logo

JISMONIY TARBIYA. HUQUQIY TARBIYA.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

26.626953125 KB
JISMONIY TARBIY A .   HU QUQIY TARBIYA.
R E J A :
1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha .
2. Jismoniy  tarbiya va jismoniy madaniyat.
3. Huquqiy tarbiya ning mazmuni, shakl va metodlari. Jismoniy   tarbiya   haqida   tushuncha .   Jismoniy   tarbiya   o’quvchilarda
jismoniy   va   irodaviy   sifatlarni   shakllantirish,   ularni   aqliy   va   jismoniy   jihatdan
mehnat   hamda   Vatan   mudofaasiga   tayyorlashga   yo’naltirilgan   pedagogik   jarayon
bo’lib, ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi.
Yoshlarni   sog’lom   bo’lib   voyaga   yetishlarini   ta’minlash   masalasi   xalq
pedagogikasi,   og’zaki   ijodi   hamda   mutafakkirlar   asarlarining   bosh   g’oyalaridan
biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z
ifodasini   topgan.   «Alpomish»   dostonida   Hakimbek   (Alpomish)ning   jismoniy
mashq   qilishi,   tabiat   qo’ynida   voyaga   yetganligi,   uning   alpligi   quyidagicha
tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan
parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni
qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib
ketdi.   Asqar   tog’ining   katta   cho’qqilarini   yulib   ketdi,   ovozasi   olamga   yoyildi.
Shunda   barcha   xaloyiq   yig’ilib   kelib   aytdi:   «Dunyoda   bir   kam   to’qson   alp   o’tdi,
alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin». 
Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab  o’tar
ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi: 
1. Jasurlik   –   biror   ishni   bajarishda   kishining   jasurligi,   chidamliligi,   inson
boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat.
2. Aqllilik  –  biror   ishni   bajarishda  shoshma-shosharlik   qilishdan   saqlovchi
quvvat.
3. Ziyraklik   –   sezgi   bergan   narsalarning   haqiqiy   ma’nosini   tezlik   bilan
tushuntirishga yordam beruvchi quvvat. 
Alisher   Naoiy   «Farhod   va   Shirin»   dostonida   Farhodning   jismoniy
qobiliyatlarini   alohida   ko’rsatib   o’tadi.   Dostonda   ta’riflanishicha,   Farhod   aqliy
kamolotga   erishish   bilangina   cheklanib   qolmay,   jismoniy   va   harbiy   mashqlar
yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning
kundalik   mashg’ulotiga   aylangan.   Farhod,   mutafakkirning   fikriga   ko’ra,   10   nafar
20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan. Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga
ega bo’lmoq uchun badan tarbiya bilan shug’ullanishi  zarur: «Badanning salomat
va   quvvatli   bo’lmog’i   insonga   eng   kerakli   narsadir.   Chunku   o’qimoq,   o’qitmoq,
o’rganmoq   va   o’rgatmoq   uchun   insonga   kuchli,   kasalsiz   vujud   lozim.   Sog’
badanga   ega   bo’lmagan   insonlar   amallarida,   ishlarida   kamchilikka   yo’l
qo’yurlar.  ...  Badan  tarbiyasini  fikr   tarbiyasiga   ham   yordami   bordur.  Jism   ila   ruh
ikkisi   bir   choponning   o’ng   ila   tersi   kabidur.   Agar   jism   tozalik   ila   ziynatlanmasa,
yomon   xulqlardan   saqlanmasa,   choponni   ustini   qo’yib   astarini   yuvib   ovora
bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat
va sog’lom bir vujud kerakdur».
Jismoniy   tarbiya   kishilarga   katta   ta’sir   ko’rsatib,   salomatligini
mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.
Sport  har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini  saqlab
turishning   ajoyib   vositasidir.   Sport   dam   olish   bilan   mehnatni   almashtirib   turish
manbai bo’lib xizmat qiladi. 
Mustaqillik   yillarida   O’zbekiston   Respublikasida   sport,   shu   jumladan,
bolalar   sportini   rivojlantirishga   alohida   e’tibor   qaratilmoqda.   Mazkur   yo’nalish
davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar
amalga   oshirilmoqda.   Chunonchi,   yoshlarni   jismoniy   tarbiyalashning   kompleks
dasturi   ishlab   chiqildi.   «Sog’lom   avlod   dasturi»   yoshlarning   salomatligini
mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. 
Mazkur   dastur   talablariga   muvofiq   respublika   miqyosida   quyidagi   uch
bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi:
1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi  «Umid nihollari»
bellashuvi.
2. O’rta   maxsus   kasb-hunar   ta’limi   muassasalarining   o’quvchilari
o’rtasidagi  «Barkamol avlod»  bellashuvi.
3. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi  «Universiada»
bellashuvi. Shuningdek,   sportning   turli   yo’nalishlari   bo’yicha   joylarda   ommaviy   sport
bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi.
Yangi   turdagi   o’quv   muassasalarda   ham   o’quvchilar   o’rtasida   jismoniy
tarbiyani   samarali   tashkil   etilishiga   e’tibor   qaratilmoqda.   Jismoniy   tarbiya
mazmuni   o’quvchilarning   harbiy   chaqiriqqacha   tayyorgarligiga   erishish   bilan
uzviy bog’liqdir. 
Maktabdan   tashqari   sharoitlarda   jismoniy   tarbiyani   tashkil   etuvchi
muassasalarning   soni   ortib  bormoqda.  Bugungi   kunda yoshlar   o’rtasida  sportning
futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va taekvando kabi turlari
tobora   ommalashib   bormoqda.   Respublikada   sportning   ommalashuvi   turli
yo’nalishlarda   xalqaro   maydonlarda   mamlakat   sharafini   himoya   qiluvchi
sportchilar sonining o’sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida
olimpiada   chempionlari   yetishib   chiqmoqda.   O’quvchilarga   olimpiada
sovrindorlari   hamda   xalqaro   musobaqalarning   g’oliblari   bo’lgan   M.Abdullayev,
L.Cheryazova,   A.Grigoryan,   R.Chagayev,   B.Sultonov,   O’.Haydarov,
A.Doktorashvili,   A.Taymazovlar   haqida   hikoya   qilib   berish,   ularning   ishlarini
davom ettirishga rag’batlantirish o’zining samarali natijalarini beradi.  
                    O’quvchilarning   jismoniy   madaniyatga   ega   bo’lishlari     jismoniy   tarbiya
samaradorligini   belgilovchi   muhim   omil   sanaladi.   Shuningdek,   jismoniy
madaniyat   inson   va   jamiyat   umumiy   madaniyatining   ham   ajralmas   qismidir.
Jismoniy madaniyat mazmunida quyidagilar aks etadi: 
1. Inson   a’zolarining   funksional   kamoloti.   Ichki   a’zolar,   nerv   va   harakat,
suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish
layoqatiga egalik.
2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
3. Ularni gigiyena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish.
4. O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish.
5. Bo’lajak kasb-hunar egalarining jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy
nuqtai nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish. 6. O’quvchilarning   jinsiy   jihatdan   to’g’ri   kamolga   yetishlari   uchun   sharoit
yaratish.
Jismoniy   tarbiyani  tashkil   etish  jarayonida  o’quvchilarni  gigiyena  qoidalari
bilan   tanishtirish,   ularga   so’zsiz   amal   qilish   ko’nikmalariga   ega   bo’lishlariga
erishish   muhimdir.   Buyuk   pedagog   Abdulla   Avloniy   o’zining   «Turkiy   guliston
yoxud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena)
deb   a’zolarimizni,   kiyimlarimizni,   asboblarimizni   pok   va   toza   tutmoqni   aytilur.
Poklik zehn  va idrokingni  keng va  o’tkir  qilur. Xalq orasida  e’tibor  va shuhratga
sabab   bo’lur.   Poklik   ila   har   xil   kasalliklardan   qutulib,   jonimizning   qadrin   bilan
bo’lurmiz.   Pok   bo’lmok   salomatimiz,   saodatimiz   uchun   eng   kerakli   narsadur.
Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib
yurmak   zo’r   ayb   va   gunohdir.   ...   Ifloslik   balosidan   poklik   davosi   ila   qutulmoq
kerak».   Demak,   inson   jismonan   baquvvat   va   aqlan   ziyrak   bo’lishni   istasa,   u
birinchi   navbatda   poklikka   katta   ahamiyat   berishi   lozim.   Ayni   paytda   poklik
tarbiyasi   ustuvor   bo’lgan   insonlarda   kishiga   yaxshi   yashash   uchun   zarur   bo’lgan
barcha   fazilatlarda   tarkib   topadi   hamda   axloqqa   zid   bo’lgan   nuqsonlar
yo’qoladi.Jismoniy   tarbiya   bolalarga   faqat   oilada   yoki   ta’lim   muassasalarida
ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari
o’tkaziladigan   mashg’ulotlar,   turli   musobaqalar,   tadbirlar   chog’ida   ham   samarali
tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog’lom tanda sog’ aql» degan maqolda
jismoniy   tarbiyaga   oid   ma’no   lo’nda   qilib   ifoda   etilgan.   Jismoniy   tarbiyani
bugungi   kun   talablariga   muvofiq   yuqori   darajaga   ko’tarish   o’quvchilar   o’rtasida
salbiy holatlar narkomanlik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi.
Huquqiy   tarbiya.   Huquqiy   tarbiya   o’quvchilar   o’rtasida   fuqarolik
tarbiyasini   tashkil   etishda   o’ziga   xos   o’rin   tutadi.   1993   yil   mart   oyida   e’lon
qilingan   "Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar   Konsepsiyasi"da   qayd
etilganidek:   "Huquqiy   tarbiyaning   asosiy   maqsad   va   vazifalari   Konstitusiyani,
davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy,
nafaqa,   sud   ishlarini   yuritish   va   boshqarish   huquqlarining   ma’nosini
tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga so’zsiz   rioya   etish,   adliyaviy   bilimlarni   egallashga   ehtiyoj   sezish,   tartib   va
intizomni   buzuvchilarga   nisbatan   murosasizlik   ruhida   tarbiyalash,   xalqaro
huquqning   ahamiyatga   molik   masalalari,   xalqaro   tashkilotlar   (BMT,   Xavfsizlik
Kengashi   va   hokazo)   faoliyati   haqida   o’quvchilarning   umumiy   tasavvurlarini
shakllantirishdan iboratdir 1.
1.
1997   yil   29   avgustda   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisining   IX
sessiyasida   qabul   qilingan   "Jamiyatda   huquqiy   madaniyatni   yuksaltirish   Milliy
dasturi"   g’oyalari   jamiyat   va   shaxs   huquqiy   madaniyatini   shakllantirish   va   uni
rivojlantirish borasida qimmatli nazariy asos bo’lib xizmat qiladi.
Huquqiy   ta’lim   va   tarbiya   o’zaro   bog’liqlik,   uzviylik,   aloqadorlik   hamda
dialektik   xarakterga   ega   bo’lib,   shaxs   huquqiy   madaniyatini   shakllantirish   garovi
hisoblanadi.   Zero,   huquqiy   ta’lim   o’quvchilarga   huquqiy   me’yorlar,   qonunlar
hamda ijtimoiy-huquqiy munosabatlar mohiyati to’g’risida tizimlashgan bilimlarni
berish,   ularda   huquqiy   bilimlarni   egallashga   bo’lgan   ehtiyojni   yuzaga   keltirish,
huquqiy   ongni   shakllantirish   jarayoni   bo’lib,   u   izchil,   uzluksiz,   tizimli   tarzda
tashkil etilishi lozim. 
Huquqiy   tarbiya   shaxs   tomonidan   o’zlashtirilgan   nazariy-huquqiy   bilimlar
negizida huquqiy faoliyatni tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarni hosil
qilish,   unda   ijobiy   mazmundagi   huquqiy   sifatlarni   qaror   toptirish   va   huquqiy
madaniyatni   shakllantirishga   yo’naltirilgan   pedagogik   jarayon   hisoblanadi.   Shaxs
huquqiy   madaniyatini   shakllantirish   huquqiy   ta’lim   va   tarbiya   jarayoning   muhim
bosqichidir.
Huquqiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   quyidagi   vazifalar   hal   etiladi:   -
o’quvchilarga   huquqiy   me’yorlar,   qonunlar   va   ijtimoiy-huquqiy   munosabatlar
mohiyati   hamda   ularning   ijtimoiy   hayotdagi   ahamiyati   to’g’risida   ma’lumotlar
berish;
-   o’quvchilarda   huquqiy   bilimlarni   egallashga   bo’lgan   ehtiyojni   yuzaga
keltirish, huquqiy ongni qaror toptirishga erishish;
1. 1
  Sinfdan   va   maktabdan   tashqari   tarbiyaviy   ishlar   Konsepsiyasi.   –
Ma’rifat g., 1993, 3 mart.   -   o’quvchilarda   huquqiy   faoliyatni   tashkil   etish   borasidagi   ko’nikma   va
malakalarni hosil qilish;
-   ularda   ijobiy   mazmundagi   huquqiy   sifatlar   (huquqiy   tasavvur,   huquqiy
idrok, huquqiy tafakkur, huquqiy savodxonlik, huquqiy mas’ullik, huquqiy faollik,
huquqiy e’tiqod va huquqiy salohiyat)ning qaror topishini ta’minlash;
- o’quvchilar huquqiy madaniyati (huquqiy me’yorlar, qonunlarning ijtimoiy
hayotdagi   ahamiyatini   to’g’ri   baholash,   harakat   va   harakatsizlikning   qonuniy
bo’lishiga   erishish,   davlat   Konstitutsiyasi   va   ramzlarini,   shuningdek,   fuqarolik
huquq   va   burchlarini   hurmat   qilish,   yuridik   xizmatlarga   nisbatan   ehtiyojni   qaror
toptirish,   har   qanday   ko’rinishdagi   huquqbuzarliklarga   qarshi   murosasiz   kurashni
tashkil etish)ni shakllantirish.
Huquqiy madaniyat   – shaxs tomonidan huquqiy bilimlarning o’zlashtirilishi
hamda   huquqiy   faoliyatni   tashkil   etish   darajasining   sifat   ko’rsatkichi.   Shaxs
huquqiy madaniyatini shakllantirish quyidagi shartlar asosida amalga oshiriladi:
- keng ko’lamli ijtimoiy – huquqiy axborotli muhitning mavjudligi;
- shaxs huquqiy ongini shakllantirish;
- shaxs huquqiy faoliyatini yo’lga qo’yish.
Pedagogik   jarayonda   huquqiy   ta’lim-tarbiyaning   samaradorligini   hisobga
olish   maqsadga   muvofiqdir.   O’quvchilarning   huquqiy   jihatdan   tarbiyalanganligi
quyidagi holatlar bilan o’lchanadi:
-o’quvchilar   tomonidan   "O’zbekiston   davlat   va   huquqi   asoslari",
"Konstitusiyaviy   huquq"   kabi   o’quv   fanlarining   o’zlashtirilish   darajasi,   ya’ni,
huquqiy bilimlarning muayyan darajasi;
-   ularning   umumjamiyat   axloqiy-huquqiy   me’yorlariga   amal   qilishlari
hamda   maktab   va   boshqa   o’quv   yurtlari   ichki   tartib-qoidalari,   shuningdek,
o’quvchilar   qoidalariga   rioya   qilishlari,   tartib-intizomni   buzish   hollarining
kamayganligi,   o’z-o’zini   nazorat   qilish,   xatti-harakatlari   mohiyatini   ongli   tahlil
etish qobiliyatiga ega ekanliklari – huquqiy ongning muayyan darajasi;
-   ijtimoiy-huquqiy   faolliklari   (o’quvchilar   o’z-o’zini   boshqaruv   organlari,
yoshlar   uyushmalari,   tabiatni   muhofaza   qilish,   shuningdek,   jamoat   tashkilotlari hamda   huquq-tartibotni   himoya   qiluvchi   tashkilotlar   faoliyatini   uyushtirishdagi
ishtiroklari) – amaliy-huquqiy faoliyat ko’lami.
O’quvchilardagi   qiziqishni   inobatga   olgan   holda   huquqiy   mazmundagi,
xususan,   "Biznes   faoliyatini   tashkil   etishning   huquqiy   asoslari",   "Maishiy   xizmat
turlaridan   foydalanishning   huquqiy   mohiyati",   "Oldi-sotdi   munosabatlarining
huquqiy-axloqiy   negizlari",   "Yoshlar   jinoyatchiligi   va   uning   oqibatlari",   "XXI
asrga   narkotiklarsiz   qadam   tashla!",   "Sening   huquq   va   burchlaring",   "Yoshlar
ijtimoiy   mehnatini   tashkil   etish   shartlari”,   “Nikoh-muqaddas   bitim”,   “Tabiatni
muhofaza qilishning huquqiy asoslari”, “Terrorizm – mudhish jinoyat”, “Qonuniy
harakat   va   harakatsizlik   nima?”   kabi   mavzularda   ma’ruza   va   seminarlar   tashkil
etish, mustaqil ravishda huquqiy bilimlarni o’zlashtirish maqsadida ularni huquqiy
adabiyotlar  bilan  ishlashga  o’rgatish,  jinoiy  xatti-harakatlar  va  ularning oqibatlari
xususida   davra   suhbati,   huquqni   muhofaza   qilish   organlari   xodimlari   bilan
uchrashuv   va   konferensiyalar   o’tkazish,   shuningdek,   huquqiy   mavzudagi
kinofilmlar namoyish etish g’oyat muhim.
Shaxsda   huquqiy   sifatlarni   qaror   topishi   uning   ijtimoiy   –   huquqiy
munosabatlar  jarayonidagi   ishtiroki   darajasi  va  sifatiga  bog’liq.  Doimiy  ravishda,
maqsadli   tarzda   huquqiy   munosabatlarga   kirishish   shaxsda   huquqiy   madaniyat
unsurlarining   shakllanishiga   olib   keladi.   Shu   bois   jamiyat   mafkurasi,   ijtimoiy
tuzumda qaror topgan huquqiy munosabatlar mazmuni, uning g’oyalari o’quvchilar
huquqiy madaniyatini shakllantirishda yetakchi o’rin tutadi.
Huquqiy   tarbiyani   tashkil   etish   davrida   o’quvchilar   faoliyati   mazmunini
tahlil etish, ularda o’z faoliyatlariga nisbatan tanqidiy yondoshuvni qaror toptirish,
shuningdek, o’z faoliyatlarini real baholashga o’rgatib borish talab etiladi.
O’quvchilar   “O’zbekiston   davlat   va   huquqi   asoslari”,   “Konstitusiyaviy
huquq”   o’quv   predmetlari   asoslarini   o’rganish   jarayonida   O’zbekiston
Respublikasi   Konstitusiyasi,   fuqarolik   jamiyati   asoslari,   milliy   davlat   tuzilishi,
davlat   organlari   tizimi,   vakillik   hokimiyati   organlari,   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti,   Respublika   Vazirlar   Mahkamasi,   vazirliklar   va   davlat   qo’mitalari,
mahalliy   boshqaruv   organlari,   fuqarolarining   o’zini   o’zi   boshqarish   organlari, Qoraqalpog’iston   Respublikasi   Vazirlar   Kengashi   kabi   organlar   faoliyatini
o’rganish,   shuningdek,   O’zbekiston   Respublikasi   ichki   va   tashqi   siyosati
mohiyatini   o’zlashtirish,   xalqaro   huquqiy   munosabatlarni   yo’lga   qo’yilishi   tartibi
bilan tanishib borar ekanlar, ayni vaqtda ularda nafaqat huquqiy ong balki siyosiy
ong ham shakllanadi. Zero, jamiyat tizimi, uning amal qilishi  uchun asos bo’lgan
g’oya va qarashlar o’z navbatida huquqiy g’oya va qarashlarning vujudga kelishini
ta’minlaydi.
R.Mahmudov   huquqiy   madaniyatning   asosini   tashkil   etuvchi   qismlar
moddiy,   ma’naviy,   huquqiy,   axloqiy,   estetik   va   boshqa   mafkuraviy   omillardan
iborat   ekanligini,   demakki,   moddiy   hamda   ma’naviy   xususiyatga   ega   bo’lgan
asosiy,   bir-biriga   muvofiq   qismlarni   ajratib   ko’rsatadi.   Huquqshunos   olimlar
Sh.O’razayev,   M.Qoriyevlar   esa   huquqiy   madaniyat   huquqiy   bilimlarni   egallash,
huquqiy me’yorlarning amaliyotda o’z isbotini topishi hamda boshqa mualliflardan
farqli   ravishda   huquqning   obro’si   va   qonunning   ijtimoiy   hayotdagi   o’rni   bilan
belgilanishini   qayd   etib   o’tadilar:   “ Huquqiy   madaniyat   tushunchasi   –   huquqning
rivojlanish darajasi, aholining huquq haqidagi tushunchasi, qonunchilikning ahvoli,
huquqning obro’si va shu singari unsurlardan tashkil topadi" 1
. 
A.F.Nikitin   esa   shaxs   huquqiy   madaniyati   tarkibini   tushunishga   o’ziga   xos
tarzda yondashadi hamda shaxs huquqiy madaniyatini murakkab psixologik hodisa
deb baholaydi. U. chunonchi, uning tarkibiy qismlarini: huquqiy bilimlar va ularni
amaliyotda   qo’llay   olish   ko’nikmasi;   qonunga   nisbatan   shaxs   munosabati   va
nihoyat   shaxsning   huquqiy   mazmunga   ega   bo’lgan   vaziyatlardagi   faoliyatidan
iborat"deb ta’kidlaydi 2
. 
Demak, shaxs huquqiy madaniyati negizida quyidagilar aks etadi:
1) huquq va huquqiy tizim borasida yetarli ma’lumotga ega bo’lish, huquqiy
bilim asoslarini o’rganish, ularni o’rganishga bo’lgan ehtiyoj va qiziqishning hosil
bo’lishi, egallangan nazariy-huquqiy bilimlarni amaliyotga tadbiq etish borasidagi
ko’nikmani shakllantirish hamda malakaga ega bo’lish;
1
2 2)  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy, madaniy  munosabatlarni  uyushtirish chog’ida
o’z   faoliyati   timsolida   huquqiy   madaniyat   unsurlarini   namoyon   etish,   ijtimoiy-
siyosiy hamda huquqiy faollikni yuzaga keltira olishda ko’rinadi.
Shaxs huquqiy madaniyatini quyidagi ikki asosiy qismga ajratish mumkin;
1) huquqiy ong;
2) huquqiy faoliyat.
Huquqiy   ong   –   ijtimoiy   ong   shakllaridan   biri   bo’lib,   u   jamiyat
taraqqiyotning   ma’lum   bosqichida   –   davlat,   mulk   va   mulkiy   munosabatlarning
paydo   bo’lishi,   aholining   keskin   sur’atda   tabaqalashuvi,   huquq,   huquqiy
munosabatlar   tushunchalarining   paydo   bo’lish   jarayonida   ularga   yondosh
tushuncha   sifatida   qo’llanilgan   hamda   ijtimoiy-huquqiy   munosabatlarni   tashkil
etish chog’ida ko’zga tashlanadi.
Huquqiy ong   muayyan jamiyatning moddiy hayot tarzi bilan belgilanadigan
tasavvur,   idrok,   tafakkur   va   e’tiqodlar   tizimi   bo’lib,   ijtimoiy-psixologik   hodisa
sifatida murakkab tuzilishga ega.
Huquqiy   faoliyat   huquqiy   me’yorlar,   qonunlar   talablariga   nisbatan   ongli
yondashish,   ularga   qat’iy   va   og’ishmay   amal   qilish,   qonunlarni   hurmat   qilish,
ularni   shaxs   erkini   himoya   qilish   kafolati   sifatida   e’tirof   etish,   huquqiy
munosabatlar   jarayonidagi   faol   ishtirokni   tashkil   etishga   yo’naltirilgan   amaliy
xatti–harakatlar majmui.
Shaxs huquqiy madaniyatining muhim tarkibiy qismlari sifatida quyidagilar
e’tirof   etiladi:   huquqiy   tasavvur,   huquqiy   idrok,   huquqiy   savodxonlik,   huquqiy
tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat. 
Adabiyotlar: 1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
– Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa konserni, 1997. 
2. Avloniy, Abdulla. Turkiy guliston yoxud axloq. – Toshkent, O’qituvchi,
1992.
3. Pedagogika.A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent,
O’qituvchi, 1996.
4. Podlasy   I.P.   Pedagogika   .Novy   kurs.   Kn.   2.   Protsess   vospitaniya.   –
Moskva, VLADOS, 1999.

JISMONIY TARBIY A . HU QUQIY TARBIYA. R E J A : 1. Jismoniy tarbiya haqida tushuncha . 2. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat. 3. Huquqiy tarbiya ning mazmuni, shakl va metodlari.

Jismoniy tarbiya haqida tushuncha . Jismoniy tarbiya o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon bo’lib, ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Yoshlarni sog’lom bo’lib voyaga yetishlarini ta’minlash masalasi xalq pedagogikasi, og’zaki ijodi hamda mutafakkirlar asarlarining bosh g’oyalaridan biri bo’lib kelgan. Jumladan, «Alpomish», «Go’ro’g’li» kabi dostonlarda ham o’z ifodasini topgan. «Alpomish» dostonida Hakimbek (Alpomish)ning jismoniy mashq qilishi, tabiat qo’ynida voyaga yetganligi, uning alpligi quyidagicha tasvirlanadi: «Alpinboyning bobosidan qolgan o’n to’rt botmon birinchdan bo’lgan parli yoyi bor edi. Shunda yetti yashar bola Hakimbek shul o’n to’rt botmon yoyni qo’lga ushlab ko’tarib tortdi, tortib qo’yib yubordi. Yoyning o’qi yashinday bo’lib ketdi. Asqar tog’ining katta cho’qqilarini yulib ketdi, ovozasi olamga yoyildi. Shunda barcha xaloyiq yig’ilib kelib aytdi: «Dunyoda bir kam to’qson alp o’tdi, alplarning boshlig’i Rustami doston, oxiri bu Alpomish alp bo’lsin». Abu Ali ibn Sino ham insonga xos bo’lgan ijobiy fazilatlaridan sanab o’tar ekan, quyidagilarga alohida urg’u beradi: 1. Jasurlik – biror ishni bajarishda kishining jasurligi, chidamliligi, inson boshiga tushgan yomonlikni to’xtatib turuvchi quvvat. 2. Aqllilik – biror ishni bajarishda shoshma-shosharlik qilishdan saqlovchi quvvat. 3. Ziyraklik – sezgi bergan narsalarning haqiqiy ma’nosini tezlik bilan tushuntirishga yordam beruvchi quvvat. Alisher Naoiy «Farhod va Shirin» dostonida Farhodning jismoniy qobiliyatlarini alohida ko’rsatib o’tadi. Dostonda ta’riflanishicha, Farhod aqliy kamolotga erishish bilangina cheklanib qolmay, jismoniy va harbiy mashqlar yordamida chiniqadi. Suvda suzish, chavandozlik, qilichbozlik va boshqalar uning kundalik mashg’ulotiga aylangan. Farhod, mutafakkirning fikriga ko’ra, 10 nafar 20 yoshli yigitning quvvatiga ega bo’lgan.

Abdulla Avloniyning fikricha, sog’lom fikr, yaxshi axloq va ilm-ma’rifatga ega bo’lmoq uchun badan tarbiya bilan shug’ullanishi zarur: «Badanning salomat va quvvatli bo’lmog’i insonga eng kerakli narsadir. Chunku o’qimoq, o’qitmoq, o’rganmoq va o’rgatmoq uchun insonga kuchli, kasalsiz vujud lozim. Sog’ badanga ega bo’lmagan insonlar amallarida, ishlarida kamchilikka yo’l qo’yurlar. ... Badan tarbiyasini fikr tarbiyasiga ham yordami bordur. Jism ila ruh ikkisi bir choponning o’ng ila tersi kabidur. Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponni ustini qo’yib astarini yuvib ovora bo’lmak kabidirki, har vaqt ustidagi kiri ichiga uradur. Fikr tarbiyasi uchun mehnat va sog’lom bir vujud kerakdur». Jismoniy tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi. Sport har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish kuch-quvvatini saqlab turishning ajoyib vositasidir. Sport dam olish bilan mehnatni almashtirib turish manbai bo’lib xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida sport, shu jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur yo’nalish davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilib, ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Chunonchi, yoshlarni jismoniy tarbiyalashning kompleks dasturi ishlab chiqildi. «Sog’lom avlod dasturi» yoshlarning salomatligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur dastur talablariga muvofiq respublika miqyosida quyidagi uch bosqichli sport musobaqalarining o’tkazilishi yo’lga qo’yildi: 1. Umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilar o’rtasidagi «Umid nihollari» bellashuvi. 2. O’rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari o’rtasidagi «Barkamol avlod» bellashuvi. 3. Oliy o’quv yurtlarida tahsil olayotgan talabalar o’rtasidagi «Universiada» bellashuvi.

Shuningdek, sportning turli yo’nalishlari bo’yicha joylarda ommaviy sport bayramlari, musobaqalarning tashkil etilishi ommaviy tus oldi. Yangi turdagi o’quv muassasalarda ham o’quvchilar o’rtasida jismoniy tarbiyani samarali tashkil etilishiga e’tibor qaratilmoqda. Jismoniy tarbiya mazmuni o’quvchilarning harbiy chaqiriqqacha tayyorgarligiga erishish bilan uzviy bog’liqdir. Maktabdan tashqari sharoitlarda jismoniy tarbiyani tashkil etuvchi muassasalarning soni ortib bormoqda. Bugungi kunda yoshlar o’rtasida sportning futbol, shaxmat, suvda suzish, tennis, boks, karate, ushu va taekvando kabi turlari tobora ommalashib bormoqda. Respublikada sportning ommalashuvi turli yo’nalishlarda xalqaro maydonlarda mamlakat sharafini himoya qiluvchi sportchilar sonining o’sishiga imkon berdi. Bugungi kunda sportchilarimiz orasida olimpiada chempionlari yetishib chiqmoqda. O’quvchilarga olimpiada sovrindorlari hamda xalqaro musobaqalarning g’oliblari bo’lgan M.Abdullayev, L.Cheryazova, A.Grigoryan, R.Chagayev, B.Sultonov, O’.Haydarov, A.Doktorashvili, A.Taymazovlar haqida hikoya qilib berish, ularning ishlarini davom ettirishga rag’batlantirish o’zining samarali natijalarini beradi. O’quvchilarning jismoniy madaniyatga ega bo’lishlari jismoniy tarbiya samaradorligini belgilovchi muhim omil sanaladi. Shuningdek, jismoniy madaniyat inson va jamiyat umumiy madaniyatining ham ajralmas qismidir. Jismoniy madaniyat mazmunida quyidagilar aks etadi: 1. Inson a’zolarining funksional kamoloti. Ichki a’zolar, nerv va harakat, suyak-muskul tizimi, tana uyg’unligi va ularning funksional faoliyatini boshqarish layoqatiga egalik. 2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash. 3. Ularni gigiyena qoidalariga amal qilishga ko’niktirish. 4. O’quvchilar mohirligini har tomonlama o’stirish. 5. Bo’lajak kasb-hunar egalarining jismoniy va fiziologik sifatlarini kasbiy nuqtai nazardan shakllantirish, ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish.

6. O’quvchilarning jinsiy jihatdan to’g’ri kamolga yetishlari uchun sharoit yaratish. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o’quvchilarni gigiyena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so’zsiz amal qilish ko’nikmalariga ega bo’lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla Avloniy o’zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiyena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o’tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuhratga sabab bo’lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo’lurmiz. Pok bo’lmok salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog’ini chiqarib yurmak zo’r ayb va gunohdir. ... Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak». Demak, inson jismonan baquvvat va aqlan ziyrak bo’lishni istasa, u birinchi navbatda poklikka katta ahamiyat berishi lozim. Ayni paytda poklik tarbiyasi ustuvor bo’lgan insonlarda kishiga yaxshi yashash uchun zarur bo’lgan barcha fazilatlarda tarkib topadi hamda axloqqa zid bo’lgan nuqsonlar yo’qoladi.Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o’tkaziladigan mashg’ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog’ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog’lom tanda sog’ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo’nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko’tarish o’quvchilar o’rtasida salbiy holatlar narkomanlik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi. Huquqiy tarbiya. Huquqiy tarbiya o’quvchilar o’rtasida fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda o’ziga xos o’rin tutadi. 1993 yil mart oyida e’lon qilingan "Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar Konsepsiyasi"da qayd etilganidek: "Huquqiy tarbiyaning asosiy maqsad va vazifalari Konstitusiyani, davlat haqidagi ta’limotni, chunonchi, fuqarolik, oila, mehnat, xo’jalik, ma’muriy, nafaqa, sud ishlarini yuritish va boshqarish huquqlarining ma’nosini tushuntirishdan, bolalarni davlat qonunlarini yuksak darajada hurmat qilish, ularga