logo

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

49.1142578125 KB
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI . 
                                                     Reja:
    1.  O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil).           
2.   O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni ( 2020  yil).           
  3.   Xalq ta’lim tizimi haqida tushuncha.
   4.   O’zbekistonda ta’lim tizimi tarixi haqida ma’lumot.
   5.   Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni.
   6.    Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati. 
 7.   Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Zamonaviy sharoitda
jahon ta’limi: muammolar, yechimlar.  O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil). 
O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   majlisi   9   sessiyasi   (1997   yil   29   avgust)da
ta'lim-tarbiya   tizimini     tubdan   isloh   qilish   va   uni   yangi   zamon   talabi   darajasiga
ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun
va   Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi   qabul   qilindi.   Shu   munosabat   bilan   birinchi
prezidentimiz   Islom   Karimov   «Barkamol   avlod-   O’zbekiston   taraqqiyotining
poydevori»   mavzusida   nutq   so’zlab,   ta'lim-tarbiya   tizimida   islohatlar   o’tkazish
zarurati va omillarini  asoslab bergan edi.
 O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni ( 2020  yil). 
Bugungi   kunda   ta'lim   sohasini   tubdan   takomillashtirish   davr   talabiga
aylangan.   Ushbu   talabdan   kelib   chiqqan   holda,   ta'lim   sohasidagi     munosabatlarni
tartibga   soluvchi   qonunlar   qabul   qilinmoqda.   Jumladan,   O'zbekiston
Respublikasining   “Ta'lim   to'g'risida”gi   qonuni   2020   yil   23   sentyabr   kuni   qabul
qilingan bo'lib, uning maqsadi ta'lim sohasidagi  munosabatlarni tartibga solishdan
iborat.
Mazkur   qonun   bilan   ta'lim   sohasidagi   asosiy   printsiplar   belgilangan   bo'lib,
ular   asosan   ta'lim   ustuvorligining   tan   olinishi;   ta'lim   olish   shaklini   tanlash
erkinligi; ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi; ta'lim olishga doir teng
imkoniyatlarning   ta'minlanishi;   ta'lim   va   tarbiyaga   milliy   hamda   umuminsoniy
qadriyatlarning   singdirilganligi;   ta'lim   va   tarbiyaning   insonparvarlik,   demokratik
xususiyati; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; o'n bir yillik ta'limning hamda olti
yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga
tayyorlashning   majburiyligi;   davlat   ta'lim   standartlari   va   davlat   ta'lim   talablari
doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; o'quv dasturlarini tanlashga doir
yondashuvning   yagonaligi   va   tabaqalashtirilganligi;   insonning   butun   hayoti
davomida ta'lim olishi hisoblanadi.
Shuningdek, qonunda ta'limning maktabgacha ta'lim va tarbiya; umumiy o'rta
va o'rta maxsus ta'lim; professional ta'lim; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim; kadrlarni   qayta tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirish  va  maktabdan tashqari
ta'lim kabi turlari bayon etilgan.
Yuqorida   qayd   qilingan   ta'lim   turlaridan   biri   kadrlarni   qayta   tayyorlash   va
ularning malakasini oshirishdir. Mazkur qonun bilan kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning   malakasini   oshirishini   tartibga   soluvchi   bir   qator   qoidalar   belgilangan.
Jumladan,   kadrlarni   qayta   tayyorlash   tayanch   mutaxassisliklar   va   kasblarga
muvofiq bo'lgan yo'nalishlar bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo'shimcha
kasbiy   bilim,   malaka   va   ko'nikmalarning   zarur   hajmi   egallanishini   ta'minlaydi.
Kadrlar   malakasini   oshirish   kasbiy   bilim,   malaka   va   ko'nikmalarning
chuqurlashtirilishi   hamda   yangilab   borilishini   ta'minlaydi,   kadrlarning   toifasi,
darajasi, razryadi  va lavozimi  oshishiga xizmat  qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash
va   ularning   malakasini   oshirish   shakllari   va   muddatlari   tegishli   davlat   ta'lim
talablari bilan belgilanadi.
Mazkur   qonun   jahon   standartlari   talablaridan   kelib   chiqqan   holda   ta'lim
sohasidagi   munosabatlarni   tartibga   solishning   qamrovi   kengligi   va   o'ziga   xos
xususiyatga   ega   ekanligi   bilan   1997   yil   29   avgust   kuni   qabul   qilingan   “Ta'lim
to'g'risida”gi qonundan tubdan farq qiladi.
Ushbu qonunning o'ziga xos xususiyatlari ta'lim sohasiga bir qator yangiliklar
kiritilganligida   namoyon   bo'ladi.   Jumladan,   unda   belgilangan   masofaviy   ta'lim
haqidagi   qoidalar   o'quv   rejalari   va   o'quv   dasturlariga   muvofiq   ta'lim   oluvchilar
tomonidan   zarur   bilim,   malaka   va   ko'nikmalarni   axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan   hamda   Internet   jahon   axborot   tarmog'idan   foydalangan   holda
masofadan turib olishga qaratilgan.
Shuningdek, qonunda dual ta'limga oid qoidalar belgilanib, u ta'lim oluvchilar
tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilgan bo'lib, ularning
nazariy   qismi   ta'lim   tashkiloti   negizida,   amaliy   qismi   esa   ta'lim   oluvchining   ish
joyida amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda, katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish haqida
qoidalarda   katta   yoshdagilarni   o'qitish   va   ularga   ta'lim   berish   bu   butun   umr
davomida   o'qitishning   markaziy   tarkibiy   qismi   bo'lib,   ta'lim   berish   hamda
o'qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok
etishini   ta'minlashga   qaratilgan   barcha   shakllarini   o'z   ichiga   olishi,   shuningdek
rasmiy,   norasmiy   va   informal   o'qitish   jarayonlarining   butun   majmuini   qamrab
olishi  bayon etilgan.
Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta'lim to'g'risidagi qoidalar kiritilib, unga
binoan,   inklyuziv   ta'lim   alohida   ta'lim   ehtiyojlari   va   individual   imkoniyatlarning
xilma-xilligini   hisobga   olgan   holda   barcha   ta'lim   oluvchilar   uchun   ta'lim
tashkilotlarida   ta'lim   olishga   bo'lgan   teng   imkoniyatlarni   ta'minlashga   qaratilgan.
Jismoniy,   aqliy,   sensor   (sezgi)   yoki   ruhiy   nuqsonlari   bo'lgan   bolalar   (shaxslar)
uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etadi.
“Ta'lim   to’g’risidagi”   ushbu   qonun     11   bo’lim,   75   moddadan     iborat   bo’lib,
uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy
asoslarini   belgilash   hamda   har   kimning   bilim   olish   mumkinligi   kabi
konstitutsiyaviy huquqini  ta'minlashdan iboratdir.
1-bo’lim   «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim sog’asidagi davlat
siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish
xuquqlari,   ta'lim   muassasasining   xuquqiy   maqomi,   DTS,   ta'lim   berish   tili   kabi
masalalar o’z ifodasini topgan.
2-   bo’limda   ta'lim   tizim zi, turlari   va   shakillar   mohiyati   yoritilgan.   Qonunga
ko’ra   ta'lim   tizimimiz   quyidagilarni   o’z   ichiga   oladi:   Davlat   ta'lim   standartlariga
muvofiq   ta'lim   dasturlarini   amalga   oshiruvchi   davlat   va   nodavlat   ta'lim
muassasalarini;   ta'lim   tizimini   rivojlanishini   ta'minlash   uchun   zarur     bo’lgan
tadqiqot   ishlarini   bajaruvchi   ilmiy-pedagogik   muassasalarni;   ta'lim   so h asidagi
davlat   boshqaruv   organlari,   shuningdek   ularga   qarashli   korxona,   muassasa   va
tashkilotlarni. Qonunning   3-   bo’limida   t a’lim   tizimini   boshqarish,   4-bo’limida   t a’lim
faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish   yoritilgan, 5- bo’limda
t a’lim   tashkilotlari   pedagog   xodimlarining   huquqiy   maqomi ,   6 -   bo’limda   t a’lim
oluvchilarning,   ular   ota-onasining   hamda   boshqa   qonuniy   vakillarining   huquq   va
majburiyatlari , 7 - bo’limda  t a’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya
qilish ,   8 -   bo’limda     n odavlat   ta’lim   tashkilotlari   faoliyatini   litsenziyalash,   ta’lim
tashkilotlarini   attestatsiyadan   va   davlat   akkreditatsiyasidan   o‘tkazish.   x orijiy
davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga
apostil qo‘yish , 9-bo’limda t a’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash ,10-bo’limda   t a’lim   sohasidagi   xalqaro   hamkorlik   ,   11-bo’limda   esa
Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan.
Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati. 
Ta’lim tizimi:
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv 
dasturlarini;
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga 
oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini;
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni;
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni;
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi 
tashkilotlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
Ta’lim     qonunining   7 -moddasida   ta'lim   quyidagi   turlarda   amalga
oshirilishi ko’rsatiladi: 
t a’lim turlari quyidagilardan iborat: maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim
  8-22-   moddalarda   esa   shu   har   bir   tur   mohiyati   qisqacha   yoritib   beriladi.
Bunga   ko’ra   Maktabgacha   ta’lim   va   tarbiya   bolalarni   o‘qitish   va   tarbiyalashga,
ularni   intellektual,   ma’naviy-axloqiy,   etik,   estetik   va   jismoniy   jihatdan
rivojlantirishga,   shuningdek   bolalarni   umumiy   o‘rta   ta’limga   tayyorlashga
qaratilgan ta’lim turidir.
Umumiy o’rta ta'lim esa quyidagi bosqichlarda amalga oshishi ko’rsatiladi: 
boshlang’ich ta'lim (I-IV sinflar); umumiy o’rta ta'lim (1-IX sinflar). Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur bilim, malaka hamda 
ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Umumiy o‘rta ta’lim (I — XI sinflar) bosqichlari quyidagilardan iborat:
boshlang‘ich ta’lim (I — IV sinflar);
tayanch o‘rta ta’lim (V — IX sinflar);
o‘rta ta’lim (X — XI sinflar).
Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotining birinchi sinfiga bolalar ular yetti yoshga 
to‘ladigan yilda qabul qilinadi.
 Qonunda o’rta maxsus, kasb- hunar ta'limi olish maqsadida g’ar kim umumiy o’rta
ta'lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o’qishning yo’nalishini  ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega ekanligi ta'kidlanadi. Akademik litseylar 
va kasb-hunar kollejlari egallangan kasb-hunar bo’yicha ishlash huquqini 
beradigan hamda bunday ish yoki ta'limni navbatdagi bosqichda davom ettirish 
uchun asos bo’ladigan o’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi beradi.  Professional ta’lim 
egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi darajalarni o‘z ichiga oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim;
o‘rta maxsus professional ta’lim.
Oliy   ta'lim   yuqori   malakali   mutaxassis   tayyorlaydi,   ikki   bosqichda:
bakalavriat va magistraturada amalga oshadi.
Xalq   ta’limi   tizimi   deb   muayyan   mamlakatning   ichki   va   tashqi   siyosatiga
ta’sir   ko’rsatuvchi   hamda   ma’lum   bir   qoidalar   asosida   tashkil   etilgan   barcha
ta’lim-tarbiya   muassasalarining   tuzilishiga   aytiladi.   Xalq   ta’limi   tizimi
respublikamizni   ijtimoiy,   iqtisodiy   va   madaniy   rivojlanishining   ustivor   sohasi
hisoblanadi.     U   O’zbekiston   Respublikasining   Konstitutsiyasi   va   O’zbekiston
Respublikasining   davlat   mustaqilligi   asoslari   to’g’risidagi   qonunga   muvofiq
tashkil   etildi   va   nazorat   qilinadi.   Konstutsiyaning   18,   41-moddalarida
ta’kidlanganidek jumhuriyatimizda yashovchi barcha   fuqorolar jinsi, irqi, millati,
tili,   dini,   ijtimoiy   kelib   chiqishi,   e’tiqodi,   shaxsi   va   ijtimoiy   mavqyeidan   qat’iy
nazar bilim olish huquqiga ega. 
Sharq xalqlari, xususan o’zbek xalqi qadimdan ilmga, ma’rifatga chanqoq 
ekanligi ma’lum. Buni o’zbek xalqining tarixi bilan qiziqqan tarixshunoslarning 
esdaliklari, ilmiy mulohazalarida ham yaqqol ko’rish mumkin. Jumladan: “Xitoy 
ta’rifchisi (Syuan, Szyan, 630 yil) ning ma’lumotiga ko’ra o’sha zamonda O’rta 
Osiyoda bola besh to’lgach, uni o’qish, yozishga va hisobga o’rgatganlar. Eronda 
savodlilar kamdan-kam bo’lgani holda, O’rta Osiyoda hamma yoshlarni savodga 
o’rgatish odat bo’lgan” (40 bet. O’zbekiston xalq pedagogikasi. 1973 yil). Umumiy   ta’lim   maktablari,   o’rta   va   oliy   ta’limda   o’quvchilarga   davlat
tomonidan g’amxo’rlik ko’rsatiladi.
Yuqorida asoslangan barcha huquqlar yoshlardan I.A.Karimovning quyidagi
“ Faqatgina chinakam  ma’rifatli odam  inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so’z
bilan   aytganda,   o’zligini   anglash,   erkin   va   ozod   jamiyatda   yashash,   mustaqil
davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib, obro’li o’rin egallashi uchun
fidoyilik   bilan   kurashishi   mumkin”,   -fikri   asosida   faoliyatlarini   tashkil
etmoqliklarini   talab   etadi.   O’zbekiston   respublikasi   ta’lim   tizimi   ana   shu   g’oyani
amalga tadbiq etishga qaratmog’i darkor.
Taniqli   Venesiyalik   sayyoh   Marko   Polo   uzoq   vaqt   hozirgi   O’zbekiston,
Tojikiston,   Turkmaniston   va   qo’shni   viloyatlar   hududida   yashagan   xalqlarning
an’analarini,   urf-odatlarini   o’rganadi.   U   o’z   esdaliklarida   yosh   avlodni   hayotga
tayyorlashda ko’p asrlar davomida qo’llanilgan usul va vositalarga tayangan holda
“Nur   Sharqdan   taraladi”   degan   edi.   Qadimgi   Ovro’pada   keng   tarqalgan   mazkur
xikmatda   Sharq   xalqlarining   insoniyat   madaniyat   poydevorini   yaratishdagi   ulkan
hissasi g’arb xalqlari tomonidan tan olingani ifodasidir.
Ota-bobolarimizning   “O’tmishni   unutganning   kelajagi   bo’lmaydi”   degan
hikmatli   gapi   bor.   Biz   tariximizni   qanchalik   chuqur   o’rgansak,   madaniy
merosimizga,   qadriyat   va   an’analarimizga   qaratsak,   kelajak   avlodga   shunchalik
to’g’ri   ta’lim   bergan   bo’lamiz.   Sharqda,   xususan   O’zbekistonda     ta’lim-tarbiyaga
juda katta e’tibor berilgan edi. Bolalarni kichik yoshidan ilmga qiziqtirish, axloqan
pok,   vijdonli,   mehr-shafqatli   qilib   voyaga   yetkazish,   el-yurtga   nafi   tegadigan
farzand qilib o’stirish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy e’tibor qilishgan.
Tarixiy   manbalardan   ma’lumki,   Markaziy   Osiyo   hududidagi   madrasa   va
masjidlarda,   eski   usuldagi   maktablarda   diniy   ta’lim-tarbiya,   yetakchi   o’rinni
egallagan. Bu bejiz emas albatta. Inson, ayniqsa, yosh bola yuksak axloq va odob
mezonini bilmay va uni puxta egallamay turib, boshqa ilmlarni egallashi qiyin.  Bu
asrlar   davomida   ota-bobolarimiz   tomonidan   qancha-qancha   tajribalar   asosida sinalgan   haqiqatdir.   Shu   o’rinda   eski   o’quv   yurtlarida   tillar   o’rganishga   bo’lgan
e’tiborni   misol   qilib   ko’rsatish   mumkin.   Al-Xorazmiy,   Al-Zamaxshariy,   Al-
Beruniy,   Ibn   Sino,   Ulug’bek,   A.Navoiy,   Muhammad   Solih,   Ogohiy   kabi   ulug’
zotlar arab, fors va boshqa tillarni qunt bilan o’rganishgan va o’sha tillarda   erkin
ijod qilishgan.
Musulmon   maktablarida   ta’lim-tarbiya   tizimi   ikki   bosqichdan   iborat
bo’lgani   ko’pgina   manbalarda   qayd   etilgan.   Chunonchi:   ibtidoiy   va   o’rta   asrlar
davri   madrasalar   ta’limi.   Shu   o’rinda   o’z   ustida   tinmay   ishlagan   iqtidorli
peshqadam   mullavachchalar   tengdoshlaridan   o’zib   ketib,   ilm   cho’qqilarini
egallaganini va yuqori darajaga erishganliklarini ta’kidlash lozim.
O’tmishda   maktabga   qabul   qilinadigan   o’quvchilarning   yoshi   aniq
belgilanmas,   ba’zi   ota-onalar   farzandlarini   5   yoshda,   ayrimlari   esa   6-8   yoshda,
shaharlarda o’g’il bolalar 15-17 yoshgacha, qishloq joylarda esa 13-15 yoshgacha
o’qitilardi.
O’quv dasturlari va dars jadvali muntazam bo’lmasdan, o’quvchilar sinflarga
ajratilmas,   edi.   O’quvchilar   o’qitilayotgan   fanning   xarakteri   va   sohasiga   qarab
guruhlanadi.   Masalan:   “taxtaxonlar”   domla   tomonidan   taxtachaga   yozilgan
harflarni yozishni o’rganar edi va hokazo.
VII-VIII asrlarda Markaziy Osiyoni arablar fath etgach, islom dini asosidagi
sifat jihatidan yangi tizimga ega bo’lgan ta’lim-tarbiya muassasalari vujudga keldi.
Arab   bo’lmagan   bolalarga   islom   dini   asoslarini   o’rganish   maqsadida   Markaziy
Osiyo   maktablarida   “ Haftiyak”,   “Chor   kitob”   kabi   darsliklar   keng   tarqaldi.   XII
asrdan boshlab islom dinini turkiy tillarda yozilgan asarlarda ham ommalashtirish
boshlandi. Masalan, A.Yassaviyning “Xikmat” asari.
Maktab,   madrasa,   masjidlar   faqat   ibodatxona   emas,   tarbiya   o’chog’i
vazifasini     bajargan.   U   davrda   savod   chiqarish   harf   va   so’zlarni   yozishni
o’rganishdan   boshlanar   edi.   Maktab   so’zi   arabcha   “yozuv   o’rgatadigan   fan”   deb
nomlanishi ham ana shundandir. Maktablarda bolalarga yozish va hisoblash o’rgatilgan, yana o’smirlarga  
savdo san’ati, arab tili, mantiq, nomaqlik, husni xat va arifmetikadan savod 
berilgan.  Har bir maktabda talabalar soni 30-40 tadan oshmagan, bundan tashqari 
masjid qoshidagi maktablarda ham 15-20 talaba o’qigan.
Maktab,   madrasalar   bilan   birga   qorixonalar   ham   mavjud   bo’lib,   ularda
yozuv o’rgatilmagan. “Qur’on” ni yod olishgan xolos.
“Madrasa” so’zi -  arabcha “dars o’qitiladigan joy”, “ma’ruza tinglanadigan 
joy” ma’nosini bildiradi. “Mudarris” - dars beruvchi o’qituvchidir.
Madrasalar   15-20,   30-40   va   xatto   100-150   talabani   o’qitgan   bo’lib,   diniy
bilimlar   bilan   birga   dunyoviy   bilimlar   ham   berilgan.   Qobiliyati,   qiziqishi
bo’lmagan   bolalar   shogirdlikka   tushish,   dehqonchilik   bilan   shug’ullanishini
maslahat bergan. 
1917   yilgacha   har   bir   musulmon   farzandini   savodli   qilishni   savod   deb
bilgan.
Arxiv ma’lumotlariga qaraganda, 1885 yilda qo’qon xonligida (o’sha davrda
taxminan   1   millionga   yaqin   aholi   yashagan)   madrasa,   maktab,   qorixonalar   va
ularda o’qiydiganlar talabalar, shuningdek masjidlar soni quyidagicha bo’lgan.
Madrasa va talabalar soni
Madrasa
va talabalar
soni Maktab va
o’quvchilar
soni Qorixona  va
o’quvchilar
soni Jami
qorixona O’quvchi  
Marg’ilon 57-838 428-7340 21-395 229 1701
Qo’qon 45-6929 301-4210 100-604
Namangan 40-1324 371-7121 50-306 Andijon 30-996 428-6756 44-320
O’sh
viloyatida 10-304 176-2851 14-76
Bulardan   tashqari   6154   masjid   mavjud   edi.   Bizning   xalqning   2%   gina
savodli   degan   fikr   bo’htondan   boshqa   narsa   emas.   Fikrimizning   isboti   uchun
Turkiston   o’lkasidagi   xalq   bilim   yurtlari   3-inspektori   V.Navkinning   chor
xukumatining maorif vaziri D.A.Tolstoyga 1896 yil 8 mayda yo’llagan maktubdan
ayrim   satrlarini   keltiramiz:   “E’tiboringiz   uchun   ushbu   xabarni   yetkazishni   lozim
deb bilamanki, ayni paytda Turkiston o’lkasidagi oliy maktab madrasalargina xalq
bilim   yurtlari   3-inspektorning   rahbarligidadir.   Quyi   maktablar   bu   inspektorning
rahbarligi   doirasidan   tashqarida,   ularning   nihoyatda   ko’pligi   sababli   hali   sonini
olishga   muvaffaq   bo’linmadi,   menga   topshirilgan   inspeksiya   ishlarida
maktablarning   soni   haqida   aniq   ma’lumot   yo’qligining   boisi   shunda”.
S.Grameniskiy   ta’kidlaganidek:   “O’lka   bosib   olingach   ruslar   bu   yerda   juda   ko’p
maktablar   kitoblar   borligini   ko’rdilar,   ularda   arab   alfavitida   ona   tili   o’qitilishiga,
xat-savodni egallash musulmon dini bilan uyg’unlashib ketishiga guvoh bo’ldilar”
Ta’lim   tizimi   deb   muayyan   mamlakatning   ichki   va   tashqi   siyosatiga   ta’sir
ko’rsatuvchi   hamda   ma’lum   bir   qoidalar   asosida   tashkil   etilgan   barcha   ta’lim-
tarbiya   muassasalarining   tuzilishiga   aytiladi.   O’zbekistonda   ta’lim   tizimi
mamlakatning  barcha  fuqarolariga  ta’lim,  tarbiya  berish  kasb-hunar  o’rgatishning
asoslarini   belgilaydi   hamda   har   kimning   bilim   olishdan   iborat   konstitusiyaviy
huquqlarini ta’minlashga qaratilgan.
Ta’lim   tizimi   asosida   barcha   fuqarolar   o’zlarining   xohishlariga   qarab,
umumiy, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim va mutaxassisliklarni egallashlari
uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. 
O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat   ta’limi   standartlariga   muvofiq   ta’lim   dasturini   amalga   oshiruvchi
davlat va nodavlat  ta’lim muassasalari;
Ta’lim   tizimining   faoliyat   ko’rsatishini   va   rivojlanishini   ta’minlash   uchun
zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy pedagogik muassasalar;
Ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruv   organlari,   shuningdek,   ularga   qarashli
korxonalar, muassasalar va tashkilotlar.
O’zbekiston Respublikasi  ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir.
I.   Barcha   ta’lim   muassasalari   davlat   ta’lim   standartlari   asosida   tashkil   etiladi   va
nazorat   qilinadi.   Ta’lim   standartlariga   muvofiq   ta’lim   dasturlarini   amalga
oshiruvchi   davlat   va   nodavlat   muassasalari   shaklida   olib   boriladi.   Davlat
muassasalari   O’zbekiston   xukumatining   mablag’i   hisobidan   tashkil   qilinadi   ya’ni
barcha   amalga   oshiriladigan   o’quv   ishlari,   amaliyotlar,   o’quv-moddiy   baza,
kadrlarga   tulanadigan   va   boshqa   mablag’lar   davlat   tomonidan   ta’minlanadi.
O’qiydigan   o’quvchi   talabalarga   stipendiya,   yotoqxona   va   boshqa   tomondan
ijtimoiy himoyalanadi. 
Nodavlat   ta’lim   muassasalari   esa   nodavlat   tashkilotlar,   xo’jaliklar,   dehqon-
fermer, qo’shma korxonalar, fuqaro, homiylar yoki xorijiy tashkilotlari tomonidan
tashkil   etaladi.   Barcha   o’quv-tarbiyaviy   ishlar,   kadrlar   tayyorlash   o’sha
homiylarning  mablag’i   hisobidan  tashkil   qilinadi. Ammao  ta’lim   mazmuni  davlat
ta’lim standartlari talabalariga javob berishi talab etiladi. 
II.   Ta’lim   tizimining   faoliyat   ko’rsatish   va   rivojlanishni   ta’minlash   uchun   zarur
bo’lgan   tadqiqot   ishlarini   bajaruvchi   ilmiy-pedagogik   muassasalarga   esa
quyidagilar: ta’lim tizimining rivojlanishini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot institutlari,
laboratoriyalar,   oliy   o’quv   yurtlarining   ilmiy   ishlarini   muvofiqlovchi   xodimlar,
ilmiy-pedagogik   faoliyat   bilan   shug’ullanuvchi   pedagoglar,   professorlar   va
boshqalar kiradi. Masalan, Pedagogika, psixologiya, kimyo, matematika, fizika va
hokazo.   Bu   muassasalarxalq   xo’jaligining   qaysi   sohalari   bo’lishidan   qat’iy   nazar shu   sohalar   bo’yicha   tadqiqot   ishlari   bilan   shug’ullanadi.   Oqibatda   ta’lim   tizimi
rivojlanadi va davlatga, jamiyatga naf keltiradi. 
III.   Ta’lim   sohasidagi   davlat   boshqaruv   organlari,   shuningdek   ularga   qarashli
korxonalar,   muassasalar   va   tashkilotlarga   esa   quyidagilar   kiradi:   Tarmoq
sohalaridagi vazirliklar, viloyat xokimiyat boshqaruv organlari, tuman xalq ta’limi
bo’limi, maktablarning rahbarlari, maktablar, bolalar bog’chalari, uylari, dam olish
sanatoriyalar,   kutubxona,   texniklar,   tabiatshunoslar,   temiryo’l   stansiyalar   va
hokazo.
IV.   O’zbekiston   Respublikasining   ta’lim   tizimi   yagona   va   uzluksizdir   talabi   esa
O’zbekistonda ta’lim tizimi bitta, o’ziga xos, mos shuning uchun u yagona degan
ma’no   tushunilishi   kerak.   O’zbekiston   ta’lim   tizimi   boshqa   davlatlardan   nusxa
olmasdan,   o’z   tajribasi   va   boshqa   rivojlangan   mamlakatlar   tajribasidan
foydalangan   holda   ishlab   chiqilgan   va   hayotda   qo’llanilmoqda.   O’zbekiston
Respublikasi   ta’lim   tizimining   uzluksizligi   deyilganda   barcha   fuqarolarga
ma’lumot   ixtisoslik   berilishida   uzluksizlik,   o’zaro   bog’liklik   saqlangan   bo’lib   u
darajasiga   qarab   biror   mutaxassislikni   tayyorlashni   nazarda   tutadi.   Barcha   ta’lim
muassasalari o’zaro uzviy uyg’unlikda bog’langan. Masalan, Umumiy o’rta ta’lim
bilan   o’rta   maxsus,   kasb-hunar   ta’limning   bog’lanishini   ko’rsatish   mumkin.
O’quvchi   avval   umumiy   o’rta   ta’limni   oladi,   so’ng   esa   o’rta   maxsus   kasb-hunar
ta’limida davom ettiradi va hokazo.
Ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   prinsiplari.   Zamonaviy
sharoitda jahon ta’limi: muammolar, yechimlar. 
O’zbekiston Respublikasi   “ Ta’lim to’g’risida ”gi     qonuni ning   birinchi bo`lim, 4
moddasi   t a’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   asosiy   prinsiplari ga  bag`ishlangan   va
unda quyidagilar ta’kidlangan :
4 -modda. Ta’lim sohasidagi davlat  siyosatining asosiy prinsiplari. Ta’lim sohasidagi asosiy prinsiplar quyidagilardan iborat:
ta’lim ustuvorligining tan olinishi;
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir 
yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning 
hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
tabaqalashtirilganligi;
insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
O’zbekistonda   ta’lim   O’zbekistonning   ijtimoiy   taraqqiyotini   ta’minlovchi
ustvor   sohasi   deb   e’lon   qilingan.   Haqiqatan   ham   davlatning   rivojlanishida   ta’lim
sohasi   ustuvordir.   Chunki   O’zbekistonning   jahon   hamjiyatida   o’z   obro’li   o’rnini egallash   vazifasini   faqat   ta’lim   sohasi   hal   etadi.   Xalq   xo’jaligining   qaysi
yo’nalishida faoliyat ko’rsatuvchi kadr ta’lim olmog’i shart. Shuning uchun u kim,
qayerda,   qanday   sohada   ishlashidan   qat’iy   nazar   ta’lim   olish   orqaligina   shunday
mutaxassislikni   egallashi   mumkin.   Shuning   uchun   hukumatimiz   ta’lim   tizimiga
milliy   daromadning   10%   ni   sarflamoqda.   Bu   haqda   bobomiz   M.   Behbudiyning
“Dunyoda   turmoq   uchun   dunyoviy   fan   va   ilm   lozimdir,   zamona   ilmi   va   fanidan
bebahra   millat   boshqalarga   paymol   bo’lur”,   -   deb   aytgan   so’zlari   bag’oyat
qimmatli.   Ta’limning   inson,   jamiyat   rivojlanishidagi   ahamiyati   haqida   Imom   Al-
Buxoriy   “Dunyoda   ilmdan   boshqa   najot   yo’q   va   bo’lmag’ay”,   -   deb   bejiz
ta’kidlamagan.
Ta’lim   sohasidagi   davlat   siyosatining   har   bir   prinsipi   barkamol   insonni
shakllantirishda   ta’lim   xodimlari,   muassasalar   oldiga   oshirilgan   talablar   quyiladi,
oqibatda   malakali   kadrlar   tayyorlash   maqsadi   uchun   xizmat   qiladi.   Ularning   har
birini qisqacha tahlil qilib o’rganamiz. 
ta’lim olish shaklini tanlash erkinligi;
ta’lim sohasida kamsitishlarga yo‘l qo‘yilmasligi;
ta’lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta’minlanishi;
ta’lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi;
ta’lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati;
ta’limning uzluksizligi va izchilligi;
o‘n bir yillik ta’limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni bir 
yil davomida umumiy o‘rta ta’limga tayyorlashning majburiyligi;
davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari doirasida ta’lim olishning 
hamma uchun ochiqligi;
o‘quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va 
tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta’lim olishi;
jamiyatda pedagoglarni ijtimoiy himoya qilishning kafolatlanganligi;
ta’lim tizimining dunyoviy xususiyatga egaligi;
bilimlilik, qobiliyatlilik va iste’dodning rag‘batlantirilishi;
ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvining uyg‘unligi;
ta’lim faoliyati sohasidagi ochiqlik va shaffoflik.
Birinchi   prinsipda   ta’lim   ustuvorligining   tan   olinishi   ta’lm-tarbiyada
insonparvarlik ya’ni u odamning manfaati uchun tashkil qilinadi, uning huquqlarini
demokratik qoidalarga rioya qilgan holda amalga oshirilish nazarda tutiladi. 
Ikkinchi   prinsipda   barcha   ta’lim   turlarining   uzluksizligi   va   izchil   olib
borilishi nazarda tutilgan. Ta’limda maqsad asosida o’zi tanlagan sohani u yoki bu
darajaga erishishda bu prinsipga amal qilib erishish mumkinligi nazard tutilgan. 
Uchinchi   prinsipda   har   bir   fuqaroning   umumiy   o’rta,   o’rta   maxsus,   kasb-
hunar   ta’limi   olishda     majburiyligi   qonun   bilan   asoslangan   va   uni   bajarishi
ta’minlangan.
To’rtinchi   prinsipda   yuqoridagi   ta’limda   ta’lim   olishni   tanlashning
ixtiyoriyligi   belgilangan.   Hyech   kim   birovning   qistovi   bilan   emas,   balki   o’z
ixtiyori bilan tanlash huquqi kafolatlangan. 
Beshinchi prinsipda ta’lim tizimining  dunyoviy bilimlarni o’qitish, o’rgatish
g’oyasi   ilgari   surilgan.   Faqat   inson   manfaati   uchun   kerakli   dunyoviy   bilimlar
o’quvchilarg o’qitilishi asoslangan.
Oltinchi   prinsipda   o’rgatiladigan   ta’lim   davlat   standartlari   doirasida   ta’lim
olishning   hamma   uchun   ochiqligi   huquqiy   kafolatlangan.   Fuqarolarga   foydasi
tegmaydigan bilimlar o’qitish cheklangan. Yettinchi   prinsipda   o’quvchilarga   ta’lim   berishda   dasturlarni   tanlashga
yagona yondashuv nazarda tutilgan. Masalan, umumiy o’rta ta’lim yoki oliy ta’lim
dasturlari   bir   yagona   maqsadni   nazarda   tutadi,   ya’ni   o’qish   vaqti,   mazmuni,
soatlari,   yagona   tarzda   belgilangan.   Yana   mazkur   ta’limni   amalga   oshirishda
tabaqalashtirilgan   yondashuv   deyilganda   ba’zan   o’quvchilarning   xohishlari
hisobga   olinib   kuchaytirib   o’qitiladigan   muassasalar   faoliyati   asoslanib   shunday
imkoniyat   yaratish   nazarda   tutilgan.   Yuqoridagi   har   ikki   talab   O’zbekistonning
barcha shu tipdagi muassasalarida yagona tartibda amalga oshirishi ta’minlanadi. 
Sakkizinchi   prinsipda   ta’lim   olishda   qatnashuvchi   o’quvchilarning   bilimli
bo’lishi va iste’dodini taraqqiy ettirishi, rag’batlantirishi nazarda tutilgan. Masalan,
a’lo   bahoga   o’qiydigan   o’quvchilar,   talabalar   xukumat   tomonidan   moddiy   va
ma’naviy   rag’batlantirishi   amalga   oshirilishi   belgilab   berilgan.   Stipendiya,
yo’llanmalar va boshqa mukofot shakllari asoslab ko’rsatilgan. Uni bajarishi davlat
siyosatligi belgilangan.
To’qqizinchi   prinsipda   tizimini   boshqaruvining   davlat   va   jamoat   tajribasi
uyg’un uzviy bog’liq holda joriy etilishi nazarda tutilgan. Bu prinsip o’z navbatida
davlatni   demokratik   tamoyillar   asosida   huquqiy   boshqarishga   fuqarolarni
tayyorlashni nazarda tutadi.
Umuman, ta’lim sohasidagi barcha prinsiplar inson, jamiyat, umumbashariy
manfaatlarini   birlashtirib,   barkamol   malakali   mutaxassilarni   tayyorlashni   nazarda
tutgan.   Bunday   kadrlar   O’zbekistonning   bundan   keyingi   ijtimoiy,   iqtisodiy   va
madaniy rivojlanishni ta’minlashga yo’naltirilgan deb xulosalash mumkin.
Uzluksiz ta’lim tizimi va turlari. Uzluksiz   ta’lim   tizimining   faoliyat   olib   borishi   davlat   ta’lim   standartlari
asosida,   turli   darajadagi   ta’lim   dasturlarining   izchilligi   asosida   ta’minlanadi   va
quyidagi turlarini o’z ichiga oladi:
maktabgacha ta’lim va tarbiya;
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim;
professional ta’lim;
oliy ta’lim;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim;
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
maktabdan tashqari ta’lim.
Biz   faqat   ta’lim   turlarinigina   bilib   qolmasdan,   balki   har   bir   turining
mazmuni,   maqsadi   va   vazifalari   haqida   ilmiy   pedagogik   ma’lumotga   ega
bo’lishimiz darkor. 
Kadrlar   tayyorlash   milliy   modelining   o’ziga   xos   xususiyati   mustaqil
ravishdagi   to’qqiz   yillik   umumiy   o’rta   hamda   uch   yillik   o’rtamaxsus,   kasb-hunar
ta’limini   joriy   etishdan   iboratdir.   Bu   esa,   umumiy   o’rta   ta’lim   dasturidan   o’rta
maxsus,   kasb-hunar   dasturlariga   izchil   o’tilishini   ta’minlaydi.   Umumiy   ta’lim
dasturlari:   maktabgacha   ta’lim,   boshlang’ich   ta’lim   (I-IVsinflar),   umumiy   o’rta
ta’lim (I-IX sinflar), o’rta maxsus , professional ta’limini qamrab oladi.
Kasb-hunar   ta’limi   dasturlari   o’rta   maxsus,   professional   ta’limi,   oliy
(bakalavriant, magistratura) ta’lim va oliy o’quv yurtidan keyingi ta’limni kadrlar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni qamrab oladi.  Maktabgacha ta’lim.
Mazkur   ta’lim   bola   shaxsini   sog’lom   va   yetuk,   maktabda   o’qishga
tayyorlangan   tarzda   shakllantirish   maqsadini   ko’zlaydi.   U   o’quvchilikka   intilish
hisi uyg’otiladi va uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi. Maktabgacha ta’limga
oilada,   bolalar   bog’chasida,   mulk   shaklidan   qat’iy   nazar   boshqa   ta’lim
muassasalarida   olib   boriladi.   Maktabgacha   ta’limning   maqsadi   va   vazifalarini
ro’yobga chiqarishda    mahallalar, jamoat  va hayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar
va har qanday jismoniy shaxslar faol ishtirok etishi mumkin.       
Maktabgacha   ta’limi     yaxshilash   uchun   tarbiyachi,   pedagog   kadrlarni
tayyorlash,   maktabgacha   ta’limning   samarali   pedagogik   -   psixologik   uslublarini
izlash,   bolani   oilada   tarbiyalashda   psixologik,   pedagogik   va   uslubiy   jihatdan
ta’minlash;zamonaviy   o’quv   uslubiy   qo’llanmalar,   texnik   vositalar,   o’yinchoqlar
maydonlar   yaratish   va   hayotga   tadbiq   qilish;   maktabgacha   yoshdagi   bolalarni
halqning boy madaniy - tarixiy merosi asosida  tarbiyalashga shart-sharoit yaratish
hamda   ularning   sog’ligini   ta’minlash   va   chiniqtirish   bo’yicha   qulay   sharoit
yaratish kabilarni nazarda tutadi. Eng asosiy vazifasi bolalarning hayotini rejimga
solish,   axloq-odob   xulq-atvor   tarbiyalash,   rasm   chizish,   harf   elementlarini   mashq
qilish, sanash, hisoblash, nutq, organizmni chiniqtirish, dam olishlarni tashkil etish
kabi   vazifalar   amalga   oshiriladi.   Ulardan   madaniy   xulq-atvor,   sodda   mehnat
ko’nikmalari, gigiyena qoidalari o’rgatiladi.
Umumiy o’rta ta’lim.
Umumiy o’rta ta’lim bosqichlari quyidagilar:
Boshlang’ich   ta’lim(I-IV   sinflar).   Umumiy   o’rta   ta’lim(I-IX   sinflar).   Bu
ta’lim   umumiy   o’rta   ta’lim   olish   uchun   zarur   bo’lgan  bilim,  ko’nikma   asoslarini,
savodxonlik   tartib   toptirishga   qaratilgandir.   Boshlang’ich   ta’limga   bolalar   6-7
yoshdan   qabul   qilinadi.   Bu   masalani   tibbiyot,   ruxshunos   va   o’qituvchilardan
tashkil topgan hay’at hal qiladi. Agar bolaning jismoniy, aqliy va ruxiy tomondan rivojlanishi   o’qish   faoliyatini   davom   ettirishga   imkoni   bo’lsa,   unday   bolani   6
yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarni maktabda o’qishning ilk
tayyorgarligini amalga oshiradi.
Umumiy   o’rta   ta’lim   bilimlarning   zarur   hajmini   (boshlang’ich   ta’limda
o’qish,   yozish,   hisoblash,   hikoya   qilish,   rasm   chizish,   ko’nikmalarini   bajarishga
o’rgatish   bilan   umumiy   ta’limda   o’qishga   tayyorlaydi)   beradi,   mustaqil   fikrlash,
tashkilotchilik   qobiliyati   va   amaliy   tajriba   ko’nikmalarini   rivojlantiradi,   dastabki
tarzda   kasbga   yo’naltirishda   va   talimning   navbatdagi   o’rta   maxsus,   kasb-hunar
bosqichini  tanlashga  yordam  beradi.  To’qqiz yiliik (I-IX sinflar)  o’qishdan iborat
umumiy o’rta ta’lim majburiydir.
Bolalarning   qobiliyatini   rivojlanitrish   uchun   ixtisoslashtirlgan   maktablar
tashkil etilishi mumkin. Masalan:  sport, san’at, musiqa va boshqa fanlar bo’yicha
ham maktablar tashkil etilish mumkin. 
Umumiy o’rta ta’limning vazifalari:    
O’quvchilar   tomonidan   muntazam   bilimlar   olinishini   ta’minlash,   ularda
bilim   olish   ehtiyojini   rivojlantirish,   tarbiyalash,   kasb   tanlashga   va   atrof-olamga
ongli munosabat hosil qilish;
milliy va umubashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida o’quvchilarda
yuksak   ma’naviy-axloqiy   fazilatlarni   tarbiyalash,   o’z   Vataniga   va   xalqiga   sodiq
fuqarolarni shakllantirish;
ta’limning   uzluksizligini   va   izchilligini,   maktab   o’quv   dasturining   keyingi
bosqichdagi o’quv dasturlari bilan uzviy o’zaro bog’lanishni ta’minlash va hokazo.
Davlat   ta’lim   standartlariga   muvofiq   o’quvchilarni   o’qitish   va   tarbiyalash
hamda   shaxsning   ta’lim   olish   huquqini   ro’yobga   chiqarish   umumiy   o’rta
ta’limning maqsadi hisoblanadi. Umumiy   o’rta   ta’lim   bilimlar   zarur   hajmiga   asos   soladi,   o’quvchilarda
tashkilotchilik   qobiliyatlari   va   amaliy   tajriba   ko’nikmalarini   rivojlantiradi,
dastlabki   kasb   yo’nalishiniva   ta’limning   keyingi   bosqichini   tanlashga
ko’maklashadi.   Umumiy   o’rta   ta’lim   tugallagandan   keyin   ta’lim   fanlari   va   ular
bo’yicha   olgan   baholar   ko’rsatilgan   holda   davlat   tomonidan   tasdiqlangan
namunadagi attestat beriladi. 
Umumiy   o’rta   ta’limning   yangi   tizimi   va   mazmunini   shakllantirish   uchun
quyidagilar zarur:
yuqori malakali pedagogik va kadrlar tayyorlash;
hududlarning   jo’g’rofiy   va   demografik   xususiyatlariga   mos   ta’lim
muassalari tarmoqlarini rivojlantirish;
o’quvchilarning   qobiliyat   imkoniyatlariga   muvofiq   ravishda
tabaqalashtirilgan  yondoshuvni joriy qilish;
ilg’or   pedogog   texnologiyalarini,   o’quv-uslubiy   majmualarni   didaktik
talablar asosida yaratish;
o’quvchilar   kasb-hunar   tanlaydigan   va   psixologik-pedagogik   maslahatlar
oladigan markazlar tarmog’ini tashkil etish va hokazo.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yani qabul qilingan   O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun da Professional ta’lim deb
o’zgartirish kiritilib o’tdi
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi
darajalarni o‘z ichiga oladi:
boshlang‘ich professional ta’lim;
o‘rta professional ta’lim; o‘rta maxsus professional ta’lim.
Boshlang‘ich professional ta’lim kasb-hunar maktablarida IX sinf bitiruvchilari 
negizida bepul asosda kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumta’lim fanlarining va 
mutaxassislik fanlarining ikki yillik integratsiyalashgan dasturlari asosida amalga 
oshiriladi.
O‘rta professional ta’lim kollejlarda davlat buyurtmasi yoki to‘lov-shartnoma 
asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan kelib chiqqan holda, 
davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari 
bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional 
ta’lim negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, 
boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi 
yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning 
murakkabligidan kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan 
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu Qonun kuchga kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz 
yillik umumiy o‘rta va uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan fuqarolar 
ham o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim olish huquqiga ega.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi 
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni olish 
huquqiga ega.
Oliy ta’lim
Oliy   ta’lim   yuqori   malakali   mutaxassislar   tayyorlashni   ta’minlaydi.   Oliy
ma’lumotli   mutaxassislar   tayyorlash   oliy   o’quv   yurtlarida   (universitetlar,
akademiyalar,   institutlar   va   oliy   maktabning   boshqa   ta’lim   muassasalarida)   o’rta
maxsus   kasb-hunar   ta’limi   asosida   amalga   oshiriladi.   Oliy   ta’lim   ikki   bosqichga bo’linadi:  davlat  tomonidan tasdiqlangan  namunadagi  oliy ma’lumot  to’g’risidagi
hujjatlar bilan dalillanuvchi  bakalavriat va magistraturaga  ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan 
o’qish muddati kamida 4 yil bo’lgan tayanch oliy ta’limidir.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha bakalavriyat negizida kamida 2 yil
davom   etadigan   oliy   ta’limdir.   Fuqarolar   ikkinchi   va   undan   keyingi   oliy
ma’lumotni shartnoma asosida olishga haqlidirlar.
Oliy   o’quv   yurtlariga   talabalar   qabul   qilish   davlat   grantlari   negizida   va
pullik shartnomaviy asosda amalga oshiriladi. 
Bakalavriat dasturi tugallangandan so’ng bitiruvchilarga davlat attestasiyasi 
yakunlariga binoan kasb bo’yicha “bakalavr” darajasi beriladi va davlat 
tomonidan tasdiqlangan namunadagi, kasb-hunar faoliyati bilan shug’ullanish 
huquqini beradigan diplom topshiriladi.
Magistr   darajasini   beradigan   davlat   malaka   attestasiyasi   magistrlik
dasturining intihosidir.
Oliy   ta’limni   rivojlantirish   uchun   quyidagilarni   amalga   oshirish   kerak:
bakalavr va magistr darajasi uchun davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish;
professor-o’qituvchi   kadrlar   tayyorlashni   chet   ellardagi   yetakchi   o’quv
yurtlarida tashkil etish;
oliy ta’limda tarkibiy o’zgarishlar o’tkazish;
oliy   ta’lim   boshqaruvini   takomillashtirish,   mustaqilligini   kuchaytirish,
jamoat nazorat kengashlari shaklidagi jamoat boshqaruvini tashkil etish;
ta’limning   fan   va   ishlab   chiqarish   bilan   integrasiyasini   ta’minlash   va   joriy
etish;
o’qishni   individuallashtirish   va   distansion   ta’lim   texnologiyasi   vositalarini
ishlab chiqish; xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar
asosida ta’limning insonparvarlik yo’nalishini ta’minlash va hokazo.
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy 
pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarni ta’minlashga qaratilgandir. Oliy o’quv 
yurtidan keyingi ta’lim oliy o’quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida 
(aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi 
mumkin.
U   jamiyatning   oliy   malakali   ilmiy   va   ilmiy   pedagogik   kadrlarga   bo’lgan
ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy o’quv yurtidan keyinga ta’lim bosqichlari
(aspirantura, doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi. 
Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko’ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy 
darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi  diplomlar 
topshiriladi. Bu ishni takomillashtirish uchun: kasb ta’limi tizimi uchun oliy 
malakali ilmiy pedagogik kadrlarni ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan 
foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va ta’lim sohasida rivojlangan 
mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va 
ko’nikmalarini  chuqurlashtirish hamda yangilashni ta’minlaydi. Kadrlar 
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar   malakasini   oshirish   va   ularni   qayta   tayyorlash   mutaxassislarning
kasb bilimlarini va ko’nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni
bitirganlarga guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:
kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida 
yangicha tarkib, mazmun va boshqarishni shakllantirish; kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini
davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o’tkazish;
iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka
oshirish bo’yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.
Maktabdan tashqari ta’lim
Bolalar va o’smirlar yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh 
vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, 
shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy, 
texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim 
muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari muassasalariga 
bolalar ijodiyoti saroylari, uylar, klublar, markazlar, bolalar o’smirlar sport 
maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, 
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Bolalar va o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibda talab ehtiyojlarini
qondirish,   ularning   bo’sh   vaqtini   va   dam   olishini   tashkil   etish   uchun   davlat
organlari,   jamoat   tashkilotlari,   shuningdek   boshqa   yuridik   va   jismoniy   shaxslar,
madaniy-estetik,   ilmiy,   texnikaviy,   sport   va   boshqa   yo’nalishlarda   maktabdan
tashqari   davlat   va   nodavlat   ta’lim   muassasalarini   tashkil   etadilar.   Uni
takomillashtirish uchun:
 ta’lim berish va kamol toptirishga yo’naltirilgan xizmatlar ko’rsatuvchi 
muassasalar tarmog’ini kengaytirish va bunday xizmat turlarini ko’paytirish;
o’quvchilar   bo’sh   vaqtini   tashkil   etishning;   ommaviy   sport,
sog’lomlashtirish   tadbirlarining,   bolalar   turizmining,   xalq   hunarmandchiligining
mavjud turlari  va shakllarini  takomillashtirish, milliy turlari  va shakllarini  tiklash
hamda amaliyotga joriy qilish va hokazo.
Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish. Davlat   oilada   ta’lim   olishga   va   mustaqil   ravishda   ta’lim   olishga
ko’maklashadi. Bolalarni oilada o’qitish va mustaqil ravishda ta’lim tegishli ta’lim
muassasalarining   dasturlari   bo’yicha   amalga   oshiriladi.   Ta’lim   oluvchilarga
vakolatli   davlat   muassasalari   tomonidan   uslubiy,   maslahat   va   boshqa   yo’sinda
yordam ko’rsatiladi.
Bo’lajak bakalavr va magistr mutaxassislar O’zbekistonda ta’lim tizimi turlari
va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma’lumotga ega bo’lishlari darkor. Chunki
bo’lajak   mutaxassislar   har   bir   ta’lim   turining   tuzilishi,   mazmuni,   maqsad   va
vazifalarini   aniq   tasavvur   etishlari   shart.   Bunday   mas’uliyat   egallayotgan
ixtisosligi bo’yicha kasb ko’nikmalarini o’z vaqtida tarkib toptirishga yo’naltiradi.
O’z  ixtisosliklari  yuzasidan  chuqur  ilmiy pedagog ma’lumot  olishga da’vat  etadi.
Eng   muhimi   har   bir   ta’lim   tizimi   haqida   ilmiy   ma’lumotga   ega   bo’lmay   shu
sohadagi   vazifalarni   bajarish   mumkin   emasligini   tushunib   yetmoqlari   lozim.
Shuning   uchun   bo’lajak   mutaxassislar   ta’lim   tizimi   va   uning   ish   mazmuni
to’g’risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini o’zlarida shakllantirmog’i
zarur bo’ladi
O’zbekiston Respublikasida quyidagi turdagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat
ko’rsatadi:   1.2.chizma
O’z-o’zini   anglash   tuyg’usiga   ega   bo’lish,   ta’lim   sohasidagi   xizmatlardan
to’laqonli,   samarali   foydalana   olish,   ilmiy   va   kasbiy   bilimlarni   puxta
o’zlashtirishga   erishish   shaxsga   yetuk   mutaxassis   bo’la   olishi   uchun   poydevor
yaratadi.   Inson   kamoloti,   eng   avvalo,   uning   o’ziga   bog’liqdir.   Shu   bois   milliy
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. 
«Ta’lim   xizmatlarining   iste’molchisi   sifatida   shaxsga   davlat   ta’lim   olish   va
kasb-hunar   tayyorgarligidan   o’tish   kafolatlanadi.   Ta’lim   olish   jarayonida   shaxs
davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Ta’lim olish shakllari
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
dual ta’lim;
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish;
katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
inklyuziv ta’lim;
eksternat tartibidagi ta’lim;
mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar 
tayyorlash.
Shuni   ta‘kidlash   lozimki,   maktab   ta‘limining   mazmunining   tarixiy   va   sinfiy
xususiyatiga   ega   ekanligi   kishilik   jamiyati   taraqqiyotining   barcha   bosqichlarida
namoyon   bo’lgan.   Chunki,   o’tmishdagi   barcha   davrlarda,   ijtimoiy   taraqqiyotning
barcha bosqichlarida ta‘limning mazmuni va hajmi (parametrlari) o’sha davr, o’sha ijtimoiy-iqtisodiy   tuzum   mafkurasi,   talab   va   ehtiyojlari,   fan-texnika   taraqqiyoti
darajasi bilan belgilab kelingan Adabiyotlar:
1. Pedagogika   (Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi)   O‘qituvchilar   tayyorlash   va
pedagogika   fani   sohasi:   bakalavriat   yo‘nalishi   uchun
darslik//prof.M.X.Toxtaxadjaevaning   umumiy   tahriri   ostida,   O‘zbekiston   Respublikasi
Oliy   va   o‘rta   maxsus   ta’lim   vazirligi.   –   Toshkent   “O‘zbekiston   faylasuflar   milliy
jamiyati” nashriyoti, 2010.
2. Pedagogika.   O‘quv   qo‘llanma//A.Munavvarovning   umumiy   tahriri   ostida.
Toshkent “O‘qituvchi”, 1996.
3. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Pedagogika nazariyasi. 1-qism / Oliy o’quv yurtlari
uchun   darslik.   M.X.Toxtaxodjayevaning   umumiy   tahriri   ostida.   –   Toshkent:   “ Iqtisod-
moliya”, 2007. 
4. Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat   /   S.A.Madiyarova   va   boshq.   –
Toshkent: “Iqtisod-moliya”, 2009.
5. Azizxo’jayeva   N.N.   Pedagogik   texnologiya   va   pedagogik   mahorat.   –   Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU,  2006.
6. Axmedova   M.E   “Pedagogika   nazariyasi   va   tarixi”   o’quv   qo’llanma   T:2011
“Tafakkur bo’stoni” nashriyoti 157 b
7. Axmedova   M.E   Niyozov   G.   “Pedagogika   tarixidan   seminar   mashg’ulotlari”   o’quv
qo’llanma T:2011, Noshir nashriyoti 157 b
8. Mavlonova R. va boshqalar. “Pedagogika”, -Toshkent, “O‘qituvchi”, 2001.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING UZLUKSIZ TA’LIM TIZIMI . Reja: 1. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil). 2. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni ( 2020 yil). 3. Xalq ta’lim tizimi haqida tushuncha. 4. O’zbekistonda ta’lim tizimi tarixi haqida ma’lumot. 5. Ta’lim tizimining tuzlishi va uning ish mazmuni. 6. Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati. 7. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. Zamonaviy sharoitda jahon ta’limi: muammolar, yechimlar.

O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni (1997 yil). O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 9 sessiyasi (1997 yil 29 avgust)da ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish va uni yangi zamon talabi darajasiga ko’tarishni nazarda tutuvchi muhim davlat hujjatlari «Ta'lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilindi. Shu munosabat bilan birinchi prezidentimiz Islom Karimov «Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzusida nutq so’zlab, ta'lim-tarbiya tizimida islohatlar o’tkazish zarurati va omillarini asoslab bergan edi. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni ( 2020 yil). Bugungi kunda ta'lim sohasini tubdan takomillashtirish davr talabiga aylangan. Ushbu talabdan kelib chiqqan holda, ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonuni 2020 yil 23 sentyabr kuni qabul qilingan bo'lib, uning maqsadi ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Mazkur qonun bilan ta'lim sohasidagi asosiy printsiplar belgilangan bo'lib, ular asosan ta'lim ustuvorligining tan olinishi; ta'lim olish shaklini tanlash erkinligi; ta'lim sohasida kamsitishlarga yo'l qo'yilmasligi; ta'lim olishga doir teng imkoniyatlarning ta'minlanishi; ta'lim va tarbiyaga milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarning singdirilganligi; ta'lim va tarbiyaning insonparvarlik, demokratik xususiyati; ta'limning uzluksizligi va izchilligi; o'n bir yillik ta'limning hamda olti yoshdan yetti yoshgacha bo'lgan bolalarni bir yil davomida umumiy o'rta ta'limga tayyorlashning majburiyligi; davlat ta'lim standartlari va davlat ta'lim talablari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; o'quv dasturlarini tanlashga doir yondashuvning yagonaligi va tabaqalashtirilganligi; insonning butun hayoti davomida ta'lim olishi hisoblanadi. Shuningdek, qonunda ta'limning maktabgacha ta'lim va tarbiya; umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim; professional ta'lim; oliy ta'lim; oliy ta'limdan keyingi ta'lim;

kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish va maktabdan tashqari ta'lim kabi turlari bayon etilgan. Yuqorida qayd qilingan ta'lim turlaridan biri kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdir. Mazkur qonun bilan kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishini tartibga soluvchi bir qator qoidalar belgilangan. Jumladan, kadrlarni qayta tayyorlash tayanch mutaxassisliklar va kasblarga muvofiq bo'lgan yo'nalishlar bo'yicha faoliyatni amalga oshirish uchun qo'shimcha kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning zarur hajmi egallanishini ta'minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish kasbiy bilim, malaka va ko'nikmalarning chuqurlashtirilishi hamda yangilab borilishini ta'minlaydi, kadrlarning toifasi, darajasi, razryadi va lavozimi oshishiga xizmat qiladi. Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shakllari va muddatlari tegishli davlat ta'lim talablari bilan belgilanadi. Mazkur qonun jahon standartlari talablaridan kelib chiqqan holda ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishning qamrovi kengligi va o'ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan 1997 yil 29 avgust kuni qabul qilingan “Ta'lim to'g'risida”gi qonundan tubdan farq qiladi. Ushbu qonunning o'ziga xos xususiyatlari ta'lim sohasiga bir qator yangiliklar kiritilganligida namoyon bo'ladi. Jumladan, unda belgilangan masofaviy ta'lim haqidagi qoidalar o'quv rejalari va o'quv dasturlariga muvofiq ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda masofadan turib olishga qaratilgan. Shuningdek, qonunda dual ta'limga oid qoidalar belgilanib, u ta'lim oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va ko'nikmalarni olishga qaratilgan bo'lib, ularning nazariy qismi ta'lim tashkiloti negizida, amaliy qismi esa ta'lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.

Shu bilan birgalikda, katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish haqida qoidalarda katta yoshdagilarni o'qitish va ularga ta'lim berish bu butun umr davomida o'qitishning markaziy tarkibiy qismi bo'lib, ta'lim berish hamda o'qitishning jamiyat hayotida va mehnat faoliyatida katta yoshdagilarning ishtirok etishini ta'minlashga qaratilgan barcha shakllarini o'z ichiga olishi, shuningdek rasmiy, norasmiy va informal o'qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab olishi bayon etilgan. Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta'lim to'g'risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta'lim alohida ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta'lim oluvchilar uchun ta'lim tashkilotlarida ta'lim olishga bo'lgan teng imkoniyatlarni ta'minlashga qaratilgan. Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo'lgan bolalar (shaxslar) uchun ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etadi. “Ta'lim to’g’risidagi” ushbu qonun 11 bo’lim, 75 moddadan iborat bo’lib, uning maqsadi fuqarolarga ta'lim, tarbiya berish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash hamda har kimning bilim olish mumkinligi kabi konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iboratdir. 1-bo’lim «Umumiy qoidalar» deb nomlanadi. Unda ta'lim sog’asidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari, bilim olish, pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish xuquqlari, ta'lim muassasasining xuquqiy maqomi, DTS, ta'lim berish tili kabi masalalar o’z ifodasini topgan. 2- bo’limda ta'lim tizim zi, turlari va shakillar mohiyati yoritilgan. Qonunga ko’ra ta'lim tizimimiz quyidagilarni o’z ichiga oladi: Davlat ta'lim standartlariga muvofiq ta'lim dasturlarini amalga oshiruvchi davlat va nodavlat ta'lim muassasalarini; ta'lim tizimini rivojlanishini ta'minlash uchun zarur bo’lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta'lim so h asidagi davlat boshqaruv organlari, shuningdek ularga qarashli korxona, muassasa va tashkilotlarni.

Qonunning 3- bo’limida t a’lim tizimini boshqarish, 4-bo’limida t a’lim faoliyatini tashkil etish va uning nazoratini amalga oshirish yoritilgan, 5- bo’limda t a’lim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi , 6 - bo’limda t a’lim oluvchilarning, ular ota-onasining hamda boshqa qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari , 7 - bo’limda t a’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish , 8 - bo’limda n odavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash, ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish. x orijiy davlatda olingan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni tan olish, ta’lim sohasidagi hujjatlarga apostil qo‘yish , 9-bo’limda t a’limni moliyalashtirish va davlat tomonidan qo‘llab- quvvatlash ,10-bo’limda t a’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik , 11-bo’limda esa Yakuniy qoidalar ifodalab berilgan. Ta’lim muassasalarining turlari va faoliyati. Ta’lim tizimi: davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi ta’lim tashkilotlarini; ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni; ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. Ta’lim qonunining 7 -moddasida ta'lim quyidagi turlarda amalga oshirilishi ko’rsatiladi: t a’lim turlari quyidagilardan iborat: