tilga o‘qitish jarayonida ta’lim oluvchilarning mustaqilligini ta’minlash. Hozirgi davrda ta’lim tizimi oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish, talabalarning mustaqil ravishda o‘quv materiallarini o‘zlashtirishi, ularning kasbiy rivojlanishini rag‘batlantirish, ularda ijodiy faollikni tarbiyalashda o‘qituvchilarning mas’uliyatini oshirish zarur. Mustakil ta’limni faollashtirmasdan oliy ta’limda talabalarni samarali o‘qitish qiyin. Hozirgi davr mutaxassisidan yuqori darajadagi tayyorgarlik,mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish, belgilangan vazifalarni bajarish uchun ko‘p ma’lumotlar orasidan eng maqbulini tanlab olish va bu ma’lumotlarni qayta ishlay olish talab qilinadi.Hozirgi zamon talabiga javob bera oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv jarayonini tashkil etishni jiddiy ravishda o‘zgartirish, auditoriya soatlari ulushini kamaytirish hisobiga talabalarning mustakil ta’limi salmog‘ini oshirish zarur. Mustaqil ishlar didaktik maqsadi, vazifasi, murakkablik darajasi, kimga (individual yoki jamoa uchun) mo’ljallanganligiga qarab, bir-biridan farq qiladi.Mustaqil ta`lim jarayonida tanlangan mavzularning ilmiyligi, tizimliligi hamda o’quv materiallarining qiziqarliligi, amaliyot bilan bog’liqligi, fanlararo aloqadorligi, shuningdek beriladigan mustaqil ishlar va topshiriqlar ning ijodiy,xarakterga,egaligi muhimdir. Uning nazariy, amaliy, ilmiy, metodik va pedagogik asoslari tahlil qilini, samarali shakllari, vositalari tanlansa, ijobiynatijalarga erishish mumkin. Bunda o’tiladigan mavzuning amaliyot bilan uzviyligi, ilmiyligi va o’quv materiallarining qiziqarliligi, mavzularning tizimliligi, topshiriq hamda vazifalarning ko’p qirraliligi, o’zaro bog’liqligi muhim o’rin tutadi. Pedagogik hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarda ob`ektiv, aniq pedagogik va

ishlab chiqarish muammolarini aks ettiradi. O’qituvchi- o’rganilayotgan pedagogik hodisalar va ishlab chiqarish jarayonining o’zaro zid xususiyatlarini aks ettirish uchun muammoli vaziyatdan foydalansa, ob`ektiv muammo o’quv muammosiga aylanadi. Talabalar uchun tushunarli bo’lgan o’quv pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni muammolari o’quv topshirig’i sanaladi. Mustaqil bilim olishda ko’pincha shartlari ifoda etilmagan topshiriqlarni,bajarishga to’g’ri keladi. Talaba masalani echar ekan, shartlarni o’zgartirish tartibi bilan tanishadi, aniq bir muammoni tahlil qilish va o’quv-pedagogik yoki texniktexnologik masalani bajarishda mavjud ko’nikma hamda malakalardan foydalanadi. Bunday pedagogik hamda texnik-texnologik mustaqil ishlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin: 1. Shartlari ifoda etilgan, biroq y echish uchun zarur bo’lg an barcha ma`lumotlar berilmagan masalalar. Ular nazariy va amaliy masalalar tarzida ikki guruhga ajratiladi. Amaliy masalalar haqiqiy pedagogik va ishlab chiqarish jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’ladi. Bunday masalalarni echishda faqatgina aqliy faoliyat, bilim, malaka va ko’nikmalargina emas, balki sensor hamda harakatlar faolligigerishish talab etiladi. Bu masalalar mustaqil bilim olish texnologiyalarining amaliyot bilan uzviylikni ta`minlashga yordam beradi. 2. O’zlashtirilmagan bilim, harakat va operatsiyalarga duch kelinmaydigan masalalar. Mazkur masalalar avval o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash,ularni yangi vaziyatlarda qo’llash, fikrlash malaka va ko’nikmalarini egallash hamda mavjud bilimlarni mustahkamlash uchun mo’ljallangan. 3. Savollar – yangi bilimlarni qabul qilish va o’zlashtirishga tayyorlikni aniqlovchi vosita. Savollarda quyidagi ikki jihat ko’zga tashlanadi: mavjud bilimlarni tekshirish va mustaqil xulosaga

kelishga yo’naltirish. Savollar reproduktiv va produktiv tarzida ikki guruhga bo’linadi. Reproduktiv savollar xotirani mustahkamlash, produktiv savollar esa fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Ular sub`ektlarga aqliy harakatlarni o’zlashtirishga yordam beradi, shuningdek, tahlil, sintez, taqqoslash, solishtirish, umumlashtirish,muhimini ajratish, mustaqil ravishda xulosalarga kelish va amaliy qarorlarni qabul qilish ko’nikmalarini rivojlantiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyaga ko‘ra, ta’lim oluvchilar o‘qish jarayonida kerakli o‘quv materiallarini iloji boricha mustaqil ravishda o‘rganishlari kerak. O‘qituvchi esa bu mustaqil ta’limni boshqarishi, yo‘naltirishi,talabalarga kerakli maslahatlarni berib borishi lozim.Mustakil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish, bilim berish va tarbiyada juda katta ahamiyatga ega. Pedagogning asosiy vazifasi har bir talabaning hayotda o‘z o‘rnini topishga yordam berishidir. Bunga erishish uchun mustakil ta’limni to‘g‘ri tashkil etish zarur.Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalarning mustaqil ta’lim keyslardan foydalangan holda tashkil etish“Case-study” inglizcha ibora bo‘lib, tarjimada “o‘qitishning muayyan vaziyatlar” uslubi yoki o‘qitishning “vaziyatlar tahlili” us-lubi kabi ma’nolarni anglatadi. Ingliz tilida “Case method” shaklida ham qo‘llaniladi. O‘qitish,amaliyotida undan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlikka oid vaziyatlarni tavsiflash vositasi sifatida foydalaniladi. “Case-study” bilan ishlash jarayonida ta’lim oluvchilar: – vaziyatni tahlil qiladilar; – muammolar mohiyatini aniqlaydilar; – muammolarga yechimlar taklif qiladilar; – taklif qilingan yechimlar orasidan eng yaxshilarini tanlay-dilar.

Keyslar, ayni shu kunda hukm surib turgan vaziyat tavsifi sifatida amaldagi yoki ularga juda yaqin turgan daliliy material-larni ifodab turadi. “Case-study” uslubi ilk marta Garvard universitetining huquq maktabida 1870 - yilda qo‘llanilgan. 1924 yilda Garvard biznes maktabi (HBS) o‘qituvchilari yuristlarni o‘qitish tajribasiga ta-yanib, iqtisodiyotga oid aniq vaziyatlarni tahlil etish va muhokama qilishni asosiy ta’lim uslubi qilib tanlashganidan va mazkur uslubning ta’lim amaliyotida juda yaxshi natijalar berayotganiga to‘-la ishonch hosil qilinganidan so‘ng, u tezda boshqa ta’lim muassa-lari orasida ham keng tatbiq etila boshladi.1950-yillardan boshlab “sase-study” uslubi G‘arbiy Yevropa ta’lim muassasalarida ham qo‘llanila boshlangan. 2000-yillardan boshlab, ushbu uslub ko‘plab xorijiy davlatlarda tabiiy va texnik fanlarni o‘qitish jarayonida keng qo‘llanilib kelinmoqda. Ayrim joylarda “sase-study” uslubi texnologiyaga,turizmga va tibbiyotga oid fanlarni o‘qitish jarayoniga ham tadbiq etib ko‘rilmoqda. Keyslar o‘qitishning maqsad va vazifalariga ko‘ra:  keng tarqalgan muammolarga yechim topishni o‘rgatish;  alohida muammolarga yechim topish;  vaziyatni tahlil qilish va unga baho berish tamoyillarini o‘rgatish;  muayyan misol asosida muayyan uslubiyot yoki yondashuvni amaliyotga qo‘llashni namoyish qilish. Keyslar tarkibiy tuzilishiga ko‘ra:  tarkibiy qismlardan iborat keyslar – aniq raqam va dalillar asosida vaziyatning qisqa va aniq bayoni. Bunday turdagi keyslar uchun aniq miqdordagi to‘g‘ri javoblar mavjud bo‘ladi. Bu javoblar ta’lim oluvchining u yoki bu aniq bilimlar sohasiga oid formulalar,

ko‘nikmalar yoki uslublardan faqat bittasini tanlab olish ko‘nikmasini baholash uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;  tarkibiy qismlarga ega bo‘lmagan yirik keyslar – bunday keyslar juda ko‘p miqdordagi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va ular ta’lim oluvchilarning fikr yuritish stillarini va tezligini, ma’lum bir sohada asosiy narsani ikkinchi darajadagi narsalardan ajrata olish qobiliyatini baholashga mo‘ljallanadi.  Kashfiyotchlik keyslari – bunday keyslar qisqa va uzun ko‘ri- nishda ham bo‘lishi mumkin. Ta’lim oluvchilar tomonidan kashfi- yotchilik keyslarining yechilishi jarayonini kuzatish ularning no- standart fikrlash qobiliyatlarini, berilgan aniq vaqt mobaynida nechta kreativ g‘oya bera olishlarini baholash imkonini beradi. Keysni yechish jarayoni jamoaviy shaklda amalga oshirilayotgan hollarda,bunday keyslar vositasida alohida talabaning boshqalar fikrini ilg‘ab olishi, uni rivojlantirishi va amalda qo‘llashi qobiliyatlarini ham baholab borish mumkin bo‘ladi.  Ixcham qoralama (ishlanma)lar – asosiy tushunchalar bilan tanishtiradi,o‘rganilayotgan o‘quv fani bo‘limiga yoki tor sohaga oid bilimlarni amaliyotga tadbiq etishni talab qiladi. Keyslar taqdimot shakliga ko‘ra:  Videokeyslar. Keyslar hajmiga ko‘ra:  To‘liq keyslar (o‘rtacha 20 – 25 sahifa), bunday keyslar bir necha kun mobaynida jamoa bo‘lib ishlash uchun mo‘ljallangan bo‘la-di va tayyorlangan yechimni odatda ham jamoaviy tartibda taqdim etilishini nazarda tutadi;  Qisqa keyslar (3 – 5 sahifa) – o‘quv mashg‘uloti paytida barcha talabalar ishtirokida muhokama qilish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi;