DARYO HAVZASINING SUV BALANSI
DARYO HAVZASINING SUV BALANSI Reja : 1. Yer kurrasida quruqlik va suvning taqsimlanishi 2. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi 3. Yer kurrasining suv muvozanati
Yer sirtining okeanlar va dengizlar suvlari bilan qoplangan yuzasi umumiy nom bilan Dunyo okeani deb ataladi. U planetamizning suv qobig‘i bo‘lgan gidrosfe raning ajralmas va asosiy qismidir. Gidrosfera Dunyo okeanidan tashqari, yuqorida aytilgandek, quruqlikdagi suvlar daryolar, ko‘llar va muzliklardan, atmosferadagi suv bug‘laridan, tuproqdagi namlikdan, shuningdek, yer osti suvlaridan tashkil topgan. Yer kurrasi umumiy maydoni (510 mln.km 2 )ning 361 mln.km 2 yoki 71 foizini Dunyo okeani egallagan, quruqliklar yuzasi esa 149 mln.km 2 yoki uning 29 foizini tashkil etadi. Quruqlikdagi barcha ichki suv havzalarining yig‘indi maydoni uning umumiy maydonining 3 foizidan kamrog‘ini, muzliklar esa taxminan 10 foizini tashkil etadi. Yer kurrasida quruqlik va suv yuzalari notekis taqsimlangan: quruqlikning katta qismi shimoliy yarim sharda bo‘lib, uning yuzasi 39 foizni tashkil etadi: janubiy yarim sharda esa quruqlik bor yo‘g‘i 19 foizni egallagan. Bunday taqsimlanish atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasiga va suvning tabiatda aylanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Gidrosferaning turli qismlarida suv miqdorining taqsimlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, Yer kurrasidagi suvning umumiy hajmi 1 mlrd 386 mln.km 3 dan ortiq. Bundan 1 mlrd 338 mln.km 3 qismi Dunyo okeanida, 234 mln.km 3 -Yer po‘stida, 26 mln.km 3 -muzliklarda, 176 ming km 3 ko‘llarda, 2,1 ming km 3 esa daryolardadir (1 jadval). Yerdagi suvning umumiy hajmi taxminan hisoblangan, chunki yer osti suvlarining miqdori hali unchalik aniq baholangan emas. Yer kurrasidagi chuchuk suvlarning umumiy zahirasi 35 mln.km 3 deb baholanadi (Yerdagi umumiy suv hajmining 2,3 foizi), uning 68 foizidan ko‘prog‘i Antarktida va Grenlandiya muzliklarida va 30 foizi yer osti suvlaridan iboratdir. Hozirgi paytda foydalanish uchun mumkin bo‘lgan chuchuk suvlar miqdori Yerdagi umumiy suv hajmining taxminan 0,3 foizini tashkil etadi. 1 jadval 2
Gidrosferaning tarkibiy qismlari va ulardagi suv hajmi Gidrosfera qismlari Suv hajmi 10 3 km 3 Umumiy hajmga nisbatan % hisobida Chuchuk suvlar hajmiga nisbatan % hisobida Dunyo okeani Yer osti suvlari (gravitatsion va kapillyar) Chuchuk yer osti suvlari Muzliklar Asriy muzloq mintaqadagi yer osti muzlari Ko‘llar Tuproqdagi namlik Atmosferadagi namlik (suv bug‘lari) Botqoqliklar Daryolar 1338000 23400 10530 24000 300 176 16,5 12,9 11,5 2,1 96,5 1,70 0,75 1,73 0,022 0,013 0,0012 0,0017 0,0008 0,0002 - - 30,06 68,70 0,86 0,25 0,047 - 0,033 0,006 Hammasi: 1386000 100 100 2. Yer kurrasida va materiklar ichida namlikning aylanishi Quyosh nurlari ta’sirida Dunyo okeani, daryolar, ko‘llar, botqoqliklar, muzliklar yuzasidan, o‘simliklardan va Yer sirtining boshqa qismlaridan har yili 520 ming km 3 (1015 mm) suv bug‘ga aylanadi. Suv bug‘lari gravitatsiya kuchlari ta’sirida yuqoriga ko‘tariladi va kondensatsiya jarayonida to‘yinib, og‘irlik kuchlari tufayli yog‘in sifatida yana Yer sirtiga tushadi. Atmosferadagi namlikning asosiy manbai okeanlar va dengizlar yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishdir. U Yer kurrasi yuzasidan bo‘ladigan umumiy bug‘lanishning 86,5 foizini tashkil etadi. Shu miqdorning ko‘p qismi bevosita 3
yana okeanlar va dengizlar yuzasiga atmosfera yog‘ini ko‘rinishida qaytib tushadi. Bu kichik suv aylanishi deb ataladi. Namlikning qolgan qismi materiklar tomon harakatlanadi va ular Yer yuzasi bilan murakkab aloqada bo‘ladi (7 rasm). Okean va quruqlik yuzasidan suvning bug‘lanishi, suv bug‘ining okeanlar ustidan o‘tishi va materiklar ichiga kirib borishi, ularning kondensatsiyalanishi hamda yog‘in sochin tarzida yer sirtiga tushishi, shuningdek, materiklardan suvning daryolar ko‘rinishida oqib ketishi kabi jarayonlar tabiatning ayrim komponentlari orasida suv almashinishini ta’minlaydi. Bu bir butun jarayon bo‘lib, iqlim hosil qiluvchi juda muhim omil hisoblanadi. Dunyo okeani bilan quruqlik o‘rtasidagi suv va issiqlik almashinuvi, shu jarayon orqali amalga oshadi. Suvning tabiatda aylanishi tufayli materiklarga suv keladi va bu suv bilan tuproq, o‘simlik, hayvonot olamining ehtiyojlari ta’minlanadi, jilg‘alar, soylar, daryolar va ko‘llar suvga to‘ladi. Okean yuzasidan bo‘lgan bug‘lanish, kondensatsiya va okeanga tushadigan yog‘indan iborat kichik aylanishdan tashqari suvning yana ikki xil aylanishi alohida olingan materik doirasidagi va katta, ya’ni butun Yer kurrasi miqyosidagi aylanma harakati farq qiladi. Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi, yog‘in sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug‘lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o‘z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko‘rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo‘lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Shunday qilib, Dunyo okeani, atmosferadagi namlik va quruqlik suvlari yagona tizim sifatida o‘zaro bog‘langandir. Ko‘rilgan sxema juda soddalashtirilgan, amalda esa bu hodisa ancha murakkabdir. Chunki Yer kurrasi yuzasidagi suvning bir qismi umumiy suv 4
aylanishi jarayonidan chiqib ketishi (masalan, tog‘ jinslarini gidratatsiyalashda qatnashishi), bir qismi esa, aksincha, yer qa’ridan chiqib, aylanma harakat jarayonida qatnasha boshlashi mumkin. Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo‘lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar 5