logo

Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

194.0390625 KB
Boshlang‘ch  ta’lim  jarayonida  o‘quv  predmetlarni integratsiyalash
yo‘llari
Reja.
1.   Boshlang‘ich   sinflarda   integratsiyalashtirilgan   darslarni
rejalashtirish.
2.   Fanlar   orasidagi   o‘zaro   bog‘liqlik   asosida   integratsiyalashgan
darslarni tashkil etish yo‘llari
3.  Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari Har   qanday   jamiyatda   pedagogik   tizimning   maqsadi   jamiyatning   shaxsni
shakllantirishga   qo‘ygan   talablari   asosida   belgilanadi   va   jamiyat   talablari
asosida   tizim   ham   o‘zgarishi   mumkin.   Juda   ko‘p   tadqiqotlarga   asoslangan
holda   V.R.Bespalko   pedagogik   tizimning   o‘zaro   bog‘liq   6   ta   elementini
ko‘rsatadi. 
     Bular: o‘quvchi; ta’lim tarbiyaning maqsadi; mazmuni; didaktik jarayoni;
o‘qituvchi yoki texnik vositalar; ta’lim  –  tarbiyaning tashkiliy shakllari.
     Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini
va   uni   amalda   qo‘llashni   o‘zlashtirish   bilan   birga,   ilgari   o‘rganilgan
narsalarni   o‘zlashtirish,   sintez   qilish,   takrorlash   va   mustahkamlash,   nazorat
qilish kabi elementlarning o‘zaro bog‘lanishidir.
Bizningcha   pedagogik   faoliyatni   tahlil   qilishda   uning   barcha   tarkibiy
qismlarini   ajratib   ko‘rsatish,   ularning   uzviy   bog‘liqligini   chuqur   tushunish,
o‘qituvchi   qo‘ygan   masalalar,   uni   echish   yo‘llari   va   ko‘zlangan   maqsadlar
qanchalik uyg‘unlashib ketishini his etish lozim.
Dars   o‘qituvchi   va   o‘quvchining   o‘zaro   muloqoti,   ham   munosabati
doirasida amalga oshadi. Darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi:
1.   Tayanch   bilimlarni   aktuallashtirish,   ya’ni   avvalgi   o‘tilganlarni   xotirada
tiklash.
2. YAngi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash.
3.   Olingan   bilimlarni   amaliyotda   qo‘llash,   ko‘nikma   va   malakalarni
shakllantirish.
An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli
tushuntiradi,   savol   javob   mavzu   doirasida   qiziqarli   uyushtiriladi.   Keyingi
darsda   o‘quvchilar   o‘qituvchi   kabi   gapirishga   harakat   qiladi,   kitobdan
mavzuni qayta qayta o‘qiydi, aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu
o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda o‘quvchi   aytishga   qiynalib   qoladi.   YUzaki   yodlashning   natijasi   shunday
mavhum holatlarga olib keladi. 
Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, bahs munozaraga, o‘zini-
o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishga, bola
tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
2.   Fanlar   orasidagi   o‘zaro   bog‘liqlik   asosida   integratsiyalashgan
darslarni tashkil etish yo‘llari
Fanlar   bir-biri   bilan   o‘zaro   bog‘liqdir.   Masalan,   biz   bu   jarayonni   1-4
sinflarning o‘quv rejasi orqali tahlil qilamiz.
Masalan, 
1. Ona tili
2. O‘qish
Bu ikki fan orasidagi integratsiya jarayoni shundan iboratki, ikkala  fanning
maqsadi   o‘quvchilarda   yozma   va   og‘zaki   nutq   malakalariga   ega   bo‘lishga
qaratilgan.
Keyingi misolni   inson   va   jamiyat   sohasida   ko‘rib chiqsak   bo‘ladi.   Inson   va
jamiyat   sohasi beshga bo‘linadi:
1. Odobnoma;
2. Musiqa madaniyati;
3. Tasviriy san’at;
4. Mehnat;
5. Jismoniy tarbiya.
          Bu fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy,
estetik   tarbiya berishdir.
     Nutq o‘stirish  – harflarni to‘g‘ri talaffuz etish va yozish, so‘zlarni  to‘g‘ri
o‘qish   va   yozish;   gap   ohangiga   rioya   qilgan   holda   ravon   obrazli   o‘qish; gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks etishi va yozilishi; fikr bayon qilish
uchun   zarur   bo‘lgan   ayrim   grammatik   vositalarni   o‘z   o‘rnida   qo‘llay   olish,
xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni
o‘qib tushuna olish kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning
maqsadi nutq o‘stirishga qaratilgandir.
         Asosan  ona tili va o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish  darslarida o‘quvchilar
nutq   o‘stirish   bilim,   ko‘nikma   va   malakalariga   ega   bo‘lsalar,   rus   tili,
matematika,   tabiat,   odobnoma,   musiqa   madaniyati,   tasviriy   san’at,   mehnat,
jismoniy tarbiya darslarida uni mustahkamlab, to‘ldirib  boradilar.
Masalan: 4-sinf ona tili darsligini olaylik. Unda nutq o‘stirishga  oid mashqlar
berilgan. 
          Bunda   so‘zlarni   o‘qing,   talaffuzga   e’tibor   bering   va   so‘zlarni   ko‘chirib
yozilishini bilib  oling degan shart berilgan.
          Bayroq,   a’lochi,   qal’a,   e’lon,   rasm,   qat’iy,   o’ladi,   Ma’mura,   ko’z,
vatan,   olxo’ri,   a’zo,   sariq,   jahon,   san’at,   nordon,   arqon,   poda,   qit’a,
beda.
O‘qish   darsida   esa   nutq   o‘stirish   jarayonini   hikoyalar,   ertaklar,   she’rlar,
matnlar orqali ko‘rishimiz mumkin. 
       3.  Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari
1. Tabiatshunoslik darsida .
2.  O‘qish  darslarida.
3.  Ona tili   dars i da
          4-sinfning   tabiatshunoslik   darsligida   O‘zbekistonning   geografik   o‘rni,
o‘rmonlari, hayvonot olami, erosti qazilma boyliklari haqida matnlar berilgan
bo‘lib,   bolalar   bu   matnlarni   o‘qib,   gapirib   berish   davomida   nutq   o‘stirish
jarayoni ro‘y beradi.
Shu   kabi   odobnoma   darsida   ham   bir   qancha   odob-axloqga   oid   matnlar ,
she’rlar,   hikoyalar,   hikmatli   so‘zlar   berilgan   bo‘lib,   bularni   ham   o‘quvchi o‘qish,   gapirish   jarayonida   nutq   o‘stiradi   va   bularning   barchasi
integratsiyadir. 
        Masalan,   3-sinfning   odobnoma   darsida   4-darsning   mavzusi   «Qarilik
donolik» (1 soatlik) berilgan.
Bu   darsda   o‘qituvchi   «Qobusnoma»   kitobini   ko‘rsatib,   undan   qariyalar
haqida,   «Qariik   va   yigitlik   sifati   zikrida»   bobi   o‘qib   beriladi   va   muhokama
etiladi. Xalq maqollaridan misollar keltirib, axloqiy  tarbiya beriladi.
         O‘qish  darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahloqiy tarbiyaga qaratilgan.
4-sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish  odobi» degan mavzu bor. Bunda
O‘qish va Odobnoma darslari integratsiyasini ko‘rish mumkin.
Salom   –   salomatlik   ma’nosini   ifodalaydi.   Agar   sendan   necha   mavridda
salomlashish   kerak,   deb   so‘rasalar,   etti   holatda   deb   javob   bergin.   Avvalo
yoru-do‘stlarni,   katta - kichiklarni,   aka - ukangni   ko‘rganda   salom   berishing
lozim...
     Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak.
     Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin.
        To‘rtinchi   bir   erda   jam   bo‘lib   o‘tirgan   kishilar   davrasiga   kirsang
salomlashgin. 
        Kishilar   huzuridan   turayotganingda   ham   salomlashishni   unutma,   uni
xayrlashish salomi deyiladi.
Oltinchi maqbaraga, qabristonga borsang ,  salom ber.
Ettinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma...
Ona tili   darsligida ham ko‘p mashqlar ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4- sinf
ona   tili   darsligini   olsak   «Olmosh   so‘z   turkumidir»   mavzusida     Olmoshlarni
topib,   o‘zi   bog‘langan   so‘z   bilan   birga   ko‘chiring.   O‘qituvchi   bu   she’rni
o‘qib berar ekan axloqiy  tomonlarini   ochib berishi kerak. Axloqiy   tarbiya   tabiatshunoslik   darsida   ham   olib   boriladi.   4- sinf
darsligida   «Tog‘   o‘rmonlari   va   o‘tloqlari»   mavzusida:   Tog‘larda   dam   olish
vaqtida   va   turistik   poxodlarda   tabiatni   juda   avaylab,   ehtiyot   qilish   zarur ,
daraxtlarga zarar etkazish, shox - novdalarni sindirish, gullarni yulib dastalash,
qushlar   bilan   hayvonlarni   bezovta   qilish   mutlaqo   yaramaydi.   Bularni   diqqat
bilan kuzatib borish, fotosuratini olish lozim. Ana shunda shu tog‘larda dam
olganingiz to‘g‘risida uzoq  yillarga xotira qoldirish imkoniga ega bo‘lasiz.
      O‘rmonda gulxan yoqish mumkin emas. CHunki, gulxanlardan ko‘pincha
o‘rmonga   yong‘in   chiqib,   odam   uchun   qimmatli   bo‘lgan   o‘simliklargina
emas,  balki hayvonlar ham nobud bo‘ladi, degan satrlar berilgan.
         Mehnat darsida ham bolalarga ovqatlanish odobi, mehmon   kutish   odobi,
kiyinish   odobi,   dasturxon   tuzatish   odobi   kabi   axloqiy   tarbiya   me’yorlari
o‘rgatib boriladi.
         Ekologik tarbiya – bu insonni tabiatga dastlabki qadam qo‘ygan   kunidan
boshlab,   butun   hayoti   davomida   tabiatdan   ongli   ravishda   foydalanishga,
psixologik,   ahloq - odob   yuzasidan   xalqimizning   tabiatga   hurmat   va   e’tibor
bilan   qaraydigan   urf   odatlarini,   udumlarini   tarbiyalash,   tabiiy   boyliklarni
ko‘paytirish, bog‘ - rog‘lar, gulzorlar tashkil qilish orqali uning qalbida yaxshi
xislatlar   uyg‘otishdan   iboratdir.   Bu   ekologik   tarbiya   ham   integratsiyaga
yaqqol misol bo‘la oladi.
      Ekologik   tarbiya   tabiat   fanida   asosan   olg‘a   surilsa   ya’ni   bilim,  ko‘nikma,
malaka hosil qilsa, o‘qish, ona tili ,  matematika, odobnoma , musiqa darslarida
uni mustahkamlab, to‘ldirib boriladi.
 Masalan: tabiat darsida ekologik tarbiya bir necha matnlar orqali  ko‘rsatib
berilgan 4 - sinfning darsligida «Suv va havoni muhofaza  qilish».
    Suv va havo bo‘lmasa butun jonzot yashay olmasligini hamma biladi. Har
qanday tirik organizm tarkibida suv bo‘ladi.          Bolalarga   ekologik  tarbiya  o‘qish   darsida  ham   o‘rgatiladi.   4-sinf  o‘qish
darsligida   «Buzilmagan   uya»   mavzusi   bor.   Bunda:   bir   bola   bog‘da
ishlayotgan   bobosiga   ovqat   ola   keta   turib   yulda   o‘rtoqlarini   uchratadi.
O‘rtoqlari   qush   ovlagani   ketayotganini   aytadi   va   uni   ham   bu   yo‘lga
tortishadi.   Lekin   bola   kechikayotgani   va   bobosining   qorni   ochib   qolishi
mumkinligi   tufayli   u   o‘rtoqlari   bilan   ketmaydi.   Bobosiga   ovqat   etkazib,
ularga   daraxt   payvand   qilgani   yordamlashadi.   Ular   birga   uyga   keta   turib
yo‘lda   o‘rtoqlarini   uchratadilar.   O‘rtoqlari   esa   qush   uyasini   buzaman   deb,
daraxt   butog‘iga   o‘ralib,   chumchuq   bolalarini   eyishga   payt   poylab
turganilondan   qo‘rqib,   daraxtdan   yiqilib   qochib   ketayotgan   edilar.   Bola
bobosi   bilan   erda   yoyilib   yotgan   chumchuq   bolalariga   yordam   berib,   ilonni
o‘ldirib, o‘rtoqlarining qilgan ishidan nafratlangan holda uyga  qaytadilar.
          Endi   ekologik   tarbiyani   Ona   tili   darsida   ko‘rib   chiqsak.   4-sinf   ona   tili
darsligida «Turg‘un bobom» nomli she’r berilgan.
Bu she’rda ekologik tarbiya olg‘a surilgan.
Turg‘un bobom
Keng bepoyon vodiylarni,
Ko‘rkam yoz bezar,
Tun qo‘ynida Turg‘un bobom,
Dalani kezar.
Qo‘lidagi katta ketmon,
YArqirab kunda,
Egatlarga shildiratib,
Suv quyar tunda.
O‘zi juda ishga chaqqon,
Taniqli suvchi,
Uni sevar har dehqon,
Har bir o‘quvchi. Zilol suvlar paxtazorda,
Shildirab oqar,
Gullayotgan ko‘m-ko‘k g‘o‘za,
Bobomga boqar.
        Matematika   fanini  ham  ekologik  tarbiyaga  misol  qilib  olsak  bo‘ladi.  4-
sinf darsligida: «Hajmlarni o‘lchash» mavzusi da   O‘quvchilar bo‘yi 40 metr,
eni bo‘yidan 10 metr qisqa maydonda bog‘ barpo  etishdi .  Bog‘ maydonining
yuzini toping. Bog‘ atrofini qanday uzunlikdagi  devor bilan o‘rash kerak?
Shu   kabi   odobnoma   darsida   ham   ekologik   tarbiya   yuzasidan   matnlar,
darslar berilgan. 3 - sinfda «Ona tabiat   –   go’zallik manbai» nomli uch   soatlik
bo‘lim berilgan bo‘lib, bular:
"Gullar   rangni   qaydan   olar",   "   Qanotli   me’morlar",   "Tabiatni   asrash   odobi"
nomli   mavzulardir.   O‘qituvchi   bu   mavzularni   o‘tayotganda,   tabiat   haqida,
ekologik tarbiya haqida ma’lumot beradi.
        Estetik   tarbiya   –   bu   o‘quvchilarni   voqelikdagi,   san’atdagi,   tabiatdagi,
kishilarning   ijtimoiy   va   mehnat   munosabatlaridagi,   turmushdagi   go‘zallikni
idrok   qilish   hamda   tushunishga   o‘rgatish,   ularning   badiiy   didini   o‘stirish,
ularda   go‘zallikka   muhabbat   uyg‘otish   va   hayotiga   go‘zallik   olib   kirish
qobiliyatlarini tarbiyalashdir.
        Estetik   tarbiya   o‘quvchilarda   estetik   bilim,   ko‘nikma   va   malakalarni
shakllantirish   hamda,   estetik   his - tuyg‘u,   qiziqish,   ehtiyoj,   baho   berish   kabi
xislatlarni   tarbiyalash   masalasini   o‘z   ichiga   oladi.   Estetik   tarbiya   bo‘yicha
asosiy fan musiqa bo‘lib, rasm ya’ni tasviriy san’at bo‘lib ,   jismoniy tarbiya,
mehnat, o‘qish, ona tili uni to‘ldirib mustahkamlab  boradi.
Masalan:   tasviriy san’at   darsida did, ya’ni estetik did bilan rasm chizadi va
estetik mulohaza bilan yondashadi.
Me h nat darsida  ham bola estetik tarbiya orqali yondoshadi. Masalan,   qizlar   kashta   tikishni   estetik   did   bilan   tikadilar   yoki   dasturxon
tuzatayotganda yoki kiyim tikayotganda.
Estetik   tarbiyaga   misol   qilib   jismoniy   tarbiya   darsini   olsak,   asosiy
mashqlardan biri: tik turgan holda yurish va bayroqchalar bilan mashq qilish
darsning   maqsadi   bo‘lsa,   bu   holatni   bajarayotganda   estetik   mulohaza   bilan,
oyoq   uchida   asta - sekin   ko‘tarilib,   bayroqchalarni   yon   tomonlarga   va   keyin
yuqori tomonga ko‘tarib estetik qiziqish bilan  bajaradilar.
Yuqoridagi   misollarni   ko‘rib   shuni   aytish   mumkinki,   demak   fanlararo
integratsiya mavjud, ya’ni fanlararo uzviylik ,  bog‘liqlik  mavjud.
Chunki,   biror   fanning   maqsadi,   ya’ni   bolalardagi   nutq   o‘stirish,   ahloqiy
tarbiya, ekologik tarbiya, estetik tarbiya barcha fanlarda o‘z  aksini topgan. Adabiyotlar
1.   Lutfillaev   M.X.   Oliy   ta’limda   axborot   texnologiyalari   integratsiyasi.
Monografiya. – Samarqand: SamDU, 2005. 
2.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.
3. Raxima   Mavlvanova,   Nargiz   Raxmankulova   Boshlang‘ich   ta’lim
pedagogikasi,   innovatsiya   va   intergatsiya   “Boshlangich   ta’lim”
mutaxassisligi:   Bakaiavriyat   yo‘nalishi   -   5111700   bo‘yicha   pedagogika
universitetining   talabalari   uchun   o‘quv   qo‘llanma.-T.:   «   Voris-nashriyoti   »
2013y.
4.   N.N.Azizxujaeva   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   T.:   Fan,
2003y.
5. Omonov   X.,   Xo‘jaev   N.,   Madyarova   S.,   Eshchonov   E.,   Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat.-T.: IQTISOD MOLIYA, 2009.
6. Musurmonova   O.   Pedagogik   texnologiyalar   –   ta’lim   samaradorligi   omili;
monografiya / T.: “YOshlar nashriyot uyi”, 2020  y . 
7.   Mavlonova   R.A.   Boshlang‘ich   ta’limning   integratsiyalashgan
pedagogikasi. Metodik qo‘llanma. TDPU, Toshkent-2005 y.

Boshlang‘ch ta’lim jarayonida o‘quv predmetlarni integratsiyalash yo‘llari Reja. 1. Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashtirilgan darslarni rejalashtirish. 2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari 3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari

Har qanday jamiyatda pedagogik tizimning maqsadi jamiyatning shaxsni shakllantirishga qo‘ygan talablari asosida belgilanadi va jamiyat talablari asosida tizim ham o‘zgarishi mumkin. Juda ko‘p tadqiqotlarga asoslangan holda V.R.Bespalko pedagogik tizimning o‘zaro bog‘liq 6 ta elementini ko‘rsatadi. Bular: o‘quvchi; ta’lim tarbiyaning maqsadi; mazmuni; didaktik jarayoni; o‘qituvchi yoki texnik vositalar; ta’lim – tarbiyaning tashkiliy shakllari. Hozirgi zamon darsining eng muhim xususiyatlari yangi o‘quv materialini va uni amalda qo‘llashni o‘zlashtirish bilan birga, ilgari o‘rganilgan narsalarni o‘zlashtirish, sintez qilish, takrorlash va mustahkamlash, nazorat qilish kabi elementlarning o‘zaro bog‘lanishidir. Bizningcha pedagogik faoliyatni tahlil qilishda uning barcha tarkibiy qismlarini ajratib ko‘rsatish, ularning uzviy bog‘liqligini chuqur tushunish, o‘qituvchi qo‘ygan masalalar, uni echish yo‘llari va ko‘zlangan maqsadlar qanchalik uyg‘unlashib ketishini his etish lozim. Dars o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro muloqoti, ham munosabati doirasida amalga oshadi. Darslar asosan 3 ta komponentdan iborat bo‘ladi: 1. Tayanch bilimlarni aktuallashtirish, ya’ni avvalgi o‘tilganlarni xotirada tiklash. 2. YAngi tushunchalarni o‘rganish usullarini aniqlash. 3. Olingan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish. An’anaviy darslarni ko‘z oldimizga keltirsak, o‘qituvchi mavzuni chiroyli tushuntiradi, savol javob mavzu doirasida qiziqarli uyushtiriladi. Keyingi darsda o‘quvchilar o‘qituvchi kabi gapirishga harakat qiladi, kitobdan mavzuni qayta qayta o‘qiydi, aytib beradi. Berilgan savollar ham asosan shu o‘tilgan mavzu doirasida bo‘ladi. Oradan bir oz vaqt o‘tib mavzu so‘ralganda

o‘quvchi aytishga qiynalib qoladi. YUzaki yodlashning natijasi shunday mavhum holatlarga olib keladi. Bugungi darslar o‘quvchini mustaqil fikrlashga, bahs munozaraga, o‘zini- o‘zi tahlil eta olishga, egallagan bilimlarini amaliyotga qo‘llay olishga, bola tafakkurini rivojlantirishga xizmat qilishi kerak. 2. Fanlar orasidagi o‘zaro bog‘liqlik asosida integratsiyalashgan darslarni tashkil etish yo‘llari Fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqdir. Masalan, biz bu jarayonni 1-4 sinflarning o‘quv rejasi orqali tahlil qilamiz. Masalan, 1. Ona tili 2. O‘qish Bu ikki fan orasidagi integratsiya jarayoni shundan iboratki, ikkala fanning maqsadi o‘quvchilarda yozma va og‘zaki nutq malakalariga ega bo‘lishga qaratilgan. Keyingi misolni inson va jamiyat sohasida ko‘rib chiqsak bo‘ladi. Inson va jamiyat sohasi beshga bo‘linadi: 1. Odobnoma; 2. Musiqa madaniyati; 3. Tasviriy san’at; 4. Mehnat; 5. Jismoniy tarbiya. Bu fanlar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Nutq o‘stirish – harflarni to‘g‘ri talaffuz etish va yozish, so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish va yozish; gap ohangiga rioya qilgan holda ravon obrazli o‘qish;

gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks etishi va yozilishi; fikr bayon qilish uchun zarur bo‘lgan ayrim grammatik vositalarni o‘z o‘rnida qo‘llay olish, xalq og‘zaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni o‘qib tushuna olish kabi talablarni o‘z ichiga oladi. Deyarli har bir darsning maqsadi nutq o‘stirishga qaratilgandir. Asosan ona tili va o‘qish, sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘quvchilar nutq o‘stirish bilim, ko‘nikma va malakalariga ega bo‘lsalar, rus tili, matematika, tabiat, odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya darslarida uni mustahkamlab, to‘ldirib boradilar. Masalan: 4-sinf ona tili darsligini olaylik. Unda nutq o‘stirishga oid mashqlar berilgan. Bunda so‘zlarni o‘qing, talaffuzga e’tibor bering va so‘zlarni ko‘chirib yozilishini bilib oling degan shart berilgan. Bayroq, a’lochi, qal’a, e’lon, rasm, qat’iy, o’ladi, Ma’mura, ko’z, vatan, olxo’ri, a’zo, sariq, jahon, san’at, nordon, arqon, poda, qit’a, beda. O‘qish darsida esa nutq o‘stirish jarayonini hikoyalar, ertaklar, she’rlar, matnlar orqali ko‘rishimiz mumkin. 3. Ta’lim jarayonidasi integrasiya turlari 1. Tabiatshunoslik darsida . 2. O‘qish darslarida. 3. Ona tili dars i da 4-sinfning tabiatshunoslik darsligida O‘zbekistonning geografik o‘rni, o‘rmonlari, hayvonot olami, erosti qazilma boyliklari haqida matnlar berilgan bo‘lib, bolalar bu matnlarni o‘qib, gapirib berish davomida nutq o‘stirish jarayoni ro‘y beradi. Shu kabi odobnoma darsida ham bir qancha odob-axloqga oid matnlar , she’rlar, hikoyalar, hikmatli so‘zlar berilgan bo‘lib, bularni ham o‘quvchi

o‘qish, gapirish jarayonida nutq o‘stiradi va bularning barchasi integratsiyadir. Masalan, 3-sinfning odobnoma darsida 4-darsning mavzusi «Qarilik donolik» (1 soatlik) berilgan. Bu darsda o‘qituvchi «Qobusnoma» kitobini ko‘rsatib, undan qariyalar haqida, «Qariik va yigitlik sifati zikrida» bobi o‘qib beriladi va muhokama etiladi. Xalq maqollaridan misollar keltirib, axloqiy tarbiya beriladi. O‘qish darsligining deyarli ko‘p mavzulari ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4-sinfning o‘qish darsligida «Salomlashish odobi» degan mavzu bor. Bunda O‘qish va Odobnoma darslari integratsiyasini ko‘rish mumkin. Salom – salomatlik ma’nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so‘rasalar, etti holatda deb javob bergin. Avvalo yoru-do‘stlarni, katta - kichiklarni, aka - ukangni ko‘rganda salom berishing lozim... Ikkinchi jamoat joylariga borganingda salom berishing kerak. Uchinchi biror xonadonga borsang u erga salom berib kirgin. To‘rtinchi bir erda jam bo‘lib o‘tirgan kishilar davrasiga kirsang salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni xayrlashish salomi deyiladi. Oltinchi maqbaraga, qabristonga borsang , salom ber. Ettinchi o‘z xonadoningga salom berishni kanda qilma... Ona tili darsligida ham ko‘p mashqlar ahloqiy tarbiyaga qaratilgan. 4- sinf ona tili darsligini olsak «Olmosh so‘z turkumidir» mavzusida Olmoshlarni topib, o‘zi bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiring. O‘qituvchi bu she’rni o‘qib berar ekan axloqiy tomonlarini ochib berishi kerak.