logo

Bolalar folklorining o’ziga xos jihatlari (xajm, sujet chizig’i, janrlar).

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

29.0146484375 KB
Bolalar folklorining o’ziga xos jihatlari (xajm, sujet chizig’i, janrlar).
REJA:
1. Bolalar xalq og’zaki ijodining janr turlari va ijro usullari.
2. «Ramazon»,   «Boychechak»,   «Oq   terakmi–ko’k   terak»   qo’shiqlarining   ijro
yo’llari.
3. Bolalar o’yinlari va ularning mazmuni.
4. Bolalar fol’klorining tili va badiiy xususiyatlari.
       Bolalar tomonidan yaratilgan og’zaki ijod namunalari bolalar fol’kloriga kiradi.
Ba`zan   bolalar   uchun   kattalar   ham   bolalar   fol’klorini   yaratganlar.   Bular   «Alla»
qo’shiqlari,   ertaklar,   tez   aytishlar,   topishmoqlar,   o’yin   qo’shiqlari,   o’yinlar,
ermaklar va boshqalar. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan qo’shiqlarning
ko’plari   yil   fasllari   bilan   bog’langan.   «Boychechak»,   «Oftob   chiqdi   olamga»,
«CHittigul»,   «Laylak   keldi,   yoz   bo’ldi»,   «Qurbaqa»,   «Qaldirg’och»   singari
qo’shiqlarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi. Ular
bahorning   kelishi,   qushlarning   uchib   kelishi,   suvlarda   qurbaqalarning   paydo
bo’lishi   bilan   bog’liqdir.   «YOmg’ir   yog’aloq»   qo’shig’i   esa,   dehqon   bolalarini
quvontirgan   bahor   yog’irini   yog’ishini   tasvirlaydi.  Bolalar   yilning  hamma   faslida
o’yin   bilan   shug’ullanadilar.   O’yin   ham,   qo’shiqlar   ham   bolalarning   aqliy   ham
jismoniy   kamolotga   etishiga   yordam   beradi.   Bolalar   qo’shiqlari   katta   tarbiyaviy
ahamiyatga   ega   bo’lib,   ularning   intizomli,   jasur   va   boshqa   ijobiy   sifatlarini
tarbiyalaydi. Xalq og’zaki  ijodida bolalar  qo’shiqlari ham marosim va urf-odatlar
bilan   bog’liq   bo’lgan.   SHulardan   biri   «Boychechak»dir.   Bu   qo’shiqda   bolalar
boychechak o’simligini dala-qirlardan qidirib topgach, hovlima-hovli yurib qo’shiq
aytganlar. Xonadonlar esa, qo’shiq aytgan bolalarni turli xil emishlar bilan ziyofat
qilganlar. 
Ijodkor   xalq   badiiiy   so’zning   yosh   avlod   tarbiyasidagi   kuchi   va   jozibasiga
qadim   zamonlardanoq   ishongan.   U   o’zining   eng   noyob   asarlarini   so’z   mo’`jizasi
bilan bunyod keltirgan.  
Bolalar fol’klori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosini uyg’unlashuvi
oqibatida   yuzaga   kelagan   o’yinlar,   qo’shiqlarning   butun   bir   tizimi   tarzida   tarkib
topgan Bolalar fol’klori bolalarda eng yaxshi fazilatlarni- vatanparvarlik, mehnatga
muhabbat, kishilarga ishonch, do’stlarga sadoqat tuyg’ularini ekattalar bilan birga
tabiat   stixiyalariga   qarshi   kurashish   va   ularni   engish   malakasini   tarbiyalaydi.
Bolalar fol’klorini yaratishda kattalar ham bolalar ham baravar hissa qo’shishgan.
Kattalar   bolalarni   erkalash   she`rlarini   yaratishganki,   alla,   aytim,   olqish,
ovutmachoq, qiziqmachokq, singari erkalash xususiyatlariga ega bo’lgan bu janrlar
onlaik fol’klari tarzida ifodalangan. Onalik   fol’klori   keng   ma`nodagi   tushuncha   bo’lib,   poetik   namunalarda
erekalash   xususiyati   etakchidir.   SHu   mantikka   asoslanib,   onalaik   folb’ekloiridva
poetik   asarlar   silsilasini   nasriy   asarlar   guruhidan   ravshanroq   ajratish   niyatilda
onalarni   erkalovchi   she`orlari   deb   ham   atash   mumkin.   O’z   navbatida   erkalash
she`riyatiga   mansub   namunalarning   ijro   maqsadi,   urni   va   bola   yoshi,   saviyasiga
ko’ra   guruhlarga   bo’ltnadi.   Birinchi   guruhga     mansub   qo’shiqlar   bolaning
beshikdagi   davri   bilan   chambarchas   bog’liq.   SHuning   uchun     ularni   beshik
qo’shiqlari deyishadi. Allalar, aytimlar, olqishlar, ana shunday xususiyatlarga ega.
Beshik   qo’shiqlari   bola     uch   yoshga   to’lgunga   qadar   aytiladi.     Allalar-ijtimoiy
estetik   qiymatiga   ko’ra   birinchidan-bolalarni   uxlatishdan   iborat.,   ikkinchidan-
tarbiyaviy   estetik   mohiyat   kasb   etishdan   iborat.   Beshik   qo’shiqlarida   eng   ko’zga
ko’rinadigan mavzu- bola ta`rifi. Ona o’z bolasina   o’zibilgan yaxshi so’zlar bilan
ta`riflaydi. 
         Quzi boqqan qo’y etsin,
         Topganimga to’y etsin .
         To’y-to’ylarga ulansin,
         Davlat boshingga urnashsin.
         Alla-yo,  alla.
Ikkinchi   guruhga   oid   qo’shiqlar   bola     tug’ilganidan   to   10-11   yoshga
to’lgguncha   ijro   etiladigan   aslida   beshik   bilan   bog’lanmagan   onalik   mehri
tarovatidan   yuzaga   kelgan   badihalardir.   Bular   suyish   qo’shiqlari   bo’lib,
erkalatmalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlardan tarkib topgan
  Aytim-olqishlar   erkalovchi   ruhdagi   rasm-rusum   bo’lib,   aksariyati,   asosan,
bolalarning   beshik   davriga   oid   turlm   tuman   marosimlarda   ijro   etiladi.   CHaqoloq
beshikka solinganda, cho’miltirilganda, birinchi qadamini bosganda, sochi birinchi
olinganda,   bola   sha`nigasiriq   tututilganda,xullas     shunday   rasm   rusumlarning
mazmuniga   yarasha   aytim   olqishlari   mavjud.   Bolaga   yangi   kiyim   kiydirish
qutlovigv aylangan quyidagi aytim-*-olqishga e`tibor berish lozim.
         San bir yillik,
         Man ming yillik,          Kiya-kiya to’zdiraylik,        
         Dugonalarimdan uzdiraylik.
Erkalamalar.   erkalamalar   kichkintoylar   g’ashlanganda,   baqirib-   chinqirib
yig’laganda,     betoqatligi   oshganda   aytilib,   kayfiyatning   ko’tarinkiligini   oshirish
uchun ijro etiladi.
         O., shugina, shiringina,
          Munchagina, tunchagina
          Kunchagina,  shunchagina, 
         YAshnab turgan  kunchagina.
«YAsha»,   «Balli»,   «Ofarin»,   «Rahmat»,   kabi   erkalovchi,   olqishlovchi
so’zlar ham bolaga quvonch bag’ishlaydi. 
   Ovutmachoqlar.   Onaning bola bilan bo’lgan munosabatlarida juda qadim
zomonlarlardagi   odatlarning   izlarini   ko’rishimiz   mumkin.   Bular   kishilarning
tirikchilik shakllari, turli xil an`analari bilan birga, ularning o’z davarida animistik,
totemistik   tushunchalarda   bo’lganlig   larini   tasdiqlaydi.   Biz   bu   tushunchalarni
ba`zi   keksalarning   harakatlari   vaqtida   kuzatamiz   Masalan:   ona   bolani   beshikka
belayotganida   o’ng   qo’li   bilan   qovuzni   tekislab,   keyin   bolani   yotqizayotib,
shunday so’zlarni aytadi: 
      egalari kirsin, bobovlari chiqsin.
  Bolani   beshikdan   echib   olayotganda   esa:   Uyqusi   beshikda   qolsin.-   deydi.
Diqqatimizni   ikki   narsa   o’ziga   jalb   qilad;   bir-   beshikning   egasi   bola.   Bolani
beshikka belaguncha bu joyda, vaqtincha, boshqa   bir narsa  egallab turibdi. egasi
kelganda u joyni bo’shatishi kerak. Ikkinchi: Uyqu bodadan ajrab, beshikda qolishi
kerak ekan.
  Mahmud     Koshg’ariyning   nazari   xam     bu   faktni   ham   chetlab   o’tmadi:-
Isiriqq,   isiriq   deyilganda   «Ey   jin,   es-hushingni   yo’qot.»   Deyilgani   bo’ladi»   deb
izoh beradi olim.
  Ovutmachoqlarning   ma`lum   bir   turkumi   onalarning   qilgan   harakatlarida
o’lchovlik   vazifalarini   ham   o’taydi.   Masalan6   ona   beshikdagi   bolani   echib   olar ekan,   o’ng   bilagidan   g’oz   ko’tarib,   «O’s,   O’s,»-   deydi,   yana   chap   bilagidan
ko’tarib, «O’s,....O’s,» deydi. 
  Ovutmachoqlar   yana   bolarning   tinchlantirish   ehtiyojini   qondiruvchi
maqtovlardir.
       Vuy-vuy, shuginani kim urdi,
       Vuy-vuy, shuginaga kim lab burdi.
       Yig’lama oppoqqinam,
       Boshimdagi  qalpoqqinam.
Tez aytishlar va topishmoqlar. Tez aytishlar yoki so’z o’yinlari o’zbek xalq
og’zaki   ijodi   turlaridan   biri   bo’lib,   ayrim   nutq   tovushlarining     ko’p   qaytarilishi
yoki   tovushlarning   so’z   va   iboralar   tarkibida   murakkab   joylashtishiga
asoslanadi.Tez aytishlar vositasida bolalar ona’ tilidagi tovush va so’zlarni ravon,
burro, aniq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so’zlarning nozik ma`nolarini
his va idrok  qilish, aniqlash va ilg’ab olishni mashq qiladilar.
      Qishda kishmish pishmasmish,
      Pishsa kishmish qishmasmish. 
O’zbek   xalq   og’zaki   ijldida   tez   aytishlar,   so’zo’yinlari   qadim   zomonlardan
beri   bor.   Lutfiy,   Alisher   Navoiy   kabi   mutafakkirlarning   asaralrida   ham   so’z
o’yinlarini   uchratishimiz   mumkin.   A.navoiy   tuyuqlari   haqida   so’z   yuritar   ekan,
uning ildizlari xalq poeziyasi janrlaridan kelib chiqishiga ishora qilib., tuyuqlarni-
«yor-yor», «qo’shiq»lar bilan bir o’ringa qo’yadi. Tajnis va iyhom- ikki va undan
ko’p   ma`noli   so’z   san`ati   deb   ta`riflaydi.       Aksariyat   tez   aytishlar   talaffuzi   bir-
biridan   katta   farq   qildigan   fonemalar   asosida,   jumladan,   «SH»,   «L»,   «R»
undoshlari asosida tuzaladilar. Masalan: «Lola arralaydi, Sora allalaydi» 
Bu   birinchi   turkumga   kirgan   tez   aytishlar   yordami   bilan   uch-to’rt   yoshga
kirgan   bolalarning   «R»,   «SH»   tovushlarini     to’g’ri   talaffuz   qilishi   yoki   «L»va
«S»ga almashtirib yuborishi ma`lum bo’ladi.
Ikkinchi bir turkum tez aytishlar borki, unda bolani ayrim tovushlarni to’g’ri
talaffuz   qilishga   o’rgatish   bilan   birga,   bolaning   xayolini   bir   joyga   yig’ishga,
jumlaning mantiqiy urg’o’sini aniqlab olishga jalb qilinadi.  Masalan: Bir tup tut, bir tup tutning tagida bir bir tup turp. Bir tup tut bir tup
turpning tomirini turtib turibdi, bir tup turp bir tup tutning tomirini turtib turibdi
Ko’rinib   turibdiki,   misoldagi   «tut»,   «turp»   so’zlarini   to’g’ri   talaffuz
qilishdan tashqari, jumladan to’g’ri takrorlash, tutning va turpning turgan o’rni va
holatlarini yodda saqlab qolish kerak.
Tez   aytishlar   kichik   va   maktab   yoshidagi   bolalar   nutqida   ayrim   nutq
tovushlarni buzib talaffuz etish hollarini tuzatishga, to’g’ri so’zlaydigan bolalarda
esa adabiy talaffuz normalarini mustahkamlashga yordam beradi.
Bolaga tish chiqishi bilan bog’liq irimlarda esa «yordamchi» so’zlar bulmay,
bunda   xalq   og’zidagi   afsonalar   aytiladi.,   ba`zi   odatiy   ishlar   qilinadi:   Onalar
qozonda bug’doy qovurib, chvqoloqning ustidan sochadilar, «chaqaloqning tishlari
xuddi   bug’doydek   chiroyli   chiqsin   deyishadi   To’plangan   bolalarni   bug’doy
qovurmochi   bilan   mehmon   qilinadi.   Ba`zan   bu   odatni-bug’doy
sochilishiyb-«nasibalik   bo’lsin»   deb   tushuntiradilar.   CHorvador     joylarda
chaqaloqning   tishi   chiqish   vaqtida   otga   mindirib   olishadi.,   «ot   tishi   chiqadi»
deyishadi.Agar qo’yga mindirilsa «qo’y tish» chiqar ekan. 
So’z   o’yinlari.   O’zbek   xalqining     askiya,   tuyuqlar,   qochirimlar,   bahri   bayt
singari   og’zaki   ijodlarida   so’z   o’yinlari   asosiy   rol’   o’ynaydi..   Bolalar   juda
yoshligidan   boshlab   kattalar   og’zidan   eshitgan-ona   tili   boyligimizni   juda   ustalik
bilan namoyish qilishning guvohi  bo’ladilar. Ayni  vaqtda bolalar  bir  so’zning bir
necha   ma`nosini   tushunishga   mashq   qiladilar.   Keyinchalik   o’zlari   ham   so’z
o’yiniga   singari   so’   jumlalari   to’qiydilar   Masalan,   bolalar   kattalardan   mana   shu
so’z o’yinlarini eshitad:
         Qizarib pishgan olmadi,
         Olmadan nega olmadi,
         Olmagani xo’b bubdi,
         endi kelsa olma, di.
Bu   xalq   og’zida   aytilib   yurgan   to’rtlik   tajnis   asosida   qurilgan,   mumtoz
adabiyotda   tuyuqning   o’zi.   Bola   buning   aynan   o’ziga   uxshash   boshqa   bar variantini «to’qib» bera olmadi, balki, o’z kuchiga qarab, to’rtlik emas, balki ikki
yo’ldan iborat so’z o’yini ijod qildi. 
          Olmaxon olmani ol, ma!
          Olmani olmaxondan olma.
Bu   erda   olma   so’zi   aavval   buyruq,   keyin   inkor   ma`nosida   qo’llangan.
Misralarda   so’z   o’yini   ham   shu   ikki   xil   ma`no   berish   asosida     qo’rilgan   bo’lib,
unda bolaning shu so’z ma`nolarini farqlay olishi talab etiladi.
  Bolalar   qo’shiqlari .   Kishilar   o’z   mehnatlarini,   turmushdagi   barcha
voqealarni   qo’shiq   bilan   bezaganlar.   O’zbek   xalq   og’zaki   ijodiyoti   boyliklari
ichida kattalardan bollalarga meros qoladigan qo’shiqlarning salmoqli turi mehnat
qo’shiqlaoidir.
                    Oq sigir , ko’k sigir, 
                    Qani tezroq  bo’l sigir,
                    Doni menga,
                    Somoni senga,
                    Xo’p, to’p.
Katatalarning   bollarga   aytib   beradigan,   keyinchalik   bolalarga   meros   bo’lib
qoladigan yana bir qo’shiqlar  turkumi Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit
turk»   dan   to   bizning   davrimizgacha   aytilib   kelingan   jonli   va   jonsiz   personajlar
bahsidir.
               Oq sholi, ko’k sholi,
               Oq sholini oqlaylik,
               Ko’k sholini ko’klaylik,
               Niyozbekka saqlaylik.
Xalq   o’rtasida   suv   haqida   juda   ko’plab   afsonalar.   qo’shiqlar,   ertaklar
yaratilagan.   O’zbek   xalqiningg   eng   yaxshi   orzulari   suv   bilan   bog’langan.   BU
umumxalq   ruhidan   bolalar   bolalar   ham   chetda   qolmaganlar..   Ularning   o’yin   va
ashulalarida ham suv, tabiat hodisalari mavzui bor.ulardan biri yomg’ir haqidadir.
               YOmg’ir yog’aloq,
               echki sog’aloq,                Boyning o’g’lini
               Qorni dumaloq.
Qo’shiqning bir necha variantlari mavjud:
              YOmg’ir yog’aloq,
              YAm-yashil o’tloq,
              endi ekinlar,
              CHiqarar quloq.
Buxoro   viloyatinigg   o’zbek   va   tojik   tillari   asosida   shirin-shakar   qilib;»
YOmg’ir-yomg’ir   bore   bore   yoqqaningni   ko’ray»-deyishadi.   Farg’onada   yosh
qizlar   «YOmg’ir   yog’,   Sochim   o’s!»   deb   qichqirishadi.   Surxondaryoda   esa
yomg’ir  yoqqanda aytiladigan shunday qo’shiq bor:
                      YOmg’ir yog’sin,
                      O’ralar to’lsin,
                      Sur xotin, 
                      Sur xotinga suv kerak,
                      Qozon to’la un kerak.
Bunda   yomg’irning   «qozon-   qozon   un»   keltirishi   ochiqdan-ochiq     aytib
qo’yiladi. Don-un, un-non. Bolaga esa non ekrak.        Qor haqida ham qo’shiqlar
bor. Qadim zamonda qor  kambag’allik, ochlik, yupinlik ramzi edi. Qorni yog’ishi
inson   irodasidan   tashqari   hodisa,   odamning   unga   itoat   qilishdan   boshqa   chorasi
yo’q  deb   tushunilardi.  SHuning  uchun  Qor  xatlar:   «Qor  yog’dirgan  xudoyimning
o’zi»   so’zlari   bilan   boshlanar   edi.   Qorda   qolgan   odam   nochor   odam   sifatida
tasvirlanadi.   Ko’pincha,   chol   va   kampirlar   tilga   olinardi.   «Qolgan   ishga   qor
yog’ar»   maqollari   esa   omadsizlikdan.   Ishni   yurishmasligidan   darak   berardi.
Qo’shiqlardan bir misol:
                    Qor yog’adi guppillab,
                    Ammam kelar cho’kalab,
                    Ko’rpacha soling yonimga, 
                    Ammam kelsa uyimga Bahor   fasli   kelishi   bilan   balalar   o’yinlarini   boshlab   yuboradilar.   O’g’il
bolalar   osmonga   varrak   uchiradilar.   Qiz   bolalar   sochlariga   bargak   taqadilar.
Bolalar tol chiviqlarini qo’l bilan uqalab, asta po’stini shilib, o’zlariga sivizg’alar
yasaydilar.   Kichkintoylar   xivichlarni   «toy»   qilib   minishadilar.   Boychechak
bolalarning   birinchi   qo’shig’iga   sazovor   bo’ladi.   Ular   bu   qo’shiqni   baland   ovoz
bilan bab-baravar aytadilar.
                     Boychechagim boylandi,
                     Qozon to’la ayrondi, 
                     Ayroningdan bermasang,
                     Qozonlaring vayrondi.     
Kattik erdan kazlab chikkan boychechak,
YUmshok erdan yugurib chikkan boychechak.
Boychechakni tutdilar,
Tut yogochga osdilar.
Kilich minan chopdilar,
Baxmal minan yopdilar.
O’zbek va tojik etnografiyasining, fol’klorining tadqiqotchisi  prfessor E.M.
Peshchereva   suhbat   vaqtida   nega   «   boychechakni   tutdilar,   tut   yog’ochga   osdilar»
deyilishiga   diqqatimizni   tortdi.   Haqiqatdan   havm,   qadim   SHarqda   tut   daraxti
muqaddas daraxtlar dan biri deb hisoblangan. O’zbeklarda mazkur e`tiqodga ko’ra
daraxtning «egasi bor»  deb hisoblanadi.,  ehtiyot qilinadi, uning tanasidan xotinlar
sochini   tarash   uchun   tarok,   bola   belaydigan   beshik   kilinadi.     Boychechak   xalk
orasida ramziy timsol bulsa kerak. Negaki, u xuddi odam singari tasvirlanadi. Uni
«Tutadilar»,   «tut   yogochga   osadilar»,   «kilich   bilan   chopadilar»,   «baxmal   bilan
yopadilar». Bunday ishlar  bundan 2-3 ming yil ilgari  kadim  Misr, YUnonda xam
bulganini etnograf tarixchilar biladilar.
Boychechak bolalar tushunchasida ijodiy timsol u, yoshlik, jushkinlik ramzi.
U   uzbek   bolalari   ogzidan   yozib   olingan   bir   variantda   boychechakni   kilich   bilan
chopish   «kamlik   kiladi»,   uni   «balgon»   bilan   uradilar   va   keyin   kilich   bilan chopadilar.   Demak,   u   yana   «isyonkor»   xam   ekan.   Uzbek   xalkida   biror   kishi   uz
kuchi   bilan   kiynalib   usgan   bulsa,   «axir,   u   kattik   erdan   katalab   chikkan
boychechakning   uzi-da!»   deyishadi.   Buning   xammasi   boychechak   mexnatkash
kishi timsoli ekanidan dalolat beradi. Toshkent viloyatida: 
Boychechagim, boychechak,
Etagim tula boychechak.
YOki:      
Boychechagim bolasi,
Kulogida donasi,
Donasini olay desam,
YUgurib chikdi onasi.
Baxor faslida «CHidti gul» kushiklari xam aytilib, kelingan. Bu kushik bilan
bolalar   kushikka   mos   xarakatlar   bilan   uynaydilar.   Kushik   oxangi   uyinga   ulchov
mezon bulib uni etaklaydi. Uyin esa kushikning mazmunini tuldiradi. Unga xarakat
bagishlaydi.   Bola   bir   vaktning   uyindan   xam   ma`naviy,   xam   jismoniy   jixatdan
roxatlanadi.   Kushik   ijrosini   kuz   oldimizga   keltirib   kuraylik.   Kizlar   juft-juft
bulishib,   kaftlarini   bir   vaktda   bir-biriga   urib,   aylanishib,   yana   urishtirib,   kushik
aytadilar.   «CHittigulo-chittigul»,   deyilganda   kizlar   yuzma-yuz     turadilar.   Kullari
ma`lum  tartib  bilan  bir-birlariga  karsillab  tegib,  chiroyli   oxang  kasb   etadi.  «Xay-
yu,   chittigul,   xay-yu   chittigul»   deyilganda   kizlar   bir   xil   makom   bilan   turgan
joylarida gir aylanadilar.
  CHidti gul-o, chittigul,
Xay-.yu chitigul,
CHidti gulga gul bosay,
Bir yonini yonbosay,
Hay-yu chittigul,
Hay-yu chittigul,
              Quling qulvog’dan bo’lsin,
     Beling belbog’dan bo’lsin
  Hay-yu chittigul,   Hay-yu chittigul.
YOz faslida «Laylak keldi, yoz buldi» kushigi kuprok aytiladi. Bu kushiku
kunlarning   isishidan,   ekinlarning   unishidan,   kushlarning   kelishidan,   ariklardan
suvlarning tulib okishidan, bola kunglida kuvonch uygotadi.
Bolalar   ota-onalaridan   laylak   xakidan   kup   ertaklar,   afsonalar   eshitganlar.
Ular laylakni yoz faslini elchisi sifatida tasavvur etadilar.    
 Laylak keldi, yoz buldi,
 Kanoti kogoz buldi,
 Laylak boradi tokka,
 Kuloklarida xalka.
 Xalkasi tushib koldi. 
 Utirdi yiglamokka.
 Laylak keldi ilon koch,
 Bola chakang olib koch,
 YAngi tuning kiyib koch.
 eski tuning tashlab koch.
Kushikning   bolalar   kushigiga   xos   yana   bir   tomoni   bor:   Kushik   oxiri
kutilmaganda   «ilon   koch»,   turtligi   bilan   tugallanadi.   Avvalo   ilonni   bola   yomon
kuradi, ilon bor joyda chumilolmaydi.
Ikkinchidan   laylak   ilon   eydi,   shuning   uchun   kochish   kerak.   Uchinchidan,
yoz bulib, laylak kelishi vaktidan ilon tullab, pust tashlaydi. Bu kushik fasl izining
kurinishidir.   Kushikning   variantlari   kup.   Ba`zi   kushiklarda   laylakni   «opa»   deb
ataladi va unga xazil mutoyiba bilan murojaat kilinadi: 
Laylak opa,
   Boshinga kapa,
   Takiyam suvga tushib ketdi.
            Olib bering, jon opa! 
«Oftob   chiqdi   olamga»   qo’shiqlari   bir   turkum   she`rlarini   tashkil   qiladi.
Aslida qo’shiq oftobning chiqishi bilan bllalar, kattalar quvonchiga bag’ishlangan
bo’lsada,   bora-bora   u   maishiy   tus   olib   ketadi.   Bodalarning   pishiqchilik-arpa, bug’doy pishishi,yantoq, quvray, ajriq qurib- o’tin bo’lishi, qozon- tandirlarda non
yopilishi, bolarning to’yib non eyishi imkoni haqida qo’shiq aytilishi kutiladi.
                        Oftob chiqdi olamga,
                         YUgirib bordim xolamga, 
                         Xol, xlo kulcha ber!
                         Xolam dedi:- O’tin ter!
                         O’tin terdim bir quchoq,
                          Kulcha yopdi bir o’choq.
                         O’g’liga berdi yog’liq kulcha,
                         Menga berdi kuyuk kulcha.
Bola   termalari.   Bola   hayotida   qo’shiq,   o’yin,   mashg’ulotlardan   tanaffus
bo’lmaydi.             YUqorida   keltirib   o’tilagn   qo’shiqlardan   ham   mukammalroq,,
voqealari   murakkabroq   qo’shiqlar   bor.   Biz   ularni   xususiyatlaridan   kelib   chiqib,
afsonaviy   qo’shiqlar,   voqeaband   balo   termalari   deb   atasak   ham   bo’ladi.   Negaki,
bolalarning   jo’shqinligi   va   izlanuvchanligi,   sabrsizligi   va   harakatchanligi   to’lib
toshgan     luarning   sermahsul   fantaziyasi   bilan   ham   yo’g’rilgan.   O’zbek   bolalari
aytadigan   «Osmondagi   oy»,   «Asakaning   yo’lida»   singari   qo’shiqlar   diolog
shaklidagi qo’shiqlar sarasiga kiradi.
       -Osmondagi oy,
         Saydazim boy,
         Nima eyapsan?
        -Olma eyapman.
        -Olmangdan tashla
        -Acham urushadi.
        -Achang o’lsin.
       -Xudo saqlasin.
       -Hovlingni supur,
        Lo’li o’ynasin, 
        Qozoningni yuv,
        Go’ja qaynasin. O’zi   kichig-u,   ichida   qancha   xalq   hikmati   borligiga   diqqat   qiling:   olma
eyayotgan kishining davlati Toshkentdagi mashhur savdogar Saydazimboynikidan
kam   emas,   Qizg’anchiq   «acha»ning   boridan   yo’g’i   yaxshi;   hovli   supurilsa   to’y
buladi, tuyda lulilar uyin kursatishadi; kozon yuvilishining xam xosiyati bor - ichi
tulib, ovkat kaynaydi. Ovkatning xam gujasi kaynasin (palov, shovla, xalim pishsin
deyayotgani yuk!) Negaki, fakat guja kaynasagina bolalar tuyib-tuyib icha oladilar.
«Tepdim   sandik   ochildi»   kushiklari   vokeband   kissa   tarikasida   aytiladigan
kushiklardan biridir. Bu kushikning bir necha variantlari tuplanib, elbek tomonidan
nashr ettirilgan. 
Tilla sandik ochildi,
Tagiga bodom sochildi.
U bodomni terolmay,
Kanotlari kokildi.
Kanot bering uchaylik,
Ok saroyga tushaylik
Kushik   24   yuldan   iborat   va   uyinning   sharti   xam   bayon   kilingan.   Kushikda
bola   fantaziyasi   e`tiborga   olingan.   Bunday   kushiklar   bolalar   kushikchiligining
takomillashmagan yukori darajadagi shakllar bulib, kushikchilikning avvalgi  yoki
keyinchalik   kuriladigan   mayda   termalari   boskichini   utgandan   keyingina   yuzaga
kelgan deyish tugri buladi.
Bolalar o’yin fol’klori.  Xalk ijodi namunasi xisoblangan bolalar uyinlari uz
tarkibida muayyan ritmik izchillikka asoslangan xatti-xarakat, ramziy ma`no kasb
etuvchi   etnografik   detallar,   poetik   fol’klor   namunalari,   oxang   va   tomoshaviylik
elementlarini yaxlit xolda mujassamlashtirgan sinkretik  xodisadir. Bolalar uyinlari
ajdodlarimiz   tafakkurining   eng   kadimgi   elementlaridan   biri   bulgan   ibtidoiy
rituallar va marosimlarning tarkibiy kismi sifatida juda kadim zamonlarda yuzaga
kelgan. Davrlar utishi bilan bunday marosimlar tarkibidagi uyinlar uzining rituallik
xususiyatini yukotib, oddiy tomosha unsuri yoki kungil ochar vositasiga aylangan.
Bolalar   uyinlarining   muayyan   bir   kismi     bevosita   kadimgi   odamning   uz
turmush tarzini badiiy talkin etish extiyoji tufayli bevosita mexnat kilish jarayonida shakllangan.   Ovchilik,   chorvachilik,   dexkonchilik,   shuningdek,   kadimgi
xunarmandchilik,     ajdodolarimizning   kundalik   turmush   tarzi   bolalar   uyinlarining
kelib chikishiga asos bulgan dastlabki va asosiy ijtimoiy banbalar  sirasiga kiradi.
Ajdodlarimiz   -   kadimgi   turkiy   kavmlarining   turmush   tarzi   ovchilik,
chorvachilik   bilan   bevosita   boglik   bulgan.   Kuchmanchilikka   asoslangan   turmush
tarzi ajdodlarimizdan uz farzandlarini yaxshi chavondoz karagay mergan kuragi er
kurmagan   paxlvon   kilib   tarbiyalashni   takozo   etadi.   SHuning   uchun   ot   uyinlari,
poyga, tirandozlik musobakalari kurash, tuya, kuchkor, xuroz urushtirish kadimdan
keng   rasm   bulgan   edi.   ana   shu   an`analar   asosida   asrlar   davomida   uzbek   bolalar
fol’klor uyinining badiiy tizim shakllangan.   Bolalar uyin fol’kloriga oid manbalar
tuplash 
1.  X1 asrdan X1X asrning ikkinchi yarmigacha bulgan davr.
2.  X1X asrning oxiri XX asrning 30 yillarigacha bulgan davr 
3.  XX asr 30 yillaridan to bugungi kunga kadar 
Bolalar   uyinlari   xakidagi   ilik   ma`lumot   X1   asrda   yashab   utgan   mashxur
turkiyshunos   olim   M.Koshgariyning   devonu   lugatit   turk   asarida   kayd   etilgan.
Turkiy   kavmlar   orasida   tup   bilan   uynaladigan   kadimiy   uyinlardan   biri   CHavgon
keng   rasm   bulgan.   Bolalarning   uyin   tanlashdagi   didi   va   uyin   turlari   yillar   utib
uzgarib   bormokda.   Bugungi   kundagi   uyinlarda   vatanparvarlik   ruxi   yakkol   kurina
boshladi.   Bu   uyinlar   xalk   bilim   va   tajribasini   yillar   davomida   mukammallashgan
kurinishidir.
  «Navro’zjon» qo’shig’i navro’z faslining erkalatib aytilishidir. Bunday vaqtlarda
bolalarning   bahorgi   o’yin-kulgilari   asosida   qo’shiqlar   yaratiladi.   O’g’il   va   qiz
bolalar orasida yaqin kunlargacha «To’p», «To’p tosh», «CHittigul» kabi o’yinlar
bo’lardi.   Bu   o’yinlarning   har   birining   o’ziga   xos   qo’shiqlari   bo’lib,   ular   o’yin
jarayonida   bir   bola   yoki   ko’pchilik   tomonidan   ijro   etiladi.   Topishmoqlar   ham
bolalar   o’yinining   bir   turi   hisoblanadi.   Topishmoqlar   bola   taqdirida   muhim   o’rin
tutgan,   uning   intellektual   o’sishida   faol   ishtirok   etgan,   xalq   pedagogikasining
qo’shiqlar,   ertaklar   singari,   o’z   xususiyatlari   bilan   ulardan   farq   qiladigan   poetik, aqliy   mashg’ulotlaridan   biridir.   Bolalar   topishmoqlarni   topishda   qatnashar   ekan,
o’zini   qurshab   turgan   olamni   kuzatishga,   tabiat   hodisalarini   bilib   olishga,   ularga
bo’lgan   o’z   munosabatini   bildirishga   o’rganadilar.   Bolalar   fol’klorida   tez   aytish
ma`lum   tovushlarni   takrorlash   orqali   amalga   oshiriladi.   Bir   so’z   bilan   aytganda,
bolalar fol’klori bolalar adabiyotining shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.
Uyinga chakirish - shaxar va kishlok bolalari odatda kechkurunlari tuplanib,
gaplashib   utiradilar.   ertaklar   aytadilar.   Turli   xil   uyinlar   uynaydilar.   SHunday
paytlarda   bolalarni   tuplash,   uyinlarni   uyushtirish,   ayrim   bolalar   tomonidan
tashabbuskorlik   kursatish   talab   kilinadi.   SHaxar   joylariga   uyinga   kuyidagicha
chakiriladi. 
Tokchaga bugdoy sepuvdim,
  Undimikin-o, undimikin?
Mashrabboy uydan chikmaydi,
YOtdimikin-o, yotdimikin?
Kishlok joylarda esa keskinrok, murosasizrok ravishda chakiriladi:
  Tomda tovuk kotarmi,
      Ayroningdan tortarmi?
Uyin yokmas bolalar,
     Nomozshomdan kotarmi,  Kel-xo! 
Bolalar   fol’klori   navkiron   avlodning   psixologiyasi   xususiyatlarini,   badiiy
ijodkorligi   saloxiyati   va   imkoniyatlarini   ifodalagan,   unda   bolalarning   vokelikka
munosabatlari, estetik karashlari va rang-barang tuygu-kechinmalari muxrlangan.
ZARURIY ADABIYOTLAR:
1. O’zbek   xalq   og’zaki   poetik   ijodi   (X.Razzoqov,   T.Mirzaev,   O.Sobirov,
K.Imomov). Toshkent: «O’qituvchi» nashriyoti, 1980 yil.
2. H.Zaripov. Fozillar fazilati. 1969 yil. 
3. M.Qodirov. O’zbek xalq og’zaki dramasi.  Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1963
yil. 4. M.Afzalov. O’zbek xalq ertaklari haqida. Toshkent: «Fan» nashriyoti, 1974
yil.
5. B.Sarimsoqov. O’zbek adabiyotida saj`. Toshkent, 1978 yil.
6. M.Qodirov. Masxaraboz  va qiziqchilar san`ati.   Toshkent, «Fan» nashriyoti,
1971 yil.
7. M.Qodirov. Xalq qo’g’irchoq teatri. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1972 yil. 
8. G’.Jaxongirov. O’zbek bolalar fol’klori.   Toshkent, «O’qituvchi» nashriyoti,
1975 yil.

Bolalar folklorining o’ziga xos jihatlari (xajm, sujet chizig’i, janrlar). REJA: 1. Bolalar xalq og’zaki ijodining janr turlari va ijro usullari. 2. «Ramazon», «Boychechak», «Oq terakmi–ko’k terak» qo’shiqlarining ijro yo’llari. 3. Bolalar o’yinlari va ularning mazmuni. 4. Bolalar fol’klorining tili va badiiy xususiyatlari.

Bolalar tomonidan yaratilgan og’zaki ijod namunalari bolalar fol’kloriga kiradi. Ba`zan bolalar uchun kattalar ham bolalar fol’klorini yaratganlar. Bular «Alla» qo’shiqlari, ertaklar, tez aytishlar, topishmoqlar, o’yin qo’shiqlari, o’yinlar, ermaklar va boshqalar. Bolalar o’yinlari va o’yin bilan aytiladigan qo’shiqlarning ko’plari yil fasllari bilan bog’langan. «Boychechak», «Oftob chiqdi olamga», «CHittigul», «Laylak keldi, yoz bo’ldi», «Qurbaqa», «Qaldirg’och» singari qo’shiqlarni bolalar tom boshlarida, dalalarda, qishloq ko’chalarida aytishadi. Ular bahorning kelishi, qushlarning uchib kelishi, suvlarda qurbaqalarning paydo bo’lishi bilan bog’liqdir. «YOmg’ir yog’aloq» qo’shig’i esa, dehqon bolalarini quvontirgan bahor yog’irini yog’ishini tasvirlaydi. Bolalar yilning hamma faslida o’yin bilan shug’ullanadilar. O’yin ham, qo’shiqlar ham bolalarning aqliy ham jismoniy kamolotga etishiga yordam beradi. Bolalar qo’shiqlari katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lib, ularning intizomli, jasur va boshqa ijobiy sifatlarini tarbiyalaydi. Xalq og’zaki ijodida bolalar qo’shiqlari ham marosim va urf-odatlar bilan bog’liq bo’lgan. SHulardan biri «Boychechak»dir. Bu qo’shiqda bolalar boychechak o’simligini dala-qirlardan qidirib topgach, hovlima-hovli yurib qo’shiq aytganlar. Xonadonlar esa, qo’shiq aytgan bolalarni turli xil emishlar bilan ziyofat qilganlar. Ijodkor xalq badiiiy so’zning yosh avlod tarbiyasidagi kuchi va jozibasiga qadim zamonlardanoq ishongan. U o’zining eng noyob asarlarini so’z mo’`jizasi bilan bunyod keltirgan. Bolalar fol’klori kichkintoylar olami bilan kattalar dunyosini uyg’unlashuvi oqibatida yuzaga kelagan o’yinlar, qo’shiqlarning butun bir tizimi tarzida tarkib topgan Bolalar fol’klori bolalarda eng yaxshi fazilatlarni- vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, kishilarga ishonch, do’stlarga sadoqat tuyg’ularini ekattalar bilan birga tabiat stixiyalariga qarshi kurashish va ularni engish malakasini tarbiyalaydi. Bolalar fol’klorini yaratishda kattalar ham bolalar ham baravar hissa qo’shishgan. Kattalar bolalarni erkalash she`rlarini yaratishganki, alla, aytim, olqish, ovutmachoq, qiziqmachokq, singari erkalash xususiyatlariga ega bo’lgan bu janrlar onlaik fol’klari tarzida ifodalangan.

Onalik fol’klori keng ma`nodagi tushuncha bo’lib, poetik namunalarda erekalash xususiyati etakchidir. SHu mantikka asoslanib, onalaik folb’ekloiridva poetik asarlar silsilasini nasriy asarlar guruhidan ravshanroq ajratish niyatilda onalarni erkalovchi she`orlari deb ham atash mumkin. O’z navbatida erkalash she`riyatiga mansub namunalarning ijro maqsadi, urni va bola yoshi, saviyasiga ko’ra guruhlarga bo’ltnadi. Birinchi guruhga mansub qo’shiqlar bolaning beshikdagi davri bilan chambarchas bog’liq. SHuning uchun ularni beshik qo’shiqlari deyishadi. Allalar, aytimlar, olqishlar, ana shunday xususiyatlarga ega. Beshik qo’shiqlari bola uch yoshga to’lgunga qadar aytiladi. Allalar-ijtimoiy estetik qiymatiga ko’ra birinchidan-bolalarni uxlatishdan iborat., ikkinchidan- tarbiyaviy estetik mohiyat kasb etishdan iborat. Beshik qo’shiqlarida eng ko’zga ko’rinadigan mavzu- bola ta`rifi. Ona o’z bolasina o’zibilgan yaxshi so’zlar bilan ta`riflaydi. Quzi boqqan qo’y etsin, Topganimga to’y etsin . To’y-to’ylarga ulansin, Davlat boshingga urnashsin. Alla-yo, alla. Ikkinchi guruhga oid qo’shiqlar bola tug’ilganidan to 10-11 yoshga to’lgguncha ijro etiladigan aslida beshik bilan bog’lanmagan onalik mehri tarovatidan yuzaga kelgan badihalardir. Bular suyish qo’shiqlari bo’lib, erkalatmalar, ovutmachoqlar, qiziqmachoqlardan tarkib topgan Aytim-olqishlar erkalovchi ruhdagi rasm-rusum bo’lib, aksariyati, asosan, bolalarning beshik davriga oid turlm tuman marosimlarda ijro etiladi. CHaqoloq beshikka solinganda, cho’miltirilganda, birinchi qadamini bosganda, sochi birinchi olinganda, bola sha`nigasiriq tututilganda,xullas shunday rasm rusumlarning mazmuniga yarasha aytim olqishlari mavjud. Bolaga yangi kiyim kiydirish qutlovigv aylangan quyidagi aytim-*-olqishga e`tibor berish lozim. San bir yillik, Man ming yillik,

Kiya-kiya to’zdiraylik, Dugonalarimdan uzdiraylik. Erkalamalar. erkalamalar kichkintoylar g’ashlanganda, baqirib- chinqirib yig’laganda, betoqatligi oshganda aytilib, kayfiyatning ko’tarinkiligini oshirish uchun ijro etiladi. O., shugina, shiringina, Munchagina, tunchagina Kunchagina, shunchagina, YAshnab turgan kunchagina. «YAsha», «Balli», «Ofarin», «Rahmat», kabi erkalovchi, olqishlovchi so’zlar ham bolaga quvonch bag’ishlaydi. Ovutmachoqlar. Onaning bola bilan bo’lgan munosabatlarida juda qadim zomonlarlardagi odatlarning izlarini ko’rishimiz mumkin. Bular kishilarning tirikchilik shakllari, turli xil an`analari bilan birga, ularning o’z davarida animistik, totemistik tushunchalarda bo’lganlig larini tasdiqlaydi. Biz bu tushunchalarni ba`zi keksalarning harakatlari vaqtida kuzatamiz Masalan: ona bolani beshikka belayotganida o’ng qo’li bilan qovuzni tekislab, keyin bolani yotqizayotib, shunday so’zlarni aytadi: egalari kirsin, bobovlari chiqsin. Bolani beshikdan echib olayotganda esa: Uyqusi beshikda qolsin.- deydi. Diqqatimizni ikki narsa o’ziga jalb qilad; bir- beshikning egasi bola. Bolani beshikka belaguncha bu joyda, vaqtincha, boshqa bir narsa egallab turibdi. egasi kelganda u joyni bo’shatishi kerak. Ikkinchi: Uyqu bodadan ajrab, beshikda qolishi kerak ekan. Mahmud Koshg’ariyning nazari xam bu faktni ham chetlab o’tmadi:- Isiriqq, isiriq deyilganda «Ey jin, es-hushingni yo’qot.» Deyilgani bo’ladi» deb izoh beradi olim. Ovutmachoqlarning ma`lum bir turkumi onalarning qilgan harakatlarida o’lchovlik vazifalarini ham o’taydi. Masalan6 ona beshikdagi bolani echib olar

ekan, o’ng bilagidan g’oz ko’tarib, «O’s, O’s,»- deydi, yana chap bilagidan ko’tarib, «O’s,....O’s,» deydi. Ovutmachoqlar yana bolarning tinchlantirish ehtiyojini qondiruvchi maqtovlardir. Vuy-vuy, shuginani kim urdi, Vuy-vuy, shuginaga kim lab burdi. Yig’lama oppoqqinam, Boshimdagi qalpoqqinam. Tez aytishlar va topishmoqlar. Tez aytishlar yoki so’z o’yinlari o’zbek xalq og’zaki ijodi turlaridan biri bo’lib, ayrim nutq tovushlarining ko’p qaytarilishi yoki tovushlarning so’z va iboralar tarkibida murakkab joylashtishiga asoslanadi.Tez aytishlar vositasida bolalar ona’ tilidagi tovush va so’zlarni ravon, burro, aniq talaffuz etishni, tovushlar ohangdorligini, so’zlarning nozik ma`nolarini his va idrok qilish, aniqlash va ilg’ab olishni mashq qiladilar. Qishda kishmish pishmasmish, Pishsa kishmish qishmasmish. O’zbek xalq og’zaki ijldida tez aytishlar, so’zo’yinlari qadim zomonlardan beri bor. Lutfiy, Alisher Navoiy kabi mutafakkirlarning asaralrida ham so’z o’yinlarini uchratishimiz mumkin. A.navoiy tuyuqlari haqida so’z yuritar ekan, uning ildizlari xalq poeziyasi janrlaridan kelib chiqishiga ishora qilib., tuyuqlarni- «yor-yor», «qo’shiq»lar bilan bir o’ringa qo’yadi. Tajnis va iyhom- ikki va undan ko’p ma`noli so’z san`ati deb ta`riflaydi. Aksariyat tez aytishlar talaffuzi bir- biridan katta farq qildigan fonemalar asosida, jumladan, «SH», «L», «R» undoshlari asosida tuzaladilar. Masalan: «Lola arralaydi, Sora allalaydi» Bu birinchi turkumga kirgan tez aytishlar yordami bilan uch-to’rt yoshga kirgan bolalarning «R», «SH» tovushlarini to’g’ri talaffuz qilishi yoki «L»va «S»ga almashtirib yuborishi ma`lum bo’ladi. Ikkinchi bir turkum tez aytishlar borki, unda bolani ayrim tovushlarni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatish bilan birga, bolaning xayolini bir joyga yig’ishga, jumlaning mantiqiy urg’o’sini aniqlab olishga jalb qilinadi.