DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI


DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI . Reja: 1. Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. 2. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. 3. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakllantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o‘rnatish va h.k. 4. Dinlar tasnifi.
1. Dinga berilgan ta’riflar. Din - ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Din – e’tiqod va u har bir kishining shaxsiy ishi hisoblanadi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra, din – muayyan diniy e’tiqodlarga, ya’ni ilohga, uning tomonidan insonlarga xabar yetkazuvchilarning g‘ayrioddiy salohiyatga ega ekaniga (payg‘ambarlik), insonlar atrofida unga ko‘rinmaydigan ammo undan ancha yuqori darajada turuvchi mavjudotlar borligiga (farishtalar, jinlar) inson ideal hayot kechirishi uchun azaldan belgilangan qonuniyatlar mavjudligiga (muqaddas kitoblar), inson hayoti muntazam nazorat ostida ekaniga, qilingan barcha yaxshilik va yomonlik uchun mukofot yoki jazo muqarrarligiga (oxirat, hisob-kitob qilinish), inson qismati avvaldan belgilanishiga (taqdir) va shu kabi qarashlarga ishonish, ularni aqida sifatida qabul qilishdan iborat. Din – tabiat, jamiyat inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tashqarida bo‘lgan, uni yaratgan ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarash ta’limotdir. Arab tilidagi manbalarda qayd etilishicha, din so‘zi bo‘yin egmoq, itoat etmoq, kimdandir qarzdor bo‘lmoq, e’tiqod qilmoq, qilgan ishiga yarasha mukofotlamoq din, imon, ajr–mukofot, qilingan ishga yarasha berilgan haq kabi ma’nolarni bildiradi. O‘zbek tili lug‘at adabiyotlarida “din” – ishonch, ishonmoq, e’tiqod, mulk, hukm, hisob, jazo, tadbir, bo‘ysunish, itoat qilish, ibodat, parhez, yo‘l tutish, odat qilish, e’tiqod qilish ma’nolarini bildirishi keltirib o‘tiladi. Islomdan avval turkiy xalqlarning din tushunchasini ifodalash uchun turli davrlarda “drm”, “darm”, “nom” va “den” kabi so‘zlarni ishlatganlari ma’lum. Ulardan “drm”, “darm” din, aqida ma’nosida sanskritcha (qadim hind tili) “dharma”dan (Pali tilida dhamma); “nom” din ishonch, qonun ma’nosida sug‘d tilidan kirib kelganligi aytiladi. O‘zbek tilidagi “din” ma’nosini beruvchi atamalar barcha tillarda mavjud. Jumladan, zardushtiylarning manbasi “Avesto”da “din” sifatida “daena”, qadimgi fors pahlaviy tilida “den”, “din”, “dena”, “daena” so‘zi ishlatilib, «yo‘l», «mazhab», «marosim», «uslub», «tarz» kabi ma’nolarni bildirgan. Ibroniy tilida istifoda qilinadigan «dath» so‘zi «din» tushunchasini ifodalash uchun umumiy termin bo‘lib, «hukm», «amr» va «qonun» ma’nolarini anglatgan. Rus tilida din ma’nosini anglatadigan «religiya» so‘zining kelib chiqishi borasida lug‘atlarda bir qancha yondashuvlar keltirib o‘tilgan. Ulardan ba’zilariga ko‘ra mazkur atama lotincha «religio» so‘zidan kelib chiqib, «diyonat, dindorlik, taqvodorlik, xudojo‘ylik, mo‘minlik, taqvo, muqaddas narsa yoki joy, qadamjo, ziyoratgoh, ibodat– topinish–sig‘inish va u bilan bog‘liq diniy marosimlar» degan ma’nolarni anglatadi.
Ikkinchi guruh tilshunoslar «religio» so‘zi semantik, ma’no va morfologik jihatdan «relegere» so‘zi bilan bog‘liq bo‘lib, «yangidan to‘plamoq, yangidan tanlashga kirishmoq, qayta ishlab chiqish uchun oldingi sintezga qaytish» kabi ma’nolarni anglatadi, deb ta’kidlaydilar. Olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda topinish ob’ekti – Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi. Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga – transsendent va immanent ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi Yaxvelarni keltirish mumkin. Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin. Ikkinchisi, Xudo bilan insonlarni “me’roji” (ya’ni Alloh taoloning xuzuriga ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi “sirli marosimlar”da Muqaddas Ruhning o‘zi ishtirok etadi deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar. Uchinchisi esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning mavjudligi. Diniy tashkilot – bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy rasm– rusum, ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan muassasalaridir. Bu, islomda – masjid, madrasa, xristianlikda – cherkov, seminariya, yahudiylikda – sinagoga va hokazo. E ng qadimgi zamonlardan boshlab falsafiy tafakkurda din masalasi faylasuf olimlar diqqatini o‘ziga jalb etib kelgan. Dinga ta’rif va tavsiflar berilgan. Falsafiy dunyoharashda dinni g‘oyalar tizimi sifatida tahlil etuvchi din falsafasi yo‘nalishi shakllangan. Din - insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismi. O‘zbekiston Respublikasida ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilganligi sababli din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq- oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib
maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir. Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o‘z shaxsiy pozitsiyasini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, ob’ektiv-ilmiy informatsiya zarur. Bunday informatsiya ensiklopedik xarakterda bo‘lmog‘i, birovning g‘arazli sharqisiz original matnlar shaklida bo‘lsa, maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo‘lmagan avtorlar tomonidan yoziladigan asarlar hozirgi zamon informatsiya erkinligi va uning yetib kelishi oson bo‘lgan sharoitlarda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida mazkur mualliflarning obro‘sizlanishiga olib keladi. Diniy nuqtai nazarga ko‘ra din ilohiy kuchlarga, xudoga, payg‘ambarlarga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, oxiratga, butun yaxshi-yomonlik yaratganning irodasi bilan bo‘lishiga ishonmoqlik, shayton va iblislardan saqlanishdir. Yodda tuting: Din - tabiat, jamiyat, inson va uning ongi, yashashdan maqsadi hamda taqdiri insoniyatning bevosita qurshab olgan atrof-muhitdan tash q arida bo‘lgan, uni yaratgan, ayni zamonda insonlarga to‘g‘ri, haqiqiy, odil hayot yo‘lini ko‘rsatadigan va o‘rgatadigan ilohiy qudratga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, q arash, ta’limot dir . Din muayyan ta’limotlar, his-tuyg‘ular, toat-ibodatlar va diniy tashkilotlarning faoliyatlari orqali namoyon bo‘ladi. U olam, hayot yaratilishini tasavvur qilishning alohida tariqasi, uni idrok etish usuli, olamda insoniyat paydo bo‘lgandan to bizgacha o‘tgan davrlarni ilohiy tasavvurda aks etishidir. Komil insonni tarbiyalashda salmoqli tarbiyalovchi qudratga ega bo‘lgan ma’naviy- axloqiy kuchdir. Din nima ekanligi turlicha izohlansa-da, umumiy nuqtai nazar shuki, din ishonmoq tuyg‘usidir. Ishonmoq tuyg‘usi insoniyatning eng teran va eng go‘zal ruhiy-ma’naviy ehtiyojlaridandir. Dunyoda dini, ishonchi bo‘lmagan xalq yo‘q. Chunki muayyan xalq dinsiz, e’tiqodsiz, biror-bir narsaga ishonchsiz holda yashay olmaydi. Ma’lumki, mamlakatimiz fuqarolik jamiyatini mustahkamlash yo‘lidan bormoqda. “Fuqarolik jamiyati” degani esa, birinchi navbatda, jamiyat boshqaruvining muayyan sohalarini davlat organlari va tashkilotlaridan bosqichma-bosqich nohukumat tuzilmalarga o‘tib borishini anglatadi. Demokratik mamlakatlar tajribasi shundan dalolat bermoqdaki, fuqarolik institutlari ma’naviyatva ma’rifat, ilm-fan va madaniyat bilan bog‘liq sohalarda o‘zini ko‘proq namoyon etib boradi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu sohada katta ishlar amalga oshirilmoqda. Milliy g‘urur, o‘zlikni anglash, milliy-diniy qadriyatlarni