logo

Usmoniylar davlatining tashkil topishi dars ish

Загружено в:

24.12.2024

Скачано:

0

Размер:

31.3056640625 KB
                          
                           O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI 
          OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
      SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKUL’TETI 
                                     3-KURS TALABASI 
                   
     “ USMONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI’’     
                                         mavzusi
   OCHIQ DARS 
   ISHLANMASI           
                                                              
                              8-B-Sinf  ‘’Jahon tarixi “                                              
Darsning mavzusi:Usmoniylar davlatining tashkil topishi                         
mavzusi yuzasidan darsning texnologik xaritasi 
      Mavzu  Usmoniylar davlatining tashkil topishi   
Maqsad va 
Vazifalar ; TALIMIY;O’quvchilar bu darsda Turkiya hududidagi 
qadimgi usmoniy turklar davlati haqida malumotlar 
bilan tanishadilar 
TARBIYAVIY;Usmoniylar davlati hududi va ularning
madaniyati va marifiy hayoti haqida to’liq malumotga 
ega bo’ladilar
RIVOJLANTIRUVCHI;Ularning yutuqlari bilan 
tanishib,o’quvchilarda ilm fan sirlarini o’rganishga 
bo’lgan qiziqishlari ortadi 
O’quv 
jarayonining 
mazmuni Usmoniy turklar xalqlari haqida tushuncha.
Usmoniylar aholisi va ularning faoliyati.Turkiy xalqlar
hayoti.
O’quv 
jarayonini 
amalga oshirish 
texnologiyasi METOD;Og’zaki bayon qilish,aqliy hujum.
VOSITA;O’quvchi nutqi,dastlabki turk qabilalarining 
tashqi ko’rinishi haqida tushuncha hosil qilish uchun 
rasmlar,buyumlar,jang qurollari rasmlari yoki ulardan 
nusxalar,darslik,daftar,proyektr,doska,bo’r 
USUL:Tayyor yozma materiallar va ko’rgazmali 
vositalar asosida 
NAZORAT;O’g’zaki nazorat,savol 
javoblar,kuzatish,o’z o’zini nazorat qilish 
BAHOLASH;Savol-javob orqali,darsda qatnashishiga 
qarab,mavzuni qay darajada yoritishiga qarab, 5 balli 
tizizmda baholash 
Kutiladigan 
natijalar Usmoniylar davlati haqida va uning sultonlari,u 
hududdagi tarixiy joylar,aholisi va etnik tarkibi,turk 
qabilalarining kelib chiqishi,davlatning tashkil                            
topishi,davlat tarkibiga kirgan hududlar bilan 
tanishgan o’quvchilarni tarixga bo’lgan intilishlarini 
kuchaytirish.
O’QITUVCHI;
        Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar 
tomonidan o’zlashtirilishiga  erishadi.O’quvchilar 
faolligi oshiriladi.O’quvchilarda daarsga nisbatan 
qiziqish uyg’otadi.Bir vaqtning o’zida ko’pchilik 
o’quvchilar baholaydi.O’z  oldiga qo’ygan 
maqsadlariga erishadi.
O’QUVCHI;
         Yangi bilimlarni egallaydi.Yakka holda hamda 
guruh bilan ishlashni o’rganadi.Nutq rivojlanadi va 
eslab qolish qobilyati kuchayadi.O’z o’zini nazorat 
qilishni o’rganadi.
Kelgusi 
rejalar (tahlil, 
o’zgarishlar) O ’ QITUVCHI ;
      Yangi   pedagogic   texnologiyalarni   o ’ zlashtirish   va  
darsda   tadbiq   etish , takomillashtirish . O ’ z   ustida  
ishlash . Mavzuni   hayotiy   voqealar   bilan  
bog ’ lash . Pedagogik    mahoratni   oshirish .
   O ’ QUVCHI ;
      Matn   bilan   mustaqil   ishlashni   o ’ rganish . O ’ z     fikrini
ravon   bayon   qila   olish . Shu   mavzu   asosida   qo ’ shimcha  
matireallar   topish ,  ularni   o ’ rganish . O ’ z   fikri   va   guruh  
fikrini        tahlil   qilib   bir   yechimga   kelish   malakasini  
hosil   qilish .
      
                      
                                 Darsning blok chizmasi:                           
№ Dars bosqichlari  Vaqti 
1 Tashkiliy qism  3 daqiqa 
2 Uy vazifasini takrorlash 8 daqiqa 
3 Yangi dars mavzusi ustida ishlash  10 daqiqa 
4 O’qituvchining qisqacha maruzasi  7 daqiqa 
5 O’quvchilar tushunchasini aniqlash  10 daqiqa 
6 Dars yakunini chiqarish  5 daqiqa 
7 Uyga topshiriqlar  2 daqiqa 
Darsning borishi;
I. Tashkiliy qism.
1. O’qituvchining salomlashishi, ishchi muhitni vujudga keltirish 
hamda 
murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O'zbekistonda yuz     
bergan 
muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.
2. Yakka tartibdagi va nisbatlashtirilgan yozma topshiriqni bajaradigan 
o’quvchilar belgilanadi. 
3. O’qituvchi o'quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida 
egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan 
tanishtiradi. 
4. Darsning borish qismida o'quvchilarni guruhlarga bo'lish. 
Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog’oziga 
yozib qo’yish zarur. O’qituvchi guruhlarda ishlash qoidalarini ishlab 
chiqib 
o’quvchilarga tushuncha berib o’tadi.Har bir to’g’ri javob uchun 
rag’batlantiradi.      
           II.Uyga berilgan topshiriqni tekshirish.                              
O’quvchilarga turli xil medotlar yordamida savollarni berish orqali 
o’tgan darsni mustahkamlab olish va keying darslarda bu mavzularni 
mustahkamlash uchun doimo yodda tutushga imkon beradi.
  
O’quvchilardan darsga tayyorlarini bilish uchun ularga turli xil 
usulllarda savol javob qilish va bilimini mustahkamlash.
    
           
III.Yangi darsni tushuntirish.
O’quvchilarga xarita va boshqa metodlar asosida o’quvchilarga yangi 
mavzuni tushuntirib bilimini mustahkamlash .Xarita asosida 
usmoniylar yani hozirgi Turkiya davlatini o’quvchilarga ko’rsatish va 
uni joylashgan o’rnini ko’satish hisoblanadi.Yangi dars bayon 
qilinadi.Usmoniylar haqida ularning xalqi madaniyati,kiyim 
kechaklari,mashg’uloti tasvirlangan rasmlar doskaga ilinib 
qo’yiladi.Turkiya hududida saqlanib qolgan usmoniylar davriga oid 
yodgorliklar rasmlari  o’quvchilarga yanada ko’proq dars mukammal 
esida qolishi uchun ko’rsatiladi.
                  19-§. Usmoniylar davlatining tashkil topishi 
           REJA;
1.  Usmoniylar davlatining vujudga kelishi.
2.  Usmon I davrida davlat hududining kengayishi
3.  O’rxon davri islohotlari                            
4.  Usmoniylar davlatining ijtimoiy iqtisodiy hayoti
      
           Usmonlilar davlatining tashkil topishi. Usmon beyligi Kichik 
Osiyoning shimoli-g‘arbiy hududida tashkil topgan edi. Keng istilolar 
Usmonlilar qo‘shiniga boshqa qabilalardan ham jangchilarning kelib 
qo‘shilishini ta’minlaydi. Usmonli turklar harbiylari
Sulola asoschisi Usmon (1299–1326) davrida qator yurishlar 
uyushtirilib, Bursa shahri va uning atroflari bosib olinadi. • Dastlab 
beylikning boshqaruv tuzumi juda sodda bo‘lgan. Xususan, bey unvoni 
Usmon va O‘rxonga qabila boshliqlari yig‘inida berilgan. • O‘rxonning 
boshqaruvi paytida ilk bor vazir lavozimi ta’sis etiladi. Tanga pul zarb 
qilinib, davlat yerlari ma’muriy birliklarga bo‘linadi.
Bolqon yarimorolidagi istilolar. Usmonlilar istilosiga qadar Bolqon 
yarimorolida: Vizantiya, Serbiya, Bolgariya, Bosniya kabi yirik davlatlar 
mavjud edi. Bolqondagi dastlabki bosqinlar XIV asr o‘rtalarida bo‘lgan.
Turklar uning asosiy qismini keyingi o‘ttiz yil davomida egallaydilar .
Turk sultoni Boyazid (1389–1402) bu janglarda o‘zining tezkor g‘alabalari 
bilan shuhrat qozonib – Yildirim (yashinday tez, shiddatli) nomini oladi. 
Boyazid Yildirim bilan Amir Temur o‘rtasidagi Anqara jangi. O‘rta asr arab 
miniatyurasidanSultonning Konstantinopolni qamal qilishi Yevropani 
sarosimaga solib qo‘yadi. 
  Bu davlat dastlab kichik Osiyoning shimoliy g‘arbiy qismi eski shahar 
va Anatoliya hududida saljuqiylarning Ko‘niya sultonligiga tobe kichik 
bir beklik (beylik) shaklida tashkil topgan. Erto‘g‘rul hijriy 687 (milodiy 
1288) yilda vafot etadi, uning o‘rniga o‘g‘li Usmon qoladi. Usmoniylar 
davlatining nomi ana shu Usmonga nisbat beriladi. U bu davlatning                            
asoschisi, Usmoniy podshohlaring birinchisidir. Bu beklikning ilk 
hukmdori Erto‘g‘rul bo‘lsa ham, uning o‘g‘li — Usmonbey davrida beklik
mustaqil davlatga aylanganligi uchun uning nomi bilan Usmonli bekligi
deb atalgan. Keyinchalik bu davlat Usmonli imperiyasi nomini olib, 
o‘rta asrlarda jahonning eng qudratli davlatlaridan biriga aylandi. 
Usmon I va uning o‘g‘li Urxon bek (bey) unvonini qabul qilgan bo‘lsa, 
Urxonning o‘g‘li Murod I davridan boshlab hukmdorlar sulton deb 
atalgan.
Usmon G‘oziy davridayoq qo‘shni Vizantiya imperiyasiga qarshi bir 
qancha harbiy yurishlar qilinib, Qoracha Hisor va Yor Hisor qal’alari, 
Bursaning atroflari egallangan.
Uning o‘g‘li Urxon G‘oziy Vizantiyaning Bursa,  Nikeya,  Nikomediya 
shaharlarini istilo qilib,  XIV asrning o‘rtalaridayoq Qora dengiz va 
Marmar dengizi sohillariga chiqqan. Bu davrda usmonli turklar (ular 
o‘g‘uz turklarining qay urug‘iga mansub bo‘lgan) Dardanell bo‘g‘ozidan 
o‘tib, Yevropa hududiga kirishgan. 1356-yilda Bolqonni zabt etish 
tugallanib, Yevropa hududida yangi Rum eli (Rumeliya) viloyati ta’sis 
etilgan. Aynan shu paytdan Usmonlilar davlatini saltanatga aylanish 
jarayoni boshlangan. 1360-yil yanicharlar (turkcha: yangi cherik) — 
maxsus piyoda qo‘shin tashkil qilingan.
Davlatning dastlabki poytaxti Melangiya, 1326 — 1362-yillarda Bursa 
bo‘lgan. Sulton Murod I, 1362-yilda poytaxtni Bursadan Edirna 
(Adrianopol)ga ko‘chirgan. Uning hukmronlik davrida Yevropada yangi 
hududlar zabt etilgan. Kosovo maydonida bo‘lgan jang (1389)da 
serblar mag‘lubiyatga uchragach, Serbiya Usmonli imperiyasiga 
qo‘shib olindi. Sulton Boyazid I Yildirim Bolgariyaning poytaxti Tirnovo                            
(1393)ni egallab, Nikopol ostonalarida salibchi risarlarning birlashgan 
60.000 kishilik qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratdi (1396) va 
Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni qamal qilishga kirishdi. U 
Bolgariya, Valaxiya, Makedoniya, Fessaliyani o‘z davlati tarkibiga kiritdi.
Biroq, 1402-yilda bo‘lgan Anqara jangi Amir Temur qo‘shinidan 
Usmonli imperiyasining mag‘lubiyatga uchrashi Vizantiya imperiyasini 
mu й arrar halokatdan saqlab qoldi. Sulton Mahmud I va Murod II 
hukmronliklari davrida qo‘ldan ketgan hududlar qaytarib olingan. 
Adolatli va insofli hukmdor sifatida nom chiqargan Murod II G‘oziy 
1422-yil Konstantinopolga hujum qiladi. Varna yaqini (1444-yil 10-
noyabr) va Kosovo maydoni (1448-yil 17— 19 dekabr)da chex-mojarlar 
qo‘shinini mag‘lubiyatga uchratib, 1449—50-yillarda Albaniya ustiga 2 
marta yurish qilgan.
Murod II ning o‘g‘li Mahmud II Fotih turk qo‘shinlariga shaxsan o‘zi 
qo‘mondonlik qilib, jahongirlik siyosatini olib borgan. U Sharqiy Rim 
imperiyasi — Vizantiyaning poytaxti Konstantinopolni 40 kunlik 
qamaldan so‘ng egallab (1453-yil 29-may), Vizantiya imperiyasini 
tugatgan. Konstantinopol turkcha Istanbul nomi bilan atalib, poytaxt 
bu yerga ko‘chirilgan.             
     Bu g‘alabadan so‘ng Mahmud II Fotih Bolqon va Markaziy Yevropa 
mamlakatlarini zabt etishga kirishgan. Serbiya (1459), Moraviya (1460), 
Bosniya (1463), Valaxiya (1476), Albaniya (1479) Trapezund — Trabzon 
(1461) egallangan. Qrim xonligi tobe davlatga aylantirilgan (1475). Oq 
qo‘yunli davlati hukmdori Uzun Hasanga qarshi harbiy harakatlar 
kuchaytirilgan. Yevropaning Italiya, Olmoniya, Avstriya kabi davlatlari 
hududlarini egallash rejasi tuzilib, amaliy harakatga o‘tilgan. Bu davrda
harbiy va ma’muriy boshqaruv sohasida katta islohotlar o‘tkazilib, 
ulkan saltanatni mustahkamlash choralari ko‘rilgan. Ayniqsa, adabiyot, 
san’at va me’morchilik gullab-yashnagan.                           
  
Mavzuni mustahkamlash;
Savol -Javoblar.
1. Usmoniylar davlati  hozirgiqaysi hududga to’g’ri keladi
2. Usmoniylar davlatining asoschisi kim 
3. Usmoniylar davlatining daslabki poytaxti qayer bo’lgan
4. Boyazid Yildirimning g’alabari
5. Boyazid va Amir Temur o’rtasidagi kurash 
   
V.     Darsni yakunlash;
O’quvchilarni baholash;
Ulari rag’batlantirish;
VI. Uyga vazifa va topshiriqlar;
Usmoniylar davlatini xarita yordamida topish va hozirgi
o’rnini o’rganish. Usmoniylar davrida qurilgan va 
hozirgacha saqlanib qolgan memoriy yodgorliklarni                            
o’rganish.Usmoniylar davrini darslikdan mukammal 
o’qib o’ganib kelish.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKUL’TETI 3-KURS TALABASI “ USMONIYLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI’’ mavzusi OCHIQ DARS ISHLANMASI

8-B-Sinf ‘’Jahon tarixi “ Darsning mavzusi:Usmoniylar davlatining tashkil topishi mavzusi yuzasidan darsning texnologik xaritasi Mavzu Usmoniylar davlatining tashkil topishi Maqsad va Vazifalar ; TALIMIY;O’quvchilar bu darsda Turkiya hududidagi qadimgi usmoniy turklar davlati haqida malumotlar bilan tanishadilar TARBIYAVIY;Usmoniylar davlati hududi va ularning madaniyati va marifiy hayoti haqida to’liq malumotga ega bo’ladilar RIVOJLANTIRUVCHI;Ularning yutuqlari bilan tanishib,o’quvchilarda ilm fan sirlarini o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortadi O’quv jarayonining mazmuni Usmoniy turklar xalqlari haqida tushuncha. Usmoniylar aholisi va ularning faoliyati.Turkiy xalqlar hayoti. O’quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi METOD;Og’zaki bayon qilish,aqliy hujum. VOSITA;O’quvchi nutqi,dastlabki turk qabilalarining tashqi ko’rinishi haqida tushuncha hosil qilish uchun rasmlar,buyumlar,jang qurollari rasmlari yoki ulardan nusxalar,darslik,daftar,proyektr,doska,bo’r USUL:Tayyor yozma materiallar va ko’rgazmali vositalar asosida NAZORAT;O’g’zaki nazorat,savol javoblar,kuzatish,o’z o’zini nazorat qilish BAHOLASH;Savol-javob orqali,darsda qatnashishiga qarab,mavzuni qay darajada yoritishiga qarab, 5 balli tizizmda baholash Kutiladigan natijalar Usmoniylar davlati haqida va uning sultonlari,u hududdagi tarixiy joylar,aholisi va etnik tarkibi,turk qabilalarining kelib chiqishi,davlatning tashkil

topishi,davlat tarkibiga kirgan hududlar bilan tanishgan o’quvchilarni tarixga bo’lgan intilishlarini kuchaytirish. O’QITUVCHI; Mavzuni qisqa vaqt ichida barcha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishiga erishadi.O’quvchilar faolligi oshiriladi.O’quvchilarda daarsga nisbatan qiziqish uyg’otadi.Bir vaqtning o’zida ko’pchilik o’quvchilar baholaydi.O’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishadi. O’QUVCHI; Yangi bilimlarni egallaydi.Yakka holda hamda guruh bilan ishlashni o’rganadi.Nutq rivojlanadi va eslab qolish qobilyati kuchayadi.O’z o’zini nazorat qilishni o’rganadi. Kelgusi rejalar (tahlil, o’zgarishlar) O ’ QITUVCHI ; Yangi pedagogic texnologiyalarni o ’ zlashtirish va darsda tadbiq etish , takomillashtirish . O ’ z ustida ishlash . Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog ’ lash . Pedagogik mahoratni oshirish . O ’ QUVCHI ; Matn bilan mustaqil ishlashni o ’ rganish . O ’ z fikrini ravon bayon qila olish . Shu mavzu asosida qo ’ shimcha matireallar topish , ularni o ’ rganish . O ’ z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish . Darsning blok chizmasi:

№ Dars bosqichlari Vaqti 1 Tashkiliy qism 3 daqiqa 2 Uy vazifasini takrorlash 8 daqiqa 3 Yangi dars mavzusi ustida ishlash 10 daqiqa 4 O’qituvchining qisqacha maruzasi 7 daqiqa 5 O’quvchilar tushunchasini aniqlash 10 daqiqa 6 Dars yakunini chiqarish 5 daqiqa 7 Uyga topshiriqlar 2 daqiqa Darsning borishi; I. Tashkiliy qism. 1. O’qituvchining salomlashishi, ishchi muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O'zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish. 2. Yakka tartibdagi va nisbatlashtirilgan yozma topshiriqni bajaradigan o’quvchilar belgilanadi. 3. O’qituvchi o'quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalar bilan tanishtiradi. 4. Darsning borish qismida o'quvchilarni guruhlarga bo'lish. Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog’oziga yozib qo’yish zarur. O’qituvchi guruhlarda ishlash qoidalarini ishlab chiqib o’quvchilarga tushuncha berib o’tadi.Har bir to’g’ri javob uchun rag’batlantiradi. II.Uyga berilgan topshiriqni tekshirish.

O’quvchilarga turli xil medotlar yordamida savollarni berish orqali o’tgan darsni mustahkamlab olish va keying darslarda bu mavzularni mustahkamlash uchun doimo yodda tutushga imkon beradi. O’quvchilardan darsga tayyorlarini bilish uchun ularga turli xil usulllarda savol javob qilish va bilimini mustahkamlash. III.Yangi darsni tushuntirish. O’quvchilarga xarita va boshqa metodlar asosida o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirib bilimini mustahkamlash .Xarita asosida usmoniylar yani hozirgi Turkiya davlatini o’quvchilarga ko’rsatish va uni joylashgan o’rnini ko’satish hisoblanadi.Yangi dars bayon qilinadi.Usmoniylar haqida ularning xalqi madaniyati,kiyim kechaklari,mashg’uloti tasvirlangan rasmlar doskaga ilinib qo’yiladi.Turkiya hududida saqlanib qolgan usmoniylar davriga oid yodgorliklar rasmlari o’quvchilarga yanada ko’proq dars mukammal esida qolishi uchun ko’rsatiladi. 19-§. Usmoniylar davlatining tashkil topishi REJA; 1. Usmoniylar davlatining vujudga kelishi. 2. Usmon I davrida davlat hududining kengayishi 3. O’rxon davri islohotlari