O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV TIZIMI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV TIZIMI REJA: 1.Saylov huquqi tushunchasi va uning konstitutsiyaviy kafolatlanishi 2. Saylov tizimi tushunchasi va asosiy prinsiplari 3. Saylovlar va ularni o`tkazish tartibi 1
Saylov huquqi tushunchasi va uning konstitutsiyaviy kafolatlanishi O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining eng muhim siyosiy huquqlaridan biri davlat vakillik organlariga saylash va saylanish huquqidir (Konstitutsiyaning 117-moddasi). Fuqarolar ushbu huquq orqali davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o`z vakillari orqali davlatning eng muhim siyosiy masalalarini muhokama qilish va hal etishda faol ishtirok etadilar (Konstitutsiyaning 32-moddasi). Saylov tushunchasi vakillik organni ovoz berish yo`li bilan tashkil toptirish tartibidir. Vakillik organlarini saylash jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar saylov huquqi deb ataladi. Saylov huquqi O`zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqining muhim institutidir. Saylov huquqi tushunchasining yana bir ma`nosi ham bor. Bu tushuncha fuqaroning saylovdagi ishtiroki, vakillik organlariga saylash va saylanish kabi subyektiv huquqini ta`riflab berish uchun ishlatiladi. Bu borada aktiv saylov huquqi bilan passiv saylov huquqini bir-biridan farq qilish kerak. Aktiv saylov huquqi fuqaroning saylash, vakillik organlarini saylashda bevosita qatnashish huquqini bildiradi. Passiv saylov huquqi –saylanish huquqidir. Professor A.Saidov ta`kidlashicha "Saylov huquqi" tushunchasi va iborasi ikki ma`noda ishlatiladi deb izohlaydi. Birinchisi, bu saylov huquqi saylov qo`yiladigan davlat organlarini shakllantirishni tartibga soluvchi huquqiy me`yorlar tizimidir. Saylov huquqining manbalari Konstitutsiya, davlatning oliy va mahalliy vakillik organlariga saylovlar haqidagi qonunlardir. Ikkinchisi, bu saylov huquqi fuqarolarning saylab qo`yiladigan organlarini tuzishda qatnashish, ya`ni unga o`zlarining saylanish (passiv saylov huquqi) va ularning tarkibini saylash (faol saylov huquqi) huquqlaridir." Davlat organlari o`zining tuzilish tartibi jihatidan turli xususiyatlarga egadir. O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq davlatning ba`zi organlari saylanadi, boshqalari tuziladi. Davlat hokimiyati organlariga o`tkaziladigan saylovlar demokratik asosda o`tkaziladi. O`zbekistonda ildiz otib 2
borayotgan demokratiya jahonda tan olingan demokratik an`analarni o`zida mujassamlashtiradi. Bu demokratiya hech qanday milliy, irqiy va boshqa cheklashlarni bilmaydi. Shu bilan birga, davlat organlarini saylash va tuzish tartibi ularning har qaysisining o`ziga xos xususiyatlariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi davlat vakillik organlariga saylovlar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to`g`risida"gi, "O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida"gi, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida"gi va "O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida"gi qonunlar tashkil qilinadi va o`tkaziladi. Davlatdagi eng muhim masalalarning fuqarolar xohish-irodasi bilan hal etilishi demokratiyaning yaqqol namoyon bo`lishidir. Davlat hokimiyatini shakllantirishda saylovlar va demokratik tamoyillar muhim ahamiyatga ega. O`zbekistonda eng muhim masalalarning asosan referendum yo`li bilan hal etilishi bevosita demokratiya namunasidir. Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, O`zbekistonda barcha davlat organlarini demokratik asoslarda tuzish tartibi va chinakam xalqchilligi bilan ham ajralib turadi. Xalqchillik shu narsada o`z ifodasini topadiki, butun davlat apparatining negizini tashkil etgan davlat organlari uning xalq deputatlari bevosita saylovchilar tomonidan umumiy saylov yo`li bilan saylanadilar. O`zbekistonda saylovlar ochiqligi, oshkoraligi saylov tizimining eng muhim tamoyillaridan bo`lib hisoblanadi. Vakillik organlarining umumiy saylov yo`li bilan tashkil etilishi alohida va ko`p qirrali ahamiyatga ega. Umumxalq saylovlar davlat hokimiyatini amalga oshirishda fuqarolar ishtirokining eng muhim shakllaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXIII bobida fuqarolarning saylov huquqi kafolatlanishi alohida mustahkamlangan. Konstitutsiyaning 117- moddasida shunday deyiladi: "O`zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik 3
organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar .Har bir saylovchi bir ovozga ega. O`z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. O`zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkaziladi. O`zbekiston Respublikasining 18 yoshga to`lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotganlar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to`g`ridan-to`g`ri yoki bilvosita cheklashga yo`l qo`yilmaydi. Saylov o`tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi." Saylov tizimi tushunchasi va asosiy prinsiplari Saylovlar fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarini boshqarishga faol jalb qilishning eng muhim shakllaridan biridir. O`zbekistonda saylov tizimi va saylov huquqi chinakam demokratik prinsiplarga asoslangan bo`lib, prinsiplar O`zbekiston fuqarolarining davlat suverenitetini to`liq amalga oshirishni ta`minlaydi. Davlatda vakillik organlarini shakllantirish yuzasidan mavjud bo`lgan va fuqarolarni saylovga jalb etish, saylovni tashkil qilish va deputatning saylovchilar bilan o`zaro munosabatlarini belgilaydigan tartibi saylash tizimi deyiladi. Saylov tizimi tushunchasi – davlatning demokratik yoki demokratik emasligini ko`rsatuvchi asosiy omildir. Professor A.Saidov "Saylov tizimi tushunchasi" bu fuqarolik jamiyatida davlatning vakillik organlarini saylash yo`li bilan yuzaga keluvchi davlat jamoat munosabatlari tizimidirdeb fikr bildiradi. Saylov tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: Birinchisi: umumiy saylov huquqi prinsipi. Bu prinsip shundan iboratki, O`zbekistonning 18 yoshga to`lgan barcha fuqarolari saylash huquqiga egadirlar, aqldan ozganligi qonunda belgilangan tartibda aniqlangan fuqarolar bundan mustasnodir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga o`ttiz besh yoshdan 4
kichik bo`lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan, bevosita saylovgacha kamida o`n yil O`zbekiston hududida muqim yashagan O`zbekiston fuqarosi saylanishi mumkin. O`zbekistonning 25 yoshga to`lgan fuqarosi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylanishi mumkin. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputatlar saylovi umumiydir. Saylov kunigacha 21 yoshga to`lgan O`zbekiston fuqarolari saylanish huquqiga egadirlar. Saylovda qatnashish uchun yosh senzidan boshqa cheklovchi senzlarning yo`qligi saylov huquqining chinakam va real umumiyligini ko`rsatadi. Bu huquq demokratiyaning eng muhim prinsiplariga - xalq suverenitetiga, O`zbekiston fuqarolarining huquqiy jihatdan tengligiga asoslanadi. Aqldan ozganligi qonunda belgilangan tartibda aniqlangan shaxslarning mustasno qilinganligi tamomila tabiiy va qonuniyatli bir holdir. Buning boisi shuki, bunday shaxslar o`z hatti-harakatlari to`g`risida o`zlariga hisob berolmaydilar va saylovda qatnashish huquqidan ongli ravishda foydalana olmaydilar. O`zbekistonda saylovda qatnashish uchun yosh darajasi oqilona kamaytirilib, 18 yosh qilib belgilangan. Saylovda qatnashish uchun boshqa senzlar yo`qligi O`zbekistonda keng xalq ommasi saylovlarda faol qatnashish imkoniyatiga egadir. Masalan, 1999 yil 5 dekabrda Oliy Majlisga o`tkazilgan saylov vaqtida saylovchilarning 95,03 foizi ovoz berishda ishtirok etdi. 2004 yilning 26 dekabrida mamlakatimizda ilk bor O`zbekiston Respublikasining ikki palatali parlamenti – Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga saylovlar bo`lib o`tdi. Mazkur saylovlarda yuqoridagi partiyalar O`zlarining deputatlikka qo`ygan nomzodlari uchun kurash olib boradilar. Umumiy saylov huquqi O`zbekistonning barcha fuqarolariga nisbatan joriy etiladi. Fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va O`zbekiston hududida yashovchi ajnabiylar saylovda qatnashish va vakillik organlariga saylanish huquqiga ega emas. Umumiy saylov huquqi O`zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi vakolatxonalarida, kasalxonalarda, tug`ruqxonalarda, sanatoriylarda va boshqa 5