Estetik qadriyatlar ularning tiklanishi va ahamiyati
Estetik qadriyatlar ularning tiklanishi va ahamiyati . 1. Jamiyatning ma’naviy hayoti va estetik qadriyatlar 2. Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda estetik qadriyatlarning o‘rni. 3. Istiqlol sharoitida badiiy- estetik qadriyatlar ga munosabatni o’zgarishi .
1. Jamiyatning ma’naviy hayoti va estetik qadriyatlar Ma’lumki, bugun kund a tarbiyaning bosh vazifasi yosh-avlodni kamol toptirishdan iborat. Ijtimoiy ong shakllarining har biri o‘z tadqiqot predmetidan kelib chiqib yoshlar tarbiyasiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Yoshlarning estetik tarbiyasi o‘zaro munosabatlarda o‘z aksini topadi. Bu ijtimoiy ong shakllariga qadimgi yozma yodgorlik bo‘lmish Avesto kitobi undagi asosiy g‘oyalarga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov fikr bildirib quyidagi fikrlarni bildiradilar. “Avesto, insonning tabiat bilan uyg‘unligini ta’kidlash orqali, uni o‘zini anglashga, ma’naviy o‘sishga va koinot bilan birlashishga chaqiradi. Shuning uchun, bu asar insonning ruhiy va ma’naviy olami, uning tabiat bilan bo‘lgan aloqasiga katta ahamiyat berib, borliqning yaxlitligini va bir butunligini chuqur tushunishga yordam beradi” 1 . Inson o‘zi yashayotgan muhitni o‘zlashtirish bilan birga uni o‘zgartiradi. Sun’iy tizimlarni yaratib qadriyatlarni yanada takomilashtiradi, go‘zallashtiradi. “Zardushtiylik dinining asosi ham insonning ruhiy holati, uning ong va qalb dunyosi, tabiat bilan uyg‘unlashganida haqiqiy baxt va tinchlikka erishishi mumkin. Avesto, aynan shu uyg‘unlikni jamiyat, tabiat va insonning ruhiy jihatlari o‘rtasida muvozanat yaratishni targ‘ib qiladi. Tabiatning har bir elementi, insonning ichki olamiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, shuningdek, insonning ichki holati ham tabiatga ta’sir qiladi. Shu tarzda, insonning ruhiy yuksalishi va ma’naviy saodatiga erishishi, uning tabiatga va borliqning boshqa qismlariga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishiga bog‘liqdir” 2 . Shu o’rinda ekologik va estetik tarbiyani shakllantirib, o‘zaro uyg‘unlashtiradigan bir qator vositalar mavjud. Ular tabiatni ekologiya va estetik tarbiyaviy asoslari bilan uzviy bog‘langan holda ijodiy yondashuv asosida qaror topadi.Tabiatga ekologik yoki estetik munosabatda bo‘lishlik darajasi insonlarning xatti-harakatlaridan, muomalalaridan ham sezilib turadi. Tildagi chiroyli so‘zlar hamma vaqt ham dildagi yaxshi niyat, go‘zal maqsadlarning ifodasi 1 Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. –Т.: “Маънавият”, 2016. –Б.32. 2 Айматов А.Қ. Шахснинг табиатга экоэстетик муносабатини шакллантириш масалалари. Монография. –Т., 2017. –Б.11.
bo‘lavermaydi. Donishmandlarning “ Yuziga boqma, so‘ziga boq”- degan hikmatlari ayni haqiqatdir. Muomala esa insonlarni ekologik harakatlarida bir- biriga bog‘lovchi,yaqinlashtiruvchi,tabiatni asrash yo‘lidagi katta-kichik xayrli ishlariga undovchi fazilatdir. Insonning go‘zal hayot kechirishida, tabiatning bir qismi ekanligi hamda unda o‘z o‘rnini topa olishida, boshqalarning hurmat ehtiromiga erishishda muomalaning o‘rni kattadir. Insonning shirinso‘zligi kishining tarbiyalanganligidan guvohlik bersa, so‘zga boyligi, chechanligi, ma’nodorligi uning o‘qimishli, bilimdonligini ko‘rsatadi. Go‘zal muomala inson dilini qanchalik xushnud etsa, aksincha achchiq so‘z, qo‘pol muomala inson qalbini larzaga soladi. Shirin muomalada bo‘lish ham yaxshi odat. Shirin so‘z bilan kishining ishonchi va qalbini egallash mumkin. So‘z, yuz va ko‘z, tilning ko‘rki hisoblanadi. “Insoniyatning taraqqiyoti davomida tabiatga estetik munosabat orqali atrof-muhitni muhofaza qilish zarurati ko‘rsatilgan. Tadqiqotimizda shaxsning ekologik ongi va madaniyati, uning estetik dunyoqarashini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta'kidlanadi” 3 . Estetik tarbiyani takomillashtirishga ehtiyoj sezmaslik esa ekologik bilimlarning tanazzul belgisidir. Oilada sog‘lom turmush tarzi va estetik madaniyatini rivojlantirish va yoshlar tarbiyasida yuqori natijalarga erishish uchun ota-onalarning o‘zlari o‘rnak bo‘lmoqlari lozim. Oiladagi sog‘lom tarbiya, sog‘lom ekoestetik muhit oilaviy munosabatlar madaniyatiga bog‘liq. Ota-onalarning farzandlariga munosabati, farzandlar tarbiyasiga barobar javobgarligi, o‘z burchiga mas’uliyatli bo‘lishligi, oiladagi to‘g‘ri tarbiya vositalarining samaradorligini ta’minlab berishadi. “ Jamiyatda estetik qadriyatlar juda muhimdir. Insonning go‘zallik va mukammallik hissi musiqa, san’at va tabiat bilan bog‘liqdir. Tabiatning yam-yashil vodiylari, toza suvli buloqlar, chiroyli gullar va qushlar nafaqat moddiy boylik, balki ijod va ruhiy quvvat manbaidir. Inson va tabiat o‘rtasida uzviy bog‘liqlik 3 Айматов А.Қ. Шахснинг табиатга экоэстетик муносабатини шакллантириш масалалари. Монография. -Т., 2017. -Б.20.
mavjud bo‘lib, inson hayotini ta’minlash uchun tabiat bilan doimiy aloqada bo‘lishi zarur. Bu insonning tabiatning ajralmas qismi ekanligini anglatadi ” 4 . Jamiyatning har bir sohasidagi barqarorlik muammosi,muqarrar ravishda, yoshlarning tabiat bilan oqilona ekoestetik munosabatlariga borib taqaladi. Ya’ni, “inson va jamiyat”, “inson va tabiat” o‘rtasidagi ekologik madaniy merosga vorislikning o‘ziga xos rivojlanish qonuniyatlari boshqa hodisalar tarkibida o‘rganilmoqda. Bunda tarixga ikki tomonlama yondashganda ya’ni tabiat tarixi va insonlar tarixiga qarab ajratish mumkin. Biroq har ikki tomon uzviy bog‘liqdir. Insoniyat jamiyati mavjud ekan tabiat va insonlar tarixi bir-birini o‘zaro to‘ldirib va quvvatlab turadilar. Shu jihatdan, ekologik madaniyatni yuksaltirish insonning dunyoqarashiga muvofiq ekoestetik o‘zlashtirishdan iborat amaliy faoliyat hisoblanadi. Chunki, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy faoliyat yo‘nalishlarining samaradorligi tabiatni o‘zgartiruvchanligida namoyon bo‘ladi. Ekologik madaniyat esa, insonning tabiatni asrashi va muhofaza qilish faoliyatiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham ekologik madaniyat insonning tabiatni o‘zgartiruvchanlik faoliyatlarini to‘xtatadi, ma’lum ma’noda, “chegaralaydi”. “Ekologik muammolarning globallashuvi ijtimoiy ongni bu masalalarni hal qilishga yo‘naltirishni talab qiladi. Insonning ekologik burchi va mas’uliyatini estetik munosabatlarga aylantirish zarur, chunki ekologik ongi va madaniyati estetik dunyoqarash bilan bog‘liq. O‘zbekistonda ekologik vaziyatni yaxshilashda tabiatga estetik munosabat muhim omil hisoblanadi” 5 . Estetik madaniyatni yuksaltirishga yo‘naltirilgan madaniyat integ-ratsiyasining amaliy natijasi, muayyan estetik maqsadlarga erishishdan iborat. 2.Shaxs ma’naviyatini yuksaltirishda estetik qadriyatlarning o‘rni. 4 Султонов П.С. Экология ва атроф муҳитни муҳофаза қилиш асослари. Олий ўқув юртлари учун дарслик. -T.: MUSIQA nashriyoti, 2007. -Б.6-7. 5 Айматов А.Қ. Шахснинг табиатга экоэстетик муносабатини шакллантириш масалалари. Монография. –Т.: 2017. -Б.7.
Turmush estetikasi i nsonlarning hayot faoliiyati kechadigan ijtimoiy tuzulma, sifatida estetik qadriyatlarning kundalik hayoti bilan bog’lab inson faoliyatining mantiqlik tomon borishini o’zida ifoda etadi. Turmush estetikasi shaxs ijtimoiylashuvi, natijasida tiklanib, qaytadan tashkomillashib va shakl va ijobiy qaror toptirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda insonlarni zavqlantiradigan, yangi narsalar dunyosini yaratish va inson ehtiyoji uchun turmush estetikasining asosiy unsurlaridan biri hisobla n adi. Xuddi shunday tamoyillar insonni estetik zavqlanishga, go’zallik va xunuklikni ajaratib, ularga baho berib munosabat bildirish, o’z e’htiyoji yo’lida yangi narsalar dunyosini yaratib, ularning jozibasini oshirish yo’lida insonlardan amaliy harakatlarini talab qiladi. Biz mustaqillikka erishgan dastlabki yillardan boshlab aholimizning turmush darajasini oshirish borasida jamiyatning turli sohasida ko’plab islohatlar amalga oshirish orqali jamiyat hayotida, yangi qadriyatlarni vujudga keltira oldik. Fuqarolarimizning hayotdan rozi qilishdek amaliy ishlar, o’z navbatida kishilarning kundalik turmush darajasini o’nglash bilan birga, ularni hayotga bo’lgan munosabatini o’zgartirishda muhim me’zon bo’la oldi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’ttiz yildan ortiq mustaqillik davrida aholining turmush sharoitlarini yaxshilash borasida ko’pgina ezgu va xayrli ishlar qilinib, ular bugungi kunda davlatimizning barcha hududlarida keng ko’lamda davom ettirilib kelinmoqda. Turmush estetikasi insonlarni o’rab turgan narsalar dunyosiga estetik munosabatni namayon etadigan soha bo’lib u hayotda inson estetik tafakkurini rivojlantirishda asosiy vazifani bajaradi. Inson hayoti davomida oila bag’rida yashashi, o’zining xulqi, kiyinishi, muamulasi, o’zini tutish me’yorlariga odatlanib boradi. Bu jarayon o’z navbatida turmushni go’zal qadriyatlar bilan to’ldirishni, ularga tayanib, yashashni o’rganish davr talabidir. Anashu maydon ta’sirida insonning estetik ongi, tafakkuri, shakllanib insonning estetik didi rivojjlanadi. Insonning estetik didi insonlar orasidagi iste’molda bo’lgan qadriyatlarni o’zlashtirishda namoyon bo’ladigan ma’naviy xodisa hisoblannadi.