BIOSFERA YERNING HAYOT QOBIG‘I
BIOSFERA YERNING HAYOT QOBIG‘I Reja: 1.Biosfera – Yerning hayot qobig‘i 2. Biosfera - tabiiy sistema 3. Organizmlarning geografik qobiqdagi ahamiyati 4. Biomassa va uning tarqalishi
1. Biosfera – Yerning hayot qobig‘i Sayyoramizda tirik organizmlar yashaydigan va ularning ta’siri sezilib turadigan hamma joy (makon) biosfera deyiladi. Unga atmosferaning 16 km gacha bo‘lgan quyi qatlami, bugun suv va yer po‘stining 2600 m chuqurlikkacha bo‘lgan yuza qatlami kiradi. Yer yuzasi okean suvi yuza qatlami va tagi qismda organizmlar juda zich joylashgan yupqa qobiq biosfera markazi (yadro) ni tashkil etadi. Biosferadagi organizmlar uchta katta guruhga bo‘linadi: 1) Yashil o‘simliklar, eng qadimgi qoldiqlari yoshi 1,3 mlrd. yil. 2) Zamburug‘lar, quyi paleozoy erasidan buyon mavjud. 3) Hayvonot olami, yoshi 1 mlrd. yilga yaqin. O‘simliklarning 360 000 ga yaqin turlari mavjud. Ularning 60 000 gi eng oddiylar, yashirin urug‘lar 250 000. Hayvonlar turi yana ham ko‘p. 1 700 000 dan ortiq. Ulardan 1 000 000 ga yaqin turi hasharotlar. Zamburug‘lar turi 100 000 dan oshadi. Okeanlarda o‘simlik va hayvonlar turi ancha kam, 10 000 turga yaqin o‘simlik, 160 000 turga yaqin hayvon bor. Shundan baliqlar 16 000 tur, molyuskalar 80 000 tur, qisiqchbaqasimonlar 20 000 turdan ortiq. Yerning geografik qobig‘i taraqqiyot jarayonida, tirik mavjudotning bevosita ishtirokida hozirgi qiyofasiga ega bo‘lgan. Organizmlarii muhitdan ajratilgan holda o‘rganib bo‘lmaganidek, ular yashaydigan muhitni ham jonsiz tabiat taraqqiyotida o‘ynaydigan ulkan rolini hisobga olmasdan tushunish mumkin emas. Hozirgi atmosferaga, quruqlikdagi va okeandagi suvlarga, litosferaning yuqori qatlamlariga tirik moddalar ta’sir ko‘rsatgan va ular muayyan darajada tirik moddalarning mahsulidir. Geografik qobiqning ayrim joylarida odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishini muqarrar qilib qo‘ygan qulay sharoit vujudga kelgan. Bu jihatdan geografik qobiq kishilar faoliyati uchun geografik muhitdir.
“Biosfera” atamasi birinchi bor 1875-yil nemis geologi eduard Zyuss tomonidan fanga kiritilgan. Biosfera deganda Yerning hayot qobig‘i - tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi. U atmosferaning quyi qismi, gidrosferaning va litosferaning yuqori qismini o‘z ichiga olib, Yerning boshqa qobiqlaridan o‘zining bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Eng asosiy farqi-bu muhitda tirik organizmlarning (o‘simliklar, mikroorganizmlar, hayvonot dunyosi) mavjudligi hisoblanadi. Ammo biosfera yaxlit qobiqni hosil qilmaydi. Biosferaning yuqori chegarasi atmosferaning 25-30 km. balandlikda joylashgan ozon qatlami, quyibchagarasi quruqlikda 10-12 km. chuqurlikdan o‘tkaziladi. Gidrosfera esa butunlay biosfera tarkibiga kiritiladi. Organizmlarning asosiy qismi qalinligi bir necha o‘nlab metmi tashkil etuvchi atmosfera, litosfera va gidrosfera chegara zonasida joylashgan. Biosferadagi hayotni vujudga kelishi hali o‘z yechimini oxirigacha topmagan tabiatshunoslikning yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Ko‘pchilikning fikricha, hayot moddaning kimyoviy evolutsiyasini biologik evolutsiyaga o‘tishi natijasida vujudga kelgan deb hisoblanadi. Bunday o‘tish davri qachon va qayerda bo‘lganligi haqida hanuzgacha aniq ma’lumotlar olingani yo‘q. Yaqin yillargacha Yeming o‘zini mutloq yoshi haqida ham har xil fikrlar mavjud edi, eng yangi usullar yordamida olingan ma’lumotlarga qaraganda Yerning mutlaq yoshi 4,5 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlandi. Yerdagi eng qadimgi cho‘kindi tog‘ jinslarning mutlaq yoshi esa 4 mlrd. yil atrofida ekanligi aniqlangan. Ko‘pgina olimlarning fikricha Yerda hayot vujudga kelishidan oldin qariyb 1 mlrd. yil davomida organik birikmalarning abiogen sintezi amalga oshgan va shundan keyin birlamchi soda organizmlar shakllangan deb hisoblanadi.
Biosferadagi tirik organizmlarning umumiy massasi Yerning boshqa qobiqlarining massasiga nisbatan juda kichik bo‘lib 2,4 10 12 tni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich gidrosferaning massasiga nasbatan taxminan 600 ming barobar, litosferaning massasiga nisbatan 1,5 min barobar kam. Lekin shunga qaramay tirik oiganizmlarning geografik qobiqqa ko‘rsatayotgan ta’siri benixoya katta. Birinchi navbatda bu ta’sir geografik qobiqning biz ko‘rsatayotgan bir qator xususiyatlami shakllanishida o‘z aksini topgan. Ayniqsa yashil o‘simliklarninng fotosintez jarayonida atmosferadagi karbonat angidrid, suv va tuproqdagi eritmalar hisobiga organik birikmalarni vujudga keltirishi muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon katta miqdordagi Quyosh energiyasini geografik qobiqda to‘planishi bilan bog‘liq. Keyinchalik bu energiya yonish, chirish jarayonida arof-muhitga chiqadi yoki boshqa organizmlaiga ozuqa zanjiri orqali uzatiladi. Biosferada energiya manbai sifatida har xil kimyoviy reaksiyalar ham xizmat qilishi mumkin, shuni hisobiga bakteriyalar organik mahsulotni vujudga keltiradi. Atrof-muhitning sharoitiga moslashishi, organizmlami tabiiy raqobat natijasida tanlanishi tirik organizmlarning evolutsiyasini ta’minladi. Birlamchi tirik organizmlami vujudga kelishi atmosfera, litosfera va gidrosferadagi moddani biologik o‘rin almashishiga jalb etish bilan birga uni energiya manbalaridan foydalanish imkonini yaratdi. Organizmlarning ichki energiya manbai, agar u uni tashqi muhitdan nur, issiqlik sifatida olmasa, moddani oksidlanish jarayonida ajratgan energiyasidan iborat. Ma’lum muhitda vujudga kelgan organizmlar bu muhitni u yoki bu darajada o‘zgartirdilar, o‘zlari ham o‘zgarib boradilar. Shunday qilib biosfera-deganda tirik organizmlar mavjud muhit tushuniladi. Biosferada moddaning ikkita asosiy toifasi mavjud: ular tirik organizmlar va jonsiz modda. Tirik organizmlar o‘z faoliyati natijasida
Quyosh energiyasi hisobiga kimyoviy birikmalarni vujudga keltiradi, bu birikmalar parchalanganda kimyoviy ish bajarishga qodir energiya ajralib chiqadi. Kimyoviy nuqtai nazardan tirik organizmlar materiyaning faolshakllaridan biri bo‘lib, uninig kimyoviy energiyasi energiyani boshqa masalan, mexanik, issiqlik va h.k. shakllariga aylanishi mumkin. Jonsiz modda - tirik organizmlar tarkibiga kirmagan minerallardan yoki kimyoviy elementlardan iborat bo‘lib, uning tarixiy davr mobaynida ajratgan energiyasi (radioaktivli, kimyoviy) unchalik ko‘p emas. Biosferadagi tirik va jonsiz organizmlar hayotiy jarayonlar ta’sirida bir-biri bilan chambar-chas bog‘langan. Yerda hayotni keng tarqalishida tirik organizmlaming har xil sharoitga moslashish qobiliyati muhim ahamiyatga ega. Misol tariqasida ba’zi bir mikroorganizmlar harorati +180° dan -253°ga bo‘lgan muhitda yashashi mumkinligini ko‘rsatishimiz mumkin. Ulardan ba’zi birlari 3000-8000 atmosfera bosimiga chidashi mumkin. Hayot shakllari ham xilma-xildir. Yer yuzida 500 mingga yaqin o‘simlik va 1,5 mln.ga yaqin hayvonot turlami uchratishimiz mumkin, dunyodagi hamma minerallarning soni esa 4 mingdan biroz ko‘proq xolos. Vladimir Ivanovich Vernadskiy biosfera kimyoviy elementlarning to‘planishi, almashinishi va tarqalishida organizmlarning rolini, biosfera inson mehnati va u qo‘lga kiritgan ilmiy muvaffaqiyatlar tufayli asta-sekin yangi holat – noosfera (aql-zakovat qobig‘i)ga o‘tishini birinchi bo‘lib ko‘rsatib berdi. “Noosfera” - iborasi ilmiy adabiyotga V.I. Vernadskiyning biogeokimyoviy fikrlari tarafdori, fransuz matematigi va faylasufi e.M. Rua tomonidan kiritilgan. Ammo V.I. Vernadskiy unga butunlay yangi ijtimoiy, ekologik mazmun bahsh etgan. Uning tushuntiricha, noosfera biosferaning shunday bir