Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilish
Mavzu: Buxgalteriyaning avtomatlashtirilgan ish joylarini tashkil qilish . Reja: 1. Avtomatlashtirilgan ish joylari haqida tushuncha. 2. Buxgalteriya tizimida zamonaviy axborot texnologiya vositalari bilan ta’minlash zaruriyati . 3. Buxgalteriya tizimida avtomatlashtirilgan ish joylari yaratish va 1S buxgalteriya dasturini ishlash texnologiyasi. 4. Avtomatlashtirilgan joyi foydalanuvchining ish faoliyatini avtomatlashtirish vositasi .
Buxgaleriya tizimida zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash zaruriyati. Iqtisodiyotni boshqarishdagi o’zgarishlar, bozor munosabatlariga o’tish Buxgalteriya hisobini tashkil qilish va olib borishga katta ta’sir ko’rsatadi. Hisobning halqaro tizimlariga o’tishi amalga oshirilmokda, bu uning uslubiyotining yangi shakllarini ishlab chiqishning talab qiladi. Buxgalteriya hisobining axborot tizimi va uni kompyuterda ishlab chiqishni tashqil qilishning an’anaviy shakllari katta katta o’zgarishlarga uchragan. Hisobchidan korxona moliyaviy holatining ob’ektiv baholarini bilish , moliyaviy tahlil usullarini egallash, qimmatli kog’ozlar bilan ishlashni bilish , bozor sharoitlarida pul mablag`’lari investitsiyalarini asoslash va boshqalar talab qilinadi. Buxgalteriya hisobining axborotli tizimlari an’anaviy ravishda vazifalarning quyidagi majmualarini o’z ichiga oladi: asosiy vositalar hisobi, moddiy boyliklar hisobi , mehnat va ish xaki (maosh) hisobi, tayyor mahsulotlar hisobi, moliyaviy hisoblash operatsiyalarining hisobi , ishlab chiqarish harajatlari hisobi, yig’ma hisob va hisobotlar tuzish. Shaxsiy kompyuterlar bazasida avtomashtirilgan ish joylarining tashkil qilinishi , korxonalarda mahalliy hisoblash tarmoo’larini yaratish, axborot bazasini tashkil qilish va iqtisodiy vazifalar majmuasini shakllantirishda yangi talablarni ilgari surdi. Ma’lumotlarning taqsimlangan bazalari tizimini yaratish , turli foydalanuvchilar o’rtasida axborotlarni almashtirish, kompyuterda boshlang’ich hujjatlarni avtomatik shakllantirishning imkoniyatlari paydo bo’ldi. Avtomatlashtirilgan ish joyi tushunchasi. Ish joylarini kompyuterlashtirish — avtomatlashtirilgan ish joylari (AIJ) yaratishning asosi. AIJ tushunchasi. AIJga qo‘yiladigan talablar. AIJning asosiy turlari Ish joylarini kompyuterlashtirish deganda, nafaqat uning texnik ta’minoti, balki ish joylarini kompleks avtomatlashtirish uchun lozim bo‘lgan barcha texnologik ta’minot ko‘zda tutiladi. Shu bois, dastavval, AIJ tushunchasiga batafsil to‘xtalamiz. Iqtisodiyotda AIJ tushunchasiga to‘xtalishdan oldin, ularning asosiy turlarini yaratish va tashkil qilish prinsiplarining umumiy tasavvuriga ega bo‘lish kerak. AIJ deganda, rahbar, mutaxassis yoki xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning vazifasini almashtirish emas , balki ularning faoliyatiga yordam berish, ya’ni ularga qulay ish sharoiti yaratish
tushuniladi. Hozirgi davrda barcha AIJ asosida beshta texnologik tizimcha ta’minoti mavjud: —ish faoliyatini ta’minlovchi; —kasbiy faoliyatni ta’minlovchi; —qarorlar qabul qilish; —qo‘lda bajariladigan ishlar; —kommunikatsiya. Bu tizimchalarning (jumladan, AIJning) axborot ta’minoti quyidagicha: —tezkor faoliyat ish to‘plami; —elektron taqvim; —elektron haftalik; —elektron yozuv daftarchasi; —shaxsiy arxiv; —topshiriqlar kartotekasi; —turli axborot—ma’lumotnomali tizimlar , tahliliy kartotekalar, ekran grafikasi vositalaridan iborat axborotlarni izlash va tahlil qilish vositalari; —iqtisodiy-matematik modellar, elektron jadvallar, qarorlar qabul qilish modellaridan iborat boshqaruv va iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish vositalari; —bilimlar bazasidan iborat ekspert tizimlari ; —turli mantiqiy-hisoblash masalalarini yechish vositasi; —matnli va rasmiy axborotlarni qayta ishlash vositasi. Barcha axborot ta’minotini bir joyga to‘plash qimmat va maqsadga muvofiq emas. Shuning uchun ma’lum bir AIJ funksional yo‘naltiriladi. Shuni ta’kidlash kerakki, AIJ ochiq arxitekturalidir. U ma’lum bir foydalanuvchi va foydalanuvchilar guruhiga moslashtiriladi. AIJni yaratish professional dasturchilarsiz foydalanuvchiga qo‘yilgan masalani muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi. Barcha dasturiy ta’minotlar AIJ samarali ishlashini ta’minlashi lozim. Shuning uchun bu standartdagi amaliy dasturlar to‘plami, servis tizimlari, axborotlarni himoyalash va tashuvchilar bilan muomala qilish qoidalari, shuningdek, AIJ imkoniyatlarini kengaytirishi va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ma’lumotnomali
axborotlardan iborat bo‘lmog‘i kerak. Shu sababli barcha AIJ asosida axborotlarni ekranda qayta ishlash tizimi yotadi. AIJni yaratishda quyidagi talablarga amal qilinadi: «do‘stonalik», «egiluvchanlik», «samaradorlik». «Do‘stonalik» deganda, foydalanuvchini muloqot tartibida qulay va oson ishlashi tushuniladi. Bunda tizimga maksimal kirish imkoniyati yaratiladi. Hech qanday muammolarsiz turli sharoitlardan oson chiqib ketish yo‘llarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi lozim. Hujjatlar odatdagi ko‘rinishda, ular bilan ishlash murakkab bo‘lmasligi kerak. «Egiluvchanlik» deganda, yangi xarakteristikalar, belgilar kiritish yoki o‘zgartirish imkoniyati nazarda tutiladi. Masalan, ekran rangini yoki hujjat ko‘rinishini o‘zgartirish. «Samaradorlik» deganda, muomala qilingandan boshlab yakuniy natijani olish uchun ketgan vaqt tushuniladi. Bu uch ko‘rsatkich AIJda quyidagi uch asosiy funksiyani amalga oshirishni ta’minlaydi: —matnlarni ekranda qayta ishlash ; —shakllarni ekranda qayta ishlash; —ish grafikasini ekranda qayta ishlash. Foydalanuvchilar va ular yechadigan masalalar mazmuniga mos axborotlar bilan ta’minlashni AIJning axborot ta’minoti amalga oshiradi. Tashkiliy boshqaruvda foydalanuvchilar shartli ravishda uch kategoriyaga qarab quyidagilarga ajratiladi: rahbarlar, mutaxassislar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar. Turli kategoriya foydalanuvchilari uchun yaratiladigan AIJda ma’lumotlardan foydalanish turlicha. Misol uchun, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar, odatda, tashkilotning ichki ma’lumotlari bilan ishlaydi, takrorlanuvchi masalalarni yechadi , tuzilmalashtirilgan ma’lumotlardan foydalanadi. Rahbarlar boshqaruv va qarorlar qabul qilish maqsadida ham ichki, ham tashqi ma’lumotlardan foydalanadi. AIJni tatbiq qilish foydalanuvchining odatdagi ish jarayonini buzishi mumkin emas. AIJ mutaxassisni ish joyida kompyuter yordamida reglament- lashtiruvchi hujjatlar majmuasi bilan ishlashini ta’minlaydi. Zamonaviy hududiy boshqaruv organlarining Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) kamida uch darajada dasturiy va texnik vositalar hamda har bir darajaning qo‘shimcha vositalari bilan faoliyat yuritishi kerak.
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini yaratgan Blee Paskal bu ajoyib qurilmani otasining hisoblash ishlarini osonlashtirish uchun yasagan edi. Bu bilan Paskal otasining ishini ma’lum darajada mexanizatsiyalashtirdi. Demak Paskal yaratgan mexanik hisoblash mashinasi dastlabki mexanizatsiyalashtirilgan (bugungi tushunchada «avtomatlashtirilgan») ish joyiga misol bo‘la oladi. Bu - inson yaratgan birinchi avtomatlashtirilgai ish joyi emas, albatta. Avtomatlashtirilgan ish joylarining tarixi ancha qadimga borib taqaladi, ammo biz bu haqda mazkur qo‘llanmada fikr yuritishni lozim topmadik. Umuman , avtomatlashtirilgan ish joylari deganda, biror mehnat faoliyatini samarasini oshirish va shu mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchiga qulayliklar yaratish maqsadida qo‘llaniladigan qurilmalar , asbob-uskunalar majmui tushuniladi. Masalan, kotibaning ish joyi deganda, uning o‘z vazifasini bajarishi uchun lozim bo‘lgan vositalar, masalan, yozuv mashinkasi, chop etish uchun qog‘oz, stol, stul kabi bir qancha narsalarni tushunamiz. Yozuv mashinkasi hujjatlarni bir vaqtda bir necha nusxada chop etish imkonini beradi va , shuning bilan, kotiba ishini ma’lum darajada avtomatlashtiradi. Bu kabi misollarni (turli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lgan mutaxassislarning avtomatlashtirilgan ish joylarini) ko‘plab keltirishimiz mumkin. Turli stanoklarning yaratilishi ishchilarning mehnatini avtomatlashtirgan bo‘lsa, kompyuter bilan boshqariladigan stanoklarning yarati lishi uni yanada yuqori darajaga ko‘tardi. Zamonaviy avtomatlashtirilgan ish joylari turli kasb egalaridan -bevosita jismoniy mehnat qilishni emas, balki ko‘proq bu jarayonni boshqarishni talab qiladi. Umuman shaxsiy kompyuterlarning yaratilishi va hayotga tadbiq etilishi ishlab chiqarishning o‘zinigina emas, balki uni «boshqarish» bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni avtomatlashtirishga ham keng yo‘l ochib berdi. Boshqarishning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, uning xom ashyosi ham ishlab chiqarish mahsuloti ham axborotdan iborat. .