logo

Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

79.1328125 KB
Mavzu:   Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari.
Reja
1.Nasl- nasabning ijobiy va salbiy ta’siri haqida ma’lumotlarni kengaytirish.
2. Bolaning   rivojlanishida   nasl   –   nasabning   ahamiyati     haqidagi   bilimlarini
chuqurlashtirish
3. Natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o’rgatish.
4.  Ijtimoiy pedagogikaning   fan    sifatidagi rivoji 
  Mamlakatimiz   mustaqillikka   erishgach   milliy   tarbiya   va   ta’lim   sohasida
keng   qamrovli   islohotlarni   amalga   oshirish   uchun   zamin   yaratdi.   Zotan,
mustaqillik   fikr-mulohazalarda   ozod,   o’z   haq-huquqini   yaxshi   taniydigan,
izlanuvchan,   zamonaviy   bilimga   ega,   Vatanga,   ona   zaminimizga   sadoqatli,
boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi
va   aqliga   ishonib   yashaydigan,   o’z   shaxsiy   manfaatlarini   xalq,   Vatan   manfaatlari
bilan uyg’un holda ko’radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi. 
Respublikamiz   Sobiq   Ittifoq   tarkibida   davrida   uning   ta’lim   tizimi
markazlashtirilgan,   milliy   mintaliteti   e’tiborga   olinmagan,   o’ta   mafkuralashgan,
zarur   kasbiy   yo’naltirishga   e’tibor   berilmagan   edi.   Mustaqillikning   ilk
kunlaridanoq   mavjud   ta’lim   sohasidagi   ijobiy   natijalarni   saqlab   qolish   va
o’tmishdan   qolgan   merosning   salbiy   jihatlarini   hamda   o’tish   davri   bilan   bog’liq
qiyinchiliklarni  bartaraf  etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida jiddiy choralar
ko’rish   zarur   edi.   SHu   nuqtai   nazardan   muhtaram   Prezidentimiz   ta’lim-tarbiya
masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qat’iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab
talim   va   tarbiya   masalalariga   bog’liq   ekanligini   ham   ilmiy-nazariy,   ham   amaliy
jihatdan asoslab berdi.
Mamlakatimizning   birinchi     rahbari   Islom   Karimov   yosh   avlod   ta’lim-
tarbiyasi   haqida   davlatning   bosh   islohatchilik   roli   to’g’risida   to’xtalar   ekan,
“Bizning   asosiy   boyligimiz,   rivojlangan   davlat   tuzishga   olib   boradigan
yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir.  YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli
insondir.   Bu   narsa   ayniqsa   yosh   avlodga   tegishli.   Kelajagi   buyuk   davlat,   eng
birinchi   navbatda,   bo’lajak   fuqarolarining   madaniyati,   ma’lumoti   va   ma’naviyati
haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur” ekanligini qayd etad.
Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub o’zgarishlar. O’tish
davri va taraqqiyot bosqichlari.
Jamiyat   rivojlanishi   to’g’risidagi   yangicha   ilmiy-nazariy   g’oyalarning   o’zgarishi
ijtimoiy hayot sohalarini tubdan o’zgartirish bilan bog’liq. Bu I.Karimov asarlarida
O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishi “” hamda “o’zimizga
xos   va   mos   taraqqiyot   yo’lidan   boramiz”   va   “o’z   kelajagimizni   o’z   qo’limiz bilan quramiz” g’oyasi va maqsadlari orqali aniq ifodasini topadi . Va jamiyat
rivojlanishi   buning   uchun  muayyan   o’tish   davri   va  taraqqiyot   bosqichlarini   bosib
o’tish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi. Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub
o’zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g’oyaviy
asoslarini tubdan o’zgartirish va yangicha asosga (negizga) o’tkazilishini anglatadi.
Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan o’zgardi. Uning
huquqiy   asosini   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasida   ko’ramiz.   Unga
ko’ra “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va
fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi
sifatida o’rnatilishi mumkin emas”. 
Siyosiy sohadagi tub o’zgarishlar: 
  Mustabid sovet davri tizimidan voz kechildi; 
  Prezidentlik instituti joriy etildi; 
  Siyosiy institutlar xilma-xilligiga asoslangan demokratik siyosiy tizimga o’tildi.
Bunda davlat bosh islohotchi sifatida e’tirof etildi. 
  “Inson-jamiyat-davlat” munosabati qaror topdi. 
  Ko’ppartiyaviylik tizimi shakllandi.  Jamiyat hayoti
sohalaridagi tub
o’zgarishlarSiyosiy sohadagi
tub o’zgarishlar Jamiyat iqtisodiy
negizining tubdan
o’zgarishi
Milliy ma`naviy
tiklanish
Jamiyat hayoti
asosini tub
o’zgarishlar      Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o’zgarishlar: 
   Kommunistik   g’oya   aqidalaridan   voz   kechildi.   Milliy   g’oya:   asosiy
tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi; 
  Milliy g’oya negizlariga tayangan holda O’zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning
o’ziga xos xususiyatlari asoslab berildi; 
   Jamiyat   rivojlanishida   milliy   madaniy   meros   hamda   umuminsoniy   qadriyatlar,
demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi; 
  Jamiyat rivojida manaviy va moddiy hamda uyg’unligi oshadi; 
Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o’zgarishlar:
  Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga o’tildi; 
  Xususiy mulk tan olindi; 
   Barcha   mulk   shakllari   teng   ekanligi   e’tirof   etildi,   uning   huquqiy   asoslari
yaratildi. 
O’zbekistonda   jamiyat   hayoti   sohalarida   amalga   oshrilgan   tub   islohotlar
natijasida o’tgan yillarda muhim yutuqlarga erishildi
SHuni   ta’kidlash   kerakki,   I.Karimov   asarlarida   jamiyat   rivojlanishi   bosqichlari
quyidagicha asoslab berilgan. 
1. 1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi 
2. 1991-2000 yillar - O’tish davri bosqichi 
3. 2000-2007 yillar - Modernizatsiyalash 
4.  2007   yildan  hozirgacha   -   Mamlakatda   demokrtaik   islohotlarni   chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi 
Bu bosqichlar jamiyat rivojlanishida o’ziga xos ma’no-mazmunga ega. 
O’tgan yigirma besh yil davomida O’zbekiston  demokratik, huquqiy davlat
va   fuqarolik   jamiyatini   qurish   yo’lida   shunday   masofani   bosib   o’tdiki,   boshqa
mamlakatlar   bunga   o’n   yilliklar   va   asrlar   mobaynida   erishgan   bo’lar   edilar.     Bu
katta   o’zgarishlar   xalqimizning   o’ziga   xos   xususiyatlari   va   milliy   an’analarini
hisobga   olgan   holda,   islohotlarning     bosqichma-bosqich   usuli   bilan   va   ijtimoiy
mojarolarsiz,   keskin   larzalarsiz   jahon   moliyaviy-iqtisodiy   inqirozini   O’zbekiston sharoitida   iqtisodiyotga   jiddiy   ta’sirini   kamaytirish   mumkin   bo’lgan   bo’lgan
yo’llarini   izlash   masalalari   naqadar   teran   hal   qilinayotganligini   O’zbekiston
Respublikasining   Prezidenti   SH.Mirziyoevning   ko’plab   ma’ruzalarida   berilgan
takliflari hamda nazariy va  tahliliy qarashlarida ko’rishimiz mumkin. 
Bugungi   kunda   mamlakatni   yanada   rivojlantirishga   erishishi   bilan   bog’liq
voqeliklar   taraqqiyotimizni   belgilab   olish   jarayonida   davlat   tuzulmalari   va
institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni boshqarish, rivojlantirish va milliy
qadriyatlar   asosida   modernizatsiyalash   zarurligini   muhim   vazifaga   aylantridi.   Bu
esa o’z-o’zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan siyosiy-
huquqiy   asoslarni   yaratishni   takomillashtirish   va   ushbu   tizimni   ijtimoiy-falsafiy
jihatdan   tatqiq   etish   orqali   inson   manfatlarini   ta’minlashni   uning   huquq   va
erkinliklarini,   osuda   va   farovon   hayotini   himoya   qilishni,     jamiyat   boshqaruvini
modernizatsiyalash ustivor vazifa sifatida namoyon bo’lmoqda.
Jamiyat   boshqaruvini   modernizatsiyalash   doimo   muayyan   ijtimoiy
tuzumning   tabiatidan   kelib   chiqib   amalga   oshiriladi.   Demokratik-huquqiy   davlat
esa   o’z   fuqarolarining   ongli,   maqsadli   faoliyatlarini   erkin   ro’yobga   chiqarish
shaklida   namoyon   bo’lib   boradi   va   jamiyatda   yuzaga   keladigan   talab   va
ehtiyojlarning   aql   yordamida   hal   etilishi,   davlat   va   jamiyat   boshqaruvida   xalq
irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday ilg’or g’oyani
milliy   qadriyatlar   bilan   umumlashtirgan   holda   amaliy   hayotga   tadbig’
etilayotganligini   davlatimiz   rahbarining   saylovoldi   jarayoni,   jamoatchilik,
ishbilarmon doiralar vakillari  hamda davlat organlari bilan uchrashuvlari chog’ida
bildirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga doir
fikr va tavsiyalarida o’z ifodasini topgan.
SHuningdek,   asosiy qonunimizning boshidan oxirigacha inson omili, uning
haq-huqulari,   manfaatlarini   himoya   qilish   asosiy   o’rinni   egallashni   alohida
ko’rsatgan   holda   Prezidentimiz   2017   yilni   “Xalq   bilan   muloqot   va   inson
manfaatlari   yili”   deb   e’lon   qilinganligi   ezgu   maqsadlar   asosida   butun   dunyo
hamjamiyati   tomonidan   tan   olingan   taraqqiyotning   “o’zbek   modeli”   ni   amalga
oshirish   zamonaviy   davlat   barpo   etish   borasidagi   strategik   tamoyillarga asoslangan   holda,     mamlakatimizda   bundan   buyon   ham   siyosiy-iqtisodiy   va
ijtimoiy o’zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori sifatida, O’zbekiston
Respublikasi   Prezidenti   SH.Mirziyoevning   2017   yil   7   fevraldagi   Farmoni   bilan
tasdiqlangan   2017-2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivodlantirishning
beshta   ustivor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   keng   jamoatchilik
tomonidan     barqaror   taraqqiyotimizning   muhim   poydevori,   aniq   maqsad   va
vazifalarni   qamrab   olgan   hayotiy   dastur   sifatida   mamlakatimiz   rivojida,   jamiyat
boshqaruvida modernizatsilashgan siyosiy-huquqiy asos qilib belgilab berildi.
Harakatlar   strategiyasi   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohotlar
samaradorligini   tubdan   yuksaltirish,   davlat   va   jamiyatning   har   tomonlama
rivojlanishini   ta’minlash   uchun   shart-sharoit   yaratish   hamda   barcha   sohani
erkinlashtirishdan   ibortdir.   Harakatlar   strategiyasi   asosida   amalga   oshirilishi
ko’zda   tutilgan   keng   miqiyosli   chora-tadbirlar   aholi   turmush   darajasini   sifat
jihatidan   yangi   bosqichga   olib   chiqish   va   mamlakatimizda   “Inson   manfatlari   har
narsadan ustun” tamoyilini hayotga tatbiq etishga xizmat qilshi ko’rsatib o’tilgan. 
Islohotlarning   tashabbuskori   davlat   bo’lsada,   ularni   real   hayotiy   voqelikka
aylantiradigan,   ob’ektivlashtiradigan   fuqarolar,   ularning   ijtimoiy-siyosiy
faolligidir.   Umumun fuqarolarda siyosiy madaniyat  shakllanishi  davlatning ichki
va   tashqi   siyosatidan,   boshqaruv   sistemalar   faoliyatidan   ayniqsa   yangi
shakllanayotgan   demokratik   institutlar   maqsad   muddaolaridan   xabardor   bo’lish
orqali   yuzaga   keladi.   Bunday   modernizatsiyaviy   qadriyatlarni   xalq   qanday   qabul
qila   olishi,   siyosiy   tizimning   yangilanishga   moslashishini   e’tiborga   olgan   holda,
fuqarolardagi   yuksak   siyosiy   madaniy   jamiyat   boshqaruvini   modernizatsiyalash
jarayoniga   insonparvarlik,   adolatparvarlik   baxsh   etilganligi,   fuqarolarning   inson
erki tamoyillariga rioya qilishni  odatga aylantiradi. 
Jamiyat   boshqaruvini   modernizatsiyalash   jarayonida,   inson   manfaatlari
yuksak   qadriyat   sifatida   e’tirof   etilib,   davlatimiz   tomonidan   qabul   qilinayotgan
Davlat dasturi hamda Farmon va qarorlar asosida   jamiyat a’zolari ongida siyosiy
ong   va   siyosiy   madaniyatni   shakllantirish   orqali   ularda   siyosiy   immunitetni   hosil qilish,   avvalo   globallashuv   davrida   siyosat   sub’ektlarini   ichki   va   tashqi   salbiy
ta’sirlardan himoya qiladi.
  Prezidentimiz   sayi   harakatlari,   adolatli   boshqaruvi   uzoqni   o’ylab   qabul
qilinayotgan   maxsus   Farmon   va   qarorlarning   ijro   etilishning   asosiy   maqsad-
vazifalari mustaqlligimizni ko’z qorchig’iday asrash hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogika ijtimoiy zarurat sifatida.
Ijtimoiy pedagogikaning zarurligini quyidagi holatlar talab etayotgan edi: 
Birinchidan, Bugungi     kunda    ta'lim  va  tarbiya maqsadi    bilan  uning   ba'zi
natijalari   o`rtasidagi     qarama-qarshilik     sabablarini     aniqlash     va   ularni     bartaraf
etish    yo`llarini  aniqlash     zarurligi      talab    etilmoqda.  Ushbu     talab      pedagogika
olamiga     jamiyatdagi     munosabatlar   bilan     shug`ullanuvchi     sotsiologiyani     olib
kirish     zaruriyatini     uyg`otdi.     Chunki     ongli     xususiyatga     ega   bo`lgan     inson
faoliyati,     sotsiologiya     fanining     o`ziga     xos     ob'ektini     tashkil     etadi.     Har     bir
shaxsning     jamiyatdagi   o`z   o`rnini,     o`zligini   anglashi,     hayotiy-axloqiy
me'yorlarni   o`zida   mujassam   etishi   jamiyatda   shu   ma'naviy-axloqiy   sifatlarni
namoyon   etib,     ijtimoiy   hayotimiz,   zamonamiz     bilan     hamnafas     yoshlarni
tarbiyalashda     Pedagogika     va   sotsiologiya     fanlarining     hamkorligi     alohida
ahamiyat   kasb   etadi.     Vaholanki     ta'lim-tarbiyaning   o`zi     ijtimoiy   hodisa     va
pedagogik  jarayondir.
Ikkinchidan,   ba'zi     jamiyat     a'zolarining   ongidagi     ma'naviy     bo`shliqning
ijtimoiy     kelib     chiqishi     sababalrini     aniqlash,     ularni   hal     qilish     mexanizmini
yaratish     kabi     yangi     muammolarning     yechimini     topish   uchun   pedagogik     va
sotsiologik     tushunchalarning     tutashligiga     asoslangan     yangi     metodologiyani
talab  etmoqda. Inson  shaxsini  shakllantirishda  undagi  tabiiy (irsiy)  va ijtimoiy
xususiyatlarini,       uning     oliy     nerv     faoliyati     imkoniyatlarini     hisobga   olib
yondashmoq   lozim.     Inson     organizmining     biologik     va     sub'ektiv   (shaxsiy
tomonlari)   asosida   o`z-o`zini     tarbiyaga   olish,     sharoitga     moslashish,     ma'lum
ob'ektga   yo`naltirish   qonunlarini   bilish   asosida uning   tarbiyasini   tashkil etish
lozim.  Shaxs  shakllanishi  jarayonida  ichki va  tashqi  ta'sir  imkoniyatlari  o`zaro
omuxta     qilish,     tarbiya     jarayonini     yoshlar     faoliyatining     xususiyatlari, qiziqishini  anglash   kabi   muhim   xususiyatlari    asosida    shaxsning    erkinligi   va
g`ururini paymol  qilmasdan,  demokratik,  insonparvarlik  va  milliy   tamoyillarga
tayanib,     ularda     ma'naviy-axloqiy     fazilatlarni     shakllantirish     davr     talabidir.
Jamiyatga     insonlar     ongini,   tafakkurini     ijobiy     tomonga     o`zgartirish     ijtimoiy-
ma'rifiy     jarayonlar     bilan     bog`liq     bo`lib.     Uni     ilmiy     jihatdan     o`rganish
muhimdir.  Pedagogika va  sotsiologiyaning  tutashganligi  tufayli  yuzaga  kelgan
muammolar o`zbekistonlik  olimlarning  diqqat e'tiborini ham  o`ziga  tortmoqda.
   Uchinchidan,       bozor     iqtisodiyoti   sharoitida     ijtimoiy   munosabatlar     va
bunda     davlatning   roli,     axborotlar,     ustoz-shogird     munosabatlari,     kadrlar
muammolari,  yoshlarning  ma'naviyatida  ro`y  berayotgan  zaiflikning  sabablari,
ularni       aniqlash,     tekshirish,   hal     etish,     ijtimoiy     faollik   kasbiy     mahorat,
shuningdek     mustaqil   O`zbekistonda     kechayotgan     ma'naviy     va   mafkuraviy
islohatlarni,     umuman,     jamiyatni     «pedagog   so`zi»   bilan     qrganish     ijtimoiy
pedagogikaning     muammolaridan     bo`lib     hisoblanadi.   Eng     asosiysi,     ijtimoiy
hayotda     shunday     holatlar     uchraydiki,   bunda     bolalar     o`smirlar,     tarbiyachilar
bunday     og`ir     vaziyatda       o`zlariga     ruhan     malham     bo`ladigan     sotsial
pedagogning     yordamiga     muhtoj     bo`ladi.   Demak,     bugungi   jamiyatimiz
asoslariga     sotsial     psixolog     bilan     bir   qatorda     ijtimoiy     pedagogga     bo`lgan
ehtiyoji  ham  sezilmoqda.
Hayotdan     umid   uzgan,     o`ziga     ishonmaydigan,     hayotiy     muammolarni
mustaqil   hal   eta   olmaydigan     shaxslar     insoniy     yordam,     tushunish,     uning
qayg`usiga  sherik  bqlishlarini  kutadilar.  O`z  so`zi  va  faoliyati  bilan  shu  kabi
shaxslarda       o`ziga     ishonch     uyg`otish,     o`z   imkoniyatlarini   anglab     yetishlariga
yordam  berish  sotsial  pedagogning  asosiy  vazifasidir.   Ijtimoiy  hayotimizdagi
voqelikning     insonlarga   bo`lgan     ta'siri     ularning     ongida   yuz     berayotgan
jarayonlar     haqida     bahs     yuritadigan     mazkur     fan     yo`nalishi     bugungi     kunda
ijtimoiy  buyurtma  sifatida  vujudga  kelmoqda.  
Demak  ijtimoiy  pedagogikaning  vujudga  kelishi  ijtimoiy  zarurat  asosida
namoyon  bo`ldi.  Ijtimoiy     pedagogika   va     pedagogik     sotsiologiya-   bu     bolalarning
ijtimoiylashuvi     va     bolalarga     ijtimoiy     ta'lim   va     ijtimoiy     tarbiya     berish
qonuniyatlarini   o`rganuvchi     pedagogika     fanining   tarmog`idir.     Ya'ni
tarbiya-     bu   nafaqat     o`quv     muassasalari     balki     butun     jamoatchilik,
jamiyatning  barcha  jabhalarida o`z  ko`rinishiga  ega.  
Ijtimoiy   pedagogika   va   pedagogik   sotsiologiya.   Yurtimiz   mustaqillikka
erishgach,   o`zining   mustaqil   taraqqiyot   yo`lini   belgilab   oldi.   Bu   yo`l
jamiyatimizning   kelajagini   o`z   qo`llariga   oluvchi   -   yoshlarga   beriladigan   ta'lim-
tarbiya   asosida   belgilandi.   Shu   nuqtai   nazardan   1997   yili   29   avgustda   “Kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi”   va   “Ta'lim   to`g`risida”gi   qonun   qabul   qilinib,   unda
kadrlar  tayyorlashning milliy modeli yaratildi.   Mazkur  modelda ShAXS bosh va
markaziy   o`rinni   egallab,   modelning   qolgan   qismlari   shaxs   manfaatlari   uchun           “Ijtimoiy”  tushunchasi  (lotincha  socialis  –  umumiy,  jamoatchilik)
insonlarning  birgalikdagi  hayoti  bilan  bog’liq  bo’lib,   ularning muomala va bir-
biriga ta'sirining turli xil shakllari birlashtiradi.
                          Ijtimoiy   pеdagogika   -   shaxsni   ijtimoiylashuvi   qonuniyatlarini   o’rganish,
jamiyatning   ijtimoiy   muammolarini     hal     qilish   maqsadida   ijtimoiy   pеdagogik
faoliyatning   samarali   usullari   tеxnologiyalarini   ishlab   chiqish   va   ularni   qo’llashga
qaratilgan pеdagogika sohasi..
              Pеdagogikaning  ham, ijtimoiy pеdagogikaning  ham obyеkti- bu bola, biroq
o’rganish prеdmеtlari turlicha. 
Pеdagogikaning o’rganish prеdmеti bolani tarbiyalash qonuniyatlari hisoblanadi, 
Ijtimoiy   pеdagogikaning   prеdmеti   esa   bolani   ijtimoiylashtirish   qonuniyatlari
hisoblanadi.   xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta'lim tizimi individ dunyoga kelgandan boshlab to
maktabdan tashqari ta'lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta'lim-tarbiya   muassalari   o`z   vazifalarini   amalga   oshiraverishi   mumkin,
ammo   hayot   qarama-qarshilik   va   ziddiyatlardan   iborat.   Yoshlar,   qolaversa
jamiyatning   barcha   a'zolari   ushbu   ziddiyatlarni   yengib,   ulardan   to`g`ri   xulosa
chiqara   oladilarmi!   Demak,   ta'lim-tarbiya   muassasalaridan   tashqari   tarbiyaviy
ta'sirlar,   ya'ni   kundalik   ijtimoiy   voqeliklarning   shaxsga   ko`rsatayotgan   ta'siri,
ularni   ijtimoiy   pedagogik,   ilmiy,   nazariy   va   amaliy   o`rganish,   pedagogikada   shu
kunga qadar yetarlicha e'tibor berilmagan ijtimoiy pedagogikaga zaruratni vujudga
keltirmoqda. Kursning nomidan ham  ko`rinib turganidek, ijtimoiy hayotning turli
jabhalari   shaxsga,   ayniqsa   yoshlarga,   albatta   o`z   ta'sirini   ko`rsatadi.   Bunga   misol
tariqasida quyidagilarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin:
SHAXSOmmaviy axborot vositalari
Iqtisodiyot Ko’cha kuy mahalladagi
voqeliklarOta-ona, Yoshi kichik va
kattalar o’rtasidagi
munosabatlar
Ishlab chiqarish jarayoni
Ilm-fanning turli sohalari       Mazkur   kurs   bevosita   pedagogika   va   psixologiya   fakultetlarining   o`quv
rejalariga   kiritilgan.   Sotsiologiya   fani   pedagogika   uchun   qimmatli   baza,   yoki
material tayyorlab bera oladi. Ammo pedagoglar uchun o`sha jamiyatdagi xodisa,
jarayonlar   va   munosabatlarning   inson   ongiga,   insonlarning   ma'naviy   hayotiga,
odob-axloq   meyorlariga   bo`lgan   ta'siri   muhimroqdir.   Shuning   uchun   qam   uni
ijtimoiy   qayot   pedagogikasi,   jamiyat   va   jamoa   tarbiyasi,   kundalik   hayot   tarbiyasi
desak mubolag`a bo`lmaydi.
Har   bir   shaxsning   jamiyatda     yashashi,   uning     ijtimoiy     normalarga   rioya
qilgan   holda     o`ziga   o`xshash   shaxslar     bilan   o`rnatadigan     murakkab   o`zaro
munosabatlari   va     ularning   ta'sirida     hosil   bo`ladigan   hodisalarning     pedagogik
tabiatini va qonuniyatlarini  tushuntirib berish-  ijtimoiy  pedagogikaning     asosiy
vazifasidir. 
  «Ijtimoiy     pedagogika     va     pedagogik     sotsiologiya»   kursi     talabalarning
umumpedagogik   bilim   darajasini   kengaytirish   bilan   birga,   ularni   jamiyatdagi
turli   munosabatlarni,   ma'naviy     faktorlarni     tekshirish     shuningdek,     mazkur
fanning   ob'ekti,     predmeti,     uning     boshqa     fanlar     bilan     aloqadorligi,
kategoriyalari     ijtimoiy     pedagog     kasbining   spetsifik     xususiyatlari     kabi
muammolar  ustida  bosh qotirishga  undaydi.  
Kursning asosiy  maqsadi  bo`lajak  pedagog  kadrni  hayotimizning  barcha
jabhalariga     «pedagogik   ko`z»     bilan     qarash,   o`rganish,     reabilitatsiya     qilish
yo`llarini aniqlash va ma'lum  xulosalar  chiqarishga  o`rgatishdan  iborat.       
Kursning  asosiy vazifalari  oliy o`quv  yurtlari  talabalariga:
1. Mustaqil     O`zbekistonda     shakllanayotgan     Pedagogika     fanining   yangi
qirralaridan  biri sifatida  Ijtimoiy  pedagogika  fani xaqida  tushunchalar  berish va
ularni  ijtimoiy hayot bilan  muqoyasa o`rganish; Ijtimoiy     pedagogika-     odamlarning   jamiyatda   hamkorlikdagi   ish   faoliyatlari   jarayoni
davomida ularda hosil bo`ladigan   fikrlar, e'tiqodlar, g`oyalar, qarashlar, his-tuyg`ular,   turli xulq-
atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir.   2. Ijtimoiy  muhit  va shaxsning ijtimoiylashuviga  doir  qonuniyatlar;
3. Ijtimoiy  pedagogning kasbiy  faoliyatining  o`ziga xos  spetsifik  
xususiyatlari, ilmiy-tadqiqot metodlari haqida  tushunchalar  berishdan  
iboratdir. Dastur shu  vazifalarni  hal  etishga  qaratilgan  beshta bo`limdan  iborat:
1. Ijtimoiy  pedagogikaga  kirish.
2. Ijtimoiy  pedagogika asoslari.
3. Ijtimoiy  pedagogik  jarayon.
4. Ijtimoiy pedagog va uning kasbiy  faoliyati. 
5. Ijtimoiy  pedagogik  tashhis.
Yurtimizning iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy, ijtimoiy hayotida islohotlar izchil
amalga oshirilmoqda.
Mamlakat   taraqqiyotining   asosini   tashkil   etuvchi   ushbu   sohalarda   amalga
oshirilayotgan   islohotlar,   asosan   insonga,   uning   manfaatlariga   qaratilgandir.   Buni
biz   Yurtboshimizning   “Islohot-islohot   uchun   emas,   balki   islohot   inson   uchun,
mamlakat   aqolisining   farovonligi   va   turmush   darajasini   ko`tarishga
qaratilganligidadir” - degan fikrlaridan ham ko`rishimiz mumkin.
Hayot,   bozor   iqtisodiyotiga   o`tish,   isloqotlar   jarayonida   ya'ni   jamiyat
a'zolarining,   fuqarolarning   ongida   qanday   o`zgarishlar   ro`y   bermoqda,   fuqarolik
jamiyati qayotini farovon barpo etishni kim qanchalik anglab yetmoqda. Bu yo`lda
o`z     yo`lini   topayaptilaru,   kimlar   adashmoqda,   jamiyat   insonlarga   qanchalik   va
qanday   ta'sir   o`tkazmoqda   hamda   qolaversa,   insonlar   jamiyatga   qanday   ta'sir
ko`rsatmoqda.
        Bozor iqtisodiyotiga o`tishning ijtimoiy munosabatlari va bunda davlat hamda
jamiyatning   roli,   ba'zi   jamiyat   a'zolarining   ma'naviyatida   ro`y   berayotgan
zaifliklar,   ularning   sabablarini   aniqlash,   tekshirish,qayd   etish,   umuman   jamiyatda
kechayotgan   ma'naviy   va   mafkuraviy   isloqotlarni,   jamiyatni   pedagogik   nuqtai
nazardan   o`rganish   ijtimoiy   pedagogikaning   asosiy   muamolaridan   biridir.Demak,
ijtimoiy   pedagogikaning   vujudga   kelishi   ijtimoiy   zaruriyat,   ijtimoiy   buyurtmadir.
Ijtimoiy   munosabatlarni   ilmiy   pedagogik   nuqtai   nazardan   o`rganish   va   yanada
takomillashtirish davr taqozasidir. O’zbekistonning  zamonaviy bosqichda  ijtimoiy pedagogika rivojlanishining
ijtimoiy-siyosiy va  h uquqiy   asoslari
    Ijtimoiy   pedagogikani   va     ijtimoiy-pedagogik   faoliyat   rivojining
metodologik asoslari quyidagilar hisoblanadi:
1. Bozor   munosabatlarini   shakllantirish   va   jamiyatni   demokratiyalashtirish
sharoitida   davlatning   kuchli   ijtimoiy   siyosati.   Bu   siyosatning   asosiy   yo’nalishlari
I.Karimov asarlarida va davlat dasturiy hujjatlarida ko’rsatilgan.
2. Aholining eng kam ta’minlangan qatlamlarini ijtimoiy himoya qilish choralari
to’g’risidagi hukumat farmoyishlari, qonun, farmonlarni hayotga tatbiq etish.
3. O’zbekiston Respublikasining  ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi.
I.   Ijtimoiy   muammolarga   nihoyatda   katta   e’tibor   qaratilishining   sababi   milliy
davlatchilikni   shakllantirish   jarayonidir.   Bu   davrda   ayniqsa   ijtimoiy   muammolar
nihoyatda   keskinlashadi,     ijtimoiy   qarama-qarshiliklarning   yuzaga   kelishi   milliy
havfsizlikka   tahdid   omili   bo’lib   xizmat   qilishi   mumkin.   SHuning   uchun   vaqtida
choralar qabul qilish nihoyatda muhimdir.
Iqtisodning   liberallashuvi   turli   ijtimoiy   qiyinchiliklarni   –ilmsizlar   sonini
ortishi,   turli   tengsizliklar   paydo   bo’lishi,   hayot   tarzining   buzilishini   keltirib
chiqardi.
Shuning   uchun   O’zbekiston   taraqqiyotining   o’z     yo’li,   asoslanadigan
yetakchi   tamoyillaridan   biri   kuchli   ijtimoiy   siyosat   olib   borish   hisoblanadi.   Bu
siyosatning maqsadi quyidagilardir:
1. Bozor   islohotlarining   hamma   bosqichlarida   aholining   ijtimoiy   himoyasini
ta ’ minlash ;
2. Aholining   turli   qatlamlarini   paydo   qilmaslik   orqali   ijtimoiy   kelishuvni
ta ’ minlash .
Mustaqillik   yillarida   ko ’ rsatilgan   maqsadlarga   aholining   ijtimoiy
himoyasining   yangi   mehanizmi   shakllangan   va   u   quyidagilarda   namoyon   bo ’ ladi :
- ishlab   chiqarishni   barqarorlashtirish ; - davlat   mablag ’ laridan   tashqari ,  mehnat   jamoalari ,  ijtimoiy   va   mehribonlik   fond   va
tashkilotlarining   mablag ’ larini   yo ’ naltirish ;
- aholi   daromadlarining    yuqori   tabaqalashuviga   yo ’ l   qo ’ ymaslik ;
- kambag ’ allikka   qarshi   kurashish ,   nogiron ,   yetim   va   qariyalarni   qo ’ llab -
quvvatlashni   kuchaytirish .
Milliy   mentalitet   va   hayot   tarzining   xususiyatlarini   inobatga   olib ,   eng   kam
ta ’ minlangan   oilalarni   aniqlash   va   ularga   mahalla   qo ’ mitalari   orqali   yordam
ko ’ rsatish   kabi   ijtimoiy   qo ’ llab - quvvatlash   shakli   tarqalmoqda .  Bunday   yondashuv
bizning   xalqimizda   ko ’ p   asrli   ildizlarga   ega   va   amaliy   ahamiyati   esa
mablag ’ larning   hayotda   aniq   tarqatilishini   ta ’ minlaydi .
Respublikada   mustaqillik   yillaridan   to   bugungi   kunga   qadar   olib
borilayotgan   ijtimoiy   siyosatning   huquqiy   asosi   bo ’ lib   davlatimiz     Prezidenti
tomonidan   chiqarilgan   har   bir   sohaga   tehishli   bo’lgan     Farmon,   Qaror   va
farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi tomonidan   yo ’ nalishlarga   doir   hujjatlar   xizmat
qilmoqda :
O’tgan yillar davomida chiqarilgan hujjatlarni o’rganar ekanmiz yildan yilga
jamiyatimizfa bo’layotgan o’zgarishlar, islohatlarning barchasi inson manfaatlariga
qaratilganligiga guvoh bo’lamiz.
1995   yil   O’zbekistonda   shaxsni   shakllantirishning   ijtimoiy   pedagogik
konsepsiyasi ishlab chiqildi . Bo’lib bugungi kunda ham ahamiyatlidir.
Uning tuzilishi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh
qilish bilan izohlanadi.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
1) madaniy - axloqiy   tarbiyaning   ta ’ limdan   ustuvorligi ;
2) insonda   ijtimoiy   faollik ,  o ’ z - o ’ zini   boshqarish   ko ’ nikmalari ,  muomala   va   axloq
madaniyati ,  yuqori   intizomga   ega   demokratik   jamiyat   fuqarosini   tarbiyalash ;
3) ijtimoiy   faol   shaxsni   jamiyat   ishlab   chiqarishning   asosiy   sharti   sifatida
shakllantirish   har   bir   fuqaro   hayotining   ijtimoiy - siyosiy ,   ma ’ naviy   sohalarida
ishtirok   etishi ; 4) shaxsni   ijtimoiylashtirish   vositalari   sifatida   demokratiyalashtirish ,
insonparvarlik   tamoyillarini   amalga   oshirish ;
Ta ’ limni   demokratiyalashtirish - faollik   va   tashabbusni ,   hamkorlik ,   birlik
vositalarini   rivojlantirishni   nazarda   tutsa   insoniylashtirish - yosh   avlodni   milliy ,
ijtimoiy - madaniy   qadriyatlar   orqali   umuminsoniy   ma ’ naviy   qadriyatlarga ,   inson
huquqlarini   ta ’ minlashga   ko ’ nikishlari   demakdir .
Bu   konsepsiya   boy   tarixiy ,   madaniy ,   ma ’ naviy ,   pedagogik ,   ijtimoiy
an ’ analar   bilan   birgalikda   ijtimoiy - pedagogika   fanining   amaliy   faoliyat   sohasi
sifatidagi   rivojida   poydevor   bo ’ lishi   mumkin .
Mustaqillikning   o’tgan   davrida   mamlakatimizda   huquqiy   demokratik   davlat,
er kin fuqarolik jamiyati asoslari barpo etildi. Iqtisodiyotning butunlay yangi shakli
– ijtimoiy yo’naltirilgan bozor munosabatlariga o’tildi. Mulkchilik, mulkka ega lik
tuyg’usini   shakllantirish   orqali   jamiyatda   insonning   bunyodkorlik,   yaratuvchilik
qobiliyatini   rivojlantirishga   katta   e’tibor   berilmoqda.   Ijtimoiy   sohada   butunlay
yangi – inson hayoti, turmush farovonligi, tinchligi va barqarorligiga yo’naltirilgan
yaxlit,   demokratik   tizim   vujudga   keldi.   Qonun   ustuvorligi,   qonun   oldida
barchaning   tengligini   ta’minlash   asnosida   haqiqiy   erkin   demokratik   rejim
shakllantirildi. Darhaqiqat, qonun ustuvor bo’lgan joydagina va qonun doirasidagi
erkin faoliyatgina kishilik jamiyatining butun mohiyatini belgilaydi va uni yuksak
qadriyatga   aylantiradi.   CHunki   haqiqiy   demokratiya   –   bu   qonun   hukmronligidir.
Endi ana shu qo’lga kiritilgan yutuqlarni yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy
sivilizatsiya   talablari,   XXI   asrda   inson   va   insoniyat   taqdiri   bilan   bog’liq   bo’lgan
global muammolardan kelib chiqib ri vojlantirishni  davrning o’zi taqozo etmoqda.
Bu   –   bevosita   jamiyatning   barcha   sohasi   va   yo’nalishlarini   qamrab   olgan   yalpi
yangilanishlarni   talab   qilayotgan   hayotiy   ehtiyojdir.   Prezident   SH.M.Mirziyoev
tomonidan   ishlab   chiqilgan   2017–2021   yillarda   O’zbekis ton   Respublikasini
rivojlantirishning   beshta   ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi
bugungi   kunda   mamakatimiz   oldida   turgan   buyuk   maqsadlarga   yetish,   ulkan
vazifalarni hal etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda. Xalqimizning   o’ziga   xos   jihati   shundaki,   u   adolatga,   murosaga,
ochiqko’ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va ongli boshqarish
orqali   yangidan-yangi   imkoniyatlarni   namoyon   qila   oladigan,   o’zining   yuksak
ma’naviy-axloqiy,   ma’rifiy-ruhiy   va   intellektual   salohiyatini   ko’rsata   oladigan
bunyodkor   xalq.   Ayni   ana   shu   kayfiyat,   xalq   fe’l-atvori,   milliy   ruhiyat   ochiq
jamiyat   qurilayotganini,   xalq   bilan   davlat   o’rtasidagi   munosabatning   sog’lom   va
o’zaro   ishonchli,   aniq   maqsad   va   umummilliy   manfaat   asosida   qurilayotganini
katta   mamnuniyat   bilan   qabul   qilmoqda.   Ana   shunday   ijobiy   hayotbaxsh
ma’naviy-ruhiy   vaziyat   tobora   chuqurlashib   borayotgani   sayin   jamiyatda   ulkan
taraqqiyotga,   sifat   jihatdan   yangilanishlarga   va   O’zbekistonning   buyuk   kelajagini
yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham kuchayib bormoqda .
Har   bir   davrning   o’z   taraqqiyot   omillari,   ehtiyojlari,   talablari   va   hayotiy
tamoyillari   bo’ladi.   Tabiiyki,   bularning   barchasini   shakllantirish   va
rivojlantirishga,   ularga   alohida   ma’no-mazmun   bag’ishlashga,   bu   davrda   davlat,
jamiyat   hayoti,   ijtimoiy-siyosiy   institutlar   faoliyatining   aniq   yo’nalishlarini
belgilab beradigan ulkan ta rixiy voqealar bo’ladi.
2016   yil   4   dekabrda   mamlakatimizda   bo’lib   o’tgan   O’zbekiston   Respublikasi
Prezi-denti   saylovi,   hech   shubhasiz,   yangi   tariximizdagi   ana   shunday   beqiyos
hodisa bo’ldi. 
CHunki   aynan   ana   shu   saylovda   butun   O’zbekiston   xalqi   o’zining   buyuk
siyosiy   irodasi,   huquqiy   madaniyatini   namoyon   etib,   mamlakatimizning
istiqboldagi   taraqqiyoti,   xalqimiz,   farzandlarimizning   yorug’   kelajagi,   farovon
hayoti  uchun ongli  ravishda  ovoz berdi. De mokratik talablarga to’liq mos tarzda,
milliy   saylov   qonunchiligi   va   xalqaro   standart lar   doirasida,   ochiq   va   oshkora
o’tgan   saylov   jarayonini   5   ta  nufuzli   xalqaro   tashkilot   va  46   ta  davlatdan   600   ga
yaqin kuzatuvchi kuzatib bordi.
YUksak   saviyada   o’tgan   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   saylovida
Tadbirkor lar   va   ishbilarmonlar   harakati   –   O’zbekiston   Liberal-demokratik
partiyasidan   nomzod   sifatida   ishtirok   etgan   SHavkat   Miromonovich   Mirziyoev
saylovchilar umumiy sonining 88,61 foiz ovozini olib g’olib bo’ldi. Toshkent   shahrida   2016   yil   14   dekabr   kuni   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   lavozimiga   kirishi   tantanali   marosimiga   bag’ishlangan   Oliy   Majlis
qonunchilik   palatasi   va   Senatining   qo’shma   majlisi   bo’lib   o’tdi.   Tantanali
marosimda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev nutq so’zladi.
Davlatimiz   rahbari   yaqin   va   o’rta   istiqbolda   mamlakatimiz   oldida   turgan   eng
muhim va dolzarb vazifalarga atroflicha to’xtalib o’tdi. Ma’lumki, bu vazifalarga
Prezidentimizning   saylovoldi   dasturida   alohida   e’tibor   qaratilgan   edi.
Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri saylovchilar vakillari
bilan o’tkazilgan uchrashuvlar jarayonida ular yanada boyitildi.
«Bizning vazifamiz – to’plangan tajriba va ilg’or xalqaro amaliyotga suyangan
holda,   –   dedi   Prezidentimiz   SHavkat   Mirziyoev   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   lavo zimiga   kirishi   marosimiga   bag’ishlangan   nutqida,   –   o’zimizning
taraqqiyot   va   yangila nish   modelimizni   qat’iy   amalga   oshirishdan   iborat.   SHu
borada   yaqin   va   o’rta   muddatga   belgilangan   marralarga   erishish   uchun   qat’iyat
bilan   harakat   qilishimiz   zarur.   SHu   maqsadda   2017–2021   yillarda   O’zbekistonni
yanada   rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasini   ishlab   chiqish   yaqin
kunlarda yakunlanadi»1.
Haqiqatan   ham,   Prezidentimizning   bevosita   rahbarligi   ostida   «Xalq   bilan
muloqot   va   inson   manfaatlari   yili»   Davlat   dasturini   ham   o’z   ichiga   oladigan
mazkur   keng   ko’lamli   dasturiy   hujjat   har   tomonlama   puxta   ishlab   chiqildi.
O’zbekiston   Res   publikasi   Prezidentining   «O’zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo’yi cha   Harakatlar   strategiyasi   to’g’risida»gi   2017   yil   7   fevralda
imzolangan Farmoniga muvofiq uni hayotga joriy etish bo’yicha qonuniy tamoyil
va   mexanizmlar   tasdiqlandi.   Mazkur   Farmonga   berilgan   sharhda   Harakatlar
strategiyasining   ahamiyati   alohida   ta’kidlanib,   bu   boradagi   loyihalarni   tayyorlash
davomida   aholining   keng   qatlamlari   orasida   qizg’in   muhokamalar   olib   borilgani,
ular turli axborot maydonlariga joylashtirilgani, buning natijasida ko’plab taklif va
mulohazalar   kelib   tushgani,   xususan,   «Qonun   hujjatlari   ta’sirini   baholash   tizimi»
portalida   yo’lga   qo’yilgan   muhokamalar   tufayli   kelib   tushgan   1310   ta   taklif- mulohoza   asosida   «Xalq   bilan   muloqot   va   inson   manfaatlari   yili»   Davlat
dasturining 41 ta bandi qayta ko’rib chiqilgani qayd eti ladi.
2017–2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor   yo’nalishi   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasi   mamlakatimizda   ham,   chet   el
ijtimoiy-siyosiy   doiralari   tomonidan   ham   katta   qiziqish   va   e’tibor   bilan
o’rganilmoqda.   Bu   borada   atoqli   olimlar,   nufuzli   ekspert   va   kuzatuvchilar,   turli
darajadagi   ko’zga   ko’ringan   rahbarlar   o’z   fikr-mulohazalarini   bildirmoqdalar.
Harakatlar   strategiyasining   har   bir   ustuvor   yo’nalishi   mamlakatimiz   taraqqiyoti
uchun g’oyat muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular quyidagilardan iborat. 
Birinchi   yo’nalishda   davlat   va   jamiyat   qurilishi   tizimini
takomillashtirishning   ustuvor   yo’nalishlari   alohida   belgilab   beriladi.   Unda
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy
Majlis   va   siyosiy   partiyalarning   rolini   yanada   kuchaytirish,   shu   orqali   qonun
ustuvorligiga   eri shish   asnosida   jamiyatda   boshqaruvning   erkin   va   xalq
hokimiyatchiligi   tamoyillarini   chuqurlashtirishga   erishiladi.   Davlat   boshqaruvi
tizimini   liberallashtirish,   turli   byurokratik   to’siqlarni   kamaytirish,   davlat
boshqaruvida keng jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko’rish
bo’yicha   aniq   g’oyalar   ilgari   suriladi.   Ochiq   jamiyat   qurish,   davlat   va   fuqaro
munosabatlarini   mustahkamlash   va   natijada   O’zbekiston   Respublikasining
Konstitutsiyasida   muhrlab   qo’yilganidek,   davlatning   yagona   va   bir dan-bir
manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni paytda xalq
o’z   maqsad   va   intilishlarini,   orzu-umidlarini   davlat   timsolida   ko’rishi   kabi
prinsip va qoidalarni to’liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo’yilgan.
Ikkinchi   yo’nalish   qonun   ustuvorligini   ta’minlash   va   sud - huquq   tizimini
yanada   isloh   qilishning   ustuvor   yo’nalishlaridan   iborat.   Bunda   sud
hokimiyatining   chinakam   samaradorligini   ta’minlash,   sudning   nufuzini   oshirish,
sud tizimini demok ratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo’yildi.
Mazkur   yo’nalishda   fuqarolarning   huquq   va   erkinliklarini   ishonchli   himoya
qilish   kafolatlarini   ta’minlash,   qonun   ustuvorligiga   erishish   orqali   inson
manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to’la va samarali ishlashi   bo’yicha   tegishli   chora-tadbirlarni   amalga   oshirishga   jiddiy   e’tibor
beriladi.   Oliy   sud   fa oliyatini   isloh   qilish,   uning   zamonaviy,   hozirgi   kun   talablari
asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g’oyalar ilgari surildi.
Jumladan, ma’mu riy, jinoyat, fuqarolik va xo’jalik qonunchiligini takomillashtirish
orqali   adolatli,   xalqchil,   fuqarolar   manfaatlarini   to’la   himoya   qila   oladigan,
ularning   muammolarini   o’z   vaqtida   hal   qilib   beradigan   sud   tizimini   vujudga
keltirish talab etiladi. 
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning oldini
olish,   ularning   sodir   etilmasligi   choralarini   ko’rish,   profilaktika   tizimini   yanada
chuqurlashtirish va samaradorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sud-
huquq   tizimida   qonuniylikni   yanada   mustahkamlash,   qonunga   rioya   qilish   va
qonun   ustu   vorligiga   erishish   orqali   sud   va   sudlovning   yuksak   madaniyatiga
erishish yo’l-yo’riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. 
YUridik   yordam   va   xizmat   ko’rsatish   tizimini   takomillashtirish   orqali   sud-
huquq   organlarini   «jazolovchi   organdan   fuqarolar   manfaatini   himoya   qiladigan,
ularning   kundalik   yumushlariga   yordam   beradigan,   har   qanday   muammolarini
qonun   doirasida   hal   qilib   beradigan   xizmatlar   organiga   aylantirish»   (Islom
Karimov)   mexanizmi ning   yuqori   saviyada   ishlashini   ta’minlash   bo’yicha   amaliy
yechim va takliflar ilgari suriladi.
Uchinchi   yo’nalish   iqtisodiyotni   rivojlantirish   va   liberallashtirishning   us -
tuvor   yo’nalishlarini   o’zida   ifoda   etadi.   Bunda   makroiqtisodiy   barqarorlikni
yanada   mustahkamlash   va   yuqori   iqtisodiy   o’sish   sur’atlarini   saqlab   qolish,
iqtisodiyotning   yetakchi   tarmoqlarini   modernizatsiya   va   diversifikatsiya   qilish
hisobidan   ishlab   chiqarilayotgan   mahsulotlarning   raqobatdoshliligini   oshirish,
mamlakat eksport salohiyatini kuchaytirish bosh vazifa qilib qo’yilgan.
Qishloq   xo’jaligini   modernizatsiya   qilish,   tuproq   unumdorligini   va   ekinlar
hosildorligini   oshirish,   yangi   va   xaridorgir   mahsulotlar   yetishtirish   orqali   jahon
bozoriga chiqishning yangi yo’nalishlarini joriy etish nazarda tutiladi. 
Iqtisodiyotda   davlat   ishtirokini   kamaytirish,   xususiy   mulk   huquqini   himoya
qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish,   kichik   biznes   va   xususiy   tadbirkorlikni   yanada   rivojlantirish,   uni
rag’batlantirish   mo’ljallanmoqda.   Viloyat,   tuman   va   shaharlarni   ularning   tabiiy-
geografik imkoniyat lari, yer sharoiti va dehqonchilik madaniyatini nazarda tutgan
holda,   hududiy   ehtiyoj   va   manfaatlar   nuqtai   nazaridan   iqtisodiy   rivojlantirish
choralarini ko’rish belgi langan.
To’rtinchi   yo’nalishda   ijtimoiy   sohani   rivojlantirishning   ustuvor
yo’nalishlari   o’z   ifodasini   topgan.   Bunda   aholi   bandligi   va   uning   real
daromadlarini   izchil   oshirish,   jumladan,   mehnatga   layoqatli   aholi   qatlami   uchun
yangi ish o’rinlari yaratish, mehnat faoliyatining yangi shakl va turlarini joriy etish
nazarda   tutilmoqda.   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish,   xo tin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish   orqali
jamiyatda   sog’lom   turmush   tarzini   yanada   chuqurlashtirish   masalalariga   alohida
ahamiyat berilmoqda. SHuningdek, aholini arzon uy-joylar bilan ta’minlash, hayot
sharoitlarini   yaxshilash,   yo’l-transport,   muhandislik-kommunikatsiya   va   ijtimoiy
infratuzilmalarni   modernizatsiya   qilish   orqali   uzoq   istiqbolga   mo’ljallangan   va
munosib turmush darajasini ta’minlaydi gan yuksak madaniyatli yashash sharoitiga
erishish chora-tadbirlarini ko’rish eng muhim vazifa qilib qo’yilgan. 
Ta’lim-tarbiya   va   ilm-fan   sohasini   rivojlantirishga,   har   tomonlama   barkamol,
yetuk inson – yuqori malakali mutaxassisni  tarbiyalashga alohida e’tibor beriladi.
Bu   esa   yoshlarga   oid   davlat   siyosatini   butun   choralar   bilan   takomillashtirishni
taqozo etadi. 
Beshinchi yo’nalish xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni
ta’minlash,   chuqur   o’ylangan,   o’zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat
sohasidagi ustuvor vazifalar bilan bog’liq bo’lib,  bunda dunyo qalqib turgan, turli
mintaqalarda   urush   davom   etayotgan,   qon   to’kilayotgan   bir   sharoitda   milliy
xavfsizlikni ta’minlash ga jiddiy e’tibor berish eng muhim vazifalardan biri sifatida
belgilangan. O’ndan ortiq diniy konfessiyalar, 130dan ziyod millat va elat vakillari
yashayotgan   O’zbekis tonda   tinchlik   va   barqarorlikni   ta’minlash,   o’zaro   ishonch,
bir-birini   tushunish,   turli   e’tiqod   va   madaniyatlarni   hurmat   qilish   singari
bag’rikenglik fazilatlarini yanada chuqurlashtirishning ahamiyati  beqiyos ekanligi ta’kidlanadi.   O’zbekiston   deb   atalgan   umumiy   xonadonimiz,   32   millionli   oilamiz
istiqboli   uchun   diniy   e’tiqodi,   milliy   mansubligi,   kasbu   kori   va   yoshidan   qat’i
nazar,   har   bir   fuqaro   mas’ul   ekanini   anglash,   farzandlarimizni   shu   ruhda
tarbiyalash asosiy vazifa etib belgilangan. 
O’zbekistonning tashqi siyosatida, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida
bel gilanganidek,   davlatlarning   suverenitetini,   hududiy   yaxlitligini   hurmat   qilish,
kuch   ishlatmaslik   yoki   kuch   bilan   tahdid   qilmaslik,   chegaralarning   daxlsizligini
saqlash,   nizolarni   tinch   yo’l   bilan   hal   etish,   boshqa   davlatlarning   ichki   ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoida
va   normalariga   asoslanib,   o’zaro   manfaatli   va   amaliy   tashqi   siyosat   olib   borish
bo’yicha ustuvor yo’na lishlarini ishlab chiqish muhim vazifa qilib qo’yilgan.
Aytish   mumkinki,   2017–2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini
rivojlantirish ning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi o’tgan
25   yil   davomida   mamlakatimiz   erishgan   ulkan   yutuqlar,   tarixiy   tajribalarni
umumlashtirib,   hozirgi   kunda   davrning   o’zi   oldimizga   qo’yayotgan   dolzarb
masalalarni   hisobga   olib,   keyingi   besh   yilga   va   undan   keyingi   davrga
mo’ljallangan   tarixiy   taraqqiyotning   yangi   ufqlarini   ochib   berishga   qaratilgan
bo’lib,   u   o’zining   mohiyat   e’tibori   bilan   O’zbekistonni   yangi   rivojlanish
bosqichiga ko’tarishni ta’minlaydigan strategik dasturdir. 
Albatta,   xalqimiz   o’rtasida   «Harakatlar   strategiyasi»   degan   nom   bilan   tobora
mashhur bo’lib, uning hayotiga chuqur kirib borayotgan mazkur dasturning har bir
yo’na lishi   va   bandi,   uning   ajralmas   qismi   bo’lgan   «Xalq   bilan   muloqot   va   inson
manfaat lari   yili»   Davlat   dasturining   samarali   amalga   oshirilishi   har   birimizning
mazkur jarayonda ongli va vatanparvar fuqaro, shu yurtning fidoyi farzandi sifatida
faol   ishtirok   etishimizga   bevosita   bog’liqdir.   Buning   uchun   esa   eng   avvalo,
Harakatlar   stra tegiyasining   ma’no-mazmunini,   uning   har   bir   yo’nalish   bo’yicha
qo’yilayotgan amaliy va dolzarb vazifalarini chuqur tushunib olishimiz kerak.
IJTIMOIY SO H ANI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR
YO’NALISHLARI   4.1. Aholi bandligi va realdaromadlarini izchil
oshirish Samarali   mehnat   uchun   zarur   sharoitlar,   munosib   ish   haqi,   zamonaviy   uy-
joylar,  sifatli  ta’lim   va  tibbiy  yordam,  dam  olish   va  hordiq  chiqarish   uchun  keng
imkoniyatlar   yaratish   –   bularning   barchasi   iqtisodiy   sohadagi   islohotlarimiz
mohiyati va mazmunini belgilab beradigan muhim omillardir.  SH u borada nafaqat
eng   kam   oylik   ish   haqini,   balki   byudjet   tashkilotlarida   ham,   xo’jalik   yurituvchi
sub’ektlarda   ham   o’rtacha   ish   haqi   miqdorini,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy
nafaqalar hajmini bosqichma-bosqich ko’paytirish maqsadga muvofiq.
2017–2021   yillarda   O’zbekiston   Respublikasini   rivojlantirishning   beshta
ustuvor yo’nalishi bo’yicha   Harakatlar strategiyasida   ham byudjet muassasalari
xodimlarining   ish   haqi,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy   nafaqalar   hajmini
inflyatsiya   sur’atlaridan   yuqori   miqdorda   izchil   oshirish   ham   ustuvor   vazifa   qilib
qo’yilgan.
Byudjet   muassasalari   xodimlarining   ish   haqi,   pensiya,   stipendiya   va   ijtimoiy
nafaqalar   hajmi   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   Farmoni   asosida
muntazam   oshirib   boriladi.   Xususan,   Prezidentning   2016   yil   22   avgustdagi   PF–
4822-son   «Ish   haqi,   pensiyalar,   stipendiyalar   va   nafaqalar   miqdorini   oshirish
to’g’risida»gi   Farmoniga  asosan   2016  yilning  1  oktyabridan  boshlab   O’zbekiston
Respublikasi hududida eng kam:
– ish haqi – oyiga 149 775 so’m;
– yoshga doir pensiyalar – oyiga 292 940 so’m;
– bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 292 940 so’m;
–   zarur   ish   stajiga   ega   bo’lmagan   keksa   yoshdagi   va   mehnatga   layoqatsiz
fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 179 755 so’m qilib belgilandi.
Ish   haqi,   pensiya,   nafaqa   va   stipendiyalarni   to’lash   tizimini   tubdan
takomillashti rish, pensionerlar, talabalar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand
qatlamlari   huquq   va   qonuniy   manfaatlari   himoyasini   so’zsiz   ta’minlash,   ularning
O’zbekiston Respublikasining barcha hududida xarid qiladigan tovar va xizmatlar
uchun   to’lovlarni   to’siqlarsiz   amalga   oshirishi   uchun   qulay   sharoitlar   yaratish
maqsadida   O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi «Ish
haqi,   pensiya,   nafaqa   va   stipendiyalarni   to’lash   mexanizmini takomillashtirishga   doir   qo’shimcha  chora-tadbirlar   to’g’risida»gi   PQ–2753-
son qarori 1 qabul qilindi.
Mazkur qarorga asosan 2017 yilning fevral oyidan boshlab: 
–   barcha   turdagi   pensiyalar   butun   mamlakat   hududida   hech   qanday
cheklovlarsiz to’liq hajmda naqd shaklda beriladi; 
–   58   ta   tog’li   va   olis   tumandagi   byudjet   tashkilotlari   xodimlariga   ish   haqi
to’lash,   ijtimoiy   to’lovlar   hech   qanday   cheklovlarsiz   to’liq   hajmda   naqd   shaklda
amalga oshiri ladi;
oliy   o’quv   yurtlari   talabalariga   sti pendiyalarning   kamida   50   foizi   naqd
shaklda beriladi.
Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish, xotin-qizlarning  ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish
CHorak asrlik mustaqil taraqqiyotimiz davrida mamlakatimizda inson hayotini
yaxshi lash,   uning   qulay   turmush   sharoitlarini   yaratish   maqsadida   ulkan   ishlar
amalga   oshirildi.   Demokratik   fuqarolik   jamiyatini   barpo   etish,   bunda   aholini
ijtimoiy   himoya   qilish,   uning   sog’ligini   kafolatlash   yo’nalishida   jahon   va   milliy
tajribaga asoslangan holda yaxlit tizim yaratildi. 
Ayni   vaqtda   zamon   talabi,   mamlakatimiz   bosib   o’tgan   taraqqiyot   yo’lining
chuqur   tahlili,   aholini   ijtimoiy   himoyalash   va   sog’liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish   uchun   mutlaqo   yangicha   yondashuv   hamda   tamoyillarni   ishlab
chiqish va amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Olib borilayotgan islohotlar samarasini yanada oshirish, davlat va jamiyatning
har   tomonlama   jadal   rivojlanishi   uchun   shart-sharoitlar   yaratish,   mamlakatimizni
mo dernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha
ustuvor   yo’nalishlarni   amalga   oshirish   maqsadida   ishlab   chiqilgan   Harakatlar
strategiyasida   Aholini   ijtimoiy   himoya   qilish   va   sog’liqni   saqlash   tizimini
takomillashtirish,   xotin-qizlarning   ijtimoiy-siyosiy   faolligini   oshirish   ustuvor
yo’nalishlardan biri sifatida belgilandi .
O’tgan   davr   mobaynida   O’zbekiston   sobiq   Ittifoqdan   meros   bo’lib   qolgan
tizimlash magan,   umumiy   shaklga   ega   bo’lgan   ijtimoiy   himoya   tizimini   tubdan yaxshilab,  tizimli, manzilli   xarakterga  ega  bo’lgan  va ko’lami  bo’yicha  aholining
barcha   qatlamlarini   har   tomonlama   himoyalashni   tashkil   etishga   qaratilgan
takomillashgan   tizimni   joriy   etdi   va   bugungi   kunga   kelib   aholiga   ijtimoiy
kafolatlarni ta’minlamoqda.
Bugungi kunda Davlat  byudjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohani  rivojlanti -
rishga   yo’naltirilmoqda.   1991   yilga   taqqoslaganda,   aholining   real   daromadlari   12
baro bardan   ziyod   ko’paydi,   ish   haqi,   pensiya   va   ijtimoiy   nafaqalar   salmoqli
darajada oshdi. Iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni jadal sur’atlar bilan oshirish va
aholining ularga bo’lgan talabini qondirish ta’minlanmoqda1. 
Taraqqiyotimizning bugungi bosqichida ijtimoiy sohaning aholiga majburiy ij -
timoiy   kafolatlarni   ta’minlash,   aholining   ehtiyojmand   qatlamlarining   ijtimoiy
himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan
qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga
ijtimoiy   xizmatlar   ko’rsatishda   davlat-xususiy   sherikligini   rivojlantirish
masalalariga e’ tibor qaratilmoqda.
O’zbekistonda   2010−2015   yillar   mobaynida   keksalar   va   pensionerlar   uchun
mo’ljallangan 12 ta Saxovat va Muruvvat internat uylari moddiy-texnika bazalari,
14,6   ming   yolg’iz   keksalar,   pensioner,   nogironlarning   turarjoy   sharoitlari
yaxshilandi,   5,4   ming   odam   reabilitatsiya   texnik   vositalari   va   protez-ortopediya
mahsulotlari   bilan   ta’min landi,   6,4   ming   nogiron   va   pensioner   sanatoriyalarda
sog’liqlarini   tiklashdi.   Ko’rsatilgan   tibbiy-ijtimoiy   yordamning   umumiy   hajmi
132,2 milliard so’mni tashkil etdi.
Jamiyatning demokratlashuvi jarayonida aholining ehtiyojmand qatlamlarining
ijtimoiy   himoyasini   yanada   yaxshilash   uchun   «Nuroniy»   jamg’armasi   davlat
tomonidan   qo’llab-quvvatlanishi,   yolg’iz   keksalar,   pensionerlar   va   nogironlarni
muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish, uning manzilliligini ta’minlash,
keksa   yoshdagilar,   imkoniyati   cheklangan   odamlar   va   yolg’iz   keksalarga
ko’rsatiladigan   tibbiy-ijtimoiy  yordam  darajasi   va  sifatini   ko’tarishni,  shuningdek
joylarda   tuman   va   shaharlar   aholisining   zamonaviy   diagnostika   va   davolanish uslublaridan   foydalanish   imkonlarini   ta’min laydigan   tubdan   yangi   yondashuvlar
ishlab chiqish zarurligini ko’rsatdi.
Keksalarni   qo’llab-quvvatlash   davlat   tizimini   yanada   takomillashtirish
maqsadida   qariyalar   va   faxriylarni   ijtimoiy   himoyalash,   ularning   faolligini
oshirish, mamla katning ijtimoiy-siyosiy hayotida to’laqonli ishtirok etishlari uchun
shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod
vakillarining   rolini   oshirish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti
SHavkat   Mirziyoev   tomonidan   28   dekabr   kuni   «O’zbekiston   faxriylarni   ijtimoiy
qo’llab-quvvatlash   «Nu roniy»   jamg’armasi   faoliyatini   yanada   takomillashtirish
chora-tadbirlari   to’g’risida»1gi   Farmon   hamda   «Keksalar   va   nogironlarni   davlat
tomonidan   qo’llab-quvvatlash   tizimi ni   yanada   takomillashtirish   bo’yicha
qo’shimcha   chora-tadbirlar   to’g’risida»2gi   Qarorning   qabul   qilinishi   bu   borada
islohotlarning   yangi   bosqichga   ko’tarilishi   bo’ldi.   Mazkur   farmon   va   qarorda
oqsoqollar, keksalar va faxriylarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish, joylarda keksalar
turmush   sifatini   oshirish,   ularning   ijtimoiy   faolligini   qo’llab-quvvatlash,
fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari bilan hamkorlikda yolg’iz va muhtoj
keksalarga ijtimoiy va moddiy ko’mak ko’rsatish, «Nuroniy» jamg’armasi marka -
ziy   apparatini,   uning   viloyat   va   tumanlardagi   bo’linmalarini   moddiy   qo’llab-
quvvatlash,   «Nuroniylar   maskani»   komplekslarini   yaratish,   kasalliklarni   o’z
vaqtida   aniqlash   va   davolash   uchun   2,8   million   keksa   yoshdagi   fuqarolarning
barchasi   ixtisoslashtirilgan   tibbiy   brigadalar   tomonidan   chuqurlashtirilgan   tibbiy
ko’rikdan   o’tkazilishini   ta’min lash,   biriktirilgan   patronaj   hamshiralari   tomonidan
salomatliklari   ustidan   doimiy   nazorat   orqali   keksa   yoshdagi   fuqarolar   orasida
kasalliklar   profilaktikasi   choralarini   kengaytirish,   15,5   ming   yolg’iz   keksalarning
turmush   sifati   va   darajasini   ularga   shaxsiy   ijtimoiy   xodimlarni   biriktirish   orqali
oshirish, keksa yoshdagi shaxslarni to’lovsiz asosda davolash va sog’lomlashtirish
ko’zda   tutilgan.   SHu   munosabat   bilan   respublika   ixtisoslashtirilgan   tibbiyot
markazlariga   20   ming   va   viloyatlardagi   tibbiyot   muassa salariga   215   mingdan
ziyod,   jami   178,9   milliard   so’m   miqdoridagi   orderlar   ajratish   ko’zda   tutilgan.
Joylardagi   barcha   tibbiyot   birlashmalari   va   muassasalarini,   shuningdek,   barcha viloyatlardagi   onkologiya   dispanserlarini   umumiy   miqdori   108,7   million
AQSHdollariga   teng   bo’lgan   tegishli   zamonaviy   tibbiyot   uskunalari   bilan
jihozlash,   keksa lar   va   nogironlarning   23   ta   «Saxovat»   va   «Muruvvat»   uy-
internatlari   moddiy-texnik   bazasini   umumiy   miqdori   207   milliard   so’m   hajmda
mustahkamlash mazkur farmon va qaror ijrosida o’z aksini topdi .
Bundan   tashqari,   2016   yil   26   dekabrda   «Keksalar,   nogironlar   va   aholining
boshqa   ijti moiy   hojatmand   toifalariga   ijtimoiy   xizmatlar   to’g’risida»gi   qonun
qabul qilindi.
O’zbekiston   Respublikasining   Birinchi   Prezidenti   Islom   Karimov
rahnamoligida   mamlakatimizda   onalik   va   bolalikni   muhofaza   etishga   qaratilgan
muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar qabul qilindi. Sog’liqni saqlash tizimini tubdan
isloh etish aso sida ona va bola sog’lig’ini asrash bo’yicha dunyo e’tirof etayotgan
milliy model yaratildi. Bolalar va o’smirlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror
toptirishga,   oilalarning   moddiy   va   ma’naviy   asoslarini   mustahkamlashga,   har
tomonlama   sog’lom   farzandlarni   shakllantirish,   ularning   salomatligini   muhofaza
qilishga   katta   e’tibor   qaratildi.   CHunonchi,   ilk   davlat   mukofotlaridan   biri   –
«Sog’lom   avlod   uchun»   ordeni   ta’sis   eti lishi   ham   ramziy   ma’no   kasb   etdi.
Respublikamizda   mustahkam   oilada   sog’lom   turmush   tarzini   barqarorlashtirishga
qaratilgan   barcha   sa’y-harakatlarimiz   islohotlarimiz   strategiyasiga   mos   bo’lib,
kelgusida   yurtimizda   tinchlik-totuvlik   hamda   taraqqiyotga,   yosh   oilalarning
mustahkamligiga qo’shilgan hissa bo’ladi.
Aholiga   sifatli   tibbiy   xizmat   ko’rsatish   xalq   manfaatlarini   ta’minlashning
muhim omili hisoblanadi. Aynan shu sohani rivojlantirish hamda kompleks chora-
tadbirlarni   yanada   kengroq   amalga   oshirish   maqsadida   O’zbekiston   Respublikasi
Prezidenti   SHavkat   Mirziyoev   2017   yil   5   yanvar   va   7   fevral   kunlari   sog’liqni
saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.
Jumladan,   Harakatlar   strategiyasiga   muvofiq,   78   ta   tuman   tibbiyot
birlashmasini,   7   ta   shahar   va   2   ta   viloyat   ko’p   tarmoqli   tibbiyot   mar kazini   qayta
qurish, tez tibbiy yordam xizmatini 1200 ta maxsus avtotransport bilan ta’minlash
rejalashtirilmoqda. Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’ini bo’lgan qishloq vrachlik   punktlari   faoliyatini   yanada   rivojlantirish   maqsadida   qishloq   vrachlik
punktlarning   muntazam   faoliyatini   ta’minlashga   xizmat   qiluvchi   qo’shimcha
qulaylik yaratish maqsadida ularning vrachlariga ish joyi yonidagi hududlarda uy-
joylar   qurib   berish,   qishloq   vrachlik   punktlarning   moddiy-texnik   bazasini
kuchaytirish hamda ularni malakali kadrlar bilan ta’minlash ko’zda tutilmoqda2.
2017–2021 yillarda Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari, ilmiy-
tekshirish   institutlari   va   Oliy   o’quv   yurtlari   klinikalari   yetakchi   mutaxassislarini
jalb   qilgan   holda,   keng   tarqalgan   kasalliklarning   oldini   olish   va   erta   aniqlashga
qaratilgan   «Hech   kim   mehr   va   e’tibordan   chetda   qolmasin»   shiori   ostida   keng
qamrovli tibbiy ko’rik tadbirlarini o’tkazish rejalashtirilmoqda. Natijada kelgusi 5
yilda   mamlakatimizning   chekka   tumanlari   aholisini   chuqurlashtirilgan   tibbiy
ko’rikdan o’tkazish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olishga qaratilgan tadbirlar
amalga   oshiriladi.   Viloyatlar   aholisini   sifatli   tibbiy   yordam   bilan   ta’minlash
maqsadida Respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari shifokorlarining joylarga
chiqib, jarrohlik amaliyotlari va boshqa tibbiy xizmatlar ko’rsatishini tashkil etish
bo’yicha   maxsus   chora-tadbirlar   dasturi   qabul   qilinadi.   Bu   jarayonda   esa
Respublika   ixtisoslash gan   tibbiyot   markazlari   xizmatidan   foydalanuvchilarga
qo’shimcha   qulayliklar   yaratiladi.   Aholiga   tibbiy   xizmat   ko’rsatish   sifati   yanada
oshadi .
4.4. Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish
Uzluksiz   ta’lim   tizimini   yanada   takomillashtirish,   malakali   kadrlar
ta y yorlash   siyosatini   rivojlantirish   hamda   ta’lim   moddiy-texnik   bazasini
mustahkamlashdagi   chora-tadbirlar   tizimi.   Mamlakatimizda   2016   yilda
siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy sohalar bilan bir qatorda, ijtimoiy sohada xam
chuqur   sifat   o’zga rishlari   ro’y   berdi.   Istiqlol   yillarida   respublikamizda   ijtimoiy
sohaga   yo’naltiri lgan   xarajatlar   hajmi   5   barobar   ko’paytirildi.   Har   yili   davlat
byudjetining qariyb 60 foizi  sog’liqni  saqlash,  ta’lim, kommunal  xo’jalik, aholini
ijtimoiy   himoya   qilish   sohalaridagi   vazifalar   ijrosiga   yo’naltirilmoqda.   Jamiyat
ijtimoiy   sohasining   eng   muhim   tarkibiy   qismlaridan   biri   ta’lim-tarbiya   sohasi bo’lib,   uning   rivoji   siyosiy-huquqiy,   iqtisodiy   va   ma’naviy   sohalarga   bevosita
ta’sir   etadi   hamda   ijtimoiy   sohalar   me’yoriy   mohiyatini,   kamolot   darajasini
belgilab beradi.
Ta’lim   va   fan   sohasini   rivojlantirish   davlat   siyosati   ma’no-mazmunidan   va
uning dolzarbligidan kelib chiqib, uni quyidagicha izohlash mumkin:   birinchidan ,
yangi   ta’lim   tizimi,   barkamol   avlod   kadrlarini   tayyorlashdagi   o’zgarishlar   va
yangicha yondashuvlar, zamonaviy kasb sohalarining paydo bo’lgani hamda uning
mamlakatimiz   sharoiti   bilan   bog’liqligidir;   ikkinchidan ,   ta’lim   tushunchasi
ijtimoiy-iqtisodiy   taraqqiyot   natija sida   muayyan   davrdan   boshlab,   inson
faoliyatining   alohida   mustaqil   sohasiga   aylanib,   jamiyatning   ijtimoiy   tajribasini
keyingi   bosqichga   uzatadi;   uchinchidan ,   ta’lim   inson   shaxsining   intellektual-
ma’naviy   qirralarini   shakllantirish,   uning   jamiyat   ishlab   chiqarishi   va   ijtimoiy,
siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida faol va muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlashga
qaratilgan   harakatlar   yig’indisi   bo’lib,   ma’rifat   hamda   bilim   berishni   anglatadi;
to’rtinchidan , fan jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri bo’lib, tabiat va jamiyat
hayotini aks ettiruvchi ijtimoiy ong shakli. U katta ilmiy salohiyatni, ijodiy kuch-
quvvatni   birlashtirib,   ma’naviy   barkamol   insonni   tarbiyalash ga,   mamlakatda
qudratli ilmiy salohiyatni yaratishga xizmat qiladi.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2017   yil   7   fevraldagi   «O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida»gi
Farmoni bilan Harakatlar strategiyasini  «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili»da   amalga   oshirishga   oid   Davlat   dasturining   «Ijtimoiy   sohani   rivojlantirish»
deb   nomlangan   to’rtinchi   yo’nalishida1   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining
qulayligini   ta’minlash,   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus   va   oliy   ta’lim   sifatini
yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarida turadi. 
Uzluksiz   ta’lim   tizimining  faoliyat   olib   borishi   ta’lim   dasturlarining  izchilligi
asosida ta’minlanadi va quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
1. Maktabgacha ta’lim. 5. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim.
2. Umumiy o’rta ta’lim. 6. Kadrlar malakasini oshirish va 
3. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi. ularni qayta tayyorlash. 4. Oliy ta’lim. 7. Maktabdan tashqari ta’lim.
SHuni   alohida   ta’kidlash   kerakki,   rivojlangan   mamlakatlarda   ta’lim
samaradorli gi, taraqqiyotning 16 foizi – moddiy-texnik bazaga, 20 foizi – axborot
resurslariga,   64   foizi   –   inson   omiliga   bog’liq.   Bu   uchala   omil   bir-biri   bilan
chambarchas   bog’liq   bo’lib,   ta’lim-tarbiyaning   moddiy-texnik   bazasi,   mavjud
resurslaridan, imkoniyatlaridan oqilona foydalanish inson mafaatiga xizmat qiladi
va   uning   ratsional   rivojlanishi ni   belgilab   beradi.   2017–2018   yillar   davomida
yurtimizda   459   ta   maktabgacha   ta’lim   muassasasi   kapital   ta’mirlandi   va
zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi.
Bugungi   kunda   ta’limni   rivojlantirishga   yo’naltirilayotgan   xorijiy   texnik
yordam   hajmi   tobora   ortib   bormoqda.   O’tgan   davrda   bu   boradagi   yordam   500
million dollardan ortib ketdi. Osiyo taraqqiyot bankining salkam 290 million dollar
mablag’i, Janubiy Koreya hukumatining 110 milliondan ortiq, Jahon bankining 33
million,   OPEKfondi,   Saudiya   fondi,   Islom   taraqqiyot   bankining   42   million,
Germaniya  hukumatining   «KfV»   banki   orqali   yo’naltirilgan   qariyb  20   million   va
boshqa donorlarning 100 million dollardan ortiq yordamini qayd etish lozim1.   Bu
esa   ta’lim   jarayonining   bevosita   davlat   nazoratida   ekanining   so’zsiz   isbotidir.
YA’ni,   davlat   ertangi   kun   istiqbolini   o’ylab,   ta’lim   jarayonida   ana   shunday   yirik
islohotlarni amalga oshirmoqda.
Ta’lim-tarbiya   va   tibbiyot   muassasalari   moddiy-texnik   bazasini
mustahkamlash,   ij timoiy   infratuzilma   ob’ektlarini   jadal   rivojlantirish   uchun   2015
va   2016   yillarda   davlat   byudjeti   jami   xarajatlarining   qariyb   60   foizi   yo’naltirildi.
SHu jumladan, ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishga 34,3 foiz mablag’ sarflandi.
Bugungi   kunda   ta’lim   davlat   siyosatining   eng   ustuvor   yo’nalishiga   aylandi.
Davlat byudjetidan ta’limga ajratilgan mablag’lar byudjet xarajatlar qismining 33,7
foizi   darajasida   rejalashtirilib   ta’lim   sohasiga   yo’naltirilayotgan   xarajatlar   hajmi
mamla katimiz   YAIM   tarkibida   10–12   foizni   tashkil   etadi.   Holbuki,   jahon
tajribasida   bu   ko’r satkich   3-5   foizdan   oshmaydi.   Qariyb   9,5   ming   yoki
mamlakatimizda faoliyat ko’rsatayotgan maktablarning deyarli barchasida qurilish,
kapital rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’quv maskanlarining zamonaviy o’quv laboratoriya, mebel jihozlari bilan ta’minlangani ta’lim sifati va
mazmuniga yuksak e’tibor qaratilmoqda.
Mamlakatimiz   iqtisodiyotining   strategik   tarmog’i   sifatida   turizmni   jadal   ri -
vojlantirish   uchun   qulay   iqtisodiy   va   tashkiliy-huquqiy   shart-sharoitlar   yaratish,
hududlarning   ulkan   turizm   salohiyatidan   yanada   to’liq   va   samarali   foydalanish,
turizm   tarmog’ini   boshqarishni   tubdan   takomillashtirish,   milliy   turizm
mahsulotlarini   yaratish   va  ularni   jahon  bozorlarida  targ’ib  qilish,   turizm  sohasida
O’zbekistonning   ijobiy   qiyofasini   shakllantirish   maqsadida   O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2016 yil 2 dekabrdagi «O’zbekiston Respublikasining
turizm sohasini jadal rivoj lantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF–
4861   son   farmoni   qabul   qilindi.   Farmonga   ko’ra,   Buxoro   davlat   universitetida
turizm   fakulteti   ochildi.   SHuni   alohida   ta’kidlash   joizki,   Buxoro   qadimiy
me’morchilik   obidalariga   boy.   Ayni   paytda   bu   yerda   an’anaviy   madaniy-tarixiy
turizm bilan bir qatorda sayyohlikning ekologik, sport, davolash-sog’lomlashtirish
kabi   qator   turlarini   rivojlantirish   borasida   katta   imkoniyatlar   mavjud.   Bundan
samarali   foydalanish   maqsadida   Buxoro   shahrida   turistik   erkin   iqtisodiy   hudud
tashkil etish g’oyasi ilgari surildi. Farmonda belgilangan o’rta muddatli istiqbolda
turizm   sohasidagi   davlat   siyosatining   maqsadli   va   ustuvor   yo’na lishlarida   tarmoq
uchun,   ayniqsa,   menejment   va   marketing   sohasida   malakali   kadrlar   tayyorlash
tizimini   tubdan   takomillashtirish   masalasi   ham   ilgari   surilgan   edi.   Zikr   etilgan
fakultet ana shu vazifalar yechimiga qaratilgan tadbirlar doirasida ochildi2. 
YAna   shuni   ta’kidlash   lozimki,   O’zbekiston   Respublikasini   yanada
rivojlantirish   bo’yicha   Harakatlar   strategiyasida   kam   ta’minlangan   oilalar   va
ularning bolalarini davlat  tomonidan moddiy qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor
qaratilgan. Xususan, bu gungi kunda davlat tomonidan kam ta’minlangan oilalar va
ularning   bolalarini   davlat   tomonidan   moddiy   qo’llab-quvvatlashninig   quyidagi
mexanizmlari mavjud .
ota-onalar to’lovi joriy etilgan barcha ta’lim muassasalarida kam ta’minlangan
oilalarning   bolalarini   badal   to’lovlaridan   ozod   qilish   (O’zbekiston   Respublikasi
Prezidentining 12 dekabrdagi PQ–744-son qarori); –   maktablarda   kam   ta’minlangan   oilalarning   bolalarini   qishki   kiyim-bosh
to’plami   bilan   tekin   ta’minlash   (O’zbekiston   Respublikasi   Vazirlar
Mahkamasining 1997 yil 20 avgustdagi 409-son qarori);
–   umumta’lim   muassasalarida   kam   ta’minlangan   oilalarning   bolalarini
darsliklar to’plami uchun ijara to’lovlaridan ozod qilish va boshqalar (O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2006 yil 1 iyuldagi PQ–363-sonli qarori).
2017   yilda   amalga   oshiriladigan   tadbir lar   tufayli   Xalq   ta’limi   vazirligi,   Oliy   va
o’rta   maxsus   ta’lim   vazirligi,   Moliya   vazirli gi,   Davlat   test   markazi,   O’zNNTMA
zimmasiga   aholining   ijtimoiy   nochor   qatlamlarining   sifatli   ta’lim   olish
imkoniyalarini   kengay tirish   maqsadida   inklyuziv   ta’lim   tizimi   samaradorligini
oshirish   bo’yicha   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab   chiqish   topshirildi.   Vazirlar
Mahkamasining   shu   boradagi   qarori   loyihasida   quyidagi   amaliy   natijalar   nazarda
tutilgan:
1)   nogiron   bolalarni   zarur   maxsus   adabiyotlar   va   o’quv   qo’llanmalar   bilan
ta’minlashni qamrab oluvchi inklyuziv tizimni yanada rivojlantirish;
2) inklyuziv ta’lim tizimi o’qituvchilariga imtiyozlar berish;
3)   jismoniy   imkoniyati   cheklangan   talabalarning   oliy   o’quv   yurtlarida   ta’lim
olish imkoniyatlarini yanada kengaytirish;
4) nogiron bolalarni uyda o’qitadigan pedagoglarning ishini rag’batlantirish. 
Bugungi   kunda   aksariyat   maktabgacha   ta’lim   muassasalarining   moddiy-
texnik   ba zasi   zamon   talablariga   javob   bermaydi.   Bolalarni   maktabgacha   ta’limga
qamrab olish ko’rstagichi hamon pastligicha qolmoqda. SHu boisdan ham 2200 ta
maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun
jami   2,2   trillion   so’m   mablag’   ajratish   ko’zda   tutilmoqda.   Maktabgacha   ta’lim
muassasalari   tarmog’i   50   ta   yangi   qurilish   hamda   mavjud   muassasalarning   1167
tasini   rekonstruksiya   qilish   va   983   tasini   mukammal   ta’mirlash   orqali
kengaytiriladi1.
YUqorida  keltirilgan  hujjatlardan ko’rinib  turibdiki,  ijtimoiy  muammolarga
alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. Adabiyotlar
1. Egamberdiyeva H.M. «Ijtimoiy pedagogika» (darslik) - T., 2009 y.
2.     Mavlonova   R.   va   boshkalar   “Ijtimoiy     pedagogika”   (O’kuv     kullanma)   -   T.,
2009 y.
3.  Galaguzova  M.  A.  Sotsialnaya  pedagogika  (Uchebnoye  posobiya)  - M.,
4.   Xarlamov   I.F.   Pedagogika   v   voprosax   i   otvetax   (Uchebnoye   posobiya)     -1.
Munavvarov A.K. Pedagogika (O’quv qullanma). - T.,  1996 u.
5. Munavvarov A.K. Pedagogika(o`quv qo`llanma). - T.,  1996 u.
6 .Munavvarov A.K. Oila pedagogikasi (o`quv qo`llanma a). - T.,  1994 u.
7. Yo‘ldoshev J.  Ta’lim yangilanish yo‘lida (o`quv qo`llanma). - T., 2000 u.
8 . Podlasыy I L .Pedagogika. V 2x kn. (o`quv qo`llanma). - M., 2003 g.
9.Yu.Asadov,   R.Musurmanov.O’smirlar   deviant   hatti-harakatning   ijtimoiy
psixologik xususiyatlari T;-Sano-standart-2011

Mavzu: Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Ijtimoiyilashuv mexanizmlari. Reja 1.Nasl- nasabning ijobiy va salbiy ta’siri haqida ma’lumotlarni kengaytirish. 2. Bolaning rivojlanishida nasl – nasabning ahamiyati haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish 3. Natijalar taqdimoti, muhokama va baholashga o’rgatish. 4. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi rivoji

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach milliy tarbiya va ta’lim sohasida keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun zamin yaratdi. Zotan, mustaqillik fikr-mulohazalarda ozod, o’z haq-huquqini yaxshi taniydigan, izlanuvchan, zamonaviy bilimga ega, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli, boqimandalikning har qanday ko’rinishlarini o’zi uchun or deb biladigan, o’z kuchi va aqliga ishonib yashaydigan, o’z shaxsiy manfaatlarini xalq, Vatan manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan barkamol insonni tarbiyalashni talab etadi. Respublikamiz Sobiq Ittifoq tarkibida davrida uning ta’lim tizimi markazlashtirilgan, milliy mintaliteti e’tiborga olinmagan, o’ta mafkuralashgan, zarur kasbiy yo’naltirishga e’tibor berilmagan edi. Mustaqillikning ilk kunlaridanoq mavjud ta’lim sohasidagi ijobiy natijalarni saqlab qolish va o’tmishdan qolgan merosning salbiy jihatlarini hamda o’tish davri bilan bog’liq qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bosqichma-bosqichlik asosida jiddiy choralar ko’rish zarur edi. SHu nuqtai nazardan muhtaram Prezidentimiz ta’lim-tarbiya masalasiga kuyunchaklik, diqqat, qat’iyat bilan yondashib, jamiyat rivojini dastlab talim va tarbiya masalalariga bog’liq ekanligini ham ilmiy-nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berdi. Mamlakatimizning birinchi rahbari Islom Karimov yosh avlod ta’lim- tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to’g’risida to’xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. YUksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu narsa ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo’lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur” ekanligini qayd etad. Jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy hayot sohalaridagi tub o’zgarishlar. O’tish davri va taraqqiyot bosqichlari. Jamiyat rivojlanishi to’g’risidagi yangicha ilmiy-nazariy g’oyalarning o’zgarishi ijtimoiy hayot sohalarini tubdan o’zgartirish bilan bog’liq. Bu I.Karimov asarlarida O’zbekistonni mustaqil taraqqiyot yo’lidan rivojlanishi “” hamda “o’zimizga xos va mos taraqqiyot yo’lidan boramiz” va “o’z kelajagimizni o’z qo’limiz

bilan quramiz” g’oyasi va maqsadlari orqali aniq ifodasini topadi . Va jamiyat rivojlanishi buning uchun muayyan o’tish davri va taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tish zarurligi, mohiyati asoslab beriladi. Jamiyat ijtimoiy hayoti sohalaridagi tub o’zgarishlar deganda uning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy g’oyaviy asoslarini tubdan o’zgartirish va yangicha asosga (negizga) o’tkazilishini anglatadi. Natijada mustaqillik tufayli jamiyat ijtimoiy hayoti sohalari tubdan o’zgardi. Uning huquqiy asosini O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ko’ramiz. Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o’rnatilishi mumkin emas”. Siyosiy sohadagi tub o’zgarishlar:  Mustabid sovet davri tizimidan voz kechildi;  Prezidentlik instituti joriy etildi;  Siyosiy institutlar xilma-xilligiga asoslangan demokratik siyosiy tizimga o’tildi. Bunda davlat bosh islohotchi sifatida e’tirof etildi.  “Inson-jamiyat-davlat” munosabati qaror topdi.  Ko’ppartiyaviylik tizimi shakllandi. Jamiyat hayoti sohalaridagi tub o’zgarishlarSiyosiy sohadagi tub o’zgarishlar Jamiyat iqtisodiy negizining tubdan o’zgarishi Milliy ma`naviy tiklanish Jamiyat hayoti asosini tub o’zgarishlar

Ma’naviy, g’oyaviy-mafkuraviy sohadagi tub o’zgarishlar:  Kommunistik g’oya aqidalaridan voz kechildi. Milliy g’oya: asosiy tushunchalari va tamoyillari ishlab chiqildi;  Milliy g’oya negizlariga tayangan holda O’zbekiston jamiyati rivojlanishi, uning o’ziga xos xususiyatlari asoslab berildi;  Jamiyat rivojlanishida milliy madaniy meros hamda umuminsoniy qadriyatlar, demokratik prinsiplarga amal qilina boshlandi;  Jamiyat rivojida manaviy va moddiy hamda uyg’unligi oshadi; Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi tub o’zgarishlar:  Bozor iqtisodiyotiga asoslangan mulkning xilma-xilligiga o’tildi;  Xususiy mulk tan olindi;  Barcha mulk shakllari teng ekanligi e’tirof etildi, uning huquqiy asoslari yaratildi. O’zbekistonda jamiyat hayoti sohalarida amalga oshrilgan tub islohotlar natijasida o’tgan yillarda muhim yutuqlarga erishildi SHuni ta’kidlash kerakki, I.Karimov asarlarida jamiyat rivojlanishi bosqichlari quyidagicha asoslab berilgan. 1. 1989-1991 yillar - Mustaqillik ostonasi 2. 1991-2000 yillar - O’tish davri bosqichi 3. 2000-2007 yillar - Modernizatsiyalash 4. 2007 yildan hozirgacha - Mamlakatda demokrtaik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bosqichi Bu bosqichlar jamiyat rivojlanishida o’ziga xos ma’no-mazmunga ega. O’tgan yigirma besh yil davomida O’zbekiston demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurish yo’lida shunday masofani bosib o’tdiki, boshqa mamlakatlar bunga o’n yilliklar va asrlar mobaynida erishgan bo’lar edilar. Bu katta o’zgarishlar xalqimizning o’ziga xos xususiyatlari va milliy an’analarini hisobga olgan holda, islohotlarning bosqichma-bosqich usuli bilan va ijtimoiy mojarolarsiz, keskin larzalarsiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini O’zbekiston

sharoitida iqtisodiyotga jiddiy ta’sirini kamaytirish mumkin bo’lgan bo’lgan yo’llarini izlash masalalari naqadar teran hal qilinayotganligini O’zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoevning ko’plab ma’ruzalarida berilgan takliflari hamda nazariy va tahliliy qarashlarida ko’rishimiz mumkin. Bugungi kunda mamlakatni yanada rivojlantirishga erishishi bilan bog’liq voqeliklar taraqqiyotimizni belgilab olish jarayonida davlat tuzulmalari va institutlari bilan birga jamiyatni isloh qilish, uni boshqarish, rivojlantirish va milliy qadriyatlar asosida modernizatsiyalash zarurligini muhim vazifaga aylantridi. Bu esa o’z-o’zidan mazkur jarayonlarni tartibga solish, boshqarish yuzasidan siyosiy- huquqiy asoslarni yaratishni takomillashtirish va ushbu tizimni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tatqiq etish orqali inson manfatlarini ta’minlashni uning huquq va erkinliklarini, osuda va farovon hayotini himoya qilishni, jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash ustivor vazifa sifatida namoyon bo’lmoqda. Jamiyat boshqaruvini modernizatsiyalash doimo muayyan ijtimoiy tuzumning tabiatidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Demokratik-huquqiy davlat esa o’z fuqarolarining ongli, maqsadli faoliyatlarini erkin ro’yobga chiqarish shaklida namoyon bo’lib boradi va jamiyatda yuzaga keladigan talab va ehtiyojlarning aql yordamida hal etilishi, davlat va jamiyat boshqaruvida xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiluvchi har qanday ilg’or g’oyani milliy qadriyatlar bilan umumlashtirgan holda amaliy hayotga tadbig’ etilayotganligini davlatimiz rahbarining saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlari chog’ida bildirilgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarga doir fikr va tavsiyalarida o’z ifodasini topgan. SHuningdek, asosiy qonunimizning boshidan oxirigacha inson omili, uning haq-huqulari, manfaatlarini himoya qilish asosiy o’rinni egallashni alohida ko’rsatgan holda Prezidentimiz 2017 yilni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinganligi ezgu maqsadlar asosida butun dunyo hamjamiyati tomonidan tan olingan taraqqiyotning “o’zbek modeli” ni amalga oshirish zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga