Ekologik tizimlar haqida tushuncha
![Ek ologik t izimlar haqida t ushuncha
Reja:
1. Ek ologik t izim t ushunchasi.
2. Ek ot izimda modda v a energiy a oqimi.
3. Ek ot izimlarning mahsuldorligi, ek ologik piramida v a
uning qoidalari.
4. Ek ologiy aning mat emat ik modeli.
5. Ek ot izimlarning dinamik asi v a suk t sessiy asi.](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_1.png)
![Ekologik tizim tushunchasi
Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-
energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida
o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni
oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik
moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning
uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat
tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari
bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi.
Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi.
Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida
yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham
oladi.
Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi
tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi
davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar
modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan
bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.
Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular
yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb
ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan.
Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan,
daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_2.png)
![mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni
o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin.
Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish
mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera
hisoblanadi.
Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz
atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin,
biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi
hisoblanadi.
EKOTIZIMDA MODDA V A EN ERGIY A OQIMI
Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan
energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu
energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq
birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni
iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan
birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof
organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan
issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida
chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib,
to`planib qolgan energiyadir.
Organizmlarning ozuqalanishiga ko`ra aloqalari trofik
aloqalar deyiladi. Organizmlar o`rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_3.png)
![zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo`lib, 3 ta zvenodan tashkil
topadi:
1-zveno – produtsentlar bo`lib, bularga avtotrof organizmlar
ya'ni yashil o`simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar
hisoblanadi.
2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga
barcha hayvonlar va insonlar kiradi.
3-zveno – redutsentlar ya'ni o`zgartiruvchilar. Bularga
mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan
organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga
aylantiradi.
Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir
organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir
bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami-
kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi.
Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar
massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining
70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni
shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan
ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn
to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish,
harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi,
yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_4.png)
![chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu
massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam
bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin.
EKOTIZIMLA RN IN G MA HSULDORLIGI V A EKOLOGIK PIRA MIDA
QOIDA LA RI
Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum
maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida
vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va
joyga ko`ra turlicha kechadi.
Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni
birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun
tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu
moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish,
oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida
to`playdi.
Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa
bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi
mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat
ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni
ikkilamchi mahsulot deyiladi.
Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot
hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_5.png)
![mahsulot sifatida to`playdi. Masalan, qoramol o`z vaznini 1 kg. ga
oshirish uchun u o`rtacha 70-80 kg. o`t yetadi. Ko`rinib turibdiki, u
birlamchi mahsulot bilan olgan energiyasining ko`p qismini
o`zining hayot jarayonlariga sarflaydi va oz qismini ikkilamchi
mahsulot sifatida to`playdi. Ozuqa zanjirining keyingi zvenolarida
ham shunday holat davom etadi va har bir zvenoga o`tishda
energiya hamda to`planadigan massa kamaya boradi. Bu holat
ekologik piramida deb nom olgan bo`lib, piramidaning ostida
produtsentlar (o`simliklar), o`rtasida o`simlikxo`r konsumentlar
(hayvonlar) va ustida etxo`r hayvonlar (yirtqichlar) turadi. Ekologik
piramidani ingliz olimi CH. Elton o`rgangan va fanga kiritgan.
Ekologik piramidada quyidagi qoidalar amal qiladi:
Birinchi qoida ( ikkilamchi biologik mahsulotlar birlamchi
biologik mahsulotlardan kam bo`ladi.
Uning ikkinchi qoida ( yeyiluvchi organizmlarning umumiy
vazni yeyuvchi organizmlar vaznidan ko`p bo`ladi.
Uning uchinchi qoida ( biologik mahsuldorlik, ikkilamchi
mahsulot to`plovchilarning qisqa umr ko`radiganlarida uzoq
yashovchilarga nisbatan yuqori bo`ladi.
Uning to`rtinchi qoida – sonlar qoidasi bo`lib, piramidaning
yuqorisiga chiqqan sari organizmlar soni kamaya boradi.](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_6.png)
![EKOLOGIY A N IN G MATEMA TIK MODELI
Ekologiyaning matematik modeli 1931 y. V. Volterru
tomonidan ishlab chiqilgan bo`lib, uning eng sodda ko`rinishi u
yirtqich-o`lja va parazit-xo`jayin munosabatlariga asoslangan.
O`ljaning ko`payishi u bilan oziqlanuvchi yirtqichning
ko`payishiga olib keladi, yirtqichning ko`payib ketishi bilan o`lja
kamayib qoladi, o`ljaning kamayishi esa yirtqichlar sonining ham
kamayishiga olib keladi.
Parazit-xo`jayin munosabatlari ham shunday printsipda
boradi. Bunga qishloq xo`jalik zararkunandalari va ularning ichiga
yoki tuxumi ichiga tuxum qo`yib ko`payadigan foydali
hasharotlarni misol qilish mumkin.
EKOTIZIMLA R DIN A MIKA SI V A SUKTSESSIY A SI
Biotsenozlarning barchasi ham o`zgarib turuvchan
bo`lib, bu o`zgarishlar 2 xil bo`ladi:
1)davriy o`zgarishlar
2)ilgarilama o`zgarishlar
Davriy o`zgarishlarga tashqi muhitdagi sutkalik, mavsumiy va
yillik o`zgarishlar kiradi. Sutkalik o`zgarishlar organizmlarning
aktivligiga ta'sir qiladi. Masalan, O`rta Osiyo cho`llarida yozning
jazirama kunlarida tush payti aktivlik keskin pasayadi, kechqurun
va ertalab u keskin oshadi.](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_7.png)
![Mavsumiy o`zgarishlar organizmlarning nafaqat aktivligiga,
balki ularning soniga ham ta'sir qiladi. Bunga hayvonlarning
bahorda ko`payishi, ko`zda ko`pchilik qushlarning issiq
mamlakatlarga ketib qolishi kabilar misol bo`ladi.
Biotsenozlardagi ilgarilama o`zgarishlar undagi organizmlar
soni va tarkibini qisman yoki to`liq o`zgatirishga olib keladi. Ular
organizmlar jamoasiga muhit omillarining uzoq davom etadigan
bir tomonlama ta'siridan kelib chiqadi. Bunga misol qilib atrof
muhiti o`ta ifloslangan joydan aholining ko`chib ketishini keltirish
mumkin.
Ilgarilama o`zgarishlar ba'zi hollarda ancha chuqur bo`lib,
biotsenoz butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, havoning davomiyli
kuchli ifloslanishi u joyning suvi va tuprog`ini ham ifloslanishga
olib kelishi mumkin. Bunday hodisaga digressiya ya'ni biotik
jamoalar holatining yomonlashuvi deyiladi. Buning natijasida u
joydan nafaqat odamlar ketib qoladi. Balkim suv va tuproqdagi
organizmlar ham qirilib ketib, biotsenoz kambag`allashib qoladi.
Bunday chuqur o`zgarishlarga ekzogen o`zgarishlar ham deyiladi.
Bundan tashqari tabiatda endogen o`zgarishlar ham bor-ki,
ularning natijasida biotsenozning tarkibi birin-ketin o`zgara
boradi. Masalan, tog`dagi yalong`och toshlar tabiiy omillar
ta'sirida sekin-asta yemrilaboshlaydi. Bunga sabab, ularning
sirtida paydo bo`lgan lishayniklar quyosh radiatsiyasi, harorat va](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_8.png)
![namlik ta'sirida toshni yemiradi. Yemirilgan tosh ustida dastavval
petrobiont (toshsevar) o`simliklar o`sadi. Keyinchalik toshlar to`liq
yemirilib adirlar paydo bo`lgach, bu yerlarning tuprog`iga mos
keladigan boshqa o`simliklar o`sadi. Bu joylarning hayvonot
dunyosi ham o`simliklarga mos ravishda o`zgarib boradi.
Biotsenozlarning ma'lum tartibda almashinishi ekotizimlar
suktsessiyasi deyiladi. Ekotizimlar suktsessiyasi geobotanikada
ekogenetik suktsessiya deyiladi, chunki bunda o`sha joyning
ekologik sharoitlari birin-ketin o`zgaraborib, natijada bu joyda
oldingisidan butunlay farq qiladigan ekotizimlar vujudga keladi.
Barcha holatlarda ham suktsession o`zgarishlar tezligi
keyinchalik sekinlashadi va nihoyat to`xtaydi. Bu vaqtda u joydagi
biotsenoz to`liq shakllangan bo`ladi. Suktsession o`zgarishlarning
to`xtab qolishga suktsessiyaning klimaksi deyiladi. Bunday
biotsenozlarda organizmlar o`rtasidagi raqobat pasayib, moddalar
aylanish tartibga tushadi.
Ekotizimlar dinamikasini, undagi suktsession holatlarni
o`rganish ekotizimlarni boshqarish imkonini beradi.](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_9.png)
![](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_10.png)
![](/data/documents/21218163-82f7-4e6f-8706-778fa95bf8d5/page_11.png)
Ek ologik t izimlar haqida t ushuncha Reja: 1. Ek ologik t izim t ushunchasi. 2. Ek ot izimda modda v a energiy a oqimi. 3. Ek ot izimlarning mahsuldorligi, ek ologik piramida v a uning qoidalari. 4. Ek ologiy aning mat emat ik modeli. 5. Ek ot izimlarning dinamik asi v a suk t sessiy asi.
Ekologik tizim tushunchasi Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy- energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi. Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi. Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni
mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi. Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi. EKOTIZIMDA MODDA V A EN ERGIY A OQIMI Yerda hayotning davom etishida quyoshdan kelayotgan energiya oqimi muhim rol o`ynaydi. Avtotrof organizmlar bu energiyadan foydalanib, fotosintez jarayonida organiq birikmalarni sintezlaydi, geterotrof organizmlar esa ularni iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan organik moddalar bilan birga ularning tarkibida saqlangan energiya geterotrof organizmlarga o`tadi. Kishi ovqatlanishida ajralib chiqadigan issiqlik, yog`och, toshko`mir yoki torfning yonishida chiqadigan issiqlik va yorug`lik o`sha quyoshdan olinib, to`planib qolgan energiyadir. Organizmlarning ozuqalanishiga ko`ra aloqalari trofik aloqalar deyiladi. Organizmlar o`rtasidagi trofik aloqalar ozuqalar
zanjirini hosil qiladi. Bu zanjir yopiq bo`lib, 3 ta zvenodan tashkil topadi: 1-zveno – produtsentlar bo`lib, bularga avtotrof organizmlar ya'ni yashil o`simliklar kiradi. Ular ozuqani yaratuvchilar hisoblanadi. 2–zveno – konsumentlar ya'ni iste'mol qiluvchilar. Bularga barcha hayvonlar va insonlar kiradi. 3-zveno – redutsentlar ya'ni o`zgartiruvchilar. Bularga mikroorganizmlar va zamburug`lar kiradi. Ular tuproqqa qaytgan organik moddalarni parchalab, oddiy anorganik elementlarga aylantiradi. Shunday qilib, ekotizimda moddalar va energiya bir organizmdan boshqasiga o`tib oqib yuradi. Moddalar yopiq zanjir bo`yicha oqsa, energiya ochiq zanjirda oqadi, ya'ni u ertami- kechmi tashqi muhitga chiqib ketadi. Nega tirik organizmning massasi u o`zlashtirgan moddalar massasiga teng emas? – degan savol tug`iladi. Axir odam o`zining 70 yillik hayotida o`rtacha 45 t. ovqat iste'mol qilsa, uning vazni shunchalik o`smaydi-ku! Gap shundaki organizmga kirgan ozuqaning faqatgina kichik bir qismi uning o`sishiga ya'ni vazn to`plashiga sarf bo`ladi. Uning ko`pchiligi nafas olish, harakatlanish, ko`payish va boshqa jarayonlar uchun sarflanadi, yana bir qismi esa hazm bo`lmay, chiqindi sifatida muhitga
chiqarib tashlanadi. Organizm to`playdigan massaning u shu massani to`plash uchun oladigan ozuqa massasidan kam bo`lishini ekologik piramida qoidalari bilan tushuntirish mumkin. EKOTIZIMLA RN IN G MA HSULDORLIGI V A EKOLOGIK PIRA MIDA QOIDA LA RI Ekotizimlarning biologik mahsuldorligi deganda ma'lum maydondagi tirik organizmlarning muayyan vaqt birligida vazn to`plash tezligiga tushuniladi. Bu tezlik tabiatda vaqt va joyga ko`ra turlicha kechadi. Produtsentlarning muayyan vaqt birligida to`plangan vazni birlamchi mahsulot hisoblanadi. U shu mahsulotni to`plash uchun tuproqdan undan ko`ra ancha ko`p modda oladi. Bu moddalarning 40-70 % ni o`z hayotiy jarayonlariga (nafas olish, oziqlanish, suv bug`latish) sarflaydi, qolganini vazn sifatida to`playdi. Birlamchi mahsulot konsument va redutsentlar uchun ozuqa bo`lib hisoblanadi. Ular ham ozuqa sifatida olingan birlamchi mahsulotning ko`p qismini o`z hayotiy ehtiyojlariga sarflab, faqat ozginasini vazn sifatida to`playdilar. Ularning to`plagan bu vazni ikkilamchi mahsulot deyiladi. Shunday qilib, geterotrof organizmlar birlamchi mahsulot hisobida yashaydi va uning faqatgina bir qismini ikkilamchi