Testologiya haqida tushuncha
Mavzu: Testologiya haqida tushuncha Reja: 1. Testologiya tushunchasi, testologiyaning tavsifi. 2. Testologiyaning predmeti. 3. Testologiya, psixodiagnostika va psixologik testlashtirish tushunchalari. 4. Testologiyaning maqsad va vazifalari. 5. Testologiyaning fanlar tizimidagi o’rni. 6. Testologiya va kasbiy faoliyat sohalari.
Bugungi kunda psixologiya fanining amaliy jabhalriga ehtiyoj oshib borayotganligi, shaxs imkoniyatlarini baholash, bilim, ko’nikma va malakalarini shakllanganlik darajasini aniqlashda zarur psixologik vositalarni yaratish va amaliyotda tatbiq etish zaruratini yuzaga keltirmoqda. SHu toifa muammolarni hal etishda psixologik testlardan foydalanish muhimdir. «Testologiya» fani psixologiya faning muhim amaliy tarmog’i sifatida bugungi kunda psixologlarni tayyorlanish jarayoniga qo’llanilanilmoqda. Aslida mazkur fan fanlar tizimida o’ziga xos o’rin tutadiki, uni tibbiyotda, pedagogikada, texnika va texnologida, kibernetika va boshqa sohalarda xususiyatlaridan kelib chiqib foydalaniladi. Psixologiyada esa, ushbu fan shaxs xususiyatlari, uning intellekti, qobiliyati, bilish jarayonlari, emosional-irodaviy va motivatsion sohalarini testlar yordamida o’rganish uchun zarur usul va uslublarning qo’llash, ularni ishlab chiqish va kafolatlash bilan bog’liq tashkiliy tadbirlarni tizimini o’zida mujassamlashtirgan fan sifatida e’tirof etiladi. SHu sababli psixologiya sohalari bo’yicha tayyorlanayotgan talabalarni nazariy va amaliy bilimlarning bir yo’nalishiga o’rgatish uchun «Testologiya» fanini ta’lim jarayoniga o’qitish zarurati mavjud. Test - ingliz tilidan tarjima qilinganda «sinov», «tekshirish» degan ma’noni anglatadi. Psixologiyada test deb psixik hodisalarni, shaxs xarakteris-tikalarini, bilim, ko’nikma va malakalarini murakkab texnik moslamalarisiz qisqa muddat ichida standartlashtirilgan holda tekshirishga aytiladi. Psixologik testlarning vazifasi bu individlar o’rtasidagi farqlar yoki bir individning turli sharoitlardagi reaksiyalar farqini o’lchamdan iborat. Psixologik testlarni ishlab chiqishga turtki bo’lgan muammolardan biri aqli zaiflarni aniqlash muammosi edi. Bugungi kunga qadar aqli zaiflikni aniqlash psixologik testlarni qo’llashdagi muhim sohalardan biri bo’lib qolmoqda. Psixologik testlarni namoyon bo’lishining dastlabki shart-sharoitlarini to’la tushunish uchun biz ushbu muammoning tarixini ko’rib chiqishimiz zarur. Testlar qadim zamonlarda, ya’ni 3000 yil avval Xitoy imperiyasida fuqarolik xizmatiga
ishga olishda, qadimgi gretsiyada ta’lim protsessida (sokrat metodi) qo’llanilganligi bizga ma’lum. O’rta asrlarda ovrupa universitetlarida fan nomzodliklari va darajalarini taqdim etishda ham maxsus sinovlar joriy etilgan edi. Psixologik testlashni rivojlanishning asosiy bosqichlari XIX asrga to’g’ri keladi. XIX asrda birinchi bor aqli zaif va ruhiy kasalliklarga chalingan kishilarga nisbatan inson-parvarlik munosabatda bo’lish zarurligi to’g’risidagi fikr- mulohazalar ilgari surila boshladi. Bunday kishilar uchun maxsus «m e hribonlik» muassalari tashkil etila boshladi. Bu muassasalarni tashkil qilinishi sog’ kishilardan kasallarni, aqli zaiflardan ruhiy kasallik bilan og’rigan kishilarni bir- biridan ajrata olish muammosini yuzaga keltirdi. Bu muammoni hal etishda fransuz olimlari Eskirol, Segen, Binelarning hissasi juda katta bo’lgan. Testlashni rasmiy boshlanishiga ingliz biologi Frensis Galton asos solgan. U juda ko’p oddiy testlar ishlab chiqib, ularni o’z laboratoriyasida qo’llagan. Hozirgi kungacha ko’rish uzunligining o’lchovi Galton lineykasi, eshitish idrokini chegarasini aniqlovchi Galton xushtagi va boshqalar saqlanib qolgan. Galton birinchi bo’lib baholash shkalalarini qo’llagan, individual farqlarni analiz qilishda mamavzutik statistika metodini qo’llagan. Psixologik testlashni rivojlanishiga ahamiyatli hissa qo’shgan amerikalik psixolog Djeyms makkin kettel birinchi bo’lib test terminini kiritgan. Uning «Aql test»lari kollej studentlarida keng qo’llanilgan. Testologiyani fan sifatida rivojlanishining keyingi bosqichi-shaxs xarakteristikalarini o’lchash, emotsional regulya-siyani, shaxslararo munosabatlarni o’lchash, motivatsiya va qiziqishlarni o’lchashdir. Psixologik testlashtirishning vujudga kelishi va funksiyalari Psixologik testlashtirish psixologiyaning o’ziga xos bir sohasi sifatida vujudga kelgan bo’lib, unda maktab, kollej, harbiy xizmatga, kadrlarni ishga qabul qilinadigan nomzodlarni standartlashtirilgan testlardan foydalangan holda saralash imkonini beruvchi vositasi sifatida xizmat qiladi. Bugungi kunda psixologik testlarni qo’llash 1 1 Anne Anastasi , Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000.P. 2-3
Psixologik testlarni vazifasi har sharoitlarda individ yoki individlar o’rtasidagi tafovutlarni o’lchashga xizmat qiladi. Bu borada qo’llanilgan ilk testlar aqliy taraqqiyotdan ortda qolish masalalariga bag’ishlab ishlab chiqilgandir. Bunday testlarni klinik maqsadlarda foydalanishi xulq-atvorida og’ishi bor, xulqdagi o’zgarishlar va huquq buzarlikka moyil insonlarni tekirishga yo’naltirilgandir. Testlarni jadal rivojlanishining bir yo’nalishi ta’limda vujudga kelgan bo’lib, har xil ta’lim muassasalarida bolalarning iqtidor va qobiliyatiga ko’ra sarala o’qitish uchun mo’ljallaganligi, ta’lim jarayonida o’zlashtirmaslikni sabablarini aniqlash, o’rta maktab va kasb-hunar kollej o’quvchilarining kasb-hunar tanlash maslahatlarini tashkil etishda, kasb-hunar va boshqa ta’lim muassasalari uchun saralashlarning amalga oshirilishi ta’limda testlarning qo’llashning o’ziga xos xususiyati hisoblanadi. Sanoat va ishlab chiqarishda personallarni saralash va taqsimlash psixologik testlashtirishni keng qo’llash taqdim etilgan soha sanaladi. Boshqaruvda oddiy operatordan tortib, ish yurituvchi o’rniga xodimlarni saralab olishda o’ziga xos o’rin tutsada, ammo yollanib ishlaydigan, majburiyatlarni taqsimlash, ish joyi o’zgartirish, lavozimlarga ko’tarish yoki ishdan bo’shatish bilan bog’liq masalalarni hal etishda testlashtirish foyda bermadi. Ko’p hollada testlarni samarali qo’llash, asosan yuqori malakali ishga qabul qilishda test natijalarin talqin etish to’g’ri tuzilgan intervьyu asosida qo‘shimcha ma’lumotlar olish orqali ta’minlanadi. SHunday bo‘lsa-da, testlashtirish personal bilan ishlashning muhim qismini tashkil etadi. SHunga ko‘ra psixologik testlashtirish harbiy xizmatchilarni saralash va taqsimlashda qo‘llaniladi. Bu borada harbiy soha barcha yo’nalishlarini qamrab olgan testlar ishlab chiqilgan. Psixologik maslahat sohasida psixologik testlashtirishni qo’llash inson hayotning turli yo’nalishlarida tor yo’nalishdagi testlashtirishni doimiy ravishda joriy etilib borilayotganligidan dalolat bermoqda. Emotsional holat va shaxslararo munosabat maslahatning eng asosiy ob’ektiga aylandi. Testlarni qo’llash o’z navbatida shaxsning o’zini o’zi anglashi va kamol topishini baholash vositasi
sifatida foydalanish o’sib bormoqda. Keyingi davrlarda test ko’rsatkichlardan foydalanishi individning qaror qabul qilishi vositasi bo’lib qoldi. Sanab o’tilgan holatlardan ko’rish mumkinki, psixologik testlashtirish keng ko’lamdagi amaliy masalalarn hal etishga xizmat qiladi. Biroq testlar fundamental tadqiqotlar o’tkazish uchun muhim vosita ekanligi haqida faktni inkor etib bo’lmaydi. Deyarli barcha differensial psixologiya masalalarini hal etishda psixologik testlashtirishdan muhim vosita sifatida foydalanish ma’lumotlar to’plashning eng maqbul yo’lidir. Misol sifatida individual tafovutlarning tabiati, xarakteri va darajalari haqidagi, psixologik xususiyatlarni yoritish bo’yicha, guruhiy tafovutlarni o’lchash, xulq-atvordagi har xil ta’sirlarning o’rnini baholashdagi biologik va madaniy tadqiqotlarni tashkil etishdagi o’rnini keltirib o’tish mumkin: psixologik testlashtirish standartlashtirilgan vosita sifatida indviddagi yosh o’zgarishlar, ta’lim muhitining ta’siri va psixoterapiyaning ta’sir kuchi va sotsial dasturlarni joriy etish natijalarini o’rganishning eng maqbul vositasi sanaladi. ayrim hollarda psixologik testlashtirish bo’yicha etarlicha ma’lumotlarga ega emaslik oqibatida zamonaviy psixologiyada testlarni qo’llash bo’yicha adekvat tushunishning imkoni yo’qolib qolayotgan holatlar ham uchraydi. psixologik testlarni qo’llanish tarixi uning vujudga kelish mohiyatini aniqlashga imkon beradi va zamonaviy psixologik testlashtirishni mohiyatini, qo’llash chegaralarini tushunishga xizmat qiladi. Psixologik test nima? 2 Xulq-atvorni tanlab tahlil qilish. Psixologik testlar o’zida xulq-atvor namunasi ob’ektiv va standartlashgan tarzda o’lchashni ifodalaydi. Psixologik testlar boshqa fanlardagi testlar va kuzatishlar singari individ xulq-atvorining ajratib olgan namunasiga ko’ra kichik tanlanmada o’rganadi. Bu borada psixolog bioximik patsientning qon tarkibini, mikrorayondagi ichimlik suvining tarkibini bir necha sinovlar orqali o’rgangani singari o’z xulosalarini beradi.Mabodo, psixolog bolaning lug’at boyligini, arifmetik hisob-kitob ishlarini bajarishi yoki 2 Anne Anastasi , Susana Urbina. Psychology Testing.-Prentice-Hall International, Inc.2000 . P.5-6