Django frameworkida xavsizlik masalalari Audentifikatsiya va audentifikatsiya hodisalari. formalar
Django frameworkida xavsizlik masalalari Audentifikatsiya va audentifikatsiya hodisalari. formalar Reja: 1. Formalar xaqida umumiy ma’lumot. 2. <form> </form> teglari. 3. Ma’lumotlarni kiritish INPUT elementi 4. BUTTON tugmasi 5. Ko’p satrli mantli maydon. TEXTAREA elementi.
1. Formalar h aqida umumiy ma’lumot HTML formalar, foydalanuvchilar tomonidan, ma’lumotlarni kiritish va kiritilgan ma’lumotlardan keyinchalik foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Formalar – matnli oynalar, tugmalar, bayroqchalar, ulagich(pereklyuchatel)lar va menyular kabi boshqariladigan elementlardan tashkil topishi mumkin. Formalar <form> va </form> teglari orasida joylashadi. Ba’zi xollarda foydalanuvchi bilan brauzer o’rtasida aktiv muloqat qilishga to’g’ri keladi, ya’ni ma’lumotlarni kiritishga va tahrir qilishga to’g’ri keladi. Bunday hollarda biz yuqorida aytganimizdek HTML hujjatning formalar deb ataluvchi bo’limidan foydalanamiz. Foydalanuvchi yuqorida ko’rsatilgan formalarni ma’lumotlar bilan to’ldiradi va uni qayta ishlash uchun serverga jo’natadi. Server bu odatda Web-server yoki elektron pochta serveri bo’lishi mumkin. Shunday qilib har qanday formaning asosiy qismi bo’lib uning boshqariladigan elementlari hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o’z nomiga ega va bundan tashqari bu elementlar o’zining boshlang’ich qiymatiga hamda joriy qiymatiga ega. Elementning boshlang’ich qiymati uning birinchi hosil qilinishida yoki uning qaytadan o’rnatilishida (inisializasiya) ekranda tasvirlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi bu qiymatlarni o’zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan to’ldirilgan formaning qiymatlari «nom=qiymat» juftlik ko’rinishida qayta ishlanish uchun jo’natiladi. HTML formalar quyidagi boshqariladigan elementlardan foydalanadi: Tugmalar ( buttons ) Uchta turdagi tagmalar mavjud: Jo’natuvchi tugmalar – bu tugmalar yordamida formalar serverga qayta ishlash uchun jo’natiladi.
Inkor etuvchi tugmalar – bu tugma bosilsa formaning hamma qiymatlari qaytadan boshlang’ich xolatiga o’rnatiladi. Umumiy tugmalar – bunday turdagi tugmani bosganda shu tugmaga bog’langan prosedura ishga tushadi. Bayroqchalar ( chekboxes ) Bayroqcha – bu ikkita (tanlangan yoki tanlanmagan) h olatga ega bo’ladigan element. Bayroqchalar input elementi yordamida h osil qilinadi. Ulagichlar ( radiobuttons ) Ulagichlar ham bayroqchalarga o’xshaydi, ammo bitta farqi shundaki hamma elementlari bitta nomga ega bo’ladi va shulardan bittasi tanlanadi. Ulagichlar ham input yordamida tashkil qilinadi. Menyular ( menus ) Menyu foydalanuvchiga bir nechta variantlardan bir yoki bir nechtasini tanlash imkoniyatini yaratadi. Menyu selest elementi yordamida optgrup va option lar bilan birgalikda tashkil qilinadi. Matn kiritish maydoni ( text input ) Matnni foydalanuvchi tomonidan kiritilishini amalga oshiruvchi ikkita element mavjud. input elementi bitta qatorli kiritishni ta’minlaydi. textarea – ko’pqatorli kiritishni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Fayl selektori ( file selest ) Bu element yordamida biz serverga yuboradigan faylni tanlaymiz. Fayl selektori ham input elementi yordamida amalga oshiriladi. 2. <form> </form> teglari Formalar tashkil qilish form elementi yordamida amalga oshiriladi va biz uning umumiy ko’rinishi bilan tanishib chi q amiz. Umumiy ko’rinishi: Sintaksis : < FORM>…</FORM> (Blokli element) Atributlar : id, class, style, title, lang, dir,xodisa
action = URL (formalarni qayta ishlash uchun ko’rsatilgan URL manzil) method = GET | POST (formalardagi ma’lumotlarni jo’natish uchun HTTP metodi) enctype = fayl tipi(formaga murojat qilish uchun) accept = fayllar tiplari (bo’lishi mumkin bo’lgan fayllar tiplari) accept-charset = kodlashtirishlar (bo’lishi mumkin bo’lgan simvollarni kodlash usullari) name = CDATA (ssenariya uchun forma nomi) target = freym (natijalarni h osil qilish uchun freym) onsubmit = ssenariya (formani jo’natish) onreset = ssenariya (formani qaytadan o’rnatish) Misol 10_1. <html> <head> <title>Formalarga doir misol</title> </head> <body> <form action="http://maks//cgi/person.exe" method=”post”> <p> <label for=”firstname”> ism: </label> <input type=”text” id=”firstname”> <br> <label for=”lastname”> familiya: </label> <input type=”text” id=”lastname”> <br> <label for=”email”> e-mail: </label> <input type=”text” id=”mail”>
<br> <input type=”radio” name=”sex” value=”male” checked=”checked ”> erkak <br> <input type=”radio” name=”sex” value=”femole”> ayol <br> <input type=”submit” value=”send”> <input type=”reset” value=”Reset”> </p> </form> </body> </html> 3. Ma’lumotlarni kiritish INPUT elementi Umumiy ko’rinishi: Sintaksis : <INPUT> (Yopiluvchi tegi yo’q) Atribut ы : id, class, style, title, lang, dir, h odisa type = TEXT | PASSWORD | CHECKBOX | RADIO | SUBMIT | RESET | FILE | HIDDEN | IMAGE | BUTTON (Kiritish turi) name = CDATA (Element nomi)