logo

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya metodlari va tarbiya turlari.

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

238.2734375 KB
Tarbiya jarayonining  mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va
tamoyillari.    Tarbiya metodlari va tarbiya turlari.
REJA:
1. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati.  Tarbiya xususiyatlari.
2. Sharq   mutafakkirlari   barkamol   shaxs   tarbiyasi
haqida. 
3. Tarbiya jarayonining qoidalari va  prinsiplari .
4. Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va uni harakatlantiruvchi kuchlar
6.    Bolalar jamoasi - pedagogik ta’sirning asosiy shakli
7.  Shaxsning bolalar jamoasida qaror topishi. Bolalar jamoasining shakllanish 
bosqichlari.
8. Tarbiya metodlari va tarbiya turlari.  Tarbiya nazariyasining mohiyati .  Tarbiya nazariyasi  pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy 
jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni  tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga 
yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq 
jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. 
Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. 
Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi 
larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning 
umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq.
Tarbiya jarayonining mazmuni .  Tarbiya  – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni 
har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin 
etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq-
atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir.
Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib 
chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda 
ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi.
Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, 
yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» 1
. Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs 
tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli 
bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub 
islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof 
etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, 
huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston 
Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston 
taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy 
tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan.
Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, 
tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi.
Tarbiya jarayoni  o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq 
maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his-
tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy 
odatlar hosil bo‘ladi.
Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. 
Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu 
munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga 
tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola 
faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday 
anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy 
munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi.
Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning 
shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga 
erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan 
chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar 
faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.
Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. 
Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini 
o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga 
erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi.
Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish
va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat.
Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan 
qarama-qarshiliklar vujudga keladi.
Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi.
Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat  
(o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks 
holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, 
tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin. 
Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida 
namoyon bo‘ladi.
1
  Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992.   Umumiy   pedagogika   jarayonida   tarbiya   muhim   o‘rin   tutadi.   SHaxsni
shakllantirish,   boshqarish,   nazorat   xarakteriga   ega   bo‘lib,   bu   borada   belgilangan
vazifalar   tasodifiy   harakatlar   orqali   emas,   balki   oldinda   belgilangan   va   puxta
o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl
va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim
o‘rin   tutadi.   Inson,   uning   har   tomonlama   uyg’un   kamol   toptirish   va   farovonligi,
shaxs   manfaatlarini   ro’yobga   chiqarishning   sharoitlari   va   ta’sirchan
maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini
o’zgartirish   mamlakatimizda   amalga   oshirilayotgan   islohatlarning   asosiy   maqsadi
va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda. 
Tarbiya   hayotning   eng   muhim   tirgagi   (tayanchi)   bo’lib   hisoblanishi   lozim.
Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa
yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto). 
Avvalom   bor,   tarbiya   nazariyasi   Markaziy   Osiyo   faylasuflarining   va   xalq
pedagogikasining   tarbiya   borasidagi   boy   tajribalariga   tayanadi,   tarbiya   nazariyasi
o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika huquqshunoslik,
psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya nazariyasi o’z navbatida
pedagogika   fanining   boshqa   bo’limlari:   pedagogikaning   umumiy   asoslari,
pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir). 
Hozirgi   zamon   pedagogikasida   tarbiya   tarbiyachining   tarbiyalanuvchi
shaxsiga   oddiy   shunchalik   ta’sir   ko’rsatishi   emas,   balki   tarbiyachilar   va
tarbiyalanuvchilarning   aniq   bir   maqsadga   qaratilgan,   bir-biri   bilan   hamkorlikda
qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi.
Bugungi kunda XXI asrda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki
ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir.
Tarbiya   jarayonida   kishining   qobiliyatlari   rivojlanadi,   g’oyaviy-axloqiy,
irodaviy,   estetik   hislatlari   shakllanadi,   tabiatga,   jamiyatga   ilmiy   qarashlar   tizimi
tarkib topadi, jismoniy kuch-qudratlari mustahkamlanadi. 
Hamma   davrning   ilg’or   kishilari   tarbiyaga   yuqori   baho   berganlar.   Xalq
donishmandlari   va   mutafakkirlaridan   Zardusht,   Muhammad   al-Xorazmiy,   Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali
Ibn   Sino,   Yusuf   Xos   Xojib,   Axmad   Yassaviy,   Maxmud   Koshg’ariy,   Shayx
Najmiddin   Kubro,   Jaloliddin   Manguberdi,   Burxoniddin   Zarnujiy,   Burxoniddin
Naqshband,   Amir   Temur,   Mirzo   Ulug’bek,   Alisher   Havoiy,   Zaxiriddin   Bobur,
Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan
va tarbayada deb bilganlar.
“Qobil   odamni   tarbiya   qilmaslik   –   zulmkor   va   noqobil   odamga   tarbiyani
behuda   sarf   qilish   xayfdir.   Tarbiyangni   ayab   unisini   nobud   qilma,   tarbiyangni
bunisiga zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy.
“Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don
sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - degan Al-Buxoriy (Al-jomye as-saxix 114-bet).
Farobiy   deydi:   Muallim   shogirdiga   nisbatan   o’ta   hokimlikka   ham   yo’l
qo’ymasligi   lozim,   chunki   o’ta   hokimlik   shogirdda   muallimga   nisbatan   nafrat
uyg’otadi. Agar shogird muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning
o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi, - deb ta’kidlaydi.
J.J.Russo   “Agar   siz   bolalardagi   sho’xlikni   o’ldirsangiz,   hech   qachon   dono
odamlarni voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan.
A.S.Makarenko   “...Men   ta’sir   qilishning   jismoniy   metodiga   qarshiman...
Umuman jismoniy jazoni metod sifatida tan olmayman. Men  jismoniy jazo foyda
keltirgan biror bir oilani ko’rmadim”, - degan.
Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol toptirish maqsadida bola
ongi,   his-tuyg’ulari,   irodasi   va   xulq-atvoriga   ta’sir   ko’rsatishga   aytiladi.
A.S.Makarenko   tarbiya   metodlarini   insonga   ta’sir   ko’rsatishni   quroli   deb
ta’riflagan.
Qimmatbaho   marvarid   donachasini   oxirigacha   parmalashda   hadiksirab,
ustalar   uning   bahosini   tushunib   yetmagan   shogirdlariga   berishadi.   Shogirdlari
butun   borlig’i   bilan   ishga   kirishib   ketadi.   Bunda   ular   qo’llari   qaltiramay,
qo’rqmasdan   parmalashni   davom   ettirgan.   Agar   bu   ishda   xavfsirash   bo’lsa,
parmalash  davomida biron bir  tasodif  bilan dur  maydalanib ketsa,  usta shogirdini shapaloq   bilan   tushurgan.   Tarsaki   zarbi   ularni   yaxshiroq,   sifatliroq   ishlashga
ko’niktirgan. Dur tirmalanib bo’lgandan so’ng xavfli vaziyat o’tib ketgan. 
A.R.Beruniy   tarbiyachi   bolalarga   faqat   nasihatgo’ylik   qilmay,   balki   o’z
х atti-harakati bilan namuna bo’lib ta’sir ko’rsatishi zarur", deb hisoblangan. 
  Bola   o`qishni,   tarbiya   olishni   istaydi,   katta   bo`lib   jamiyat     hayotida   faol
ishtirok   etishni   xohlaydi.   Pedagog   uni   qay     usulda,     qanday   munosabatlar
sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi  lozimligini bilishi kerak. Shu
bilan birga   bola   o`zini   o`zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik
lozim.
Tarbiya   jarayoni   shaxsning   ijtimoiy   qimmatli   fazilatlarini   shakllantirishga,
uning   atrofdagi   dunyoga,   jamiyatga,   odamlarga,   o’ziga   nisbatan   munosabatlari
doirasinn vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgan. 
Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari  tizimi keng, xilma-xil
va chuqur bo’lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo’ladi. Tarbiya shaxsni
ijtimoiylashtirish,  uning aniq hayotiy mavqeini  shakllantirish jarayonidir. Tarbiya
shaxsning   ongliligi,  faolligi,  fidoiyligi,  vatanparvarligi,  insonparvarligi   va   boshqa
fazilatlarini   shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya  o’z tabiatiga  ko’ra  ko’p  faktorli
xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila,
jamoatchilik,   ijtimoiy   muhit   va   yaqin   atrofdagi   vaziyatga   bevosita   yoki   bilvosita
ta’siri  ostida ro’y beradi.   Hamma narsa:  odamlar, ashyolar, hodisalar,  voqealar,
avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko) 
Tarbiya   jarayonini   mashhur   pedagog   A.Avloniy   "Al-xosil   tarbiya   bizlar
uchun   yo   hayot,   -   yo   mamot,   yo   najot,   -   yo   halokat,   yo   saodat,   -   yo   falokat
macalacidip"   deb   ta’riflagan   va   yana   "Har   mamlakatning   saodati,   davlatlarning
tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyachiga bog’liq". 
Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa  Farobiy  fikricha "bu
kishilar   muloqotda   etnik   qadr-qimmatni   va   amaliy   faoliyatni   yaratishga   olib
boradigan   yo’ldir",   deb   ta’riflaydi   hamda   "Insoniy   maqsad   -   oliy   baxt   saodatga
erishuvni o’ziga g’oya va oliy maqsad qilib olish kerak".  A.S.Makarenko   "Tarbiya bu nisbatan keksaroq avlodning o’z tajribasi, o’z
ehtirosi, o’z e’tiqodini yosh avlodga topshirish demakdir ", deb ta’riflagan. 
Yuqoridagi   ta’riflarning   barchasi   shaxs   tarbiyasining   u   yoki   bu   qirralarini
ilmiy jihatdan asoslashga qaratilgandir.
Pirovard   natijada   har   tomonlama   kamol   topgan,   yetuk,   barkamol   shaxsni
shakllantirishga   qaratilgandir.   Tarbiya   jarayonining   eng   asosiy   maqsadi   har
tomonlama   va   uyg’un   kamol   topgan   yangicha   fikrlaydigan   shaxsni
shakllantirishdir.   Bu   qiyin   jarayon   ikki   tomonlama   bo’lib,   uyushtirishni   va
rahbarlikni, boshqarishni ham, tarbiyalanuvchi shaxsning faollik ko’rsatishini ham
talab   qiladi.   Ammo   bu   jarayonda   pedagog   yetakchi   rol   o’ynaydi   va   tarbiyaning
umumiy maqsadini amalga oshipadi. 
Tarbiya uzoq davom  etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo’lib, bu jarayon
bola   maktabga   kelishidan   ilgariroq   boshlanadi   va   butun   umr   bo’yi   davom   etadi.
Tarbiya   ko’pgina   sabablarga,   o’quvchilarning   individual-tipologik   tafovvutlarga,
ularning hayotiy va ma’naviy tajribasiga, shaxsiy faolligiga boqliq. 
          Tarbiya   nazariyasi   pedagogika   fanining   bir   qismi   bo`lib,   u   tarbiyaviy
jarayonning   mazmuni,   metodi   va   tashkil     etilishi     masalalarini   o`rganadi.
Jamiyatimizning yangilanishi, hayotimizning taraqiyoti o`sib kelayotgan barkamol
avlod   tarbiyasi   bilan   bog’liq   jarayonni   ham     qaytadan   ko`rib   chiqishni   taqozo
etmoqda.
      Tarbiya aqlli, odobli, mehnatsevar, bilimli, sog’lom, e`tiqodli, dili pok, ruhi
komil,   har   tomonlama   ma`naviy     rivojlangan,     vatanparvar,   baynalminal,
insonparvar   barkamol   shaxsni   shakllantirishni   ko`zda   tutadi.   Tarbiya   mahalliy,
ijtimoiy-iqtisodiy  shart-sharoitlar, milliy an`analar va mintaqalararo hususiyatlarni
hisobga  olgan holda olib boriladi.
          Tarbiya   jarayonida   kishining     turli     qobiliyatlari     rivojlanadi,   xarakteri,
g’oyaviy, axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari  shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy
qarashlar  tizimi  tarkib  topadi, jismoniy kuch-quvvatlari mustahkamlanadi.
          Bola   kattalarning   tajribalarini   sust   holda   emas,   balki   faol   ravishda
o`zlashtiradi:   bu   o`zlashtirishda   uning     ongli     harakati,     tirishqoqligi   ahamiyatga ega   bo`ladi.   Tarbiyalanuvchilar   muayyan     darajada   faol   faoliyat   ko`rsatmasalar
tajriba va bilimni    o`zlashtira   olmaydilar. Bolaning yoshi  ulgayib borgan sari bu
faollik   tobora   ko`proq   mustaqillik   hususiyatlariga   ega   bo`lib     boradi:
tarbiyalanuvchilar   o`zlarida   dunyoqarashni   tarkib   toptirishga,   o`z-o`zini
takomillashtirish,   tabiat,   jamiyat   va   turmushda   uchraydigan   hodisalarni
tushunishga   hamda   idrok   etilgan   narsalarga     tanqidiy     munosabatda     bo`lishga
ko`nika boradilar.
        Tarbiya   jarayonida   kattalar,   tarbiyachilar     va     tarbiyalanuvchilar   jamoasi
o`zaro   munosabatda   bo`ladi.     Bu     munosabat     o`zaro     tushunish,   ishonch,
hamkorlik asosida qurilishi lozim.
     Maktab butun tarbiya ishini hayot bilan hamohangi, o`quvchilarga   o`tmish,
tarix, san`at haqidagi ma`lumotlarni   chuqur   o`rgatishi,xalq pedagogikasi  asosida
ish   yuritishi,   buyuk   allomalarning   farzand     tarbiyasi   borasidagi   pedagogik
qarashlari,   inson   ruhini   chuqur   o’rganib,   sharqona   urf-odatlar,   an`analar   asosida
yoshlarga mehnat  malakasini singdirishi lozim.
      Tarbiyaning xususiyatlari
Shuni   nazarda   tutish   kerakki   talim   va   tarbiya   yagona   jarayondir.   Ammo
ularni aynan bir jarayon deb o’ylash mumkin emas.
Chunki   har   bir   insonning   o’ziga   xos   xususiyatlari   va   belgilari   bor.
A.S.Makrenkoning fikricha tarbiya mantiqi ta’lim mantiqini takrorlamaydi.
Bolalarni   tarbiyalash   ishlari   (ijtimoiy   muhit,   oila,   bolalar   doimo   duch
keladigan   xilma   -   xil   odamlar,   bolalar   va   o’smirlar   tashkilotlaridagi   ishlar,   radio,
televideniye,   adabiyot   va   san’at)   kabi   ta’sirlar   bilan   qo’shilib   ketadi.   Shuning
uchun   ham   tarbiyani   ko’p   qirrali   jarayon   deyish   mumkin.   Ta’limda   esa
o’qituvchiga   hech   kim   qarshilik   ko’rsatmaydi.   Tarbiya   jarayonining   birinchi
xususiyati   - uning ko’p qirrali jarayon ekanligidir. Tarbiya jarayonining   ikkinchi
xususiyati   -   uning   uzoq   muddat   davom   etishidir.   Buning   uchun   oylar   va   yillar
mobaynida qunt bilan ishlash talab etiladi.  Tarbiya   masalasi   murakkab,   qiyin   masala   ekanini,   u   maktab   doirasi   bilan
cheklanib qolmaganini, balki bolalarni tarbiyalash uchun hamma mas’uldir. Unda
bolalar uzluksiz tarbiyalanib boradilar.
Tarbiyaning ta’limdan farqlantiruvchi  yana bir xususiyati  shundaki, u yaxlit
holda va konsentrik asosda  amalga  oshiriladi. Tarbiyaning turli  tomonlari  bir-biri
bilan   uzviy   bog’langandir.   Ta’limda   biror   predmetga   doir   bilimlar,   bo’limlar,
mavzular, dasturlarga bo’linib, ma’lum bir vaqtda beriladi. 
Tarbiya   jarayonida   esa   doimo   takrorlanishga   duch   kelamiz.   Maktabdagi
boshlang’ich, o’rta va yuqori sinflarda: jamoatchilik, do’stlik, o’rtoqlik, mehnatga
va   ijtimoiy   muhitga   ongli   munosabat   va   boshqa   sifatlarni   tarbiyalash   qo’zda
tutiladi. Lekin ularning mazmuni bolalarning yoshi va hayotiy tajribasiga muvofiq
kengayib va chuqurlashib boradi.
Tarbiyaning   yana   bir   xususiyati   shundaki,   bu   jarayon   ikki   tomonlama
xususiyat ga   ega   bo’lib,   unda   bolaning   o’zi   ham   faol   ishtirok   etadi.   O’quvchi
tarbiyaning faqat ob’ektigina emas, balki atrofdagi voealarga ta’sir etuvchi sub’ekt
hamdir. Shuning uchun tarbiyachi  bolaning imkoniyatlarini, istak va xohishlarini,
intilishlarini,   unga   bo’layotgan   boshqa   ta’sirlarni   tashqi   axborotlar   manbaini
hisobga   olishi   lozim.   Agar   bular   unutib   quyilsa   tarbiyalash   qiyinlashadi.   Mana
shulardan   tarbiya   jarayonining   yana   bir   asosiy   xususiyati   -   tarbiyada   qarama-
qarshiliklar   g’oyat   ko’pligi   kelib   chiqadi.   Bu   qarama-qarshiliklar   bolalarda   o’z
tushunchalariga   muvofiq   dastlabki   paydo   bo’lgan   sifatlar   balan   tarbiyachi
tomonidan tarkib toptiriladigan sifatlar o’rtasida, ya’ni  qo’yiladigan talablar bilan
uni  bajarish  imkoniyatlari  o’rtasidagi  kurashda  namoyon bo’ladi. Undan tashqari,
bunday   qarama-qarshiliklar   ko’pincha   bolaning   ongi   bilan   xulqi   bir-biri   bilan
muvofiq   bo’lmasligida,   o’qituvchining   bolalarning   yosh   va   individual
xususiyatlari,   fe’l-atvori,   qiziqish   va   intilishlarini   yaxshi   bilmasdan   munosabatda
bo’lishida sodir bo’ladi. 
Agap tarbiyalanuvchi sust bo’lsa, faoliyatsiz bo’lsa, har qanday tarbiyaning
ta’siri   kuchsiz   bo’ladi,   o’qituvchilarning   urushishlari   yetarli   darajada   samara
bermaydi.  Tarbiyaning   yana   bir   xususiyati   -   ya’ni   uning   natijasi   kelajakka
qaratilganligi ni ko’rsatadi. Shuning uchun bolalarning tarbiyalanganlik darajasini
darhol tezda aniqlash qiyin. Tarbiyachi o’z faoliyatida kelajak maqsadlarni ko’zda
tutib  ish   ko’rishi   kerak.  Tarbiya  jarayonida   shu   kun  talabining   kelajak  maqsadlar
bilan   uyg’unlashtirilishi   ishimizning   muvaffaqiyatini   ta’minlaydi.   "Eskini
o’zlashtirgan   va   yangini   tushunishga   qodir   insongina   tarbiyachi   bo’la   oladi"   -
degan xitoylix  Konfutsiy . 
          Tarbiyaning shaxs rivojlanishi bilan birligi va o`zaro bog’liqligi   uning
muhim qonuniyati hisoblanadi.
          Shaxsning   rivojlanishi     tarbiyaning     sifatiga     bog’liqdir.     Ayni   chog’da
tarbiyaning   mazmuni,   shakli   va   metodlari     shaxsning     rivojlanish   darajasiga
bog’liq.   Tarbiya   jarayoni   murakkabdir.   Shuning   uchun   ham     u   tarbiyachidan
bolaning ruhiy holati, aqliy va jismoniy  imkoniyatlarini hisobga olib, mehribonlik
bilan   yondoshishni   talab   qiladi.   Tarbiyachi   tarbiyalanuvchi   shaxsini   diqqat   bilan
o`rganishi, ularni tushunishi, hurmat qilishi lozim.
     Tarbiyalanuvchilarning hayotiy faoliyati  jamiyat  uchun  qanchalik foydali,
maqsadga muvofiq va ularning munosabatlari oqilona  tashkil qilinar ekan, tarbiya
jarayoni shunchalik samarali amalga  oshiriladi.
          Insonni   uning   atrofini   qurshab   turgan   vositalar:   oila,   ota-onasi,   maktab,
do`stlari,   atrof-muhit,   ommaviy   axborot     vositalari,   san`at,   adabiyot,   tabiat   va
hokazolar   tarbiyalaydi.   Shaxsning   rivojlanish   va   shakllanish   jarayonini   boshqarib
borishi   kerak.   Shaxslararo   munosabatlarda   insonparvarlik,   pedagoglar   va
o`quvchilar     o`rtasida   bir-biriga   hurmat   munosabatlari,   bolalar   fikriga     e`tibor
berish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo`lish lozim.
     Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy  jarayon  umumxalq ishi
va uzluksiz bo`lsin, barcha yoshdagi bolalarni qamrab olsin, turli ijtimoiy, jamoat
va   davlat     institutlari   va     muassasalarining   shaxs   kamolotini   shakllantirish
borasidagi harakatlari  mujassamlashishi ta`minlansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
         Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb   tan   olish, har bir bola betakror   va   o`ziga   xosligini   hurmatlash,     uning     ijtimoiy   huquqi   va   erkinligi
e`tiborda tutilishi zarur.
          Tarbiya   muayyan   maqsad   bilan   rejali   ravishda   amalga     oshiriladigan
davomli ishdir.
          Yosh   avlodga   har   bir   tarixiy   davrdagi   jamiyatning   o`ziga   xos   ishlab
chiqarish   metodi   va   ijtimoiy   munosabatlarga   muvofiq   tarbiya   beriladi.   Bu
tarbiyaning asosiy qonuniyatidir.
          Tarbiya   jamiyat   hayoti   bilan   bog’liq,   jamiyat   o`zgarib     rivojlanishi   bilan
tarbiya ham o`zgarib, rivojlanib boradi.
     Tarbiya jarayoni hayotiy, amaliy hususiyat  kasb  etmog’i  lozim. Tarbiyaviy
jarayonning   barcha   qatnashchilari;   pedagoglar,     ota-   onalar,   jamoatchilik,  yoshlar
tashkilotlari   va   mehnat   jamoatlari-   hamma     kasbiy-pedagogik   tayyorgarlikka   ega
bo`lishlari lozim.
              Tarbiya   nazariyasida   ham   pedagogika   fanida   bo`lgani   kabi,   yangi   vujudga
kelayotgan   qarashlar   bilan   eskirib   borayotgan   qarashlar   o`rtasida   kurash   ketgan.
Tarbiya nazariyasidagi va amaliyotidagi muhim yo`nalishlarni tanqidiy o`rganmay
turib,   tarbiya   nazariyasining   asosiy   masalalarini   tushuna   olish   qiyin.   Keng
tarqalgan biri avtoritar (boshqalarga ko`r-ko`rona bo`yin suyish) tarbiya nazariyasi
edi.   Avtoritar   tarbiya   XVI   asrda   paydo   bo`lib,   hozirda   Ispaniyada,   Lotin
Amerikasining   ba`zi   mamlakatlarida   yaqqol   ifodasini   topgan.   Avtoritar   tarbiyani
ilmiy   ravishda   asoslab   berishga   uringan   nemis   pedagogi   Fridrix   Gerbart   (1771-
1841) bola tug’ilganda «yovvoyi sho`xlikka» xos bo`lish fikrini olg’a suradi. Shu
bilan u tartib buzgan o`quvchilar uchun jarima jurnalini tashkil etishni taklif etadi.
U   tartib   buzgan   o`quvchilarni   ovqatsiz   qoldirish,   burchakka   turg’izib   qo`yish,
kartserga qamash, jarimaga tortish kabi jazolashni turlarini joriy etadi. 
Avtoritar tarbiyani birinchi bo`lib J.J.Russo tanqid qildi va o`zi erkin tarbiya
nazariyasini ilgari surdi.  
O`zbek   maktablarida   ta`lim-tarbiya   bir-biridan   ajralmas   deb   hisoblanadi.
Sinfdagi   har   qanday   ish   doimo   tarbiyaviy   ishdir.,   biroq   tarbiyaviy   ishlarni   ta`lim
berish bilan cheklash mumkin emas.  Tarbiya   yosh   avlodni   muayyan   maqsad   yo`lida   har   tomonlama   o`stirish,
uning ongi va xulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. 
Tarbiya   –   ma`naviy   manbalar   va   hozirgi   zamon   talablari   va   ehtiyojlarini
nazarda tutgan holda, o`qituvchining o`quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan
o`zaro amaliy va nazariy muloqotidir. 
Tarbiya   – tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchiga singdirish uchun
tarbiyalanuvchining   ruhiyatiga   muayyan   suratda   ma`lum   bir   maqsadga   qarata   va
muntazam suratda ta`sir qilishdir. Bu xildagi ta`rif tarbiya tushunchasiga kiradigan
hamma   narsani,   chunonchi:   muayyan   dunyoqarash,   ahloq,   ijtimoiy   xulq-atvor
qoidalarini   singdirish,   muayyan   harakter   va   iroda,   odat   va   ahloq   yaratishni   o`z
ichiga oladi. 
Tarbiya  – shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan
pedagogik jarayon bo`lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta`sir
etish imkonini beradi. 
Tarbiya   jarayoni   o`zaro   bog’liq   bo`lgan   ikki   faoliyatni   –   o`qituvchi   va
o`quvchi   faoliyatini   o`z   ichiga   oladi.   Tarbiya   jarayonida   o`quvchining   ongi
shakllana boradi, his va tuyg’ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo`lgan
va ijtimoiy aloqalarga xizmat qiladigan xulqiy odatlari hosil bo`ladi.
Tarbiya   jarayonida   bolalarning   hayoti   va   faoliyatini   pedagogik   jihatdan
to`g’ri uyushtirish g’oyat muhimdir. 
Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta`sirga nisbatan
ma`lum   munosabatda   bo`ladi.   Bu   munosabat   shaxsning   ichki   ehtiyoji   va
hohishlarini ifodalaydi. 
Psixologlar   va  pedagoglarning  tadqiqotlari  shaxsga   tashqi  omillarning  (hoh
ijobiy,   hoh   salbiy)   ta`siri   bolaning   ularga   munosabatiga   bog’liqligini   ko`rsatadi.
Bolaning   shaxsiy   tajribasi   ehtiyojlari   tashqi   ta`sirga   munosabatini   belgilab   beradi
va uning xulqida aks etadi. Shuning uchun bola faoliyatini uyushtirishning o`zigina
kifoya   qilmaydi.   To`g’ri   tarbiyalash   uchun   tarbiyalanuvchining   bu   faoliyatga
nisbatan   qalbida   paydo   bo`layotgan   munosabatni,   turli   xil   kechinmalarni   qanday
anglashni,   baholashni,   his   qilishni   hamda   ulardan   o`zi   uchun   nimalarni   maqsad qilib   olayotganini   bilish   zarur.   Yana   shuni   hisobga   olish   kerakki,   bularning
barchasi   turli   kishilar   bilan   aloqa   qilish,   jamoadagi   munosabatlar   asosida   ro`y
beradi.   Bola   ulg’aya   borishi   bilan   bu   xil   aloqa   va   munosabatlar   murakkablashib
boradi   va   bola   shaxsning   kamolga   yetishida   yo   ijobiy   yoki   salbiy   ta`sir   etadi.
Shuning   uchun   tarbiya   maqsadga   muvofiq   muntazam   ta`sir   etishni   ko`zda   tutadi,
zeroki shu yo`l bilan jamiyatning shaxsga qo`yadigan talablari tarbiyalanuvchining
hulqini idora qilib turuvchi ichki ehtiyojga aylanadi.
Tarbiya   jarayonida   o`quvchining   onginigina   emas,   balki   his-tuyg’ularini
ham   o`stirib   borish,   unda   jamiyatning   shaxsga   qo`yadigan   axloqiy   talablariga
muvofiq   keladigan   xulqiy   malaka   va   odatlarni   hosil   qilish   lozim.   Bunga   erishish
uchun   o`quvchining   ongiga   (ta`lim   jarayoni   asosida),   hissiyotiga   (darsda   va
sinfdan   tashqari   ishlarda)   va   irodasiga   (faoliyatni   uyushtirish,   xulqni   idora   qilish
jaaryonida) muntazam ta`sir etib boriladi. Agar o`quvchini tarbiyalashda bulardan
birortasi   (ongi,   hissiyoti,   irodasi)   e`tibordan   chetda   qolsa,   maqsadga   erishish
qiyinlashadi.   Shuning   uchun   tarbiya   jarayoni   ko`p   qirrali   va   murakkabdir.
Maktabdagi   tarbiya   jarayoni   to`xtovsiz   davom   etadigan   jarayon   bo`lib,   unga
o`qituvchi   tarbiyachi   rahbarlik   qiladi   va   u   tarbiyaning   ayni   vaqt   uchun   zarur
bo`lgan   maqsadini,   shu   maqsadni   hal   qilishga   xizmat   etadigan   faoliyatini
belgilaydi.   O`quvchilarning   shu   faoliyatiga   ishtirok   etishini   ta`minlab,   ular
o`rtasida   ijtimoiy,   jamoa   va   o`rtoqlik   aloqalari   va   munosabati   uchun   sharoit
yaratadi. 
O`quvchilarni   faoliyatda   qatnashishlari   orqali   ularning   mustaqilligi   ijodiy
tashabbuskorligi o`sib borishiga erishiladi. Ana shu jarayonda bolaning qarashlari,
e`tiqodlari   va   voqea   hodisalarga   o`z   nuqtai   nazari   vujudga   keladi   va
mustahkamlanib boradi. Bular  bolaning atrof-muhitning ta`siriga nisbatan  qanday
munosabatda bo`lishini belgilaydi.
Shunday qilib, maktabdagi tarbiya inson shaxsini tarkib toptirish va kamolga
etkazish   jarayonidan   iborat   bo`lib,   uning   mazmuni   ta`limdagidek   alohida
predmetlarda   emas,   balki   o`quvilarning   hayot-faoliyatlari   va   o`zaro
munosabatlaridan   tashkil   topadi.   Mana   shulardan   tarbiya   jarayonining   o`ziga   xos hususiyatlari kelib chiqadi. 
Tarbiya   qoidalari   o’qituvchi,   tarbiyachilarga   yo’l-yo’riq   ko’rsatuvchi
qoidalar   yig’indisi   hisoblanadi.   Yetuk,   barkamol   insonni   shakllantirish   vazifalari
va maqsadi bilan belgilanadi. Buni yanada tushunarliroq tarzda ifodalash mumkin.
Tarbiya jarayonlari o’qituvchining, o’quvchini hozirgi zamon uchun foydali
fazilatlarni   shakllantirishga,   tarbiyaning   mazmuni,   shakli,   metodlariga
qo’yiladigan   talablarni   belgilab   beradigan   qoidalar   yig’indisiga   aytiladi.   Tarbiya
qonunlari   Sharq,   G’arb,   Markaziy   Osiyo   va   boshqa   xalqlar   faylasuflari,
donishmandlari   fikrlari   hamda   milliy   pedagogikada   erishgan   yutuqlariga
asoslangan. Tarbiyaning har bir qoidasi mustaqil bir pedagogik maqsadni nazarda
tutmog’i,   boshqa   qoidalar   bilan   o’zaro   aloqada   yagona   umumiy   pedagogik
maqsadni amalga oshirishga, ya’ni barkamol, yetuk insonni shakllantirishi darkor.
Bu   vazifani   ro’yobga   chiqarishda   tarbiyaning   xususiyatlarini   hisobga   olish   va
qonuniyatlariga   rioya   qilishi   talab   etiladi.   Tarbiya   jarayonida   bu   qoidalarga   amal
qilish uning samarasini oshiradi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va
ularga qo’yiladigan asosiy talablar tarbiya qonunlarida o’z aksini topadi.
          Tarbiya   qoidasi-   pedagog   ta`lim   va   tarbiya   jarayonini     yaxshiroq   tashkil
etish   maqsadida   foydalanadigan   boshlang’ich     holat,     rahbarlik   asosidir.Tarbiya
qoidalari   o`qituvchi,     tarbiyachilarga     yo`l-yo`riq   ko`rsatuvchi   qoidalar   bo`lib
hisoblanadi,   yangi     kishini     shakllantirish   vazifalari   bilan   belgilanadi.   Tarbiya
qoidalari     Sharq     va     Markaziy   Osiyo   faylasuf-donishmandlarining     fikrlari     va
milliy     pedagogika   erishgan   yutuqlarga   asoslanadi.   Tarbiya   qoidalari   mustaqil
harakterga ega bo`lib, u tarbiyaning o`ziga xos hususiyatlarini  va  qonuniyatlarini
aks   ettiradi.   Tarbiyaviy   jarayonda   bu   tamoyillarga     rioya   qilish   uning   samarasini
oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi.
          Tarbiyaning   mazmuni,   tashkil   etilishi,   metodlari   va   ularga     qo`yiladigan
talablar shu qoidalarda o`z ifodasini topadi.
          Tarbiyaning   mohiyati,   mazmuni,   qoidalari   mamlakatimizda     yangicha
iqtisodiy munosabat sharoitlarining o`zgarganligi sababli kengayib bormoqda.
         Tarbiyaviy jarayonni yaxshilash,  uni davr  talabiga javob   beradigan holga keltirish uchun  deyarli  barcha  qoidalarni,  metodlarni, g’oyalarni qaytadan ko`rib
chiqishimiz, bola shaxsiga e`tiborni qaratishimiz, yillar davomida to`plangan ijobiy
tajribadan unumli  foydalanishimiz zarur.
          Tarbiya   qoidalariga   quyidagilarni   kiritishimiz   mumkin:     Tarbiyaning
ma`lum   maqsadga   qaratilganligi,   tarbiyaning     insonparvarlik   va   demokratiya,
hayot bilan, mehnat  bilan   bog’liqligi,   tarbiyada ilmiy-madaniy va umuminsoniy
qadriyatlarning   ustivorligi,     tarbiyada   o`quvchilarning   yosh   va   shaxsiy
hususiyatlarini hisobga olish, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta`sirlarning birligi va
uzluksizligi qoidalari va boshqalar.
Tarbiyaning   mohiyati,   mazmuni,   qoidalari   O’zbekiston   Respublikasining
“Ta’lim   to’g’risida”gi   qonuni   va   “Kadrlar   tayyorlash   Milliy   dasturi”   talablaridan
kelib   chiqadi.   Ana   shu   kadrlar   sifati,   mahorati,   milliy   va   umumbashariy
fazilatlarini shakllantirishga qaratilgan.
Tarbiyaning maqsadga qaratilganligi  prinsip i
     Tarbiyaning asosiy maqsadi, har tomonlama ma`naviy  rivojlangan, aqliy va
axloqiy     barkamol     shaxsni     shakllantirishdan     iborat.   Shunga   ko`ra   tarbiyaviy
faoliyatning mazmuni,   tashkiliy   shakllari   va metodlari shu maqsadga erishishni
ko`zda tutadi.
         Umumiy ta`lim maktabining asosiy vazifasi-shaxsning   aqliy, axloqiy, his-
tuyg’uli   va   jismoniy   rivojlanishi,   qobiliyatlarini     har   tomonlama   kamol   toptirish
uchun   imkoni   boricha   qulay     sharoitlar     yaratishdan   iborat.   Shuningdek,
o`quvchilarda milliy g’urur va milliy  axloq odobni shakllantirishni ko`zda tutadi.
          Tarbiyaviy   ish   ma`lum   maqsadni   ko`zlovchi   va   uzluksiz   davom   etadigan
jarayondir.   Ko`pincha   bir   necha   maqsad   va   vazifa   birdaniga     bajariladi,   bu   esa
ko`pincha o`quvchilar  jamoasini  aqliy  va  axloqiy o`sishini ta`minlaydi.
      Maqsadga intilish va maqsad bir  xil  narsa  emas.  Yaxshi  bir maqsad izhor
qilingan bo`lsada, ammo   bu   maqsadni    amalga   oshirish uchun hech qanday ish
qilinmagan   bo`lishi     mumkin.     Shuning     uchun     aniq   ravshan   maqsadni   amalga
oshirishga harakat qilish lozim.
          Shaxsning   shakllanish   manfaatlari   har     bir     pedagogik     tadbirni   tarbiyani umumiy maqsadlari bilan ko`nikishni, uni rejali  tarzda  va qat`iy sur’atda  amalga
oshirishga     harakat     qilishni     talab     etadi.   Yoshlarda   jamiyatimiz   g’oyalarining
kuchiga     ishontirish,     yangi     jamiyatni   barpo   etishda   o`z   hissalarini     qo`shishga,
ijtimoiy-foydali   mehnatda bevosita ishtirok etishga intilishni rag’batlantirish juda
muhimdir.
         Tarbiyaning ma`lum maqsadga   qaratilganlik   qoidasi   bolalar jamoasining
rivojlanish istiqbollarini ko`ra bilishga yordam beradi.
         Har bir tarbiyaviy tadbir   oldindan   puxta   o`ylangan,   muayyan maqsadni
amalga     oshirishga     buysindirilgan     bo`lsa,     uning     g’oyaviy-siyosiy     darajasini
ko`taradi,     tanlangan     metod     va     vositalar   maqsadga   muvofiq   keladi,   ularning
tarbiyaviy ta`siri yuqori bo`ladi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya  prinsip i
     Umumiy ta`lim maktabi yangi pedagogik tafakkur egasi,  munosib shaxs o`z
ishining ustasi bo`lgan o`qituvchiga muhtoj.
     O`qituvchining bilim saviyasi, ma`naviyati jamiyatni  harakatga keltiruvchi,
taraqiyotga   eltuvchi   etakchi   omillardan   biridir.    O`qituvchi     yurish-turishi,     xatti-
harakati,     kiyinishi,     muomalasi     bilan   o`quvchi   qalbiga   kirishi,   uni   ezgulik   sari
yo`naltirishi kerak.
     Tarbiyani insonparvarlashtirish-bu maktabning, o`qituvchi-tarbiyachilarning
bola   tomon   yuz   burishlari,   uning   shaxsini   hurmat     qilish   uchun   mumkin   qadar
yetarli   sharoitlar   yaratib   berish,   turli   yosh   bosqichlari   ruhiy-fiziologik
mustaqillikni hisobga olish demakdir.
          Maktabda   ruhiy   xizmatdan   foydalanish   bolalar   kayfiyatini,     qiziqishini,
intilishini va qobiliyatlarini aniqlash, ta`lim-tarbiya jarayoniga ijodiy yondoshishga
imkon beradi.
       Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda   muqaddas   kitob «Qur`oni
karim»,   «Hadis»i   sharifdan    foydalanish     juda     muhim.  Mahmud   Qoshg’ariyning
«Devonu   lug’atit     turk»,   Kaykovusning     «Qobusnoma»,   Ahmad   Yassaviyning
«Hikmatlar»i,     Sa`diy     Sheroziyning   «Guliston   va   Bo`ston»,   Abdurahmon
Jomiyning     «Bahoriston»,     Alisher   Navoiyning   shoh   asarlari,   hikmatlari   muhim tarbiyaviy ahamiyat  kasb etadi.
      Shunday ekan maktabda o`quvchilarga gumanitar-ijtimoiy  fanlardan ta`lim
berishda   tarbiyaga   ko`proq   e`tibor   berish     lozim.     Ayniqsa,   hozirgi   sharoitda
O`zbekiston   tarixi,   adabiyoti,   madaniyati   va   boshqalarni   o`qitish   jarayonida
bevosita   tarbiyaga   oid   bo`lgan   milliy   ma`naviyatga,   milliy   ruh,   urf-odat   va
shuningdek umumbashariy qadriyatlarga alohida urg’u berish zarur.
          O`qituvchi   o`quvchi   qalbiga   yo`l   topish   uchun   bilimi   va   ishi     bilangina
emas,   ayni   paytda   odob-axloq,   madaniyati,   rostgo`ylik     va     shirinsuxanligi   bilan
namuna   bo`lishi     lozim.     Shundagina     o`qituvchi     va   o`quvchi   o`rtasida   haqiqiy
do`stona munosabat qaror topadi. Yaxshi o`qituvchi o`quvchilarning so`zini diqqat
bilan tinglaydi,  ularga  dalda beradi, tinchlantiradi, to`g’ri baho qo`yadi, hammani
teng ko`radi, bolalarni sevadi.
          Tarbiyani   demokratiyalash   -   bu   ma`muriy   ehtiyoj   va     qiziqishlardan
shaxsning   ehtiyoj   va   qiziqishlarini   yuqori     qo`yish,     demakdir.     Bu   tarbiyachi   va
tarbiyalanuvchi   o`rtasida   o`zaro   ishonch,   hamkorlik     asosida   pedagogik
munosabatlar   mohiyatini   o`zgartirish   demakdir.   Bu     tarbiya   ishiga   jamoatchilikni
jalb  qilish,  uning  rivojlanishiga  jamoat omilini kiritish demakdir.
         Shaxslararo   munosabatlarda   insonparvarlik,   pedagoglar     va o`quvchilar
o`rtasidagi  bir-biriga  hurmat  munosabatlari,  bolalar fikriga e`tibor qilish, ularga
mehribonlarcha   munosabatda   bo`lish   lozim.   Maktab   osoyishtalik,   insonga   mehr-
muhabbat beshigi bo`lishi  lozim.
         O`qituvchi o`quvchiga, avvalgidek, tarbiya   ob`ekti   emas,   xuddi o`zi kabi
sub`ekt   deb   qarashi   kerak.     Ya`ni     o`quvchiga     faqat     mening   buyrug’imni
bajaruvchi   emas,   balki   mening   o`zim   bilan   teng     huquqli,   birga   ishlovchi,
hamkorlik qiluvchi deb qarashi kerak.
          Bola   butun   qalbini   darsga   bag’ishlasa,   uni   og’ir   ahvolga     solib   qo`ygan
bo`lamiz,  u  faqat  o`quvchigina  emas,   avvalo,  rang-barang    qiziqishlar,  ehtiyojlar,
intilishlarga ega bo`lgan inson. 
          Yaralangan   qushcha   qancha   azob   tortsa,   g’ildirakchasi   singan   o`yinchok
mashina   ham   xuddi   shunday   aziyat   chekadi   deb   bilishi,   bola     ko`ngli   bo`shligini emas,   uning   ko`nglida   shafqat,   ezgulik,   go`zallik     va     insonparvarlik   borligining
nishonasidir.
          Tarbiyaviy   faoliyatni     demokratiyalash     va     insonparvarlashtirish   uning
mohiyati   va   mazmunini   qayta   tafakkur     etishni     ko`zda     tutadi,   shaxsning
rivojlanish va o`zligini anglash huquqini ta`minlaydi.
Tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog’liqligi  prinsip i
          Qaysi   davr,   qaysi   sharoitda   bo`lmasin   ota-bobolarimiz   o`z   avlodining   har
tomonlama   komil     insonlar     bo`lishi     uchun     qayg’urganlar.   Chunki   jismonan
baquvvat,  aqlan sog’lom,  ma`naviy  yuksak,     bilim    va  hunar  sohibi,  axloqan  pok
farzandlargina   avlodning   chinakam   davomchisi,   yurtning   egalari,   millat   boqiyligi
va boyligining ta`minlovchisi hisoblangan.
          O`quvchilarni   ona-Vatanni   sevish,   ardoqlash,   uning     farovonligi,   gullab
yashnashi,   taraqiyoti   uchun   sadoqat   bilan   xizmat   qilish, ona-diyorning har bir
qarich   yerini,   boyliklarini,   tabiati   va   hayvonot   dunyosini   avaylab   asrash,   kelgusi
avlodlarga     qoldirish,     ularni   muqaddas,   tabarruk   deb   bilish,   ajdodlari   tarixi,
madaniyati     bilan   g’ururlanish   hissini   tuyish,   milliy     urf-odatlar,     an`analar,
qadriyatlar va udumlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash juda muhim. 
      Tarbiyani   hayot   va   mehnat   bilan   bog’liqligi   qoidasi     o`quvchilarda   jamoa
axloqi va turmush qoidalariga hurmat bilan qarashni,  shaxsda fuqarolik va ijtimoiy
mas`uliyat     hislarini     rivojlantirishni,   o`zi   yashayotgan   mamlakatning   ravnaqi,
insoniyat     taraqqiyotini     barqaror   saqlab   qolish   yo`lida   g’amxo`rlikni,   ekologik
tarbiyani shakllantirishni nazarda tutadi.
        Maktabda   o`quvchilarni   ijtimoiy   foydali   faoliyatga   jalb     qilish,   ularda
ijtimoiy   faollikni   rivojlantirishga   imkon     beradi.     O`quvchilar   jamiyatimiz
to`g’risida   olgan   bilimlarni     amalda     qo`llash,     ijtimoiy   o`z-o`zini   boshqarish
organlarida   faol     qatnashish     orqali     hayotga   tayyorlanib   boradilar.   Agar   ular
tevarak-atrofdagi   turmushga   beparvo   bo`lsalar,   ijtimoiy   ishlardan   chetda   turuvchi
tomoshabin     deb     his   qilsalar,   oqibat   natijasida   ularning   ruhida   bo`shanglik,
loqaydlik hosil bo`ladi.
     Bu qoidaning amalga oshirilishi o`quvchilarni   turmushga,   mehnatga, ongli ravishda kasb-hunar tanlashga  har  tomonlama  tayyorlash uchun zamin yaratadi.
      Bu   qoida   o`quvchilarni     mamlakatimizdagi     va     chet     ellardagi   kundalik
voqealar   bilan   muntazam   suratda   tanishib   borishlari   zarur,   degan   talabni   ham
bildiradi.
      O`quvchilarning   ishlab-chiqarish   ilg’orlari,     hurmatli     kishilarni,   mehnat
faxriylari   bilan   uchrashuvlari,   ijtimoiy   foydali     va     unumli   mehnatda   bevosita
ishtirok etishlari ularni atrof-muhit bilan, mustaqil jamiyat qurilishi amaliyoti bilan
tanishtirishda yaxshi yordam  beradi.
      O`quvchilarning   qurilish   maydonchalari,   yig’im-terim   guruhlari   va
brigadalari   saflarida,   hunarmandchilik,   xalq   amaliy   san`atida,   bemorlarni
parvarishlash   va   nafaqaxo`rlarga   xizmat   ko`rsatish     sharoitlarida,   pochta   (aloqa)
ko`rsatish   bo`limlarida,   hovlilarni   va     ko`chalarni   tartibga   keltirishda,   sanoat
korxonalaridagi ishlarini alohida quvvatlamoq lozim.
      O`quvchilar   maktabda   nafaqat   katta   hayotga   tayyorgarlik     ko`radilar,   balki
ana shu haqiqiy hayot bilan yashaydilar. Tarbiyani hayot va mehnat bilan qo`shib
olib borish qoidasi   o`quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtirib borishni
va o`zgartirishda  o`quvchilarning qatnashishlarini talab qiladi.
    Respublika  bozor  sharoiti  shakllanayotgan  hozirgi  sharoitda o`quvchilarni
hayotga   va   mehnatga   yangicha   munosabatli,     layoqatli     qilib   tayyorlash   lozim.
Buning   uchun   o`quvchilarni   davlat   va   jamoa   xo`jaliklari   dalalarida,   tomorqa   va
ijara  olingan  yer  maydonlaridagi unumli mehnatlarini tashkil qilish kerak.
Insonni   mehnat   qoidalari   asosida   tarbiyalash   tarbiyaning   asosiy
qoidalaridandir.   O’quvchini   mehnat   qoidasi   asosida   tarbiyalashning   maqsadi
mehnatning   mazmuni,   mohiyatini   anglatishdan   iboratdir.   O’quvchi   o’zi
bajarayotgan   mehnatning   natijalarini   ko’rsa,   undan   manfaat   olsa,   undan   qoniqsa,
rohatlansagina   mehnat   tarbiyalaydi.   Mehnat   jarayonida   odamda   do’stlik,   ahillik,
hamkorlik,   o’zaro   yordam,   jamoa   bo’lib   ishlash,   madaniyat,   ma’naviyat   singari
sifatlar   shakllanadi.   A.N.Farobiy   "Har   bir   o’quvchiga   bekitilgan   ma’lum   bir   ish
bo’lishi   kerak,   toki   u   kishi   o’ziga   bekitilgan   ishni   kechiktirmasdan   o’z   vaqtida
bajarsin"   degan   talabni   qo’yadi   (Risolalar   117-bet).   Eng   muhimi   mehnat   kishini muhtojlikdan,   bekorchilikdan,   yurak   siqilishidan   va   axloqning   buzulishidan
saqlaydi. A.R.Beruniy "Har bir insonning qadr-qimmati uning bajaradigan mehnati
bilan o’lchanadi", deb ta’kidlagan.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustunligi   prinsip i
O`quvchilarning   umuminsoniy   va   Vatanimiz   qadriyatlari,   boy     madaniyati
bilan   tanishtirish,   dunyoviy   va   diniy     bilimlarni     egallashga   bo`lgan   talablarini
shakllantirish malakalarini  oshirish,  ularni  tobora boyitish, estetik  tushunchalarini
shakllantirish juda muhimdir.
          O`zbek   xalqining  madaniy  merosini   o`rganishda   va  rivojlantirishda  milliy
o`ziga   xosligi,   ma`naviy     hususiyatlari     hisobga     olinib,   xalq   pedagogikasi
an`analariga   suyangan   holda   ish   ko`rilishi     maqsadga   muvofiq.   O`quvchilarda
kishilik   jamiyatiga     muhabbatni     tarbiyalash,   ularni   tabiat   muhofazasi,   madaniy
yodgorliklarni  saqlash  ishlariga jalb qilish lozim.
      Umuminsoniylik-bu barcha insonga xos bo`lgan,  uning  madaniy va milliy
ko`p   qirraliligidir,   ya`ni,   turli   millat     vakillariga   hurmat,   turli   dinlar   va   boshqa
madaniyatlarni     o`ziga     xosligini   tan   olish,   qadriyatlarni   hurmatlashni   nazarda
tutadi.
         O`quvchilarga eng  avvalo, o`z  xalqining milliy-madaniy   merosiga,  tiliga,
an`ana va  urf-odatlariga,  shuningdek,     boshqa   xalqlarning  ma`naviy  boyliklariga
bo`lgan   qiziqishlarini   tarbiyalash     lozim.   Bunda   uning   bilim   doirasini
kengaytirishga,   turli   xalqlar   madaniyati   bilan   tanishtirishga   alohida   ahamiyat
berishi   zarur.   Milliy     qadriyatlardan:     ona     zamin     tabiati,     milliy       xalq   san`ati,
an`analarining   milliy   estetik   manbalari,   sharqning     jumladan,   O`zbekistonning
badiiy   madaniyati,   tarixi   orqali   o`quvchilarda   milliy   axloq   an`analari   ruhini
shakllantirishda,   milliy     o`z-o`zini   anglatishda,   baynalminallik   va   vatanparvarlik
tuyg’ularini  rivojlantirishda foydalanish darkor.
          Ma`naviy   qadriyatlar   va   g’oyalar     har     xil     millat     o`quvchilarini
birlashtiradi,   o`quv   va   mehnat   faoliyatlarini   uyushtirishga   yordam   beradi.
O`tmishga nazar tashlasak, xalq pedagogikasini  bola   tarbiyasidagi  boy tajribalari
hayotga   to`la   tadbiq   etilmaganligi,   buyuk   allomalarning   pedagogik   qarashlari, sharqona urf-odatlar,  boy  an`analar, hayotga joriy etilmaganligi tarbiya  borasida
talay  qusurlarning yuzaga kelishiga sabab bo`ldi.
         Xalqimizning ko`p asrlik qadriyatlarini, ulkan   va   boy   madaniy merosini
chuqur bilmasdan, milliy o`zlikni anglash, milliy   g’urur tuyg’usini qaror toptirish
mumkin emas.
         O`zbek xalqi ko`p asrlik tarixiy taraqiyotida katta   madaniyatni  yaratdi. U
yaratgan boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita   bo`lib xizmat qiladi. Ismoil-
al-Buxoriy, Al-Xorazmiy, Beruniy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib,
Ahmad   Yugnakiy,   Sa`diy     Sheroziy,   Ahmad   Yassaviy,   Nizomiy   Ganjaviy,
Fariddin   Attor,     Abdurahmon   Jomiy,   Alisher   Navoiy   va   boshqa   buyuk
mutafakkirlarning   asarlari orqali o`quvchilari go`zal axloq,   baxt,   insof,   poklik,
iffat,   sabr-matonat,   mehr-shafqat,     sihat-salomatlik,     ota-   onani     hurmat   qilish
qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo`ladilar.  Insoniylik o`z tarkibiga insonning
eng     yaxshi     axloqiy     hususiyatlarini     ya`ni,   odamlar   o`rtasida   o`zaro   yaxshi
munosabatda bo`lish, do`stlik,  ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik
kabi     fazilatlarni   qamrab  oladi.  Xalqimiz bolalarning yoshligidan  ana  shu     go`zal
fazilatlarini tarbiyalashga ahamiyat berib keladi.
          Maktablarimizdagi   tarbiyaning   mazmunini   milliy     va     umuminsoniy
qadriyatlar   belgilashi   lozim,   ya`ni   ta`lim-tarbiya   mazmunida     insonparvarlik,
tenglik,   xalqparvarlik,   demokratiya   g’oyalari     ustivor   bo`lishi   lozim.   Masalan,
Oybekning     «Navoiy»,     Abdulla     qodiriyning   «O`tgan   kunlar»,   Abdulla
Qaxxorning   «Sinchalak»   kabi   asarlari     milliy   va   ummuminsoniy   demokratik   va
gumanistik  qadriyatlar  nuqtai nazaridan o`rganilishi maqsadga muvofiqdir.
     Odob haqida Islomda ham ko`p ibratli gaplar aytilgan.  Islomda tarbiya so`zi
tabib so`zidan olingan. Bu degani odam  o`ziga,  qarindosh urug’lariga va umuman
ta`sir   doirasi   etadigan   jamiki     kishilarga   tabiblik,   ahillik   qilishi   lozim.   Islom
odobida   faqat     insonni   ezgulikka,   xalollikka,   axloqqa   chaqiruvchi   da`vatlar   bor.
Islom   odobini   esdan   chiqarish,   unga   amal   qilmaslikning   oqibati     nimalarga   olib
kelishini hayotning o`zi ko`rsatyapti. Millatning  saodati,  davlatning  tinchligi  va
farovonligi  avvalo  yoshlarning  tarbiyasiga bog’liq. Shuning uchun unutilayozgan ma`naviy     qadriyatlarimizni     tiklash   va   kelgusi   avlodlarga   etkazish   bugungi
kunning dolzarb vazifasidir.
O’quvchilarni   tarbiyalashning   muhim   qoidalaridan   biri   bolalarga   nisbatan
qattaq   talabchan   bo’lish   va   ular   shaxsini   hurmat   qilishdir.   Ajoyib   pedagog
A.S.Makarenko:   “Mening   asosiy   pedagogik   prinsipim   hamisha   odamga   mumkin
qadar   ko’proq   talab   qo’yish,   shu   bilan   birga   uni   mumkin   qadar   ko’proq   hurmat
qilish bo’lib qolsin" – deb ta’kidlagan.
O’quvchilar g’amxo’r, mehribon va talabchan o’qituvchini sevadilar, hurmat
qiladilar   va   unga   to’liq   ishonadilar.   Mana   shunday   o’qituvchilarning   bolalarga
tarbiyaviy ta’siri ko’proq bo’ladi. O’qituvchi o’quvchiga nisbatan qattiq talabchan
bo’lishi   va   qo’ygan   talablarining   o’quvchilar   tomonidan   so’zsiz   bajarilishiga
erishilmog’i lozim.
Tarbiyada o`quvchilarning yosh va individual hususiyatlarini 
hisobga olish  prinsip i
Tarbiyaning   mazmunini   tashkil   qiluvchi   g’oyalar,   talablar,   maqsad   va
vazifalar   ichidan   o`quvchilarning   yosh   va   individual     hususiyatlariga   muvofiq
keladiganlarinigina   tanlab   olish   juda   muhimdir.     Boshqacha   qilib   aytganda,
tarbiyachilar   bola   shaxsiyatiga   monand   metod   topishlari,   uning   shaxsini
shakllantirish uchun kerakli  sharoit  yaratishlari lozim.
      Odamlarning   qobiliyati   va   shaxsiy     hususiyatlarini,     individual   harakterini
oila, muhit, turmush sharoiti oldindan belgilaydi.
     O`qituvchi bolalarni, ularning har birini   tushunish   mahoratiga ega bo`lishi
kerak. O`z o`quvchilarini bilish va ular bilgan narsalarni bilish va har biri alohida
va hammasi birgalikda bilishi   mumkin bo`lgan narsalarni bilish o`qituvchi uchun
zarur  shartlardan  biridir.
Tajribali   o`qituvchilar   o`quvchilarni   kuzatadilar,   ularni   har     tomonlama
o`rganadilar,   o`quvchini   boshqalardan   ajratadigan   sifatlarni   izlab   topadilar   va   u
boshqalarga qanday naf  keltirishi  mumkinligini aniqlaydilar.
    Tarbiyaning mazmuni, shakli va metodlari bolalar yoshi va  saviyasiga  qarab
turli    sinfda   turlicha   bo`ladi.    Masalan,    boshlang’ich ta`limning asosiy  vazifasi o`quvchilarda   o`qish,   chizish,   hisoblash   malakalarini   shakllantirish   bilan   birga
ularning   ongi,   qalbiga     tabiatni   muhofaza   qilish,   yaxshilik-   yomonlik,     adolat-
adolatsizlik,     halollik-haromlik,     go`zallik-xunuklik,     mehribonlik-shafqatsizlik
kabi tuyg’ularning  oddiy  qonun-qoidalari  singdiriladi.  Buning uchun ularni tez-
tez   tabiat   qo`yniga  olib   chiqish,   ularning     o`zlari     kuzatishlar   olib   borishlari   kabi
imkoniyatlar yaratish lozim.
Yuqori sinflarda  esa  shaxsning  rivojlanishi  va  shakllanishi, uning ijtimoiy
o`zligini anglashga bo`lgan istagi, qiziqishi va qobiliyatini ta`minlash uchun shart-
sharoitlar   yaratiladi,     kasbga     yo`naltirishga   e`tibor   beriladi.   O`quvchilar   jamoasi
ayrim     shaxslardan     iborat,   Shuning   uchun   har   bir   bolaning   o`ziga   alohida
pedagogik     ta`sir   ko`rsatilishi   kerak.   Buning   uchun     pedagog     bolaning     qanday
oilada tarbiyalanganligi, u tarbiyalangan   muhit   ta`sirini,   tengdoshlari, o`rtoqlari
va kattalar   qanday   ta`sir   ko`rsatayotganlarini,   uning ijobiy va salbiy odatlarini,
nimalarga     qiziqishini     va     qobiliyati   borligi   va   hokazolarni   yaxshi   bilishi   kerak.
Har   bir   bolaning   o`zigagina   xos   hususiyatlarini   aniq   bilmay   turib   bolaga   rejaviy
ravishda, maqsadga muvofiq ta`sir ko`rsatish mumkin emas.
     Pedagogning bu qoidaga amal qilishi o`quvchilarning tushunishiga, ularning
his-tuyg’ularini,   tashvishlarini   jiddiy     qabul     qilish   va   qadrlashga,   ijobiy   insoniy
fazilatlarni     tarbiyalashga     yordam   beradi.   O`quvchilar   ham   o`z   o`rnida   o`zlarini
inson sifatida anglaydilar va o`qituvchilarga hurmat bilan qaraydilar.
Pedagog   tarbiya   jarayonida   bolalarning   ijodkorligiga,   ziyrakligiga,
mustaqilligiga,   bilish   va   ijtimoiy   faolligiga   keng   yo`l   berish   kerak.   Bolalar
jamoasiga singdirilgan muomala   harakteri    har bir  o`quvchiga     haqiqiy   insoniy
tabiatni  rivojlantirishga yordam berishi lozim.
      Bu   qoidani       amalga   oshirish   bolalar     faoliyatini     mazmuni     va   shakllarini
ularning yoshiga, hayotiy tajribasiga va   imkoniyatlariga muvofiqlashtirishni talab
qiladi.   O`qituvchi   o`z   o`quvchilarida   insoniy   fazilatlarni     tarbiyalash   jarayonida
ularning har biriga xos ravishda muomala qilish yo`lini topishi lozim.
O’quvchilarni   tarbiyalashda   ularnnng   yosh   va   individual   xususiyatlarini
hisobga   olish   muhim   ahamiyatga   aga.   Tarbiyaning   mazmuni,   shakli   hamma yoshdagi   bolalar   uchun   bir   xilda   bo’lavermaydi.   Turli   sinfdagi   bolalarning   yoshi
va saviyasini hisobga olish asosida tarbiyaning vazifalari amalga oshirilib boriladi.
Bolalarga   beriladigan   tarbiya   mazmuni   ularning   yoshiga,   kuchiga,   tushunchasiga
va imkoniyatlariga mos bo’lishi lozim. Tarbiyada bolalarning yosh xususiyatlarini
hisobga   olishdan   tashqari   ularning   individual   xususiyatlarini   hisobga   olishni
taqozo   etadi.   Chunki   ma’lum   yoshdagi   bolalar   xususiyatida   umumiylik   bo’lishi
bilan birga har qaysi bolaning o’ziga xos xususiyati ham bor.
Tarbiyada  izchillik,  tizimlilik  tarbiyaviy  ta`sirlarning   uyg’unligi va
uzluksizligi  prinsip i .
          Tarbiyaga   yaxlit   tizimli   yondashish   tarbiyaning   pedagogik   harakatning
pirovard   natijasiga   yo`naltirilganlik   darajasini   belgilab   beradi.   Bunda   pedagogik
maqsad va vazifalar, uning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashchilari
tomonidan tan olinishi shart.
     Shunga ahamiyat berish lozimki, amalda tarbiyaviy  jarayon  umumning ishi
va uzluksiz bo`lsin. Tarbiyaning barcha  tomonlari  hamoxang bo`lsin.
     Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror
narsani   talab   qilib,   so`ngra   o`zining   talabini     unutib   qo`ysa,   yoki   o`zi   bu   talabga
xilof ish tutsa,  bu  hol  tarbiyaga  juda yomon ta`sir qiladi. O`qituvchi subutli; o`z
lafziga  sobit  bo`lmog’i kerak. Masalan, «Ertaga kundaliklaringizni tekshiraman»,
«Oyoq  kiyimlaringizni moylanganligini ko`raman» deb va`da berdingizmi, ijrosini
unutmang. Pedagog biror tarbiyaviy tadbir uyushtirishni  bolalarga va`da qilib, sal
orada va`dasini esdan chiqarib qo`ysa, o`quvchilar bunday o`qituvchiga ishonmay
qo`yadilar. Har bir pedagogning ishi bilan so`zi bir bo`lishi lozim.
          Bolalarga   birdaniga   juda   ko`p   talab   va   qoidalarni   takdim     qilish   mumkin
emas. Bolalarga tarbiya va ta`lim  berishda  uzluksizlik va tizimlilikka rioya qilish
kerak.
         Hamma tarbiyachilar o`quvchiga bo`lgan munosabatlarida bir-birlariga zid
harakatda bo`lmasliklari, bir xil, yagona talab   qo`yishlari lozim. Tarbiyaviy ishda
bunday izchillikka rioya etish juda ham muhimdir.           O`quvchilarga   tarbiyaviy   ta`sir   ko`rsatishda   izchillikka   rioya     qilish,
muomalani   avvaligicha   davom   ettirish   va   bir     xil     talab     qo`ish   muvaffaqiyat
qozonishning   eng   muhim   shartlaridan     biridir.     Afsuski,   amalda   ba`zan   oila
maktabning   talablarini   qo`llab-quvvatlamaydigina   emas,   balki   teskari   ta`sir
ko`rsatadi.   O`qituvchilar   orasida     ham   talablarning   bir   xilligi   hamisha
ta`minlanavermaydi.     Tarbiya     uzoq   muddatli,   murakkab   jarayon,   unda   ota-ona,
o`qituvchi,   jamoatchilik   va   boshqalar   qatnashadilar.   Shu   sababli   ularning   ishida
izchillik   va     davomiylik   bo`lishiga   rioya   etish,   o`quvchilarning   tarbiyalanganlik
darajasini,   tarbiya   metodlari   va   shakllarini   o`z   vaqtida   aniqlab   olish   juda
muhimdir.   Bu   qoida   tarbiya     ishida     tarbiyani     amalga     oshiradigan   barcha
bo`g’inlarning   oila   va   maktab   o`quvchilar   va   yoshlar     tashkilotlari,   maktabdan
tashqari   tarbiya   muassasalari   va   ishlab   chiqarish   jamoalarining,   keng
jamoatchilikning   hamjihatlik   va   bamaslahat   ish   ko`rishini   ko`zda   tutadi.   Chunki,
tarbiyaviy   ta`sirdagi     tizimlilik     faqat   yoshlarni   emas,   balki   aholining   barcha
qatlamini   qamrab   olishi   kerak.   Aholi   qatlamlarining   tarbiya   tizimiga   jalb
qilishdagi  rang-barang shakl va metodlar ham ijtimoiy- iqtisodiy  ham  pedagogik
jihatdan,   nafaqat   tub   aholi,   balki   Respublikada   istiqomat   qilayotgan   boshqa
millatlar   va   elatlarning   etpopedagogikasi   sohasi       jihatdan     ham   ta`minlanishi
kerak.
Bolalarga   bilim   berishda   ma’lum   tartib,   muntazamlilik   qanchalik   muhim
bo’lsa,   tarbiya   ishlarida   ham   shunchalik   muhimdir.   Bolalarga   insoniylik
fazilatlarining   hammasini   birdaniga,   bir   yo’la   va   bir   vaqtda   singdirib   bo’lmaydi.
Shuning   uchun   bolalarda   insoniylik   fazilatlarini   tarbiyalash   ishida   muntazamlilik
juda muhimdir. Maktabning bir sinfida do’stlik, ikkinchi bir sinfda boshqa tarbiya
amalga oshirilmaydi.
Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va uni harakatlantiruvchi kuchlar
Ichki   qarama-qarshiliklar,   masalan:   o’quvchiga   qo’yiladigan   talablar   bilan
uning  yetukliligi,  boodobliligi   o’rtasidagi   qarama-qarshiliklar   yoki   tashqi  ta’sirlar
bilan   tarbiyalanuvchining   ichki   pozisiyasi,   ya’ni   uning   bu   ta’sirlarga   bo’lgan munosabati   o’rtasidagi   qarama-qarshilik   tarbiya   jarayonining   manbai,
harakatlantiruvchi kuchi bo’ladi. Masalan: agar tarbiyachi bolalarga yangi faoliyat
turini   tavsiya   qilgan   taqdirda   uning   odobliligi,   bu   ishga   kirishib   ketishga
tayyorgarligini   hisobga   olmagan   bo’lsa,   u   qanchalik   ko’p   harakat   qilmasin,
tarbiyalanuvchilar passiv bo’ladilar, shuning uchun bu ishning o’quvchilarga ta’sir
etish darajasi samarali bo’lmaydi.
Tarbiya   jarayonining   dialektikasi   uning   ziddiyatli   ekanligida   namoyon
bo’ladi.   Aslida   bu   narsa   tarbiyalanuvchilarga   nisbatan   qo’yiladigan   talablar   bilan
ularning   tayyorgarlik   darajasi,   rivojlanish   darajasi   o’rtasidagi   qarama-qarshilikni
hal etishga qaratilgandir.
Tashqi ziddiyatlar obyektiv mavjud bo’lgan normalar bilan atrofdagi kishilar
yurish-turishi   o’rtasidagi   nomuvofiqlikda   tafovvutda   namoyon   bo’ladi.   Tashqi
ziddiyatdlardan   biri   -   tashqi   talablar   bilan   o’quvchining   xulq-atvori   o’rtasidagi
ziddiyatdir. 
Maktab   o’quvchilarining   da’volari   bilan   uning   shaxsiy   imkoniyatlari
o’rtasidagi   ziddiyat   ham   ichki   ziddiyatlar   jumlasiga   kiradi.   Bu   ziddiyatlar   xylq-
atvorda   ravshan   ifodalanadi.   Va’da   berib   -   va’dasini   bajarmaydi,   biror   ishni
boshlab qo’yib, oxiriga yetkazmaydi.
Insonnning   shaxs   sifatida   kamol   topishidagi   asosiy   manbalardan   biri:
talablar bilan ularni qondirish usullari (sharoitlari) o’rtasidagi ziddiyatlardir. Agar
maktab o’quvchisining talablari tegishli ashyo yoki harakat bilan va zarur xajmda
kondirilsa, ziddiyat ilk bosqichdayoq bartaraf etiladi. 
Yosh avlodni tarbiyalash kishilik jamiyatining yashashi va davom etishining
eng zarur shartidir. Jamiyatning odamga tarbiviy ta’siri uning ilk bolalik davridan
boshlanadi. Bu ta’sir oila, maktab, jamoatchilik va xalq ta’limi tizimi orqali amalga
oshiriladi.   Tarbaya   jarayoni   tarbiyachilarining   sistemali   va   rejali   ta’sirini   hamda
tarbiyalanuvchilarning   xilma-xil   faoliyatini   o’z   ichiga   oladi.   Tarbiya   jarayonida
bolalarning   hayot   va   faoliyatini   padagogik   jixatdan   to’g’ri   uyushtirish   juda
muximdir.  Tarbiya   jarayonining   muhim   xususiyatlaridan   biri   uning   sistamali   olib
borilishi   va   bir   maqsadga   qaratilganlipdir.   Masalan:   mamlakatimizda   komil
insonni   tarbiyalash   uchun   barcha   imkoniyat   va   sharoit   vujudga   keltirilgan   bo’lib,
yosh   avlod   ilk   bolalikdan   to   voyaga   yetgungacha   yasli,   bog’cha   hamda
maktablarda   mohir   tarbiyachi   va   o’qituvchilar   qo’lida   tarbiyalanadi.   Tarbiya
jarayonining samarasi ham tarbiyachiga, ham tarbiyalanuvchiga bog’liqdir.
O’z-o’zini tarbiyalash va qayta tarbiyalash
Tarbiya   jarayoni   faqat   o’qituvchi   va   tarbiyachi   rahbarligida   amalga
oshirilmaydi.   Tarbiya   jarayonida   tarbiyalanuvchilarning   o’zlari   ham   ishtirok
etdilar, ya’ni ular o’zlarini-o’zlari tarbiyalaydilar. O’z-o’zini tarbiyalash insonning
o’zida   ma’lum   fazilatlarni   ustirishga   qaratilgan   ongli   intilish   va   iroda   kuchidir.
"O’z-o’zini   tarbiyalashga   undovchi   tarbiya   ishonchim   komilki,   bu   haqiqiy
tarbiyadir”. V.A.Suxomlinsxiy "Tarbiya to’g’risida (32 – bet) 
Har   bir   shaxs   ijtimoiy   muhit   ta’sirida,   jamiyat   ta’sirida   bir   qator   sifatlarni
orttiradi.   Odamda   o’z-o’zini   tarbiyalash   faoliyat   elementlari   kichik   yoshdan
boshlanadi, bu ishga o’smirlik davrida ongli ravishda kirishadi va yigitlik davrida
yanada   rivojlanadi,   chunki   odamda   o’z-o’zini   tarbiyalashga   intilish,   o’z   hatti-
harakatini   idora   etish   va   baho   berish   qobiliyati   vujudga   kelgan   vaqtda   paydo
bo’ladi. 
Bolalardagi   o’z-o’zini   tarbiyalash   faoliyatiga   albatta   o’qituvchilar,
tarbiyachilar   va   ota-onalar   rahbarlik   qilishi,   ularning   o’z-o’zini   tarbiyalashini
ko’zdan   qochirmasligi   va   muayyan   maqsad   yo’liga   solib   yuborishi   lozim.
Bolalarning   o’z-o’zini   tarbiyalash   ishida   o’quvchilar   jamoasi,   jamoatchilix   fikri
ham katta ahamiyatga ega. Bolalar o’z-o’zini tarbiyalashda o’zlariga na’muna deb
bilgan sifatlarni tanlaydilar va tahlil qiladilar. 
Bola   bilim   olishdan   avval   taqlid   qilishni   o’rganadi   (Komenskiy)   bunday
holatda kattalar albatta yordam berishlari kerak.
Agar   o’qituvchilar,   tarbiyachilar,   ota-onalar   bolalarning   o’z-o’zini
tarbiyalashda   qo’z-quloq   bo’lib   turmasalar,   bolalar   salbiy   sifatlarni   singdirib
olishlari mumkin.  Tarbiya ishining yana bir tomoni, ya’ni ba’zi bir bolalarni qayta tarbiyalash
masalasiga alohida e’tibor berishdir. 
Ayrim oilalarda bolalarga yoshlikdan noto’g’ri tarbiya berish natijasida ular
g’oyatda   intizomsiz,   erka-tantiq,   ish   yoqmas,   qaysar   bo’lib   qoladilar.   Ular   qayta
tarbiyalashga muhtoj bo’ladilar.
Ba’zi tajribasiz, pedagogik mahoratga ega bo’lmagan o’qituvchilar bolalarga
ta’lim   va   tarbiya   berishda   bir   qator   xatoliklarga   yul   qo’yadilar.   Bunday   xato   va
nuqsonlar oqibatida o’zlashtirmovchilik, intizomsizlik kabi hollap kelib chiqadi. 
Atoqli   mashhur   pedagog   A.S.Makarenko   bolalarga   mumkin   qadar   juda
kichik   yoshidan   boshlab   to’g’ri   tarbiya   berishga   kirishish   kerakligini,   aks   holda
keyinchalik qayta tarbiyalash og’ir ekanini, bu ish ko’p kuch va bilim talab etishini
ko’rsatib:   "bolani   qayta   tarbiyalashga   nisbatan   uni   to’g’ri   va   normal   tarbiyalash
ancha   osondir"   degan   edi.   Misol:   bolalarning   salom   berishlari   yoki   kattalarning
salom bermasliklari.
Yosh avlodni ijodkor, faol va fidoiy komil insonlar qilib voyaga yetkazish,
ularni   har   tomonlama   ma’lumotli   va   yuksak   axloqiy   fazilatli   qilib   tarbiyalash
ishlari maktabda ta’lim-tarbiya jarayonida amalga oshiriladi. By jarayonda asosiy
masala - o’quvchilar faoliyatidir.
Tarbiya   jarayoni   odatda   qayta   tarbiyalash,   bolaning   atrof-muhitdagi   u   yoki
bu hodisalar bilan salbiy aloqasi natijasida vujudga keladigan munosabatlar va o’z
xususiyatlarini   bartaraf   etish   bilan   qo’shib   olib   boriladi.   Eng   yuqori   darajaga
erishadigan tarbiya jarayoni o’z-o’zini tarbiyalashga muvofiq bo’lishdir.
Tarbiya uzoq davom  etadigan va aslida uzluksiz jarayon bo’lib, bu jarayon
bola   maktabga   kelishidan   ilgariyoq   boshlanadi   va   butun   umr   buyi   davom   etadi.
Tarbaya   ko’pgina   sabablarga.   o’quvchilarning   individual   –   tipologik
tasavvurlariga,   ularning   hayotiy   va   ma’naviy   tajribasi,   shaxsiy   pozisiyasiga
bog’liqdir. 
"Insonning   shunday   yuksak   va   qimmatli   hislatlari   bo’ladiki,   ...aql   kuchi
moddiy   manfaat   kuchidan   ustunlik   qiladi,   ana   o’shandagina   inson   yaxshilikka
intiladi.   Ammo  jamiyatda   bunday  kishilar   juda  ham   kam,  mabodo  kishilar  orsida bundaylari   topilsa   ham,   ular   yolg’izdirlar.   Bordiyu   manfaat   aqlni   zabt   etib   olsa,
unda   insonni   albatta   yomonlikka   chorlaydi.   Bunday   odamni   qayta   tarbiyalamoq
lozim"', degan A.Navoiy va yana ..."Odobli va go’zal xulqli odamlar ko’payaversa,
xalqning   do’stligi,   ularning   bir-biriga   nisbatan   bo’lgan   mehr-muhabbati   borgan
sari   rivoj   topadi.   Agar   kishi   odob   va   tavoze’   (xokisor.   bezavol)   kabi   xulqqa   ega
bo’lsa,   o’zi   ham   xalqning   izzat-hurmatiga   sazovor   bo’ladi",   degan   Maxbub   ul-
qulub asarida (48-bet).
Bolalar jamoasi - pedagogik ta’sirning asosiy shakli
Ijtimoiy   munosabatlar   ko‘lamining   kengayishi   o‘sib   kelayotgan   avlodni   o‘ta
murakkab   xususiyatga   ega   munosabatlar   jarayoniga   har   tomonlama   etuk   etib
tayyorlash   vazifasini   qo‘ymoqda.   Psixologik,   intellektual   va   fiziologik   jihatdan
etuk   inson   hayotiy   qarama-qarshilik,   xususan,   turli   buzg‘unchi   g‘oyalar   ta’siriga
tushib   qolish,   nosog‘lom   turmush   kechirish   va   noqonuniy   xatti-harakatlarni   sodir
etishdan o‘zini saqlab qola oladi. SHuningdek, shaxsning aqliy salohiyatga egaligi
jamiyat   ijtimoiy-iqtisodiy   rivojlanishini   ta’minlovchi   asosiy   omildir.   O‘zbekiston
Respublikasida,   demokratik   va   huquqiy   jamiyat   barpo   etilayotgan   mavjud
sharoitda   yosh   avlodning   mustaqil   va   erkin   fikrlay   olishi   ro‘y   berayotgan   voqea-
hodisalarga   shaxsiy   munosabtini   bildirishga   imkon   beradi.   Ijtimoiy   borliqda
kechayotgan   o‘zgarishlarga   nisbatan   shaxsiy   nuqtai   nazarning   shakllanishi   shaxs
faolligini   ko‘rsatuvchi   muhim   jihatlardan   biridir.   Qolaversa,   mustaqil   fikr   egasi
bo‘lgan   shaxs   o‘z   imkoniyatlari,   qobiliyatini   erkin   namoyon   eta   oladi.
Muvaffaqiyatli   ravishda   olib   borilayotgan   ta’limiy   islohotlarning   ham   asosiy
maqsadi   erkin,   mustaqil   fikriga   ega   barkamol   shaxs   va   malakali   mutaxassisni
tarbiyalab   voyaga   etkazishdan   iboratdir   Komil   insonni   shakllanirish   masalasi
barcha   davrda,   ham   muhim   ijtimoiy   vazifa   sifatida   kun   tartibiga   qo‘yilgan.
Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal
(harakat)dan   iborat   ekanligi   ta’kidlansa,   islom   ta’limoti   g‘oyalariga   ko‘ra
etuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo‘lishdir.  
SHarq   mutafakkirlarining   asarlarida   ham   komil   inson   qiyofasining   yoritilishiga alohida   ahamiyat   berilgan.   Xususan,   Abu   Nasr   Forobiy   komil   insonni
shakllantirish va fozil jamoa (etuk jamiyat)ni shakllantirish tarbiyaning bir butun,
yaxlit   ikki   yo‘nalishi   ekanligiga   urg‘u   beradi.  Allomaning   fikricha,   fozil   jamiyat
komil   inson   sa’yi-harakati   bilan   barpo   etilishi   mumkin.   SHu   bois   mamlakatni
boshqaruvchi shaxs o‘zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur,
deb   hisoblaydi.   «Aql   to‘g‘risidagi»   risolasida   Abu   Nasr   Forobiy   rahbar   shaxs
qiyofasida   namoyon   bo‘lishi   lozim   bo‘lgan   o‘n   ikki   fazilat ni   keltirib   o‘tadi.
Bizning fikrimizcha,  mazkur  fazilatlar  har  bir  zamonaviy shaxsda  o‘z  aksini  topa
olishi   kerak,   zero,   ular   inson   hayotini   mo‘‘tadil   kechishi   hamda   muayyan   kasbiy
faoliyatlarni tashkil etishda muvaffaqiyatlarga erishishni kafolatlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham   komillikning asosini  ilmli  bo‘lish da deb hisoblaydi  va
barcha   illatlarning   asosiy   sababi   ilmsizlikdir,   deya   urg‘u   beradi.   Allomaning
fikricha, axloqiylik, to‘g‘rilik, odillik, tadbirkorlik, o‘zini vazmin tutish, kamtarlik,
insof,   ehtiyotkorlik,   shuningdek,   aadolatli   va   vijdonli   bo‘lish   komil   inson
qiyofasida aks etishi zarur bo‘lgan eng asosiy sifatlardir.
Abu   Ali   ibn   Sino   ham   kamolotga   erishishning   birinchi   mezon   sifatida   bilimli
bo‘lish ni  alohida  qayd  etadi. Bilimli   insonning adolatli   bo‘lishi  esa  uning yanada
yuksalishini   ta’minlaydi,   deya   baholab   alloma,   adolatni   ruhiy   lazzat   (ruhiy
xotirjamlik)ning muhim  ko‘rsatkichi ekanligini uqtiradi.
Alisher   Navoiy   asarlarida   komil   inson   muammosi   markaziy   o‘rinni   egallaydi   va
o‘z   orzusidagi   komil   inson   shaxsini   asarlarining   qahramonlari   timsolida
gavdalantirishga   urinadi.   Mutafakkir   qarashlarida   komil   inson   quyidagi   sifatlarga
ega   bo‘lishi   borasidagi   g‘oya   ilgari   suriladi:   aqlli,   axloqli,   bilimli,   ijodkor,
qobiliyatli,   dono,   kamtar,   insonparvar,   saxovatli,   sabr-qanoatli,   adolatli,
muruvvatli, sog‘lom, jismonan baquvvat, mard va jasur    1
   .  
Abdulla   Avloniy   komil   insonni   tarbiyalash   borasidagi   qarashlari   bilan   SHarq
mutafakkirlarining   fikrlarini   boyitar   ekan,   komil   inson   qiyofasida,   yana
shuningdek,   vatanparvarlik,   hamda   intizomlilik   sifatlari   ham   namoyon   bo‘lishi
1 1
  Ҳошимов   К.   ва   бошқалар.   Педагогика   тарихи   // Олий   ўқув   юртлари   ва
унив ерситет  талабалари учун ўқув қўлл. – Тошкент, Ўқитувчи, 1996, - 191-бет. kerak,   deb   hisoblaydi.   Alloma   millat   taqdirining   jonkuyari   sifatida     milliy   til
taraqqiyoti  jamiyat ma’naviy rivojini ta’minlovchi asosiy omil, deya baholaydi.
Shaxsning   jamoada   qaror   topishi.   SHaxs   psixologik   jihatdan   taraqqiy   etgan,
shaxsiy   xususiyatlari   va   xatti-harakatlari   bilan   boshqalardan   ajralib   turuvchi
muayyan   jamiyat   a’zosi   bo‘lib,   uning   shakllanishi   ijtimoiy   munosabatlar
jarayonida kechadi.   Mazkur jarayonda qatnashish asosida u jamiyat tomonidan tan
olingan   ma’naviy-axloqiy,   shuningdek,   huquqiy   me’yorlar   mohiyatini
o‘zlashtiradi.   Jamiyatning   a’zosi   sifatida   uning   ijtimoiy   va   iqtisodiy   taraqqiyotini
ta’minlovchi   mehnat   faoliyatini   yo‘lga   qo‘yadi.   SHuningdek,   shaxsiy   ehtiyojlari,
manfaatlarini qondirish yo‘lida ham atrofdagilar bilan munosabatga kirishadi. 
SHaxs   ijtimoiy   muhitdan   uzilgan   holda   mavjud   bo‘la   olmaydi.   Buning   misoli
sifatida   R.Kipling   tomonidan   yaratilgan   asardagi   Mauglini   keltirish   mumkin.
Garchi,   inson   bolasi   bo‘lsada,   ijtimoiy   munosabatlar   jarayonida   ishtirok   etish
ko‘nikma   va   malakalari   shakllanmaganligi   bois   odamlar   hayotiga   moslasha
olmaydi. 
Bola   yoshligidan   o‘yin,   mehnat   va   o‘qish   faoliyatlarini   tengdoshlari   bilan
birgalikda   tashkil   etish   asosida   ijtimoiy   muhitga   moslasha   boradi.   Ijtimoiy   muhit
bolaga   borliqni   anglash   uchungina   emas,   balki   o‘zligini   anglash   uchun   ham
imkoniyat yaratadi. Bolaning doimiy ravishda jamoa orasida bo‘lishi, uning jamoa
ta’sirida shakllanishi unda ijtimoiy faollikni yuzaga keltiradi.
SHarq   mutafakkirlari   jamoaning   shaxs   kamolotini   ta’minlashdagi   o‘rni   va   roliga
alohida   e’tibor   berganlar.   Xususan,  Abu  Ali   ibn   Sino   ijtimoiy   muhitning   shaxsni
shakllantirishdagi   rolini   yuqori   baholaydi.   Tashqi   muhit   va   odamlar   insonning
borliq, unda kechayotgan o‘zgarishlar, jarayonlar mohiyatini anglashgagina emas,
balki uning xulqida yaxshi va yomon sifatlarning shakllanishiga ham sezilarli ta’sir
etishi, shu bois bolalarni tarbiyalashda u mansub bo‘lgan mikromuhit xususiyatini
inobatga olishni ta’kidlaydi. Bolani yomon ta’sirlardan saqlash zarurligini uqtiradi.
SHuningdek, alloma o‘qitish samaradorligini ta’minlashda bolalarga jamoa asosida
bilimlarni berishni maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi. Abu   Nasr   Forobiyning   uqtirishicha,   inson   blshqalar   bilan   munosabatda   bo‘lish,
ularning   yordami   va   qo‘llab-quvvatlashlarini   his   etish   ehtiyojiga   ega.   Ana   shu
ehtiyojni   qondirish   yo‘lidagi   amaliy   harakatlar   insonni   kamolotga   etaklaydi,   deb
hisoblaydi.   Abu   Rayhon   Beruniy   esa   shaxsning   rivojlanishida   o‘zaro   yordam,
hamkorlik, odamlarga nisbatan xayrihohlik uning ijtimoiy muhitdagi roli va o‘rnini
belgilab beradi.
Jamoa   haqida   tushuncha .   Jamoa   ( lotincha   «kollektivus»   so‘zining   tarjimasi
bo‘lib,   yig‘ilma,   omma,   birgalikdagi   majlis,   birlashma,   guruh)   bir   necha   a’zo
(kishi)lardan   iborat   bo‘lib,   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   umumiy   maqsad   asosida
tashkil  topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi  ikki  xil
ma’noda   ishlatiladi.   Birinchidan,   jamoa   deganda   bir   necha   kishilarning   muayyan
maqsad   yo‘lida   birlashuvidan   iborat   tashkiliy   guruhi   tushuniladi   (masalan   ishlab
chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo).
Ikkinchidan,   jamoa   deganda   yuqori   darajada   uyushtirilgan   guruh   tushuniladi.
CHunonchi,   o‘quvchilar   jamoasi   yuqori   darajada   uyushtirilgan   birlashma
hisoblanadi.
Jamoada   va   jamoa   yordamida   tarbiyalash   -   tarbiya
tizimida   muhim   ahamiyatga   ega   bo‘lgan   tamoyillardan
biridir. SHaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol
o‘ynashi   to‘g‘risidagi   fikrlar   pedagogika   fanining   ilk
rivojlanish   davrlaridayoq   bildirilgan.   Jamoada   uning
a’zolari   o‘rtasidagi   munosabatning   alohida   shakli
yuzaga   keladi,   bu   esa   shaxsning   jamoa   bilan   birgalikda
rivojlanshini ta’minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham
jamoa   deb   hisoblab   bo‘lmaydi.   Jamoa   bir   qator
belgilarga   egadirki,   mazkur   belgilar   jamoani
kishilarning   etarli   darajada   uyushgan   har   qanday
guruhdan ajratib turadi.
O‘quvchilar   jamoasi   o‘ziga   xoslik   kasb   etuvchi   muhim   belgilarga   egadir.   Quyida
jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz. Jamoa   ijtimoiy   jamiyatning   bir   qismi   hisoblanadi,
unda   ijtimoiy   hayot   va   kishilik   munosabatlarining
barcha   me’yorlari   o‘z   ifodasini   topadi.   Zero,   jamoa
jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar
ekan,   jamoa   va   ijtimoiy   jamiyat   maqsadi,   intilishida
o‘zaro birlik, uzviylik, aloqadorlik yuzaga keladi.
SHu   bois   jamoa   hayotining   aniq   (yagona)   maqsadga     qaratilganligi   va   ijtimoiy-
g‘oyaviy xususiyat kasb etishi uning etakchi belgisi sanaladi.
Har   bir   jamoa   boshqa   jamoalar   bilan   uzviy
aloqadorlikda mavjud   bo‘ladi. Muayyan jamoaning har bir
a’zosi   jamiyat   ijtimoiy   faoliyatini   tashkil   etish
jarayonida o‘z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi.
Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga
qo‘yilgan   maqsad   mohiyatini   chuqur   his   etish   hamda
uning   shaxsni   shakllantirishdagi   o‘rni   va   rolini
to‘g‘ri   baholay   olish   jamoa   a’zolarining   umumiy   va
xususiy   (shaxsiy)   maqsad,   qiziqishi,   ehtiyoj   va
faoliyatlari   o‘rtasidagi   birlikni   namoyon   etadi   hamda
jamoaning bo‘linishga yo‘l qo‘ymaydi.
Har   bir   jamoa   o‘z-o‘zini   boshqarish   organi ga   ega
va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. SHuningdek, u
maqsadning   birligi   va   tashkil   qilish   xususiyatlari
orqali   umummilliy   jamoa   bilan   bog‘lanadi.   Ijtimoiy
jamiyat   ehtiyojini   qondirishga   yo‘naltirilgan
birgalikdagi   faoliyat   jamoaning   navbatdagi   muhim
xususiyatidir.   Jamoa   faoliyatining   ijtimoiy-g‘oyaviy
yo‘nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o‘z aksini
topishi muhim ahamiyatga egadir.
Jamoa   xususiyatini   aniqlashda   kishilar   guruhining
yagona   ijtimoiy   tizimini   o‘rnata   olishdagi   usuli, ya’ni,   jamoani   tashkil   qilish   usuli   ham   muhim
hisoblandi.
Pedagogik   jihatdan   maqsadga   muvofiq   tashkil
etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari o‘rtasida o‘zaro
ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik,
o‘zaro   yordam,   jamoa   manfaati   uchun   qayg‘urish,   mazkur
yo‘lda   amaliy   harakatlarni   tashkil   etish   hamda
javobgarlik hissi qaror topadi.
Demak,   jamoa   o‘zida   quyidagi   xususiyatlarni
namoyon etadi:
Birgalikdagi   faoliyat   umumjamiyat   ishi   uchun
ma’suliyat hissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-
biriga   yaqinlashtiradi,   a’zolarda   jamoaga   mansublik
hissini   paydo   bo‘lishiga   ko‘maklashadi,   jamoa   bilan
munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari
orasida   o‘zaro   hissiy   birlik   (bir-birini   yoqtirish
hissi)   yuzaga   keladi.   Ushbu   munosabat   ko‘pincha   o‘z-
o‘zidan   paydo   bo‘ladi   hamda   ular   o‘qituvchiik   ta’sir
ko‘rsatish   uchun   qo‘l   keladi.   Jamoa   a’zolari 23 - чизма. Жамоанинг  ўзига хос хусусиятлариИжтимоий 
ащамиятга эга 
ягона ма қсаднинг 
мавжудлиги Биргаликдаги 
умумий 
фаолиятнинг 
ташкил этилиши Мажбурий, 
масъулиятли 
муносабат
нинг йылга 
=ыйилиши Сайланган 
умумий 
ращбарий 
органга эгаликЖамоа o‘rtasidagi   ruhiy   birlik   mazmuni   ular   orasida   hosil
bo‘lgan   ishchanlik   faoliyatining   xarakteriga   bevosita
bog‘liqdir.
Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy)
tuzilishi ni   bir-biridan   farqlash   lozim.   Jamoaning
rasmiy   tuzilishi   deganda   jamoa   faoliyatining   turli
ko‘rinishlarini   amalga   oshirish   uchun   zarur   bo‘ladigan
tashkiliy   jihatlari   ko‘zda   tutiladi.   Mazkur   jihat   bir
tomondan   jamoa   a’zolari   o‘rtasida   yuzaga   kelgan
ishchanlik   munosabati   mazmunini   ifoda   etsa,   ikkinchi
tomondan,   rahbarlik   vazifasini   bajaruvchi   shaxslar
tomonidan   jamoa   a’zolarining   xatti-harakatlari   va
intilishlarini   muvofiqlashtirish   yo‘lida   tashkil
etilayotgan   boshqaruv   faoliyati   mohiyatini   yoritishga
xizmat qiladi.
Norasmiy   tuzilma   jamoaning   barcha   a’zolari
o‘rtasidagi   shaxslararo   ma’naviy-psixologik
munosabatlarning   umumiy   tizimi   va   mikroguruhni   tashqil
qiluvchi   ayrim   a’zolar   o‘rtasidagi   tanlash
munosabatlari   mazmunini   ifodalaydi.   Jamoaning   har   bir
a’zosi   mavjud   munosabatlar   tizimida   u   yoki   bu   o‘rinni
egallaydi.   O‘quvchining   jamoadagi   o‘rni   uning   shaxs
sifatida   shakllanishi   va   kamolotga   erishishiga   muhim
ta’sir   ko‘rsatadi.   Maktab   yoki   sinfdagi   rasmiy   va
norasmiy   tuzilmalar   bir-biriga   muvofiq   bo‘lganda,
jamoaning   rasmiy   etakchilari   norasmiy   munosabatlar
tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u
chinakam   jamoa   bo‘la   oladi.   SHuningdek,   norasmiy
guruhlar   (mikroguruhlar)   umumjamoa   ijtimoiy   manfatlari
uchun   kurashuvchi   guruhlar   bo‘lgandagina   jamoa   o‘zini
chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. YAshash   joylarida   o‘zaro   birikkan   bolalar   guruhlari   qanchalik   ahil   va   inoq
munosabat   asosida   tashkil   topgan   bo‘lmasin   haqiqiy   jamoa   bo‘la   olmaydi.
CHinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa
a’zolari   o‘rtasida   o‘zaro   hamkorlik   va   ishchanlik   xarakteridagi   aloqa   va
munosabalarni   qaror   toptirishi   lozim.   Jamoaning   majburiylik   belgisi   unga
o‘qituvchiik rahbarlikning yo‘lga qo‘yilishidir.
SHunday   qilib,   jamoa   bir   necha   (a’zo)   kishidan
iborat   guruh   bo‘lib,   u   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   bo‘lgan
umumiy   maqsad   asosida   tashkil   topadi.   Jamoa   tomonidan
amalga   oshirilayotgan   faoliyat   uning   oldiga   qo‘yilgan
maqsad   mazmunini   ifoda   etadi.   Jamoa   a’zolari   o‘rtasida
qaror   topgan   o‘zaro   birlik,   shuningdek,   ular   o‘rtasida
tashkil   etiluvchi   munosabat   jarayonidagi   tenglik
jamoaga   rahbarlik   qilish,   jamoa   a’zolarining   guruh
etakchilariga   bo‘ysunishlari,   shuningdek,   ular
tomonidan   jamoa   oldidagi   javobgarlik   hissini
anglashlari uchun zamin yaratadi.
Jamoa   va   uni   shakllantirish   o‘qituvchiik
faoliyatining   maqsadi   hisoblanidi.   Muhim   tarbiyaviy
ta’sir   kuchiga   ega   bo‘lgan   sub’ektlarning   alohida
namuna   ko‘rsatishlari   jamoani   shakllantirishning   muhim
vositasi   bo‘lib,   ushbu   vosita   yordamida   jamoaning
barcha   yoki   muayyan   a’zosini   tarbiyalash   ijobiy
samaralar beradi.
Jamoa   tomonidan   hal   etilishi   ko‘zda   tutilgan
etakchi   tarbiyaviy   vazifa   shaxsni   har   tomonlama
tarbiyalash,   unda   ijobiy   sifatlarni   tarbiyalash   hamda
mustahkam   hayotiy   pozitsiyani   qaror   toptirishdan
iboratdir.
Umumiy   o‘rta   ta’lim   hamda   o‘rta   maxsus   kasb-hunar ta’limi   muassasalarida   jamoani   shakllantirish
mas’uliyatli vazifa sanaladi.
Maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in - bu
muayyan sinflar negizida shakllangan jamoalar sanaladi.
Sinf   jamoasi   tarkibida   o‘quvchilar   tomonidan   amalga
oshiriluvchi asosiy faoliyat o‘qish faoliyati sanaladi.
Aynan   sinf   jamoasida   shaxslararo   aloqa   va   munosabatlar
tarkib   topadi.   SHuningdek,   sinflar   jamoalari   negizida
maktab   jamoasi   shakllanadi.   Maktab   jamoasi   ikki   muhim
bo‘g‘in   –   o‘qituvchilar   jamoasi   hamda   o‘quvchilar
jamoasi   asosida   tarkib   topadi.   O‘quv   yurtlari   jamoasi
tarkibida   o‘quvchilar   jamoasi   asosiy   qismni   tashkil
etadi.   O‘quvchilar   jamoasi   -   bu   ijtimoiy   ahvoli
shuningdek,   umumiy   saylov   organlari   oldidagi   umumiy
javobgarlik,   barcha   a’zolarning   huquq   va   burchlari
tengligi   asosidagi   o‘zaro   birlikka   ega   o‘quvchilar
guruhidir.
O‘quvchilar jamoasi unga rahbarlikni olib boruvchi
o‘qituvchilar   hamda   bolalardan   iborat   jamoaning
murakkab   birlashmasi   bo‘lib,   o‘z-o‘zini   nazorat   qilish
hamda   o‘z-o‘zini   boshqarish   huquqi,   shuningdek,   o‘ziga
xos psixologik muhit va an’analariga ega bo‘ladi.
Jamoani   shakllantirish   muayyan   qonuniyatlarga
bo‘ysunadigan  uzoq muddatli murakkab jarayon dir. 
Bolalar   jamoasining   shakllanish   bosqichlari .
Jamoaning   vujudga   kelish   uchun   to‘rt   bosqich   zarur .
Jamoaning   shakllanish   bosqichlarida   dastlab   o‘qituvchi
butun   guruhga   talab   qo‘yadi   hamda   mazkur   jarayonda
jamoa   faollarining   shakllanishiga   alohida   e’tibor
qaratadi.   Navbatdagi   bosqichda   muayyan   darajada
shakllangan   jamoa   faollari   (aktivi)   jamoa   a’zolari oldiga   ma’lum   talablarni   qo‘yadi.   Uchinchi   bosqichda
esa   jamoa   umumiy   holda   jamoaning   har   a’zosidan   muayyan
tarzdagi faoliyatni olib borishni talab qiladi. So‘nggi
(to‘rtinchi) bosqichda esa jamoaning har bir a’zosi o‘z
oldiga   mustaqil   ravishda   jamoa   manfaatlarini   ifoda
etuvchi   talabni   qo‘yish   layoqatiga   ega   bo‘ladi.   Ushbu
jarayon mohiyatini qo‘yidagicha bayon etish mumkin: Jamoaga   qo‘yilayotgan   talablar   mazmunidagi   farq
jamoa   rivojlanishi   bosqichini   aniqlovchi   yorqin
tashkiliy   ko‘rsatkich   sanaladi.   Jamoaning   amaliy
faoliyati   mazmuni,   jamoa   a’zolarining   jamoa   oldidagi
javobgarligi,   ular   o‘rtasidagi   ijodiy   hamkorlik,
shuningdek,   ularning   xulq-atvori   axloqiy   kamolot
darajalarini   ko‘rsatuvchi   muhim   belgilar   sifatida
namoyon   bo‘ladi.   Jamoani   shakllantirishda   uning
hayotini   belgilovchi   ichki   jarayonining   mohiyatini
inobatga olish zarur.
Jamoaning   shakllanish   bosqichlari ni   belgilash
shartli   hisoblanadi,   zero,   jamoaning   shakllanishi
muayyan   chegara   yoki   oraliqqa   ega   emas.   SHunga   qaramay
o‘qituvchiik   nuqtai   nazardan   jamoaning   shakllanishini
muayyan   bosqichlarga   ajratish   juda   muhimdir.   Bolalar
jamoasini   ma’lum   rivojlanish   bosqichlarga   ajratish
alohida   ahamiyat   kasb   etadi.   Bolalar   jamoasi
rivojlanishining   har   bir   bosqichi   jamoa   a’zolariga
nisbatan   samarali   o‘qituvchiik   ta’sir   ko‘rsatishning Биринчи бос қич
Иккинчи бос қич
Т ўртинчи босқич Учинчи бос қичўқитувч
и талаб жамоа фаол талаб жамоа
шахс талаб шахс жамоа талаб шахс maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi.
Jamoa   rivojlanishining   birinchi   bosqichi.   Mazkur   bosqichda   talab   faqat
o‘qituvchilar   tomonidan   qo‘yiladi.   Bu   jamoa   rivojlanishining   boshlang‘ich
nuqtasidir.   Ushbu   davrdagi   jammoa   hali   tarbiyalovchi   jamoa   bo‘lmay,   balki
«tashkil   etuvchi   birlik»   (sinf   yoki   guruh)   hisoblanadi.   Ushbu   bosqichda
o‘quvchilar   o‘qituvchi   tomonidan   talablarning   qo‘yilishiga   e’tiborsiz   qaraydilar.
Jamoa   a’zolarining   uzluksiz   ijodiy   faoliyatini   tashkil   qilish   va   ularni   muayyan
(yagona)   maqsad   atrofida   birlashtirishga   erishish   orqaligina   jamoa   qaror   topadi.
O‘quvchilarning jamoa faoliyatida ishtirok etishi tufayli asta sekin boyib boradigan
tajriba,   faoliyat   natijasini   birgalikda   muhokama   qilish,   qilinajak   ishlarni
rejalashtirish   jamoa   a’zolarida   mas’uliyat,   javobgarlik,   faoliyat   biriligi,
shuningdek, ishchanlik munosabatining paydo bo‘lishi, shuningdek, o‘quvchilarda
jamoa   faoliyatiga   nisbatan   qiziqishni   paydo   bo‘lishiga   olib   keladi.   Bolalarning
jamoa   faoliyatini   tashkil   etish   borasdagi   tajribaga   ega   emasliklari   bois   so‘z
yuritilayotgan   bosqichda   o‘qituvchining   asosiy   maqsadi   jamoa   a’zolarini   oddiy
tarzda uyushtirishdan iborat bo‘ladi.
Ushbu   bosqichda   o‘qituvchining   talabchanligi,
jamoaning   barcha   a’zolariga   birday   talabni   qo‘ya
olishi, u tomonidan qo‘yilayotgan talabning qat’iyligi,
izchilligi   hamda   murosasizligi   muhim   omil   hisoblanadi.
Bu   vaziyatda   o‘qituvchining   «hukmdorlik»   davri   uzoq
davom   etishi   mumkin   emasligi,   bir   qarashda   intizomning
vujudga   kelganligi   ma’lum   bo‘lsada,   ayni   vaqtda   guruh
a’zolarining   faolliklarini   rivojlantirish   uchun   zarur
bo‘luvchi   sharoitning   hali   mavjud   bo‘la   olmaganligini
hisobga olish zarur. 
Jamoa   hayotining   birinchi   bosqichi da   jamoa
faolining   paydo   bo‘lishi   ushbu   davr   uchun   xarakterli
hodisadir.   Jamoa   faoli   (aktivi)   muayyan   guruhning
shunday   a’zolaridirki,   ular   jamoa   manfaatiga   muvofiq tarzda   harakat   qiladilar,   o‘qituvchi   faoliyati   va
talabiga   nisbatan   xayrixohlik   bilan   munosabatda
bo‘ladilar.   Faollar   o‘qituvchining   yaqin   yordamchilari
sifatida ish olib boradilar.
Jamoa   rivojlanishining   ikkinchi   bosqichi .   Ushbu
bosqich   jamoa   faolining   o‘qituvchi   talabini   qo‘llab-
quvvatlash hamda o‘z navbatida uning o‘zi bu talablarni
jamoa   a’zolari   zimmasiga   qo‘yishi   bilan   tafsiflanadi.
Endilikda   o‘qituvchi   jamoada   paydo   bo‘lgan   va   u   bilan
bog‘liq   muammo,   masalalarni   yolg‘iz   o‘zi   hal   qilmaydi.
Jamoa   faoli   bilan   maxsus   tarbiyaviy   ish   olib   borish
orqali   bu   ishga   uni   jalb   etadi.   Ushbu   bosqichda   jamoa
hayotini   tashkil   qilish   usuli   murakkablashib   boradi,
ya’ni, jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi.
O‘quvchilar   amaliy   faoliyatining   doimiy   ravishda
murakkablashib   borishi   mazkur   davrining   muhim
xususiyati sanaladi. Ikkinchi bosqichda jamoaning muhim
ishlarini   o‘quvchilar   tomonidan   mustaqil
rejalashtirilishi,   tadbirlarni   o‘tkazishga
tiyyorgarlik, uni o‘tkazish hamda faoliyat natijalarini
muhokama   qilish   jamoa   faoliyatining   ijodiy   xususyat
kasb etishini ko‘rsatuvchi omillar sanaladi.
Jamoaning   ijobiy   rivojlanishi   uning   a’zolarida
motiv (rag‘bat)larning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik
va   o‘zaro   yordam   munosabatlarining   tez   sur’atlar   bilan
rivojlanishiga olib keladi.
Jamoada   mustaqil   faoliyatning   yuzaga   kelshida
jamoa   faolining   roli   beqiyosdir.   Ammo   jamoa   faolining
jamoa   a’zolari   orasida   hurmat   qozona   olishi,   ularga
namuna   bo‘lishi,   o‘z   burchlarini   aniq   va   puxta
bajarishi   hamda   o‘z   mavqelaridan   noo‘rin foydalanmasliklari   juda   muhimdir.   Bu   o‘rinda
A.S.Makarenkoning   jamoa   faoliga   nisbatan   «jamoa
vijdoni»   deya   bergan   ta’rifini   eslab   o‘tish   joizdir.
Jamoa   faoli   birmuncha   imtiyozlar   (huquqlar)ga   ega
bo‘lsada,   ayni   paytda   uning   o‘ziga   ham   oshirilgan
talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir.
Jamoaning   rivojlanishi   bu   bosqichda   to‘xtab
qolishi   mumkin   emas,   chunki   faoliyat   ko‘rsatayotgan
kuch jamoaning bir qismigina xolos. Bordi-yu, jamoaning
rivojlanishi   ushbu   bosqichda   to‘xtatib   qolinsa,   jamoa
faolining guruhning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi
qo‘yish   xavfli   tug‘ilishi   mumkin.   Bu   bosqichda
jamoaning   barcha   a’zolarining   alohida   faollik
ko‘rsatishga erishishlari zarur sanaladi.
Jamoa   rivojlanishining   uchinchi   bosqichi .   Jamoa
faliyatida   bu   bosqich   anchagina   sermahsul   hisoblanadi.
A.S.Makarenkoning   aniqlashiga   ko‘ra,   bu   davrda   butun
jamoa   «ayrim   o‘zini   chetga   olib   qoluvchi,   injiq
shaxs»larga talab qo‘ya boshlaydi.
Jamoa   ishiga   ushbu   bosqichda   faqat   faolgina   emas,
balki   uning   butun   a’zolari   qiziqadi.   Jamoa   hayotidagi
uchinchi   bosqich,   ijtimoiy   fikr   mavjudligi   bilan
ifodalanadi.   O‘qituvchi   mazkur   yo‘nalishda   maqsadga
muvofiq   va   izchil   ish   olib   borgan   sharoitdagina
ijtimoiy   fikrni   shakllantirishga   erishishi   mumkin.   SHu
maqsadda   u   yoki   bu   tadbir   rejasi,   jamoaning
birgalikdagi faoliyati va uning a’zolari xatti-harakati
jamoa   bo‘lib   muhokama   qilinadi,   turli   mavzularda
suhbatlar   va   ma’ruzalar   uyushtiriladi,   o‘quvchilar
o‘rtasida   samarali   axborot   vositalari   yordamida
ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy,  estetik, ekologik,  huquqiy, iqtisodiy   va   hokazo   bilimlarning   targ‘iboti   tashkil
etiladi.   O‘qituvchi   jamoa   a’zolarining   birgalikdagi
faoliyatini   tashkil   etar   ekan,   jamoa   a’zolarining
ijodiy   tajribasiga   hissa   qo‘shish   imkonini   beradigan
o‘zaro   munosabatlarini   shakllantirishga   ta’sir
ko‘rsatadigan shakl va metodlardan foydalanadi.
Jamoaning   har   bir   a’zosida,   ijtimoiy   ahamiyatli
faoliyatni   maqsadga   muvofiq   ravishda   tashkil   etish
ko‘nikmasini   hosil   qila   olishi   jamoa   a’zolari   orasida
barqaror   insoniy   munosabatlarning   tarkib   topishiga
yordam beradi.
Jamoada   barqaror   insoniy   munosabatlarning   yuzaga
kelishining   sababi   -   uning   a’zolarini   ijobiy,   madaniy-
ma’rifiy   mazmunga   ega   bo‘lgan   ishlarni   tashkil   etishda
faol ishtirok  etishlaridir.
Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichda ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlar 
shundan dalolat beradiki, ushbu bosqichda jamoa faoligina emas, balki 
jamoaning har bir a’zosi bir-birlariga nisbatan axloqiy mazmundagi talablarni 
qo‘ya boshlaydilar.
Jamoa   rivojlanishining   to‘rtinchi   bosqichi .   Bu
bosqich   uning   barcha   a’zolari   jamoa   oldida   turgan
vazifalar   asosida   o‘z-o‘zlariga   talablar   qo‘ya
olishlari   bilan   tavsiflanadi.   SHuni   aytish   joizki,   har
bir   bosqich   jamoa   a’zolarining   o‘ziga   nisbatan   muayyan
talab   qo‘yishi   bilan   tavsiflanadi,   ammo   qo‘yilgan   har
bir   talab   o‘ziga   xos   yo‘nalishi   (masalan   o‘yindan
umuminsoniyat   baxti   yo‘lida   kurashishiga   intilish
o‘rtasidagi farq) bilan ajralib turadi.
To‘rtinchi   bosqich   jamoa   a’zolarining   o‘ziga
nisbatan   yuksak   axloqiy   talablar   qo‘ya   olishlari   bilan ahamiyatlidir.   Jamoaning   hayoti   va   faoliyati   mazmuni
jamoa   a’zolarining   har   biri   uchun   shaxsiy   ehtiyojga
aylanadi.   Jamoadagi   tarbiya   jarayoni   o‘z-o‘zini
tarbiyalash   jarayoniga   aylanadi.   Biroq   bu   holat
jamoaning   muayyan   shaxsni   yanada   rivojlantirishdagi
roli   va   o‘rnini   pasaytirmaydi.   To‘rtinchi   bosqichda
amalga   oshiriladigan   vazifalar   ancha   murakkab   va
mas’uliyatlidir.   Mazkur   bosqichda   jamoa   oldiga
istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun
mutlaqo qulay sharoit yaratiladi.
Bugungi   kunda   o‘qituvchi-olimlar   (L.I.Nikova   va
boshqalar) bolalar  jamoasining rivojlanish  jarayonining
mohiyatini   tahlil   qilar   ekanlar,   uni   qo‘yidagi   uch
bosqichga bo‘ladilar:
a) jamoani dastlabki jipslashtirish;
b)   jamoani   shakllantirish   asosida   uning   har   bir
a’zosini individual rivojlantirish;
v) jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
Jamoa   hayotida   muhim   o‘rin   tutuvchi   har   bir
bosqichni   ajratib   ko‘rsatish   yuqorida   bayon   etilgan
fikrlarga   zid   emas,   balki   shaxsning   rivojlanishida
jamoaning etakchi ahamiyatini ta’kidlaydi.
A.S.Makarenko   jamoa   a’zolari   o‘rtasida   yuzaga
keluvchi   munosabatlarining   ichki   xususiyatlariga   katta
ahamiyat   bergan   edi.   Pedagog   jamoada   shakllangan   eng
muhim quyidagi belgilarni ajratib ko‘rsatgan edi:
1)   major   -   doimiy   tetiklik,   o‘quvchilarning
faoliyat (harakat)ga tayyorliklari;
2)   o‘z   jamoasining   qadriyatlari   mohiyatini
tushunish,   uning   uchun   g‘ururlanish   asosida   o‘z   qadr-
qimmatini anglash; 3) jamoa a’zolari o‘rtasidagi do‘stona birlik;
4)   jamoaning   har   bir   a’zosida   qaror   topgan
do‘stona birlik;
5)   tarbiyali,   ishchan   harakatga   yo‘llovchi
faollik;
6) hissiyotni boshqara olish hamda muloqot odobiga
amal qilish ko‘nikmasi.
Jamoani   shakllantirishda   jamoa   a’zolari   va
ularning   faoliyatlariga   qo‘yiladigan   yagona   talablar
muhim ahamiyat kasb etadi.
YAgona   talab   o‘quvchilarning   dars   jarayonidagi,
tanaffus,   sinfdan   tashqari   ishlar   vaqtidagi,
shuningdek,   jamoat   joylari   hamda   oiladagi   xulq-atvor
qoidalarni o‘z ichiga oladi.
Puxta   o‘ylab   qo‘yilgan   talablar   tizimining
muntazam amalga oshirilishi maktabda muayyan tartibning
o‘rnatilishini ta’minlaydi.
O‘qituvchilar   tomonidan   qo‘yilgan   talablar
quyidagi sharoitlarda ijobiy natija beradi:
1. Qo‘yilayotgan talablar o‘quvchi shaxsini hurmat
qilish tuyg‘usi bilan uyg‘unlashgan bo‘lishi kerak.
2.   Talablar   muayyan   maktab   yoki   sinfdagi   mavjud
sharoitni hisobga olgan holda qo‘yilishi lozim.
3.   Jamoaga   nisbatan   qo‘yilayotgan   talablar   aniq
bo‘lishi lozim.
4.   O‘quvchilarning   tashqi   qiyofasi,   kiyinishi,
yurish-turishi hamda  muomalasiga nisbatan  qo‘yilayotgan
talablar,   ularda   ma’naviy   madaniyatni   shakllantirishga
xizmat qilishi shart.
O‘quvchi   qo‘yilayotgan   talablar   hajmi   va   tizimini
bilibgina   qolmasdan,   talab   qo‘yish   metodikasini   ham o‘zlashtira olgan bo‘lishi kerak.
O‘quvchilar   jamoasiga   nisbatan   talablarni   qo‘yish
metodikasi   bolalarni   talablar   mazmuni   bilan
tanishtirish,   talablarning   ahamiyatini   tushuntirish,
tajriba   orttirish   hamda   o‘quvchilar   faoliyat,
shuningdek,   qo‘yilayotgan   talablarning   bajarilish
holatini   muntazam   suratda   nazorat   qilib   turishdan
iborat.
O‘quvchilarni   talablar   bilan   tanishtirish
ko‘pincha   umumiy   majlislarda   amalga   oshiriladi,   bunda
ta’lim   muassasasining     direktori   yoki   o‘quv   ishlari
bo‘yicha   direktr   o‘rinbosari   istiqbol   rejalari   va
ularni   amalga   oshirish   jarayonidagi   talablar   mazmuni
bilan o‘quvchilarni  tanishtiradi. Batafsil  tanishtirish
ayrim   hollarda   amalda   ko‘rsatish,   keyinroq   sinflar
bo‘yicha   sinf   majlislari   yoki   maxsus   suhbatlarni
uyushtirish asosida amalga oshiriladi.
Xulq-atvorni   tarkib   toptirishga   yo‘naltirilgan
talablar   bilan   tanishtirish   mazkur   talablar   ustida
mashq   qildirish   bilan   qo‘shib   olib   borilishi   kerak.
Xulq-atvorni   tarbiyalash   ongni   tarbiyalashga   qaraganda
ancha   murakkab   ish.   O‘quvchilar   talablar   mohiyatini
yaxshi   anglashlari   mumkin,   biroq   aksariyat   hollarda
ularga   rioya   qilmaydilar.   SHu   bois   muntazam   ravishda
mashq   qildirish   madaniy   xulq-atvorni   odatga
aylantiradi.
Talablarning   qo‘yilishi   jarayonida   ularga
o‘quvchilarning   amal   qilishi   ustidan   nazorat   o‘rnatish
lozim.   Nazorat   qilib   borish   turli   shakllar   yordamida
amalga   oshiriladi,   chunonchi,   xulq-atvor   jurnalini
yuritish, sinfdagi navbatchilik uchun stendda baholarni qayd   etib   borish   va   boshqalar.   Qo‘yilayotgan
talablarning   bajarilishi   yuzasidan   olib   borilayotgan
nazorat   muntazam   ravishda,   izchil   olib   borilishi   va
haqqoniy   bo‘lishi   zarur.   Olib   borilgan   nazorat
natijalaridan   o‘quvchilarni   ogoh   etib   borish   maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Jamoani   uyushtirish   va   jipslashtirish   unda   faol
(aktiv)ni   tarbiyalash   bilan   chambarchas   bog‘liq.   Har
bir   o‘qituvchining   jamoani   shakllantirish   borasidagi
harakti   jamoaning   tayanch   yadrosini   tanlashdan
boshlanadi.
Jamoa   faolini   shakllantirish   jamoaning   u   yoki   bu
faoliyatiga nisbatan ehtiyoji mazmunidan kelib chiqadi.
Ishonchli,   ishchan   jamoa   faolini   yaratish   uchun
o‘qituvchi   o‘quvchilar   faoliyatini   ularning   jamoa
ishlaridagi   ishtiroki,   xulq-atvorini   kuzatib   borishi
har   bir   o‘quvchining   ijtimoiy   faoliyatni   tashkil   etish
layoqatini aniqlash zarur.
Jamoa   faolini   shakllantirishda   o‘quvchilarning
jamoadagi   obro‘sini   ham   inobatga   olish   lozim.   Jamoa
faoli   tarkibini   bolalarning   o‘zlari,   albatta,
o‘qituvchi ishtirokida va rahbarligida tanlasa maqsadga
muvofiq   bo‘ladi.   O‘qituvchi   jamoa   faoli   bilan
maslahatlashish   asosida   tarbiyaviy   faoliyatni   tashkil
etadi.
Jamoa   faolining   har   bir   a’zosi   zimmasiga   muayyan
vazifani   yuklash,   ularning   ma’lum   davrda   ana   shu
vazifalar yuzasidan hisobot berib borishlariga erishish
maqsadga   muvofiq.   O‘qituvchi   aynan   faolga   oshirilgan
talab   qo‘yadi.   O‘quvchilar   jamoasida   faol   rahbarligida
o‘z-o‘zini   boshqarish   jamoa   a’zolaridan   ayrimlarining boshqasi ustidan ustun kelishiga olib kelmasligi kerak.
SHu   bois   o‘qituvchi   faolni   maqsadga   muvofiq
faoliyat yuritishini nazorat qilib borishi lozim.
O‘quvchilarning   o‘z-o‘zini   boshqarishi   bu
o‘qituvchilar   tomonidan   tashkil   qilinadigan   jamoa
ishini uyushtirish va boshqarishda o‘quvchilarning faol
ishtirok etishidir.  O‘z-o‘zini boshqarishning  shakllari
orasida   jamoa   a’zolarining   yig‘ilishi,   konferensiyasi
hamda   turli   komissiyalar   (masalan,   o‘quv   komissiyasi
yoki tozalik komissiyasi) faoliyati muhim o‘rin tutadi.
O‘quvchilar   jamoasini   shakllantirishda   an’analar
muhim   o‘rin   tutadi.   Jamoa   an’analari   jamoa   a’zolari
tomonidan   birdek   qo‘llab-quvvatlanuvchi   barqarorlashgan
odatlar   bo‘lib,   ularning   mazmunida   munosabatlar
xususiyati   hamda   jamoaning   ijtimoiy   fikri   yorqin
ifodalanadi.
Jamoa   an’analari   shartli   ravishda   ikkiga
bo‘linadi:
a) kundalik faoliyat an’analari;
b) bayram an’analari.
Kundalik faoliyat an’analari o‘quvchilarning o‘quv
faoliyati   (o‘zaro   yordam   turlari),   va   mehnat   faoliyati
(ko‘chatlar   o‘tkazish,   hasharlar   uyushtirish   va
boshqalar)ni o‘z ichiga oladi.
Bayram   an’analariga   ijtimoiy   ahamiyatga   ega   turli
voqea   hamda   hodisalar   bilan   bog‘liq   sanalar   (xususan,
«Alifbe   bayrami»,   «Mustaqillik   bayrami»,   «Navro‘z
bayrami»,   «Xotira   va   qadrlash   kuni»   va   boshqalar)ni
nishonlash maqsadida tashkil etilgan faoliyat kiradi.
An’anaviy   bayramlar   o‘quv   muassasalarida   turlicha
o‘tkaziladi.   O‘quvchilar   an’analar   mohiyatini anglasalar,   ularga   nisbatan   ongli   munosabatda
bo‘lsalargina uning ta’sir kuchi yuqori bo‘ladi.
An’analarning   yuzaga   kelishida   o‘quvchilarning
unga   nisbatan   munosabati   katta   ahamiyatga   ega.   Maktab
rahbariyati   va   o‘qituvchilar   o‘quvchilar   jamoasiga
muayyan   sanalarga   bag‘ishlab   haddan   ziyod   ortiqcha
tadbirni uyushtirish talabini qo‘ymasligi zarur. 
Tadbirlarni   tashkil   etish   va   o‘tkazishda
o‘qituvchilar   jamoasi   yoki   o‘qituvchi   tomonidan   ushbu
jarayonda o‘quvchilar jamoasi bilan birgalikda ish olib
borish,   ularni   an’analarni   davom   ettirishga   o‘rgatish
masalasiga   alohida   e’tibor   qaratishlari   pedagogik
jihatdan ijobiy natijalarni beradi.
O‘quvchilar jamoasi   ijtimoiy-foydali ahamiyat kasb
etuvchi umumiy maqsad va birgalikdagi faoliyatga asosan
jipslashgan   o‘quvchilar   birlashmasi,   guruhidir.
O‘quvchilar 
jamoasi (shuningdek, akademik litsey va kasb-hunar
kollejlari   o‘quvchilari   jamoasi)ga   rasmiy   saylangan
(tayinlangan)   o‘quvchi   hamda   o‘qituvchilar
yo‘lboshchilik   qiladi.   Ular   sirasiga   guruh   rahbari,
guruh   faollari   (xususan,   guruh   etakchisi   (starosta),
«Kamolot»   tashkilotining   guruh   bo‘limi   raisi,   tozalik
komissiyasi   raisi,   devoriy   gazeta   muharriri   va
boshqalar). 
Bolalar   jamoalarida   rasmiy   etakchilar   bilan   birga
norasmiy   yo‘lboshchilarning   mavjudligi   ko‘zga
tashlanadi. Odatda rasmiy yo‘lboshchilar tarkibini a’lo
baholarga   o‘qiydigan,   jamoa   ishlarida   faol   ishtirok
etuvchi   o‘quvchilar   tashkil   etsa,   norasmiy   liderlar
garchi   bu   kabi   sifatlarni   namoyon   etmasalarda,   ayrim sifatlariga   ko‘ra   tengdoshlarini   o‘z   ortlaridan
ergashtira   oladilar.   Bunday   o‘quvchilar   boshqalardan
jismonan   kuchliligi,   qat’iyatliligi,   hech   narsadan
cho‘chimasligi,   o‘ziga   bo‘lgan   ishonchi   bilan   ajralib
turadilar.   Norasmiy   liderlarning   ma’naviy-axloqiy
qiyofasi boshqa o‘quvchilarga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Shu   bois   sinf   rahbari   hamda   maktab   pedagogik   jamoasi
bunday   liderlarning   faoliyatini   bevosita   va   bilvosita
nazorat qilib borishlari zarur.
O‘quvchilar   uyushmasiga   pedagogik   rahbarlik,
yuqorida   qayd   etilganidek,   aksariyat   holatlarda   sinf
rahbari   tomonidan   amalga   oshiriladi.   SHu   sababli   sinf
rahbari   guruhning   umumiy   hamda   har   bir   a’zosining
individual   xususiyatlarini   bilishi,   ularni   inobatga
olgan holda jamoaga yondashishi zarur. Sinf rahbarining
norasmiy   liderlar   va   ularning   shaxsi   haqida   to‘laqonli
ma’lumotlarga   ega   bo‘lishi   pedagogik   faoliyatni
samarali tashkil etishga yordam beradi.
YUqorida   bildirilgan   fikrlardan   quyidagi
xulosalarga kelish mumkin.
1.   Jamoa   bir   necha   a’zo   (kishi)lardan   tashkil
topgan   muayyan   guruh   bo‘lib,   u   ijtimoiy   ahamiyatga   ega
bo‘lgan   umumiy   maqsad   asosida   birlashadi   hamda   mazkur
maqsadni   amalga   oshirish   uchun   yo‘naltirilgan
faoliyatni tashkil etadi.
2.   Jamoa   o‘zida   bir   necha   xususiyat   (belgi)larni
namoyon etadi.
3.   Jamoani   shakllantirish   muayyan   qonuniyatlarga
bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, u
ko‘pchilik tadqiqotchilarning  e’tirof etishlariga  ko‘ra
to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. 4.   Jamoani   shakllantirish   o‘ziga   xos   metodika
asosida   amalga   oshriladi.   Ushbu   metodika   doirasida
jamoaga   nisbatan   talablarning   qo‘yilishi,   jamoa   faoli
(aktivi)ni   tarbiyalash   masalasi   alohida   ahamiyatga
egadir.
5.   Jamoaning   mustahkam   bo‘lishi,   uning   a’zolari
o‘rtasida   o‘zaro   yordam   hamda   hamkorlikning   qaror
topishida jamoa an’analari muhim ahamiyat kasb etadi.  
Tarbiya   metodlari   haqida   tushuncha .   Maqsad,
mazmun,   shakl,   metod   va   vositalar   kabi   tushunchalar
tarbiya   jarayonining   mohiyatini   ochib   beradi.   Biroq,
tarbiya mohiyatini yoritishda o‘ziga xos ahamiyatga ega
bo‘lgan   yana   bir   tushuncha   ham   mavjud,   bu   tarbiya
metodlari tushunchasidir.
Tarbiya metodi   (yunoncha «metodos» – yo‘l) tarbiya
maqsadiga   erishishning   yo‘li;   tarbiyalanuvchilarning
ongi,   irodasi,   tuyg‘ulari   va   xulqiga   ta’sir   etish
usullari. Maktab amaliyotiga tatbiq etilganda, metodlar
–   bu   tarbiyalanuvchilarning   ongi,   irodasi,   tuyg‘ulari
va xulqiga ta’sir etish usullaridir.
Tarbiyaning   mutlaqo   yangi   metodlarini   yaratishga
bironta   tarbiyachining   kuchi   etmaydi.   Metodlarni
takomillashtirish   muammosi   doimo   mavjud,   har   bir
tarbiyachi   o‘zining   imkoniyatiga   ko‘ra   uni   hal   qiladi,
tarbiya   jarayonining   aniq   shart-sharoitlariga   mos
ravishda   o‘zining   xususiy   qarashlarini   ifoda   etish
asosida umumiy metodikani boyitadi.
Metodning   ijobiy   va   salbiysi   bo‘lmaydi,   tarbiya
jarayonida   ma’lum   yo‘lni   yuqori   darajadagi   samarali   va
samarasiz   deya   baholash   mumkin   emas.   Metodning
samaradorligini   u   qo‘llanilayotgan   sharoit   nuqati nazaridan baholash mumkin.
Tarbiya   metodlarini   maqsadga   muvofiq   tanlash   bir
qator omillarga bog‘liq.
Tarbiyaning   maqsad   va   vazifalari .   Tarbiya   maqsadi
va   mazmuni   metodlarni   to‘g‘ri   tanlashga   imkon   beradi.
Maqsad   qanday   bo‘lsa,   unga   erishish   metodlari   unga
muvofiq bo‘lishi zarur.  
Tarbiyaning   mazmuni   shaxsning   shakllanishiga
qo‘yiluvchi   ijtimoiy   talablar   mohiyati dan   iborat.
Unutmaslik   kerakki,   aynan   bitta   vazifa   turli   xil
fikrlar   bilan   to‘ldirilgan   bo‘lishi   mumkin.   SHuning
uchun   metodlarni   umuman   mazmun   bilan   emas,   balki   aniq
fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
Tarbiyalanuvchilarning   yosh   xususiyatlari.   Tarbiya   jarayonida
tarbiyalanuvchilarning   yosh   xususiyatlarini   inobatga   olish   maqsadga   muvofiqdir.
Yosh   xususiyatlari   muayyan   bir   yosh   davriga   xos   bo‘lgan   anatomik,   fiziologik
(jismoniy)   va   psixologik   xususiyatlardir.   Aytaylik,   mas’uliyat   tuyg‘usini
boshlang‘ich   ta’lim,   o‘rta   ta’lim   va   o‘rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limi
muassasalarida  ta’lim   olayotgan  o‘quvchilarda   ham   shakllantirish  mumkin.  Biroq
har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
Xalq   pedagogikasida   tarbiya   metodlari .   Xalq
pedagogikasi   o‘zbekona   axloq,   odob   va   tarbiyaning
barcha   qirralarini   o‘zida   mujassamlashtirgan.   Xalq
pedagogikasida   turlicha   tarbiya   metodlari   hamda
vositalaridan   foydalaniladi.   Bu   metod   va   vositalar
nihoyatda   rang-barang   bo‘lib,   ko‘p   jihatlari   bilan
ilmiy   pedagogikadan   ustunlik   qiladi.   Binobarin,   ushbu
metodlar   ilmiy   pedagogikaning   shakllanishiga   ham   o‘z
ta’sirini   o‘tkazgan.   Xalq   pedagogikasida   qo‘llanilgan
xilma-xil   tarbiya   metodlarini   quyidagi   tarzda umumlashtirish mumkin.
1. Tushuntirish (hikoya qilish, o‘rgatish).
2. Mashqlantirish (odatlantirish, mashq qildirish).
3. Namuna (maslahat berish, uzr so‘rash, yaxshiliklar
haqida so‘rash, o‘rnak bo‘lish).
4. Nasihat qilish, o‘git (undash, ko‘ndirish, iltimos
qilish,   yolvorish,   tilak-istak   bildirish,   ma’qullash,
rahmat   aytish,   duo   qilish,   oq   yo‘l   tilash   va
hokazolar).
5. Qoralash   va   jazo   (ta’kidlash,   ta’na,   gina,
tanbeh   berish,   majbur   qilish,   koyish,   ayblash,
uyaltirish,   qo‘rqitish,   nafratlanish,   ont-qasam
ichirish, urish, kaltaklash va hokazolar).
Agar e’tibor berilsa, yuqoridagi beshta metod umumiy yaxlitlikni ifodalaydi.
Oldin bolaga umumiy jarayonning mohiyati tushuntiriladi. Bolalar narsa, hodisa va
jarayonlarning   mohiyatiga   tushunmaganlarida   tarbiyachi   namuna   vositasidan
foydalanadi,   ya’ni,   yoshlarning   mustaqil   kuzatuvchanligiga   e’tibor   beriladi.   Bu
holatda   ham   tushunmaganlar   kattalarning   nasihati,   o‘g‘iti   asosida   narsa,   hodisa
yoki   jarayonlarning   mohiyatini   anglaydilar.   Bordiyu,   bu   holatda   ham   kutilgan
natijaga   erishilmasa   yoki   bolalar   e’tibor   qaratilgan   holatning   mohiyatini
tushunishni   istamasalar,   eng   so‘nggi   chora   sifatida   qoralash   va   jazo   metodida
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Biroq, bu eng so‘nggi chora. Zamonaviy pedagogika
g‘oyalariga   ko‘ra   qoralash   va   jazo   metodlarini   so‘nggi,   aniqrog‘i   kam   samara
beradigan chora  ekanligini isbotlangan.
Xalq   pedagogikasi   namunalari,   tarbiya   metodlari   va   tarbiyaviy   ta’sirlar
muayyan   vositalar   yordamida   qo‘llanilgan.   Mehmon   kutish,   mehmonga   borish,
turli   mehnat   jarayonlari,   hasharlar,   turli   gurunglar   (choyxona,   to‘y   marosimlari),
sayillar,   oilaviy   an’analar   (tug‘ilgan   kun,   fuqarolik   pasporti,   umumiy   o‘rta,   o‘rta
maxsus   hamda   oliy   ma’lumotga   egalik   to‘g‘risidagi   attestat   va   diplom,
shuningdek, davlat mukofotlarini olish kabi holatlarni nishonlash) va musobaqalar o‘ziga xos tarbiya vositasisanaladi.
Ijtimoiy   ongni   shakllantiruvchi   metodlar   o‘quvchilarda   ma’naviy-axloqiy
sifatlar, e’tiqod hamda dunyoqarashni shakllantirish maqsadida ularning ongi, his-
tuyg‘usi va irodasiga ta’sir ko‘rsatish usullari sanaladi.
Bu   guruh   usullarining   mohiyati   shundaki,   ular   orqali   o‘quvchilar   ongiga
jamiyatda ustuvor o‘rin tutuvchi ijtimoiy g‘oya va maqsadlar singdiriladi. YOshlar
dunyoqarashini   shakllantirish,   ularning   hayot   mazmunini   tushunib   olishlariga
ko‘maklashish uchun ijtimoiy ongni shakllantiruvchi usullar qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda g‘oyaviy onglilik va ijtimoiy faollik, ya’ni, davlatning ichik va
xalqaro   siyosati   mazmunini   tushunish   va   idrok   qilish   ko‘nikmalarini   tarbiyalash
lozim. Tushuntirish ijtimoiy ongni shakllantirishda eng ko‘p ishlatiladigan usuldir.
Tushuntirishning   vazifasi   o‘quvchilarni   yuksak   madaniyatli,   milliy   g‘urur
tuyg‘usiga ega bo‘lib voyaga etishlarini tarbiyalashga yordam berishdan iborat.
Tushuntirishda   o‘quvchilarga   mamlakat   fuqarosining   davlatga   nisbatan
muayyan huquq va burchlar asosida bog‘langanligi borasida ma’lumotlar beriladi.
Bunda   davlat   bayrog‘i,   gerbi,   madhiyasi   hamda   Konstitutsiyasiga   sadoqat   ruhida
tarbiya  berishning  ahamiyati  katta. SHu sababli  davlat  bayrog‘i, gerbi, madhiyasi
hamda Konstitutsiyasining mohiyati tushuntirialdi.
Suhbat .   O‘quvchi   shaxsini   g‘oyaviy   va   ma’naviy-axloqiy   jihatdan
shakllantirishda o‘qituvchining jonli so‘zi  eng ta’sirchan usul  hisoblanadi. Suhbat
uchun   mavzu   tanlashda   uning   mazkur   sinf   o‘quvchilari   uchun   dolzarbligi,
o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy ishonch uyg‘otishning suhbat mazmuniga bo‘lgan
munosabatlari   va   suhbatdan   kutilayotgan   natijani   hisobga   olish   zarur.   Suhbat
quyidagi mavzularda uyushtirilishi mumkin:
a)   etik   mavzular   (ijtimoiy   ma’naviy-axloqiy   me’yorlar,   jamiyatda   ustuvor
o‘rin   tutuvchi   ijtimoiy   munosabatlar,   jamoa   orasida   o‘zini   tutish   qoidalari   va
boshqalar);
b)   estetik   mavzular   (tabiat   go‘zalligi,   shaxslararo   munosabatlar,   inson
go‘zalligi);
v)   siyosiy   mavzular   (davlatning   ichki   va   tashqi   siyosati,   dunyo   voqealari, xalqaro munosabatlar va boshqalar);
g)  ta’lim va bilishga oid mavzular  (koinot, hayvonot va o‘simliklar  dunyosi,
elektronika va boshqalar).
Suhbatlarning,   shuningdek,   ijtimoiy-foydali   mehnatni   tashkil   etish,   huquqiy,
ekologik,   iqtisodiy   va   gigienik   mavzularda   ham   tashkil   etilishi   o‘zining   ijobiy
natijalarini beradi.
Suhbat   davomida   o‘quvchilarga   ularning   o‘z   fikrlarini   erkin   ifoda   etishlari
hamda   mustaqil   fikrlashlariga  imkon   beruvchi   savollar   bilan  murojaat   qilish   juda
muhimdir. Bu borada bahs-munoazaralarning ahamiyati katta.
Hikoya .   O‘quvchilar   odatda   hayot   va   turli   adabiyotlardan   olingan   aniq
misollar bilan boyitilgan hikoyalarni katta qiziqish bilan tinglaydilar. Ularga axloq
me’yorlari,   xalq   o‘tmishi,   tabiiy   boylar,   qahramonlar   hayoti   va   jasorati,
shuningdek,   tarix,   adabiyot   va   san’at   haqida   hikoya   qilib   berish   mumkin.   Badiiy
adabiyot namunalari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari - radio, televidenie,
gazeta va jurnallar sahifalarida e’lon qilingan ma’lumotlar ham o‘quvchilar uchun
qimmatli material bo‘ladi. Suhbat ham, hikoya ham o‘quvchilarning yoshiga mos
mavzularda ular tushunadigan so‘zlar vositasida adabiy tilda o‘tkazilishi maqsadga
muvofiqdir.   Suhbat   yoki   hikoya   mavzusining   o‘quvchilar   tomonidan  belgilanishi,
ularning   samarali   kechishini   ta’minlaydi,   buning   natijasida   o‘quvchilar   ilgari
surilayotgan mavzuga befarq qaramaydilar.
Namuna .   O‘quvchilar   o‘z   atrofidagi   kishilarda   hamma   yaxshi   axloqiy
sifatlarni ko‘rishlari va ibrat olishlari nihoyatda muhim. 
O‘qituvchining   shaxsan   o‘zi   namuna   bo‘lishi,   ayniqsa,   yoshlarga   katta   ta’sir
ko‘rsatadi. Ular o‘qituvchining darsda va hayotda o‘zini qanday tutishini, atrofdagi
kishilar bilan qanday muomala qilishini, o‘z vazifalarini qanday bajarishini kuzatib
yuradilar.
O‘quvchilar  o‘zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar, Xulq-
atvorlar   bolalarda   yaxshi   sifatlarning,   ba’zan   esa   yomon   sifatlarning   ham   tarkib
topishiga   ta’sir   ko‘rsatadi.   SHuning   uchun   o‘qituvchi   va   ota-onalar   har   qanday
holatda   ham   o‘zlarini   tuta   bilishlari   kerak.   Ular   qaerda   bo‘lishmasin,   atroflarida bolalar borligini his etishlari lozim. Kattalarning so‘zi bilan yurish-turishi va xatti-
harakatlarida tafovut bo‘lmasligi kerak.
Ilg‘or   kishilarning   hayoti   va   faoliyatidan   olingan   ma’lumotlar,   adabiy   asar,
kinofilm   va   spektakllar   qahramonlarining   xatti-harakatidagi   yaxshi   namunalar
bolalarning ongiga kuchli ta’sir qiladi.
Maktablarda   ishlab   chiqarish   ilg‘orlari   bilan   uchrashuvlar   o‘tkaziladi.
O‘quvchilar   o‘z   ota-onalarining   ishlab   chiqarishdagi   muvaffaqiyatlari   bilan
faxrlanadilar, ularga taqlid qilishga intiladilar.
Namunada xalq pedagogikasi g‘oyalaridan ham foydalaniladi. Ota-onalar o‘z
farzandlarini   hamisha   katta   hayotiy   tajribaga   ega,   dunyoqarashi   va   bilim   doirasi
keng   kishilardan   ibrat   olishga   da’vat   qilib   kelganlar.   Masalan,     «Qush   uyasida
ko‘rganini   qiladi».   Juda   oddiy   xulosa.   SHu   oddiy   xulosa   ostida   qancha   fikrlar
jamlanib yotgavnligini hamisha ham  fahmiga boravermaymiz. Bu bilan xalq xalq
«uyingda   tartibli   bo‘l,   aks   holda   bolang   ko‘chada   tartibsiz   bo‘ladi»,   «bola   oldida
birovlarning g‘iybatini qilma, bolang g‘iybatchi bo‘ladi», demoqchi.
O‘z-o‘zini   tarbiyalash   metodlari .   O‘quvchida   o‘z-o‘zini   tarbiyalashga,
ya’ni,   o‘z   ustida   ongli,   bartartib   ishlashga   ehtiyoj   paydo   bo‘lgandagina   tarbiya
jarayonini   samarali   deb   hisoblash   mumkin.   Tarbiya   jarayonida   o‘z-o‘zini
tarbiyalash   metodlaridan   foydalanish   samarali   hisoblanadi.   O‘z-o‘zini   tarbiyalash
metodlari   o‘quvchilarning   o‘zini   o‘zi   idora   qilishlari,   turli   o‘quvchilar   organlari
faoliyatida   faol   ishtirok   etishlarini   ta’minlash,   ularning   ijtimoiy   mavqelarini
oshirish maqsadida qo‘llaniluvchi usullardir.
O‘z-o‘zini   tarbiyalash   o‘quvchilarning   o‘zini   o‘zi   idora   qilish   va
o‘quvchilarning turli organlari faoliyatida faol ishtirok etishni ta’minlash, ularning
ijtimoiy mavqeini oshirishning ta’sirchan vositasidir. O‘quvchilar o‘qish, tarbiya va
dam   olishda   o‘z-o‘zini   tarbiyalash   usullaridan   foydalanadilar,   bu   usullar
o‘quvchilarni o‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustaqillikka undaydi.
O‘z-o‘zini   tahlil   (nazorat)   qilish   o‘z   shaxsi,
mavjud   fazilatlari,   xatti-harakati,   xulq-atvorini
tahlil   qilish,   mavjud   sifatlarni   boyitish   yoki   salbiy odatlarni bartaraf etishga qaratilgan faoliyat usuli.
O‘z-o‘zini   tahlil   (nazorat)   qilish   uchun   o‘quvchi   o‘zining   yurish-turishi,
intizomi,   ijobiy   fazilatlarining   ortib   borishi   va   aksincha,   salbiy   odatlarining
kamayib borishi haqida muntazam ravishda kundaligiga yozib boradi.
O‘z-o‘zini   baholash   mavjud   fazilatlari,   xatti-
harakati,   xulq-atvorini   tahlil   qilish   asosida   o‘z
shaxsiga baho berishga yo‘naltirilgan faoliyat usuli.
O‘quvchining   qobiliyatini   o‘z   kuchi   bilan   yuzaga
chiqishiga   yordamlashish   zarur.   O‘z-o‘zini   baholash
qiyin, lekin o‘quvchini bunga etarli tayyorlash mumkin.
SHu   bois   o‘quvchi   irodali   bo‘lishi,   o‘z   burchini
tushunishi,   tahsil   va   tarbiya   olish   uchun   sababli   asos
bo‘lishi,   ya’ni,   tarbiyalanishni   xohlashi,   o‘zini
o‘rtoqlari,   atrofdagilarning   ko‘zi   bilan   ko‘rish   va
o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishi lozim.
O‘z-o‘zini   baholash   o‘quvchi   uchun   shaxsiy
imkoniyatlarini   hisob-kitob   qilish,   o‘ziga   chetdan
turib   xolisona   baho   berish,   o‘zidan   qoniqish   hosil
qilishda yordam beradi.
Izohlash   – tarbiyalanuvchiga hissiy-og‘zaki ta’sir
etish   usuli.   Izohlashning   hikoya   va   tushuntirishdan
farqlanadigan   muhim   belgisi   muayyan   guruh   yoki   alohida
shaxsga   yo‘naltirilganligidir.   Ushbu   metodni   qo‘llash
sinfning   o‘quvchilarining   umumiy   yoki   jamoa
a’zolarining   shaxsiy   xususiyatlarini   bilishga
asoslanadi.   Boshlang‘ich   sinf   o‘quvchilari   bilan   ish
olib borishda izohlashning elementar usul va vositalari
qo‘llaniladi:   «SHunday   harakat   qilish   kerak»,   «Hamma
shunday   qiladi».   O‘smirlar   bilan   ishlaganda   ma’naviy-
axloqiy   tushunchalarning   ijtimoiy   ahamiyati   va ma’nosini   izohlash   zarur.   Izohlash   quyidagi   holatlarni
yuzaga keltirish uchun qo‘llaniladi:
1) yangi   ma’naviy-axloqiy   sifatlar   yoki   xulq
ko‘nikmalarini tarkib toptirish va mustahkamlash;
2) tarbiyalanuvchilarning   sodir   etilgan   muayyan
hodisa   (masalan,   sinf   o‘quvchilari   ommaviy   ravishda
darsga kelmaganlari)ga to‘g‘ri, ongli munosabatni hosil
qilish.
Maktab   amaliyotida   izohlash   ishontirishga
tayanadi.   Ishontirish   vositasida   o‘quvchi   ruhiyatiga
sezilarsiz   holda   ta’sir   etiladi.   Boshlang‘ich   sinf
o‘quvchilari   hamda   o‘smirlar   ishonuvchan   bo‘lishadi.
Pedagog   ishontirishdan   tarbiyalanuvchi   ma’lum
ko‘rsatmani   qabul   qilishi   zarur   bo‘lgan   vaziyatlarda
foydalanadi.   Mazkur   metoddan   boshqa   metodlarning
ta’sirini kuchaytirish uchun ham foydalaniladi.
Munozara   tarbiyalanuvchilarga   hissiy-og‘zaki
ta’sir   ko‘rsatish   asosida   ularda   ma’naviy-axloqiy
sifatlarni   shakllantirishga   yo‘naltirilgan   bahs-
munozara   usuli   bo‘lib,   siyosiy,   iqtisodiy,   madaniy,
estetik   va   huquqiy   mavzular   («Did   haqida   bahs»,
«Mashhur   bo‘lish   yo‘llari»,   «Biz   madaniyatli
kishilarmizmi?»   va   hokazolar)da   o‘tkaziladi.   Munozara
turli   nuqtai   nazarlar   to‘qnashgan   vaziyatda
o‘quvchilarda   ma’lum   hodisaga   nisbatan   ishonch   hosil
qilishga yordam beradi.
Munozara   asosida   turli   qarashlar   yotadi.   Bahs
ijobiy   natija   berishi   uchun   puxta   tayyorgarlik   ko‘rish
maqsadga   muvofiq.   Munozara   uchun   mustaqil   mulohaza   va
qarashni   yuzaga   keltiruvchi   5-6   ta   savol   tayyorlanadi.
Ushbu   savollar   bilan   munozara   ishtirokchilari   oldindan tanishtiriladilar.   Ba’zan   tarbiyachi   munozara
ishtirokchilarini   o‘zi   tayinlashi   ham   mumkin.
CHiqishlar   jonli,   erkin   va   qisq   bo‘lishi   zarur.   Matnni
yozish   kerak   emas,   agar   shunday   holat   yuz   bersa
munozara   zerikarli   tus   oladi.   Pedagog   munozara
ishtirokchilariga fikrlarini ixcham, asosli va dalillar
asosida bayon etishga yordam beradi.
Mashq   va   o‘rgatish   (faoliyatda   mashqlantirish)
metodlari   muayyan   mashqyordamida   bolalar   faoliyatini
oqilona,   maqsadga   muvofiq   va   har   tomonlama   puxta
tashkil   qilish,   ularni   axloq   me’yorlari   va   xulq-atvor
qoidalarini   bajarishga   odatlantirishdir.   Odatlar
bolalikdan   tarkib   topadi   va   shaxs   rivojlanishining
keyingi bosqichlarida mustahkamlanib boradi.
O‘qituvchi   hamda   ota-onalar   bolalarda   ijobiy
odatlarning   tarbiyalanib   borayotganligini   kuzatib
borishlari   kerak.   O‘quvchilar   odatlarni   o‘z
yaqinlaridan   meros   qilib   olmaydi,   balki   ular
atrofdagilar bilan faol muloqotga kirishishlari tufayli
taqlid   qilish,   uzluksiz   tarbiyani   yo‘lga   qo‘yish
asosida   tarkib   toptiriladi.   Natijada   odat   xarakterga
aylanadi.
Mashq   muayyan   xatti-harakatlarni   ko‘p   marotaba   takrorlashni   o‘z   ichiga   oladi.
Mashq   va   odatlantirish   o‘quvchi   uchun   ongli,   tjobiy   jarayondir.   Mashq   natijasini
ko‘nikma,   odat,   yangi   bilimlar   hosil   qilinadi,   o‘quvchining   aqliy   qobiliyati
rivojlanadi, ma’naviy-axloqiy sifatlari boyiydi, hayotiy tajribasi ortadi. 
O‘rgatish   tarbiyalanuvchilar   ijtimoiy   xulq-atvor
ko‘nikmalari,   odatlarini   shakllantirish   maqsadida
rejali   va   izchil   tashkil   qilinadigan   turli   harakatlar,
amaliy ishlardir. O‘rgatish   bir   necha   izchil   harakatlar
yig‘indisidir.   O‘qituvchi   bu   harakatlarni   ko‘rsatib
berishi, tushuntirishi, kuzatishi lozim.
Tarbiya   amaliyotida   mashq   qilishning   turli   xili
mavjud:
1) faoliyatda mashq qilish;
2) kun tartibi mashqlari;
3) maxsus mashqlar.
Faoliyatda mashq qilish mehnat, ijtimoiy hamda jamoa faoliyatini tashkil etish va
o‘zaro   munosabatni   yo‘lga   qo‘yish   odatlarini   tarbiyalashga   qaratilgandir.   Kun
tartibi   mashqlari   belgilangan   kun   tartibiga   amal   qilish,   shu   bilan   bog‘liq   istak   va
harakatlarni boshqarish, ish va bo‘sh vaqtdan to‘g‘ri foydalanish odatiga o‘rgatadi.
Maxsus   mashqlar   madaniy   xulq   ko‘nikma   va   malakalarini   hosil   qiladi,
mustahkamlaydi.
Т    opshiriq      o‘quvchilarda   mehnat,   ijtimoiy   xulq   va   hayotiy   tajriba   ko‘nikmalarini
shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. o‘quvchilarning topshiriqlarni jamoa
bo‘lib   bajarishlari   ularda   ijtimoiy   xulq   tajribalarini   shakllantirishda   alohida
ahamiyatga ega. o‘quvchilar o‘z kuchlarini  umum  ishiga sarflashga,  jamoa uchun
mas’uliyatni   his   etishga   o‘rganadilar,   mehnat   qilish   o‘quvchilarning   harakatlarini
shakllantiradi, mustahkamlaydi.
pedagogik   talab   turli   xatti-harakatlarni   bajarish   hamda   faoliyatda   ishtirok   etish
jarayonida   o‘quvchi   tomonidan   amal   qilinishi   zarur   bo‘lgan   ijtimoiy   xulq-atvor
me’yorlari. pedagogik talab tarbiyaning eng muhim usullaridan biridir. pedagogik
talab   ma’lum   harakatlarni   rag‘batlantiruvchi   yoki   to‘xtatuvchi   hamda   o‘quvchini
oqilona harakatlarni bajarishga undovchi xarakterga ega bo‘lishi mumkin. 
Rag‘batlantirish   tarbiyalanuvchining   xatti-
harakati va faoliyatiga ijobiy baho berish asosida unga
ishonch bildirish, ko‘ngilini ko‘tarish va uni qo‘llab-
quvvatlash   usulidir.   O‘qituvchi   har   bir   o‘quvchi
shaxsida   ro‘y   berayotgan   ijobiy   o‘zgarishlarni   anglash olishi   zarur.   SHundagina   o‘quvchi   o‘zining   kamolga
etayotganligini   his   qiladi,   unda   o‘z   kuchiga   nisbatan
ishonch   paydo   bo‘ladi.   Uni   hurmat   qilishadi,   unga
ishonishadi,   uning   fikrlari   bilan   qiziqishadi,   unga
quloq   solishadi,   demak,   u   jamoada   o‘z   o‘rniga   ega.
O‘qituvchi   ana   shunday   holatning   yuzaga   kelishi   uchun
rag‘batlantiruvchi   usullardan   foydalanadi.   O‘quvchining
yanada   ijobiy   sifatlarga   ega   bo‘lishga   intilishiga
yordam   beradi.   Maktablar   tajribasida
rag‘batlantirishning quyidagi turlari qo‘llaniladi:
Rag’batlantirish:
 O’quvchining   zimmasiga   mas’uliyatli   vazifa
yuklash
 Estalik   sovg’alarini   berish   (badiiy   kitob   va
o’quv qurollari)
 Maxsus stipendiyalar
 Qo’llab-quvvatlash
 Safda birinchio’ringa qo’yish
 Maqtash(ota-onalar   hamda   o’quvchilar   jamoasi
oldida)
 Maqtov yorlig’I bilan mukofotlash
 Fotosuratni hurmat taxtasiga ilish
 Jamoa nomidan minnatdorchilk bildirish
 Musobaqalarda bayroqdor bo’lish
 Maktab   devoriy   gazetasi   yoki   radiosi   orqali
nomini qayd etish
Har   qanday   rag‘batlantirish   mavjud   pedagogik
talablarga   muvofiq   bo‘lishi,   ketma-ket   bo‘lmasligi
zarur,   shuningdek,   o‘quvchini   yoki   uning   xatti-
harakatlarini   haddan   oshirib   maqtash,   boshqa o‘quvchilarga   taqqoslash,   ularni   kamsitmaslik,
talabchanlikni   bo‘shashtirmaslik   kabi   shartlarga
muvofiq qo‘llaniladi.
Jazolash   tarbiyalanuvchining   xatti-harakati   va
faoliyatiga salbiy baho berishdir. 
Jazo ham o‘quvchining individual xatti-harakatlari
va   umumjamoaning   faoliyati   uchun   qo‘llaniladigan   eng
so‘nggi   tarbiya   usuli.   Jazo   choralarini   qo‘llashda
jismoniy   jazo,   urish,   kaltaklash   kabi   usullardan
foydlanish   mumkin   emas,   o‘quvchini   qo‘rqitish,
g‘azablantirish   ham   ijobiy   natija   bermaydi.   Aksincha,
o‘quvchi   qo‘rqqanda   yolg‘on   gapirishni   o‘rganadi,   ikki
yuzlamachi bo‘lib qoladi.
Maktablarda   qo‘llash   mumkin   bo‘lgan   jazo
choralariga quyidagilar kiradi: 
Jazolash:
Tanbeh berish
Ogohlantirish
Hayfsan berish
Uyaltirish
Tanbeh berish  – eng muhim jazo chorasi. O‘qituvchi
o‘qituvchiga   yuzma-yuz   turib   tanbeh   beradi,   buni
kundaligiga yozib qo‘yish mumkin.
Ogohlantirish   –   sodir   etilishi   mumkin   bo‘lgan
muayyan   xatti-harakatlarning   oldini   olish   maqsadida
qo‘llaniladi.
Hayfsan   berish   –   o‘quvchining   ma’lum   xatti-
harakatlarini   qat’iy   choralar   asosida   baholash.   Agar
tanbeh   va   ogohlantirish   kutilgan   natijani   bermasa,
o‘quvchi   belgilangan   intizomni   buzaversa,   uning   aybi qay   darajada   bo‘lishi   va   intizomni   qanday   sharoitda
buzganligini   inobatga   olib   unga   hayfsan   e’lon   qilish
mumkin.
Uyaltirish   -   o‘quvchining   ma’lum   xatti-
harakatlariga   jamoa   yoki   uning   tarbiyasi   uchun   mas’ul
bo‘lgan   sub’ektlar   (ota-onalar,   vasiylar,   jamoatchilik
vakillari   va   boshqalar)   oldida   baho   berish.   Odamning
eng   nozik   sezgilaridan   biri   uyat,   or-nomus   va   sharm-
hayodir.   Odamda   insonda   izzat-nafs,   odamiylik   qancha
kuchli   bo‘lsa,   avvalo,   o‘zini   hurmat   qilsa,   unda   or-
nomus,   uyat   shunchalik   kuchli   bo‘ladi.   Bolalarni
tarbiyalashda   shu   his-tuyg‘ularni   ehtiyotkorlik   bilan
o‘stirish   lozim,   lekin   hadeb   uyaltiraverish   va
qizirtiraverish   yaramaydi.   Bundan   oqilona   va   o‘z
o‘rnida   foydalanish   kerak,   shundagina   ijobiy   natijaga
umid qilish mumkin.
Jazo   puxta   o‘ylab   qo‘llanilishi   lozim,   aksincha,
jahl   ustida   jazolash   mumkin   emas.   Jazolar   yakka
xarakterda,   ya’ni,   birgina   usulni   qo‘llash   asosida
bo‘lsin,   o‘quvchining   aybiga   mos,   muvofiq   bo‘lishi,
tez-tez   qo‘llanilmasligi,   jazolanuvchida   jazoning
to‘g‘ri   belgilanganligiga   nisbatan   shubha   tug‘ilmasin
va   ular   o‘z   ayblarini   sezsin.   Jamoada   muhokama   qilish
va   jamoa   tomonidan   qo‘llab-quvvatlangan   jazo   berilsa,
uning ta’sir kuchi yanada oshadi. Barcha holatlarda ham
jazo   tarbiyalanuvchining   jismoniy   va   ruhiy   azob-
uqibatlariga   solmasligi,   uni   tahqirlamasligi,   sha’nini
erga urmasligi kerak. 
Xulosa   qilib   aytganda   yuqorida   ta’riflangan
tarbiyaning   umumiy   metodlari   o‘quvchilarga   pedagogik
ta’sir ko‘rsatish sohalarini qamrab olmaydi.  Pedagogika   fani   va   amaliyoti   har   doim   rivojlanib
borar   ekan,   unga   muvofiq   ravishda   tarbiya   jarayoni   ham
takomillashib boraveradi.
Tarbiya   jarayonining   umumiy   holatidan   kelib   chiqqan   holda   tarbiya   metodlarini
quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin:
Tarbiya metodlari:
 Shaxs ongini shakllantiruvchi metodlar;
 Faoliyatnitashkil etish va ijtimoiy xulqni shakllantirish metodlari;
 Xulq va faoliyatni rag’batlantirish metodlar.
Bu   guruhlar   o‘z   navbatida   bir   qator   tarbiya
elementlarini   tashkil   etadi.   CHunonchi,   shaxs   ongini
shakllantirish   metodlariga:   hikoya,   tushuntirish,
izohlash,   ma’ruza,   etik   suhbat,   ishontirish,   nasihat,
yo‘riqnoma,   munozara,   ma’ruza,   namuna;   faoliyatni
tashkil   etish   va   ijtimoiy   xulqni   shakllantirish
metodlariga   mashqlantirish,   odatlantirish,   pedagogik
talablar,   jamoat   fikri,   topshiriq,   tarbiyalovchi
vaziyat;   xulq   va   faoliyatni   rag‘batlantirish
metodlariga:   musobaqa,   rag‘batlantirish   va   jazolash
kiradi.
Tarbiya turlari (ma’naviy-axloqiy, iqtisodiy, mehnat,
ekologik, estetik, aqliy, jismoniy)
AQLIY TARBIYA
Yosh   avlodda   ilmiy   dunyoqarashni   shakllantirish   hamma
davrlarda   millatning   ilg ’ or   kishilari   diqqat   markazida
bo ’ lib   kelgan .   Insoniyat   boshidan   kechirgan   barcha
tuzumlarda     davrning   o ’ qimishli ,     ziyoli ,   bilimdon kishilari   dunyo   ilm   faniga   umuminsoniy   madaniyatiga
salmoqli   hissalarini   qo ’ shganlar .   Bilim   ilmiy
dunyoqarashning   asosi   bo ’ lib   hisoblanadi .   Bilim   olish
albatta   yoshlikdan   boshlanadi .   « Yoshlikda   olingan   ilm
toshga   o ’ yilgan   naqshdir »,-   deydi   dono   xalqimiz .
Bilimli   kishi   hech   qachon   tarix   sahifalaridan ,
xalqimizning   qalbidan   o ’ chmaydi .   Shunday   kishilar
qatorida   Sharq   musulmon   dunyosi   mutafakkirlaridan   al   -
Kindiy ,   G ` azzoliy ,   Beruniy ,   Xorazmiy ,   Naqshbandiy ,
Yassaviylarni ,   G ` arb   allomalari   I .   Kant ,   F .   Gegel ,   L .
Feyerbax ,   A .   Shopengauerlarning   nomlarini   tilga
olmasdan   bo ’ lmaydi .     Eng   buyuk   allomalaru
donishmandlar ,   o ’ zlarining   noyob   asarlari ,   ta ’ limotlari
bilan   insoniyat   rivojiga     ulkan   hissa   qo ’ shganlar .   Ular
umrlarini   ilmu   fanga   bag ’ ishlab ,   bu   yorug ’   olamdan
ketar   chog ’ i   hayot   ilmini   chuqur   egalladingizmi ?   degan
savolga   hech   narsa   bilmay   ketyapman   degan   ekanlar .   Ne
ajab ,     hayot   ilmi   sirli   va   murakkabki ,   anglab   yetmoqqa
butun   insoniyat   umri   ham   yetmaydi . 
Bilim    ilmiy   dunyoqarashning   asosi   deb    aytib   o ’ tdik ,
shunday   ekan     dunyoqarashning   o ’ zi   nima ?   Uning   qanday
shakllari   bor ?  
Dunyoqarash  -  faqat   insongagina   xos   xususiyat   bo ’ lib ,
hayvonot   dunyosi   boshqa   narsa   ,   buyumlar   va   mavjudodlar
uchun   bu   hol   yotdir .   Ularda   dunyoqarash   kishilarning
olam   va   uning   o ’ zgarishi ,   rivojlanishi   haqidagi   ilmiy
falsafiy ,   siyosiy ,     huquqiy ,   axloqiy ,   estetik   diniy ,
qarashlari   va   tasavvurlari   tizimidan   iborat .   Demak ,
dunyoqarash   bu   olam   haqidagi   yaxlit   umumiylashtirilgan
bilimlar   to ’ plamidir .   Kishilar   tevarak - atrofdagi   narsa
va   hodisalar   to ’ g ’ risida   qancha   ko ’ p   ma ’ lumotlarga , bilimga   ega   bo ’ lsa ,   ularning   dunyoqarashi   ham   shu
darajada   mukammal   va   puxta   bo ’ ladi .   Avvalo   ta ’ kidlash
lozimki ,   ilmiy   dunyoqarash   turlicha   buladi .   Turli   kasb
egalari   turli   xil   dunyoqarashga   ega   bo ’ ladi .
Dunyoqarash   kishilarda   olam   haqida   yaxlit
umumlashtirilgan   bilimlar ,   g ’ oyalar   turkumini   hosil
qiladigan   ularni   muayyan   ijtimoiy   guruhlar ,   sinflar ,
siyosiy   partiyalar ,   ommaviy   harakatlar ,   davlatlar
maqsadidan   kelib   chiqib ,   baholaydigan     va   shunga   qarab
hayotdagi   o ’ z   o ’ rnini ,   amaliy   faoliyat   yo ’ nalishlarini ,
maqsadlarini   aniqlab   olishga   imkoniyat   beradigan   ko ’ p
qirrali   va   sermazmun   tushunchadir . 
Dunyoqarashning   ikkita   darajasi   mavjud .  Birinchisini ,
kishilarning   kundalik   hayotiy   amaliy   tajribasi   hamda
kasbiy     faoliyati   asosida   to ’ plangan   bilimlar ,
tasavvurlar ,   qarashlar   tashkil   qilsa ,   ikkinchisini   ilm -
fan   tufayli   to ’ plangan   nazariy   bilimlar ,   g ’ oyalar
yig ’ indisi   tashkil   etadi .   Ularning   ikkalasi   bir - biri
bilan   uzviy   bog ’ langan   bulib ,  bir - birini   to ’ ldiradi . 
Dunyoqarash     ijtimoiy   borliqning   in ’ ikosidir .   Unda
ijtimoiy   turmush   aks   etadi   va   u     ijtimoiy   tuzumga
bog ’ liq   bo ’ ladi . 
Dunyoqarashning   doimo   o ’ zgarib ,   rivojlanib   turishi
uning   tarixiy   turlarining   almashuvida     yaqqol   namoyon
bo ’ ladi . 
Diniy
FalsafiyMifologik
Dunyoqarash 
turlari 2-27. chizma
Mifologik      (      yunoncha      -      mifos    -   naql    ,      rivoyat    ,      logos    -  
tushuncha    ,      ta   ’   limot    )      dunyoqarash      -   ijtimoiy
taraqqiyotning   eng   boshlang ’ ich   davriga   xos   bo ’ lgan
xalq   og ’ zaki   ijodi -   naql   va   afsonalarda
gavdalantirilgan   ijtimoiy   ongning   asosiy   shaklidir .
« Olam   qanday   paydo   bo ’ lgan ?  Quyosh ,  oy   va   yulduzlarni   kim   yaratgan ?  Bu
sir - sinoatga   to ’ la   borliqning   so ’ ngi   qayerda ?»   degan   savollar     odamzotni   azaldan
qiziqtirib   kelgan . 
Ushbu   savollarga   odamzot   topgan   dastlabki   javoblar
miflarda   ifodalangan   va   ular     butun   bir   mifologik
tizimni   hosil   etgan .
Qadimiy   turkiy   xalqlarda   ham   shunday   mifologik
tizim   mavjud   bo ’ lgan .   Misol   tariqasida   yer ,   osmon ,
yulduzlarning   paydo   bo ’ lishi ,   tuzilishi   va   o ’ zaro
munosabati   haqidagi   mifologik   naqllarni   keltiramiz :
1.   Yer(ning)   ustidan   osmon   do’ppiday   yopib   turadi.
Eng   balandda,   o’rtada   Temir   qoziq   yulduzi   turadi.   Jami
yulduz   yer   bilan   temir   qoziqning     (atrofida)   chir
aylanadi.   Yerning   ostidayam   bir   temir   qoziq   yulduzi
bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi.
2.     Hulkar   avval   yetti   yulduz   bo’lgan.   Birovini
Yetti   qaroqchi     olib,   oltitasi   qolgan.   Yetti   qaroqchi
Hulkar   bilan   Qambarning   o’rtasia   tushib,   ularni   yuz
ko’rmas   qilib   qo’ygan.   Avval   ular   bir-birini   yaxshi ko’rishgan.   Hozir Hulkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar
botsa,   Hulkar   tug’adi.   Hulkar-   qiz,   Qambar-   yigit
deyishadi.   Oxiri   qiyomatda   Hulkar   bilan   Qambar
ko’risharmish.
3.   Osmon   qavat-qavat   bo’lar   ekan.   Nechanchidir
qavatida   bir   daraxt   bor   ekan.   Har   bir   odamning   oti
yozilgan   barg   shu   daraxtda   bo’lar   ekan.   Odam   o’lsa,
barg   so’lib,   uzilib   tushar   ekan.   Barg   yerga
tushayotganda,   biror   odamga   tegib   ketsa,   shu   odamning
qulog’i   chimirlar   ekan.   Shunday   vaqtda   kalima
qaytarishi kerak ekan. 
Diniy   dunyoqarash   mifologiya   (afsona)negizida
shakllangan va rivojlangan, voqelikning kelib chiqishi,
rivojlanishi, istiqbolini  xayoliy obrazlar,  tasavvurlar
va   tushunchalarda   aks   ettiruvchi   dunyoqarashdir.   Diniy
dunyoqarashning   xalq   ongiga   singib,   qalbida   chuqur
ildiz   otib   ketishining   boisi   shundan   iboratki,   ular
oddiy   kishilarning   ruhiyatiga   moslab,   ularning
hissiyoti,   tafakkuriga   ta’sir   etadigan   va   ko’p
vaqtgacha     esda   saqlanib   qoladigan   yorqin   obrazlar,
afsona va rivoyatlar shaklida izhor qilinishidadir. 
Islom   ta’limotidagi   har   bir   afsona   va   rivoyatlarda
katta   hikmat,   falsafiy   fikr,   ma’no   mavjuddir.   Shuning
uchun ham ular barhayot bo’lib, avloddan-avlodga o’tib,
bizning  
davrimizgacha   yetib   keldi.   Bunday   ma’naviy
boylikni ehtiyot qilishimiz lozim.
Falsafiy   dunyoqarash   -   bu   olam   haqidagi   yaxlit   va
tizimlashtirilgan   bilimlar   yig’indisidir.   Mifologik   va
diniy   dunyoqarash   hissiy   a’zolarimiz   orqali   erishilgan
ma’lumotlar   asosida   shakllansa,   falsafiy   dunyoqarash hissiy   va     aqliy     a’zolarimiz   tufayli     ilm-fan
yordamida   to’plagan   bilimlar   yig’indisidir.   Falsafiy
dunyoqarash kishilarga tabiat, jamiyat, inson tafakkuri
rivojlanishining   umumiy   qonuniyatlari   haqida   ma’lumot
beradi.   Shu   bilan   birga   u   insonni   qurshab   turgan
olamni,   dunyoni   va   uning   taraqqiyot   qonunlarini   bilish
mumkinligini,   bilish   esa   murakkab,   ziddiyatli
jarayondan iboratligini ta’kidlaydi.    
Aqliy   tarbiya     shaxsni   har   tomonlama   tarahhiy
ettirishda   alohida   va   muhim     o`rin   egallaydi.   Ahliy
tarbiyaga   o`z   vahtida   Forobiy,   B е runiy,   Ibn   Sino,   al-
Xorozmiy   va   Ulug`b е k   kabi     allomalarimiz     juda   kata
e'tibor   bilan   qarashgan.     «Aqlli   d е b   shunday   kishiga
aytiladi,   -d е b   yozadi   Forobiy,-   unda   o`tkir   z е hn-idrok
bo`lish bilan birga, fazilati ham bo`lsin. Bunday kishi
o`zining   butun   hobiliyati   va   idrokiga   yaxshi   ishlarni
amalga   oshirishga,   yomon   ishlardan   o`zini   saqlashga   va
tortishga   qaratgan bo`lmog`i lozim. Shunday odamnigina
aqlli va to`g`ri fikr  yurituvchi d е b atash mumkin» 2
 
Sh а rq   mut а f а kkirl а ri   o`z   а s а rl а rid а   bilish   h а md а
ins о n   а qliy   t а f а kkuri   m а s а l а l а rig а   а l о hid а   o`rin
b е rg а n.   Х usus а n,   А bu   N а sr   F о rbiy   ins о n   t о m о nid а n
b о rliqni   а ngl а nishi,   t а bi а t   sirl а rini   а ngl а shid а   ilm-
f а nning   r о lini   h а l   qiluvchi   о mil   sif а tid а   b а h о l а ydi.
А ll о m а ning   fikrch а ,   ins о n   t а n а si,   miyasi,   s е zgi
о rg а nl а ri   u   tug`ilg а nd а   m а vjud   bo`lg а n   bo`ls а ,   а qliy
bilimi,   m а ’n а viyati,   ruhiyati,   int е ll е ktu а l   v а   ах l о qiy
sif а tl а ri,   ха r а kt е ri,   dini,   urf- о d а tl а ri,   m а ’lum о ti
t а shqi   о l а m,   ijtim о iy   muhit   t а ’sirid а ,   о d а ml а r   bil а n
2
  Forobiy .   Aql   to ` g ` risida   risola .   O ` zb е k   p е dagogikasi   antologiyasi .   T .,   1997 y ,   109-
b е t t а shkil et а yotg а n mun о s а b а tl а ri j а r а yonid а  sh а kll а n а di.
А bu N а sr F о r о biyning e’tir о fch а , ins о n   а qli, fikri
uning   ruhiy   jih а td а n   yuks а lishining   m а hsulidir.   Ins о n
biliml а rni   o`zl а shtir а r   ek а n,   b о rliqd а   tirik
m а vjud о tning   yar а tilish   t а ri х ig а ch а   bo`lg а n
m а ’lum о tl а rni o`zl а shtir а   о l а di, ul а rni yar а t а di, ilmiy
jih а td а n  а s о sl а ydi.
А ll о m а ning   m а zkur   fikrl а rini   d а v о m   ettirg а n   h о ld а
А bu   R а yh о n   B е runiy   quyid а gil а rni   ilg а ri   sur а di:   «Ins о n
n а rs а   v а   h о dis а l а rning   f а q а t   t а shqi   sif а ti   h а md а
х ususiyatl а ri h а qid а   bilim   о lm а y, b а lki t а f а kkuri,   а qli
tuf а yli   n а rs а   v а   h о dis а l а rni   t а qq о sl а ydi,   bir-biri-
bil а n s о lishtirib ko`r а di, o`z biliml а rining chinligini
а niql а ydi» 2
.   Mut а f а kkir,   shuningd е k,   о d а ml а r   t о m о nid а n
biliml а rni   o`zl а shtirilib   b о rishi   yangi   biliml а rning
yar а tilishig а   о lib   k е lishini   а yt а di:   «Ilml а r   ko`pdir.
Ul а r   z а m о ni   iqb о lli   bo`lib,   turli   fikr   v а   хо tir а l а r
ul а rg а   qo`shilib b о rs а , ko`p а yadi.   О d а ml а rning ilml а rg а
r а g`b а t   qilishi,   ilml а rni   v а   ilm   а hll а rini   hurm а tl а shi
o`sh а   iqb о lning   b е lgisidir.   ( А yniqs а )   hukmr о n
kishil а rning ilm   а hlini hurm а t qilishi turli ilml а rning
ko`p а yishig а  s а b а b bo`l а di» 1
.
А bu   А li   ibn   Sin о   o`z   а s а rl а rid а   bilim
tushunch а sig а   sh а rh b е rish bil а n birg а   bilimning chuqur
o`zl а shtirilishi   d о nishm а ndlik   ek а nligini   а l о hid а   q а yd
et а di:   «Ilm   n а rs а l а rning   ins о n   а qli   yord а mi   bil а n
o`rg а nilishidir.   Bilim   d е b   es а ,   n а rs а l а rni   idr о k
qilishg а   а ytil а di. Bu shund а yki, ins о n  а qli uni  ха t о  v а
yo`ld а n t о ym а sd а n turib ung а   erishishi k е r а k bo`l а dig а n
2
2
 Беруний Абу Райҳон. Танланган асарлар.  III  жилд. – Тошкент, Давлат нашриёти, 1966. – 7-бет.
1
1
 Беруний Абу Райҳон. Танланган асарлар.  II  жилд. – Тошкент, Давлат нашриёти, 1965. – 125-бет. n а rs а dir.   B о rdiyu,   bu   d а lill а r   о chiq- о ydin   bo`ls а yu,
isb о tl а r   chin а k а mig а   bo`ls а ,   u   h о ld а   bung а   hikm а t   –
d о nishm а nlik d е yildi» 2
.
Yusuf   Хо s   H о jibning   «qut а dg`u   bilig»   («S ао d а tg а
b о shl о vchi   bilim»)   а s а ri   t а ’bir   j о iz   bo`ls а ,   bilimning
m о hiyati,   uning   ijtim о iy   h а yotd а gi   а h а miyati,   ins о n
k а m о l о tini   t а ’minl а shd а gi   r о li,   yozuvlikl а rni   b а rt а r а f
etuvchi   v о sit а   ek а nligi   to`g`risid а gi   q о mus   s а n а l а di.
А ll о m а ning   fikrch а ,   bilimli   bo`lish   ezgu   ishl а r
t а nt а n а sini   t а ’minl о vchi   g а r о v   bo`lib,   uning   yord а mid а
h а tt о   о sm о n s а ri yo`l  о chil а di:
H а mm а  ezgulikl а r bilim n а fi tuf а ylidur,
Bilim tuf а yli, go`yo ko`kk а  yo`l t о pil а di.
Ushbu   fikrl а rni   if о d а   etg а nd а   а ll о m а   n а q а d а r   h а q
edi.   Z е r о ,   о r а d а n   to`qqiz-o`n   а sr   v а qt   o`tg а ch,   ins о n
n а f а q а t   о sm о ng а   uch а   о ldi,   b а lki   k о in о tni   h а m   z а bt
etishg а  muv а ff а q bo`ldi.
B а h о vuddin   N а qshb а ndiy   t а riq а tid а   а vliyolik   kuch-
quvv а tini   ezgulikk а ,   ilm-m а ’rif а tni   riv о jl а ntirishg а
yo`n а ltirish   е t а kchi   o`rin   tut а di.   Bin о b а rin,   ilm-
m а ’rif а t   zulm   v а   bid’ а td а n   f о rig`   bo`lish   yo`lidir.
А ll о m а   t о m о nid а n   ilg а ri   surilg а n   « Х ilv а t   d а r   а njum а n»,
«S а f а r   d а r   v а t а n»   g` о yal а ri   m а vjud   biliml а rni   suhb а t
h а md а   а m а liyot   yord а mid а   o`zl а shtirish   m а qs а dg а
muv о fiqligig а   ish о r а dir.   Z е r о ,   b а hs-mun о z а r а l а rd а ,
d о imiy   izl а nishl а rd а   h о sil   bo`lg а n   ilm   pu х t а     v а
must а hk а m bo`l а di.
А lish е r   N а v о iy   biliml а rni   izchil,   uzluksiz
o`zl а shtirish   z а rurligini   uqtir а di.   SHuningd е k,   ilm
2
2
 Ўзбек педагогикаси антологияси //Тузувчи-муаллифлар: Ҳошимов К., Сафо Очил. – Тошкент, Ўқитувчи, 1995. – 137-
бет. o`rg а nish   m а sh а qq а tli   yumush   bo`lib,   uni   o`rg а nishd а
а yrim   qiyinchilikl а rni   е ngib   o`tishg а   to`g`ri   k е lishi,
bu   yo`ld а   chid а mli,   q а n оа tli,   b а rd о shli   bo`lish
о rq а ligin а   muk а mm а l   bilimg а   eg а   bo`lish   mumkinligini
t а ’kidl а ydi.
А bdull а   А vl о niy   es а   ins о n   а qliy   k а m о l о ti   х ususid а
to` х t а l а r   ek а n,   quyid а gil а rni   b а yon   et а di:   «Ilm
dunyoning   izz а ti,   ох ir а tning   sh а r о f а tidir.   Ilm   ins о n
uchun g` о yat muq а dd а s bir f а zil а tdur, z е r о ki, ilm bizg а
o`z   а hv о limizni,   h а r а k а timizni   о yn а   k а bi   ko`rs а tur,
z е hnimizni,   fikrimizni   qilch   k а bi   o`tkir   qilur,   ilmsiz
о d а m   m е v а siz   d а r ах t   k а bidur» 1
.   А ll о m а   bilim   ins о nni
j а h о l а td а n   qutq а rishning   eng   s а m а r а li   v о sit а si
ek а nligig а   h а m   urg`u   b е r а di:   «Ilm   bizni   j а h о l а t
q о r о ng`usid а n   qutq а rur,   m а d а niyat,   m а ’rif а t   dunyosig а
chiq а rur,   yom о n   f е ’ll а rd а n,   buzuq   ishl а rd а n   q а yt а rur,
ya х shi   х ulq,   о d о b   s о hibi   qilur.   Bugun   h а yotimiz,
s а l о m а tligimiz,   s ао d а timiz,   s а rv а timiz,   m а ish а timiz,
himm а timiz,   g` а yr а timiz,   dunyo   v а   ох ir а timiz   ilmg а
b о g`liqdur» 2
.
O`quvchi   dunyoq а r а shini   sh а kll а ntirishning   bir
n е ch а   m а qbul   sh а kl,   m е t о d   v а   v о sit а l а ri   bo`lib,   ul а r
sir а sid а   m а ’n а viy- ах l о qiy,   ijtim о iy-g` о yaviy,
iqtis о diy,   huquqiy,   est е tik   v а     ek о l о gik   m а vzul а rd а
t а shkil   etiluvchi   suhb а tl а r,   b а hs-mun о z а r а l а r,
m а ’ruz а l а r,   mu а mm о li   v а ziyatl а rni   yar а tish   а s о sid а
o`quvchil а rni   fikrl а shg а   und о vchi   а m а liy   tr е ningl а r,
d е b а tl а r,   must а qil   ishl а r,   shuningd е k,   ishch а nlik
o`yinl а ri yan а d а  s а m а r а li s а n а l а di.
1
1
 Авлоний А. Одоб бўстони ва ахлоқ гулистони. – Тошкент, Ўқитувчи, 1994. – 10-бет.
2
2
 Авлоний А. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992. – 22-23-бетлар. Fazilatdan   ajralgan   holdagi   aqliy     rivojlanish
kishini   aqlli,   komil   inson   qilolmaydi.   Maktabda   aqliy
tarbiya   o`quvchilarni   bilim   bilan   qurollantirishni,
ularda ilmiy dunyoqarashning   asosini shakllantirishni,
tafakkurini   va   ijodiy     qobiliyatlarini   o`stirishni,
aqliy   m е hnat     madaniyatini     hosil   etishni     nazarda
tutadi.     Aqliy   tarbiyaning     vazifasi     o`quvchilarning
aqliy   va   bilim   qobiliyatlari   ustidan     rahbarlik
qilishdan iboratdir. 
А qliy   t а rbiya   j а r а yonid а   quyidgi   v   а   zif    а   l   а   r     h а l
etil а di:
1. Tаrbiyalаnuvchilаrgа ilmiy bilimlаrni bеrish.
2. Ulаrdа   ilmiy   bilimlаrni   o`zlаshtirishgа
nisbаtаn оngli munоsаbаtni qаrоr tоptirish.
3. Mаvjud   bilimlаrdаn   аmаliyotdа   fоydаlаnish
ko`nikmа vа mаlаkаlаrini tаrkib tоptirish.
4. Bilimlаrini   dоimiy   rаvishdа   bоyitib   bоrishgа
intilish tuyg`usini shаkllаntirish.
5. Bilimlаrni   o`zlаshtirishgа   yordаm   bеrаdigаn
psiхоlоgik   qоbiliyatlаr   (nutq,   diqqаt,   хоtirа,
tаfаkkur,   ijоdiy   хаyol)   vа   хususiyatlаr   (аniq   mаqsаdgа
intilish,   qiziquvchаnlik,   kuzаtuvchаnlik,   mustаqil
fikrlаsh,   ijоdiy   tаfаkur   yuritish,   o`z   fikrini
аsоslаsh,   mаvjud   mа’lumоtlаrni   umumlаshtirish,
guruhlаshtirish,   mаntiqiy   хulоsаlаr   chiqаrish   vа
hоkаzоlаr)ni rivоjlаntirish.
Aqliy   tarbiya   avvalo     ta ' lim   jarayonida     amalga
oshiriladi .   Ta'lim   jarayonining   mazmunini     esa   bilim,
ko`nikma     va   malakalar     tashkil   qiladi.   ta'limning
asosiy vazifasi  yosh  avlodni ilmiy bilimlar, ko`nikma
va   malakalar   tizimi   bilan   qurollantirishdan   iboratdir. Bilimlar-   insonlarnin   itimoiy-tarixiy   amaliyot
jarayonida   to`plagan   umumlashgan   tajribasidir.   Ilmiy
bilimlar   ob' е ktiv   olamni   ancha   to`g`ri     aks   ettiradi.
Ilmiy   bilimlar   doimiy   emas,   ular   hamisha   o`zgarib   va
takomillashib boradi. Bilimlar asosida   o`quvchilarning
kuzatuvchanlik,   tafakkur,   xotira   singari   bilish
qobiliyatlari   rivojlanadi,   ularda   e'tiqod   hosil
bo`ladi, ilmiy dunyoqarashni shakllantiruvchi   g`oyalar
tizimi tarkib topadi.
Aqliy   tarbiya     mazmuniga   quyidagilarni   kiritish
mumkin:
 jamiyat  va   har  bir     kishining   hayoti  uchun     ta'limning
ijtimoiy   ahamiyatini,   o`z   vaqtida     ma'lumot   olish,
chuqur     va   puxta   bilim   egallash   zarurligini
o`quvchilarga  tushuntirish;
 o`zining   asosiy   ijtimoiy     vazifasi   sifatida   o`qishga
ongli   va     mas'uliyatni   s е zib   munosabatda   bo`lishni,
maktab   va   o`quvchi     talablarini     bajarishda   ongli
intizomni tarbiyalash;
 a'lochi   o`quvchilar   kuchi   bilan     o`qishda   orqada
qoluvchi  bolalarga yordamni kuchaytirish; 
 o`z   bilimlarini   to`xtovsiz   takomillashtirib   borishga
intilish uyg`otish, mustaqil ravishda bilim olish yo`li
bilan dunyoqarashni o`stirish;
 hozirgi  zamon     fan   va  t е xnikasi    yutuqlari  bilan   doimo
tanishishga bo`lgan  intilishni rivojlantirish;
 olgan   bilimlarni     ijtimoiy-foydali   ishlarda     qo`llay
bilish malakasini hosil qilish, o`quvchilar jamoasining
chuqur   va   mustahkam   bilim   olish   uchun   kurashdagi     faol
harakatini rivojlantirish;
 o`quv   m е hnatini     tashkil   etishning   qulay   usullarini tushuntirish,   o`quvchilarning   bilish   qobiliyatlarini,
turli-tuman     narsalar   yasash,   loyihalash,   tajribalar
qilib ko`rish ishtiyoqini rivojlantirish;
 o`quvchilarga   o`quv   intizomini   buzuvchilarga,   dangasa
va     ishyohmaslarga   nisbatan   murosasizlik       hissini
tarbiyalash.
O`quvchining     bilimi-   tabiat   va   jamiyatning
rivojlanish   qonuniyatlarini   aks   ettirgan   fan
o`onunlari,   tushunchalar,   ashyoviy   dalillarni
o`zlashtirishga   yo`naltirilgan   p е dagogik   faoliyatning
natijasidir.   Ta'lim   jarayonida   biror   fan   sohasida
insoniyat     tomonidan   erishilgan     hamma     narsalarni
o`rganib   bo`lmaydi.   O`quv     jarayonida   eng   asosiy,   eng
muhim narsalar-  fanlarning asoslari o`rganiladi.
Ta ' lim     jarayonida   o ` quvchilar   bilimlar
tiziminigina   egallab     qolmaydilar ,   balki   bir   qancha
ko ` nikma   va   malakalar   ham   hosil    qiladilar .
Ko ` nikmalar     maktab   o ` quvchilarining   olgan
bilimlariga   asoslanib   qo ` yilgan     vazifalar   va
shartlarga     binoan     bajaradigan   harakatlarining
yig ` indisidir .  Ko`nikma hosil   qilish     m е hnat   qilish
yo`llari   va   usullarini   bilib   olish,   o`z   bilimlarini
amalda   qo`llay   bilish   d е makdir.     Ko`nikmalar   muayyan
vaziyatdagina   emas,     balki   dastlabki   shart-sharoitlar
o`zgargan   vaqtda   ham   ma'lum   hatti-harakatlar   qilish
(ilgari hosil bo`lgan tajriba asosida) qobiliyati bilan
xarakt е rlanadi.
O’QUVCHILARNI MA’NAVIY-AXLOQIY TARBIYALASH.
OILA TARBIYASI, UNING MAQSADI, VAZIFALARI, MAZMUNI Ma’ruzani   boshlashdan   oldin,   axloq   tushunchasiga
Klaster   tuzib   olaylik.   «Axloq»   deganda   xayolingizga
qanday fikrlar keladi? 
Talabalar   guruhlarga   bo’linish   qoidalari   asosida
kichik   guruhlarga   bo’linadilar.   Har     bir   guruh   o’zaro
hamkorlikda   «Axloq»   tushunchasiga   klaster   tuzib,
taqdimotni     o’tkazishadi   (10   minut).     Klaster   tuzish
qoidalari   doskada   ko’rsatib   qo’yiladi   (Bu   qoidalar
oldingi mavzularda berilgan).  
Ularga   yordam   tariqasida   quyidagi   sxemani   taqdim
qilish  mumkin.  2-30-chizma
Axloq o’zi nima?
Axloq ,   xulq   va   atvor   so’zlari   arabcha   bo’lib,   ular   o’zbek   tilida   ham   o’z
ma’nosida ishlatiladi. Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri, ijtimoiy   qoida bo’lib,
bu   tartib-qoida   ijtimoiy   hayotning   istisnosiz   hamma   sohalarida   kishilarning   xatti-
harakatlarini tartibga solish funksiyasini bajaradi. Axloq- ijtimoiy ong shakllaridan
biri   hisoblanib,   har   bir   kishining   jamiyat   va   oiladagi   yurish-turishi,   tartib-
qoidalarining yig’indisi sifatida gavdalanadi. Demak, jamiyatga, oilaga, mehnatga
bo’lgan munosabatlarda axloq namoyon bo’ladi.    
Quyidagi   donolarimiz   bisotidan   keltirilgan
jumlalarni o’qing va mushohada qiling.
«Axloq   ilmi   insonlarni   yaxshi   xulqlarga   chaqirub,
yomon   xulqlardan   qaytarmoq   uchun     yaxshi   xulqlarning
yaxshiligini,   yomon   xulqlarning   yomonligini   bayon
qiladurgan, bildiradurgan bir ilmdir»
«Har kim  axloq ilmini  bilib amal  qilsa, bu  dunyoda
aziz, oxiratda sharofatlik bo’lur»
«Agar   bir   kishining   o’zidan,   ishidan,   so’zidan
boshqa   kishilar   ozor   topmasalar,   yaxshi   xulq   deyulur.
Agar ozor topadurgan bulsalar yomon xulq deb atalur» 3
 
  «Axloq-   insonlarni   yaxshilikka   chaqirguvchi,
3
  Q о р и   Н и з о м и д д и н   б и н   м у л л а   H а с а н .   « И л м и   а х л о q » .   То ш к е н т :   « Ё з у в ч и » ,   1 9 9 4   .   3 -   б е т . Axloq katеgoriyalari
Odob
Xulq Madaniyaт
Ma'naviyatNazokat yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning
yaxshiligini,   yomon   xulqlarning   yomonligini   dalil   va
misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur» 
«Agar   nafs   tarbiyat   topib,   yaxshi   ishlarni   qilurga
odat   qilsa,   yaxshilikka   tavsif   bo’lib,   «yaxshi
xulqlar»,   agar   tartibsiz   o’sib,   yomon   ishlar
qiladurg’on   bo’lib   ketsa,   yomonlikka   tavsif   bo’lib,
«yomon xulqlar» deb atalur» 4
«Axloq   tarbiyasi     insonni   axloqiy     barkamollikka   yetkazish     va   uning   bashariyat
jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir...
Bolalar   suvga   o’xshaydilar.   Suv   qaysi   rangdagi
idishda   bo’lsa,   o’sha   rangda   tovlangani   kabi,   bolalar
ham   qanday   muhitda   bo’lsalar   o’sha   muhitning   shunday
odat   va   axloqini   qabul     qiladilar.   Axloqiy   tarbiyaning
eng   buyuk   sharti   shundan   iboratki,   bolalar   ko’proq
yaxshi   va   yomon   axloqni   o’z   uylaridan,   ko’chadagi
o’rtoqlaridan,   maktabdagi   o’quvchilardan   qabul
qiladilar» 5
.  
Axloq,   axloqiy   sifatlar   haqida   gapirdik,   endi
axloqiy   tarbiyaning   mazmuni   nimadan   iborat?   degan
savolga javob bersak.
Axloqiy   tarbiya     mazmuni     asosan   quyidagilarda   o’z
ifodasini topadi:
1.Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash.
Bu   xildagi   munosabatlar     shaxsning   vatanparvarligi,
fuqaro   yetukligi,   baynalminallik   kabi   fazilatlarda   aks
etadi,   uning   maqsadlarida   Vatan   boyliklarini
ko’paytirish,   mustahkamlash   va   himoya   qilishga
4
 Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёhуд ахлоq. Тошкент, 1994. 5-бет.
5
  Ахатова   Д.   Абдурауф     Фитрат.     Ўзбек     педагогикаси   антологияси.   Тузувчилар:   С.Очил,
К.Hошимов. -Т., «Ўqитувчи», 1999. 55- бет . qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo’ladi.
2.Mehnatga   axloqiy   munosabatni   tarbiyalash.   Bu   axloqiy
munosabat   shaxsning   mehnat   jarayonida   namoyon
bo’ladigan   yuksak   ongida,   mehnatning   hayotdagi   rolini
anglashida,   xususiy   va   jamoa   mehnatiga   tayyorlik,
mehnatsevarlikda ifodalandi.
3.Atrofdagi   kishilarga     axloqiy   munosabat.   Shaxsning
jamoatchilik,   ko’pchilik     manfaatini   o’z   shaxsiy
manfaatidan ustun qo’yishidir.
4.Shaxsning   o’ziga,   o’z   xulqiga   axloqiy   munosabatni
tarbiyalashi   -   bu   o’quvchini   ongli   intizom   ruhida
tarbiyalashdan iboratdir.
            Axloqiy   tarbiyani   qanday   yo’llar   bilan   amalga
oshirish mumkin?
Maktabda   o’quvchilarga   axloqiy   tarbiya   berishda
xilma-xil usullar qo’llaniladi:
- dars,   ta’lim   jarayonida   axloqiy   tarbiyani   qo’shib   olib
borish; 
- ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy
tarbiya berish;
- to’g’ri rejalashtirilgan  tarbiyaviy tadbirlarni  tashkil
etish orqali;
- Maktabda   ijobiy   emotsional   sharoit   yaratish   orqali.
Masalan, Mustaqillik kuni, navro’z bayrami;
- Barcha   o’quvchilarning   maktabdagi   umumiy   va   yagona
tartib qoidaga rioya qildirish orqali;
- Turli   tushuntirish,   uqtirish,   suhbat,   munozara,
rag’batlantirish,   jazolash   usullaridan   foydalanish
orqali; 
- Tarbiyaviy   soatlar,   «Odobnoma»   darslari   saviyasini oshirish orqali;
- Mehnat   ilg’orlari,   ilm-fan   xodimlari,   mehnat
faxriylari,   hojilar   bilan   uchrashuvlar   uyushtirish
orqali;
- Maktabda   turli   kechalar,   olimpiada,   festival,
musobaqalar   o’tkazish,   turli   axloqiy-ma’rifiy   tele-
radio eshittirishlaridan foydalanish;
- Dars va tarbiyaviy tadbirlar jarayonida milliy qadriyat
va   an’analarimiz   aks   etgan     asarlarni   o’qib-o’rganish
orqali.    
   «Odob-axloq   inson   ko’rki»   mavzusida     qisqa   (10
minutlik)  munozara o’tkazing.
Munozara   davrida   qator   insoniy   sifatlarni   ham
ko’rib   chiqamiz.   Eng   avvalo   inson   fazilatlarining
o’zaro   munosabatlarini   va   o’rnini   aniqlab   olmog’imiz
lozim.   Insonning   ma’naviyati   uning   odobi,   xulqi,
madaniyatidan   tashkil   topadi.   Ma’naviyat   esa   aqliy,
axloqiy,   huquqiy,   iqtisodiy   va   siyosiy   bilimlar
zamirida shakllanadi.
Sifat   alohida   bir   shaxsning   muayyan   bir   xislatini
ifodalovchi kategoriyadir.
Fazilat   -   alohida   shaxs,   el,   elat,   xalq   ulusga
taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifat majmui.
Odamning inson sifatida shakllana borishi  jarayonida
uning   kamolat   darajasi   odob,   axloq,   madaniyat,
ma’naviyat   elementlarining   unda   qanchalik
mujassamlashganligi   bilan   belgilanadi.   Shu   o’rinda   bu
kategoriyalarning   mohiyati   ustida   to’xtalib   o’tish
joizdir.
Odob   -   har   bir   insonning   o’zi   bir   inson   yoki   jamoa bilan   bo’lgan   muloqotida   hamda   yurish   -   turishida
o’zini tuta bilishidir.
Axloq   -   jamiyatda   qabul   qilingan,   jamoatchilik   fikri
bilan ma’qullangan xulq - odob normalari majmui.
Madaniyat   -   jamiyat   va   unda   yashovchi   fuqarolarning
faoliyati   jarayonida   to’plangan   barcha   ijobiy   yutuqlar
majmuasi.
Ma’naviyat   -     inson   ongini   aks   ettiruvchi   barcha
ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi.
Mushohada   qilish   aqlning   peshlanishiga   olib   keladi.
Aql   ongni   sayqallaydi,   ong   esa   moddiy   va   ma’naviy
manbaga   aylanadi.   Shu   tarzda   inson   sekin   -   asta
takomillashib, komillikka erishib boradi. 
Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang - barang ko’rinishlarda
namoyon   etadi.   Qur’oni   Karimdagi,   Hadisi   Sharifdagi   asrlar   davomida   ota   -
bobolarimiz   hayotida   tarkib   topgan   milliy   urf   -   odatlar,   ma’naviyatimiz
sarchashmalari  Forobiy,   Abdurahmon  Jomiy,  Alisher  Navoiy  va  boshqa olimu
yozuvchilarning axloq haqidagi fikr-mulohazalari  hozirgacha o’z qadr- qimmatini
yo’qotmagan.
Milliy   istiqlol   mafkurasining   ma’naviy,   madaniy   va
yuksak axloqiy - ruhiy qadriyati shundaki, u hamma vaqt
har   qanday   sharoitda   kishini   halollikka   da’vat   etadi.
Zotan,   uning   siyosiy   ahamiyati   va   ma’naviy   qadriyati
ham xuddi shu bilan belgilanadi.
Ma’naviy-axloqiy tarbiyada  vijdonning o’rnini qanday
tushunasiz? 
Tarbiyada   vijdon   eng   oliy   ma’naviy   -   insoniy
sifatdir.   Vijdon   tushunchasi,   insonning   vijdoniy
sifati,   uning   ongi,   qalbi,   aqli   va   irodasiga
bog’liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik   va   yomonlik   doimo   kurashda   bo’ladi.   Agar
inson biror ma’naviy vaziyatda o’z qalbiga quloq solib,
irodasini   ishga   solsa,   g’arazgo’ylik,   mansabparastlik,
molparastlik   kabi   g’ayri   insoniy   illatlardan   ustun
chiqib   oqilona   ish   ko’rsa   uning   vijdoniy   sifati
yuqoriligini   ko’rsatadi.   Inson   qalbida   g’ayri   insoniy
illatlarning   ustun   bo’lishi   aslida   ma’naviy
kasallikdir. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha
va   tamoyillar"   risolasida   shunday   deyiladi:   «Milliy
mafkura   insonga   faqat   moddiy   boyliklar   va   ne’matlar
uchun   emas,   avvalo,   Alloh   taolo   ato   etgan   aql   -
zakovat,   iymon   -   e’tiqod   tufayli   yuksak   ma’naviyatga
erishish   uchun   intilib   yashash   lozimligini
anglatadigan,   bu   murakkab   va   tahlikali   dunyoda   uning
taraqqiyot yo’lini yoritadigan mayoqdir» 6
.
Har   bir   kishi   o’z   -   o’ziga,   kasbiga,   davlatiga,
xalqiga,   insoniyatga,   olamga   vijdoniy   munosabatda
bo’lishi lozim. 
Jamiyat   mafkurasi   -   milliy   istiqlol   mafkurasini   shakllantirishda   katta   rol
o’ynaydi. 
Ularning  merosini  o’rganish  talabalarni   ruhiy  -  ma’naviy  barkamol  inson  etib
tarbiyalashga katta yordam beradi.
«Komillikning   asosiy   belgilari»   mavzusida
kichik     munozara   tashkil   eting.   «Aqliy   hujum»   usulidan
foydalangan holda mazkur muammoga javob izlanadi.
    Bunda   M.   Mahmudovning   fikrlarini       e’tiborga
olishingiz   lozim.   U     Islom   Karimovning   «Jamiyatimiz
6
  Миллu   исти қ лол   ғ ояси:   асосu   тушунча   ва   тамойиллар.   –Тошкент:   «Ўзбекистон»,   2000.
6-бет. mafkurasi   xalqni-xalq,   millatni-millat   qilishga   xizmat
qilsin»   asarida     komil   inson   shaxsi   kontekstida
qaraladigan yuzdan ortiq deskriptor 7
 mavjudligini aytib,
ularni qisqartirilgan holda keltiradi. Bular: 1) o’zini
anglash; 2) o’zligini anglash; 3) an’analarini anglash;
4)   xalqning   orzu-istaklarini   bilish;   5)   jamiyat
oldidagi   maqsadni   tushunish;   6)   yagona   milliy   bayroq
ostida   birlashish;   7)   xalq   va   davlat   xavfsizligi
to’g’risida qayg’urish; 8) vatanni sevish; 9) el-yurtga
sadoqat;   10)   insonparvarlik   hissi;   11)   odamiylik
fazilatlari;   12)   o’tmish   va   kelajak   o’rtasidagi
vorislik;   ulug’   ajdodlar   merosini   egallash;   14)   milliy
qadriyatlarni   bilish;   15)   umumbashariy   qadriyatlarni
egallash;   16)   yurt   birligi   to’g’risida   qayg’urish;   17)
o’z   oldiga   maqsad   qo’ya   bilish;   18)   ta’lim-tarbiya
birligi;   19)   ta’lim-tarbiyaning   ongni   o’zgartirishi;
20)   ong,   tafakkurning   jamiyatni   o’zgartirishi;   21)
mustaqil   fikrlash;   22)ijtimoiy-siyosiy   iqlim
o’zgarishi;   23)   insonning   hayotda   o’z   o’rnini   topishi;
24)   iymoni   butunlik,   25)   sog’lom   fikrlilik;   26)   zehn-
zakovatli yoshlarni  tarbiyalash va shakllantirish 8
.
«Komillik- mehr-muruvvat, adolat, to’g’rilik, vijdon,
or-nomus,   iroda,   tadbirkorlik,   matonat   kabi     ko’plab
asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir» 9
. 
Komillikni   orzu   qilmagan,   barkamol   avlodni   voyaga   yetkazish   haqida
qayg’urmagan xalqning, millatning kelajagi bo’lmaydi. Komil inson g’oyasi azal-
azaldan   o’zbek xalqimizning ezgu orzusi, millat ma’naviyatining uzviy bir qismi
bo’lib kelgan.
7
  Дескриптор-(лотинча  « descripto ») ёзаман, тавсифлайман
8
 Миллий истиqлол g’ояси: асосий тушунча ва тамойиллар.-Тошкент:«Янги аср авлоди», 2001.. 131- бет.
9
Маhмудt М. Комил инсон шахси ва ижтимоий тажриба.// «Педагогик ма ҳ орат».2002, 4-сон, 6-10- бетлар. Oila murakkab ijtimoiy guruh bo’lib, biologik ijtimoiy, axloqiy, mafkuraviy
va ruhiy  munosabatlarning birlashuvi natijasida vujudga keladi.
Oila   tor   maishiy   tushuncha   emas,   balki   u   ijtimoiy
jamoadir.   Shu   sababli   oilalar   birlashib   jamiyatni
tashkil   qiladi.   Oila   jamiyatning   boshlang’ich   ijtimoiy
bo’g’ini   bo’lib,   o’zida   oila   a’zolarining   ehtiyojlari,
qiziqishlari,   mayllari,   tarbiyasi   va   boshqa   ijtimoiy
faoliyat turlarini aks ettiradi. 
Bu   muqaddas   dargohda   kelajak   kishisi   kamolga
yetadi.   Keksalar   ko’pincha   «Bug’doy   eksang   bug’doy
olasan,   arpa   eksang-   arpa   olasan»   deyishadi.   Shuning
uchun   ham   kelajagimizning   qanday   bo’lishi   bugun   qanday
hayot kechirayotganimizga,  bolalarimizga qanday  tarbiya
berayotganimizga,   ular   qalbini   qanday   tuyg’ular,
orzular  bilan to’ldirayotganimizga bog’liq.
     Oilaviy   tarbiya   doimo   o’zining   murakkab   va   ko’p
qirraliligi,   ajoyib   va   serjiloligi   bilan   ajralib
turadi. Bu shu bilan  izohlanadiki, har bir oila o’ziga
xos   bir   olam,   olam   ichidagi   olam,     shu   bilan   birga
olamga   sig’magan   olam,   u   tarbiya   ishida   o’ziga   xos,
takrorlanmas xususiyatlarni o’zida namoyon qiladi.
Biz oila haqida gapirar ekanmiz,  unga qanday vazifa
(funksiya)lar   yuklatilgan ligini   bilishga   qiziqishimiz
ham shubhasiz.
Oilaning   asosiy   vazifalari,   funksiyalari
quyidagilardan iborat:   2-32 chizma
  Oilaning   iqtisodiy   funksiyasi   uning   asosiy
tarbiyaviy   funksiyasidir . Bolalarning aqliy, jismoniy,
axloqiy   estetik   tarbiyasiga   oilada   asos   solinadi.   Oila
inson   deb   ataluvchi   binoning   faqat   poydevorini   qo’yish
bilan   cheklanmasdan,   balki   uning   so’nggi   g’ishti
qo’yilguncha   javobgardir.   Jamiyatning   komil   fuqarosini
shakllantirish,   tarbiyalash   hozirgi   zamon   oilasining
muhim   funksiyasi   darajasiga   kiradi.   Chunki   shaxsning
ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi.
  Oilaning kommunnikativ funksiyasi   oila a’zolarining
o’zaro muloqot va o’zaro tushunishga bo’lgan ehtiyojini
qondirishga   xizmat   qiladi.   Psixologik   tadqiqotlarda
ta’kidlanishicha,   turli     ijtimoiy   oriyentatsiyalar,
«ustanovka»lar,   hissiy   madaniyat,   odamning   axloqiy,
ma’naviy   va   psixologik   salomatligi-   oilada   o’zaro,
ichki muloqot xarakteri, xonadondagi yoshi kattalarningOilaning funksiyalari
Tarbiyaviy	
Felisitologik	
Kommunikativ	
Relaksatsiya	
Regulyativ	
Rekreativ	
Reproduktiv	
Iqtisodiy o’zaro,   munosabatlarida   psixologik   «ustanovka»larni
namoyon   qilishlari   oiladagi   axloqiy   psixologik   iqlimga
to’g’ridan- to’g’ri bog’liqdir.
  Insoniyat   taraqqiyotining     hozirgi   bosqichida   fan
texnika   taraqqiyotining   yuksalib,   odamlarning   kundalik
hayotning   urbanizatsiya-lashuvining
(radio,televideniye,   video,   kompyuter   va   boshqalar)
ortib   borishi,   oilalarning   tobora   nuklearlashib 10
borayotganligi   bilan       oilaning   kommunikativ
funksiyasining ahamiyati   tobora ortib bormoqda.
Oilaning   rekreativ   funksiyasi   nimadan   iborat ?
Nikoh-oila   munosabatlari   yuzaga   kelgan   dastlabki,
ibtidoiy   zamonlardan   buyon   unga   xarakterli   bo’lgan
xususiyatlardan   biri,   oila   a’zolarining   axloqiy-
psixologik   himoyalanishini   ta’minlash,   yosh   bolalarga
va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga
moddiy-ma’naviy   va   jismoniy   yordam   ko’rsatish
kabilardan iborat bo’lib kelgan 11
.
Bu holat oilaning   rekreativ funksiyasini- tashkil
qiladi. Oilaning rekreativ funksiyasi- o’zaro jismoniy,
moddiy,   ma’naviy   va   psixologik   yordam   ko’rsatish
funksiyalaridan   biri   hisoblanadi.Oila   iqtisodi,
byudjeti,   daromadini   rejali   sarflash,   kundalik
xarajatga,   zarur   buyumlarga   pul   ajratish,   bir   necha
yildan   so’ng   olinadigan   narsalarga   mablag’   yig’ish,
tejamli   ro’zg’or   yuritish   er-xotinning   katta   tajriba,
malakaga   ega   bo’lishiga   bog’liq.   Shuningdek,   oilada
o’sayotgan farzand ham mana shu malaka va ko’nikmalarga
10
 Нуклеар ( nucleus )- ядро деган маънони англатиб, нуклеар оила- ота-она ва болалардан  иборат бўлиши тушунилади.
11
 1001 саволга психологнинг 1001 жавоби.Ғ.Б. Шоумарt таhрири остида. –Тошкент: «Меhнат», 2000. 38-39-бетлар. ega   bo’lib   borishi   zarurligini   unutmagan   holda   o’g’il-
qizga   iqtisodiy   masalalarni   hal   etishni   o’rgata   borish
lozim.   Keyingi   yillarda   ro’zg’orda   yuzaga   kelayotgan
iqtisodiy muommalar  oiladagi shaxslararo  munosabatlarga
salbiy ta’sir etishi bilan saviyasining pasayishiga ham
olib   kelmoqda.   Bunday   noxush   holatlarning   oldini   olish
maqsadida   moddiy   qiyinchiliklar   tufayli   hosil
bo’ladigan   muammolarni   bartaraf   etishda   odamlarga
psixologik yordam ko’rsatish lozim.   
Shuni   ham   ta’kidlab   o’tish   joizki,   hozirgi   vaqtda
oilaning   rekreativ     funksiyasini   ko’p   hollarda     davlat
va ijtimoiy tashkilotlar o’z zimmasiga olmoqda. Jamiyat
a’zolarining   xavfsizligini   ta’minlash,   qariyalarga
bepul tibbiy yordam ko’rsatish odamlar dam olishlari va
o’z   sog’liqlarini   tiklab   olish   imkoniyatlarini
beradigan   dam   olish   uylari   va   sanatoriylarning
ochilishi shular jumlasidandir.
Oilaning   muhim   bo’lgan   funksiyalaridan   yana   biri-
bu   uning   reproduktiv   (   jamiyatning   biologik
uzluksizligini     ta’minlash,   bolalarni   dunyoga
keltirish)   funksiyasidir.     Bu   funksiyaning   asosiy
mohiyati   inson   naslini   davom   ettirishdan   iboratdir.
Oilaning   vazifasi   faqatgina   yangi   avlodni   dunyoga
keltiribgina qolmasdan, insoniyat paydo bo’lgan davrdan
boshlab   yashab   kelayotgan   ilmiy   va   madaniy   yutuqlari
bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab
turishdan   ham   iboratdir.   Tabiatan   berilgan   avlod
qoldirish   instinkti   insonda   farzand   ko’rishga   ularni
o’stirishga   va   tarbiyalashga   bo’lgan   ehtiyojga
aylanadi.   Bu   ehtiyojlarni   qondirmasdan   turib,   kishi
odatda o’zini baxtiyor his eta olmaydi.   Oilaning   jamiyat   oldidagi   reprokduktiv   funksiyasi
va   uning   bajarilishi   deyilganda   aholi   sonining   qayta
tiklanishi   uchun   har   bir   oilada   nechtadan   farzand
bo’lishi lozimligi nazarda tutiladi.
 Statistik ma’lumotlarga ko’ra, agar har bir oilada
bittadan   farzand   bo’ladigan   bo’lsa,   bunday   xalq
sakkizinchi   avloddan   keyin   yo’q   bo’lib   ketishi   mumkin
ekan.
  Albatta,   faqat   oilagina   jamiyat   oldidagi   funksiyalarini   bajarib   qolmasdan,   balki
jamiyat   ham   oilalarga   funksiyalarini   muvaffaqiyatli   uddalashlari   uchun   zarur
bo’lgan   shart-   sharoitlarni   yaratib   berishi   lozim.   Bu   o’rinda   hukumatimiz
tomonidan   yuritilayotgan     demografik   siyosat,   iqtisodiy,   ijtimoiy   va   huquqiy
tadbirlar bunga yaqqol misol bo’la oladi.        
Oilaning   felitsitologik   funksiyasi   nima?   Hozirgi
zamon   oilasining   tobora     ahamiyati   ortib   borayotgan
funksiyalaridan biri  uning felitsitologik  funksiyasidir
(italyancha   «felitsite»-   baxt   degani).   «Shaxsiy
farovonlikka   erishishga   intilish   oilaviy   munosabatlar
tizimida   ko’p   jihatdan   hal   qiluvchi   omil   bo’lib
bormoqda.   Oilada   er-xotining     bir-birini   to’liq
tushunishi-   ularning   o’zlarini   baxtli   his   qilishlarini
ta’minlaydi.     Shuningdek,   o’zidagi     mavjud   tabiiy-
ijodiy     imkoniyatlar   (iqtidorni)     ro’yobga   chiqarish,
jamiyat   va   oila   doirasida   sarflash   ham   insonga     o’zini
baxtli his qilish imkonini beradi» 12
. Keyingi  vaqtlarda
insonning   imkoniyatlari   ortgan   sari   uning   baxtga
intilish darajasi ham ortib bormoqda.
Oilaning   regulyativ     funksiyasi   oila   a’zolari
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni   boshqarish tizimini,
12
 1001 саволга психологнинг 1001 жавоби.Ғ.Б. Шоумарt та ҳ рири остида.-Т.: «Ме ҳ нат», 2000. 40-41 бетлар.  shuningdek   birlamchi   ijtimoiy   nazoratni,   oilada
ustunlik   va   obro’ni   amalga   oshirishni   ifodalaydi.
Bunda   kattalar   tomonidan   yosh   avlodi   nazorat   qilish   va
ularni   moddiy   hamda   ma’naviy   tomondan   qo’llab-
quvvatlash  nazarda tutiladi.
Oilaning   relaksatsiya     funksiyasi   uning   eng   asosiy
funksiyalaridan     biridir.   Bu   degani   oila   a’zolarining
jinsiy,   emotsional   faoliyatini,   ruhiy-jismoniy
quvvatini,   mehnat   qobiliyatini   yana   qayta   tiklash
demakdir 13
.
Oila   funksiyalarining   muvaffaqiyatli     bajarilishi
har   qanday     oila   baxtini   ta’minlovchi   mezon
hisoblanadi.   Shuning uchun oilaning o’z funksiyalarini
muvaffaqiyatli   bajarishi   nafaqat   uning   ichki   holatiga,
shu   bilan   birga   jamiyatning   ijtimoiy   sog’lomligiga   ham
ta’sir etadi.               
(Har   bir   funksiya   mohiyati   tushuntirilgandan   so’ng
kichik munozara tashkil etiladi) 
Oilashunos   olimlar:   G’.B.Shoumarov,   N.   Sog’inov,E.
Sattorovlar   oilaning   maqsadi:   barkamol   avlodni   voyaga
yetkazish   va   jamiyat   ravnaqiga   hissa   qo’shish,   deb
ta’kidlaydilar. 
  Demak,   oilaning   asosiy   maqsadi   ham   ma’naviy,   ham   iqtisodiy   jihatdan     oilaviy
ahvolni   rivojlantirish,   jamiyatga   sog’lom,   aqlli,   har   tomonlama   barkamol   farzand
tarbiyalash.   Jamiyatdagi   barcha   yutuqlardan   foydalangan   holda,   undagi   illatlarni
tag-tomiri   bilan   yo’q   qilishda   faol   ishtirok   etish.   Oila     qal’a   ekan,   bu   qal’ada
bekinmachoq   o’ynamaslikni,   yoshlikdan   o’yinqaroqlik,   beboshlik,   erkalik,
beparvolik   o’rnini   sezgirlik,   mas’uliyat,   andisha,   javobgarlikni   sezish   kabi
13
 1001 саволга психологнинг 1001 жавоби.Ғ.Б. Шоумарt та ҳ рири остида. -Т., «Ме ҳ нат», 2000. 42-бет. fazilatlar egallashi lozimligini tushunish kerak. Buning uchun o’zimizda ma’suliyat
hissi ko’nikmasini his qilishimiz zarur.
Yosh   avlodning   hayotdagi   ko’p   qismi   oilada   o’tadi.
Shu   boisdan   turmushning   murakkab   muammolari   bilan
oilada tanishadilar. 
Oiladagi   mavjud   an’analar,   urf-odatlar,   rasm-
rusmlar va marosimlarning ijobiy ta’sirida yigit-qizlar
asta-sekin   kamol   topib   boradilar.   An’ana   va   marosimlar
tarbiyaning qudratli quroliga aylanadi.
Oilaviy   tarbiya   ijtimoiy   tarbiya   bilan   uzviy
aloqada   bo’lsagina   o’sib   kelayotgan   yosh   avlod
farovonligini   ta’minlashi   mumkin.   Oila   tarbiyasidagi
yutuqlar   ota-onalarga   pedagogik   bilimlar   berish,
oilaviy   tarbiya   bo’yicha   tajribalar   almashish,   ota-
onalarni   tarbiyaviy   ishlarga   qizg’in   jalb   qilishga   ham
bog’liqdir.  Har   bir   ota-ona   o’z   farzandini   tarbiyalash
borasidagi   burch   va   mas’uliyatlarini   chuqur   anglashiga
bog’liq.
Bundan   tashqari   normal   oilaviy   muhit,   ota-onaning
obro’si,   to’g’ri   kundalik   rejim,   bolani   kitobga   va
o’qishga,   mehnat   qilishga   o’z   vaqtida   jalb   qilishlari
ham muvoffaqqiyat garovidir.
Shunday   qilib,   oilaning   jamoatchilik   bilan
hamkorligining   o’rni   beqiyosdir.   O’zbekiston
Respublikasining   Konstitutsiyasida   «Oila   jamiyatning
asosiy   bo’g’ini   ekanligi   (3-bo’lim,   14-bob,   63-modda) 14
qayd etilgan. Mustaqillik izohli ilmiy ommabop lugatida
«Oila- kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning
kichik   hujayrasi,   ijtimoiy-madaniy   organizm» 15
  ekanligi
14
 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. Тошкент: 1992 . 63- модда, 14 бет. 
15
 .Мустаqиллик. Изоhли илмu-оммабоп луg’ат. Тошкент: «Шарq».177- бет.  qayd etilgan.
Mustaqillik munosabati bilan o’zbeklarning oilaviy hayotida urf-odatlar, an’analar
qayta tiklandi( beshik to’ylari, to’y-aza munosabatlari va h.k). Bunday  urf-odatlar
oilani   mustahkamlashning   qo’shimcha   yo’llaridan   biridir.     O’zbekiston   hukumati
va   shaxsan   prezident   I.A.Karimov   oila   masalalariga   doim   diqqat-e’tibor   berib
kelmoqdalar. (Masalan, «Sog’lom avlod uchun»   ordenining ta’sis etilishi, maxsus
Respublika   bolalar   jamg’armasining   bunyod   etilishi,   ko’p   bolali   onalar   uchun
qo’shimcha   moddiy   yordam   ko’rsatish   va   shu   kabi   tadbirlar).   Davlatning   oilaga
bunday   munosabati   tushunarlidir.   Chunki,   oilalarning   serfarzandligi     jihatidan
O’zbekiston MDH  davlatlari ichida Tojikistondan keyin ikkinchi o’rindadir.
      Oilaning   jamoatchilik     bilan     hamkorligi     yaqin
bo’lgandagina   sog’lom   g’oyalar,   siyosiy   ong   va   huquqiy
madaniyat,   mustaqil   fikrlash,   iymon,   e’tiqod   kabi
tushunchalar   ravnaqiga   yetishadi.   Bunda   mahalla,
bobolar   va   momolar   tarbiyasi   demokratiya   darsxonasi
bo’lishi kerak.
O’QUVCHILARNI  IQTISODIY VA EKOLOGIK TARBIYALASH
    Bolalarga   maktab   va   oila   sharoitida     iqtisodiy
tarbiya     berish   muammosi   ko’pdan     buyon   pedagogikaning
asosiy   muammolaridan   biri   bo’lib     kelmokda.   Bozor
iqtisodi     sharoitida     yoshlarda     iqtisodiy     tafakkurni
tarbiyalash ayniqsa muhimdir.
Mamlakatimizda bozor iqtisodi o’ziga xos  va o’ziga mos
yo’l   bilan     bosqichma-bosqich   shakllanmoqda.   Shu   bois
hozirgi   davrda   xalqimizning     iqtisodiy   madaniyatini
ko’tarish   va   jumladan   yosh   avlodning     iqtisodiy
savodxonlik darajasini   oshirish   alohida ahamiyat kasb
etadi.
O’zbekiston   Respublikasi   prezidenti   huzuridagi iqtisodiy   islohatlar,   tadbirkorlik     va   xorijiy
sarmoyalar     bo’yicha   idoralar     kengashining,
O’zbekiston   Respublikasida   Iqtisodiy   ta’limni     tashkil
etishni       takomillashtirishning     asosiy   yunalishlari
to’g’risida     1996     yil   may   oyida     qabul   qilingan
qarori ham ana shu maqsadni ko’zda tutgan.
Maktabda o’quvchilarga  iqtisodiy ta’lim va tarbiya
berish   ta’lim   jarayonining   muhim   tomonidir.   Avval
iqtisodiy     tarbiya   haqida   mukammal       tushunchaga   ega
bo’lmoq   darkor.   Iqtisodiy   tarbiya     o’quvchilarda
tejamkorlik,   mehnatsevarlik,   tashabbuskorlik,
ishbilarmonlik,   iqtisodiy   hisob   kitob     kabi
qobiliyatlarni  tarkib toptirishdir. 
Iqtisodiy   tarbiya     mazmuni       Sharq   mutafakkirlari
tomonidan muntazam boyitib kelindi. CHunonchi, Muhammad
Ibn   Muso   Al-Xorazmiy     matematika   fani   inson   xayotida
asosiy   o’rin     tutishini   takidlab,   kishi   hisob   ilmini
bilsagina   u   o’z   mehnatining     natijalarini   o’lchovlar
orqali  aniqlay olishi mumkin- deydi.
Bolalarga   iqtisodiy tarbiya berish oiladan boshlanadi.
Abu Ali Ibn Sino o’z asarlarida shunday yozadi:
«Oila   a’zolarini   kunlik   oziq-   ovqatlar     uchun
yetarli maxsulotlarni   oldindan tejamkorlik   bilan sarf
qiladi.Har bir kishi bug’doy, guruch, mevalarni saqlash
yo’llarini   bilishi   kerak.   Ehtiyojga   yaroqli   narsalarga
tejamkorlik   bilan   munosabatda   bo’lishi   lozim.   Ota-ona
uvol   qilish   gunoxligini     farzandlariga   yoshligidan
nasixat yo’li bilan o’rgatadi.»
Iqtisodiy     tarbiya   -   jamiyatning     shaxsga   mustaqil
faoliyatida   samarali   ko’rsatkichlarni     ta’minlovchi
aniq     iqtisodiy     tushunchalar     iqtisodga   bog’langan. Siyosat,   qonunlar,   qonuniyat   asoslari   va     va   ularning
amalda   foydalanishi   yo’l-   yo’riqlarning     yig’indisini
o’zlashtirishga imkon beruvchi   izchil maqsadga muvofiq
ta’siridir.    
Iqtisodiy     ta’lim   -   ijodkor   shaxsining     shaxsining
shakllanishiga   ta’sir   etuvchi     iqtisodiy   bilimlar,
ko’nikma,   malaka   yig’indisi,   uzluksiz   izchil     maqsadga
ko’ra     shaxsning     ehtiyoj   imkoniyatlarini     hisobga
olib,   turli   uslub,   aniq   dasturlar,   metodikalar     bilan
yetkazish  jarayonidir.
Iqtisodiy   tarbiyaning     qator     vazifalari     mehnat
darslarida     amalga   oshiriladi.   Bu   darslar   nechog’lik
qiziqarli     va   foydali   tashkil   etilsa,   bolalar   «mendan
ketguncha   egasiga   yetguncha»,   «Moling   sara   bo’lmasa,
bozoring   sara   bo’lmas»   maqollar     ma’nosini   tushinib
oladilar.Ular   o’zlari     bajarayetgan   ishning
chiroyli ,ozoda qilib bajarilishiga e’tibor berishadi.
                    Iqtisodiy   tarbiyani   tashkil   etish   jarayonida   quyidagi   vazifalar   amalga
oshiriladi:
- o’quvchilarga   iqtisodiy   bilim   asoslari   (iqtisod,
oila   xo’jaligini   yuritish   va   boshqarish,   ishlab
chiqarish   jarayonini   tashkil   etish,   ishlab   chiqarishni
moliyalashtirish,   kapital,   tadbirkor,   tadbirkorlik
faoliyati,   kichik   va   o’rta   biznes,   ijara,   shartnomalar
va   ularni   tuzish,   banklar,   bank   operatsiyalari,
byujdetni shakllantirish,  daromad, bankrot,  biznes-reja
va boshqalar) borasida chuqur bilimlar berish va ularni
takomillashtirish;
- o’quvchilarda iqtisodiy ong va tafakkur, xususan,
mavjud   moddiy   boyliklarga   nisbatan   oqilona   munosabatni tarbiyalash;
- ularda   muayyan   kasbiy   yoki   ishlab   chiqarish
ko’nikma va malakalarini shakllantirish;
-   ularni   iqtisodiy   ishlab   chiqarish   jarayoniga
faol jalb etish;     
- o’quvchilarda   tadbirkorlik   faoliyatini   tashkil
etishga nisbatan ehtiyoj va layoqatni yuzaga keltirish;
- ular   tomonidan   tor   doirada   bo’lsada   tadbirkorlik
faoliyatining yo’lga qo’yilishiga erishish.
Ma’lumki,   «iqtisod»   so’zining   ma’nosi   keng   bo’lib,
chuqur   mazmunga   ega.   Ko’p   urindi   bu   so’z   xalq   ichida
«tejamkorlik» so’zining  sinomini sifatida  qo’llaniladi.
Tejamkorlik   haqida   so’z   ketganda   isrofgarchilikka   yo’l
qo’ymaslikki tushunamiz.
«Iqtisod»   tushunchasiga,   mashhur   o’zbek   muayamini
Abdulla Avloniy quyidagicha ta’rif beradi: «Iqtisod deb
pul va mol kabi na’matlarning qadrini bilmakka aytilur.
Mol   qadrini   biluvchi   kishilar   o’rinsiz   yerga   bir
tiyin   sarf   qilmas,   o’rni   kelganda,   so’mni   ayamas.
Sahovatning   ziddi   bahillik   o’ldig’i   kabi   iqtisodning
ziddi   isrovdur.   Alloh.   Taolo   isrof   qiluvchilarni
suymas».
Ota-bobolarimizning   o’z   farzandlarini   tejamkor
bo’lishga undaganlarini xalq og’zaki ijodi misolida ham
ko’rishimiz   mumkin.   Masalan,   tejamkorlik   mavzui   xalq
maqollarida   ham   o’z   aksini   topgan.   Zero,   bu   maqollar
yuz   yillar   davomida   avloddan-avlodga   o’tib,   xalqning
dilida saqlanib kelgan.
Maqollar   kishilarning   tarixiy   tajribasi   sifatida
ko’pgina   sinovlardan   o’tib   shakllanadi   va   chuqur   ma’no kasb   etadi.   Mana   ularning   ayrimlari:   «Tejagan-birga
birni   qo’shar,   tejamagan   birini   ham   boy   berar»,   «Pul
topish   uchun   kuch-quvvat   kerak,   tejash   uchun-fahmu-
farosat»,   «O’zingnikini   bir   bor   tejasang,   xalqnikini
ming   bor   teja»,   «Tejamligu   rasomadlik-aka-uka,
to’g’riligu   halollik-opa-singil»,   «Tejamkor-olqish
olar, isrofgar koyishga qolar» va hokazo.
Hattoki,   ota-onalarimiz   tejamkorlik   ruhida
tarbiyalash   vazifasiga   farzandlarining   baxtli-saodatli
bo’lishning   bir   sharti,   axloqiy   tarbiyaning   bir
ko’rinishi sifatida qaraganlar.
Bozor   iqtisodiyotining   maqsadi   jamiyatning   barcha
a’zolarini,   jumladan,   ota-onalarni,   ularning
farzandlarini   amaliy   hisob-kitobga   va   oqilona
omilkorlikka   o’rgatishdan   iborat.   Zotan,   pul   ham
shaxsni   tarbiyalaydi.   Uni   mensimaslik   ikki   tomonlama
xatolarni keltirib chiqarishi mumkin. Uning bir tomoni,
bolani   oilaning   moddiy   qiyinchiliklarini   bilishni
istamaslik   odati   paydo   bo’ladi   va   u   tekinxo’rlikka
o’rganadi.   Ikkinchi   tomoni,   pulga   xirs   qo’yish,
ochko’zlik,   xudbinlik,   xasislik   kabi   illatlarni
keltirib chiqaradi.
Ma’lumki, azaldan ota-onalarimiz bolalarni xo’jalik
ishlari   bilan   tanishtirib,   oilaning   kirim   va   chiqim
ishlarini ularga o’rgatib kelishgan. SHu tarzda, bolada
oilaning moddiy ahvoli xasida tasavvur hosil bo’lishiga
e’tibor berilgan.
Hozirgi   zamonda   butun   dunyoda   ko’zga   tashlayotgan
oziq-ovqat,   ichimlik   suvi,   foydali   qazilmalar   va   shu
kabi   zaxiralarning   kamayib   borayotganligi,   shuningdek,
ahvoli   sonining   ortib   ketayotganligi   qator   muammolarni keltirib   chiqarayotganligi   tejamkorlik,   ishbilarmonlik,
omilkorlik   kabi   qadriyatlarning   umuminsoniy,
umumbashariy   ahamiyatini   zarurligini   ko’rsatib
bermoqda.
Demak,   tejamkorlik   ishbilarmonlikni   bir   ko’rinishi
sifatida   qadriyat   hisoblanib   kelingan   va   u   ma’naviy-
axloqiy   mazmunga   egadir.   Bu   tushunchani   bola   ongiga
singdirib   borish   ota-onaning   vazifasini   bo’lib,   uni
bajarish   faqat   shaxsiy   ish   bo’lmasdan,   balki   ijtimoiy
ahamiyatiga   molik   hodisadir.   CHunki,   bola   o’zida
tejamkorlik   tuyg’usini   shakllantira   borib,   faqat   o’z
mehnatini   va   o’zgalar   mehnatini   qadriga   yetadigan
bo’ladi.   Buni   anglab   yetish   bolada   o’zi,   ota-onasi   va
jamiyat   yaratgan   boyliklarni   qadriga   yetish,   ularni
asrab-avaylash   ko’nikmasi   va   malakasi   paydo   bo’la
boshlaydi.
Bu   tarbiyaning   noto’g’ri   va   zararli   yo’li   bo’lib,
bundan   ota-onalarning   o’zlari   ko’proq   zahmat
chekadilar.   Bizningcha,   ota-onalar   o’z   farzandlarini
mehnatsevar   va   tejamkor   qilib   tarbiyalash   uchun
quyidagilarga amal qilishlari kerak.
1. Bola o’z ota onasining qayerda ishlashini va nima
ishlab   chiqarishini,   bu   ishlab-chiqarishning   butun
jamiyat uchun qanday ahamiyati borligini bilishi kerak.
Umuman,   bola   ota-onasi   ishlab,   topib   keltiradigan
daromadning   katta   va   foydali   ijtimoiy   mehnat   evaziga
olinadigan ish haqi ekanini mumkin qadar ertaroq yaxshi
tushunishi lozim.
2. bolani   oila   byudjeti   bilanmumkin   qadar   ertaroq
tanishtirish   lozim.   u   otasi   va   onasining   qancha   maosh
olishini   bilishi   kerak.   Bola   ota   yoki   onasining   nimaga muhtoj   ekanligini,   bu   muhtojlikning   qanchalik
zarurligini   bilishi   zarur,   u   oilaning   boshqa   a’zolari
ehtiyojini   yaxshiroq   qondirish   uchun   o’zining   ba’zi
ehtiyojlaridan   vaqtincha   kechishga   odatlanishi   kerak.
Oilaning   umumiy   ehtiyojiga   doir   masalalarini   muhokama
qilishga bolani ko’proq jalb qilish lozim.
3. Agar oilaning moddiy sharoiti juda yaxshi bo’lsa,
bolaning   o’z   tengdoshlari   oldida   bunday   yaxshi   sharoit
bilan   g’ururlanish   va   maqtanishga   odatlantirmaslik
kerak.   Bola   oilaning   boyligidan   o’zgalar   oldida
gerdayishga   hech   qanday   asos   yo’qligini   tushunish
zarur.
4. Ota-onalar   bolalarining   halol,   rostgo’y   va
sofdillikka odatlanib borishlarini diqqat bilan kuzatib
borishlari   kerak.   Ular   hech   narsani   boladan   atayin
yashirmasliklari   va   shu   bilan   birga   uning   ko’z   o’ngida
yotgan   bo’lsa   ham,   so’roqsiz   olmaslikka   o’rgatishlari
zarur.   Havas   keltiradigan   har   xil   narsalarni   atayin
bolaning   ko’z   o’ngicha   qo’yib,   uni   ana   shu   narsalarga
beparvolik   bilan,   suhlik   qilmay   qarashga   o’rgatish
lozim.
5. Oilada   tejamkorlik   va   xtiyotkorlik   tarbiyasini
to’g’ri   tashkil   etib   eskirib   qolgan   narsalarni
yaxshilab   ta’mir   qilib,   yangisini   sotib   olish   vaqtini
cho’zish   va   shu   yo’l   bilan   ota-onalar   yoki   oilaning
boshqa   a’zolari   topgan   pulning   ma’lum   qismini   tejab
qolish   bolani   juda   kichik   yoshligidan   boshlab
xo’jaligini yaxshi yuritmoqchi bo’lgan kishi ro’zg’orda
qaysi narsaning eskira boshlanganini avvalroq payqashi,
ro’zg’or   buyumlarining   juda   eskirib   qolishiga   yo’l
qo’ymasligi,   ularni   o’z   vaqtida   tuzattirish,   bozorda yoki   do’konda   tasodifan   ko’rib   qolgan   narsasini   sotib
olavermay, balki haqiqatdan kerak bo’lgan narsani sotib
olishi   maqsadga   muvofiqdir.   Bolalarga   ham   shu   odatni
singdirib borish kerak.
6. Bola   faqat   o’z   xonadonidagi   buyumlarinigina
ehtiyot   qilib   qolmay,   balki   boshqa   kishilarning
buyumlarini   ayniqsa,   ko’pchilik   foydalanadigan
buyumlarni ham ehtiyot qiladigan bo’lishi lozim.
7. Tejab-tergab ish ko’rish odatlarini bolada mumkin
qadar   ertaroq   tarbiyalamoq   kerak.   Odat   mashq   qilish
bilan   hosil   bo’ladi.   shu   yo’l   bilan   bolada   buyumlarni
tejab-tergab   turish   istagini   doimo   rag’batlantirib
turish kerak.
8. Pulni   tejab-tergan   sarflash   ayniqsa   muhimdir.
bunday   harajatlarning   ro’yxati   bolaning   yoshiga   va
oilaning   qurbiga   qarab   turlicha   bo’lishi   mumkin.
Deylik,   10   yashar   bola   uchun   taxminan   quyidagicha
ro’yxat   tuzsa   bo’ladi:   daftar,   kitob   sotib   olish,   yo’l
kira,   butun   oila   uchun   non,   sut,   saryog’,   sovun   sotib
olish,   uning   o’zi   va   ukasiga   ruchka   olish…   bola   katta
bo’lgan   sari,   bunday   harajatlar   ro’yxati   ancha
ma’suliyatliroq va murakkabroq bo’la borishi lozim.
Boshlang’ich     sinflarga   "Iqtisod   alifbosi   "   fani
o’qitilmokda.   Kitob     rasmlardan     iborat,   chunki
o’quvchi xali  harf tanimaydi.
Yuqori   sinflarda     " Iqtisodiy   bilim   asoslari "   degan
dars   o’tilmokda.   "Bozor",   "Ishlab   chiqarish
texnologiyasini     o’stirish"   ,"Maxsulotlarni   tan-
narxi",   "tovarlarni   chet   ellar   bilan   turli   yo’llar
orqali   ayriboshlash”   kabi     mavzulardagi     mashg’ulotlar
xayotiy   tusda     o’tkazilsa     o’quvchi   ongida     chuqur   iz qoldiradi.
Ekologik     tarbiyaning     mohiyati,   darsda   va   darsdan
tashqari ishlarda  e kologik tarbiya.
Tabiat bilan inson o’rtasidagi  o’zaro munosabatlar
ma’lum   qoidalarga     bo’ysungan   holda     boradi.Bu
qonunlarni   buzilishi   ertami   kechmi     ekologik   xalokatga
olib   keladi.   Mustaqil   respublikamizdagi     ekologik
muammolar     umumijtimoiy     masalalarning     ajralmas   qismi
hisoblanib,keng   jamoatchilik     oldidagi   xal   etilishi
zarur   bo’lgan     masalalardan   biridir.Ekologiya
tushunchasi     fanga   birinchi   bo’lib   ,1866   yilda     nemis
biologi     E.Gekkel   tomonidan     kiritilgan.   Ekologiya
yunoncha   so’z   bo’lib,   uning   ma’nosi     tirik
organizmlarning     yashash   sharoiti     yoki   tashqi     muxit
bilan     o’zaro   munosabatini     bildiradi.   Ekologik   ta’lim
va       tarbiyani     bog’chadan       hamda   umumta’lim
maktablarining   1-   sinfidan     boshlash   kerak.   Ekologik
tarbiya     insonning   tabiatiga,   biosferaga     bo’lgan
yangicha     munosabatlarni   shakllantirishda     muhim
bosqich   hisoblanadi.   Ekologik     tarbiya   atrof   muhitga,
olamga,   xayvonot     va   o’simlik   dunyosiga   muxabbat   va
extiyotkorona     munosabatlarni     shakllantirish
jarayonidir.
Ajdodlarimiz     bu   masalaga   aloxida   e’tibor   bilan
qaraganlar . Bolalar   go’daklik chog’laridanoq   axloqiy
va   mehnat   tarbiyasini     oilada   boshlaganlar.   Ularda
mehnatga   muxabbat   atrof   muxitga     xurmat,   obodonchilik
va   ko’kalamzorlashtirish     hissi   shakllantirilgan.   Oila
davrasida     farzandlarga   "Suvga   tuflama,   uni   iflos
qilma,   chunki   barcha   jonivorlar     uni   ichib   baxra
oladi",   "Birni   kessang,   o’nni         ek"   kabi   o’git, nasixat qilganlar. Hozirda umumta’lim   maktablarining 5
-   sinflaridan     boshlab,   e   k   o   l   o   g   i   ya     fani
o’qitila  boshlanadi.
                 Ekologik ta`lim   deganda o`quvchilarga berilishi lozim bo`lgan tabiat bilan
inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi.
                    Ekologik   tarbiya   esa   insonning   atrof-muhitga   nisbatan   munosabatini
tarbiyalashdir.   Ekologik   ta`lim-tarbiya   umumiy   ta`lim-tarbiyaning     tarkibiy   qismi
bo`lib,   maktabda     barcha   fanlarni   o`qitishda   amalga   oshirilishi   ko`zda   tutiladi.
ekologik ta`lim-tarbiyadan   bosh maqsad ham  yosh avlodda atrof-muhit  va uning
muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. 
Ekologik tarbiyalash jarayonida   yoshlar  tabiat boyliklarini tejab-tergansha,
tabiatni muhofaza   qilishga   o`rgatila boriladi. Atoqli pedagog V.A. Suxomlinskiy
“Bolalarga   jonim   fido”   asarida   “Men   bolalar   «Alifbeni   ochib,   birinchi   so`zini
hijjalab   o`qishlariga   qadar   avval   dunyodagi   eng   ajoyib   kitob   –   tabiat   kitobini
mutolaa   etishlarini     istardim” 16
  deb   ta`kidlaganidek,   bu   boradagi   barcha   ishlarni
bolaning kichikligidanoq boshlash maqsadga muvofiqdir. 
                    Ekologik   tarbiyada     o`quvchilarni   o`z   maktabini,   yashaydigan   muhiti   -
shahar   va   qishloq   ko`chalarini   ko`kalamzorlashtirish,   mevali   va   manzarali   daraxt
ko`chatlari   ekish,   xiyobonlarni,   suv   havzalarini   ozoda   saqlash,   uy   hayvonlariga
qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Ekologik madaniyat avvalo oiladan boshlanadi.       
      Ekologik   tarbiya   berishni     tayyorlashning   mazmuni     quyidagilarni   o`z   ichiga
oladi:
- Atrof muhit va uning shaxs  ma`naviy dunyosiga ta`siri;
- Tabiat va   uning ahamiyatini aniqlash;
- Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda  maktab va oilaning hamkorligi;
- O`z   yashash   joyi,   shahar   va   qishlog`i,   oila     va     maktab   hovlisini
ko`kalamzorlashtirishda, hatto, sinf xonasidagi o`simliklarni   ham parvarishlashga
qiziqishlarini oshirish;
16
 Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida. T., “O`qituvchi”, 1996 y, 153-bet - Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
- Tabiatni muhofaza  qilishda  ota-onalarning  naunalari;
- Oiladagi   maktabdagi   tabiatni,   o`simliklar   va   hayvonot     dunyosini
e`zozlashga o`rgatish, jonivor va qushlarni parvarish  qilish;
- Tabiatga   ongli   munosabat   jarayonida   o`quvchilarning   dunyoqarashini
kengaytirish;
- Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an`ana va udumlarni qayta   tiklash,
ularga e`tiborni kuchaytirish.   
O`quvchilar ekologik tarbiya ishlari jarayonida  quyidagilarni bilishlari zarur:
- Tabiat   haqida   tushuncha,   tabiiy   muhit,   tabiiy   omillar   va   ular   orasidagi
bog`lanish;
- Tabiat boyliklaridan tejab-tergab foydalanish va ularni muhofaza  qilish;
- Atrof-muhitni ifloslanishlardan saqlash;
- Tabiatni kelajak avlodlar uchun tabiiy holda  qoldirishga intilish.
Ekologik   tarbiya   berishda     ta`lim   tizimida     o`qitilayotgan   deyarli   barcha
fanlarning   imkoniyatlaridan     foydalanish   mumkin.   Jumladan,   biologiya,   ximiya,
iqtisodiy   geografiya,   fizika,   astronomiya     fanlarini   o`qitish     jarayonida   ham
o`quvchilarga  ekologik tarbiya berib boriladi.
Ekologik ta’lim tarbiya quyidagi  asosli bo’limlarni  o’z ichiga oladi:
1.   O’quvchilarni   tabiat   go’zalliklarini   sevish,ulardan   estetik   zavq   olish
ruhida tarbiyalash.
2. Jonli va jonsiz tabiatning   rivojlanish qonuniyatlari , tabiat bilan  jamiyat
o’rtasidagi     murakkab     o’zaro   munosabatlar,inson   xo’jalik     faoliyatining   tabiatga
ta’siri  oqibatlari haqida bilim berish.
3. O’quvchilarda   ekologik madaniyatni    tarbiyalash.Tabiatni  sevish  ,undan
to’g’ri   va   ongli   ravishda     foydalana   bilishni   tarbiyalash   kishilarda   tabiat   oldida
masuliyatni           anglash   malakasini   xosil   qiladi.   Tabiatning   normal   holati   uchun
fuqoralik masuliyatini    anglash malakasini    xosil  qiladi.Tabiatning normal    holati
uchun   fuqarolik   masuliyatini     to’la   anglash   ekologik     ta’lim   va   tarbiyaning
ifodasidir.        Kishilarda tabiat  qonunlariga to’la rioya etish
to’g’risida     va   bu   sohada     vatan   ,xalq   ,davlat   va
kelajak     avlod oldidagi     burch tuyg’usi va masuliyat
hisi   xosil   etilsa,   ularda   ekologik     ong   va     tafakkur
xosil   bo’lmaydi.   Ekologik   ong   va   tafakurga   ega   bo’lgan
kishi   o’z   mehnat   faoliyatida     tabiatga     ta’sir   etish
qanday   oqibatlarga     olib   kelishi     mumkinligini
oldindan ko’rib, ongli ravishda ish  tutadi.
Bolalarda     ekologik   xususiyatdagi   tasavvurlarini   kengaytirishda     tarix   va
geografiya   fanlarining imkoniyati katta. Bundan 500 yil,1000 yil avval   o’lkamiz
tabiati     qanday   bo’lgan   ,   o’simlik   va   xayvonot     olami   qanday     bo’lgani     kabi
savollarga     javob   topish   mumkin.   Ona   tili   darslaridagi     ko’plab   mashqlar
o’quvchilarda  tabiatga mexr uyg’otishi qo’l keladi.               
            Matematika   fanida   beriladigan   ekologik   ta’lim
tarbiya   jarayonida     o’quvchilar   tabiatidagi     salbiy
yoki   ijobiy   o’zgarishlar     inson   sog’ligiga     qanday
ta’sir   qilishi     haqida     aniq   tasavvurga     ega
bo’lishadi.   Masalan:   Respublikamizda     1200   ga   yaqin
sanoat   korxonasi   borligi,   ular   xavoga     1500   tonnaga
yaqin     zaharli   moddalarni     chiqarayotganligi,   bunday
holat   10   yil,   20   yildan   keyin     shu   maromda   ketaversa
nimalarga   olib     kelishi   mumkinligini     misollar
vositasida     ekologik     falokat     oqibatlari       yoshlarga
tushuntiriladi. 
Ekologik   yo’nalishdagi     to’garaklarda     bolalar
tabiatga zarar yetkazmaslikka, tabiat   go’zalliklaridan
zavqlanishga,   atrof   muxitni   sevishga     o’rgatilib
boriladi.
To’garak   mashg’ulotlarida     o’tiladigan     "Tabiatni
e’zozlaylik",   "Tabiat   va   inson",   "Ekologiya   va   inson", "Orol madad so’raydi", "Qushlar bizning do’stimiz" kabi
mavzularda     tabiatga   qiziqishni   yanada     oshiradi.
O’qituvchining     bolalarga     ekologik     ta’lim     tarbiya
berishda     xalqimizning     o’ziga   xos       milliy
tarbiyasidan   o’rinli   foydaanishi     yaxshi   samara
beradi.
Masalan,   "Soyasidan   xalq   foydalanib   to’rgan
daraxtni   kesib     yuborgan   odamni     tangri   do’zaxga
maxkum   etur",   "Qaysi   musulmon     ekin   eksa,   yoki   biror
daraxt     o’tkazsa,   so’ng   uning   mevasidan   kush   yeki
xayvon   yesa,   uning   ekinidan   yeyilgan   narsaning     har
biridan   unga   sadaqa   savobi   yoziladi"   kabi   hodisalarda
ekologiyaga oid  tushunchalar bordir.
Qovun   sayli,   suv   sayli,   uzum   sayli,   hosil   bayrami,
navro’z   bayrami,   xirmon   to’yi   kabi     bayramlar   ham
o’quvchilarga     ekologik   tarbiya   berishda     katta
ahamiyatga ega.
FUQAROLIK TARBIYASI
                          Fuqаrоlik   tаrbiyasining   mаzmuni   vа
vаzifаlаri .   Mustаqil   O`zbеkistоn   Rеspublikаsidа
shаkllаnаyotgаn   milliy   istiqlоl   g`оyalаri   fuqаrоlаrni
Rеspublikа   Kоnstitusiyasidа   e’tirоf   etilgаn
insоnpаrvаr,   dеmоkrаtik,   huquqiy   dаvlаt   vа   huquqiy
jаmiyatni   bаrpо   etishdеk   ezgu   mаqsаd   аtrоfidа
birlаshtirishgа   хizmаt   qilаdi.   Hаr   bir   fuqаrоning
ijtimоiy-siyosiy,   huquqiy   fаоlligini   yuzаgа   kеltirish,
huquqiy   mаdаniyatini   qаrоr   tоptirish   –   fuqаrоlik
(huquqiy) jаmiyatning аsоsiy tаlаbi sаnаlаdi.
Jаmiyat   tоmоnidаn   qоnunchilik   yo`li   bilаn   bеlgilаngаn   tаlаblаr   fuqаrо
хulqini   bаhоlаsh,   хаtti-hаrаkаtlаri   mоhiyatini   tаhlil   qilish   uchun   mеzоn   bo`lib хizmаt   qilаdi.   Аnа   shu   tаlаblаrgа   muvfiq   fuqаrоning   хulq-аtvоridаgi   аyrim
ko`rinishlаr, hаrаkаtlаr yoki оdаtlаr mа’qullаnаdi yoki qоrаlаnаdi.
O`zbеkistоn   Rеspublikаsi   fuqаrоlаrining   mаqsаdi
erkin,   dеmоkrаtik,   insоnpаrvаr   huquqiy   dаvlаt   vа
jаmiyatni   qurishdir.   Bu   jаmiyatni   bunyod   etish
jаrаyonidа yangi ijtimоiy fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil
etish   vаzifаlаrini   yanаdа   murаkkаblаshtirаdi.   Zеrо,
dеmоkrаtik,   huquqiy   jаmiyat   bаrpо   etilishining
muvаffаqiyati   fuqаrоlаrning   ijtimоiy-siyosiy   оnglilik
dаrаjаsi, fuqаrоlik fаzilаtlаrining qаrоr tоpgаnligi vа
ijtimоiy fаоllik ko`rsаtkchlаrigа bоg`liq.
Fuqаrоlikning   ijtimоiy   аsоsi   yangi   ijtimоiy-
iqtisоdiy   munоsаbаtlаr   bo`lib,   undа   fuqаrоlаrning
shахsiy   mаnfааti   jаmiyat   mаnfааti   bilаn   qo`shilib,
uyg`unlаshib kеtаdi.
Milliy   vа   umuminsоniy   qаdriyatlаr   mаzmunidа   аks
etgаn   g`оyalаr,   dеmоkrаtik   tаlаblаr   hаmdа   ахlоqiy-
huquqiy   mе’yorlаrgа   muvоfiq   fаоliyat   yuritish   ijtimоiy
fuqаrоlik munоsаbаtlаrining muhim qоidаsigа аylаnаdi.
Fuqаrоlik   tаrbiyasi   fuqаrоlik   tushunchаsining   mоhiyatini   аnglаtish   оrqаli
o`quvchilаrdа yuksаk dаrаjаdаgi fuqаrоlik mаdаniyatini shаkllаntirish, ulаrni хаlq,
Vаtаn,   jаmiyat   mаnfааtlаri   yo`lidа   kurаshuvchi   fuqаrоlаr   etib   tаrbiyalаshgа
yo`nаltirilgаn pеdаgоgik jаrаyon. Fuqаrоlik tаrbiyasining mаrkаziy оb’еkti fuqаrо
sаnаlаdi. 
Fuqаrо   fuqаrоligi   huquqiy   jihаtdаn   e’tirоf   etilgаn   hаmdа   muаyyan   jаmiyat
(dаvlаt) а’zоsi bo`lgаn shахsdir. 
Fuqаrоlik   esа   huquqiy   vа   ахlоqiy   mе’yorlаrgа   оngli   riоya   etish,   mа’lum
huquqlаrdаn   fоydаlаnish   hаmdа  burchlаrni  bаjаrishgа   mаs’ullik  bilаn  yondоshuv,
mеhnаt jаrаyoni vа jаmоаdаgi fаоllik, mа’nаviy еtuklik аsоsidа muаyyan dаvlаtgа
mаnsublik. Fuqаrоlik   tаrbiyasining   vаzifаlаri   tizimi ni
quyidаgilаr tаshkil etаdi:
1. YOsh   аvlоdni   dоimiy   rаvishdа   jаmiyatdа   ustuvоr
mаvqеgа   egа   bo`lgаn   ахlоqiy   vа   huquqiy   mе’yorlаrgа
riоya etishgа o`rgаtib bоrish.
2. O`quvchilаrgа   fuqаrоlik   huquq   vа   burchlаri
to`g`risidа   mа’lumоtlаr   bеrib   bоrish,   ulаrdа   fuqаrоlik
fаоliyatini   tаshkil   etish   bоrаsidа   ko`nikmа   vа
mаlаkаlаr hоsil qilish.
3. O`quvchilаrdа   dаvlаt   rаmzlаrigа   nisbаtаn   hurmаt
vа   muhаbbаtni   qаrоr   tоptirish,   Rеspublikа   Prеzidеnti
shа’ni,   оr-nоmusini   himоya   qilishgа   tаyyorlik   hissini
shаkllаntirish.
4. O`quvchilаrdа   хаlq   o`tmishi,   milliy
qаdriyatlаrgа   nisbаtаn   muhаbbаt   tuyg`usini   uyg`оtish,
ulаrdаn   g`ururlаnish,   fахrlаnish   vа   iftiхоr   hislаrini
оshirish.
5. Vаtаn,   хаlq   vа   millаt   ishigа   sоdiqlik,   o`z
mаnfааtlаrini   yurt   mаnfааtlаri   bilаn   uyg`unlаshtirа
оlishgа   erishish,   fidоiy   fuqаrоni   tаrbiyalаb   vоyagа
еtkаzish.
6. Vаtаn,   yurt   оzоdligi   vа   mustаqilligini
e’zоzlоvchi,   аrdоqlоvchi,   uni   himоya   qilishgа   tаyyor
fuqаrоni   tаrbiyalаsh   ishigа   kеng   jаmоаtchilik
e’tibоrini jаlb etish.  
O`quvchilаrning   fuqаrоlik   tаrbiyasini   tаshkil   etishdа   shахsgа   dаvlаt
Kоnstitusiyasidа   ko`rsаtilgаn   huquqlаrdаn   fоydаlаnish   hаmdа   burchlаrni   bаjаrish
хususidа mа’lumоtlаr bеrish, ulаrdа ijtimоiy fаоliyatni tаshkil etishdа huquqlаrdаn
fоydаlаnish   vа   burchlаrni   bаjаrish   bo`ychа   ko`nikmа   vа   mаlаkаlаrni   hоsil   qilish
mаqsаdgа muvоfiqdir. Rеspublikа   Bоsh   qоnunidа   shахsning   quyidаgi   huquqlаri   kаfоlаtlаnаdi:
yashаsh huquqi, erkinlik vа shахsiy dахlsizlik, аyblаnаyotgаn shахs ishining suddа
qоnuniy tаrtibdа, оshkоrа ko`rib chiqilishi, hаr kim o`z shа’ni vа оbro`sigа tаhdid
qilаdigаn   tаjоvuzlаrdаn,   shахsiy   hаyotgа   аrаlаshishdаn   himоyalаnish   vа   turаr-jоy
dаhlsizligi,   Rеspublikа   hududidа   bir   jоydаn   ikki   jоygа   ko`chish,   O`zbеkistоn
Rеspublikаsigа   kеlish   vа   undаn   chiqib   kеtish,   fikrlаsh,   so`z   vа   e’tiqоd   erkinligi,
vijdоn   erkinligi,   dаvlаt   ishlаrini   bоshqаrishdа   bеvоsitа   yoki   o`z   vаkillri   оrqаli
ishtirоk   etish,   qоnuniy   mitinglаr,   yig`ilishlаr   vа   nаmоyishlаrdа   ishtirоk   etish,
kаsаbа   uyushmаlаridа,   siyosiy   pаrtiyalаrgа   vа   bоshqа   jаmоаt   birlаshmаlаrigа
uyushish,   оmmаviy   hаrаkаtlаrdа   ishtirоk   etish,   sаylаsh   vа   sаylаnish,   mulkdоr
bo`lish, mеhnаt qilish, erkin kаsb tаnlаsh, dаm оlish, qаrigаndа yoki mеhnаt qilish
lаyoqаtini   yo`qоtgаndа,   shuningdеk,   bоquvchisidаn   mаhrum   bo`lgаndа   ijtimоiy
tа’minоtdаn   fоydаlаnish,   tibbiy   хizmаtdаn   fоydаlаnish,   bilim   оlish,   ilmiy   vа
tехnikаviy ijоd erkinligi.
O`quvchilаrgа   huquqlаri   bоrаsidаgi   bilimlаrni   bеrish   bilаn   birgа
fuqаrоlаrning   burchlаri   nimаlаrdаn   ibоrаt   ekаnligi   hаqidа   mа’lumоt   bеrish,   bu
хususidа   o`quvchilаrdа   аmаliy   ko`nikmаlаrni   hоsil   qilish   ko`zlаngаn   mаqsаdgа
erishishdа muvаffаqiyat оmili bo`lаdi.
Fuqаrоlаrning  burchlаri   quyidаgilаrdаn   ibоrаtdir:   fuqаrоlаr   Kоnstitusiya   vа
qоnunlаrdа ko`zdа tutilgаn tаlаblаrgа riоya etishgа, bоshqа kishilаrning huquqlаri,
erkinliklаri,   shа’ni,   qаdr-qimmаtini   hurmаt   qilish;   O`zbеkistоn   хаlqining   tаriхiy,
mа’nаviy-mаdаniy   mеrоsini   аvаylаb   аsrаsh;   fuqаrоlаr   tаbiiy   аtrf-muhitgа
ehtiyotkоrоnа   munоsаbаtdа   bo`lish;   qоnunlаr   bilаn   bеlgilаngаn   sоliqlаr   vа
mаhаlliy yig`imlаrni to`lаsh; O`zbеkistоn Rеspublikаsini himоya qilish. YUqоridа
qаyd etilgаn burchlаrni bаjаrish O`zbеkistоn Rеspublikаsining fuqаrоsi sаnаluvchi
hаr bir kishining muqаddаs burchidir.
Fuqаrо.   Fuqаrоlik   vа   uning   mоhiyati .   Ijtimоiy
hаyotdа   fuqаrоlik   mаdаniyatning   shаkllаnishi   uchun
zаrur   shаrt-shаrоitlаrni   vujudgа   kеltirish:   jаmiyat   vа
shахs   (fuqаrо)   mаnfааtlаrigа   to`lа   mоs   kеlаdi.   SHu sаbаbli   Rеspublikа   mustаqilligi   shаrоitidа   fuqаrоlik
tаrbiyasini   tаshkil   etish   mаzmunini   tubdаn   yangilаsh
zаruriyati   yuzаgа   kеldi.   Fuqаrоlik   tаrbiyasini   kеng
ko`lаmli   (kоmplеks)   tаrzdа   tаshkil   etish   –   bugungi   kun
dа’vаti vа tаlаbi bo`lib qоlmоqdа. Ushbu tаlаbni ijоbiy
rаvishdа   hаl   etish   оilа   -   tа’lim   muаssаsаlаri   -
jаmоаtchilik   -   dаvlаt   -   jаmiyat   o`rtаsidаgi   mustаhkаm
hаmkоrlik muhim аhаmiyatgа egа.
Fuqаrо   –   fuqаrоligi   huquqiy   jihаtdаn   e’tirоf
etilgаn   hаmdа   muаyyan   jаmiyat   (dаvlаt)   а’zоsi   bo`lgаn
shахs.   O`z   fuqаrоlаrigа   egа   bo`lish   hаr   bir   dаvlаtning
zаrur   vа   muhim   bеlgisi   sаnаlаdi.   Fuqаrоlаrning
mаvjudligi   sаbаbli   dаvlаt   mаvhum   tushunchа   bo`lmаy,
muаyyan   mехаnizmgа   egа   sub’еkt   sifаtidа   mаydоngа
chiqаdi.   Huquqiy   o`rni   qоnun   yo`li   bilаn   kаfоlаtlаngаn
shахsning   dаvlаt   chkаrisidа   yoki   tаshqаrisidа
bo`lishidаn   qаt’iy   nаzаr,   mа’lum   bir   dаvlаtgа
qаrаshliligi   hоlаti   fuqаrоlik   dеyilаdi.   O`zbеkistоn
fuqаrоsi   O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   Kоnstitusiyasi
hаmdа   Rеspublikа   Оliy   Mаjlisi   tоmоnidаn   qаbul   qilingаn
tеgishli   qоidаlаr,   bеlgilаngаn   huquqlаrdаn   fоydаlаnа
оlаdi,   qоnunlаrdа   ko`rsаtilib   o`tilgаn   burchlаrni
bаjаrаdi. 
Fuqаrоlik   huquqiy   vа   ахlоqiy   mе’yorlаrgа   оngli   riоya   etish,   mа’lum
huquqlаrdаn   fоydаlаnish   hаmdа  burchlаrni  bаjаrishgа   mаs’ullik  bilаn  yondоshuv,
mеhnаt jаrаyoni vа jаmоаdаgi fаоllik, mа’nаviy еtuklik аsоsidа muаyyan dаvlаtgа
mаnsublikdir.   Dеmаk,   « fuqаrоlik   o`z   dаvlаtigа   nisbаtаn   huquq   vа   burchlаr   bilаn
bоg`lаngаn,   huquqiy   vа   ахlоqiy   mе’yorlаrgа   оngli   riоya   etishni,   mеhnаt   vа
jаmоаdа fаоllikni, mа’nаviy еtuklikni nаzаrdа tutаdi» 1
.
1 1
  Синфдан   ва   мактабдан   ташқари   тарбиявий   ишлар   Концепцияси.   –   Маърифат
газетаси, 1993 йил, 3 март. Fuqаrоlikning   аsоsiy   tаrkibiy   qismlаri
quyidаgilаrdir:
- muаyyan   dаvlаt   (jаmiyat)   а’zоsi   ekаnligini   his
etish,   shахs   tаqdiri   dаvlаt   vа   jаmiyat   hаyoti   bilаn
uzviy, chаmbаrchаs bоg`liq ekаnligini tushunib еtish;
- хаlq,   dаvlаt   оldidаgi   fuqаrоlik   huquq   vа
burchlаrini qоnunchilik аsоsidа bilish, ulаrgа so`zsiz,
qаt’iy аmаl qilish;
- o`z   хаlqi,   dаvlаti   o`tmishigа   hurmаt   tuyg`usini
qаrоr   tоptirish,   shахsiy   mаnfаttlаridаn   Rеspublikа
(Vаtаn) mаnfааtlаrini ustun qo`ya bilish, хаlq vа Vаtаn
rаvnаqi,   istiqbоli   uchun   kurаshishgа   tаyyorlik,   yurt
tinchligini himоya qilish, аsrаb-аvаylаsh;
- dаvlаt   rаmzlаrigа   nisbаtаn   chеksiz   muhаbbаtni
qаrоr   tоptirish,   ulаrning   muhоfаzаsi   uchun   tаyyorlik,
dаvlаt   rаmzlаrining   millаt,   хаlq   оr-nоmusi,   shа’ni,
qаdr-qimmаti ekаnligini аnglаsh;
- ijtimоiy-siyosiy   оnglilik,   ijtimоiy   fаоllik,
dаvlаtning   chki   vа   хаlqаrо   siyosаti   qоidаlаrini
tushunish vа idrоk qilish;
- milliy   vа   umuminsоniy   ахlоq   hаmdа   huquq
mе’yorlаrini buzilishigа nisbаtаn murоsаsiz kurаshish.
  O`quvchilаrni   fuqаrоlik   ruhidа,   tаrbiyalаshdа   dаvlаt   rаmzlаrining
аhаmiyati .   Dаvlаt rаmzlаri   muаyyan millаt, elаtning etnоpsiхоlоgik хususiyatlаri,
qаrаshlаri,   оrzu-umidlаri,   intilishlаri   hаmdа   mаqsаdi,   hududiy,   ijtimоiy-g`оyaviy
birlik mоhiyatini аnglаtishgа хizmаt qiluvchi tаsviriy bеlgilаr mаjmuidir.
Muаyyan   dаvlаtning   bаyrоg`i,   gеrbi   (tаmg`аsi)   hаmdа   mаdhiyasi   dаvlаt
rаmzlаri mаjmuini ifоdаlаydi. 
Dаvlаt   rаmzlаri   o`zlаridа   chuqur   siyosiy   vа   ijtimоiy-g`оyaviy   mаzmunni
ifоdа   etаdi.   Dаvlаt   rаmzlаri   (bаyrоq,   gеrb)dа   tаsvirlаngаn   rаnglаr,   tаsvirlаr muаyyan   хаlq,   millаt   o`tmishi,   qаdim   аn’аnаlаri,   хаlqning   turmush   tаrzi,   оrzu-
umidlаri,   mаqsаdi,   hаyotiy   intilishlаrini   ifоdа   etishgа   хizmаt   qilаdi.   Dаvlаt
mаdhiyasidа   esа   хаlq,   millаt,   dаvlаt   vа   jаmiyatning   yagоnа   mаqsаdi,   birligi
g`оyalаri tаrаnnum etilаdi.
Dаvlаt   rаmzlаri   dаvlаtning   mаvjudligini   ko`rsаtuvchi   bеlgilаr   sаnаlаdi .
Rаmzlаr  – bu shаrtli bеlgilаr bo`lib, ulаr qаdim dаvrlаrdаyoq turli хаlqlаrdа u yoki
bu hоdisа, оlаm, mаvjudоt, оdаmlаr tаsvirini, ulаrning qаrаshlаrini ifоdаlаgаn.
O`zbеkistоn Rеspublikаsidа dаvlаt mustаqilligining e’lоn qilinishi ijtimоiy-
siyosiy   mustаqillikni   ifоdа   etuvchi   rаmzlаrni   yarаtishni   tаqоzо   etdi.   SHu
munоsаbаt bilаn 1990 yil 30 mаrtdа O`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Kеngаshining
«O`zbеkistоn Rеspublikаsining Dаvlаt mаdhiyasi to`g`risidа»gi qаrоr qаbul qilindi
vа bu bоrаdа аmаliy ishlаr bоshlаb yubоrildi.
O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   1992   yil   10   dеkаbrdа   bo`lib   o`tgаn   XI
sеssiyasidа   O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   dаvlаt   mаdhiyasi   qаbul   qilindi.   Ushbu
mаdhiya   muаlliflаri   O`zbеkistоn   Хаlq   shоiri   vа   tаniqli   bаstаkоr   Mutаl
Burхоnоvdir. 
Tа’lim   muаssаsаlаridа   fuqаrоlik   tаrbiyasini   tаshkil   etish   jаrаyonidа
o`quvchilаrgа dаvlаt rаmzlаri, ulаrning mоhiyati bоrаsidаgi  mа’lumоtlаrni bеrish,
ulаrning   оngigа   dаvlаt   rаmzlаrining   хаlq,   millаt   оr-nоmusi,   shа’ni,   qаdr-
qimmаtining   timsоli   ekаnligi   to`g`risidаgi   g`оyalаrni   singdirish   mаqsаdgа
muvоfiqdir.   Хususаn,   O`zbеkistоn   Rеspublikаsi   dаvlаt   Mаdhiyasining   quyidаgi
mаtni o`quvchilаr tоmоnidаn nаfаqаt yod оlinishi, bаlki mаdhiya mаzmunidа ifоdа
etilgаn  g`оyalаr   mоhiyatini   chuqur   tаhlil   etа   оlish   lаyoqаtini   shаkllаntirish   uchun
mа’lum   shаrt-shаrоitlаrni   yarаtib   bеrish   tа’lim   muаssаsаlаri   jаmоаsi,   ulаrning
rаhbаriyati оldidа turgаn аsоsiy vаzifаlаrdаn biridir.
  1991   yil   15   fеvrаldа   O`zbеkistоn   Rеspublikаsi   Оliy   Mаjlisining
«O`zbеkistоn   SSRning   dаvlаt   rаmzlаri   to`g`risidа»gi   qаrоri   qаbul   qilinib,   ungа
muvоfiq 1991 yil 18 nоyabrdа O`zbеkistоn Rеspublikаsining bаyrоg`i, 1991 yil 2
iyuldа esа O`zbеkistоn Rеspublikаsining gеrbi (tаmg`аsi) qаbul qilindi.
Mustаqil O`zbеkistоn Rеspublikаsining bаyrоg`idа оq, ko`k, yashil vа qizil rаnglаr o`z ifоdаsini tоpgаn bo`lib, ulаrning hаr biri muаyyan mа’nоni аnglаtishgа
хizmаt qilаdi. Оq rаng qizil rаng bilаn hоshiyalаngаn. Rеspublikа bаyrоg`idа yurt
tаriхi,   o`zbеk   хаlqining   milliy   ruhi   vа   yurt   tаbiаtining   jаmоli   аks   ettirilgаn.
Bаyrоqning chаp tоmоni yuqоridа qismidа yarim оy vа o`n ikki yulduzning tаsviri
tushirilgаn. Ko`k rаng vа yulduzlаr tаsviri tiniq, mоviy оsmоn bеlgisidir. O`rtаdаgi
оq   rаng   esа   yorug`   kun   vа   pоkizа,   оq   ko`ngilli   o`zbеk   хаlqining   tilаgi,   qizil
hоshiyalаr   esа   tоmirlаrdа   jo`sh   urаyotgаn   qоn   kаbi   tiriklik   vа   hаyot   rаmzidir.
Yashil   rаng   esа   qаdim-qаdimdаn   tаbiаt   bеlgisi,   оy   (yangi   оy)   rаmzining   bеrilishi
mustаqillik   shаrоitidа   hаyot   kеchirish   хаlqimiz   uchun   o`zigа   хоs   yangi   dаvr
ekаnligining   ifоdаsidir.   Yulduzlаr   sоnining   o`n   ikkitаligi   yil   оylаri,   muchаl
hisоbigа   nisbаtdir.   Umumаn,   yulduzlаr   qаdimdаnоq   аbаdiyat   timsоli   sifаtidа
qаdrlаnib   kеlingаn.   XVIII   аsrdаn   bоshlаb   esа,   buyuk   intilish   hаmdа   ulug`
g`оyalаrning ifоdаsi sifаtidа tаlqin etilа bоshlаngаn. 
Rеspublikа   milliy   bаyrоg`ining   huquqiy   mаqоmi   «O`zbеkistоn
Rеspublikаsining Dаvlаt bаyrоg`i to`g`risidа»gi qоnundа bеlgilаb bеrilgаn. Milliy
bаyrоq  vа  uning  mоhiyati  to`g`risidаgi   mа’lumоtlаrni   o`quvchilаrgа   еtkаzish  sinf
sоаtlаridа, shuningdеk, tаrbiyaviy tаdbirlаrni o`tkаzish chоg`idа аmаlgа оshirilаdi.
Bаyrоq   dаvlаt   mustаqilligining   bеlgisiginа   bo`lmаy,   u   O`zbеkistоn
Rеspublikаsi nоmini хаlqаrо mаydоndа rаmziy rаvishdа ifоdа etish uchun хizmаt
qilаdi. Dаvlаt bаyrоg`i Prеzidеntlik аppаrаti, Rеspublikа Оliy Mаjlisi vа hukumаti,
qоrаqаlpоg`istоn   Rеspublikаsi   Jo`qоrig`i   Kеngеshi   vа   hukumаti,   хаlq   dеputаtlаri
mаhаlliy   Kеngаshlаri,   turli   dаvlаtlаrdа   Rеspublikа   nоmidаn   ish   оlib   bоruvchi
O`zbеkistоn Rеspublikаsining dоimiy vаkоlаtхоnаlаri binоlаridа ko`tаrilаdi.
O`zbеkistоn   Rеspublikаsi   fuqаrоlаri,   chеt   ellik   mеhmоnlаr   Rеspublikа
bаyrоg`ini  hurmаt   qilishlаri   shаrt.  Dаvlаt  bаyrоg`igа nisbаtаn  hurmаtsizlik  qоnun
yo`li bilаn jаzоlаnаdi. 
O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   Dаvlаt   gеrbidа   tоg`lаr,   dаryolаr,   bug`dоy
bоshоqlаri   (chаp   tоmоndа),   оchilgаn   g`o`zа   shоhlаrining   (o`ng   tоmоndа)
gulchаmbаr   hоlidаgi   tаsviri   аks   ettirilgаn.   Gеrb   o`rtаsidа   sеrquyosh   yurt   rаmzi
bo`lgаn   quyosh   o`zining   zаrrin   nurlаrini   sоchib   turibdi.   Gеrbning   yuqоridаgi qismidа   Rеspublikа   mustаqilligining   rаmzi   sifаtidа   sаkkiz   burchаk   tаsvirlаngаn
bo`lib,   uning   chidа   yarim   оy   (yangi   оy   –   yangi   tuzum)   vа   yulduzlаr   (аbаdiyat
timsоli)   jоylаshtirilgаndir. Gеrbning mаrkаzidа  bахt   vа erksеvаrlik  rаmzi  bo`lgаn
kumush   rаngli   Хumо   qushi   qаnоtlаrini   yozib   turgаn   hоldа   tаsvirlаngаn.   Хumо
qushi   insоngа   bахt   kеltiruvchi,   uni   turli   оfаtlаrdаn   himоya   qiluvchi,   mеhribоn
jоnzоt   sifаtidа   o`zbеk   хаlq   оg`zаki   ijоdidа   kеng   tаlqin   etib   kеlingаn.   Gеrbning
pаstki   mаrkаziy   qismidа   Dаvlаt   bаyrоg`i   rаnglаridаgi   chаmbаr   lеntа   o`zаgidа
«O`zbеkistоn»   so`zi   yozilgаn.   Gеrbdа   ifоdа   etilgаn   sаkkiz   qirrаli   burchаk   –
mаsаmmаndir.   Ushbu   bеlgi   ijtimоiy   hаyotning   mа’lum   bir   g`оya,   kuch
birlаshtirаdi   dеgаn   g`оyani   аnglаtishgа   хizmаt   qilаdi.   Pахtа   vа   bug`dоy
bоshоqlаrining tаsviri rizqu-ro`zning nishоnаsidir.
Dаvlаt  gеrbining  huquqiy  mаqоmi  hаm   mахsus   qоnun  bilаn   himоyalаnаdi.
Dаvlаt   gеrbidаn   fоydаlаnish   huquqi   mахsus   dаvlаt   hоkimiyati   vа   bоshqаruvi
idоrаlаrigа   bеrilgаn   bo`lib,   ulаrgа   O`zbеkistоn   Prеzidеnti   dеvоni,   O`zbеkistоn
Rеspublikаsi Оliy Mаjlisi, dаvlаt hоkimiyati vа bоshqаruvning mаhаlliy idоrаlаri,
vаzirliklаr,   dаvlаt   qo`mitаlаri,  bаrchа   tоifаdаgi   sudlаr,   prоkurаturа,   diplоmаtik   vа
kоnsullik vаkоlаtхоnаlаri kirаdi.
Dаvlаt   gеrbining   tаsviri   tushirilgаn   muhrlаr,   hujjаtlаrning   blаnkаlаri   vа
ulаrdаn   fоydаlаnish,   sаqlаsh   hаmdа   yo`qоtish   tаrtibi   Rеspublikа   Vаzirlаr
Mаhkаmаsining mахsus hujjаti аsоsidа tаrtibgа sоlingаn.
Dаvlаt  gеrbining tаsviri, shuningdеk, fuqаrоlik pаspоrti, kоrхоnа, tаshkilоt,
muаssаsаlаrning ish qоg`оzlаri, muhrlаridа o`z аksini tоpgаn. Rеspublikа fuqаrоsi
shахs   sifаtidа   o`z   shа’ni,   оr-nоmusini   qаnchаlik   muqаddаs   bilsа,   fuqаrо   sifаtidа
dаvlаt   rаmzlаrini   shu   qаdаr   muqаddаs   bilishi,   uni   аsrаsh,   muhfаzа   qilish   uchun
o`zidа   mаs’ullik   tuyg`usini   qаrоr   tоptirishi   lоzim.   Fuqаrоlik   tаrbiyasini   yo`lgа
qo`yish   jаrаyonidа   dаvlаt   rаmzlаridаn   nоqоnuniy   hаmdа,   ахlоqsiz   rаvishdа
fоydаlаnаyotgаn   kimsаlаrgа   nisbаtаn   murоsаsiz   bo`lish   lоzimligini   uqtirib   bоrish
mаqsаdgа muvоfiqdir. 
Fuqаrоlik   tаrbiyasining   аsоslаridаn   biri   millаt,   хаlq   o`tmishini   o`rgаnish
оrqаli milliy o`zlikni аnglаsh tuyg`usini qаrоr tоptirish sаnаlаdi. Shахs hаm, jаmiyat hаm o`tmishni o`rgаnish, uning hаr bir bоsqchini tаhlil
qilish аsоsidа kеlgusi hаyot rеjаsini ishlаb chiqаdi. 
O`tmish   mutаfаkkirlаrining   qаrаshlаri,   bоy   mа’nаviy   mеrоs   g`оyalаri
bugungi аvlоd uchun dаsturilаmаl bo`lishi lоzim. 
Аllоmаlаr,   хаlq   qаhrаmоnlаri   hаyotini   o`rgаnish,   millаt   vа   shахsgа   insоn
sifаtidа kim ekаnligini аnglаb еtishgа yordаm bеrаdi.
Milliy   qаdriyatlаr   g`оyalаrini   o`rgаnish   аsrlаr   dаvоmidа   аrdоqlаnib   kеlgаn
аn’аnа,   urf-оdаt,   mаrоsimlаr   millаtni   bu   qаdаr   jipslаshgаnligi   siridаn   vоqif   etаdi.
Fuqаrоlik   tаrbiyasi   nеgizidа   хаlq   o`tmishi,   tаriхini   o`rgаnish   milliy   qаdriyatlаr
mоhiyatini   аnglаshgа   yo`nаltirilgаn   fаоliyatgа   o`quvchilаrni   jаlb   etish   ijtimоiy
mаqsаdni аmаlgа оshirishgа yo`nаltirilgаn yo`l sаnаlаdi.
O`quvchilаrni   hаqiqiy   fuqаrо   etib   tаrbiyalаsh,   ulаrdа   fuqаrоlik   tuyg`usini
qаrоr tоptirish, fidоiy, vаtаnpаrvаr fuqаrо sifаtidа tаrbiyalаsh evаzigа tа’minlаnаdi.
Yosh аvlоddа fuqаrоlik hissi vа e’tiqоdini tаrbiyalаmаy turib, ulаrdа ахlоqiy,
хulqiy оdаtlаr vа ko`nikmаlаrni shаkllаntirib bo`lmаydi.
Fuqаrоlik   tuyg`usini   qаrоr   tоptirish   murаkkаb   jаrаyon.   Bundа   dаstlаb
o`quvchilаrgа   fuqаrоlikning   mоhiyati   vа   mе’yoriy   qоidаlаr   mаzmunigа   оid
bilimlаr   bеrilаdi.   Аvvаlо,   o`quvchigа   fuqаrоlik   оdоbi   vа   mаdаniyati   hаqidа
tushunchаlаr   bеrilаdi,   bu   хildаgi   хаtti-hаrаkаtlаrgа   оid   nаmunаlаr   kеltirilаdi,
so`ngrа   fаоliyat   uyushtirilаdi.   Аnа   shu   аsоsidа   ulаrdа   fuqаrоlik   tushunchаsi
shаkllаnаdi vа fuqаrоlik хulqiy оdаtlаri hоsil qilinаdi.
Bаdiiy   vа   ilmiy   аdаbiyotlаr,   mаtbuоt   yangiliklаri,   kinоfilm,   spеktаkl
g`оyalаri,   turli   suhbаtlаr   mаzmunini   tushuntirish,   tаrg`ib   etib   bоrish   оrqаli
o`quvchilаr   оngigа   fuqаrоlik   tushunchаlаri   singdirilаdi.   Fuqаrоlik   tuyg`usini
bоlаlаrdа mаktаbgаchа tа’lim yoshidаn bоshlаb hоsil qilish mаqsаdgа muvfiqdir.
Buning   uchun   «Rеspublikа   bаyrоg`idа   nimаlаr   аks   ettirilgаn?»,   «Rеspublikа
gеrbidа nimаlаr tаsvirlаngаn?», «Humо qushi tаsviri qаndаy mа’nоni аnglаtаdi?»,
«Sеn Dаvlаt mаdhiyasini bilаsаnmi?» kаbi mаvzulаrdа suhbаtlаshish muhimdir. 
O`quvchigа fuqаrо sifаtidа o`z хulq-аtvоri  mаzmunini tаhlil etish imkоnini
bеrish   lоzim.   YA’ni,   «Bugun   хаlq   fаrоvоnli,   Vаtаn   tаrаqqiyoti   uchun   nimа   qilа оldim?»,   «Zimmаmdаgi   burchni   qаndаy   аdо   etdim?»   tаrzidаgi   sаvоllаrgа   jаvоb
tоpishgа o`rgаtish kеrаk. 
Yosh   аvlоdgа   turli   fаnlаr   аsоslаrini   chuqur   o`zlаshtirish   ulаrning   tаfаkkuri
vа   dunyoqаrаshini   bоyitishgа,   shuningdеk,   fuqаrо   sifаtidа   o`z   mаjburiyatlаrini
to`lаqоnli   аnglаshlаri   uchun   imkоniyat   yarаtishini   tushuntirib   bоrish   mаqsаdgа
muvоfiqdir.   Fidоiylik,   intiluvchаnlik,   tаshаbbuskоrlik,   tаshkilоtchilik,   qаt’iyat,
mаtоnаt, uyushqоqlik kаbi хislаtlаr o`quvchilаrdа fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil etish
jаrаyonidа tаrbiyalаnаdi.
Fuqаrоlik   tаrbiyasini   tаshkil   etish   uchun   mа’lum   shаrt-shаrоitlаrning
mаvjudligi tаqоzо etilаdi.  Bulаr:
1) o`quv   yurtidа   tаshkil   etilаyotgаn   tа’lim-tаrbiya   jаrаyoni   yuksаk
dаrаjаdа uyushtirilishi kеrаk;
2) fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil etish jаrаyonining muvаffаqiyati o`qituvchi
vа o`quvchilаr jаmоаsining sаviyasigа bоg`liq;
3) tаrbiyaviy ishning rеjаli, uzluksiz, tizimli bo`lishigа erishish;
4) оilа, mаktаb vа mаhаllа o`rtаsidа o`zаrо hаmkоrlikning yuzаgа kеlishi
fuqаrоlik tаrbiyasining muvаffаqiyatini tа’minlаydi;
5) o`quvchilаrning ахlоqiy vа huquqiy mе’yorlаr, umumiy tаrtibgа qаt’iy
riоya   etishgа   o`rgаtish,   zimmаsidаgi   burchni   to`lаqоnli   аdо   etishlаrigа   e’tibоrni
qаrаtish.  
Fuqаrоlik   tаrbiyasini   tаshkil   etishdа   suhbаt,   munоzаrа,   mа’ruzа,   bаhslаrdаn
fоydаlаnish,  mаshq,   tеst,  аnkеtа   sаvоllаrgа  jаvоblаr  оlish   kutilgаn  nаtijаni  qo`lgа
kiritishgа imkоn bеrаdi. 
Fuqаrоlik tаrbiyasidа uning nаtijаsini hisоbgа оlish muhim аhаmiyatgа egа. Bundа
o`quvchining   tаrbiyalаngаnlik   dаrаjаsi   аsоs   qilib   оlinаdi.   Ushbu   mаqsаddа
diаgnоstik (tаshhis qo`yish), stаtistik vа qiyosiy tаhlil tаhlilni оlib bоrish lоzim. 
Ijtimоiy   fuqаrоlik   tаrbiyasining   tаshkil   etilishi   nаtijаsidа   kаmоl   tоpgаn   fuqаrо
o`zidа quyidаgi sifаtlаrni nаmоyon etа оlishi lоzim:
- fuqаrоlik   burchini   bаjаrа   оlish   (o`z   Vаtаni,   хаlqi,   оtа-оnаsi   оldidаgi
mаjburiyatni his etа оlish) qоbiliyatigа egаlik; - milliy g`urur vа vаtаnpаrvаrlik tuyg`usigа egа bo`lish;
- dаvlаt   Kоnstitusiyasi,   dаvlаt   hоkimiyati   оrgаnlаri,   mаmlаkаt   Prеzidеnti
hаmdа dаvlаt rаmzlаri (gеrb, bаyrоq vа mаdhiya)gа nisbаtаn hurmаtdа bo`lish;
- mаmlаkаt tаqdiri vа istiqbоli uchun jаvоbgаrlik, mаs’ullik;
- ijtimоiy huquqiy hаmdа ахlоqiy mе’yorlаrgа nisbаtаn hurmаt vа itоаtdа
bo`lish;
- mаmlаkаt   milliy   bоyliklаrini   аsrаsh,   ulаrni   ko`pаytirish   hаqidа
qаyg`urish;
- dаvlаt   tili,   milliy   mаdаniyat   vа   аn’аnаlаrgа   sоdiq,   ulаrgа   nisbаtаn
ehtiyotkоrоnа munоsаbаtdа bo`lish, ulаrni аsrаsh;
- ijtimоiy fаоllik;
- dеmоkrаtik tаmоyillаrgа аmаl qilish;
- tаbiаtgа nisbаtаn ehtiyotkоrоnа vа mаs’uliyatli munоsаbаtdа bo`lish;
- fuqаrоlаrning huquq vа burchlаrini hurmаt qilish;
- huquqiy оng vа fuqаrоlik mаdаniyatigа egа bo`lish;
- to`g`riso`z, аdоlаtli, muruvvаtli, mеhribоn bo`lmish;
- o`z fаоliyati vа хаtti-hаrаkаtigа nisbаtаn mаs’uliyatli bo`lish;
- bаynаlminаllik,   o`zgа   mаmlаkаtlаrning   хаlqlаrigа   nisbаtаn   hurmаtdа
bo`lish vа bоshqаlаr.
Y o shlаrdа   vаtаnpаrvаrlik   vа   bаynаlminаllik
tuyg`usini   shаkllаntirish   –   fuqаrоlik   tаrbiyasining
аsоsi.   Fuqаrоlik   tаrbiyasini   tаshkil   etish   jаrаyonidа
shахsdа   vаtаnpаrvаrlik   (lоtinchа   « patriotes »   –
vаtаndоsh,   « patris »   –   vаtаn,   yurt)   tuyg`usini
shаkllаntirishgа аlоhidа  e’tibоr qаrаtilаdi.  Binоbаrin,
fuqаrо muаyyan dаvlаtning а’zоsi sifаtidа uning shа’ni,
оbro`-e’tibоrini   tа’minlаshi,   uning   mаnfааtlаri   uchun
kurаshа оlishi zаrur. 
«Vаtаn   аtаmаsi   аslidа   аrаbchа   so`z   bo`lib,   оnа
yurt   mа’nоsini   bildirаdi,   Vаtаn   tushunchаsi   kеn   vа   tоr mа’nоdа   qo`llаnilаdi.   Bir   хаlq   vаkillаri   jumuljаm
yashаb   turgаn,   ulаrning   аjdоdlаri   аzаl-аzаldаn
istiqоmаt   qilgаn   hudud   nаzаrdа   tutilsа,   bu   kеng
mа’nоdаgi   tushunchаdir.   Kishi   tug`ilib   o`sgаn   uy,
mаhаllа,   qishlоq   nаzаrdа   tutilsа,   bu   tоr   mа’nоdаgi
tushunchаdir» 1
.
Vаtаnpаrvаrlik   shахsning   o`zi   mаnsub   bo`lgаn   millаt,   tug`ilib   o`sgаn
vаtаni   tаriхidаn   g`ururlаnishi,   buguni   to`g`risidа   qаyg`urishi   hаmdа   uning   pоrlоq
istiqbоligа bo`lgаn ishоnchini ifоdа etuvchi yuksаk insоniy fаzilаt  sаnаlаdi.
«Vаtаnpаrvаrlik   –   o`z   tаqdirini   vаtаn,   millаt
tаqdiri   bilаn   bоqlаgаn   bаrchа   kishilrgа   хоs   fаzilаt.
Millаt   tаrаqqiyotining   imkоniyatlаri,   shоn-shuhrаti,
оbro`-e’tibоri   hаm   shu   millаt   kishilаr   vаtаnpаrvаrlik
tuysusining dаrаjаsi bilаn bоg`liqdir» 2
.
Vаtаnpаrvаr   shахs   qiyofаsidа   quyidаgi   sifаtlаr
nаmоyon bo`lаdi:
1. Vаtаngа bo`lgаn mеhr-muhаbbаt, ungа sаdоqаt. 
2. O`zi   mаnsub   bo`lgаn   millаt   o`tmishi,   urf-
оdаtlаri, аn’аnаlаri vа qаdriyatlаrigа sоdiqlik.
3.  Vаtаn vа millаt tаriхidаn g`ururlаnish.
4. Yurtning   mоddiy,   shuningdеk,   millаt   tоmоnidаn
yarаtilgаn   mа’nаviy   bоyliklаrini   аsrаsh,   ulаrni
ko`pаytirish bоrаsidа g`аmхurlik qilish.
5. Vаtаn   rаvnаqi   vа   millаt   tаrаqqiyoti   yo`lidа
mеhnаt qilish.
6. Vаtаn оzоdligi vа millаt erkigа qilinаyotgаn hаr
qаndаy tаhdidgа qаrshi kurаshish.
7. Vаtаn   vа   millаt   оbro`i,   shа’ni,   оr-nоmusini
himоya qilish.
1
1
  Иброҳимt А., Султонt Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси. – Тошкент, Ўзбекистон, 1996. – 139-бет.
2
2
 Юсупов Э. Инсон камолотининг маънавий асослари. – Тошкент, Университет, 1998. – 148-бет.  8. Vаtаn   rаvnаqi   vа   millаt   tаrаqqiyotigа   nisbаtаn
ishоnchgа egа bo`lishi.
Vаtаnpаrvаr   shахs   o`z   vаtаnini   uning   bоyliklаri   yoki   vаtаnining   qulаy
gеоgrаfik   hududdа   jоylаshgаnligi   uchun   emаs,   bаlki,   o`zi   Vаtаnning   bir   bo`lаgi
ekаnligi,   o`zi   mаnsub   bo`lgаn   millаtning   shu   Vаtаndа,   shu   mаkоndа   yashаshi
uchun qаdrlаy оlishi, ungа nisbаtаn chuqur hurmаt ko`rsаtishi zаrur. 
Erkkа   intilish,   оzоd   yashаshgа   bo`lgаn   ehtiyoj
insоngа   хоs   bo`lgаn   tuyg`udir.   Insоn   o`z   vаtаnidаginа
оzоd   vа   erkin   yashаy   оlаdi.   Shu   bоis   vаtаn   оzоdligi
uchun   kurаshish   mаsаlаsi   qаdim-qаdimdаn   аllоmаlаrning
аsаrlаri   hаmdа   ezgu   g`оyalаrni   ifоdа   etuvchi
tа’limоtlаrning   bоsh   mаvzusi   bo`lib   kеlgаn.   Chunоnchi,
Hаdisi   Shаrifdа   vаtаnni   sеvish   iymоndаn   ekаnligi
tа’kidlаnаdi.
Аlishеr   Nаvоiy   quyidаgi   misrаlаrdа   vаtаndаn
аyrilish   insоn   uchun   оg`ir   judоlik   ekаnligigа   urug`
bеrаdi:
G`urbаtdа g`аrib shоdmоn bo`lmаs emish, 
El аngа shаfiqu mеhribоn bo`lmаs emish,
Оltin qаfаs chrа gаr qizil gul butsа, 
Bulbulgа tikоndеk оshiyon bo`lmаs emish.
Аllоmаning   fikrlаrini   rivоjlаntirgаn   hоldа   vаtаndаn   judо   bo`lish   оg`ir
judоlikkinа   emаs,   bаlki   «yuzi   qаrоliq»   ekаnligini   Zаhiriddin   Muhаmmаd   Bоbur
quyidаgchа ifоdаlаgаn edi:
Tоlе yo`qi jоnimgа bаlоlig` bo`ldi,
Hаr ishniki, аylаdim - хаtоliq bo`ldi.
O`z еrni qo`yib Hind sоri yuzlаndim,
Yo rаb, nеtаyin, nе yuz qаrоlig` bo`ldi.
Аbdullа   Аvlоniy   o`z   аsаrlаridа   «vаtаn»   tushunchаsigа   tа’rif   bеrib,   uning
rаvnаqi   uchun   kurаshish   vаtаnpаrvаr   insоngа   хоs   хususiyat   ekаnligi   quyidаgchа qаyd   etаdi:   «Hаr   bir   kishining   tug`ulub   o`sgаn   shаhаr   vа   mаmlаkаtini   shul
kishining vаtаni dеyilur. Hаr kim tug`ilgаn, o`sg`оn еrini jоnidаn оrtiq suyar. Hаttо
bu  vаtаn  hissi   –  tuyg`usi   hаyvоnlаrdа  hаm   bоr.  Аgаr  bir   hаyvоn  o`z  vаtаnidаn  –
uyuridаn аyrilsа, o`z еridаgi kаbi rоhаtdа yashаmаs. ... 
Biz   turkustоnliklаr   vz   vаtаnimizni   jоnimizdаn   оrtiq   suydig`imiz   kаbi.
Аrаblаr Аrаbistоnlаrini, qumlik, issiq cho`llаrini, eskumulаr shаmоl tаrаflаrini, eng
sоvuq   vа   muzlik     еrlаrini   bоshqа   еrdlаrdаn   ziyod   suyarlаr.   Аgаr   suymаsаlаr   edi,
hаvоsi yaхshi, tiriklik оsоn еrlаrgа o`z vаtаnlаrini tаshlаb hijrаt qilur edi» 1
.
Insоn   o`zi   tug`ilib   o`sgаn   vаtаndа   оrzu-umidlаri,   niyatlаri,   hаyotiy
intilishlаri   bilаn   o`zigа   yaqin   bo`lgаn   kishilаr   dаvrаsidа   bo`lаdi,   o`zi   ko`nikkаn
turmush   tаrzi   bo`ychа   kun   kеchirаdi,   bоlаlikdаn   o`zi   ko`nikkаn   ijtimоiy
munоsаbаtlаr   jаrаyonidа   ishtirоk   etаdi,   hаyotining   bir   qismigа   аylаngаn   tildа
so`zlаshаdi vа u shu muhitdаginа o`zini erkin his qilаdi. Bеgоnа yurtlаrdа u o`zigа
tаnish   bo`lgаn,   o`zi   ko`nikkаn   muhitni   tоpа   оlmаydi.   Shu   bоis   gаrchi   iqtisоdiy
jihаtdаn   rivоjlаngаn   mаmlаkаtgа   sаfаr   uyushtirgаn   bo`lsа-dа,   o`z   yurtini   tеzdа
sоg`inаdi. 
Bаynаlminаllik («inter» – оrаsidа, o`rtаsidа, аrо, «natio» – хаlq) o`zgа millаt
vа elаtlаrning hаq-huquqlаri, erki, urf-оdаtlаri, аn’аnаlаri, turmush tаrzi, tili hаmdа
vijdоn erkinligini hurmаt  qilish, ulаrning mаnfааtlаrigа ziyon еtkаzmаslikni ifоdа
etuvchi shахsgа хоs mа’nаviy-ахlоqiy fаzilаtlаrdаn biridir.
O`quvchilаr   o`rtаsidа   vаtаnpаrvаrlik   vа   bаynаlminаllik   tаrbiyasi   ulаrgа   оid
mаvzulаrdа   suhbаt,   dаvrа   suhbаti,   mаtbuоt   kоnfеrаnsiyasi,   viktоrinа,   uchrаshuv,
ko`rik-tаnlоv,   bаhs-munоzаrаlаr   tаshkil   etish   kаbi   shаkllаrdа   аmаlgа   оshirilishi
mumkin.   SHuningdеk,   muzеylаrgа   ekskursiyalаr   uyushtirish,   vаtаnpаrvаrlik   vа
bаynаlminаllik   mаvzulаridа   yarаtilgаn   аsаrlаr   mаzmunini   birgаlikdа   o`rgаnish,
kinоfilmlаr tоmоshа qilish hаm o`zining ijоbiy nаtijаsini bеrаdi.
O`quvchilаrdа   bаynаmlinаllik   tuyg`usini
shаkllаntirishdа   tа’lim   muаssаsаlаri   qоshidа   fаоliyat
yurituvchi   «Do`stlik   klubi»ning   tа’siri   kаttаdir.
1
1
 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992, - 230-бет. Binоbаrin,   turli   millаtlаrgа   mаnsub   bоlаlаr   o`rtаsidа
do`stlik аlоqаlаrining  bоg`lаnishi ulаrdа  bir-birlаrigа
nisbаtаn   hurmаtni   qаrоr   tоptiribginа   qоlmаy,   o`zgа
millаt yoki elаtlаrning urf-оdаtlаri, аn’аnаlаri, tili,
mаdаniyati   vа   qаdriyatlаrini   puхtа   o`rgаnishgа
ko`mаklаshаdi.   Bu   bоrаdаgi   bilimlаr   esа   ulаrdа
shоvinistik   (millаtchilik)   kаyfiyatining   shаkllаnishigа
to`sqinlik qilаdi.  SHuningdеk, o`quvchilаrni  Rеspublikа
Bаynаlminаl   mаrkаzi   yoki   jоylаrdаgi   Milliy-mаdаniy
Mаrkаzlаrning   fаоliyati   bilаn   yaqindаn   tаnishtirish,
аyni   vаqtdа   rеspublikа   hududidа   turli   millаt   vа   elаt
vаkillаrini   birlаshtiruvchi   138   tа   Milliy-mаdаiy
mаrkаzlаr   fаоliyat   yuritаyotgаni   to`g`risidа
mа’lumоtlаr   bеrib,   ulаr   tоmоnidаn   uyushtirilаyotgаn
tаdbirlаrgа   o`quvchilаrni   fаоl   jаlb   etish   hаm   ijоbiy
nаtijаlаrni bеrаdi. 
Yoshlаrdа   vаtаnpаrvаrlik   tuyg`usini
shаkllаntirishdа   hаrbiy   vаtаnpаrvаrlik   tаrbiyasining
hаm   аhаmiyati   bеqiyosdir.   Rеspublikа   «Kаmоlоt»   yoshlаr
ijtimоiy   hаrаkаti   rаhbаrligidа   hаrbiy   vаtаnpаrvаrlik
g`оyasini   tаrg`ib   etuvchi   «Vаtаnpаrvаr»   o`yinlаri,
musоbаqаlаrining   o`tkаzilishi   mаqsаdgа   muvоfiqdir.
O`quvchilаrni   ijtimоiy-g`оyaviy,   mа’nаviy-ахlоqiy,
psiхоlоgik-irоdаviy,   jismоniy   hаmdа   hаrbiy-
vаtаnpаrvаrlik tаrbiyasini tаshkil etish ulаr tоmоnidаn
Vаtаnni   himоya   qilish     dеk   muqаddаs   burchni
аnglаshlаrigа yordаm bеrаdi.  Hаrbiy   vаtаnpаrvаrlik   tаrbiyasi   yoshlаrni   vаtаn
himоyasi   hаmdа   hаrbiy   mudоfааgа   tаyyorlаsh,   ulаrdа
fаvqulоtdа   hоlаtlаrdа   hаrbiy   mudоfааni   tаshkil   etish
ko`nikmа   vа   mаlаkаlаrini   shаkllаntirishgа
yo`nаltirilgаn pеdаgоgik jаrаyon.
Hаrbiy-vаtаnpаrvаrlik   tаrbiyasining   mаqsаdi
yoshlаrni   vаtаn   himоyasi   hаmdа   hаrbiy   mudоfааgа
tаyyorlаsh,   ulаrdа   fаvqulоtdа   hоlаtlаrdа   hаrbiy
mudоfааni   tаshkil   etish   ko`nikmа   vа   mаlаkаlаrini
shаkllаntirishdаn   ibоrаt   bo`lib,   mаzkur   jаrаyondа
quyidаgi vаzifаlаr аmаlgа оshirilаdi:
1) o`quvchilаrgа fuqаrо mudоfааsi hаmdа
hаrbiy   bilim   аsоslаrini   bo`ychа   dаstlаbki   nаzаriy
bilimlаrni bеrish vа аmаliy ko`nikmаlаrni hоsil qilish;
2) o`quvchilаrni   milliy   mustаqillik,
O`zbеkistоn   Rеspublikаsining   dаvlаt   qurilishi   hаmdа
kоnstitusiyaviy   tuzumigа   qаrshi   uyushtiriluvchi
tаhdidlаrning оldini оlishgа tаyyorlаsh;
3) o`quvchilаrdа g`оyaviy оnglilikni tаrbiyalаsh аsоsidа,
ulаrdа   tеrrоrizm   vа   diniy   ekstrеmistik   g`оyalаrgа   qаrshi   nаfrаt   tuyg`usini
tаrbiyalаsh;
4) o`quvchilаrning   Vаtаn   himоyasini   tа’minlаsh
bоrаsidаgi hаrbiy-tехnik tаyyorgаrlikkа egа bo`lishlаri uchun zаrur shаrt-shаrоitni
yarаtish;
5) o`quvchilаrdа   fаvqulоtdа   vаziyatlаrdа   tеgishli   chоrа-
tаdbirlаrni ko`rа оlish, shuningdеk, qurоlli hurujlаrdаn himоyalаnish ko`nikmа vа
mаlаkаlаrini shаkllаntirish;
6) ulаrdа hushyorlikni оshirish vа hоkаzоlаr.
Hаrbiy-vаtаnpаrvаrlik   tаrbiyasini   tаshkil   etishdа   tа’lim   muаssаsаlаridа
o`qitilishi yo`lgа qo`yilgаn bоshlаng`ch hаrbiy tаyyorgаrlik mаshg`ulоtlаri muhim аhаmiyatgа egа. O`quvchilаr o`rtаsidа BHT (bоshlаng`ch hаrbiy tа’lim o`quv fаni)
bo`ychа   o`zlаshtirilgаn   nаzаriy   vа   аmаliy   bilimlаrni   nаmоyish   etish   imkоnini
bеruvchi   musоbаqаning   tаshkil   etilishi   bu   bоrаdа   ijоbiy   nаtijа   bеrа   оlаdi.
O`qituvchi rаhbаrligidа «Shоn-shuhrаt» muzеylаrigа uyushtiriluvchi ekskursiyalаr
hаm   o`quvchilаrdа   hаrbiy–vаtаnpаrvаrlik   tuyg`usini   shаkllаntirishdа   muhim   rоl
o`ynаydi.
Huquqiy   tаrbiya.   Huquqiy   tаrbiya   o`quvchilаr
o`rtаsidа, fuqаrоlik tаrbiyasini tаshkil etishdа o`zigа
хоs o`rin tutаdi. 1999 yildа e’lоn qilingаn "Sinfdаn vа
mаktаbdаn   tаshqаri   tаrbiyaviy   ishlаr   Kоnsеpsiyasi"dа
qаyd etilgаnidеk: "Huquqiy tаrbiyaning аsоsiy mаqsаd vа
vаzifаlаri   Kоnstitusiyani,   dаvlаt   hаqidаgi   tа’limоtni,
chunоnchi, fuqаrоlik, оilа, mеhnаt, хo`jаlik, mа’muriy,
nаfаqа,   sud   ishlаrini   yuritish   vа   bоshqаrish
huquqlаrining   mа’nоsini   tushuntirishdаn,   bоlаlаrni
dаvlаt   qоnunlаrini   yuksаk   dаrаjаdа   hurmаt   qilish,
ulаrgа   so`zsiz   riоya   etish,   аdliyaviy   bilimlаrni
egаllаshgа   ehtiyoj   sеzish,   tаrtib   vа   intizоmni
buzuvchilаrgа nisbаtаn  murоsаsizlik ruhidа  tаrbiyalаsh,
хаlqаrо   huquqning   аhаmiyatgа   mоlik   mаsаlаlаri,   хаlqаrо
tаshkilоtlаr   (BMT,   Хаvfsizlik   Kеngаshi   vа   hоkаzо)
fаоliyati   hаqidа   o`quvchilаrning   umumiy   tаsаvvurlаrini
shаklаntirishdаn ibоrаtdir 1
.
1997   yil   29   аvgustdа,   O`zbеkistоn   Rеspublikаsi
Оliy   Mаjlisining   IX   sеssiyasidа   qаbul   qilingаn
"Jаmiyatdа   huquqiy   mаdаniyatni   yuksаltirish   Milliy
dаsturi"   g`оyalаri   jаmiyat   vа   shахs   huquqiy
mаdаniyatini   shаkllаntirish   vа   uni   rivоjlаntirish
bоrаsidа qimmаtli nаzаriy аsоs bo`lib хizmаt qilаdi.
Huquqiy   tа’lim   vа   tаrbiya   o`zаrо   bоg`liqlik,
1
1
 Синфдан ва мактабдан ташқари тарбиявий ишлар Концепцияси. – Маърифат г., 1999, 3 март.  uzviylik,   аlоqаdоrlik   hаmdа   diаlеktik   хаrаktеrgа   egа
bo`lib,   shахs   huquqiy   mаdаniyatini   shаkllаntirish
gаrоvi   hisоblаnаdi.   Zеrо,   huquqiy   tа’lim   o`quvchilаrgа
huquqiy   mе’yorlаr,   qоnunlаr   hаmdа   ijtimоiy-huquqiy
munоsаbаtlаr   mоhiyati   to`g`risidа   tizimlаngаn
bilimlаrni bеrish, ulаrdа huquqiy bilimlаrni egаllаshgа
bo`lgаn   ehtiyojni   yuzаgа   kеltirish,   huquqiy   оngni
shаkllаntirish   jаrаyoni   bo`lib,   u   izchil,   uzluksiz,
tizimli tаrzdа tаshkil etilishi lоzim. 
Huquqiy   tаrbiya   shахs   tоmоnidаn   o`zlаshtirilgаn
nаzаriy-huquqiy   bilimlаr   nеgizidа   huquqiy   fаоliyatni
tаshkil   etish   bоrаsidаgi   ko`nikmа   vа   mаlаkаlаrni   hоsil
qilish, undа ijоbiy mаzmundаgi huquqiy sifаtlаrni qаrоr
tоptirish   vа   huquqiy   mаdаniyatni   shаkllаntirishgа
yo`nаltirilgаn   pеdаgоgik   jаrаyon   hisоblаnаdi.   SHахs
huquqiy   mаdаniyatini   shаkllаntirish   huquqiy   tа’lim   vа
tаrbiya jаrаyoning muhim bоsqchidir.
Huquqiy   tаrbiyani   tаshkil   etish   jаrаyonidа
quyidаgi vаzifаlаr hаl etilаdi:
-   o`quvchilаrgа   huquqiy   mе’yorlаr,   qоnunlаr   vа
ijtimоiy-huquqiy   munоsаbаtlаr   mоhiyati   hаmdа   ulаrning
ijtimоiy   hаyotdаgi   аhаmiyati   to`g`risidа   mа’lumоtlаr
bеrish;
-   o`quvchilаrdа   huquqiy   bilimlаrni   egаllаshgа
bo`lgаn ehtiyojni yuzаgа kеltirish, huquqiy оngni qаrоr
tоptirishgа erishish;
-   o`quvchilаrdа   huquqiy   fаоliyatni   tаshkil   etish
bоrаsidаgi ko`nikmа vа mаlаkаlаrni hоsil qilish;
-   ulаrdа   ijоbiy   mаzmundаgi   huquqiy   sifаtlаr
(huquqiy   tаsаvvur,   huquqiy   idrоk,   huquqiy   tаfаkkur,
huquqiy   sаvоdхоnlik,   huquqiy   mаs’ullik,   huquqiy fаоllik,   huquqiy   e’tiqоd   vа   huquqiy   sаlоhiyat)ning
qаrоr tоpishini tа’minlаsh;
-   o`quvchilаr   huquqiy   mаdаniyati   (huquqiy
mе’yorlаr,   qоnunlаrning   ijtimоiy   hаyotdаgi   аhаmiyatini
to`g`ri   bаhоlаsh,   hаrаkаt   vа   hаrаkаtsizlikning   qоnuniy
bo`lishigа   erishish,   dаvlаt   Kоnstitutsiyasi   vа
rаmzlаrini,   shuningdеk,   fuqаrоlik   huquq   vа   burchlаrini
hurmаt   qilish,   yuridik   хizmаtlаrgа   nisbаtаn   ehtiyojni
qаrоr   tоptirish,   hаr   qаndаy   ko`rinishdаgi
huquqbuzаrliklаrgа   qаrshi   murоsаsiz   kurаshni   tаshkil
etish)ni shаkllаntirish.
Huquqiy   mаdаniyat   –   shахs   tоmоnidаn   huquqiy
bilimlаrning   o`zlаshtirilishi   hаmdа   huquqiy   fаоliyatni
tаshkil   etish   dаrаjаsining   sifаt   ko`rsаtkchi.   SHахs
huquqiy   mаdаniyatini   shаkllаntirish   quyidаgi   shаrtlаr
аsоsidа аmаlgа оshirilаdi:
- kеng ko`lаmli ijtimоiy – huquqiy ахbоrоtli muhitning mаvjudligi;
- shахs huquqiy оngini shаkllаntirish;
- shахs huquqiy fаоliyatini yo`lgа qo`yish.
Pеdаgоgik   jаrаyondа   huquqiy   tа’lim-tаrbiyaning
sаmаrаdоrligini   hisоbgа   оlish   mаqsаdgа   muvоfiqdir.
O`quvchilаrning   huquqiy   jihаtdаn   tаrbiyalаngаnligi
quyidаgi hоlаtlаr bilаn o`lchаnаdi:
-o`quvchilаr   tоmоnidаn   "O`zbеkistоn   dаvlаt   vа
huquqi   аsоslаri",   "Kоnstitusiyaviy   huquq"   kаbi   o`quv
fаnlаrining   o`zlаshtirilish   dаrаjаsi,   ya’ni,   huquqiy
bilimlаrning muаyyan dаrаjаsi;
-   ulаrning   umumjаmiyat   ахlоqiy-huquqiy
mе’yorlаrigа   аmаl   qilishlаri   hаmdа   mаktаb   vа   bоshqа
o`quv   yurtlаri   chki   tаrtib-qоidаlаri,   shuningdеk, o`quvchilаr   qоidаlаrigа   riоya   qilishlаri,   tаrtib-
intizоmni   buzish   hоllаrining   kаmаygаnligi,   o`z-o`zini
nаzоrаt   qilish,   хаtti-hаrаkаtlаri   mоhiyatini   оngli
tаhlil   etish   qоbiliyatigа   egа   ekаnliklаri   –   huquqiy
оngning muаyyan dаrаjаsi;
-   ijtimоiy-huquqiy   fаоlliklаri   (o`quvchilаr   o`z-
o`zini   bоshqаruv   оrgаnlаri,   yoshlаr   uyushmаlаri,
tаbiаtni   muhоfаzа   qilish,   shuningdеk,   jаmоаt
tаshkilоtlаri   hаmdа   huquq-tаrtibоtni   himоya   qiluvchi
tаshkilоtlаr   fаоliyatini   uyushtirishdаgi   ishtirоklаri)
– аmаliy-huquqiy fаоliyat ko`lаmi.
O`quvchilаrdаgi   qiziqishni   inоbаtgа   оlgаn   hоldа
huquqiy   mаzmundаgi,   хususаn,   "Biznеs   fаоliyatini
tаshkil   etishning   huquqiy   аsоslаri",   "Mаishiy   хizmаt
turlаridаn   fоydаlаnishning   huquqiy   mоhiyati",   "Оldi-
sоtdi   munоsаbаtlаrining   huquqiy-ахlоqiy   nеgizlаri",
"YOshlаr   jinоyatchiligi   vа   uning   оqibаtlаri",   "XXI
аsrgа   nаrkоtiklаrsiz   qаdаm   tаshlа!",   "Sеning   huquq   vа
burchlаring", "YOshlаr ijtimоiy mеhnаtini tаshkil etish
shаrtlаri",   "Nikоh-muqаddаs   bitim",   "Tаbiаtni   muhоfаzа
qilishning   huquqiy   аsоslаri",   "Tеrrоrizm   –   mudhish
jinоyat", "qоnuniy hаrаkаt vа hаrаkаtsizlik nimа?" kаbi
mаvzulаrdа   mа’ruzа   vа   sеminаrlаr   tаshkil   etish,
mustаqil   rаvishdа   huquqiy   bilimlаrni   o`zlаshtirish
mаqsаdidа   ulаrni   huquqiy   аdаbiyotlаr   bilаn   ishlаshgа
o`rgаtish,   jinоiy   хаtti-hаrаkаtlаr   vа   ulаrning
оqibаtlаri   хususidа   dаvrа   suhbаti,   huquqni   muhоfаzа
qilish   оrgаnlаri   хоdimlаri   bilаn   uchrаshuv   vа
kоnfеrеnsiyalаr   o`tkаzish,   shuningdеk,   huquqiy
mаvzudаgi kinоfilmlаr nаmоyish etish g`оyat muhim.
Shахsdа   huquqiy   sifаtlаrni   qаrоr   tоpishi   uning ijtimоiy   –   huquqiy   munоsаbаtlаr   jаrаyonidаgi   ishtirоki
dаrаjаsi vа sifаtigа bоg`liq. Dоimiy rаvishdа, mаqsаdli
tаrzdа huquqiy munоsаbаtlаrgа kirishish shахsdа huquqiy
mаdаniyat unsurlаrining shаkllаnishigа оlib kеlаdi. Shu
bоis   jаmiyat   mаfkurаsi,   ijtimоiy   tuzumdа   qаrоr   tоpgаn
huquqiy   munоsаbаtlаr   mаzmuni,   uning   g`оyalаri
o`quvchilаr   huquqiy   mаdаniyatini   shаkllаntirishdа
еtаkchi o`rin tutаdi.
Huquqiy   tаrbiyani   tаshkil   etish   dаvridа
o`quvchilаr   fаоliyati   mаzmunini   tаhlil   etish,   ulаrdа
o`z   fаоliyatlаrigа   nisbаtаn   tаnqidiy   yondоshuvni   qаrоr
tоptirish,   shuningdеk,   o`z   fаоliyatlаrini   rеаl
bаhоlаshgа o`rgаtib bоrish tаlаb etilаdi.
O`quvchilаr   "O`zbеkistоn   dаvlаt   vа   huquqi
аsоslаri",   "Kоnstitusiyaviy   huquq"   o`quv   prеdmеtlаri
аsоslаrini   o`rgаnish   jаrаyonidа   O`zbеkistоn
Rеspublikаsi   Kоnstitusiyasi,   fuqаrоlik   jаmiyati
аsоslаri,   milliy   dаvlаt   tuzilishi,   dаvlаt   оrgаnlаri
tizimi,   vаkillik   hоkimiyati   оrgаnlаri,   O`zbеkistоn
Rеspublikаsi Prеzidеnti,  Rеspublikа Vаzirlаr  Mаhkаmаsi,
vаzirliklаr   vа   dаvlаt   qo`mitаlаri,   mаhаlliy   bоshqаruv
оrgаnlаri,   fuqаrоlаrining   o`zini   o`zi   bоshqаrish
оrgаnlаri,   qоrаqаlpоg`istоn   Rеspublikаsi   Vаzirlаr
Kеngаshi   kаbi   оrgаnlаr   fаоliyatini   o`rgаnish,
shuningdеk,   O`zbеkistоn   Rеspublikаsi   chki   vа   tаshqi
siyosаti   mоhiyatini   o`zlаshtirish,   хаlqаrо   huquqiy
munоsаbаtlаrni yo`lgа qo`yilishi tаrtibi bilаn tаnishib
bоrаr   ekаnlаr,   аyni   vаqtdа   ulаrdа   nаfаqаt   huquqiy   оng
bаlki   siyosiy   оng   hаm   shаkllаnаdi.   Zеrо,   jаmiyat
tizimi,   uning   аmаl   qilishi   uchun   аsоs   bo`lgаn   g`оya   vа
qаrаshlаr   o`z   nаvbаtidа   huquqiy   g`оya   vа   qаrаshlаrning vujudgа kеlishini tа’minlаydi.
R.Mаhmudоv   huquqiy   mаdаniyatning   аsоsini   tаshkil
etuvchi   qismlаr   mоddiy,   mа’nаviy,   huquqiy,   ахlоqiy,
estеtik   vа   bоshqа   mаfkurаviy   оmillаrdаn   ibоrаt
ekаnligini,   dеmаkki,   mоddiy   hаmdа   mа’nаviy   хususiyatgа
egа   bo`lgаn   аsоsiy,   bir-birigа   muvоfiq   qismlаrni
аjrаtib   ko`rsаtаdi 1
.   Huquqshunоs   оlimlаr   Sh.O`rаzаyеv,
M.Qоriyеvlаr   esа   huquqiy   mаdаniyat   huquqiy   bilimlаrni
egаllаsh, huquqiy mе’yorlаrning аmаliyotdа o`z isbоtini
tоpishi   hаmdа   bоshqа   muаlliflаrdаn   fаrqli   rаvishdа
huquqning оbro`si vа qоnunning ijtimоiy hаyotdаgi o`rni
bilаn   bеlgilаnishini   qаyd   etib   o`tаdilаr:   " Huquqiy
mаdаniyat   tushunchаsi–huquqning   rivоjlаnish   dаrаjаsi,
аhоlining   huquq   hаqidаgi   tushunchаsi,   qоnunchilikning
аhvоli,   huquqning   оbro`si   vа   shu   singаri   unsurlаrdаn
tаshkil tоpаdi" 1
. 
А.F.Nikitin esа shахs huquqiy mаdаniyati tаrkibini
tushunishgа   o`zigа   хоs   tаrzdа   yondаshаdi   hаmdа   shахs
huquqiy   mаdаniyatini   murаkkаb   psiхоlоgik   hоdisа   dеb
bаhоlаydi.   U.   chunоnchi,   uning   tаrkibiy   qismlаrini:
huquqiy   bilimlаr   vа   ulаrni   аmаliyotdа   qo`llаy   оlish
ko`nikmаsi;   qоnungа   nisbаtаn   shахs   munоsаbаti   vа
nihоyat   shахsning   huquqiy   mаzmungа   egа   bo`lgаn
vаziyatlаrdаgi fаоliyatidаn ibоrаt"dеb tа’kidlаydi 2
. 
Dеmаk,   shахs   huquqiy   mаdаniyati   nеgizidа
quyidаgilаr аks etаdi:
1)   huquq   vа   huquqiy   tizim   bоrаsidа   еtаrli
mа’lumоtgа   egа   bo`lish,   huquqiy   bilim   аsоslаrini
1
1
 Маҳмудt Р. Ҳуқуқ ва маданият /З.С.Зарипt таҳрири остида. – Тошкент, Ўзбекистон, 1993. –56-бет.
1
1
  Таджиханов У., Саидов А. Ҳуқуқu маданият назарияси. 2-томлик. –Тошкент, Ўзбекистон
Республикаси ИИВ Академияси, 1998.-182-бет.
2
2
 Никитин А. Ответственность несtершеннолетних. – Москва, Просвеҳение, 1990. – 109-бет. o`rgаnish,   ulаrni   o`rgаnishgа   bo`lgаn   ehtiyoj   vа
qiziqishning hоsil  bo`lishi, egаllаngаn  nаzаriy-huquqiy
bilimlаrni   аmаliyotgа   tаdbiq   etish   bоrаsidаgi
ko`nikmаni shаkllаntirish hаmdа mаlаkаgа egа bo`lish;
2)   ijtimоiy-siyosiy,   iqtisоdiy,   mаdаniy   munоsаbаtlаrni   uyushtirish   chоg`idа   o`z
fаоliyati timsоlidа huquqiy mаdаniyat unsurlаrini nаmоyon etish, ijtimоiy-siyosiy
hаmdа huquqiy fаоllikni yuzаgа kеltirа оlishdа ko`rinаdi.
Shахs   huquqiy   mаdаniyatini   quyidаgi   ikki   аsоsiy
qismgа аjrаtish mumkin;
1) huquqiy оng;
2) huquqiy fаоliyat.
Huquqiy   оng   –   ijtimоiy   оng   shаkllаridаn   biri
bo`lib,   u   jаmiyat   tаrаqqiyotning   mа’lum   bоsqchidа   –
dаvlаt, mulk vа mulkiy munоsаbаtlаrning pаydо bo`lishi,
аhоlining kеskin sur’аtdа tаbаqаlаshuvi, huquq, huquqiy
munоsаbаtlаr tushunchаlаrining  pаydо bo`lish  jаrаyonidа
ulаrgа   yondоsh   tushunchа   sifаtidа   qo`llаnilgаn   hаmdа
ijtimоiy-huquqiy   munоsаbаtlаrni   tаshkil   etish   chоg`idа
ko`zgа tаshlаnаdi.
Huquqiy оng   muаyyan jаmiyatning mоddiy hаyot tаrzi
bilаn   bеlgilаnаdigаn   tаsаvvur,   idrоk,   tаfаkkur   vа
e’tiqоdlаr   tizimi   bo`lib,   ijtimоiy-psiхоlоgik   hоdisа
sifаtidа murаkkаb tuzilishgа egа.
Huquqiy   fаоliyat   huquqiy   mе’yorlаr,   qоnunlаr
tаlаblаrigа nisbаtаn оngli yondаshish, ulаrgа qаt’iy vа
оg`ishmаy аmаl qilish, qоnunlаrni hurmаt qilish, ulаrni
shахs   erkini   himоya   qilish   kаfоlаti   sifаtidа   e’tirоf
etish,   huquqiy   munоsаbаtlаr   jаrаyonidаgi   fаоl
ishtirоkni tаshkil etishgа yo`nаltirilgаn аmаliy хаtti–
hаrаkаtlаr mаjmui. Shахs   huquqiy   mаdаniyatining   muhim   tаrkibiy
qismlаri   sifаtidа   quyidаgilаr   e’tirоf   etilаdi:   h uquqiy
tаsаvvur,   h uquqiy   idrоk,   h uquqiy   sаvоdхоnlik,   h uquqiy
tаfаkkur,   h uquqiy   fаоllik,   h uquqiy   mаs’ullik,   h uquqiy
e’tiqоd,  h uquqiy sаlоhiyat.  
O‘QUVCHILARNING   MEHNAT,   JISMONIY   VA   ESTETIK
TARBIYASI
Guruhlarga   bo’lingan   holda   «Mehnat   tarbiyasi»     va
«Jismoniy   tarbiya»   tushunchalariga     Klaster   tuzing.
(Klaster tuzish qoidalari oldingi mavzularda berilgan).
Har bir guruh o’z Klasterini taqdim etadi.
Mehnatni   ulug’lovchi,   uning   ahamiyatini   yorituvchi,
mehnatsevarlikka   chaqiruvchi   qanday   fikr,   ibora   va
maqollarni bilasiz?
Shunga misollar keltiramiz:
«Har   bir   insonning,   ayniqsa,   endigina   hayotga   qadam
qo’yib   kelayotgan   yoshlarning   ongiga   shunday   fikrni
singdirish   kerakki,   ular   o’rtaga   qo’yilgan   maqsadlarga
erishish   o’zlariga   bog’liq   ekanligini,   ya’ni   bu   narsa
ularning   sobitqadam   g’ayrat   -   shijoatiga,   to’la   -
to’kis   fidokorligiga   va   cheksiz   mehnatsevarligiga
bog’liq   ekanligini   anglab   yetishlari   kerak.   Xuddi   shu
narsa   davlatimiz   va   xalqimiz   ravnaq   topishining   asosiy
shartidir".
           (I.A.Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va
taraqqiyot yo’li")
"Mehnat   umuminsoniy,   milliy   va   ma’naviy   qadriyatlar
taraqqiyotining negizidir"  ( donolar  bisotidan)
Umrni zoye etma, mehnat qil, Mehnatni saodatning kaliti bil.    
    (A. Navoiy)
Oltin topmaginu o’rgangin hunar, 
Hunarning oldida xasdir oltin-zar.   
(Jomiy)
Eng yaxshi axloqiy va estetik dori - mehnat.   
 
(A.Frans)
O’zbek xalq maqollaridan namunalar :
Mehnat baxt keltirar.
Mehnat e’tibor garovi.
Mehnatsiz rohat yo’q.
Mehnat qancha og’ir bo’lsa.
Keti shuncha shirin bo’lar.
Komil   inson   shakllanishida   mehnatning   o’rni
qanday?       
Har   tomonlama   yetuk,   barkamol   avlodni   yetishtirishda   mehnat   tarbiyasining
roli   va   o’rni   beqiyos   kattadir.   Mehnat   tarbiyasi   shaxsni   har   tomonlama
rivojlantirishning   ajralmas   qismidir.   Shuningdek   bolaning   har   tomonlama
shakllantirish vositasi, uning shaxs sifatida ulg’ayish omili hamdir. Farzandlarimiz
mustaqil   O’zbekistonimizning   bo’lg’usi   quruvchilaridir.   Shu   sababli   kadrlar
tayyorlash   milliy   dasturi   va   boshqa   hujjatlarda   ularni   mehnatga   qaydarajada
tayyorlashga   alohida   e’tibor   berilmoqda.   Shunday   ekan,   mehnat   farzandlarimiz
uchun ham zaruriyat, ham burch bo’lishi, buning uchun uyda ham, o’quv yurtlarida
ham mehnat qilish uchun sharoitlar yaratish lozim. Agar bola kichikligidan mehnat
qilishga o’rgatilsa, o’yindan mehnat qilishga hech bir qiyinchiliklarsiz o’tadi. Inson
huquqlari   umumjahon   deklaratsiyasining   23-moddasida   "Har   bir   inson   mehnat qilish,   mehnat   turini   ixtiyoriy   tanlash,   adolatli,   qulay   mehnat   sharoitida   ishlash
huquqiga ega", - deb ta’kidlangan.
Shunday   ekan,   bugungi   kunda   O’zbekiston
mustaqilligini   mustahkamlash,   xalq   farovonligini
ta’minlash   yo’lida   fidokorona   mehnat   qilayotgan
kishilar   bilan   faxrlanish   va   o’rnak   olish   lozim.
Yoshlar   mehnati   dastlab   oilada,   keyin   esa   o’quv
yurtlarida   amalga   oshiriladi.   Bu   jarayonda   ayniqsa
akademik   litsey,   kasb   -   hunar   kollejlarini   o’rni   va
ahamiyati   beqiyos   kattadir.   Ta’lim   to’g’risidagi
qonunning   13-moddasida   ta’kidlanganidek,   "kasb   -   hunar
kollej   o’quvchilarining   kasb   -   hunarga   moyilligi,
mahorati   va   malakasini   chuqur   rivojlantirishni
tanlangan   kasblar   bo’yicha   bir   yoki   bir   necha   ixtisos
olishini   ta’minlaydigan   uch   yillik   o’rta   kasb   -   hunar
o’quv yurtidir" 17
.
(Mehnatning  mohiyati va ahamiyatini yoritib beruvchi
videofilm namoyish etiladi) 
Filmni ko’rib,  mehnat tarbiyasining mazmunini nimalar
tashkil etar  ekan degan   savol paydo bo’lishi mumkin.
Inson   faoliyatining   asosiy   turi   mehnat,   atrof   -
muhitni   o’zlashtirish,   bunyod   qilish   orqali   ham
ijtimoiy,   ham   shaxsiy   ehtiyojlarini   qondiradi.   Shuning
uchun   mehnatga   murakkab   ijtimoiy   hodisalar   sifatida
qaraladi. Mustaqillik milliy kadrlar tayyorlash ko’lami
va   sifatini   oshirishni   taqozo   qilmoqda.   Yirik
korxonalarda   milliy   kadrlarning   kamligi   yetuk
mutaxassislarning   migratsiyasi   ushbu   muammoga   davlat
nuqtai nazaridan jiddiy yondashishni talab etmoqda.
17
  Ўзбекистон   Республикасининг   «Таълим   тўg’рисида»ги   Qонуни.   Баркамол   авлод-Ўзбекистон
тараqqиётининг пойдевори. Т.: «Шар q », 1998. 23- бет.   Yoshlar   mehnatining   mazmuni   mamlakat   oldida,   ijtimoiy   siyosiy   va   iqtisodiy
vazifalar,   viloyat   va   tumanlardagi   kadrlarga   bo’lgan   ehtiyoj,   o’quv   yurtlarining
ichki   imkoniyatlari   va   talablari   asosida   belgilanadi.   Avvalo,   bolalar   ta’lim
jarayonida mehnat haqida   dastlabki bilim va tasavvurlarga ega bo’ladilar. O’qish
ham   mehnat   ekanligini   tushunib   oladilar.   O’quv   rejasiga   kiritilgan   mehnat
darslarida   esa   mehnat   qilish   malakalarini   egallaydilar.   Bu   jarayonda   o’z
mehnatlarining   natijalarini   ko’rib   zavqlanadilar   va   yanada   yaxshiroq   mehnat
qilishga harakat qiladilar. Mehnat qilish jarayonida sinfdan va maktabdan tashqari
mehnat,   o’z   -   o’ziga   xizmat   qilish   mehnati,   ijtimoiy   foydali   mehnat   turida   faol
ishtirok   etadilar   va   chiniqadilar.   Pedagogika   fani   mehnat   tarbiyasini   tashkil
qilishda qo’yayotgan talablar quyidagilar:
-mehnatning   ijtimoiy   axloqiy   ahamiyatiga   alohida
e’tibor berish;
-mehnat   o’quvchining   yoshi,   hayoti   tajribasi   va
imkoniyatlariga mos bo’lishi;
-o’quvchilarning   mehnat   faoliyatlari   ijodiy
harakterda bo’lishi;
-o’z   vaqtida   turli   kasblar   haqida   ma’lumotlar   berib
borilishi;
-mehnat   ahllari   bilan   doimo   suhbat   va   uchrashuvlar
tashkil qilish.
Mehnat   tarbiyasi   fan   asoslarini   o’rganish   jarayonida
o’quvchilarning   olgan   bilimlarining   aniq   maqsadga
yo’nalganligi,   ishlab   chiqarish   jarayonining   ilmiy
asoslarini,   bilim   va   kasbiy   qiziqishlarni   ko’zda
tutadi.
                    O’quvchilarni   to’g’ri     kasb   tanlashga
yo’llash uchun qanday ishlar olib borish lozim? Siz o’z
kasbingizni to’g’ri tanladingizmi? 
Mehnat   jamoalari   inson   umrining   asosiy   qismi o’tadigan,   uning   tafakkuri,   hayotga   munosabati
shakllanadigan   ijtimoiy   -   ma’naviy   muhitdir.   Ular
kishida   jamoa   ruhi,   mehnatsevarlik,   omilkorlik,   adolat
tushunchasi, mehr - oqibat tuyg’ularini tarbiyalaydigan
o’ziga   xos   maskan   bo’lib   hisoblanadi.   Kasb   tanlash
jiddiy   va   mas’uliyatli   ishdir.   O’z   hayot   yo’llarini
jiddiy   suratda   belgilab   borish   jiddiy   masala.   Buning
uchun   maktablardagi   politexnika   tizimidagi   to’garaklar
muhim   o’rin   tutadi,   fan   to’garaklarida   bolalar   texnik
saviya     va   bilimlarini   kengaytiradi,   kasb   tanlashga
tayyorlanadi.   Maktabda   yuqori   sinf   o’quvchilari   uchun
"ishlab   chiqarish   asoslari,   kasb   tanlash"   kursi
o’qitiladi.   Kasbga   yo’naltirish   umumiy   o’quv-   tarbiya
jarayonida   amalga   oshiriladi.   O’quvchilarni   kasbga
yo’naltirishda ota - onaning ham roli kattadir.
Kasbga   nisbatan   qiziqishni   vujudga   keltirish
o’qituvchining   pedagogik   faoliyati   bilan   bevosita
bog’liqdir.   Ta’limni   oqilona,   optimal   yo’l   bilan
tashkil   qilish   va   olib   borish   orqali   turli   yoshdagi
maktab o’quvchilarida mehnatga ongli munosabatni tarkib
toptirish,   kasb   -     hunarga   nisbatan   qiziqishni
o’stirish  mumkin.
 Barkamol avlodni jismoniy komilliksiz tasavvur qilib
bo’lmaydi,   bu   tarbiyaning   bosh   maqsadi   jismonan
chiniqqan,   mard   va   sabotli,   kat’iyatli
vatanparvarlarni kamol toptirishdir.
Jismoniy tarbiyaning inson kamolotidagi o’rni qanday?
Uning maqsad va  mazmuni   nimadan   iborat?
Jismoniy tarbiyaning maqsadi - o’quvchilar tanasidagi
barcha   a’zolarini   sog’lom   o’sishini   ta’minlash
barobarida   ularning   aqliy   va     jismoniy   mehnatga, shuningdek,   Vatan   mudofaasiga   tayyorlashdan   iborat.
Abdulla   Avloniyning     fikricha,   sog’lom   fikr,   yaxshi
axloq   va   ilm   -   ma’rifatga   ega   bo’lmoq   uchun   badanni
tarbiya qilish zarur.
Jismoniy   tarbiya   kishilarga   katta   ta’sir   ko’rsatib,
salomatligini   mustahkamlaydi,   ishlash   qobiliyatini
oshiradi, uzoq umr ko’rishga yordam beradi.
Jismoniy madaniyat mazmuniga quyidagilar kiradi:
1.   Inson   a’zolarining   tuzilishi   va   ularning   funksional
kamoloti.
2. O’quvchilarning sog’ligini mustahkamlash.
3. Gigiyena qoidalariga ko’nikish.
4.   Bo’lajak   ishchi-mehnatchilarning   jismoniy   va
fiziologik   sifatlarini   kasb   ahamiyati   jihatidan
shakllantirish, ish qobiliyatlarini oshirish.
5.   O’quvchilarda   iroda,   chidamlilik,   qat’iy   intizom,
do’stlik hissini kamol toptirish.
6. Shaxsiy jismoniy qobiliyatlarni tarbiyalash.
Yosh avlodni jismonan chiniqtirishda o’quv yurtlari
rejasi   bo’yicha   o’tiladigan   jismoniy   tarbiya
darslarining roli, ahamiyati beqiyos kattadir.
  «Bolaning   qanday   shaxs     sifatida   kamol   topishida Jismoniy tarbiya mazmuni
Jismoniy kamolot Jismoniy holat 
diagnostiкаси  Jismoniy tarbiya 
madaniyati Sport ishlari
Jismoniy ma'lumot xalq   pedagogikasi   muhim   ahamiyat   kasb   etadi.   Xalq
pedagogikasida   tarbiyaning   mayda-chuydasi,   ya’ni
birlamchi-ikkilamchisi   bo’lmaydi,     hamma   narsa   hisobga
olinishi, hech bir soha chetda qolmasligi, ayni  choqda
tarbiyaning   nihoyatda   nozik,   injiq,   murakkab   tomonlari
e’tiborga   olingan   holda   ,   yetti   o’lchab   bir   kesishga
amal   qilinadi.   Xalq   pedagogikasining   o’ziga   xosligi
shundaki,   u   bugun   va   ertani   uylab     ish   tutadi,   ya’ni
utmishni     unutmaslik,   bugunning   qadriga   yetishlik,
kelajakka   umid     asosida   tarbiya     olib   boradi»
(Mavlonova, 2002,320). 
                  Xalq   pedagogikasining   asrlar   davomida
shakllanib,   rivojlanib,   boyib   borishining,   inson   va
Vatan   taqdirida     hal   qiluvchi   rolining   boisi,
birinchidan,   uning   hayotiyligi,   ta’sirchanligi,
serqirra   va   serma’noligida   bo’lsa,   ikkinchidan,   uning
bevosita   xalq   tomonidan   mavjud   hayot   jarayonida     jonli
an’analarda     yaratilishi,   tarbiyaning   eng   dolzarb
masalalarini   hal   qilishga   qaratilganligi,   uchinchidan,
umuminsoniy   yo’nalishga,   umumbashariy   g’oya-maqsadlarga
qaratilgan bo’lganligidir.
Tarbiya   yosh   avlodni   taraqqiy   ettirishda   muhim   vosita     hisoblanadi.   Yirik
allomalarimizdan   biri   Ibn   Sino   birinchi   bo’lib   tarbiyaning   ilmiy-pedagogik
jihatdan   bir   butun   tizimini   yaratdi.   Jismoniy   mashqlar,   to’g’ri   ovqatlanish,   uyqu,
badanni   toza   tutish   tartibiga   rioya   etish   inson   sog’lig’ini   saqlashda   muhim
omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy  jihatdan asoslab bergan edi.
  Jismoniy   tarbiya   -   bu   sof   sport   musobaqalarigina   emas.   Bu   tarbiya   orqali
bolalarda ko’plab axloqiy-irodaviy   hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish
davomida   bolalarda   iroda,   tezlik,   chaqqonlik,   chidamlilik   tarbiyalanadi,   ularning
sog’ligi   mustahkamlanadi,   ish   qobiliyatlari,   aqliy   faolligi   oshiriladi,   jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi  ijobiy xulq me’yorlari tarkib topadi.
                          Yetuklik     komillikka   erishish   bosqichlaridan   biridir.   Shuning   uchun
mamlakatimizda   va   ta’lim-tarbiya   tizimimizda   tarbiyaga     katta   e’tibor   qaratib
kelinmoqda.  
  Jismoniy   tarbiyaning   asosiy   maqsadi-   o’quvchilar   tanasidagi   barcha
a’zolarni   sog’lom   o’sishini   ta’minlash   barobarida   ularni   aqliy   va   jismoniy
mehnatga,   shuningdek,   Vatan   mudofaasiga   tayyorlashdir.   Jismoniy   tarbiya   va
jismoniy yetuklik  masalasi    bizda  azal-azaldan      ota-bobolarimiz      ma’naviyatida
ulug’lanib   kelingan.     Xalq   og’zaki   ijodidagi   «Alpomish»,   «Go’r-
o’g’li»dostonlarini   misol   tariqasida   ko’radigan   bo’lsak,   ulardagi   qaxramonlar
jismonan   baquvvat,   mard   yigitlar   bo’lishgan.     Buyuk   allomalarimiz   ham,   jadid
ma’rifatparvarlari   ham   tarbiyani     komil   inson   yetishtirishdagi   o’rnini   alohida
ta’kidlashgan.
       Tarbiya kishilarga katta ta’sir ko’rsatib, salomatligini mustahkamlaydi, ishlash
qobiliyatini   oshiradi,   uzoq   umr   ko’rishiga   yordam   beradi.   Shuning   uchun
yurtimizda   mustaqilligimizning   dastlabki   yillaridanoq   tarbiyaga     e’tibor   qaratila
boshlandi. 2001 yil esa alohida «Sog’lom avlod yili» deb e’lon qilindi.
  Tarbiya   mazmuni   kamolot,   tarbiya   madaniyati,   sport   ishlari,   jismoniy
ma’lumot tushunchalarida o’z ifodasini topadi. 
Kamolot       yosh   avlod   ichki   a’zolarining   o’zgarishi,   o’sishidir.   Birinchi
navbatda   yurak   va   o’pka,   shuningdek   nerv   va   harakat   tizimi,   tana   shaklining
o’zgarishi,   teri-muskul   tizimi   og’irligi,   tananing   mukammal   rivojlanishidir.
Pedagogik   tushunchada   kamolot   deganda   insondagi   jismoniy   ma’lumotning
o’sishi   borasidagi   o’zgarishlar,   ya’ni   oddiydan   murakkabga,   pastdan-yuqoriga,
nomukammallikdan  mukammallikka tomon  bo’lgan o’zgarishlar tushuniladi.  
                            O’quvchilarning   kamolotlari   uchun   sharoit   yaratish   va   pedagogik
boshqarish   tarbiyaning   vazifasidir.   Tarbiya   tizimida     jarayoniy   kamolot
diagnostikasi     muhim   o’rin   tutadi.   Kamolot   tarbiya   saviyasi,   fan   tili   bilan
aytilganda, tarbiya samaradorligi ko’rsatkichidir.
                        Maxsus   usul   va   texnika   asosida   o’quvchilarning   sog’liklarini,   har   bir individual   shaxs   kamoloti   saviyasini   tadqiq   etish:   belgilangan   norma   va   undan
uzoqlashish   ko’rsatkichlarini     oldindan   belgilash   negizida   tarbiya   uchun     doimiy
ko’rsatkich   aniqlanadi.   Yetuklik   deganda   badanning   tashqi   ko’rinishidagi
garmoniya, go’zallik shakli, sifatlarning  yukori darajadagi kamoloti  tushuniladi. 
  Madaniyat   tarbiyaning   tarkibiy   qismidir.   Shu   bilan   birgalikda,   madaniyat
inson  va jamiyat   umumiy madaniyatining  ham  ajralmas  qismi.  Madaniyat  -  sport
ishlari yoki oddiy sport sho’’balari, klublari, guruhlar yoki ommaviy musobaqalar
va hokazolarda namoyon bo’ladi. 
  Mashhur   yunon   donishmandi   Aflotun   baxt   haqida   zikr   etib:   «   Inson   uchun
birinchi   baxt-uning   sog’lig’i,   ikkinchisi-go’zallikdir»   degan   ekan.   Chindan   ham
sihat-salomatlik hamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi  sog’lom  va ma’naviyati
yuksak xalqning avlodlari ham sog’lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari
ham   sog’lom-baquvvat,   iymon-e’tiqodli   va   sadoqatli   bo’ladiki,   bu   baxt   ona-
Vatanning   shuhrati   va   qudratining   zo’r   omiliga   aylanadi.   Xalqning   ana   shunday
baxt-saodati uchun sog’lom avlod kerak.
Sog’lom   avlod   deganda   biz   ham   jismoniy,   ham
ma’naviy   tomondan   yetuk,   bardam,   har   ishga   qodir,
ilg’or   madaniyatli   kishilarni   ko’zda   tutamiz.
Darhaqiqat,   shunday   noyob   fazilatlarga   ega   avlodni
tarbiyalab   voyaga   yetkazayotgan   xalq   kelajakka   ochiq
ko’z, yorug’ yuz, katta ishonch bilan qaraydi.
Insonning   kuch   va   qobiliyatlarini   tahlil   etganda,   u
uchga   bo’linadi:   jismoniy,   aqliy   va   axloqiy.   Shunga
binoan, insonning  bu kuch-qobiliyatlarining  taraqqiysi,
yuksalishini   ta’min   etadigan   tarbiya   ham   uch   qismga
ajraladi:   badan   tarbiyasi,   aql   tarbiyasi,   axloq
tarbiyasidir.
Maktab   yoshidagi   bolalarning   qaddi-qomatini   to’g’ri   -
mutanosib   shakllantirish,   suyak-bo’g’inlarni   va
muskullarni uyg’unlashgan  tarzda rivojlantirish,  yurak- qon   tomir   hamda   nafas   olish   a’zolarini,   asab   tolalari
majmuasini mustahkamlash muhim.
Tana   a’zolarining   mo’tadil   faoliyati   uchun   harakat
juda   zaruriydir.   Buyuk   hakim,   mutafakkir   Abu   Ali   ibn
Sino:   «   Badantarbiya-sog’liqni   saqlashda   ulug’vor
usuldir»,   -deydiki,   bu   fikr:   «   Kimki   kilsa   harakat-
sog’ligida bo’lar barakat» degan naqlni eslatadi.
Qadimdan   xalqimizda   badantarbiyani   riyozat   deb
atashgan. Abu Ali ibn Sino « Tibbiy doston» (« Urjuza»)
asarida   riyozat-badan   tarbiyasi   to’xtalib,   uning   bir
necha   xillari   bo’lishi,   bu   jismoniy   mashqlar   bilan
o’rtacha   shug’ullanish   sog’liqqa   foydali   ekanligini
bunday ta’riflaydi:
« Bilsang riyozat turlari necha-necha
Sharofatli bo’lar esa u o’rtacha.
To’g’ri va mo’tadil bo’lib o’sgay badan, 
Kir-chir   ila   chiqindidan   qutular   tan.»(Ibn   Sino,
1999,45)
Olim   yana   mashqsiz   yurish   badanda   yomon   xiltlarning
yig’ilishiga   sabab   bo’lishini   alohida   uqtirib,   bunday
deb yozadi:
« Riyozatsiz yotishdan ko’p topma rohat, 
Bu rohatdan topolmassan hech manfaat.
  Jim yotsang iflos xilt-la to’lar badan,
G’izocha hech hozirlanmas biror maskan».
Mashqlarning   sihat-salomatlikka   foydasi   cheksiz
ekanligini D. Adisson bunday ta’riflaydi: « Mutolaa aql
uchun   qancha   zarur   bo’lsa,   mashqlar   ham   badan   uchun
shuncha   zarur».Suqrot   bu   borada   quyidagi   fikrni
bildiradi: « Gimnastika   yordami   ila   men   badanimning   muvozanatini   to’g’rilab
olaman».
Xalq   pedagogikasida   badan   tarbiyasi   inson   hayotida
katta   ahamiyatga   ega   ekanligi   tarannum   etiladi.
Birinchidan,   hayotda   har   kimning   mukammal   sog’   -
salomatlikka,   kuch-quvvatga   ega   bo’lish   ehtiyoji   bor.
Ikkinchidan,   tan   sog’ligi   fikr   va   axloqning   ham
sog’ligini   ta’min   etadi.   Fikr   va   axloq   bilan   mizoj   va
sog’lomlik uzviy bog’liq.
Badan   tarbiyasining   maqsadi   har   tomonlama   yetuk:
chiniqqan,   sof   fikrli,   mard,   sabotli,   qat’iyatli,
Vatanni   himoya   qila   oladigan   shaxslarni   kamol
toptirishdan iborat.
O’quvchilarni   tarbiyalash   jarayonida   qo’yidagi   asosiy   vazifalar   hal   etiladi.
Birinchi   vazifa-sog’liqni   mustahkamlash,   tana   a’zolarini   chiniqtirish,   jihatdan
to’g’ri rivojlanish hamda uning ish qobiliyatining oshishiga ta’sir etishdir.
Shuni   qayd   etish   lozimki,   o’quvchilarning
sog’lig’ini   faqat   tarbiya   darslari   hamda   maktab
sharoitida o’tkaziladigan  maxsus tadbirlar  hisobigagina
mustahkamlash   qiyin.   Chunki   bu   jarayon   ota-ona,
tarbiyachi,   butun   pedagoglar   jamoasining   ishi   bo’lib,
sog’lomlashtirish   bilan   bolalarni   muntazam   ravishda
olib borilishi shart.
Bolalarga   tarbiya   berishda     bolalar   o’yinlari   badan   tarbiyadagi   xalq
o’yinlari ( «Soqqa», «Kes-Kes»,» Qirq tosh», «Durra soldi», «Tepish»)ning aqliy,
axloqiy va estetik kamolotning mezonlari bo’lsa, xalq an’anaviy sporti - farzandlar
baquvvatligi   va   yetukligining     garovidir.   Xalq   pedagogikasining   badan   tarbiya
berishdagi imkoniyati kengdir. Atrof muhit va tabiatni e’zozlash bilan birga inson
o’z  sog’ligini  mustahkamlovchi  mavjudot  sifatida qaralishi  katta ahamiyatni  kasb
etadi.   turli   udumlar,   rasm-rusm,     marosimlar,   tabiat   bayramlari,   «Navro’z», «Mehrjon»,   «Hayit   bayrami»,   «   Poyga»,   «   Ko’pkari»,     bolani   beshikka   solish,
sunnat   qilinishi,     uylanish,   payg’ambar   yoshi,   oltin   va   kumush   to’ylar,       turli
yubileylar,  odatlar, udumlar va marosimlarning  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyati ham
juda kattadir. 
Nafosat   tarbiyasi   haqida   tushuncha.   Maktabda
nafosat tarbiyasini berishning mohiyati
Nafosat   tarbiyasi-   borliqdagi   va   sa’natdagi
go’zallikni   tushunish,   ulardan   zavqlanish   va   uni
yaratishga intilishni tarkib toptirish. 
Inson   har   doim   go’zallikka   intiladi,   undan   ma’naviy
ozuqa   oladi.   O’z   hayotini,   faoliyatini,   turmush
sharoitini, o’zini o’rab turgan atrof-muhitni go’zalroq
bo’lishiga   harakat   qiladi.   Bu   hol     o’z   navbatida   uning
didini, nozik his-tuyg’ularini shakllantiradi.
Odamlarni   o’ziga   rom   etuvchi   go’zallik   namunalari
hayotning   turli   jabhalarida   namoyon   bo’lib,   ularni
idrok   eta   bilishga   nafosat   tarbiyasi   katta   hissa
qo’shadi.SHuning   uchun   bolaga   juda   yoshligidan   oilada,
maktabgacha   tarbiya   muassasalarida,   ayniqsa   maktabdan
nafosat tarbiyasi alohida e’tibor bilan beriladi.
Nafosat   tarbiyasi   har   bir   davrda,   har   bir   xalqda
turlicha   bo’lsada,   uni   amalga   oshirishning   asosiy
vositalari,   tabia t   go’zalligi,   badiy   ijod   namunalari
hamda inson shaxsiyatidagi go’zallikni sanab o’tadi. Bu
vositalar bir-birini to’ldirib,   boyitib beradi.
Barchasidan   to’la   bahramand   bo’lgan   kishining
ma’naviy   boy,   yuksak   didli   bo’lsagina   zavqli   hayot
kechirishi mumkin.
  Tabiat   o’ziga   xos   go’zalliklarga   ega   bo’lib,   ma’lum
qonuniyatlar   asosida   o’zgarib,   jilolanib   turadi.   Yil fasllarining   almashinuvi   tabiatning   ranglarini,
shakllantirishining,   xushbo’y   hidlaru,   turli
jonzotlarning   yoqimli   tovushini,   inson     shuriga   tortiq
etadi.   Ular   har   bir   kishini   baxtiyor   poklik,
beg’uborlik olamiga olib kiradi.
Nafosat   tarbiyasining   yana   bir   tarbiyasi   badiiy   ijod
namunalari   hisoblanadi.   Ayrim   pedagogik   adabiyotlarda
badiy   tarbiya   deb   nomlanib,   o’z   ichiga   badiiy
adabiyotni, musiqa, qo’shiq va raqs san’atini, teatr va
kino   san’atini,   tasviriy   san’atning,   haykaltaroshlik,
me’morchilik, xalq amaliy san’ati va boshqalarni oladi.
  Bu   san’at   turlarini   yoshlarga   nafosat   tarbiyasi
berishdagi   imkoniyatlari   cheksizdir.   Ayrim   san’at
asarlarini   qiymati   dunyoviy   boyliklarda   nihoyat
darajada   ustun   turganidek,   badiy   tarbiya   ham
odamlarning   ma’naviy   boyishlarida   tengi   yo’q   ta’sir
kuchiga egadir.
Dunyoning   yetti   mo’’jizasi   sanalgan   Misr
firavnlarining   ehromlari,   Bobilning   osma   bog’lari,
Efesdagi   Artemida   ibodatxonasi,   Rodoskiy   haykali   va
Fors   orolidagi   moyok   xayratomuz   go’zallik   namunalari
sanaladi.
Yoshlarga     nafosat   tarbiyasi   berishda   inson
shaxsiyatidagi   go’zallik   kuchli   ta’sir   etuvchi
vositalaridan   biridir.   Har   bir   kishi   o’ziga   xos
go’zallikka ega bo’ladi.
Rus   yozuvchisi   A.CHexov   “Insonda   hamma   narsa   go’zal
bo’lishi   kerak»,   ammo   ularning   orasida   alohida   ajralib
turadigan   ma’naviy   go’zallikdir.   SHuning   uchun   ham
milliy   istiqlolga   erishgandan   keyin   xalqning
ma’naviyatini   shakllantirishga   katta   e’tibor berilmoqda.
Estetik   tarbiya   bolaning   ijodiy   qobiliyatini
rivojlantirishda,   hayotdagi   va   san’atdagi   go’zallikni
tushunish   va   qadrlashni   bilishida,   ma’naviy   dunyosini
boyitishda   katta   rol   o’ynaydi.   Ota-onalar   bolalarga
tabiatdagi,   ijtimoiy   hayotdagi,   san’atdagi   go’zallikni
his   qilish   va   shu   kabilarni   o’rgatadilar.   Bola   uyqudan
turishi   bilan   atrof   muhitdagi   turli   narsalarga   ko’zi
tushadi.   Ota-ona   bu   narsalarning   chiroyliligini
tushuntirib   berishi,   o’g’il   yoki   qizining   kiygan
kiyimlarini chiroyli va qulayligiga, xonaki o’simliklar
va   bahor   gullarining   naqadar   chiroyliligiga   ahamiyat
berib   qarashga   o’rgatishi   kerak.   Estetik   didni
tarbiyalashda   dastlabki   o’yinchoqlar   juda   katta   rol
o’ynaydi.   Ular   hayotni   bilishni   o’rgatadi   va   birinchi
estetik   taassurotlar   manbai   hisoblanadi.   Ota-ona
bolalarni   xonalarni   yig’ishtirish,   saranjom-sarishta
qilishga jalb qilib. Ularda estetik didni tarbiyalaydi.
Estetik   tarbiyaning   asosi   oilada   bolalarni   ijod   qilish
(badiiy tarbiyaga) o’rgatishdir.
Bolalarning     rasm   chizishga   bo’lgan   ehtiyoji   juda
erta uyg’onadi. Ota-ona o’z bolalariga rasm chizishdagi
muayyan   ko’nikmalarni   egallashga   yordam   berishi   kerak.
CHunki   bolada   agar   rasm   chizishga   qobiliyati   bo’lib   u
qo’llab quvvatlansa, bola ruhlanib san’atning bu turini
egallashga   harakat   qiladi.   Bolada   yana   yoshlikdan
musiqa   eshitish   uquvini   o’stira   borish   unda   nozik   his-
tuyg’uning   shakllanishiga   imkon   beradi.   Bola   juda
yoshligidanoq   musiqa   ohangiga   qarab   ritmik   harakatlar
qiladi.   Bu   undagi   dastlabki   estetik   did-tuyg’u,
iste’dod   kurtagidir.   Bolaning   tashqi   ko’rinishiga bo’lgan   talablar   estetik   tarbiyada   katta   ahamiyatga
egadir.   Sodda   va   ozoda   kiyina   bilish,   kishilar   orasida
o’zini   yaxshi   tutish,   hulq-atvorining   yaxshi   bo’lishi
ham   go’zallikdir.   Gapirish,   kulish,   salomlashish,
madaniyatli hayrlashish,  minnatdorchilik bildirish  kabi
odatlar   ham   bolaning   yoshlikdan   nazokatli,   nafosatli
bo’lib   o’sishiga   yordam   beradi.   Tabiiyki,   ota-ona
farzandning   nozik   did   va   farosatli,   odob   va   ahloqli
bo’lib   o’sishiga   erishish   uchun   avvalo   o’zi   barcha
go’zalliklarni   seza   bilishi   va   sevishi,   badiiy
adabiyotlar   o’qishi,   san’atning   turli   sohasida   o’z
bilim va taassurotlarini kengaytirib borii kerak.
            Maktab   yoshlariga   nafosat   tarbiyasi   berishning
asosiy   o’rinlaridan   biridir.O’rta   umumiy   ta’lim
tarkibiga   kirgan   barcha   fanlarni   o’qitishda
o’quvchilarga   nafosat   tarbiyasi   berib   boriladi.   Maxsus
nafosat   tarbiyasi   fanlari   o’qitiladi,   ularga   rasm,
ashula,   chizmachilik   va   boshqalar   kiradi.   Jismoniy
tarbiya   mashg’ulotlari,   mehnat   darslarida   ham   nafosat
tarbiyasi doimiy berib boriladi.
Bulardan   tashqari   adabiyot,   ona   tili,   tarix,
odobnoma,   tabiatshunoslik,   jug’rofiya   va   boshqa
fanlarni   o’qitishga   mavzuning   mazmuniga   mos   holda
nafosat tarbiyasi beriladi.
              Bevosita   nafosat   tarbiyasi   beruvchi   rasm   va
ashula   darslari   o’quvchilarning   eng   qiziqadigan   hamda
ijodiy   o’rganadigan   o’quv   darslaridir.   Bu   daslarida
o’quvchilar   go’zallikni   ongli   idrok   etibgina
qolmasdan,ko’nikma   va   malakalar   hosil   qiladi.   Buyuk
rassomlar,   bastakorlarning   asoslari   bilan   tanishadi.
O’zlari   rasm   chizadi,   musiqa   tinglaydi,   ma’nosini tushunadi,   imkoniyat   darajasida   ijrochilik
mahoratlarini egallaydilar.
                      O’quvchilar   nafosat   tarbiyasini   berishda
maktabda   tashkil   etilgan   badiy   to’garaklarning
ahamiyati   katta.O’quvchilar   qobiliyati   va
qiziqishlariga   mos   holda   rasm,   musiqa,   raqs,   xalq
amaliy   san’ati   to’garaklarida   ishtirok   etib,   tegishli
malakalarni egallaydilar.
                  Maktabda   havaskor   rassomlarning
ko’rgazmalarini   tashkil   etilishi   mumkin.   Unda   «Mohir
qo’llar»   to’garagi   qatnashchilarining,   maktab
ustaxonasida   tayyorlanayotgan   amaliy   san’at
namunalarining,   maktab   ustaxonasida   tayyorlanayotgan
amaliy   san’at   namunalarini   ham   namoish   etish
foydalidir.   Maktabda   badiiy   xavaskorlik   to’garagi
qatnashchilarining   har   xil   chiqishlarini   tashkil   etish
yoshlarning nafosat tarbiyalarini kuchaytiradi. FAN MAJMUASINI TAYYORLASHDA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
RO’YXATI
Asosiy adabiyotlar
A1 O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi T.: 
O’zbekiston nashriyoti 2019 y
A2 O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi
Qonuni // Xalq so’zi gazetasi 2020 yil 24-
sentabr soni
A3 R.A.Mavlonova, O.To’rayeva, K.M.Xoliqberdiyev, 
Pedagogika. Darslik T:. O’qituvchi 2018 yil.
A4 B.X.Xodjayev Umumiy pedagogika nazariyasi va 
amaliyoti. “Sanostandart” nashriyoti. Toshkent 
2017 y.
A5 K.Xoshimov, S.Nishonova. Pedagogika tarixi . 
Darslik –Toshkent 2005 yil
A6 K.Xoshimov, S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi 
antologiyasi. O‘quv qo‘llanma.T:.O‘qituvchi 
2010-yil
A7 Pedagogika (Pedagogika nazariyasi va tarixi) 
O‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani 
sohasi: bakalavriat yo‘nalishi uchun darslik // 
prof.M.X.Toxtaxadjayevaning umumiy tahriri 
ostida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirligi. – Toshkent “O‘zbekiston
faylasuflar milliy jamiyati” nashriyoti, 2010
A8 A.Xoliqov Pedagogik mahorat.DarslikT.: Iqtisod-
moliya, 2011yil 
A9 Maxsus pedagogika. Darslik.-T.: (Fan va  texnologiya )  2004   y

Tarbiya jarayonining mohiyati va mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari. Tarbiya metodlari va tarbiya turlari. REJA: 1. “Tarbiya” tushunchasining mohiyati. Tarbiya xususiyatlari. 2. Sharq mutafakkirlari barkamol shaxs tarbiyasi haqida. 3. Tarbiya jarayonining qoidalari va prinsiplari . 4. Tarbiya jarayonidagi ziddiyatlar va uni harakatlantiruvchi kuchlar 6. Bolalar jamoasi - pedagogik ta’sirning asosiy shakli 7. Shaxsning bolalar jamoasida qaror topishi. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari. 8. Tarbiya metodlari va tarbiya turlari.

Tarbiya nazariyasining mohiyati . Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari hamda uni tashkil etish muammolarini o‘rganadi. Hayotga yangicha siyosiy va iqtisodiy nuqati nazardan yondashish o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasi bilan bog‘liq jarayonni ham qaytadan ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Tarbiya nazariyasi SHarq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi. Tarbiya nazariyasi o‘z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sotsiologiya, etika, estetika, fiziologiya, psixologiya kabi larning ma’lumotlaridan foydalanadi. Tarbiya nazariyasi pedagogikaning boshqa bo‘limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi hamda xalq ta’limi tizimini boshqarish bilan uzviy bog‘liq. Tarbiya jarayonining mazmuni . Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni. Boshqacharoq talqin etilganda, tarbiya yosh avlodni muayyan maqsad yo‘lida har tomonlama voyaga etkazish, unda ijtimoiy ong va xulq- atvorni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan faoliyat jarayonidir. Turli zamon va makonda ijtimoiy tarbiya mohiyati turlicha bo‘lib, uning mazmuni ijtimoiy maqsadlardan kelib chiqib asoslangan. Tarbiya g‘oyasi turlicha ifodalangan bo‘lsada, ammo yo‘naltiruvchanlik xususiyati hamda ob’ektiga ko‘ra yakdillikni ifoda etadi. Tarbiya xususida taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy shunday deydi: «Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot - yo falokat, yo saodat – yo falokat masalasidur» 1 . Ushbu fikrlardan anglaniladiki, shaxs tarbiyasi xussiy ish emas, balki ijtimoiy, milliy ishdir. Zero, har bir xalqning taraqqiy etishi, davlatlarning qudratli bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-siyosiy mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tub islohotlar olib borilmoqda. Islohotlarning asosiy g‘oyasi respublikaning riojlanish va taraqqiyot yo‘li deb e’tirof etilgan demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish uchun xizmat qiladi. Demokratik, insonparvar, huquqiy jamiyatning barpo etish vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlod zimmasiga yuklanadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘qrisida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asar va nutqlari, chunonchi, «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» nomli asarlarida mustaqil respublikada ijtimoiy tarbiyani yo‘lga qo‘yish maqsadi va vazifalari belgilab berilgan. Tarbiya - shaxsni maqsadga muvofiq takomillashtirish uchun uyushtirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchining shaxsiga muntazam va tizimli ta’sir etish imkonini beradi. Tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayonidir. Tarbiya jarayonida tarbiyalanuvchining ongi shakllana boradi, his- tuyg‘ulari rivojlanadi, ijtimoiy hayot uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga xizmat qiladigan xulqiy odatlar hosil bo‘ladi. Tarbiya jarayonida bolalarning hayoti va faoliyatini pedagogik jihatdan to‘g‘ri uyushtirish g‘oyat muhimdir. Faoliyat jarayonida bola tashqaridan kelayotgan tarbiyaviy ta’sirlarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabat shaxsning ichki ehtiyoj va xohishlarini ifodalaydi. Psixolog va pedagoglarning tadqiqotlari shaxsga tashqi omillarning (xoh salbiy, xoh ijobiy) ta’siri bolaning ularga munosabatiga bog‘liqligini ko‘rsatadi. Bola faoliyatini uyushtirishgina emas, balki tarbiyalanuvchining bu faoliyatga nisbatan turli kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his qilishi, ulardan o‘zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi zarur. Zero, tarbiya ijtimoiy munosabatlarning murakkablashib borishi asosida kechadi. Tarbiya jarayonida o‘quvchining ongigina emas, balki his-tuyg‘ularini ham o‘stirib borish, unda jamiyatning shaxsga qo‘yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini hosil qilish lozim. Bunga erishish uchun o‘quvchining ongi, hissiyoti va irodasiga ta’sir etib boriladi. Agar bularning birortasi e’tibordan chetda qolsa, maqsadga erishish qiyinlashadi. Tarbiya jarayoniga o‘qituvchi rahbarlik qiladi. U o‘quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Ijtimoiy jarayonda faol ishtirok etish orqali o‘quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o‘quvchilar jamoasi manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, bu jarayonda bolaning tengdoshlari va o‘zini o‘zi anglash jarayoni yuzaga keladi. Bola o‘z xulqi, xatti-harakati uchun jamoa oldida javobgarlikni sezishga erishgach, ijrochi emas, balki umumiy ishning faol qatnashchisi bo‘lib qoladi. Tarbiyani samarali yo‘lga qo‘yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi, tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish va hisobga olish muhimdir. Bu tarbiya jarayonidagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklardan iborat. Tarbiyada o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Bu jihat unutilsa, muayyan qarama-qarshiliklar vujudga keladi. Faoliyat jarayonida hosil bo‘lgan malaka va odatlar axloq me’yorlariga rioya qilishni engillashtiradi. Demak, tarbiyachi bola shaxsining tez rivojlanadigan davri – o‘quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat (o‘qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o‘yin, sport, badiiy havaskorlik) yordami bilan maxsus ta’sir etish muhimdir. Aks holda xulq me’yorlari, axloq talablarini yaxshi tushunmay qolishi natijasida shaxs ijtimoiy munosabatlarda beqaror, tasodifiy ta’sirga beriluvchan bo‘lib qolishi mumkin. Tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo‘ladi. 1 Авлоний, Абдулла. Туркий гулистон ёҳуд ахлоқ. – Тошкент, Ўқитувчи, 1992.

Umumiy pedagogika jarayonida tarbiya muhim o‘rin tutadi. SHaxsni shakllantirish, boshqarish, nazorat xarakteriga ega bo‘lib, bu borada belgilangan vazifalar tasodifiy harakatlar orqali emas, balki oldinda belgilangan va puxta o‘ylangan rejalar asosida hal etib boriladi. Tarbiya jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari, shaxsning o‘zini-o‘zi tarbiyalash va qayta tarbiyalash jihatlari muhim o‘rin tutadi. Inson, uning har tomonlama uyg’un kamol toptirish va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlari va ta’sirchan maxanizmlarini yaratish eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida qaralmokda. Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin! (Avesto). Avvalom bor, tarbiya nazariyasi Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalariga tayanadi, tarbiya nazariyasi o’z qoidalarini asoslash uchun falsafa, sosiologiya, etika, estetika huquqshunoslik, psixologiya fanlari ma’lumotlaridan foydalanadi. (Tarbiya nazariyasi o’z navbatida pedagogika fanining boshqa bo’limlari: pedagogikaning umumiy asoslari, pedagogika tarixi, ta’lim nazariyasi, maktabshunoslik bilan uzviy bog’langandir). Hozirgi zamon pedagogikasida tarbiya tarbiyachining tarbiyalanuvchi shaxsiga oddiy shunchalik ta’sir ko’rsatishi emas, balki tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning aniq bir maqsadga qaratilgan, bir-biri bilan hamkorlikda qiladigan munosabatlari va o’zaro ta’sir ko’rsatishi ekanligi alohida ta’kidlanadi. Bugungi kunda XXI asrda shunchaki bilim egasi bo’lgan insonni emas, balki ijodkor, o’z iste’dodi bilan ajralib turuvchi insonnn tarbiyalash zamon taqozosidir. Tarbiya jarayonida kishining qobiliyatlari rivojlanadi, g’oyaviy-axloqiy, irodaviy, estetik hislatlari shakllanadi, tabiatga, jamiyatga ilmiy qarashlar tizimi tarkib topadi, jismoniy kuch-qudratlari mustahkamlanadi. Hamma davrning ilg’or kishilari tarbiyaga yuqori baho berganlar. Xalq donishmandlari va mutafakkirlaridan Zardusht, Muhammad al-Xorazmiy, Imom

al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Ahmad Farg’oniy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Axmad Yassaviy, Maxmud Koshg’ariy, Shayx Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Burxoniddin Zarnujiy, Burxoniddin Naqshband, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Alisher Havoiy, Zaxiriddin Bobur, Zavqiy, Furqat, Avaz O’tar, Hamza, Abdulla Avloniylar inson kamolotini ilm-fan va tarbayada deb bilganlar. “Qobil odamni tarbiya qilmaslik – zulmkor va noqobil odamga tarbiyani behuda sarf qilish xayfdir. Tarbiyangni ayab unisini nobud qilma, tarbiyangni bunisiga zoya ketkizma”, - deb ta’kidlaydi A.Navoiy. “Qayerda rag’batlantirish bo’lsa, umid shu tomonga yo’l oladi, qayerga don sepilsa, shu yerga qush qo’nadi” , - degan Al-Buxoriy (Al-jomye as-saxix 114-bet). Farobiy deydi: Muallim shogirdiga nisbatan o’ta hokimlikka ham yo’l qo’ymasligi lozim, chunki o’ta hokimlik shogirdda muallimga nisbatan nafrat uyg’otadi. Agar shogird muallimning bo’shlig’ini sezsa, unda muallimga va uning o’qiyotgan ilmiga nisbatan sovish va mensimaslik paydo bo’ladi, - deb ta’kidlaydi. J.J.Russo “Agar siz bolalardagi sho’xlikni o’ldirsangiz, hech qachon dono odamlarni voyaga yetkaza olmaysiz”, - degan fikrni bildirgan. A.S.Makarenko “...Men ta’sir qilishning jismoniy metodiga qarshiman... Umuman jismoniy jazoni metod sifatida tan olmayman. Men jismoniy jazo foyda keltirgan biror bir oilani ko’rmadim”, - degan. Tarbiya metodlarida insonni har tomonlama kamol toptirish maqsadida bola ongi, his-tuyg’ulari, irodasi va xulq-atvoriga ta’sir ko’rsatishga aytiladi. A.S.Makarenko tarbiya metodlarini insonga ta’sir ko’rsatishni quroli deb ta’riflagan. Qimmatbaho marvarid donachasini oxirigacha parmalashda hadiksirab, ustalar uning bahosini tushunib yetmagan shogirdlariga berishadi. Shogirdlari butun borlig’i bilan ishga kirishib ketadi. Bunda ular qo’llari qaltiramay, qo’rqmasdan parmalashni davom ettirgan. Agar bu ishda xavfsirash bo’lsa, parmalash davomida biron bir tasodif bilan dur maydalanib ketsa, usta shogirdini

shapaloq bilan tushurgan. Tarsaki zarbi ularni yaxshiroq, sifatliroq ishlashga ko’niktirgan. Dur tirmalanib bo’lgandan so’ng xavfli vaziyat o’tib ketgan. A.R.Beruniy tarbiyachi bolalarga faqat nasihatgo’ylik qilmay, balki o’z х atti-harakati bilan namuna bo’lib ta’sir ko’rsatishi zarur", deb hisoblangan. Bola o`qishni, tarbiya olishni istaydi, katta bo`lib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga bola o`zini o`zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya jarayoni shaxsning ijtimoiy qimmatli fazilatlarini shakllantirishga, uning atrofdagi dunyoga, jamiyatga, odamlarga, o’ziga nisbatan munosabatlari doirasinn vujudga keltirishga va kengaytirishga qaratilgan. Shaxsning turmushdagi turli jihatlarga munosabatlari tizimi keng, xilma-xil va chuqur bo’lsa, uning ma’naviy dunyosi shunchalik boy bo’ladi. Tarbiya shaxsni ijtimoiylashtirish, uning aniq hayotiy mavqeini shakllantirish jarayonidir. Tarbiya shaxsning ongliligi, faolligi, fidoiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi va boshqa fazilatlarini shakllantiradigan jarayondir. Tarbiya o’z tabiatiga ko’ra ko’p faktorli xarakterga ega. Buning ma’nosi shuki, bola shaxsining qaror topishi maktab, oila, jamoatchilik, ijtimoiy muhit va yaqin atrofdagi vaziyatga bevosita yoki bilvosita ta’siri ostida ro’y beradi. Hamma narsa: odamlar, ashyolar, hodisalar, voqealar, avvalo ota-onalar va pedagoglar tarbiyalaylilar. (A.S.Makarenko) Tarbiya jarayonini mashhur pedagog A.Avloniy "Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot, - yo mamot, yo najot, - yo halokat, yo saodat, - yo falokat macalacidip" deb ta’riflagan va yana "Har mamlakatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi tarbiyachiga bog’liq". Ta’lim orqali nazariy kamolotga erishiladi. Tarbiya esa Farobiy fikricha "bu kishilar muloqotda etnik qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo’ldir", deb ta’riflaydi hamda "Insoniy maqsad - oliy baxt saodatga erishuvni o’ziga g’oya va oliy maqsad qilib olish kerak".