logo

Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

38.8359375 KB
Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni.
Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi .
Reja:
 1. Informatika fani o’qituvchisi kasb faoliyati strukturasining algoritmi.
  2.   Ta`lim   samaradorligini   oshirishda   sifat   nazoratini   tashkil   etishda
o’qituvchilarning vazifalari. 
  1. Informatika fani o’qituvchisi kasb faoliyati strukturasining algoritmi.
  O`qituvchining   kasb   faoliyati   strukturasi   muammosi   bilan   asosan   Rossiya
olimlaridan   N.V.Kuzmina,   A.I.Herbakov   va   V.A.Slastyoninlar   shug’ullangan.
Pedagog, ya`ni o’qituvchi va tarbiyachining kasb faoliyati strukturasi  ayni paytda
pedagogik qobiliyatlar ham deyiladi. O`qituvchi shaxsining faoliyatida kasbiy o’z-
o’zini   tarbiyalash   ustivor   ahamiyatga   ega   bo’lganligi   uchun   uning   kasb   faoliyati
strukturasida   birinchi   o’rinda   tarbiyachilik   qobiliyati   turadi.   O`qituvchining   kasb
faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin: 
1.   Tarbiyachilik.                                                 2.   Tashkilotchilik.
3.   Safarbar   etuvchi.                                         4.   Pertseptiv.
5.   Yo’naltiruvchi.                                               6.   Kommunikativ.
7.   Rivojlantiruvchi                                           8.   Kreativ.
9.   Informatsion                                                     10.   Didaktiv.
11. Gnostik (tadqiqotchilik). 
Pedagogik   va   psixologik   adabiyotlarda   o’qituvchining   kasb   faoliyati   strukturasi
uning   kasbiy   sifatlari   yoki   kasb   qobiliyatlari   deb   ham   sanaladi.   Bu   struktura
asosida   o’qituvchining   yuzlab   kasb   sifatlari   va   fazilatlari   aniqlangan.   Jumladan,
200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari
o’rganilgan.   O`qituvchining   kasb   faoliyati   strukturasini   quyidagicha   tavsiflash
mumkin. 
1.   Tarbiyachilik   qobiliyati   -   tarbiyachilik   -   bu   yuksak   darajadagi   san`at   bo’lib,
shaxsni   ijtimoiy   hayot   talablariga   javob   bera   olish   qobiliyatini   bildiradi.
Tarbiyachilik   qobiliyati   shaxsni   tarbiyalashga   emas,   o’z-o’zini   tarbiyalay   olishga
yo’naltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil
fikrlay   oladigan   va   o’zini-o’zi   tarbiyalash   qobiliyatiga   ega   bo’lgan   shaxslarni
shakllantirishga qaratilgan. 
2.   Tashkilotchipik   qobiliyati   -   ta`lim-tarbiya   ishini   samarali   yo’lga   qo’yishda
o’qituvchining   tashkilotchilik   qobiliyati   alohida   ahamiyatga   ega   bo’ladi.   Bunda sinf   yoki   guruh   jamoasini   uyushtira   olish,   har   bir   o’quvchi   yoki   talaba   bilan
individual   shug’ullanish   uchun   ularni   yosh,   jins   hamda   yakka   tartibdagi
xususiyatlarini bilish, o’quvchi-talabalarni hohish istaklari, muammolarini eshitish
va   ularning   echimini   topishda   ko’maklashish,   qo’shimcha   darslar,   to’garaklar,
tarbiyaviy   darslar   o’tkazishga   oid   tegishli   shart-sharoitlar   yaratish   kabi   ishlar
kiradi. 
3.   Kommunikativ   qobiliyat   -   "O`qituvchi-o’quvchi",   ota-onalar,   jamoatchilik,
mahalla   va   boshka   tashkilotlar   bilan   to’g’ri   munosabat   hamda   kasbiy-madaniy
aloqalar o’rnatishga qaratilgan.
  4.   Pertseptiv   qobiliyat   -   o’quvchi   va   talabaning   qalbiga   yo’l   topa   olish,   o’z
navbatida   uni   qalban   his   etib,   o’zining   o’rniga   qo’yib   ko’ra   bilish,   yoshlarni
ruhiyma`naviy   olamini   o’rganish,   unga   ob`ektiv   baho   berish,   bolani   psixologik
xususiyatini   bilgan   holda   uning   kayfiyati,   hissiyoti,   diqqati   va   boshqa   psixik
jarayonlarini o’rganib borish o’qituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi.
5.   Informatsion   qobiliyat   -   o’quv-tarbiya   jarayonining   boshi,   ya`ni   boshlanishi
hisoblanib,   o’qituvchining   qanchalik   axborot   ola   bilish   qobiliyati,   uni   atroflicha
o’rganib,   tahlil   etib,   o’quvchi   va   talabaning   yoshi,   ongi,   dunyoqarashiga   mos
ravishda   etkazib   bera   olishida   o’z   ifodasini   topadi.   Bunda   qaytar   aloqa   va   uning
samaradorligi o’qituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi. 
6.   Didaktiv   qobiliyat   -   o’quvchi   va   talabani   bilim   olishga   bo’lgan   qiziqishlarini
aniqlash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim,
ko’nikma va malakalarini o’rganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay
darajada   ko’nikma   va   malakalarga   aylanayotganligi   muhimdir.   O`qituvchnning
yana   bir   didaktiv   qobiliyatiga   uning   dars   jarayonini   kuzata   bilish   va   tahlil   qila
olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir o’ziga xos xususiyati o’qituvchining
bilimdonligi,   zehnining   o’tkirligi,   ijodkorlngida   ko’rinadi.   Didaktiv   qobiliyat
o’qituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.  7.  Yo’naltiruvchi   qobiliyat   —   motivlar   va  motivatsiya   bilan   bog’liq   bo’lib,   erkin
fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda bo’ladi.
  8.   Safarbar   etuvchi   qobiliyat   —   bugungi   davr   rivoji   va   talabidan   kelib   chiqib,
o’qituvchini   iqtisodiy,   siyosiy,   mafkuraviy,   ijtimoiy   va   kasbiy-madaniy
munosabatlarning   naqadar   dolzarbligi,   echimini   kutayotgan   muammolarni   hal
etishning   zarurligi,   nazariy-metodologik   bilimlarni   amaliyot   darajasiga   olib
chiqishning o’ta muhimpigini anglab etish bilan bog’liq ravishda hal etiladi. 
9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uygunligida amalga oshib,
bunda   o’qituvchi   o’quvchini   hissiy-irodaviy,   didaktiv   yo’naltiruvchi,   safarbar
etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada
maqsadli   ravishda   rivojlantira   olish   qobiliyati   bilan   ifodalanadi.   10.   Kreativ
qobiliyat - bu o’qituvchining alohida o’ziga xos qobiliyati bo’lib, o’z ongida yangi
tushunchalarni   o’rganish,   uni   tahlil   etishdan   boshlanib,   yangilikka   intilish,   o’z
sohasi  bo’yicha axborotlarni to’plash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va
tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi.
11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - o’qituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga,
ilm-fanga   qiziqishga,   muammolar   echimida   maqsad   va   vazifalar   qo’ya   bilishga,
ahamiyatiga   qarab   ilmiy-amaliy   faktlarni   to’shlay   olishga,   muayyan   ilmiy   faraz
yechimini   topishga,   ilmiy   tadqiqotchilik   ishi   bilan   shug’ullanishga,   ilm   asosida
bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi. 
2.   Ta`lim   samaradorligini   oshirishda   sifat   nazoratini   tashkil   etishda
o’qituvchilarning vazifalari.  
Uzluksiz   ta`lim   tizimida   informatika   fanini   o’qitishda   ta`lim   samaradorligini
oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega.
Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur: 
- boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish; 
- ta`limda sifat tushunchasi;  - ta`limda sifat nazoratini tashkil etish; 
- ta`lim sifatini belgilovchi omillar; 
- sifatni baholash mezonlari; 
- sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi); 
- nazorat monitoningi va uning yuritilishi; 
- yakuniy natijalarni baholash va qo’shimcha tadbirlar belgilash. 
Ta`limda   sifat   -   qo’yilgan   maqsadlarga   erishish   uchun   amalga   oshirilayotgan
ishlarning nazorati   va baholash   bo’yicha  olingan natijalarning  monitoringi. Qaysi
ta`lim   muassasisida   boshqaruv   mexanizmi   ilmiy   asosda   to’g’ri   tashkil   etilgan
bo’lsa,   ta`lim   muassasasi   rahbariyatining   bosh   vazifalaridan   biri   bo’lgan   ta`lim
mazmuni va sifat ko’rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga
yo’naltirilgan   bo’lsa,   shu   ta`lim   muassasasida   ta`limning   sifat   nazoratini   tashkil
etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim.
Buning   uchun   ta`lim   muassasasi   rahbariyati   ta`lim   sifatini   oshirishga   qaratilgan
asosiy   vazifalarni   ishlab   chiqish   va   ushbu   vazifalarning   bajarilishi   monitoringini
olib boorish uchun sifat komissiyasi tuziladi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash
mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi,
duch   kelinayotgan   muammolar   bo’yicha   qo’shimcha   tadbirlar   belgilaydi.   Ushbu
ishlarni amalga oshirish uchun birinchi  navbatda ta`lim  muassasasi  rahbariyati va
pedagogik   jamoasi   tomonidan   ta`lim   sifatini   belgilovchi   omillar   aniqlab   olinadi.
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- DTS, o’quv reja, o’quv dasturlar; 
- darslik, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning electron ko’rinishlari,
elektron darsliklar; 
- o’qitishning texnik va multimedia vositalari;  - laboratoriya va multimedia jihozlari;
 - fan bo’yicha nazariy darslar;
 - fan bo’yicha didaktik materiallar; 
- o’qituvchi-pedagoglar; 
- o’quv va pedagogik amaliyoti va hokazo. 
Ushbu omillarning bajarilishi yoki mavjud kamchiliklar va muammolarni bartaraf
etish uchun ta`lim muassasasi  rahbariyati tomonidan ta`limda sifat nazoratini olib
boorish uchun ishchi guruhning mantiqiy tizimi ishlab chiqiladi (1- rasm).
Ta`lim sifatini belgilovchi omillarning asosiylaridan biri o’qituvchi-pedagoglardir.
O`qituvchi-pedagoglarning   ta`lim   jarayonini   sifatli   tashkil   etishdagi   ijodkorligi,
izlanuvchanligi,   pedagogik   mahoratlarini   baholab   borish   va   mehnatlariga   yarasha
moddiy   va   ma`naviy   rag’batlantirib   borish   ta`lim   mazmuni   va   sifat
ko’rsatkichlarini   oshirishning   asosiy   elementlaridan   biridir.   Biz   yashayotgan
bugungi   davr   ta`lim   va   tarbiyada   ilg’or   pedagogik   texnologiyalar   elementlari
hamda   tajribalarini   joriy   etish   natijasida   ta`lim   samaradorligini   oshirish   bilan
xarakterlanadi.   Bunda   o’qituvchi-pedagoglar   o’z   bilimlarini   oshirib,   pedagogik texnologiya  metodlarini  o’zlashtirib  olmoqdalar   va  ulardan  o’z  kasbiy  faoliyatida
foydalanmoqdalar.   Bu   borada   o’qiuvchi-pedagoglar   oldida   quyidagi   vazifalar
turadi:
 - ta`lim maqsadini, vazifasini va mazmunini aniqlash;
  -   o’quv   materialini   ta`lim   oluvchining   intelektual   salohiyatiga,   yoshiga   moslik
darajasini va o’zlashtirish saviyasini loyihalash;
 - turli xil murakkablik darajadagi nazorat topshiriqlarini ishlab chiqish; 
-   ta`lim   berish   natijasi   va   uning   samaradorligini   aniqlash   mezonlarini   ishlab
chiqish; 
- darsda va darsdan tashqari vaqtlarda beriladigan mustaqil ta`lim uchun mustaqil
ish topshiriqlarini rejalashtirish, ularning tizimi va mazmunini ishlab chiqish; 
- o’rganiladigan fan bo’yicha ma`lumotlarni modulli bloklarga ajratish;
 - o’qitishni takomillashtirishga ta`limning interfaol usullarini tanlash; 
- muammoli va axborotli ta`lim elementlaridan foydalanish va hokazo. 
Har   bir   o’qituvchi-pedagog   dars   mashg’ulotlarini   olib   borishda   o’z   faoliyatini
tahlil   qila   olish   va   shu   asosda   tegishli   xulosa   chiqara   olishga   erishish   kerak.
Agarda o’qituvchi o’z mashg’ulotlarining samaradorligini baholay olmasa, u holda
o’zi yo’l qo’ygan kamchiliklarni sezmaydi va bu faoliyatda ijodiy yondashuv ham
bo’lmaydi.
 
                                     Foydalanilgan adabiyotlar:
  1.   Yuldashev   U.Yu.,   Boqiev   R.R.,   Zokirova   F.M.   Informatika   o’qitish
metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y. 
2.   Saidaxmedov   N.S.   Pedagogik   mahorat   va   pedagogik   texnologiyalar.   T.,
2003y.
  3.   To’raqulov   X.A.   Pedagogik   tadqiqotlarda   axborot   tizimlari   va
texnologiyalari. T., “Fan”, 2006 y., 240 b. 
4.   Isoqov   I.,   Qulmamatov   S.I.   Informatikani   o’qitishda   innovatsion
texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU,
2013 y. 
5.   Abdukarimov   H.,   Suvonov   O.   Umumiy   pedagogika:   Texnologiya   va
amaliyot. O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.
 6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta`limda innovatsion
texnologiyalar   (ta`lim   muassasalari   pedagog-o’qituvchilari   uchun   amaliy
tavsiyalar). Toshkent 2008 y.

Fanlarni o‘qitish metodikasi kursi va uning uzluksiz ta’limi tizimidagi o‘rni. Ta’lim jarayonini loyihalashtirishning dolzarbligi . Reja: 1. Informatika fani o’qituvchisi kasb faoliyati strukturasining algoritmi. 2. Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda o’qituvchilarning vazifalari.

1. Informatika fani o’qituvchisi kasb faoliyati strukturasining algoritmi. O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi muammosi bilan asosan Rossiya olimlaridan N.V.Kuzmina, A.I.Herbakov va V.A.Slastyoninlar shug’ullangan. Pedagog, ya`ni o’qituvchi va tarbiyachining kasb faoliyati strukturasi ayni paytda pedagogik qobiliyatlar ham deyiladi. O`qituvchi shaxsining faoliyatida kasbiy o’z- o’zini tarbiyalash ustivor ahamiyatga ega bo’lganligi uchun uning kasb faoliyati strukturasida birinchi o’rinda tarbiyachilik qobiliyati turadi. O`qituvchining kasb faoliyati strukturasi quyidagi algoritm tartibida kelishi mumkin: 1. Tarbiyachilik. 2. Tashkilotchilik. 3. Safarbar etuvchi. 4. Pertseptiv. 5. Yo’naltiruvchi. 6. Kommunikativ. 7. Rivojlantiruvchi 8. Kreativ. 9. Informatsion 10. Didaktiv. 11. Gnostik (tadqiqotchilik). Pedagogik va psixologik adabiyotlarda o’qituvchining kasb faoliyati strukturasi uning kasbiy sifatlari yoki kasb qobiliyatlari deb ham sanaladi. Bu struktura asosida o’qituvchining yuzlab kasb sifatlari va fazilatlari aniqlangan. Jumladan, 200 ga yaqin ijobiy sifatlar, ya`ni qobiliyatlar va 60 dan ortiq salbiy kasb sifatlari o’rganilgan. O`qituvchining kasb faoliyati strukturasini quyidagicha tavsiflash mumkin. 1. Tarbiyachilik qobiliyati - tarbiyachilik - bu yuksak darajadagi san`at bo’lib, shaxsni ijtimoiy hayot talablariga javob bera olish qobiliyatini bildiradi. Tarbiyachilik qobiliyati shaxsni tarbiyalashga emas, o’z-o’zini tarbiyalay olishga yo’naltira bilishda qaror topadi. Bugungi tarbiyaning maqsadi ham aynan mustaqil fikrlay oladigan va o’zini-o’zi tarbiyalash qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni shakllantirishga qaratilgan. 2. Tashkilotchipik qobiliyati - ta`lim-tarbiya ishini samarali yo’lga qo’yishda o’qituvchining tashkilotchilik qobiliyati alohida ahamiyatga ega bo’ladi. Bunda

sinf yoki guruh jamoasini uyushtira olish, har bir o’quvchi yoki talaba bilan individual shug’ullanish uchun ularni yosh, jins hamda yakka tartibdagi xususiyatlarini bilish, o’quvchi-talabalarni hohish istaklari, muammolarini eshitish va ularning echimini topishda ko’maklashish, qo’shimcha darslar, to’garaklar, tarbiyaviy darslar o’tkazishga oid tegishli shart-sharoitlar yaratish kabi ishlar kiradi. 3. Kommunikativ qobiliyat - "O`qituvchi-o’quvchi", ota-onalar, jamoatchilik, mahalla va boshka tashkilotlar bilan to’g’ri munosabat hamda kasbiy-madaniy aloqalar o’rnatishga qaratilgan. 4. Pertseptiv qobiliyat - o’quvchi va talabaning qalbiga yo’l topa olish, o’z navbatida uni qalban his etib, o’zining o’rniga qo’yib ko’ra bilish, yoshlarni ruhiyma`naviy olamini o’rganish, unga ob`ektiv baho berish, bolani psixologik xususiyatini bilgan holda uning kayfiyati, hissiyoti, diqqati va boshqa psixik jarayonlarini o’rganib borish o’qituvchining pertseptiv qobiliyatini tashkil etadi. 5. Informatsion qobiliyat - o’quv-tarbiya jarayonining boshi, ya`ni boshlanishi hisoblanib, o’qituvchining qanchalik axborot ola bilish qobiliyati, uni atroflicha o’rganib, tahlil etib, o’quvchi va talabaning yoshi, ongi, dunyoqarashiga mos ravishda etkazib bera olishida o’z ifodasini topadi. Bunda qaytar aloqa va uning samaradorligi o’qituvchining informatsion qobiliyati darajasini belgilaydi. 6. Didaktiv qobiliyat - o’quvchi va talabani bilim olishga bo’lgan qiziqishlarini aniqlash, mustaqil fikri, mantiqiy va analitik tafakkuri asosida egallayotgan bilim, ko’nikma va malakalarini o’rganib borishi, bu jarayonda egallayotgan bilimlar qay darajada ko’nikma va malakalarga aylanayotganligi muhimdir. O`qituvchnning yana bir didaktiv qobiliyatiga uning dars jarayonini kuzata bilish va tahlil qila olishi kiradi. Didaktiv qobiliyatning yana bir o’ziga xos xususiyati o’qituvchining bilimdonligi, zehnining o’tkirligi, ijodkorlngida ko’rinadi. Didaktiv qobiliyat o’qituvchining informatsion qobiliyati asosida rivojlanib boradi.

7. Yo’naltiruvchi qobiliyat — motivlar va motivatsiya bilan bog’liq bo’lib, erkin fikr, qiziqish, havas, intilish va orzu bilan uyg’un holda bo’ladi. 8. Safarbar etuvchi qobiliyat — bugungi davr rivoji va talabidan kelib chiqib, o’qituvchini iqtisodiy, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy va kasbiy-madaniy munosabatlarning naqadar dolzarbligi, echimini kutayotgan muammolarni hal etishning zarurligi, nazariy-metodologik bilimlarni amaliyot darajasiga olib chiqishning o’ta muhimpigini anglab etish bilan bog’liq ravishda hal etiladi. 9. Rivojlantiruvchi qobiliyat — ta`lim-tarbiya rivojining uygunligida amalga oshib, bunda o’qituvchi o’quvchini hissiy-irodaviy, didaktiv yo’naltiruvchi, safarbar etuvchi, yangilikka intiluvchanlik va ilmiy-ijodkorlik qobiliyatlarini aniq sistemada maqsadli ravishda rivojlantira olish qobiliyati bilan ifodalanadi. 10. Kreativ qobiliyat - bu o’qituvchining alohida o’ziga xos qobiliyati bo’lib, o’z ongida yangi tushunchalarni o’rganish, uni tahlil etishdan boshlanib, yangilikka intilish, o’z sohasi bo’yicha axborotlarni to’plash, uni alohida dastur holiga keltirib, ta`lim va tarbiya jarayoniga tatbiq eta olish bilan belgilanadi. 11. Gnostik (tadqiqotchilik) qobiliyat - o’qituvchining izlanishga, ijodiy mehnatga, ilm-fanga qiziqishga, muammolar echimida maqsad va vazifalar qo’ya bilishga, ahamiyatiga qarab ilmiy-amaliy faktlarni to’shlay olishga, muayyan ilmiy faraz yechimini topishga, ilmiy tadqiqotchilik ishi bilan shug’ullanishga, ilm asosida bilim berish printsipi asosida faoliyat yuritishga undaydi. 2. Ta`lim samaradorligini oshirishda sifat nazoratini tashkil etishda o’qituvchilarning vazifalari. Uzluksiz ta`lim tizimida informatika fanini o’qitishda ta`lim samaradorligini oshirishda ta`lim mazmuni va sifati nazoratini olib borish muhim ahamiyatga ega. Bunda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagoglari quyidagilarni bilishi zarur: - boshqaruv mexanizmini ilmiy asosda to’g’ri tashkil etish; - ta`limda sifat tushunchasi;

- ta`limda sifat nazoratini tashkil etish; - ta`lim sifatini belgilovchi omillar; - sifatni baholash mezonlari; - sifat nazoratini olib boruvchilar (sifat komissiyasi); - nazorat monitoningi va uning yuritilishi; - yakuniy natijalarni baholash va qo’shimcha tadbirlar belgilash. Ta`limda sifat - qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilayotgan ishlarning nazorati va baholash bo’yicha olingan natijalarning monitoringi. Qaysi ta`lim muassasisida boshqaruv mexanizmi ilmiy asosda to’g’ri tashkil etilgan bo’lsa, ta`lim muassasasi rahbariyatining bosh vazifalaridan biri bo’lgan ta`lim mazmuni va sifat ko’rsatgichlarini oshirishga qaratilgan rejalari aniq maqsadlarga yo’naltirilgan bo’lsa, shu ta`lim muassasasida ta`limning sifat nazoratini tashkil etish va uning monitoringini olib borish mexanizmlari ham ishlab chiqilishi lozim. Buning uchun ta`lim muassasasi rahbariyati ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan asosiy vazifalarni ishlab chiqish va ushbu vazifalarning bajarilishi monitoringini olib boorish uchun sifat komissiyasi tuziladi. Ta`lim sifatini belgilovchi omillardan kelib chiqqan holda ta`lim sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqadi va shu mezonlar asosida ta`lim sifatini baholab boradi, duch kelinayotgan muammolar bo’yicha qo’shimcha tadbirlar belgilaydi. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun birinchi navbatda ta`lim muassasasi rahbariyati va pedagogik jamoasi tomonidan ta`lim sifatini belgilovchi omillar aniqlab olinadi. Ta`lim sifatini belgilovchi omillarga quyidagilarni kiritish mumkin: - DTS, o’quv reja, o’quv dasturlar; - darslik, o’quv qo’llanmalar, uslubiy ko’rsatmalar, ularning electron ko’rinishlari, elektron darsliklar; - o’qitishning texnik va multimedia vositalari;