logo

Elektron hukumat asoslari

Загружено в:

16.11.2024

Скачано:

0

Размер:

491 KB
Elektron hukumat asoslari 
Reja: 
 
1. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron 
hukumatni shakllantirish yo‘llari. 
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari axborot 
tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari. 
3. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot 
tizimlarini konseptual loyihalash.  
4. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, 
interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari. 
  Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni
shakllantirish yo‘llari.
Elektron   hukumat   deganda,   fuqaro,   korxona   va   tashkilotlarga,   hukumat
idoralarining   turli   pog‘onalariga   va   davlat   amaldorlariga   davlat   xizmatlarini
taqdim   qilishda   axborotkommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanish
tushuniladi. 
Elektron   hukumat   davlat   boshqaruvida   elektron   hujjat   almashinuvini
ta’minlaydi.   O‘z   navbatida,   elektron   hujjat   aylanishi   bu   -hujjatni   skanerlab,   uni
elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. 
Elektron   hukumat   aholiga   va   korxona-tashkilotlarga   ko‘rsatilayotgan   davlat
xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari
uchun   qo‘shimcha   imkoniyatlar   yaratadi,   ularning   texnologik   yangiliklardan
xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. 
Ijtimoiy   soha   va   iqtisodiyotning   turli   soxalarini   boshqarish,   rivojlantirish   va
samaradorligini   orttirish   maqsadida,   sohaga   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalarini   tadbiq   etish   -   bugungi   zamon   talabi   bo‘lgan   dolzarb   masaladir.
Bunday   sharoitda,   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalarining   kuchli
potensialidan   nafaqat   ijtimoiy   yoki   iqtisodiy   sohalar,   balki,   siyosiy   sohada   ham
foydalanish,   uni   davlat   boshqaruvi,   davlat   va   jamiyat   munosabatlari   hamda,
fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda
qo‘llaniladi.  
Xususan,   «Elektron   hukumat»   so‘zining   ingliz   tilidagi   muqobili   -   «
Electronic   Government   »   so‘zi,   ko‘pchilik   o‘ylagani   singari,   hukumat,   ya’ni,
davlat   boshqaruvining,   ijro   etuvchi   markaziy   hokimiyati   tushunchasinigina
ta’lluqli   emas,   balki   kengroq   ma’noda   bo‘lib,   ya’ni,   u   –   davlat   boshqaruvi
organlarining   o‘z   funksiyalarini   amalga   oshirishda   axborot   kommunikatsiya
vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.   Hukumat   organlari   va   davlat   tashkilotlari   faoliyatining   samaradorligini
yanada   orttirish;   fuqarolarga  va   tadbirkorlarga  ko‘rsatiladigan   davlat   xizmatlarini
interfaol   usulda,   zamonaviy   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalari   vositalari
orqali xizmat ko‘rsatish.  
Elektron hukumat qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablar:
• Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori
sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko‘rsatilishi; 
• Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat 
hokimiyati   organlarining   faoliyatiga   oid   axborotlar   bilan   uzluksiz
ta’minlanishi; 
• Davlat   hokimiyatining   ichki   strukturalarida,   hukumat   organlarining   turli
bo‘g‘inlarida,   tashkilot   va   muassasalarda   idoralararo   ichki   munosabatlarda
samaradorlikning ortishi; 
• Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni
minimallashtirish.  Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish. 
Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, davlat va
jamiyat   munosabatlarida,   davlat   boshqaruvi   ichki   strukturalarida   quyidagicha
samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: 
Fuqarolarga   va   tadbirkorlarga   ko‘rsatiladigan   davlat   xizmatlarida
samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan
to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo‘ladi.
Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn
to‘ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni
on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan
foydalanishi mumkin bo‘ladi. 
Standartlashtirilgan   va   avtomatlashtirilgan   interaktiv   xizmatlardan
foydalangan xolda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlaridan on-layn
foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z faoliyatini yuritish
uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki,
davlat   organlariga   hisobot   (masalan   soliq   deklaratsiyalari)   topshirishi   uchun tegishli   portaldan   foydalanib,   tezkor   va   qulay   ravishda   ko‘zlangan   maqsadga
erishishi   mumkin.   Bunda   to‘lovlarni   ham   on-layn   usulda,   internet   banking   yoki
SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Davlat   boshqaruvi   ichki   strukturasi   –   vazirliklar,   idoralar,   tashkilot   va
muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat
almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot
tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi. 
  Qolaversa,   elektron   hukumatni   joriy   qilish   orqali   erishilishi   ko‘zda
tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni
ham   o‘z   o‘rnida   e’tirof   etib   o‘tish   zarur:   elektron   hujjat   almashinuvi   tufayli,
qog‘oz   iste’moli   qisqaradi,   ya’ni   qog‘oz   mahsuloti   tejaladi;   hujjat   almashinuv
tizimida   vaqt   tejaladi,   ya’ni   elektron   hujjat   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalari   orqali   yuborilganda,   mazkur   hujjat   shu   lahzaning   o‘zidayoq
belgilangan manzilda bo‘ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki
zaruriy   hujjatlarni   to‘plamini   yoki   murojaatnomani   bir   marotaba   shakllantirib,
kerakli   manzilga   yo‘llaydi,   murojaatni   ko‘rib   chiqish   va   unga   munosabat
bildirishning   keyingi   bosqichlari   maxsus   semantik   tizim   asosida,
avtomatlashtirilgan   ko‘rinishda,   murojaat   etuvchining   ishtirokisiz   amalga   oshadi,
ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, murojaatnomani
ko‘tarib,   idorama-idora   sarson   yurishi,   murojaatni   ko‘rib   chiqishda   jarayonining
kureri   sifatida   qatnashishi,   bu   orqali,   vaqt,   transport,   kanselyariya   va   boshqa
turdagi xarajatlarni oldi olinadi. 
Bunday   murojaatni   ko‘rib   chiqishi   va   unga   javob   berishi   zarur   bo‘lgan
idoraning   mazkur   murojaatga   nisbatan   munosabati   yuqori   tashkilot   tomonidan
nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni
ko‘rib   chiqmasa   yoki   unga   javob   bermasa,   yuqori   davlat   tashkiloti   tomonidan
chora   ko‘rilishi   mumkin   bo‘ladi.   Murojaatni   ko‘rib   chiqish   jarayoni   qaysi
bosqichga   etgani   haqida   fuqaro   maxsus   axborot   kommunikatsiya   vositalari,
masalan,   elektron   pochta   yoki   SMS   orqali   xabardor   bo‘lib   turishi   imkoniyati
yaratiladi.    Ilm-fan   va   texnikaning   barcha   yo‘nalishi   kabi   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalari   sohasi   ham   tinimsiz   rivojlanishda   ekanligini   nazarda   tutsak,
elektron   hukumat   tizimi   ham   mazkur   sohaning   keyingi   yangi   yutuqlarini   o‘zida
joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy.  
Jahon   tajribasida   elektron   hukumat   tizimi   quyidagi   asosiy   texnologik
tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat
tizimi ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens ( Citizens) )– Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners  (Foreigners )) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga
ham ega:  G2S (Government to Science)  – Davlat–Ilm-fanga;  G2N (Government
to third sector)  – Davlatuchinchi sektor. 
Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak:
1) G2G   (Government   to   Government)   –   Davlat–davlatga   –   bunda   Davlat
boshqaruvi   apparati   ichki   strukturalari,   markaziy   va   mahalliy   hokimiyatlar,   turli
davlat   idora,   tashkilot   va   muassasalari   orasidagi   o‘zaro   munosabatlarda   elektron
hukumat   tizimini   joriy   etish,   elektron   hujjat   aylanishi,   davlat   organlari
faoliyatining   shaffofligi   ortishi,   doimiy   monitoring   va   hisobot   shakllari   kabilar
amalga oshiriladi. 
2) G2C   (Government   to   Citizens)   –   Davlat   fuqarolarga   –   bu   tizimda   esa,
fuqarolar,   yagona   davlat   interaktiv   xizmatlari   portali   orqali,   o‘zlarining   davlat
organlariga   ariza,   shikoyat   yoki   taklif   kabi   murojaatlarini   elektron   tarzda
yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari,
ya’ni,   masalan,   rasmiy   hujjatlarning   elektron   nusxalarini   shakllantirib   olishlari,
turli   xil   ma’lumotnoma,   xabarnomalarni   olishlari,   shuningdek   turli   xil   to‘lovlar
bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 
3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat
va   xorijlik   shaxslar   o‘rtasida,   milliy   qonunchilik   va   xalqaro   hujjatlarga   tayangan holda interaktiv xizmatlar   ko‘rsatilishi  nazarda  tutiladi. Masalan,  viza  masalalari,
investitsiyalar,   ta’lim   va   turizm   sohalariga   oid   xizmatlar   ko‘rsatilishi   nazarda
tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim esa,
yuridik shaxslar, ishbilarmonlar va tadbirkorlar uchun ruxsatnomalar olish, turli xil
rasmiy   jarayonlarni   interaktiv   usulda   soddalashtirilgan   tarzda   amalga   oshirish,
shuningdek,   davlat   yig‘imlari,   to‘lovlar   va   hokazolarni   on-layn   amalga   oshirish,
hisobotlar va rasmiy murojaatlarni on-layn yuborish imkonini berishi ko‘zlanadi. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari axborot
tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari.
Janubiy   Koreyada   elektron   hukumatni   shakllantirish   bo‘yicha   tashabbus
2001-yilda   yuridik   kuchga   ega   bo‘ldi.   Mamlakatda   elektron   hukumatni
rivojlantirish   bo‘yicha   ishlab   chiqilgan   dastur   hukumat   organlarining   ishida
samardorlikni   oshirishga   qaratilgan   bo‘lib,   u   uch   bosqichda   amalga   oshirilishi
lozim bo‘lgan. 
Birinchi   bosqichda   (2001-2003)   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab   chiqilgan
bo‘lib,   ularning   natijasida   Koreyaning   hukumat   organlari   tashqi   dunyo   bilan
Internet orqali uchta asosiy yo‘nalishda - G2C (davlat - fuqaroga), G2B (davlatdan
- biznesga) va G2G (davlatdan - davlatga) sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. 
Bundan   tashqari,   davlat   boshqaruvi   tizimida   idoralararo   elektron   aloqalarni
ta’minlashga qaratilgan informatsion-texnologik arxitektura ham ishlab chiqilgan.
Unda,   xususan,   elektron   hujjat   aylanishi,   elektron   raqamli   imzo   va   boshqa
texnologiyalar   faol   qo‘llanilgan.   Umumiy   hisobda,   birinchi   bosqich   uchun   jami
225 million AQSH dollari miqdorida mablag sarflangan. 
Natijada,   Koreya   raqamli   imkoniyatlar   indeksi   bo‘yicha   jahonda   4-o‘ringa
ko‘tarilib oldi. 
Ikkinchi   bosqichda   (2003-2007)   Koreya   hukumati   o‘z   oldiga   ancha   katta
maqsadni   qo‘ygan   -   dunyo   davlatlari   ichida   nisbatan   ochiq   va   shaffof   elektron
hukumatni   shakllantirish.   Koreyaning   “Elektron   hukumat   qurishning   milliy asoslari va tamoyillari” nomli dasturiga muvofiq to‘rtta sohaga oid loyihalar ishga
tushirilgan: 
• davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi 
• davlat xizmatlarini ko‘rsatish 
• axborot resurslarini boshqarish 
• qonun ijodkorligi tizimi 
Ushbu   loyihalarni   amalga   oshirish   uchun   jami   981   million   AQSH   dollari
miqdoridagi mablag‘ sarflangan. Natijalar kutilganidan ham a’lo darajada bo‘lgan.
2007-yilga   kelib   Koreyada   markaziy   boshqaruv   organlarining   55   foizida
davlat   apparatining   96,6   foiz   xodimlari   axborotlarni   qayta   ishlashning   milliy
elektron   tizimi   -   “ OnNara ”   (koreyscha,   onlayn-mamlakat)   tizimidan
foydalanishga o‘tgan. Buning natijasi  o‘laroq, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib
chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. 
Davlat   tuzilmalarida   ma’lumotlarni   qayta   ishlashning   innovatsion   tizimi   -   “
On-Nara ”   2007-yildan   to‘liq   ishga   tushgan   bo‘lib,   uning   oldiga   quyidagi
maqsadlar qo‘yilgan: 
• ma’lumotlarni   qayta   ishlash   va   almashish   doirasida   barcha   boshqaruv
jarayonlarini standartlashtirish; 
• davlat organlarining markazlashmagan operatsiyalarini boshqarishni yagona
tizimga solish; 
• tizim   ishtirokchilari   o‘rtasida   axborotlarni   almashish   va   tarqatishni
ta’minlovchi turli jarayonlarni o‘zaro bog‘lash va bir-biriga integratsiya (bog‘lash)
qilish. 
Janubiy Koreyada  hozirda deyarli  barcha davlat  xaridlari  veb-texnologiyalar
yordamida   amalga   oshiriladi-tenderlarning   93   foizi   va   onlayn-xaridlarning   99,6
foizi. 
Davlat   instantsiyalariga   tovar   va   xizmatlarni   yetkazib   berishda   elektron
shaklga   o‘tish   natijasida   har   yili   4,8   milliard  dollar   mablag‘   tejalmoqda.  Chunki,
barcha   tender   takliflari   vebsaytdagi   maxsus   kompyuter   dasturi   vositasida   ko‘rib chiqiladi   va   baholanadi,   bu   tenderning   qanchalik   ochiq   va   shaffof   ekanligini
ko‘rsatib beradi. 
Tashqi   savdoda   eksport   bo‘yicha   bojxona   deklaratsiyalarini   ko‘rib   chiqish
uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa - 2,5 kundan
1,5   soatgacha   qisqartirilgan.   Bu   esa,   yiliga   2,5   milliard   dollar   mablag‘ni   tejash
imkonini bermoqda. 
Umumiy   hisobda,   Janubiy   Koreyada   elektron   hukumatni   joriy   etish   ortidan
har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda. 
2008-yildan   uchinchi   bosqich   boshlangan .   Bu   bosqichda   asosiy   e’tibor
barcha   mavjud   tizimlar   va   turli   darajadagi   elektron   hukumatlar   o‘rtasidagi
aloqalarni   mustahkamlash   va   ularni   bir-biriga   integratsiyasini   ta’minlashga
qaratilgan.   Bu   fuqarolarga   va   kompaniyalarga   kompleks   davlat   xizmatlarini
taqdim qilish imkonini beradi. 
Ushbu   bosqichda   Koreya   Respublikasi   boshqa   davlatlarga   (jumladan,
Ekvador,   Indoneziya,   Bangladesh,   Shri-Lanka,   Mali)   elektron   hukumatni
shakllantirish   uchun   texnologik   yechimlarni   yetkazib   berish   bo‘yicha   shartnoma
ham tuzgan. Bungacha, 2004-yildan boshlab Janubiy Koreyada elektron hukumat
uchun   ishlab   chiqilgan   texnologiyalarni   import   qiluvchi   asosiy   davlat   Yaponiya
bo‘lgan. 
Janubiy   Koreya   hukumati   turli   sohalarda   axborot   texnologiyalarni   qo‘llash
borasida   ilg‘or   davlatlar   qatoriga   kiradi.   Mamlakatda,   bir   so‘z   bilan   aytganda,
bojxona   ishidan   tortib   to   intellektual   mulk   masalalarigacha   avtomatlashtirilgan
tizimga   o‘tgan .   Shuning   uchun   ham   u   hozirda   dunyoda   elektron   hukumatning
rivojlanish   darajasi   bo‘yicha   birinchi   o‘rinda   turadi.   Birlashgan   Millatlar
Tashkiloti   2002-yildan   beri   dunyodagi   192   ta   davlat   uchun   elektron   hukumat
rivojlanishi   indeksi   (inglizcha   “ Government   Development   Index ”)   va   elektron
ishtirok indeksini (inglizcha “ e-partisipation index ”) hisoblab, bu bo‘yicha yillik
reytingni   e’lon   qiladi.   Bunda   birinchi   indeks   mamlakatdagi   milliy   onlayn-
servislarning mavjudligini baholasa, ikkinchisi esa o‘sha servislardan foydalanish
darajasini   baholaydi.   Janubiy   Koreya   2008-yilda   ushbu   reytingda   elektron hukumat   rivojlanishi   bo‘yicha   jahonda   oltinchi,   aholi   va   biznes   vakillarining
onlayn-servislardagi   elektron   ishtiroki   bo‘yicha   ikkinchi   o‘rinda   turgan   bo‘lsa,   u
2010-yildan   beri   har   ikkala   reytingda   ham   yetakchilikni   o‘z   qo‘lida   saqlab
kelmoqda. 
1-jadval 
Reyt
ing  Davlat  Indeks 
1  Koreya   Respublikasi   (Janubiy
Koreya)  0.9283 
2  Gollandiya  0.9125 
3  Buyuk Britaniya  0.8960 
4  Daniya  0.8889 
5  Amerika qo‘shma shtatlari  0.8687 
 
Yelektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini
kontseptual loyihalash.
  Gov.uz  – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. 
O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portali   Internetning   global
kompyuter tarmog‘idagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalining tashkil etilishi va qo‘llab
-   quvvatlanishi,   O‘zbekiston   Respublikasining   «Telekommunikatsiyalar
to‘g‘risida»gi va «Axborotlashtirish to‘g‘risida» gi qonunlari, Kompyuterlashtirish
va   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalarini   rivojlantirish   bo‘yicha
Muvofiqlashtiruvchi   Kengashning   tasdiqlangan   O‘zbekiston   Respublikasining
Hukumat   portalini   ishlab   chiqish   va   qo‘llab-quvvatlash   choratadbirlari   rejasiga
muvofiq amalga oshirilmoqda.  O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portali   davlat   hokimiyati   organlari
faoliyatining   funksional   jarayon   va   tartibini   qo‘llab-quvvatlovchi,   davlat
hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   elektron   hamjihatlik   infratuzilmasining
tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi. 
 
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat portali 
Asosiy maqsadlari
 Fuqarolar   va   xo‘jalik   subyektlariga   hokimiyat   va   boshqaruvi   organlari
tomonidan   taqdim   etiladigan   axborot   resurslari   va   xizmatlarining   hajmini
oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish; 
 O ‘ zbekiston   Respublikasi   Hokimiyatining   faoliyati   to ‘ g ‘ risidagi
ma ’ lumotlar   bilan   ta ’ minlash ,   O ‘ zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portali
maqsadli   auditoriyasini   zarur   muassasalar   bilan   o ‘ zaro   aloqa   qilish   jarayonlari   va
imkoniyatlari   to ‘ g ‘ risida ,   fuqarolarning   majburiyatlari   va   huquqlarining   kelib
chiqishi   to ‘ g ‘ risida ,   davlat   hokimiyati   organlarining   faoliyati   to ‘ g ‘ risidagi
axborotlardan   to ‘ liq ,  tezkor   va   foydalanishda   qulayligi ,  davlat   hokimiyati   organlari
va   boshqaruvining   rasmiy   pozitsiyasini   aks   ettiruvchi   keng   ko ‘ lamdagi   axborotlar
bilan   ta ’ minlash ;   Cheklangan   xizmatlanishga   mo‘ljallangan   axborotga   kiritilgan
ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil etish
yo‘li   bilan   fuqaro   va   tashkilotlarni   davlat   ijro   hokimiyati   organlarining   faoliyati
to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash; 
 Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi; 
 O‘zbekiston Respublikasining  xalqaro nufuzini oshirish va milliy
iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Asosiy funksiyalari:
 davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   axborot   hamjihatligini
ta’minlash; 
 ma’lumotlarni   belgilangan   formatdagi   taqdimida   davlat   muassasalari
o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi; 
 ma’lumotlarning markazlashtirilgan bazasiga kirish asosida yagona axborot 
resurslaridan birgalikda foydalanish; 
 iqtisodiy,   huquqiy,   statistik,   elektoral   axborotlar   bilan   vertikal   axbrot
almashinuvi; 
 davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash; 
 davlat-fuqaro; 
 davlat-iqtisodiy munosabatlar subyektlari; 
 davlat-jamoat   institutlari   (siyosiy,   diniy,   milliy,   madaniy,   notijorat   va   hkz.
tashkilotlar va birlashmalar); 
 tashqi   auditoriyaga   mo‘ljallangan,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlarining   ko‘psonli   axborot   resurslariga,   idoralarning   «yoyilgan»   serveriga
kirishning yagona nuqtasini yaratish; 
 davlat   institutlarining   faoliyati   to‘g‘risida   axborotlarni   taqdim   etish
(O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining tizimi, tarkibi); 
 huquqiy axborotga kirishni ta’minlash (respublika, mintaqaviy qonunchilik, 
vazirlik va idoralarning normativ aktlari); 
 davlatda   «Global   axborotlashgan   jamiyat»ga   mos   munosabatlarni   bunyod
etish va shakllantirishga ko‘maklashish;   davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish; 
 idoraviy va byurokratik to‘siqlarni yengib o‘tishga ko‘maklashish;    davlat
xizmatining obro‘si va nufuzini oshirish. 
Qo‘llab-quvvatlash:
Portalga «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish
hamda   joriy   etish   markazi   huzuridagi   Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston
Respublikasining   Hukumat   portalini   axborot   bilan   ta’minlash   va   rivojlantirish
guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 
Meyoriy hujjatlar bazasi:
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2007   yil   17   dekabrdagi
"Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portalini   yanada
rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori 
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidentining   2009   yil   20   yanvardagi   "Ishlab
chiqarish   va   ijtimoiy   infratuzilmani   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi PQ-1041-son qarori 
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2009   yil   21   apreldagi
"Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portaliga
axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-son qarori 
Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish,
interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.
  My.Gov.uz  - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali. 
Yagona   interaktiv   davlat   xizmatlari   portali   ( Yagona   portal )   —
foydalanuvchilarning   interaktiv   davlat   xizmatlari   to‘g‘risidagi   ma’lumotlardan
erkin   foydalanishini,   shuningdek   elektron   shaklda   davlat   xizmatlari   ko‘rsatishni
ta’minlovchi   Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat
portalidagi ma’lumot-axborot portali.  Yagona   portal   foydalanuvchilar   tomonidan   interaktiv   davlat
xizmatlaridan,   shu   jumladan   pulli   asosda   erkin   foydalanish   maqsadida
tashkil etilgan.  Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
- foydalanuvchilarga   davlat   organlariga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri   murojaat   qilish
uchun imkoniyat berish; 
- foydalanuvchilarni   axborot-kommunikatsiya   texnologiyalari   sohasidagi
boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; 
- foydalanuvchilarning   davlat   organlari   bilan   o‘zaro   hamkorligi
samaradorligini oshirish; 
- davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik 
to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; 
- «Elektron   hukumat»ni   yanada   rivojlantirish   va   davlat   boshqaruviga
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish. 
Yagona   portal   zamonaviy   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish   asosida
interaktiv   davlat   xizmatlari   olishda   foydalanuvchining   shart-sharoitlarini
rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan. 
 
 
2-rasm. Yagona interaktiv davlat portali 
  Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari
Litseniyalash va ruxsatnomalar, elektron to‘lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-
joy   va   kommunal   xo‘jaligi   sohasi,   Axborot   texnologiyalari   va   aloqa,   Konsullik
xizmatlari,   Mehnat,   Tadbirkorlik,   Sug‘urta,   Ko‘chmas   mulk,   Sog‘liqni   saqlash,
Soliqqa   tortish,   Arxiv,   Investitsiyalar   va   savdo,   Madaniyat   va   Sport,   Intellektual
mulk, Transport,   Bojxona, Huquq va Ta’lim yo‘nalishlarida, jami - 20 ta tematik
bo‘limlarga   birlashtirilgan   bo‘lib,   ular   ham   o‘znavbatida   tarkibiy   qismlarga
bo‘linadi: 
Foydalanuvchilar   YAIDXPda   shuningdek   alohida   bo‘lim-ilova   orqali,
vazirliklar,   davlat   tashkilot,   idora   va   muassasalarining   ro‘yxatiga   o‘tish   va
ularning   aloqa   manzillari,   rahbariyat   qabul   jadvallari,   on-layn   murojaat   shakllari
bilan tanishishlari, giperilovalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-
saytiga   o‘tishlari   mumkin.   Ishonch   telefonlari   bo‘limi   ham   portalning   o‘ziga   xos
jihatlaridan  biri   bo‘lib,  bu yerda  hozircha  20  ta muassasaning   ishonch  telefonlari
qayd   etilgan.   Undan   tashqari   YADXIPning   o‘zida   ham   Qo‘ng‘iroqlar   markazi
(Sallcenter)   tashkillangan   bo‘lib,   internetga   ulanish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan
fuqarolar   mazkur   funksiyadan   foydalanib,   o‘z   murojaatlarini   bayon   qilishlari
imkoniyati mavjud. 
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o‘ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki
ariza   bilan,   mazkur   masalaga   aloqador   mas’ul   davlat   idorasiga   to‘g‘ridan-to‘g‘ri
murojaat   etishi   mumkin.   Bunda   murojaat   etuvchi   fuqaro,   istagiga   ko‘ra   o‘z
murojaatining   ko‘rib   chiqilishi   jarayoni   qaysi   bosqichga   yetganligi   haqida   SMS
ma’lumotlari   orqali   xabardor   bo‘lib   turishi,   murojaatiga   javobni   istasa   elektron
pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin. 
Interaktiv   xizmatning   mazkur   shakli   hozircha   YAIDXPning   eng   ommabop
xizmat   turib   o‘lib   turibdi.   Portal   asosiy   sahifasida,   kelib   tushgan   va   ko‘rib
chiqilgan   murojaatlarning   statistikasini   kuzatish   shunday   xulosaga   kelishga   asos
bo‘lmoqda.  Undan   tashqari   portalda,   «Ko‘p   uchraydigan   savollar»   bo‘limidan,
foydalanuvchilar   tomonidan   ko‘p   beriladigan,   an’anaviy   savollarga   javob   olish,
yoki,   qanoatlanitiruvchi   javob   topa   olmasa,   maxsus   shakl   orqali   o‘z   savoli   bilan
portal   xodimlariga   murojaat   etishi   mumkin.   Shuningdek   portalga   tashrif
buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o‘z takliflarini kiritishlari yoki portal
faoliyati   bo‘yicha   mulohazalari   bilan   uforum.uz   da   fikr   almashinishi   mumkin.
Shuningdek,   yagona   portalda,   sohaga   oid   qonunchilik   tizimi,   kalit   so‘zlar
yordamida   qidiruv,   teglar   majmuasi   (buluti)   kabi   qulayliklarni   alohida   ta’kidlash
joiz. 
Portaldan   foydalanish   uchun   fuqaro,   maxsus   identifikatsiya   tizimi   –
www.ID.uz da   ro‘yxatdan   o‘tishi   zarur   bo‘ladi.   Foydalanuvchi   www.ID.uz
ma’lumotlari   orqali   www.my.gov.uz        da   ham   o‘z   shaxsiy   kabinetiga   ega   bo‘ladi.
Shaxsiy   kabinetda,   zaruriy   ma’lumotlarni   kiritib,   tahrirlab   olish   kerak.   Chunki,
davlat   idorasiga  murojaat   etishda,   murojaatchining  shaxsi  aniq  va   to‘g‘ri  bo‘lishi
muhim.   Ko‘pincha   saytlardagi   boshqa   nom   yoki   taxallus   bilan   ro‘yxatdan   o‘tish
maqsadga   muvofiq   emas.   Shaxsiy   kabinetda,   murojaatchi,   o‘z   murojaatining
ko‘rib chiqilishi  bosqichi  haqida yangilanib turadigan ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Shuningdek,   soliq,   aloqa,   hamda   kommunal   xizmat   tashkilotlaridagi   shaxsiy
hisob-varaqalar   raqamlarini   kiritib,   ulardan   kelgusida   foydalanishga   zamin
yaratishi mumkin. 
Umuman   olgan   portaldan   foydalanish   ancha   oson.   Tashqi   dizayn   va
navigatsiyaning engilligi, har qanday foydalanuvchilar guruhiga, zaruriy xizmatni
tez   va   oson   topish   imkoniyatini   beradi.   Har   bir   xizmat   turi   uchun   ko‘zga   yaqqol
tashlanadigan izohlar va tushuntirishlar berilgan.   Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems. New
York, 2016. Page 669. 
2. S.S.Gulomov, B.A.Begalov. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik.-
T.: “Fan”. 2010.- 628 bet. 
3. Informatsionnie texnologii v ekonomike i upravlenii: uchebnik /pod red. prof.
V.V. Trofimova. 2-e izd., pererab. i dop.- M.: Yurayt, 2016.- 482 s.  
4. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike:  uchebnik / Pod
red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -399 s.  
5. Kenjabayev  A.T., Jumaniyazova  M.Yu., Tillyashayxova  M.A. Informatika va
axborot texnologiyalari. O‘quv  qo‘llanma. “Iqtisod-moliya”. 2013, 160 bet. 
Internet sayti:
www.  http://el.tfi.uz/pdf/mddj22.uzk.pdf        -     Toshkent moliya instituti elektron    
kutubxonasi    ;

Elektron hukumat asoslari Reja: 1. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari. 3. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalash. 4. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.

Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari. Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi. Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - « Electronic Government » so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta’lluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.

Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish. Elektron hukumat qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablar: • Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko‘rsatilishi; • Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi; • Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo‘g‘inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi; • Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf-xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish. Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to‘ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalangan xolda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlaridan on-layn foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun

tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to‘lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi. Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko‘zda tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o‘z o‘rnida e’tirof etib o‘tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog‘oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog‘oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo‘llaydi, murojaatni ko‘rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko‘rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, murojaatnomani ko‘tarib, idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko‘rib chiqishda jarayonining kureri sifatida qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. Bunday murojaatni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo‘lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko‘rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko‘rilishi mumkin bo‘ladi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo‘lib turishi imkoniyati yaratiladi.

Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o‘zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy. Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham). 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 2) G2C (Government to Citizens ( Citizens) )– Davlat fuqarolarga; 3) G2F (Government to Foreigners (Foreigners )) – Davlat xorijliklarga; 4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlatuchinchi sektor. Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak: 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda elektron hukumat tizimini joriy etish, elektron hujjat aylanishi, davlat organlari faoliyatining shaffofligi ortishi, doimiy monitoring va hisobot shakllari kabilar amalga oshiriladi. 2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa, fuqarolar, yagona davlat interaktiv xizmatlari portali orqali, o‘zlarining davlat organlariga ariza, shikoyat yoki taklif kabi murojaatlarini elektron tarzda yuborishlari va ularga javob olishlari, turli xil davlat xizmatlaridan foydalanishlari, ya’ni, masalan, rasmiy hujjatlarning elektron nusxalarini shakllantirib olishlari, turli xil ma’lumotnoma, xabarnomalarni olishlari, shuningdek turli xil to‘lovlar bo‘yicha tranzaksiyalarni on-layn usulda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 3) G2F (Government to Foreigners) – Davlat xorijliklarga – bu tizimda, Davlat va xorijlik shaxslar o‘rtasida, milliy qonunchilik va xalqaro hujjatlarga tayangan