logo

Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

417.490234375 KB
Elektron hukumat tizimi va
uning ahamiyati
Reja: 
 
1. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni 
shakllantirish yo‘llari. 
2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari axborot 
tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari. 
3. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini 
konseptual loyihalash.  
4. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv 
xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari. 
  Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron
hukumatni shakllantirish yo‘llari.
Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat
idoralarining  turli  pog‘onalariga  va  davlat  amaldorlariga  davlat  xizmatlarini
taqdim   qilishda   axborotkommunikatsiya   texnologiyalaridan   foydalanish
tushuniladi. 
Elektron   hukumat   davlat   boshqaruvida   elektron   hujjat   almashinuvini
ta’minlaydi.   O‘z   navbatida,   elektron   hujjat   aylanishi   bu   -hujjatni   skanerlab,
uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. 
Elektron   hukumat   aholiga   va   korxona-tashkilotlarga   ko‘rsatilayotgan
davlat   xizmatlarini   taqdim   qilishni   osonlashtiradi.   Fuqarolarning   o‘z-o‘zini
boshqarishlari  uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning  texnologik
yangiliklardan   xabardorligini   oshiradi,   davlat   boshqaruvidagi   ishtirokini
osonlashtiradi. 
Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish
va   samaradorligini   orttirish   maqsadida,   sohaga   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalarini   tadbiq   etish   -   bugungi   zamon   talabi   bo‘lgan   dolzarb
masaladir.   Bunday   sharoitda,   axborot   kommunikatsiya   texnologiyalarining
kuchli   potensialidan   nafaqat   ijtimoiy   yoki   iqtisodiy   sohalar,   balki,   siyosiy
sohada   ham   foydalanish,   uni   davlat   boshqaruvi,   davlat   va   jamiyat
munosabatlari   hamda,   fuqarolarga   davlat   xizmatlari   ko‘rsatish   kabi   muhim
ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi.  
Xususan,   «Elektron   hukumat»   so‘zining   ingliz   tilidagi   muqobili   -   «
Electronic   Government   »   so‘zi,   ko‘pchilik   o‘ylagani   singari,   hukumat,
ya’ni,   davlat   boshqaruvining,   ijro   etuvchi   markaziy   hokimiyati
tushunchasinigina   ta’lluqli   emas,   balki   kengroq   ma’noda   bo‘lib,   ya’ni,   u   –
davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot
kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.   Hukumat   organlari   va   davlat   tashkilotlari   faoliyatining   samaradorligini
yanada   orttirish;   fuqarolarga   va   tadbirkorlarga   ko‘rsatiladigan   davlat
xizmatlarini   interfaol   usulda,   zamonaviy   axborot   kommunikatsiya
texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish.  
Elektron hukumat qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablar:
• Jismoniy   va   yuridik   shaxslarga   ko‘rsatiladigan   davlat   xizmatlarining
yuqori   sifat   darajasida   tezkor   ravishda,   yagona   standartlar   asosida
ko‘rsatilishi; 
• Davlat   va   jamiyat   o‘rtasidagi   o‘zaro   munosabatlarda,   fuqarolarning
davlat 
hokimiyati   organlarining   faoliyatiga   oid   axborotlar   bilan   uzluksiz
ta’minlanishi; 
• Davlat   hokimiyatining   ichki   strukturalarida,   hukumat   organlarining
turli   bo‘g‘inlarida,   tashkilot   va   muassasalarda   idoralararo   ichki
munosabatlarda samaradorlikning ortishi; 
• Geografik   faktor;   hujjat   aylanishi   va   almashinuvi   kabilarda   sarf-
xarajatlarni   minimallashtirish.   Elektron   hujjat   almashinuvi   tizimini   joriy
etish. 
Mazkur   konsepsiyalarning   amaliyotda   o‘z   aksini   topishi   natijasida,
davlat   va   jamiyat   munosabatlarida,   davlat   boshqaruvi   ichki   strukturalarida
quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: 
Fuqarolarga   va   tadbirkorlarga   ko‘rsatiladigan   davlat   xizmatlarida
samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif
bilan   to‘g‘ridan-to‘g‘ri,   elektron   shaklda   murojaat   etishi   va   javob   olishi
mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini
(blankalarni)   on-layn   to‘ldirish   va   topshirish,   zaruriy   ma’lumotnoma,
ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi,
chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.  Standartlashtirilgan   va   avtomatlashtirilgan   interaktiv   xizmatlardan
foydalangan   xolda,   yuridik   shaxs,   o‘zi   uchun   zaruriy   davlat   xizmatlaridan
on-layn   foydalanishi   imkoni   paydo   bo‘ladi.   Masalan,   yuridik   shaxs,   o‘z
faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona
ko‘rigi   kabi)   olishi   yoki,   davlat   organlariga   hisobot   (masalan   soliq
deklaratsiyalari)   topshirishi   uchun   tegishli   portaldan   foydalanib,   tezkor   va
qulay   ravishda   ko‘zlangan   maqsadga   erishishi   mumkin.   Bunda   to‘lovlarni
ham   on-layn   usulda,   internet   banking   yoki   SMS-banking   kabi   xizmatlardan
foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. 
Davlat   boshqaruvi   ichki   strukturasi   –   vazirliklar,   idoralar,   tashkilot   va
muassasalar,   markaziy,   hududiy   va   mahalliy   hokimiyatlar,   orasida   elektron
hujjat   almashinuvi   yo‘lga   qo‘yiladi.   Idoralararo   munosabatlarda   yaxlit
interaktiv axborot  tizimini  qo‘llash orqali, o‘zaro  aloqa va ichki  monitoring
tizimi shaffoflanadi. 
  Qolaversa,   elektron   hukumatni   joriy   qilish   orqali   erishilishi   ko‘zda
tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki,
ularni   ham   o‘z   o‘rnida   e’tirof   etib   o‘tish   zarur:   elektron   hujjat   almashinuvi
tufayli,   qog‘oz   iste’moli   qisqaradi,   ya’ni   qog‘oz   mahsuloti   tejaladi;   hujjat
almashinuv   tizimida   vaqt   tejaladi,   ya’ni   elektron   hujjat   axborot
kommunikatsiya   texnologiyalari   orqali   yuborilganda,   mazkur   hujjat   shu
lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi. Davlat idorasiga murojaat
etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini yoki murojaatnomani
bir   marotaba   shakllantirib,   kerakli   manzilga   yo‘llaydi,   murojaatni   ko‘rib
chiqish   va   unga   munosabat   bildirishning   keyingi   bosqichlari   maxsus
semantik   tizim   asosida,   avtomatlashtirilgan   ko‘rinishda,   murojaat
etuvchining   ishtirokisiz   amalga   oshadi,   ya’ni,   murojaat   etuvchi   fuqaro,
zaruriy   hujjatlar   to‘plamini,   yoki,   murojaatnomani   ko‘tarib,   idorama-idora
sarson   yurishi,   murojaatni   ko‘rib   chiqishda   jarayonining   kureri   sifatida qatnashishi,   bu   orqali,   vaqt,   transport,   kanselyariya   va   boshqa   turdagi
xarajatlarni oldi olinadi. 
Bunday  murojaatni  ko‘rib  chiqishi  va  unga  javob  berishi  zarur  bo‘lgan
idoraning   mazkur   murojaatga   nisbatan   munosabati   yuqori   tashkilot
tomonidan   nazorat   qilib   turiladi,   agar   tegishli   idora   qonunda   belgilangan
muddatda   murojaatni   ko‘rib   chiqmasa   yoki   unga   javob   bermasa,   yuqori
davlat   tashkiloti   tomonidan   chora   ko‘rilishi   mumkin   bo‘ladi.   Murojaatni
ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot
kommunikatsiya   vositalari,   masalan,   elektron   pochta   yoki   SMS   orqali
xabardor bo‘lib turishi imkoniyati yaratiladi. 
 Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot kommunikatsiya
texnologiyalari   sohasi   ham   tinimsiz   rivojlanishda   ekanligini   nazarda   tutsak,
elektron   hukumat   tizimi   ham   mazkur   sohaning   keyingi   yangi   yutuqlarini
o‘zida   joriy   etish   orqali   yanada   takomillashib,   mukammallashib   borishi
tabiiy.  
Jahon   tajribasida   elektron   hukumat   tizimi   quyidagi   asosiy   texnologik
tamoyillar   poydevorida   shakllangan:   (shu   jumladan   O‘zbekiston   elektron
hukumat tizimi ham). 
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 
2) G2C (Government to Citizens ( Citizens) )– Davlat fuqarolarga; 
3) G2F (Government to Foreigners  (Foreigners )) – Davlat xorijliklarga; 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. 
Ba’zi   davlatlarning   elektron   hukumat   tizimi   shuningdek   quyidagi
tarmoqlarga   ham   ega:   G2S   (Government   to   Science)   –   Davlat–Ilm-fanga;
G2N (Government to third sector)  – Davlatuchinchi sektor. 
Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak:
1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat
boshqaruvi   apparati   ichki   strukturalari,   markaziy   va   mahalliy   hokimiyatlar, turli davlat idora, tashkilot va muassasalari orasidagi o‘zaro munosabatlarda
elektron   hukumat   tizimini   joriy   etish,   elektron   hujjat   aylanishi,   davlat
organlari   faoliyatining   shaffofligi   ortishi,   doimiy   monitoring   va   hisobot
shakllari kabilar amalga oshiriladi. 
2) G2C (Government to Citizens) – Davlat fuqarolarga – bu tizimda esa,
fuqarolar,   yagona   davlat   interaktiv   xizmatlari   portali   orqali,   o‘zlarining
davlat   organlariga   ariza,   shikoyat   yoki   taklif   kabi   murojaatlarini   elektron
tarzda   yuborishlari   va   ularga   javob   olishlari,   turli   xil   davlat   xizmatlaridan
foydalanishlari,   ya’ni,   masalan,   rasmiy   hujjatlarning   elektron   nusxalarini
shakllantirib   olishlari,   turli   xil   ma’lumotnoma,   xabarnomalarni   olishlari,
shuningdek   turli   xil   to‘lovlar   bo‘yicha   tranzaksiyalarni   on-layn   usulda
amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. 
3) G2F   (Government   to   Foreigners)   –   Davlat   xorijliklarga   –   bu   tizimda,
Davlat   va   xorijlik   shaxslar   o‘rtasida,   milliy   qonunchilik   va   xalqaro
hujjatlarga tayangan holda interaktiv xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi.
Masalan,   viza   masalalari,   investitsiyalar,   ta’lim   va   turizm   sohalariga   oid
xizmatlar ko‘rsatilishi nazarda tutiladi. 
4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga – mazkur tizim
esa,   yuridik   shaxslar,   ishbilarmonlar   va   tadbirkorlar   uchun   ruxsatnomalar
olish,   turli   xil   rasmiy   jarayonlarni   interaktiv   usulda   soddalashtirilgan   tarzda
amalga oshirish, shuningdek, davlat yig‘imlari, to‘lovlar va hokazolarni on-
layn   amalga   oshirish,   hisobotlar   va   rasmiy   murojaatlarni   on-layn   yuborish
imkonini berishi ko‘zlanadi. 
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari
axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari.
Janubiy Koreyada elektron hukumatni shakllantirish bo‘yicha tashabbus
2001-yilda   yuridik   kuchga   ega   bo‘ldi.   Mamlakatda   elektron   hukumatni
rivojlantirish   bo‘yicha   ishlab   chiqilgan   dastur   hukumat   organlarining   ishida samardorlikni   oshirishga   qaratilgan   bo‘lib,   u   uch   bosqichda   amalga
oshirilishi lozim bo‘lgan. 
Birinchi   bosqichda   (2001-2003)   kompleks   chora-tadbirlar   ishlab
chiqilgan   bo‘lib,   ularning   natijasida   Koreyaning   hukumat   organlari   tashqi
dunyo   bilan   Internet   orqali   uchta   asosiy   yo‘nalishda   -   G2C   (davlat   -
fuqaroga),   G2B   (davlatdan   -   biznesga)   va   G2G   (davlatdan   -   davlatga)
sxemalari bo‘yicha aloqa qila boshladi. 
Bundan   tashqari,   davlat   boshqaruvi   tizimida   idoralararo   elektron
aloqalarni   ta’minlashga   qaratilgan   informatsion-texnologik   arxitektura   ham
ishlab   chiqilgan.   Unda,   xususan,   elektron   hujjat   aylanishi,   elektron   raqamli
imzo  va  boshqa   texnologiyalar   faol  qo‘llanilgan.   Umumiy   hisobda,  birinchi
bosqich uchun jami 225 million AQSH dollari miqdorida mablag sarflangan. 
Natijada,   Koreya   raqamli   imkoniyatlar   indeksi   bo‘yicha   jahonda   4-
o‘ringa ko‘tarilib oldi. 
Ikkinchi   bosqichda   (2003-2007)   Koreya   hukumati   o‘z   oldiga   ancha
katta   maqsadni   qo‘ygan   -   dunyo   davlatlari   ichida   nisbatan   ochiq   va   shaffof
elektron hukumatni shakllantirish. Koreyaning “Elektron hukumat qurishning
milliy   asoslari   va   tamoyillari”   nomli   dasturiga   muvofiq   to‘rtta   sohaga   oid
loyihalar ishga tushirilgan: 
• davlat boshqaruvi organlarining faoliyat ko‘rsatishi 
• davlat xizmatlarini ko‘rsatish 
• axborot resurslarini boshqarish 
• qonun ijodkorligi tizimi 
Ushbu   loyihalarni   amalga   oshirish   uchun   jami   981   million   AQSH
dollari   miqdoridagi   mablag‘   sarflangan.   Natijalar   kutilganidan   ham   a’lo
darajada bo‘lgan. 
2007-yilga kelib Koreyada markaziy boshqaruv organlarining 55 foizida
davlat apparatining 96,6 foiz xodimlari axborotlarni qayta ishlashning milliy elektron   tizimi   -   “ OnNara ”   (koreyscha,   onlayn-mamlakat)   tizimidan
foydalanishga   o‘tgan.   Buning   natijasi   o‘laroq,   fuqarolarning   murojaatlarini
ko‘rib chiqish muddati 30-44 kundan 7-13 kungacha qisqargan. 
Davlat tuzilmalarida ma’lumotlarni qayta ishlashning innovatsion tizimi
- “  On-Nara ” 2007-yildan to‘liq ishga tushgan bo‘lib, uning oldiga quyidagi
maqsadlar qo‘yilgan: 
• ma’lumotlarni   qayta   ishlash   va   almashish   doirasida   barcha   boshqaruv
jarayonlarini standartlashtirish; 
• davlat   organlarining   markazlashmagan   operatsiyalarini   boshqarishni
yagona tizimga solish; 
• tizim   ishtirokchilari   o‘rtasida   axborotlarni   almashish   va   tarqatishni
ta’minlovchi   turli   jarayonlarni   o‘zaro   bog‘lash   va   bir-biriga   integratsiya
(bog‘lash) qilish. 
Janubiy   Koreyada   hozirda   deyarli   barcha   davlat   xaridlari   veb-
texnologiyalar yordamida amalga oshiriladi-tenderlarning 93 foizi va onlayn-
xaridlarning 99,6 foizi. 
Davlat instantsiyalariga tovar va xizmatlarni yetkazib berishda elektron
shaklga   o‘tish   natijasida   har   yili   4,8   milliard   dollar   mablag‘   tejalmoqda.
Chunki,   barcha   tender   takliflari   vebsaytdagi   maxsus   kompyuter   dasturi
vositasida  ko‘rib  chiqiladi  va   baholanadi,   bu  tenderning  qanchalik   ochiq  va
shaffof ekanligini ko‘rsatib beradi. 
Tashqi   savdoda   eksport   bo‘yicha   bojxona   deklaratsiyalarini   ko‘rib
chiqish uchun ketadigan vaqt 1 kundan 2 daqiqagacha, import bo‘yicha esa -
2,5   kundan   1,5   soatgacha   qisqartirilgan.   Bu   esa,   yiliga   2,5   milliard   dollar
mablag‘ni tejash imkonini bermoqda. 
Umumiy   hisobda,   Janubiy   Koreyada   elektron   hukumatni   joriy   etish
ortidan har yili 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ tejab qolinmoqda.  2008-yildan   uchinchi   bosqich   boshlangan .   Bu   bosqichda   asosiy
e’tibor   barcha   mavjud   tizimlar   va   turli   darajadagi   elektron   hukumatlar
o‘rtasidagi   aloqalarni   mustahkamlash   va   ularni   bir-biriga   integratsiyasini
ta’minlashga qaratilgan. Bu fuqarolarga va kompaniyalarga kompleks davlat
xizmatlarini taqdim qilish imkonini beradi. 
Ushbu   bosqichda   Koreya   Respublikasi   boshqa   davlatlarga   (jumladan,
Ekvador,   Indoneziya,   Bangladesh,   Shri-Lanka,   Mali)   elektron   hukumatni
shakllantirish   uchun   texnologik   yechimlarni   yetkazib   berish   bo‘yicha
shartnoma   ham   tuzgan.   Bungacha,   2004-yildan   boshlab   Janubiy   Koreyada
elektron   hukumat   uchun   ishlab   chiqilgan   texnologiyalarni   import   qiluvchi
asosiy davlat Yaponiya bo‘lgan. 
Janubiy   Koreya   hukumati   turli   sohalarda   axborot   texnologiyalarni
qo‘llash borasida ilg‘or davlatlar qatoriga kiradi. Mamlakatda, bir so‘z bilan
aytganda,   bojxona   ishidan   tortib   to   intellektual   mulk   masalalarigacha
avtomatlashtirilgan   tizimga   o‘tgan .   Shuning   uchun   ham   u   hozirda   dunyoda
elektron   hukumatning   rivojlanish   darajasi   bo‘yicha   birinchi   o‘rinda   turadi.
Birlashgan   Millatlar   Tashkiloti   2002-yildan   beri   dunyodagi   192   ta   davlat
uchun   elektron   hukumat   rivojlanishi   indeksi   (inglizcha   “ Government
Development   Index ”)   va   elektron   ishtirok   indeksini   (inglizcha   “ e-
partisipation   index ”)   hisoblab,   bu   bo‘yicha   yillik   reytingni   e’lon   qiladi.
Bunda   birinchi   indeks   mamlakatdagi   milliy   onlayn-servislarning
mavjudligini   baholasa,   ikkinchisi   esa   o‘sha   servislardan   foydalanish
darajasini   baholaydi.   Janubiy   Koreya   2008-yilda   ushbu   reytingda   elektron
hukumat rivojlanishi bo‘yicha jahonda oltinchi, aholi va biznes vakillarining
onlayn-servislardagi   elektron   ishtiroki   bo‘yicha   ikkinchi   o‘rinda   turgan
bo‘lsa, u 2010-yildan beri har ikkala reytingda ham yetakchilikni o‘z qo‘lida
saqlab kelmoqda. 
1-jadval  Reyting Davlat  Indeks 
1  Koreya   Respublikasi   (Janubiy
Koreya)  0.9283 
2  Gollandiya  0.9125 
3  Buyuk Britaniya  0.8960 
4  Daniya  0.8889 
5  Amerika qo‘shma shtatlari  0.8687 
 
Yelektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot
tizimlarini kontseptual loyihalash.
  Gov.uz  – O‘zbekiston Respublikasi hukumat portali. 
O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portali   Internetning   global
kompyuter tarmog‘idagi asosiy va rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. 
O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portalining   tashkil   etilishi   va
qo‘llab   -   quvvatlanishi,   O‘zbekiston   Respublikasining
«Telekommunikatsiyalar  to‘g‘risida»gi  va  «Axborotlashtirish  to‘g‘risida» gi
qonunlari,   Kompyuterlashtirish   va   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini   rivojlantirish   bo‘yicha   Muvofiqlashtiruvchi   Kengashning
tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini ishlab chiqish
va qo‘llab-quvvatlash choratadbirlari rejasiga muvofiq amalga oshirilmoqda.  O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat   portali   davlat   hokimiyati
organlari   faoliyatining   funksional   jarayon   va   tartibini   qo‘llab-quvvatlovchi,
davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   elektron   hamjihatlik
infratuzilmasining tizimini tashkil etuvchi qism hisoblanadi. 
 
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasining davlat portali 
Asosiy maqsadlari
 Fuqarolar va xo‘jalik subyektlariga hokimiyat va boshqaruvi organlari
tomonidan   taqdim   etiladigan   axborot   resurslari   va   xizmatlarining   hajmini
oshirishga mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan axborot tizimini yaratish; 
 O‘zbekiston   Respublikasi   Hokimiyatining   faoliyati   to‘g‘risidagi
ma’lumotlar bilan ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portali
maqsadli   auditoriyasini   zarur   muassasalar   bilan   o‘zaro   aloqa   qilish
jarayonlari   va   imkoniyatlari   to‘g‘risida,   fuqarolarning   majburiyatlari   va
huquqlarining   kelib   chiqishi   to‘g‘risida,   davlat   hokimiyati   organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi axborotlardan to‘liq, tezkor va foydalanishda qulayligi,
davlat   hokimiyati   organlari   va   boshqaruvining   rasmiy   pozitsiyasini   aks
ettiruvchi keng ko‘lamdagi axborotlar bilan ta’minlash;   Cheklangan   xizmatlanishga   mo‘ljallangan   axborotga   kiritilgan
ma’lumotlardan tashqari, tegishli axborot resurslarini joylashtirish va tashkil
etish yo‘li bilan fuqaro va tashkilotlarni davlat ijro hokimiyati organlarining
faoliyati to‘g‘risidagi rasmiy axborotga kirishini ta’minlash; 
 Davlatlararo axborotlar almashinuvining intensifikatsiyasi; 
 O‘zbekiston Respublikasining  xalqaro nufuzini oshirish va milliy
iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb etish uchun shart-sharoitlarni yaratish;
Asosiy funksiyalari:
 davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi   organlarining   axborot   hamjihatligini
ta’minlash; 
 ma’lumotlarni   belgilangan   formatdagi   taqdimida   davlat   muassasalari
o‘rtasida «hukumat» darajasida axborotlarni gorizontal almashinuvi; 
 ma’lumotlarning   markazlashtirilgan   bazasiga   kirish   asosida   yagona
axborot 
resurslaridan birgalikda foydalanish; 
 iqtisodiy,   huquqiy,   statistik,   elektoral   axborotlar   bilan   vertikal   axbrot
almashinuvi; 
 davlat-jamiyat hamjihatligini ta’minlash; 
 davlat-fuqaro; 
 davlat-iqtisodiy munosabatlar subyektlari; 
 davlat-jamoat   institutlari   (siyosiy,   diniy,   milliy,   madaniy,   notijorat   va
hkz. tashkilotlar va birlashmalar); 
 tashqi   auditoriyaga   mo‘ljallangan,   davlat   hokimiyati   va   boshqaruvi
organlarining   ko‘psonli   axborot   resurslariga,   idoralarning   «yoyilgan»
serveriga kirishning yagona nuqtasini yaratish; 
 davlat   institutlarining   faoliyati   to‘g‘risida   axborotlarni   taqdim   etish
(O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati organlarining tizimi, tarkibi);   huquqiy   axborotga   kirishni   ta’minlash   (respublika,   mintaqaviy
qonunchilik, 
vazirlik va idoralarning normativ aktlari); 
 davlatda   «Global   axborotlashgan   jamiyat»ga   mos   munosabatlarni
bunyod etish va shakllantirishga ko‘maklashish; 
 davlat institutlarining ishlash samaradorligini oshirish; 
 idoraviy   va   byurokratik   to‘siqlarni   yengib   o‘tishga   ko‘maklashish;    
davlat xizmatining obro‘si va nufuzini oshirish. 
Qo‘llab-quvvatlash:
Portalga   «O‘zinfokom»   kompyuter   va   axborot   texnologiyalarini
rivojlantirish   hamda   joriy   etish   markazi   huzuridagi   Internet   tarmog‘ida
O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va
rivojlantirish guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi. 
Meyoriy hujjatlar bazasi:
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2007   yil   17
dekabrdagi   "Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat
portalini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi "Ishlab
chiqarish   va   ijtimoiy   infratuzilmani   yanada   rivojlantirish   chora-tadbirlari
to‘g‘risida"gi PQ-1041-son qarori 
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Mahkamasining   2009   yil   21
apreldagi   "Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston   Respublikasining   Hukumat
portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-
son qarori 
Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish,
interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.
 My.Gov.uz  - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.  Yagona   interaktiv   davlat   xizmatlari   portali   ( Yagona   portal )   —
foydalanuvchilarning   interaktiv   davlat   xizmatlari   to‘g‘risidagi
ma’lumotlardan   erkin   foydalanishini,   shuningdek   elektron   shaklda   davlat
xizmatlari   ko‘rsatishni   ta’minlovchi   Internet   tarmog‘ida   O‘zbekiston
Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali. 
Yagona   portal   foydalanuvchilar   tomonidan   interaktiv   davlat
xizmatlaridan,   shu   jumladan   pulli   asosda   erkin   foydalanish   maqsadida
tashkil   etilgan.   Yagona   portalning   asosiy   vazifalari   quyidagilardan
iborat: 
- foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish
uchun imkoniyat berish; 
- foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; 
- foydalanuvchilarning   davlat   organlari   bilan   o‘zaro   hamkorligi
samaradorligini oshirish; 
- davlat   organlariga   murojaat   qilinganda   foydalanuvchilar   uchun
byurokratik 
to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; 
- «Elektron   hukumat»ni   yanada   rivojlantirish   va   davlat   boshqaruviga
zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish. 
Yagona   portal   zamonaviy   axborot   texnologiyalaridan   foydalanish
asosida   interaktiv   davlat   xizmatlari   olishda   foydalanuvchining   shart-
sharoitlarini   rivojlantirish   va   imkoniyatlarini   kengaytirish   uchun
mo‘ljallangan. 
   
2-rasm. Yagona interaktiv davlat portali 
 
Hozirgi   kunda   yagona   portalda   taqdim   etilayotgan   interaktiv   davlat
xizmatlari   Litseniyalash   va   ruxsatnomalar,   elektron   to‘lovlar,   Bank   va
Moliya   xizmatlari,   Uy-joy   va   kommunal   xo‘jaligi   sohasi,   Axborot
texnologiyalari   va   aloqa,   Konsullik   xizmatlari,   Mehnat,   Tadbirkorlik,
Sug‘urta,   Ko‘chmas   mulk,   Sog‘liqni   saqlash,   Soliqqa   tortish,   Arxiv,
Investitsiyalar   va   savdo,   Madaniyat   va   Sport,   Intellektual   mulk,   Transport,
Bojxona, Huquq va Ta’lim yo‘nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo‘limlarga
birlashtirilgan bo‘lib, ular ham o‘znavbatida tarkibiy qismlarga bo‘linadi: 
Foydalanuvchilar   YAIDXPda   shuningdek   alohida   bo‘lim-ilova   orqali,
vazirliklar,   davlat   tashkilot,   idora   va   muassasalarining   ro‘yxatiga   o‘tish   va
ularning   aloqa   manzillari,   rahbariyat   qabul   jadvallari,   on-layn   murojaat
shakllari   bilan   tanishishlari,   giperilovalar   orqali   kerakli   tashkilot   yoki
idoraning  rasmiy   veb-saytiga   o‘tishlari   mumkin.   Ishonch   telefonlari   bo‘limi
ham   portalning   o‘ziga   xos   jihatlaridan   biri   bo‘lib,   bu   yerda   hozircha   20   ta
muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YADXIPning
o‘zida   ham   Qo‘ng‘iroqlar   markazi   (Sallcenter)   tashkillangan   bo‘lib, internetga   ulanish   imkoniyatiga   ega   bo‘lmagan   fuqarolar   mazkur
funksiyadan   foydalanib,   o‘z   murojaatlarini   bayon   qilishlari   imkoniyati
mavjud. 
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o‘ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat
yoki   ariza   bilan,   mazkur   masalaga   aloqador   mas’ul   davlat   idorasiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri   murojaat   etishi   mumkin.   Bunda   murojaat   etuvchi   fuqaro,
istagiga   ko‘ra   o‘z   murojaatining   ko‘rib   chiqilishi   jarayoni   qaysi   bosqichga
yetganligi   haqida   SMS   ma’lumotlari   orqali   xabardor   bo‘lib   turishi,
murojaatiga   javobni   istasa   elektron   pochta   orqali,   xohlasa,   oddiy   pochta
orqali olishi mumkin. 
Interaktiv   xizmatning   mazkur   shakli   hozircha   YAIDXPning   eng
ommabop   xizmat   turib   o‘lib   turibdi.   Portal   asosiy   sahifasida,   kelib   tushgan
va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga
kelishga asos bo‘lmoqda.  Undan   tashqari   portalda,   «Ko‘p   uchraydigan   savollar»   bo‘limidan,
foydalanuvchilar   tomonidan   ko‘p   beriladigan,   an’anaviy   savollarga   javob
olish,   yoki,   qanoatlanitiruvchi   javob   topa   olmasa,   maxsus   shakl   orqali   o‘z
savoli bilan portal xodimlariga murojaat etishi mumkin. Shuningdek portalga
tashrif buyuruvchilar, biror bir xizmat turi borasida o‘z takliflarini kiritishlari
yoki   portal   faoliyati   bo‘yicha   mulohazalari   bilan   uforum.uz   da   fikr
almashinishi mumkin. Shuningdek, yagona portalda, sohaga oid qonunchilik
tizimi,   kalit   so‘zlar   yordamida   qidiruv,   teglar   majmuasi   (buluti)   kabi
qulayliklarni alohida ta’kidlash joiz. 
Portaldan   foydalanish   uchun   fuqaro,   maxsus   identifikatsiya   tizimi   –
www.ID.uz da   ro‘yxatdan   o‘tishi   zarur   bo‘ladi.   Foydalanuvchi   www.ID.uz
ma’lumotlari   orqali   www.my.gov.uz   da   ham   o‘z   shaxsiy   kabinetiga   ega
bo‘ladi.   Shaxsiy   kabinetda,   zaruriy   ma’lumotlarni   kiritib,   tahrirlab   olish
kerak.   Chunki,   davlat   idorasiga   murojaat   etishda,   murojaatchining   shaxsi
aniq   va   to‘g‘ri   bo‘lishi   muhim.   Ko‘pincha   saytlardagi   boshqa   nom   yoki
taxallus bilan ro‘yxatdan o‘tish maqsadga muvofiq emas. Shaxsiy kabinetda,
murojaatchi,   o‘z   murojaatining   ko‘rib   chiqilishi   bosqichi   haqida   yangilanib
turadigan   ma’lumotlarga   ega   bo‘ladi.   Shuningdek,   soliq,   aloqa,   hamda
kommunal   xizmat   tashkilotlaridagi   shaxsiy   hisob-varaqalar   raqamlarini
kiritib, ulardan kelgusida foydalanishga zamin yaratishi mumkin. 
Umuman   olgan   portaldan   foydalanish   ancha   oson.   Tashqi   dizayn   va
navigatsiyaning   engilligi,   har   qanday   foydalanuvchilar   guruhiga,   zaruriy
xizmatni   tez   va   oson   topish   imkoniyatini   beradi.   Har   bir   xizmat   turi   uchun
ko‘zga yaqqol tashlanadigan izohlar va tushuntirishlar berilgan.   Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Kenneth C.Loudon, Jane P.Loudon. Management Information Systems.
New York, 2016. Page 669. 
2. S.S.Gulomov,   B.A.Begalov.   Informatika   va   axborot   texnologiyalari.
Darslik.-T.: “Fan”. 2010.- 628 bet. 
3. Informatsionnie texnologii v ekonomike i upravlenii: uchebnik /pod red.
prof. V.V. Trofimova. 2-e izd., pererab. i dop.- M.: Yurayt, 2016.- 482 s.  
4. Avtomatizirovannie informatsionnie texnologii v ekonomike: uchebnik /
Pod red. prof. G.A. Titorenko. 2-e izd. Pererab. i dop. - M.: Yuniti, 2015. -
399 s.  
5. Kenjabayev   A.T.,   Jumaniyazova   M.Yu.,   Tillyashayxova   M.A.
Informatika   va   axborot   texnologiyalari.   O‘quv     qo‘llanma.   “Iqtisod-
moliya”. 2013, 160 bet. 
Internet sayti:
www.  http://el.tfi.uz/pdf/mddj22.uzk.pdf   -   Toshkent moliya instituti 
elektron kutubxonasi ;

Elektron hukumat tizimi va uning ahamiyati Reja: 1. Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari. 2. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari axborot tizimlarini loyihalash instrumentariyasi va yaratish yo‘llari. 3. Elektron hukumat arxitekturasi. Hududiy darajadagi axborot tizimlarini konseptual loyihalash. 4. Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.

Elektron hukumat. Asosiy tushunchalar, konsepsiya, elektron hukumatni shakllantirish yo‘llari. Elektron hukumat deganda, fuqaro, korxona va tashkilotlarga, hukumat idoralarining turli pog‘onalariga va davlat amaldorlariga davlat xizmatlarini taqdim qilishda axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish tushuniladi. Elektron hukumat davlat boshqaruvida elektron hujjat almashinuvini ta’minlaydi. O‘z navbatida, elektron hujjat aylanishi bu -hujjatni skanerlab, uni elektron pochta orqali yuborish, degani emasligini yodda tutish lozim. Elektron hukumat aholiga va korxona-tashkilotlarga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarini taqdim qilishni osonlashtiradi. Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarishlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi, ularning texnologik yangiliklardan xabardorligini oshiradi, davlat boshqaruvidagi ishtirokini osonlashtiradi. Ijtimoiy soha va iqtisodiyotning turli soxalarini boshqarish, rivojlantirish va samaradorligini orttirish maqsadida, sohaga axborot kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish - bugungi zamon talabi bo‘lgan dolzarb masaladir. Bunday sharoitda, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining kuchli potensialidan nafaqat ijtimoiy yoki iqtisodiy sohalar, balki, siyosiy sohada ham foydalanish, uni davlat boshqaruvi, davlat va jamiyat munosabatlari hamda, fuqarolarga davlat xizmatlari ko‘rsatish kabi muhim ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda qo‘llaniladi. Xususan, «Elektron hukumat» so‘zining ingliz tilidagi muqobili - « Electronic Government » so‘zi, ko‘pchilik o‘ylagani singari, hukumat, ya’ni, davlat boshqaruvining, ijro etuvchi markaziy hokimiyati tushunchasinigina ta’lluqli emas, balki kengroq ma’noda bo‘lib, ya’ni, u – davlat boshqaruvi organlarining o‘z funksiyalarini amalga oshirishda axborot kommunikatsiya vositalari potensialidan keng foydalanishini nazarda tutadi.

Hukumat organlari va davlat tashkilotlari faoliyatining samaradorligini yanada orttirish; fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini interfaol usulda, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari orqali xizmat ko‘rsatish. Elektron hukumat qo‘yiladigan quyidagi asosiy talablar: • Jismoniy va yuridik shaxslarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarining yuqori sifat darajasida tezkor ravishda, yagona standartlar asosida ko‘rsatilishi; • Davlat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda, fuqarolarning davlat hokimiyati organlarining faoliyatiga oid axborotlar bilan uzluksiz ta’minlanishi; • Davlat hokimiyatining ichki strukturalarida, hukumat organlarining turli bo‘g‘inlarida, tashkilot va muassasalarda idoralararo ichki munosabatlarda samaradorlikning ortishi; • Geografik faktor; hujjat aylanishi va almashinuvi kabilarda sarf- xarajatlarni minimallashtirish. Elektron hujjat almashinuvi tizimini joriy etish. Mazkur konsepsiyalarning amaliyotda o‘z aksini topishi natijasida, davlat va jamiyat munosabatlarida, davlat boshqaruvi ichki strukturalarida quyidagicha samaradorlik va qulayliklarga erishish maqsad qilinadi: Fuqarolarga va tadbirkorlarga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarida samaradorlik ortadi, ya’ni, fuqaro davlat idorasiga ariza, shikoyat yoki taklif bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri, elektron shaklda murojaat etishi va javob olishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmatlaridan foydalanishda tayyor hujjat shakllarini (blankalarni) on-layn to‘ldirish va topshirish, zaruriy ma’lumotnoma, ruxsatnoma va boshqa hujjatlarni on-layn tarzda shakllantirib, yuklab olishi, chop etishi kabi interaktiv xizmatlardan foydalanishi mumkin bo‘ladi.

Standartlashtirilgan va avtomatlashtirilgan interaktiv xizmatlardan foydalangan xolda, yuridik shaxs, o‘zi uchun zaruriy davlat xizmatlaridan on-layn foydalanishi imkoni paydo bo‘ladi. Masalan, yuridik shaxs, o‘z faoliyatini yuritish uchun maxsus ruxsatnomalar (litsenziya, patent, bojxona ko‘rigi kabi) olishi yoki, davlat organlariga hisobot (masalan soliq deklaratsiyalari) topshirishi uchun tegishli portaldan foydalanib, tezkor va qulay ravishda ko‘zlangan maqsadga erishishi mumkin. Bunda to‘lovlarni ham on-layn usulda, internet banking yoki SMS-banking kabi xizmatlardan foydalanib amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Davlat boshqaruvi ichki strukturasi – vazirliklar, idoralar, tashkilot va muassasalar, markaziy, hududiy va mahalliy hokimiyatlar, orasida elektron hujjat almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. Idoralararo munosabatlarda yaxlit interaktiv axborot tizimini qo‘llash orqali, o‘zaro aloqa va ichki monitoring tizimi shaffoflanadi. Qolaversa, elektron hukumatni joriy qilish orqali erishilishi ko‘zda tutiladigan yana bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy naf omillari ham mavjudki, ularni ham o‘z o‘rnida e’tirof etib o‘tish zarur: elektron hujjat almashinuvi tufayli, qog‘oz iste’moli qisqaradi, ya’ni qog‘oz mahsuloti tejaladi; hujjat almashinuv tizimida vaqt tejaladi, ya’ni elektron hujjat axborot kommunikatsiya texnologiyalari orqali yuborilganda, mazkur hujjat shu lahzaning o‘zidayoq belgilangan manzilda bo‘ladi. Davlat idorasiga murojaat etuvchi fuqaro, dastlabki zaruriy hujjatlarni to‘plamini yoki murojaatnomani bir marotaba shakllantirib, kerakli manzilga yo‘llaydi, murojaatni ko‘rib chiqish va unga munosabat bildirishning keyingi bosqichlari maxsus semantik tizim asosida, avtomatlashtirilgan ko‘rinishda, murojaat etuvchining ishtirokisiz amalga oshadi, ya’ni, murojaat etuvchi fuqaro, zaruriy hujjatlar to‘plamini, yoki, murojaatnomani ko‘tarib, idorama-idora sarson yurishi, murojaatni ko‘rib chiqishda jarayonining kureri sifatida

qatnashishi, bu orqali, vaqt, transport, kanselyariya va boshqa turdagi xarajatlarni oldi olinadi. Bunday murojaatni ko‘rib chiqishi va unga javob berishi zarur bo‘lgan idoraning mazkur murojaatga nisbatan munosabati yuqori tashkilot tomonidan nazorat qilib turiladi, agar tegishli idora qonunda belgilangan muddatda murojaatni ko‘rib chiqmasa yoki unga javob bermasa, yuqori davlat tashkiloti tomonidan chora ko‘rilishi mumkin bo‘ladi. Murojaatni ko‘rib chiqish jarayoni qaysi bosqichga etgani haqida fuqaro maxsus axborot kommunikatsiya vositalari, masalan, elektron pochta yoki SMS orqali xabardor bo‘lib turishi imkoniyati yaratiladi. Ilm-fan va texnikaning barcha yo‘nalishi kabi axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasi ham tinimsiz rivojlanishda ekanligini nazarda tutsak, elektron hukumat tizimi ham mazkur sohaning keyingi yangi yutuqlarini o‘zida joriy etish orqali yanada takomillashib, mukammallashib borishi tabiiy. Jahon tajribasida elektron hukumat tizimi quyidagi asosiy texnologik tamoyillar poydevorida shakllangan: (shu jumladan O‘zbekiston elektron hukumat tizimi ham). 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga; 2) G2C (Government to Citizens ( Citizens) )– Davlat fuqarolarga; 3) G2F (Government to Foreigners (Foreigners )) – Davlat xorijliklarga; 4) G2B (Government to Business) – Davlat biznesga. Ba’zi davlatlarning elektron hukumat tizimi shuningdek quyidagi tarmoqlarga ham ega: G2S (Government to Science) – Davlat–Ilm-fanga; G2N (Government to third sector) – Davlatuchinchi sektor. Endi mazkur yo‘nalishlarni batafsil tahlil qilsak: 1) G2G (Government to Government) – Davlat–davlatga – bunda Davlat boshqaruvi apparati ichki strukturalari, markaziy va mahalliy hokimiyatlar,