O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”.
Mavzu: O’zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”. Reja: 1. Qizil kitob va uning o’rni. 2. O’zbekiston qo’riqxonalarining qisqacha tarixi. 3. O’zbekiston “Qizil kitobi”ning zarurligi. 4. Kelajak oldidagi burchimiz.
Kirish "Qizil Kitob ― bu hujjat bo’lib u Insonning vijdonidir. Har qaysi millat dunyo oldida o’zining tabiat boyliklarini asrash mas'uliyatini olgan". (Xalqaro Qizil Kitobdan) Qizil kitob va uning o’rni Qizil Kitob - nima? Bu xavf va umid kitobidir. Bu kitobni boshqacha qilib qayg’u- alam kitobi ham deyiladi, chunki bu kitobda yer yuzidagi yo’qolib ketayotgan hayvon zotlari va o’simlik turlarini o’zida mujassamlashtirgan. Qizil Kitob - harakatga chaqiruvchi kitobdir. Dunyoning ko’pgina davlatlari olimlari tomonidan butun dunyoda yo’qolib ketayotgan va juda kam uchraydigan hayvonlar, o’simliklar dunyosini himoya qilish va ularni saqlab qolish uchun Tabiat va tabiat resurslarini himoya qilish birlashmasining Qizil Kitobi (XTHQB) tashkil etildi. Bu kitob chet elda 60-70 yillarda chop etildi. 1-2- tomida sutemizuvchilar, qushlar haqida, 3-4-tomida esa suvda va quruqlikda yashovchi hayvonla, sudralib yuruvchilar va baliqlar haqida so’z yuritiladi. Qizil Kitob tabiatni sevuvchilar, mutaxassislarni diqqatini o’ziga tortib, hamma mintaqada mashhur bo’ldi. Bu kitob xuddi kalendardek bezalgan bo’lib, uning har bir varag’i har xil rangdadir. Har qaysi rangni o’z ma'nosi bo’lib, masalan, qizil rangda yozilgan hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketayotgani va ularning himoyaga muhtojligini bildiradi. Yer yuzida hayvon zotlari va o’simlik turlarining yo’qolib ketishining ikki sababi bor bo’lib, birinchi sababi ― bu tabiiy sharoitning o’zgarishi natijasida bo’lsa (tabiiy sabab), ikkinchi sababi esa ― (antropogen) inson harakatlari natijasidir. Tirik tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari sonining qisqarishi muammosi. Yer yuzidagi hayotni ta’minlashda o;simliklar dunyosi, ayniqsa, o’rmonlarning ahamiyati beqiyosdir. Hozirgi vaqtda yer yuzi quruqligining 25 % ni o’rmonlar tashkil etadi. Ular shimoliy yarim sharda va tropik mintaqalarda tarqalgan. Biroq hozirgi kunda o’rmonlarning holatini yaxshi deb bo’lmaydi. Chunki, har yili 3
mlrd m3 hajmda o’rmonlar qirqilmoqda. FАО ma’lumotlariga ko’ra bu ko’rsatkich yaqin yillar ichida 1,5 martaga ortishi mumkin. Insoniyatni, ayniqsa, tropik va subtropik o’rmonlar muammosi tashvishga solmoqda. U yerlarda yiliga dunyo miqyosidagi qirqilishi kerak bo’lgan o’rmonlarning yarmidan ko’pi kesib tashlanmoqda. 160 mln gektar tropik o’rmonlar vayron bo’lgan, atigi yiliga 11 mln gektar maydon tiklanmoqda. Floraning kamayib ketishi “Qizil Kitob” yaratilishiga sabab bo’ldi. Ozbekistondagi dorivor osimliklar. Osimlik nomi. Oilasi. 1.arslonquyruq(arslonquloq) labguldoshlar 2.arpabodyon soyqabonguldoshlar 3.botakoz murakkabguldoshlar 4.boymadaron murakkabguldoshlar 5.bazulbong labguldoshlar 6.beshbarg ranoguldoshlar 7.baxmalgul gulxayridoshlar 8.dalachoy dalachoydoshlar 9.gulizdarak ayiqtovondoshlar 10.gazanda gazandadoshlar 11.ixroj sutlamadoshlar 12.itburun(namatak) ranoguldoshlar 13.isiriq tuyatovondoshlar 14.kashnich soyabonguldoshlar 15.limonot labguldoshlar 16.marmarak(mavrak) labguldoshlar 17.omonqora(qoraqobiq) chuchmomodoshlar 18.oqqaldirmoq murakkabguldoshlar 19.olabuta shoradoshlar 20.oqsinak dukkakdoshlar
21.petrushka soyabonguldoshlar 22.qush jiyda jiydadoshlar 23.qirqbogim qirqbogimdoshlar 24.qizilmiya(shirinmiya) ranoguldoshlar 25.qoraandiz murakkabguldoshlar 26.qoqiot murakkabguldoshlar 27.qoshqarbeda dukkakdoshlar 28.qorazirk zirkdoshlar 29.qizilbarg onachirdoshlar 30.qariqiz murakkabguldoshlar 31.qoytikan murakkabguldoshlar 32.rovoch ayiqtovondoshlar 33.sachiratqi murakkabguldoshlar 34.sanchiqot murakkabguldoshlar 35.sebarga dukkakdoshlar 36.suvqalampir torondoshlar 37.suvarov piyozi piyozdoshlar 38.sedana ayiqtovondoshlar 39.sigirquyruq sigirquyruqdoshlar 40.sariqchoy dalachoydoshlar 41.turkiston dolanasi ranoguldoshlar 42.totim pistadoshlar 43.uzum tokdoshlar 44.zagoza zagozadoshlar 45.zubturum zubturumdoshlar 46.zira soyabonguldoshlar 47.orik ranoguldoshlar 48.yetmak chinniguldoshlar 49.yersovun zirkdoshlar 50.yovoyi sabzi soyabonguldoshlar
51.shirchoy ranoguldoshlar 52.shirinmiya(qizilmiya) dukkakdoshlar 53.shvid soyabonguldoshlar 54.choyot choyotdoshlar 55.chilonjiyda jumrutdoshlar 56.chochqaquloq piyozdoshlar 57.chakanda jumrutdoshlar Ozbekistonda bazi zaxarli osimliklar royxati. Zaxarli osimliklar oz organlarida zaxarli moddalar (alkaloidlar, glikozidlar va organik kislatalar) saqlaydi. Zaxarli sinil, filiks kislatalari boladi. Osimlik nomi. Oilasi. 1.achiqmiya dukkakdoshlar 2.ayiqtovon ayiqtovondoshlar 3.bodyoni rumiy soyabonguldoshlar 4.bozshira shoradoshlar 5.bangidevona ituzumdoshlar 6.itkuchala kuchaladoshlar 7.kuchala kuchaladoshlar 8.kakra murakkabguldoshlar 9.kokmaraya gavzabondoshlar 10.kampirchopon gavzabondoshlar 11.mingdevona ituzumdoshlar 12.muhalis sigirquruqdoshlar 13.oqparpi ayiqtovondoshlar 14.olmasot ayiqtovondoshlar 15.oqmiya dukkakdoshlar 16.otashak ayiqtovondoshlar 17.oleandr(xona osimligi) kendrdoshlar