Tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayonning mohiyati va mazmuni, tarbiya prinsiplari. Tarbiya metodlari va turlari
Mavzu: Tarbiya nazariyasi, tarbiya jarayonning mohiyati va mazmuni, tarbiya prinsiplari. Tarbiya metodlari va turlari REJA: 1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari. 2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari. 3. T arbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli. Ijtim о iy t а rbiyaning а s о siy v а zif а l а ri 4. T arbiya qoidalari va ularning mohiyati . Tarbiya usul(metod)lari haqida tushuncha. 5. Ijtimoiy ongni shakllantirish usul (metod)lari. 6. Faoliyat jarayonida ijtimoiy xulq tajribalarini shakllantirish usul (metod) lari. 7. O’z - o’zini tarbiyalash usul(metod)lari. 8. Rag’batlantirish va jazolash usul(metod)lari.
Talabalar kichik guruhlarga bo ’ linib , « Tarbiya » yoki « Tarbiyaning tarkibiy qismlari » mavzusiga oid klaster tuzishadi .( Klaster tuzish qoidalari yuqoridagi mavzularda keltirilgan . 37- bet ) Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin : Aqliy tarbiya : bilim , ilm , malaka , ko ’ nikma ; aql , ong , fahm ; Axloqiy tarbiya : axloq , odob , xulq , yaxshilik , adolat , insof , diyonat , sharm , hayo , vatanparvarlik va boshq .; Mehnat tarbiyasi : faollik , ishchanlik , tadbirkorlik , ishbilarmonlik ; aqliy ish , jismoniy mehnat , foyda , maosh ; Jismoniy tarbiya : chiniqish, sport, o’yinlar; sog’lom tan; Estetik tarbiya: go’zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik; Ekologik tarbiya : tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o’rmonlar; Iqtisodiy tarbiya : tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik; Huquqiy tarbiya : fuqaro, tenglik, to’g’rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch. (Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.) Tarbiya nazariyasi nimalarni o’rganadi? degan savolga javob qidirsak. T а rbiya n а z а riyasi p е d а g о gik а f а nining muhim t а rkibiy qismi bo`lib, t а rbiyaviy j а r а yonning m а zmuni, sh а kl, m е t о d, v о sit а v а usull а ri h а md а uni t а shkil etish mu а mm о l а rini o`rg а n а di. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi. Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko’rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug’atida birinchi bor tarbiya so’zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov. O’tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: « Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda
o’qituvchining o’quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o’zaro amaliy va nazariy muloqatidir». « Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko’rsatish jarayonidir». Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O’zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Tarbiya jarayoni deganda nimani tushunamiz? Tarbiya jarayonining mohiyati shu jarayon uchun xarakterli bo’lgan va muayyan qonuniyatlarda namoyon bo’ladigan ichki aloqa va munosabatlarni aks ettiradi. Tarbiya jarayoni shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtiriladi va tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkoniyatini beradi. Tarbiya jarayoni o’zaro bog’liq ikki faoliyatni - o’qituvchi va o’quvchi faoliyatini o’z ichiga oladi. Tarbiya jarayonida o’quvchining ongi shakllana boradi, his-tuyg’ulari va turli qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik xislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi. Tarbiya jarayonida o’quvchida jamiyatning shaxsga qo’yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlar hosil qilinadi. Bunga erishish uchun o’quvchining ongiga (ta’lim jarayonida) , hissiyotiga (darsda va turli sinfdan tashqari ishlarda), irodasiga (faoliyatni uyushtirish, xulqni idora qilish jarayonida) tizimli va muntazam ta’sir etib boriladi.Tarbiyalash jarayonida bulardan birortasi (ongi, hissiyoti, irodasi) e’tibordan chetta qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi.
Biror bir maqsadga qaratilgan tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi va tartibga solinadi. A) O’quvchining qaysi xislatini shakllantirish yoki yo’qotish maqsadida rejalashtiriladi. B) Shu hislatlarni tarbiyalash yoki yo’qotish uchun xizmat qiluvchi manbalar izlab topiladi. V) Belgilangan maqsad uchun xizmat qiladigan nazariy va amaliy manbalarni qaysisini va qayerda ishlatish rejalashtiriladi. Bunday rejaga solinib olib borilgan tarbiya mohiyatini ta’lim - tarbiya tizimi jamiyat va insonlarning intellektual va jismoniy faoliyati tashkil qiladi. Tarbiya jarayoni qanday xususiyatlarga ega , u ta’limdan nimalari bilan farq qiladi? Tarbiya jarayonining xususiyatlari Ko’p qir-rali jarayon uzoq muddat davom etadi yaxlit holda va konsen- trik asosda amalga oshadi Ikki tomonlama xususiyat , bolaning faolligi Qarama-qarshi- liklar ko’pligi 2-17.chizma Tarbiyaning birinchi xususiyati uning ko’p qirrali jarayon ekanligi bo’lib unda maktab, oila, bolalar va o’smirlar tashkilotlari, mahalla, keng jamoatchilik, kino- teatr, televideniye, adabiyot va san’at ishtirok etadi. T arbiyaning yana bir xususiyati uning uzoq muddat davom etishidir . T a ’ limdan farqli ravishda u bola tug ’ ilganidan boshlanadi , maktab yillarida , undan keyin va butun umr bo ’ yi davom etadi . T arbiyaning ta ’ limdan farqlantiruvchi yana bir xususiyati shundaki , u yaxlit holda va konsentrik asosda amalga oshiriladi . T arbiyaning turli tomonlari bir - biri bilan uzviy bog ’ langan . Boshlang ’ ich sinfda ham , o ’ rta va yuqori sinfda ham ayni
bir narsa , masalan , do ’ stlik , ahillik , vatanparvarlik va boshqalarni tarbiyalash ko ’ zda tutiladi . T arbiyaning yana bir xususiyati shundaki , bu jarayon ikki tomonlama xususiyatga ega bo ’ lib , unda bolaning o ’ zi ham faol ishtirok etadi . T arbiyada qarama - qarshiliklarning ko ’ pligi yana bir xususiyatdir . Bu qarama - qarshiliklar bolalarda o ’ z tushunchalariga muvofiq dastlabki paydo bo ’ lgan sifatlar bilan tarbiyachi tomonidan tarkib toptirilayotgan sifatlar o ’ rtasida o ’ quvchilarga qo ’ yilgan talablar bilan uni bajarish imkoniyatlari o ’ rtasidagi kurashlarda namoyon bo ’ ladi . T arbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli . Ijtim о iy t а rbiyaning а s о siy v а zif а l а ri. Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining qanday o ’ rni bor ? T arbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir . Mutafakkir olim Abu Nosir Forobiy ta ’ lim - tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi . Jamiyat taraqqiyotida muhim o ’ rin egallagan insonni tarbiyalash , uni bilim olishga , mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko ’ nikmaga aylantirib borish lozim . Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi . Aql ongni saqlaydi . Ong esa moddiy va ma ’ naviy manbaga aylanadi . Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib , komillikka erishib boradi . ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas ’ uliyat , sharafli mehnat va qunt , irodani talab etadi . Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e ’ tiborga olishi zarur . T arbiyaning samarali bo ’ lishi nimalarga bog ’ liq ? Ma ’ naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi , atrofdagi , jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o ’ rin egallaydi . Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi , ma ’ naviyati , bilimi , tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir .