Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati
Gipofiz gormonlari va ularning ahamiyati REJA 1. Gipofiz gormonlari to`g`risida ma`lumot 2. Adeno va neyrogipofiz 3. Gormonlarning ta`sir mexanizmlari 4. Gormonlarning gipo va giper funksiyalari
Gipofizning oldingi bo'lagidan olti xil: somatotrop, adreno¬kortikotrop, tireotrop, gonodotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormon (STG) bolalar va o'smirlaming o'sishini, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko'ra bolalar va o'smirlarda bu gormon ko'p ishlab chiqarilsa, bo'y normadan ortiq o'sib ketadi. (2-rasm) Bu holatga gigantizm, bun day odam esa gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo'y o'sishi sekinlashadi, bunday holga nanizm deyiladi . Bunday bo'yi past odam gipofizar pakana deyiladi. Ularning bo'yi past bo'lsa ham aqliy faoliyati normal bo'ladi. Bo'y o'sishi to'xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko'p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo'ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo'l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormon ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Gipofiz bezidan somatotrop gormon ko'p isblanib cbiqqanda odam bo'yining normadan ortiqcha o'sishi - gigantizm, bu gormon kam hosil bo'lganda bo'y o'smay qolisbi nanizm holatining ko'rinishi. Tireotrop gormon qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormon erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o'smirlarda esa balog'atga yetish belgilari paydo
bo'lishida ishtirok etadi. Laktotrop gormon ayollarda sut bezlarining funksiyasini bosh qaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo'lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo'lishini boshqaradi. Gipofizning orqa bo'lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug'ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5¬99% i qonga qayta so'rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo'lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so'rilish jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo'ladi. Bu kasallikda odam ko'p suv iste'mol qiladi va ko'p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko'p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi bar¬cha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo'lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv sistemasi tomonidan, ya'ni oraliq miyadajoylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi. . Gipofizning orqa bo‘lagi MNT ning gipotalamus qismi bilan morfologik va funksional bog‘liqligi sababli neyrogipofiz deyiladi. Undan ikki gormon: a n t i d i u r e t i k gormon (ADG) va o k s i t o s i n ajraladi. Bu peptid gormonlar gipotalamusning supraoptik va paraventikulyar yadrolari neyronlari tomonidan sekresiyalanadi. Neyrogipofiz gipofunksiyasida ADG yetishmovchiligi oqibatida q a n d s i z d i a b ye t rivojlanadi, juda ko‘p siydik ajratiladi (ba’zan bir kecha- kunduzda 20 l), kuchli chanqoq kuzatiladi. ADG qon tomirlarning silliq mushaklarini qisqartirish
qobiliyatiga ham ega. Uning bu xususiyati organizm qon yuqotib, tomirlarda bosim pasayib ketganda yaqqol ko‘rinadi. Bu sharoitda ADG ta’sirida arterial tomirlar sezilarli darajada torayadi va bosim keskin pasayib ketmaydi. O k s i t o s i n ayollarda bachadonning ritmik qisqarishlarini faollashtiradi. Homiladorlikning ikkinchi yarmidan miometriy oksitotsinga nisbatan sezuvchan bo‘ladi. Ammo bachadon faolligini tormozlovchi (beta- adrenoretseptorlarni ingibirlovchi) mexanizm oksitotsin ta’sirini bo‘g‘ib ko‘yadi. Tug‘ish arafasida tormozlovchi mexanizm bartaraf etiladi va oksitotsin ta’siri tiklanadi. Oksitotsin samarasi hujayra membranasidagi oksitotsinga nisbatan sezuvchan bo‘lgan retseptorlarga ta’sir etish orqali amalga oshadi. Emizish davrida oksitotsin sut bezlari yo‘llaridagi mioepitelial hujayralarni qisqartirib, sut chiqishini ta’minlaydi. Qonning osmotik bosimi ko‘tarilib, osmoretseptorlar qo‘zg‘alganda, gipokaliemiya, gipokalsiemiyada, qon bosimi pasayganda va ba’zi boshqa hollarda ADG sekresiyasi tezlashadi va neyrosekretor hujayralarning aksonlari orqali 3mm\24 soat tezlikda gipofizga oqib tushadi. Oksitotsinning gipotalamik neyronlarda sintezlanishi va neyrogipofizdan qonga ajratilishi bachadon cho‘zilish retseptori va sut bezlari so‘rg‘ichlari mexanoretseptorlari ta’sirlanganda reflektor yo‘l bilan kuchaytiriladi. Gormon sekresiyasini estrogenlar ham oshiradi. Anatomiyasi. Miya epifizi (miya ortig‘i, shishsimon tana) – epiphisis cerebri (corpus pineale), oraliq miyaning epitalamus qismiga mansub bo‘lib, o‘rta miya tomini hosil qiluvchi to‘rt tepalik plastinkasining yuqorigi ikki tepaligi orasidagi egatda joylashadi, va oralik, miya yuganchalari (habenulae) bilan ko‘ruv dumbog‘i (thalamus opticus) ning medial yuzalariga osilib turadi. Miya ortig‘ining shakli ko‘pincha oval shaklda bo‘lib, katta kishilarda uning og‘irligi 0,2 g keladi, uzunligi 8-15 mm bulib, eni 6-10 mm, qalinligi 4-6 mm
ni tashkil etadi. Tashqi tomondan epifiz qon tomirlarda va anastomozlarga juda boy bo‘lgan biriktiruvchi to‘qimali kapsula bilan o‘ralgan. Kapsuladan bez to‘qimasi ichiga biriktiruvchi to‘qimali trabekulalar o‘sib kirib, bezni bo‘lakchalarga ajratadi. Bez to‘qimasining o‘zi esa maxsus bez to‘qima – pinealotsitlardan va gliotsitlardan tashkil topgan. Shishsimon tananing endokrin faoliyati uning gipofiz bezi gonadotrop gormonlarini balog‘at yoshiga yetguncha tormozlab turuvchi modda ishlab chiqarishda (melatonin) va organizmda kechuvchi almashinuv protsesslarini nozik boshqarish bilan birga kun va tun (aktivlik va passivlik) protsesslarini boshqarishdadir. 4-rasm. Epifiz bezi Epifizning tomir va nervlari. Epifizni miyaning orqa arteriyasi va yuqorigi miyacha arteriyalaridan keluvchi tomirlar qon bilan ta’minlaydi. Miya ortig‘idan chiquvchi venoz qon miyaning katta venasiga quyiladi. Tomirlar bilan birga miya epifizi ichiga simpatik nerv tolalari kirib boradi. Epifiz bosh miya markazida to‘rt tepalik ustida joylashgan, uning diametri 3-4 mm. XX asrning 1958 yilida epifiz m ye l a t o n i n nomli gormon ishlab chiqarishi aniqlandi. Melatonin ko‘p qirrali samaraga ega bo‘lib, seratonindan hosil bo‘ladi. U pigment almashinuvini, jinsiy faoliyatni, kecha-kunduzlik va fasllik ritmlarni, hujayralar bo‘linishi va rivojlanishini