FAN VA ILMIY BILISH TUSHUNCHALARINING TURLI TA’RIFLARI
FAN VA ILMIY BILISH TUSHUNCHALARINING TURLI TA’RIFLARI REJA: I. Kirish II. Asosiy qism 1. Fan tushunchasi va unga yondashuvlar 2. Ilmiy bilish 3. Fan va ilmiy bilish tushunchalarining turli ta’riflari III. Xulosa
Fanni tadqiqot obyekti sifatida tushunishga, ya’ni fan haqidagi fanga yoki fan falsafasiga yoki dunyoni ilmiy bilishga quyidagi yondashuvlar kiradi: Inson madaniyatining shakllanish jarayonida: a) fan bilish; b) fan faoliyat; d) fan institut sifatida ifodalanadi. Yuqoridagilarni quyidagicha yanada mukammalroq tasniflash mumkin: ya’ni, fan olam haqidagi bilimlar tizimi (olam, jamiyat, inson), fan yangi bilimlarni egallashdagi inson faoliyati; fan jamiyat, davlatni tashkil qilish shakl (institut)laridan biri. Fandagi egallangan bilimning namoyon bo‘lishi bilan fanning o‘zi shug‘ullanadi. Aynan fan sohasida ilmiy bilimlarni umumlashtirish, tanlash, tizimlashtirish va ulardan kelgusida foydalanish haqida chuqur tasavvurlar hosil bo‘ladi. Birinchi vaziyatdan bilim jamiyatning moddiy amaliy hayotida yoki uning ma’naviy boyishida, ikkinchisidan esa yangi ilmiy tadqiqotlarni, yangi tadqiqot dasturlarini yaratishda foydalaniladi. Ilmiy bilimlardan tashqi va ichki jarayonda qo‘llashning oraliq vositasi, ta’lim tizimi hisoblanadi. Olamni anglashga yo‘naltirilgan inson faoliyatining alohida xususiyati sifatidagi fan bilan falsafa, metodologiya va fan mantig’i, shuningdek, falsafiy bilish nazariyasi shug‘ullanadi. Ijtimoiy hodisa yoki ijtimoiy institut sifatidagi fan bilan fanshunoslik shug‘ullanadi. Fan tarixi uning barcha sohalariga aloqador alohida predmet bo‘lib, odatda tarixiy ilmiy tadqiqotlarda «nima, qayerda va qachon» kabi daliliy izohlash bilan chegaralaniladi. Tadqiqot predmetining barcha qismlarga (analitik sxema) bo’linishini taxminiy ekanligini ham ta’kidlash kerak. Masalan, fanning predmetga oid tashkil qilinishi muammosi, bilim turlarining shakllanishi va rivojlanishi, ilmiy bilimlarning integratsiyasi, sintezi, differensiyasi, o‘zaro aloqasi va o'zaro ta’siri faoliyat sifatida, bilim tizimi sifatida, fan muammolarining tahlili va yo’nalishlari bilim tizimi sifatida xizmat qiladi. Fanning o‘ziga xos ijtimoiy hodisa va institut sifatida tushunishga nisbatan asosiy yondashuvlarni ko‘rib chiqamiz. Fanni formal ijtimoiy institut
sifatida sodda va aniq tushunish uchun 1) institut sifatidagi fanga va 2) jamoa sifatidagi fanga «davlat ijtimoiy guruhining barcha xaraktcrli xususiyatlari» xosligini inobatga olish kerak. Birinchi vaziyatda biz tashkilotlar tizimi va tashkil qilish shakllarini boshqarish tizimi (rahbar va uning qo‘l ostidagilarining lavozimlari), iyerarxiya tizimi (unvon va darajalar), tashkilotlar tizimi (kafedralar, ilmiy, institutlar, jamiyat, akademiyalar, semenarlar tizimi, konferensiyalar, kongresslar, kengashlar), huquqiy nazorat qilish tizimi (mualliflik huquqi haqidagi qonun, olim va ilmiy jamoalarning maqomi), ishlab chiqarish vositalari tizimi (instrumental-eksperimental asboblar, laboratoriya xonalari, axborot tizimi) kabilarni nazarda tutganmiz. Ikkinchi vaziyatda biz olimlar jamoasida har qanday insoniyat jamoasining tipik xususiyatlarini ko‘rishimiz mumkin. Ilmiy jamoada insonlar yashaydilar va ishlaydilar. (Seneka aytganidek, insonga xos barcha narsalar ular uchun begona emas). Haqiqat peshvolari bo‘lmish bu jamoada g‘oyalar yetakchilari va oddiy bajaruvchilar, qullar va hukmdorlar (olimlarning bir- birlariga nisbatan moddiy-ma’muriy qaramligiga u yoki bu darajada asoslangan munosabatlar), an’analar va xulq-atvor normalari, umume’tirof etilgan etika va rasmiy munosabatlar bayoni, ilmiy bilishning norma va ideallari, mafkurasi (masalan, tabiatshunoslikdagi matematik mafkura, kimyodagi fizik mafkura), o‘g‘ri va munofiqlar (g‘oyao‘g‘rilari, ko‘chiruvchilar, makkorlar, ongli ravishda eksperimentlar natijalari va nazariy fikrlarni bo'rttiruvchilar), modaga amal qiluvchilar fandagi ilmiy yo‘nalishni ilmiy vijdonga, ichki ehtiyojga emas, balki tashqi foyda va manfaatda ommaviy ekologizatsiya va fanning kompyuterlashuviga qarab tanlovchilar bor. Va nihoyat, ilmiy jamoada, nafaqat aqllilar, balki axmoqlar ham bor. Olimlar jamoasi, fan institutlariga xos munosabat shakllari va xususiyatlaridan maxsus tahlilni talab qiluvchi turli muammolarning mavjudligini ko'rish mumkin. Fanshunoslik muammolari ushbu ishning predmeti bo’lmaganligi uchun, biz yuqoridagi izohlar bilan chegaralanamiz va quyida ilmiy bilish shakllanishining tarixiy mantiqiy tamoyillariga tayanib, aksariyat holda falsafa va fan metodologiyasi muammolarini tahlil qilamiz. Fan va ilmiy bilish bir butun tizim sifatida turli sohalarning qismlaridan (elem entlaridan) tashkil topgan. Bilish predm etini dastlabki tahlilida ilmiy bilim va fanni ikki asosiy bo’limga: tabiatshunoslik va ruh haqidagi fanlarga bo‘lish mumkin.
Tabiiy fanlar - tabiat haqidagi fandir (yunoncha, tabiat— physis, lotincha - natura). Tabiiy fan obyektlari aksariyat hollarda moddiydir (makon va zam on bundan mustasno, biroq ba’zi konsepsiyalarga ko‘ra, makon va zam on m oddiy obyektlarning xossatari bilan bog‘liq ravishda o'rganiladi). Moddiy obyektlar narsa va maydondan iborat. Maydon (gravitatsion, elektromagnit) — hajmga ega bo‘lmasa-da, lekin makon va zamon o’lchoviga ega. Predmetli sohasiga ko‘ra, tabiiy fanlar fizika, kimyo, biologiya, geologiya va, albatta, qator xususiy sohalar (fanlar)ga bo'linadi. Mexanika, elektrodinamika, molekulyar fizika, organik kimyo, analitik kimyo, omitologiya, fiziologiya, biogeoximiya, ekologiya kabilar shular jumlasidandir. Tabiiy fanlar tabiatni o‘rganadi, deyish ham mumkin. XX asr o ‘rtalaridan insonning ma’naviy-ijodiy faoliyati va tabiatning idea] obyektlari: (intellekt, ong, xudo, Platón g‘oyalari) din, san’at, jam iyat, davlat, huquq, iqtisod kabilarni o ‘rganuvchi barcha fan sohalari ham teologiya, dinshunoslik, estetika, sotsiologiya, etika-estetika, iqtisod, huquqshunoslik kabilar ham ruh haqidagi fan, deb ataldi. Ruh haqidagi fan ideal obyektlar haqidagi fandir. Qanday bo’lishidan qat’i nazar, ideal obyektlar mavjud va realdir. Biroq ular hajm va makon o‘lchoviga ega emas. Shuni ham aytish kerakki, barcha fanlarni tabiiy deb atash mumkin, zero insonning o‘zi tabiatning bir bo’lagidir, demak, uning ma’naviy va moddiy faoliyati, barcha tirik mavjudotlar faoliyati tabiiy bo‘lgani kabi tabiiydir. Biroq Ilmiy bilim va fan tabiatshunoslik haqidagi ruh haqidagi
bunday umumlashtirish formal bo‘lar edi. Chunki insonga iroda erkinligi xos va u tabiat kabi erkin yaratuvchanlik xususiyatiga ega. Tabiiy va ruh haqidagi fanlardan tashqari yana shunday fanlar tizimi borki, ularni ham tabiiy, ham ruh haqidagi fanlar qatoriga qo'yish mumkin: psixologiya, antropologiya, sotsiologiya, sotsibiologiya, ekologiya va esxotologiya kabilar shular jumlasidan. Ular qatoriga matematikani ham kiritishimiz mumkin, chunki undagi qator muammolar, masalan, Leybnits va Nyuton asoslagan differensial va integral tenglamalar tabiatshunoslik fani bilan bog‘liq bo‘lsa, boshqa qator muammolar: sof aql, sof aqlning erkin faoliyati ijodiy jarayondir. Shuni ham ta’kidlash joizki, agar fanlaming ma’lum sohaga, predmetli yo‘nalishlariga qarab dastlabki bo'Iinishi amalga oshirilsa, unda xususiy sohalar boshqa klassifikatsion invariantlarga ega bo‘ladi. Mantiqiy-predmetli darajada yangi ilmiy sohalarning paydo bo’lishini uchta asosiy tarkibiy qismlarga: predmet, metod, maqsadli bilishga ajratish mumkin. Bunday tarkibiy qismga bo‘linish, albatta, muammoni soddalashtiradi va sxemalashtiradi, bir qaraganda bunday yondashuv yetarli darajada to ‘g‘ri va hatto keng tarqalgandek tuyuladi (fan institutlarida yangi bilim sohalarining kelgusida rasmiylashtirish muammosi). «Fan va ilmiy bilish» tushunchasida berilgan predmet sohalaridagi tadqiqotlarning boshqa tom oni, uning fundamental va amaliy sohalam i metodologik tahlil qilganda namoyon bo‘ladi. Bunday bo‘linish muammolariga alohida to'xtalm oq kerak. Texnikaning falsafiy-metodologik masalalari sohasidagi tadqiqotlar, jumladan, tabiiy va texnik bilimlaming o ‘zaro ta’siri muammosi ham bugungi kunda ancha intensiv rivojlansa-da, hozirgi zamon muammolarining barcha sohalarini qamrab olishdan yiroq. Metod Maqsadli bilish Predmet