BOSHLANG‘ICH TA’LIM O‘QUV FANLARIDAGI INTEGRATSIYA JARAYONLARINING TARIXIY TADRIJIY RIVOJI
. BOSHLAN G‘ ICH TA’LIM O‘ QUV FANLARIDAGI INTEGRATSIYA JARAYONLARINING TARIXIY TADRIJIY RIVOJI Reja . 1. Integratsiya tushunchasi , pedagogik jarayonda integratsiya . 2. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini integratsiyalashning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari.
1. Integratsiya tushunchasi , pedagogik jarayonda integratsiya . Dastlab integratsiya so‘zining ma’nosiga to‘xtalsak. Bu termin XX asrning o‘rtalarida siyosiy, iqtisodiy va ilmiy-texnik sohalarda qo‘llanila boshlangan. «Integratsiya» so‘zi lotincha integratio-tiklash, to‘ldirish, «integer» butun so‘zidan kelib chiqqan. D.N.Ushakovaning atamalar lo‘g‘atida integratsiyaga quyidagicha ta’rif beriladi: «Integratsiya – bu taraqqiyot jarayonida elementlarni yoki bo‘laklarini qanday bo‘lmasin bir butunga birlashtirishdir». Xorijiy so‘zlar lo‘g‘atida bir oz boshqacharoq ta’rif berilgan: «Integratsiya – tiklash, butlash, to‘ldirish ma’nosini anglatib, elementlarni yoki qismlarni qanday bo‘lmasin bir butunga birlashtirishdir». N.I.Kondakovning «Mantiqiy lo‘g‘at-ma’lumotnomasi» kitobida integratsiya tushunchasi quyidagicha keltirilgan: «Integratsiya – qanday bo‘lmasin elementlarni yagona bir butunga birlashtirish va qandaydir yaxlitlikni tiklashdir». YU.S.Tyunnikovning fikricha, integratsiya tushunchasiga tegishli bir qator belgilar mavjud bo‘lib, ularga: 1. Integratsiya turli o‘zaro aloqadagi elementlar asosida quriladi. 2. Integratsiya o‘zaro aloqadagi elementlarning sifat va son o‘zgarishi bilan bog‘liq. 3. Integrativ jarayon mantiqiy mazmun asosiga ega. 4. Integrativ jarayon o‘zining tuzilmasiga ega. 5. Pedagogik yo‘naltirilganlik va uning nisbatan mustaqilligi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, integratsiya pedagogik jarayonda qo‘yilgan maqsadga bog‘liq holda yaxlit tizimni ifoda etuvchi bilimlar, usullar va ular bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan bilish jarayonlari, o‘quv-bilish muammolari, o‘qitish vositalari hamda metodlarini qamrab oladi. V.S.Bezrukovaning ta’rifi bo‘yicha pedagogik integratsiya – bu ilmiy integratsiyaning bir ko‘rinishi bo‘lib, uning ilmiy integratsiyadan farqli xususiyatlarini e’tiborga olgan holda pedagogik nazariya va amaliyot doirasida amalga oshiriladi.
Integratsiya – ob’ektiv sabablarga ko‘ra har xil elementlarni birlashtirish va ularni bir butun holda qarash natijasida sodir etilayotgan tizim sifatida e’tirof etiladi. 2. Boshlang‘ich ta’lim jarayonini integratsiyalashning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari. Boshlang‘ich sinflarda o‘quv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarning turli tumanligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yangi o‘quv rejalari va dasturlariga o‘tish davrida jamiyat va atrof-muhit o‘rtasidagi aloqalarni uyg‘unlashtirish, atrof- muhitga jiddiy munosabatni o‘rnatish va shakllantirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Atrof-muhitga jiddiy munosabatlarning poydevori boshlang‘ich sinflarda o‘rgatiladi. SHuning uchun iqtisodiy ta’limning natijasi maktab ta’limining birinchi bosqichiga bog‘liq. YAngi psixologik-pedagogik tadqiqotlar kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining bilish faoliyatlari cheklanganligi haqida ilgarigi tushunchalarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Bu boshlang‘ich iqtisodiy ta’limning barcha tarkibiy qismlarini o‘zgartirish va yangilashga asos yaratadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir. XIX-XX asrlar oralig‘ida pedagogikada kichik maktab o‘quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo bo‘lgan. Bu fikr A.YA.Gerd, D.N.Kaygorodov, A.P.Pavlov nomlari bilan bog‘liq bo‘lib, ular boshlang‘ich maktabga atrofdagi jonli va jonsiz dunyo hakidagi bo‘linmagan kursni kirgizishni talab qilishdi. Integratsiyalashgan ta’lim-tarbiya, fanlararo aloqalarning ayrim jihatlari mashhur pedagoglarning (YA.Komenskiy, D.Lokk, I.Gerbart, M.Pestalotssi, K.Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I.D.Zverev, M.A.Danilov, V.N. Maksimova,
S.P.Baranova, N.M.Katkina va boshqalar) psixolog olimlarning (E.N.Kabanova, Meller, N.F.Talizina, YU.A.Samarina, G.I.Vergeles), medist olimlarning (M.R.Lvov, V.G.Goretskiy, N.N.Svetlovskaya. YU.M. Kolyagin, G.N.Pristupova) ishlarida ko‘rib chiqilgan. Bir qator ishlar boshlang‘ich ta’limdagi fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarga bag‘ishlangan. Bu muammolar o‘quv fanlarini integratsiyalashga o‘tishning yaqin rivojlanish zonasidir. Integratsiya atama va uslubiy nuqtai nazaridan ikkita tushunchaga ega: 1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bog‘liqlik holatini bildiruvchi tushuncha va shu h olatga olib boruvchi jarayon. 2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish jarayoni. Differensiatsiya – fransuzcha (diffe’rentiofion lotincha differentia - farq, har x illik, ya’ni butunni bo‘laklarga bo‘lish, ajratish. Ta’lim mazmunini integratsiyalash – dunyo tendensiyasi (g‘oya, fikr, intilish). Integrativ yondashishi turli darajadagi tizimli aloqalarning ob’ektiv yaxlitligni aks ettiradi. (tabiat - jamiyat - inson). Integratsiya ilgari bo‘lingan qismlarni bir butunga birlashtirish bilan bog‘liq. U tizim elementlarining yaxlitlik va uyushqoqlik darajasini oshirishga olib keladi. Integratsiyalash mobaynida bir-biriga bog‘liqlik hajmi oshadi va tartibga tushadi, shu tizim qismlarning ishlashi va o‘rganish ob’ektining yaxlitligi tartibga solinadi. Bu umumiy qoidalarni qanday qilib maktab ta’limida qo‘llash mumkin? Zamonaviy didaktik va metodikada ta’kidlanishicha, o‘quvchilarni o‘qitish, rivojlanishi va tarbiyasining muvaffaqiyatlari ularning dunyoning birligi haqida tushunchaning shakllanganligi, o‘z faoliyatlarini umumiy tabiat qonunlari asosida yo‘lga solish zaruriyatini tushunishlari, tabiatshunoslik kursida fanlararo va fanlar ichidagi aloqalarni echaolishlari bilan bog‘liq. Ta’limdagi integratsiya o‘quv fanlari mazmunini konstruksiyalashga tizimli yondashish orqali ko‘rib chiqiladi. Integratsiyaning turli darajalari ajratiladi: boshlang‘ich, tabiat haqidagi elementlar bilimlarni birlashtiradi; oraliq-fanlar bo‘limlarini bo‘lish integratsiyasi; yakuniy - tabiatshunoslikni o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan ta’limning oxirgi bosqichi
integratsiyasi. SHu bilan birga, tabiiy-ilmiy ta’limini to‘liqroq va kengroq integratsiyalash imkoniyati ham inkor etilmaydi. Maktab ta’limini integratsiyalash jarayonining psixologik asosi sifatida psixolog YU.A.Samarinning assotsiativ tafakkur to‘g‘risidagi fikrlari olinishi mumkin. Bu fikrlarniig mazmuni shundaki, har qanday bilim bu o‘xshatish, bilimlar tizimi esa o‘xshatishlar tizimidir. YU.A.Samarin o‘xshatishlarning quyidagi turlarini ajratadi: lokal (mahalliy, ma’lum bir joy, narsa bilan chegaralangan), biror tizimga tegishli bo‘lgan, tizim ichidagi, tizimlar orasidagi va aqliy faoliyat darajalarini o‘xshatishlarning mos keladigan darajasiga birlashtirish xususiyatiga qarab tasniflaydi. Tabiat yoki fan haqidagi eng oddiy bilimlarni hosil qiluvchi bog‘liqlikning eng soddasi ma’lum bir joy yoki tushuncha bilan chegaralangan lokal tasavvurdir. Bu bog‘liqlik boshqa bilimlardan nisbatan ajralgan, shuning uchun eng oddiy aqliy faoliyatni ta’minlaydi. Bu kichik maktab yoshiga xos. Biror bir tizimga tegishli bo‘lgan tasavvurlar eng sodda tizimli tasavvurlardir. Ular biror bir mavzu, predmet yoki hodisani o‘rganishi asosida hosil bo‘ladi. Biror bir predmetni bilish yangi fakt va tushunchalarning tanlanishi ularni bir bilimlar bilan taqqoslanishi orqali amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilarning tahlil qilish va umumlashtirish faoliyatlari vujudga keladi. Tizim ichidagi tasavvurlar o‘quvchilarning butun bir fanlar tizimining bilishini ta’minlaydi (fizikaviy, kimyoviy, biologik, bilimlar tizimi), o‘rganilayottan fan doirasida bilimlardan keng foydalanish kuzatiladi. Tizim ichidagi tasavvurlar, vaqt, muhit, son bog‘lanishlarni aks ettiradi. Fanlararo tasavvurlar aqliy faoliyatning eng yuqori pog‘onasi hisoblanadi. Ular bilimlarning turli tizimlarini birlashtiradi, hodisa yoki jarayonning xilma-xilligini bilishiga imkoniyat beradi. SHu bilimlar asosida umumiy tushunchalar kelib chiqadi. Tizimlararo tasavvurlarning shakllanishi, ularni bilimlardan foydalanishga, ularni bir-biriga bo‘ysundirishga, bilimlar chegarasida bo‘shliqliklarni aniqlashga imkon beradi.