DINNING MOHIYATI TUZILISHI VA FUNKSIYALARI


Mavzu: DINNING MOHIYATI TUZILISHI VA FUNKSIYALARI REJA: 1.Dinga berilgan tariflar. 2.Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi ma’naviy qadryat sifatida. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. 3.Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish yosh avlodni tarbiyalash tartibga solish birlashtirish tasalli berish aloqa o’rnatish va h.k. Dinlar tasnifi.
1. Din ijtimoiy hayotni, voqelikni o’ziga xos tarzda aks ettiruvchi ijtimoiy ongning shaklidir. Diniy ta’limotlar jamiyat hayoti bilan bo’gliq ravishda paydo bo’lib, ular jamiyat hayotidagi voqea-hodisalar diniy ta’limotlarda o’z ifodasini topadi. Diniy ong, urf-odatlar, diniy dunyoqarash ko’p jihatdan inson his- tuyg’ulari, ehtiroslari, hayollari ta’siri ostida paydo bo’ladi. Dinning ijtimoiy tarixiy, gnosiologik va psixologik ildizlari mavjuddir. Dinning ildizi dinning vujudga kelishini, uning qayta tiklanishi zaruriyati va imkoniyatlarini, umuman, uning salohiyatini yaratuvchi kishilar yig’indisidir. Dinning ujtimoiy-iqtisodiy ildizi deyilganda dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiy shart-sharoitlar yig’indisi tushuniladi. Jamiyat iqtisodiy taraqqiyoti darajasining pastligi, odamning tabiat kuchlari oldidagi ojizligi ularda ilk diniy tasavvurlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Jamiyat hayotining ma’lum bosqichida vujudga kelgan din tarixiy va ijtimoiy hodisa bo’lib, jamiyat hayotida sodir bo’luvchi voqea va hodisalar diniy ta’limotlarga ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Dinlar dastlab politeistik, ya’ni ko’pxudolik dinlardan iborat bo’lib, insonda ong-tafakkur shakllanishi jarayonida inson tevarak atrofda sodir bo’layotgan voqea-hodisalarning sabablarini tushunishga harakat qila boshlaydi. Dinning gnosiologik ildizlarini tashkil etuvchi bu narsa-hodisalarning bu sabablarini bilmaslik inson tomonidan butun tevarak atrofdagi narsa va hodisalarni jonlantirib tasavvur qilishiga olib keldi. Jamiyat hayotida sodir bo’lgan o’zgarishlar, yirik davlatlarning vujudga kelishi, hokimiyatning yakka hukumdor qo’lida to’planishi odamlarning politeizmdan monoteizmga o’tishiga, ko’plab xudolar ichidan yagona xudoga e’tiqod qilishining boshlanishiga olib keladi. Dinning psixologik ildizlari dinlarning ma’naviy ruhiy ehtiyojlari bilan bevosita bog’liqdir. Insonning o’ziga doimo taskin beruvchi, uning his-tuyg’ularini yengillashtiruvchi kuchga bo’lgan ehtiyoji dinning psixologik ildizlarini tashkil etadi. Din so’zi o’zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bo’lib, ishonch, ishonmoq degan ma’noni bildiradi. E’tiqod so’zi ham arab tilidan kirib kelgan bo’lib, chuqur mustahkam ishonch degan ma’noni anglatadi. Din bu insonga birdan-bir to’g’ri hayot yo’lini ko’rsatadigan va
o’rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va e’tiqodni ifoda etadigan maslak, qarash hamda ta’limotdir. Diniy imon va e’tiqod din yo’lining to’g’riligi, haqligi ishonchdan iborat ma’naviy ruhiy holatdir. Dinning tarkibiy qismi muayyan elementlardan, diniy ong, diniy ibodat va diniy tashkilotlardan iborat bo’lib, diniy tashkilotlar faoliyati ijtimoiy vazifalar bilan belgilanadi. Jamiyatdagi diniy munosabatlar ijtimoiy munosabatlarning boshqa turlari, ya’ni siyosiy, huquqiy axloqiy-ma’naviy, iqtisodiy mehnat munosabatlari hamda jarayonlari bilan bevosita bog’liqdir. Diniy jamoa diniy e’tiqodga asoslangan kishilar birligining asosiy belgilari quyidagilardan iboratdir. 1)Diniy e’tiqod, maqsad va vazifalar birligi, 2)Diniy marosimlar va undan tashqaridagi faoliyatlarning birligi, 3)Etnik birlik tuyg’usi, 4) Jamiyat azolari orasidagi o’zaro taqsimlangan mavqe va vazifalarning tuzilishi an’analar va urf- odatlar huquq yoki umumiy dasturlar, qoida, fatvolar bilan belgilanadi. Dinlar tarixida ko’p hollarda diniy birlik etnik birlikka mos kelgani uchun din etnik milliy birlik ma’nosini ham anglatgan. Masalan, islom dinida millat emas, islom diniga e’tiqod qiluvchi, Muhamad payg’ambar targ’ibotiga ergashgan kishilar birligi- ummat tushunchasi ishlatiladi. Diniy munosabatlar eng tez o’zgaruvchan munosabatlar bo’lib, bevosita diniy ehtiyojlar bilan bog’lanmagan, ayni zamonda kundalik va muhim ijtimoiy vazifalarni ham qilishga qaratilgan, kishilarning hatti- harakatlarini diniy qarashlar, pand-nasihatlar, odatlar orqali belgilash, yo’naltirish natijasida vujudga keladi. 2. Jahonda ko’plab dinlar mavjud bo’lib, dinshunoslik fanida ular 3 ta turga, urug’ qabila dinlari, milliy davlar dinlari hamda jahon dinlariga bo’lib o’rganiladi. Urug’-qabila dinlari ibtidoiy jamiyat tuzumida vujudga kelib ularga animizm, fetishizm, totemizm, shomonizm va magiya kiradi. Ibtidoiy jamiyat sharoitida vujudga kelgan bu dinlar diniy tarixiy shakllari ham deyiladi. Animizm lotin tilidan anim , ya’ni jon, ruh degan ma’noni anglatib, insonni o’rab turgan dunyoda turli ruhlarning borligiga ishonishdir. Animizm-ruhlar mavjudligiga ishonishdir, Animizm-ruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o’simlik va jonsiz jismlarga ruh, ong va tabiiy qudrat
borligi haqidagi ta’limotdir. Sehrgarlik turlariga davolash, ziyon yetkazish, muhabbat uyg’otish, ovchilik, dehqonchilikka xos xarakat va boshqalar kiradi. Sehr yo’li bilan aldashning asl ildizi xalq mediöinasiga - tibbiyotiga bog’liq. Masalan , o’zbeklarda ko’chiriq qildirish , kuf - suf qilib dam solish , kinna soldirish , isitma - sovutma qilish , fol ochirish shular jumlasiga kiradi . Ziyon yetkazishga qaratilgan sehr boshqa urug’, kabilardagi dushmanga ziyon-zahmat yetkazishni istash, tilashdir: muhabbat uyg’otish sehrgarligi esa isitma-sovutma qilishdan iborat; ovchilik sehri ovda omadli bo’lish, bunda yirtqichlardan holi bo’lish va h.larga kiritilishdir: dehqonchilikda hosildorlikka hayolan sehrlash yo’li bilan erishishdir. Bu yo’l bilan yomg’ir yog’dirishga urinishdir. Talabalar va ularning yaqinlari bu hodisalarga hozirgi zamon fan va texnika yutuqlari asosida tahlil qilsalar ularning asossizligiga ishonch hosil qiladilar. Sehrgarlik bilan o’zbeklarda azayimxon, duoxon, parixon, kinnachi, baxshi, folbin v.b.lar shug’ullangan. Bular hali ham chekka joylarda soddadil odamlarni aldab kun ko’radilar . Sehrgarlar jin (ajina), pari, alvasti, yosuman, dev, ajdaho, arvohlarga ishonishni targ’ib qilib, xurofatparastlarni ular tajovuzidan xalos qilishga va’da berib, aldaydilar. Endi ularga deyarli hyech kim ishonmaydi . Talabalar ham bundan xulosa qilishlari lozim . Fetishizm, fetish so’zi fransuz tilida but, tumor, sanam, sehrli narsa, degan ma’noni aglatadi. Fetishizm jonsiz narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga sig’inishdir. Sig’inish obyektlari, ya’ni fetishlar- tosh, tayoq, daraxt, umumman, har qanday buyum bo’lishi mumkin. Totemizm. Totem so’zi Shimoliy Amerikada yashaydigan Ojibva qabilasi tilida “uning urug’i” degan ma’noni anglatadi. Totemizm odamlarning ma’lum guruhi bilan muayyan hayvon, parranda va o’simliklar o’rtasda g’ayritabiiy tarzda qon-qarindoshlik aloqalari bor deb hisoblab ularga sig’inishdir. Totemizm turli xalqlarda mavjud bo’lib, totemlar e’zozlangan, ularni o’ldirish va ov qilish ta’qiqlangan. O’rta Osiyo o’zbeklarining qadimiy ajdodlari qaldirg’och, musicha,