logo

O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.0732421875 KB
O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi
REJA:
1. Idoraviy arxivlar
2. Davlat arxivlari
3. Fuqarolarning shaxsiy arxivlari O’zbekiston   mustaqillikka   erishgandan   so’ng   xalqimizning   haqiqiy
tarixiga   bo’lgan   qiziqishi   beqiyos   darajada   o’sdi,   ma’naviy   qadriyatlarni
qayta   tiklash   hayotiy   zaruratga   aylandi.   Bu   esa   xalq   tarixiy   xotirasining
ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun
tartibiga qo’ymoqda.
Respublikamizda   o’tgan   davrlarda   shakllangan   va   o’z   samaradorligini
amalda   isbotlagan   arxiv   tizimi   asosan   saqlanib   qoldi.   Bu   urushdan   keyin
shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z
ichiga   olgan   tizimdir.   Mustaqillik   yillarida   faqatgina   sobiq   partiya   (KPSS)
arxivlari qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti
arxivi   va   viloyatlar   partiya   komitetlari   arxivlari   negizida   Prezident   Devoni
arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi.
Mustaqillik   yillarida   respublika   arxivlari   faoliyatida   chuqur   sifat
o’zgarishlari   ro’y   berdi.   Eng   avvalo   1999   15   aprelda   O’zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi
Qonunni   eslab   o’tish   joizdir.   Bu   qonun   arxivlar   faoliyatining   huquqiy
negizidir.   Mazkur   qonunda   Dalvat   arxiv   fondi,   hujjatlariga   bo’lgan
mulkdorlik,   hujjatlarni   saqlash   tartibi,   davlat   arxivlarini   moliyalash,
arxivlarni   yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirish,   hujjatlardan   foydalanish   kabi
masalalar   o’z   yechimini   topgan.   Qonunda   O’zbekiston   Respublikasining
hozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi.
Idoraviy   arxivlar O’zbekistonning   hozirgi   zamon   arxiv   tizimi   idoraviy   arxivlar,
davlat   arxivlari   va   shaxsiy   arxivlardan   iborat.   O’zbeiston   Respublikasida
davlat   hokimiyati   va   boshqaruv   organlari,   korxonalar,   muassasalar   va
tashkilotlar   qoshida   hujjatlarni   vaqtincha   saqlash,   ulardan   xizmat,   ishlab Му ам м ол и савол :  Ўз бе к истон архив тиз им и қ андай
тарк ибий қ исм л ардан иборат?  chiqarish,   ilmiy   va   boshqa   maqsadlarda   foydalanish   maqsadida   idoraviy
arxivlar   tashkil   etilgan.   Qonunda   belgilanganidek,   zarurat   tug’ilganda
idoraviy   arxiv   o’rniga   birlashgan   idoraviy   yoki   idoralararo   arxivlar   ham
tuzilishi   mumkin.   Idoraviy   arxivlarda   hujjatlar   vaqtincha   saqlanadi.
Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga
topshiriladi.   Hujjatlarni   idoraviy   arxivlarda   saqlash,   ulardan   foydalanish   va
o’z  vaqtida  davlat  arxivlariga  topshirish  uchun  mazkur  idora  yoki  muassasa
rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy
arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun
va   Vazirlar   Mahkamasi   huzuridagi   Bosh   Arxiv   boshqarmasi   tasdiqlagan
nizomlar asosida amalga oshiriladi.
Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida
saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish
faoliyati   xususiyatlari   bilan   bog’liqdir.   Shahar,   tuman   va   qishloqlar
muassasalarning   idoraviy   arxivlarda   hujjatlar   5   yil   davomida   saqlanadi.
Viloyat   muassasalari   va   tashkilotlari   hujjatlari   ularning   arxivlarida   10   yil
davomida   saqlanishi   mumkin.   O’zbekiston   Respublikasi   oliy   davlat   va
hokimiyat   boshqaruv   organlarining   hujjatlari   idoraviy   arxivlarda   15   yil
davomida   saqlanadi.   Tashqi   ishlar   vazirligi   hujjatlari   30   yil   davomida,
fuqarolik   holatlarini   qayd   etish   (ZAGS)   hujjatlari   esa   75   yil   davomida
idoraviy   arxivlarda   saqlanishi   nazarda   tutilgan.   Mavjud   nizomlarga   binoan
shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi
kerak.
Idoraviy   arxivlar   davlat   arxivlarini   yangi   hujjatlar   bilan   to’ldirib
boruvchi asosiy manbadir.
Davlat   arxivlar O’zbekiston   Respublikasining   hozirgi   zamon   davlat   arxiv   tizimi
respublikaning   siyosiy-ma’muriy   tuzilishi   negizida   tashkil   etilgan. Respublika davlat arxiv tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:
1. Qoraqalpog’iston   Respublikasi   markaziy   davlat   arxivi,   viloyat   davlat
arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi;
2. Respublika Markaziy davlat arxivlari
Hozirgi   kunda   Qoraqalpog’iston   Respublikasi   markaiy   davlat   arxivi,
Andijon,   Buxoro,   Jizzax,   Qashqadaryo,   Navoiy,   Namangan,   Samarqand,
Surxondaryo,   Sirdaryo,   Toshkent,   Farg’ona,   Xorazm   viloyatlari   davlat
arxivlari   hamda   Toshkent   shahar   davlat   arxivi   faoliyat   ko’rsatmoqda.
Joylarda   ularning   55   filiali   mavjud.   Viloyat   arxivlarida   asosan   Oktyabr
to’ntarishidan   keyingi   davrda   joylardagi   siyosiy   ahvol,   mintaqalar   hamda
viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid hujjatlar saqlanmoqda.
Masalan,   Farg’ona   viloyat   davlat   arxivi   fondlari   Farg’ona   viloyati   va
Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga kirgan
Andijon va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi. Farg’ona viloyat
ishchi,   soldat   va   dehqon   deputatlari   Sovetining   fondi   (121-f.)   vodiyda
Sho’rolar hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash,
istiqlolchilik harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi.
Arxiv   fondlaridagi   hujjatlari   viloyatda   sanoat   korxonalarining   bunyod
etilishi,   sug’orish   shoxobchalari,   jumladan,   Katta   Farg’ona   kanalining
qurilishi,   maorif   va   madaniyatning   rivojlanishi   haqida   batafsil   ma’lumotlar
beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud bo’lib,
bu   rasmlarda   ishga   tushirilgan   korxonalar,   sug’orish   inshootlari,   bunyod
etilgan   qasaba     (posyolka)   larning   umumiy   ko’rinishi   aks   ettirilgan.
Deputatlar,   faxriylar,   ishlab   chiqarish   ilg’orlarining   ham   suratlari   saqlanadi.
Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari
faoliyat ko’rsatmoqda.
Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi: 1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA);
2. O’zbekiston   Respublikasi   ilmiy-texnikaviy   va   medisina   hujjatlari
markaziy davlat arxivi;
3. O’zbekiston   Respublikasi   kinofotofonohujjatlar   markaziy   davlat
arxivi.
Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning
viloyatlardagi filallari ham muhim o’rin tutadi.
Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat
arxivi   (O’zR   MDA)   yetakchi   rolp   o’ynaydi.   Mazkur   arxivda   Turkiston   va
O’zbekiston   tarixiga   oid   nodir   hujjatlar   jamlangan.   Bu   yerdagi   hujjatlar
asosan   O’rta   Osiyoning   Rossiya   tomonidan   istilo   qilishidan   to   hozirgi
kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi.
Turkiston   viloyat   harbiy   gubernatori   va   qo’shin   qo’mondoni   fondi
(336-f.)   va   Viloyat   markazi   aholisini   boshqaruvchisi   fondida   (450-f.)   1865-
1868   yillarga   mansub   hujjatlar   jamlangan   bo’lib,   ularda   Turkiston
viloyatining chegaralari, ma’muriy tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar
keltiriladi.
Turkiston   general-gubernatori   mahkamasi   fondi   (1-f.),   Turkiston
general-gubernatori   xuzuridagi   diplomatik   amaldor   fondi   (2-f.),   Buxorodagi
Rossiya   siyosiy   agentligi   fondida   (3-f.),   Rossiyaning   G’arbiy   Xitoy,
Afg’oniston,   Eron,   Xiva   va   Buxoro   bilan   diplomatik   aloqalariga   doir
materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va alohida mintaqalarning
ma’muriy   tuzilishi   haqida,   shaharlar   boshqaruvi   va   shahar   nizomining   joriy
etilishi   to’g’risida,   madrasa   va   masjidlarning   miqdori   va   ahvoli   haqida
ma’lumot beradi.
Turkiston   general-gubernatori   mahakamasi   fondida,   Turkiston   rayon
muxofaza  bo’limi  fondida  (461-f.),  viloyatlar  boshqaruvi,  uyezd  boshliqlari,
sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z aksini topgan. 1885 yilda Farg’onada, 1910 yilda Buxoroda, 1916 yilda butun
Turkiston   o’lkasida   ro’y   bergan   qo’zg’olon   va   g’alayonlar   to’g’risida
ma’lumotlar bor. Sanoatning rivojlanishi, temir yo’llarning qurilishi, qishloq
xo’jaligining   ahvoli   haqidagi   ma’lumotlar   savdo-sanoat   shirkatlari,
dehqonchilik   va   davlat   mulki   boshqarmasi   fondlarida   uchraydi.
Turkistonning   madaniy   hayoti,   o’quv   va   madaniy-oqartuv   muassasalari,
ilmiy jamiyatlar fondlarida o’z aksini topgan.
Xiva   xoni   mahkamasi   fondi   (1874-1917   yy;   125-f)   va   Buxoro   amiri
Qushbegiisi fondida (XIX asrning oxiri-1920 y; 126-f) xonliklarning siyosiy-
iqtisodiy   ahvoli,   milliy   munosabatlar,   O’rta   Osiyo   xalqlarining   turmushi   va
madaniyati to’g’risidagi ma’lumotlar mavjud.
Fevralp   inqilobidan   to   Oktyabrg’   to’ntarishigacha   bo’lgan   davr
Muvaqqat   hukumatning   Turkiston   komiteti   hamda   Ishchi   soldat   deputatlari
O’lka Soveti fondlarida yoritiladi.
Turkiston ASSR MIK, XKS va xalq komissarliklari fondlarida o’lkada
sovet   hokimiyatining   o’rnatilishi,   istiqlolchilik   harakati   va   fuqarolar   urushi,
milliy   davlat   chegaralanishi   va   O’zbekiston   SSR   ning   tashkil   topishi   bilan
bog’liq voqyealar o’z aksini topgan.
O’zR   MDA   da   Buxoro   va   Xorazm   xalq   respublikalari   markaziy   va
mahalliy   muassasalarining   hujjatlari   (1920-1924   yy)   saqlanmoqda.   Ular   bu
respublikalardagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy qurilish xususida ma’lumotlar
beradi.
Arxivda   O’zbekiston   SSR   sovetlari   syezdlari   hujjatlari,   O’zSSR   MIK
va   XKS   hujjatlari,   boshqa   sovet   idora   va   muassasalarining   hujjatlari   ham
saqlanmoqda.   Bu   hujjatlar   va   undan   keyingi   davrga   mansub   hujjatli
materiallar   O’zbekistonning   butun   sovet   davridagi   hayoti   haqida   batafsil
ma’lumotlar beradi.
O’zR   MDAda   shaxsiy   fondlar   ham   keng   o’rin   olgan.   Bu   yerda   P.   A. Kobozev,   D.   I.   Manjara,   H.   M.   Abdullayev,   J.   I.   Abdullaxonov,   A.   V.
Almatinskaya, L. A. Abdullayev va boshqa qator partiya va davlat arboblari,
fan va madaniyat arboblarining shaxsiy fondlari mavjud.
Markaziy   Davlat   Arxivida   talay   arxiv   kolleksiyalari   ham   mavjud
bo’lib,   ular   orasida   XIII-XVI   asrlarga   mansub   vaqf   hujjatlari   kolleksiyasi
diqqatga sazovordir.
Respublika  ahamiyatiga  molik  arxivlardan  yana  biri  –  bu  O’zbekiston
Respublikasi   ilmiy-texnikaviy   va   medisina   hujjatlari   markaziy   davlat   arxivi
bo’lib, u 1962 yilda tashkil etilgan. Arxivda ilmiy-tadqiqot, loyihalashtirish,
kostruktorlik   muassasalarining   hujjatlari   saqlanmoqda.   Arxiv   fondlarida
O’zbekistonda   turli   davrlarda   bunyod   etilgan   sanoat   korxonalari,   sug’orish
inshootlari,   ma’muriy   va   grajdan   binolarining   loyihalari   mavjud.
Kostruktorlik   hujjatlari   esa   turli   davrlarda   yaratilgan   paxta   terish,
to’qimachilik   mashinalari   va   uskunalari   loyihalari   va   boshqa   grafik
materiallardan   iboratdir.   Mazkur   arxivda   tibbiyot   ilmiy-tekshirish
institutlarida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari ham saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi
1943   yilda   tashkil   etilgan.   1959   yilda   u   O’zbekiston   Markaziy   Tarix
arxivining   bir   bo’limiga   aylantirildi.   1974   yildan   e’tiboran   yana   mustaqil
arxiv   sifatida   faoliyat   ko’rsatib   kelmoqda.   Arxivda   saqlanayotgan   1917
yildan   oldingi   davrga   taalluqli   fotosuratlarda   Turkiston   o’lkasidagi   milliy-
ozodlik   va   inqilobiy   harakatlardan   lavhalar   (1898,   1905.   1907   yy),   chor
Rossiyasi   vakillari   tomonidan   o’lkaning   boshqarilishi,   ularning   mahalliy
aholiga   bo’lgan   munosabati,   sud   organlarining   faoliyati,   Xiva   xonligi   va
Buxoro   amirligining   xalqaro   aloqalari,   musulmonlarning   turmushi   va   diniy
marosimlar o’z aksini topgan.
Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida
bosib o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan,   adabiyot   va   san’at   namoyandalari,   ishlab   chiqarish   ilg’orlarining   yozib
olingan   nutq   va   intervpyularidan,   eski   bolpsheviklar,   fuqarolar   urushi   va
ikkinchi   jahon   urushi   qatnashchilarining   esdaliklaridan   iboratdir.   Arxivda
mualliflar ijrosida badiiy asarlar yozib olingan magnit lentalari hamda taniqli
san’atkorlar   va   jamoalar   tomonidan   ijro   etilgan   kuy   va   qo’shiqlar
audiokassetalari saqlanmoqda.
O’zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Devoni   arxivi   va   uning   barcha
viloyatlardagi  bo’limlarida  sobiq   O’zkompartiya  va  O’zbekiston   komsomoli
hujjatlari bilan bir qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va
tashkilotlar,   jumladan   Prezident   Devoni,   viloyatlar,   shahar   va   tumanlar
hokimliklari, O’z XDP va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hujjatlari
saqlanmoqda.
Fuqarolarning shaxsiy arxivlari Har   bir   shaxsning   hayoti   va   faoliyati   davomida
uning   ixtiyorida   ma’lum   hujjatlar   to’planadi.   Bu   hujjat   va   materiallar   o’sha
fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning
shaxsiy   mulki   bo’lsa-da,   ularda   davlat   ahamiyatiga   molik   hujjatlar   ham
saqlanishi   ehtimoldan   holi   emas.   Shuning   uchun   ham   bunday   hujjatlar
ekspertiza   qilingandan   so’ng   O’zbekiston   Milliy   arxivi   fondiga   kiritiladi   va
bu   hujjatlarning   egalarining   saqlanishini   ta’minlashlari   zarur.   Shaxsiy
arxivlardagi   bunday   hujjatlarni   egasining   roziligi   bilan   mulk   huquqi
saqlangan   xolda   davlat   arxivlari,   muzey   va   kutubxonalarda   shartnoma
asosida doimiy yoki depozitar (vaqtincha) asrovga olinishi mumkin.
Xulosa   qilib   shuni   aytish   mumkinki,   hozirgi   kunda   O’zbekistonda
davlat,   idoraviy   va   shaxsiy   arxivla   mavjud   bo’lib,   bu   arxivlarda
respublikamizning   o’tmishi   va   hozirgi   kunini   o’zida   aks   ettirgan   bebaho
hujjatli   manbalar   saqlanmoqda.   Ularni   nes-nobud   qilmasdan   kelajak avlodlarga   yetkazish   arxiv   xodimlari   va   barcha   fuqarolarning   muqaddas
burchidir. Manbalar va adabiyotlar
Arxivlar   to’g’risida:   O’zbekiston   Respublikasining   1999   yil   15   aprelp
Qonuni // O’zbekistonning yangi qonunlari. 21-son. Toshkent, 1999.
Gosudarstvennqye arxiv ы  SSSR. Spravochnik. Chastg’ 2.  Moskva, 2000.

O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi REJA: 1. Idoraviy arxivlar 2. Davlat arxivlari 3. Fuqarolarning shaxsiy arxivlari

O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi. Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi. Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng avvalo 1999 15 aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining huquqiy negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon arxiv tizimi o’z aksini topdi. Idoraviy arxivlar O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab Му ам м ол и савол : Ўз бе к истон архив тиз им и қ андай тарк ибий қ исм л ардан иборат?

chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak. Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi asosiy manbadir. Davlat arxivlar O’zbekiston Respublikasining hozirgi zamon davlat arxiv tizimi respublikaning siyosiy-ma’muriy tuzilishi negizida tashkil etilgan.

Respublika davlat arxiv tizimiga quyidagi arxivlar kiradi: 1. Qoraqalpog’iston Respublikasi markaziy davlat arxivi, viloyat davlat arxivlari va ularning filiallari, Toshkent shahar davlat arxivi; 2. Respublika Markaziy davlat arxivlari Hozirgi kunda Qoraqalpog’iston Respublikasi markaiy davlat arxivi, Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona, Xorazm viloyatlari davlat arxivlari hamda Toshkent shahar davlat arxivi faoliyat ko’rsatmoqda. Joylarda ularning 55 filiali mavjud. Viloyat arxivlarida asosan Oktyabr to’ntarishidan keyingi davrda joylardagi siyosiy ahvol, mintaqalar hamda viloyatlarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga oid hujjatlar saqlanmoqda. Masalan, Farg’ona viloyat davlat arxivi fondlari Farg’ona viloyati va Farg’ona shahri tarixini, qisman bir vaqtlar Farg’ona viloyat tarkibiga kirgan Andijon va Namangan viloyatlari tarixini ham aks ettiradi. Farg’ona viloyat ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetining fondi (121-f.) vodiyda Sho’rolar hokimiyatining o’rnatilishi, ocharqilik va ishsizlikka qarshi kurash, istiqlolchilik harakati, ayollarni ozodlikka chiqarish kabi masalalarni yoritadi. Arxiv fondlaridagi hujjatlari viloyatda sanoat korxonalarining bunyod etilishi, sug’orish shoxobchalari, jumladan, Katta Farg’ona kanalining qurilishi, maorif va madaniyatning rivojlanishi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Farg’ona viloyat davlat arxivida fotosuratlar fondi ham mavjud bo’lib, bu rasmlarda ishga tushirilgan korxonalar, sug’orish inshootlari, bunyod etilgan qasaba (posyolka) larning umumiy ko’rinishi aks ettirilgan. Deputatlar, faxriylar, ishlab chiqarish ilg’orlarining ham suratlari saqlanadi. Marg’ilon va Qo’qon shaharlarida Farg’ona viloyat davlat arxivining filiallari faoliyat ko’rsatmoqda. Respublika markaziy davlat arxivlari tizimiga quyidagi arxivlar kiradi:

1. O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arixivi (O’zR MDA); 2. O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va medisina hujjatlari markaziy davlat arxivi; 3. O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi. Shuningdek respublika arxiv tizimida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi filallari ham muhim o’rin tutadi. Tarixiy hujjatlarni saqlashda O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivi (O’zR MDA) yetakchi rolp o’ynaydi. Mazkur arxivda Turkiston va O’zbekiston tarixiga oid nodir hujjatlar jamlangan. Bu yerdagi hujjatlar asosan O’rta Osiyoning Rossiya tomonidan istilo qilishidan to hozirgi kungacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Turkiston viloyat harbiy gubernatori va qo’shin qo’mondoni fondi (336-f.) va Viloyat markazi aholisini boshqaruvchisi fondida (450-f.) 1865- 1868 yillarga mansub hujjatlar jamlangan bo’lib, ularda Turkiston viloyatining chegaralari, ma’muriy tuzilishi va aholisi xususida ma’lumotlar keltiriladi. Turkiston general-gubernatori mahkamasi fondi (1-f.), Turkiston general-gubernatori xuzuridagi diplomatik amaldor fondi (2-f.), Buxorodagi Rossiya siyosiy agentligi fondida (3-f.), Rossiyaning G’arbiy Xitoy, Afg’oniston, Eron, Xiva va Buxoro bilan diplomatik aloqalariga doir materiallar to’plangan. Hujjatlar Turkiston o’lkasi va alohida mintaqalarning ma’muriy tuzilishi haqida, shaharlar boshqaruvi va shahar nizomining joriy etilishi to’g’risida, madrasa va masjidlarning miqdori va ahvoli haqida ma’lumot beradi. Turkiston general-gubernatori mahakamasi fondida, Turkiston rayon muxofaza bo’limi fondida (461-f.), viloyatlar boshqaruvi, uyezd boshliqlari, sud orgnalari fondlarida O’rta Osiyo xalqlarining milliy-ozodlik harakati o’z