logo

FIZIOLOGIYAGA KIRISH

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

271.6748046875 KB
FIZIOLOGIYAGA KIRISH
Reja:
1. Fiziologiya  fani rivojlanishining qisqacha  tarixi, unga vatanimiz hamda chet
el olimlarining qo‘shgan hissalari. 
2. Asosiy fiziologik tushunchalar, fiziologik funksiyalarning boshqarilish yo‘llari
(mexanizmi). 
3. Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitiga moslashishi. 
4. Qo‘zg‘alishning yuzaga kelishida hujayra qobig‘ining ahamiyati. 
5. Mushak faoliyatida fiziologik funksiyalarning boshqarilishi. 
6. Funksional harakatchanlik (Labillik). 1.1. Odam fiziologiyasi haqida umumiy tushuncha
Fiziologiya   (yunon.   fizis-tabiat,   logos-ta’limot,   fan)   tirik   organizmning
funksiyalarini,   unda   sodir   bo’ladigan   jarayonlarni   o’rganadi.   Bu   fan   hujayra,
to’qima, a’zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo’lgan
barcha   murakkab   va   muhim   jarayonlarning   asosiy   mexanizmlarini,   ularning
funksional   aloqamandligini,   ichki   va   tashqi   muhit   sharoitiga   bog’langan   holda
keng ma’noda o’rganadi (Sherd, 1982). 
Organizmni   ta’minlaydigan   moddalar   almashinuvi,   ovqatlanish,   nafas   olish,
qon   aylanish,   ayiruv,   ichki   sekresiya   bezlari,   asab   tizimi   faoliyati   va   boshqa
vazifalar fiziolgiyaning asosiy  o’rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir
bo’ladigan   funksiyalarni,   ularning   hamma   xususiyatlarini,   ko’rinishlarini   o’zaro
munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli
sharoitida aniqlashga  intiladi. Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik)  va
individual   (ontogenetik)   rivojlanishini,   ularning   doimo   o’zgaruvchi   tashqi   muhit
sharoitiga   moslashishini   o’rganadi.   Shunday   qilib,   fiziologiya   organizm
funksiyasini   (lotincha   «funksio»-   ijro   qilish,   faoliyat   ko’rsatish)   har   bir   hujayra,
to’qima,   a’zo,   tizilmaning   bir   butun   organizm   sathidagi   bajaradigan   vazifasi   va
faoliyatini o’rgatadi (D.B.Dill, 1938). 
Odam   fiziologiyasi   –   tibbiyot   nazariyasining   poydevori   hisoblanadi,   uning
rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Odamda
uchrab   turadigan   ko’pgina   kasalliklarni   oldini   olishda,   me’yorida   o’sish   va
rivojlanishini   ta’minlashda,   turli   muhit   sharoitlariga   moslanishda,   atrof-muhit
tozaligini   saqlab   turishda,   mehnat   va   sport   mashqlarini   ko’ngildagidek   maqsadga
muvofiq   holda   tashkil   qilishda,   kishi   umrini   uzaytirish   muammolarini   yechishda
fiziologiya yutuqlariga tayaniladi. 1.2. Fiziologiyaning qisqacha tarixi
Odam organizmining hayot faoliyatini o’rganishga qadimgi Yunoniston, Rim,
Xitoy, Hindiston va Misr olimlari asos solgan. Masalan, Buqrot eramizdan oldingi
(460-377)   yillarda   tabiat   va   tibbiyot   sohasida   o’zigacha   bo’lgan   ma’lumotlarni
to’plab   kuzatishlari   asosida   tibbiyot   fanidan   7-ta   ilmiy   asarlar   yozgan,   bu
qo’llanmalardan   tabiatshunoslar,   shifokorlar   va   faylasuflar   2000   yil   davomida
foydalanib   kelmoqda.  Buqrot   ko’hna  Yunoniston   tibbiyotining  reformatori   (qayta
quruvchisi)   hisoblanadi,   yurak   va   qon   tomirlari,   hamda   odamning   mijozi
(temperamenti) haqida muhim ma’lumotlar bergan. 
Buqrotning   birinchi   ustozi   uning   otasi   Geraklid
bo’lgan.   U   Yunonistonda,   Rimda,   Kichik   Osiyoda   va
Liviyada shifokorlik maktablarini o’tgan va uni insoniyat
klinik   tibbiyotining   asoschisi   sifatida   tan   olgan.   Uning
nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng
tarqalgan.   Buqrotning   shifokorlarga   «Zarar   keltirma»
degan vasiyati xozirgi   zamon tibbiyot xodimlariga ham
taalluqlidir. 
Turli   hulq-atvor   va   hatti-harakatlarga   ega   bo’lgan   odamlar   mijozi   bo’yicha
Buqrot  quyidagilarni  yozgan:  mijozi  issiq   odamlarni   sangvinik-  serharakat,  ildam
deb atalgan. Vujudi sovuq, shilimshiq bo’lgan kishilarni flegmatik – «sovuqqon»,
vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqan, serjahl kishilarni xolerik deb atagan va vujudi
qora,   qo’yilgan   o’t   ko’payib   ketgan   kishilar   melanxoliklarni   tashkil   qilib,   ular
ivirsiydigan, o’ziga ishonmaganlardir.
Yunonistonda   yashagan   yirik   olim,   faylasuf   Arastu   tibbiyot   fanlarining,
tibbiyotning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib,
hayvonlarning   500   dan   ortiq   turining   tashqi   tuzilishini   tasvirladi   va   yangi
ma’lumotlar   berdi.   Arastu   asabni   bir-biridan   farq   qildi,   yurak   bilan   qon
tomirlarining   tuzilishini,   o’zaro   bog’liqligini   bayon   etdi.   U   tabiatshunoslikda
vitalistik   nazariyaning   birinchi   vakillaridan   bo’lgan   olimdir.   Arastuning   ilmiy Buqrot (Gippokrat , 
460-377) qarashlarida   ruh   birlamchi,   materiya   ikkilamchi   degan   fikrlarni   ham   ilgari   surdi.
Arastu   Buqrot   va   boshqa   ba’zi   olimlarning   tabiatshunoslikga   oid   ayrim   noto’g’ri
fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o’z kuchini saqlab keldi.
O’rta   asrlar   davomida   Sharq   mamlakatlarida   ilm   va   fan   juda   rivojlandi.
Xurosonda yashab ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq
al   Ibodiy   (808-877)   arab,   fors,   qadimgi   grek   tillarini   yaxshi   egallangan.   Buqrot,
Arastu,   Jolinus   va   boshqa   antik   olimlarning   ilmiy   asarlarini   arab   tiliga   tarjima
qilgan   olim-tarjimon   edi.   Tarjimalaridan   tashqari   Xusayn   ibn   Isoq   tomonidan
yozilgan   100   dan   ortiq   asarlaridan   aksariyati   tibbiyot   va   dorishunoslikka
bag’ishlangan   asliy   asarlar   nusxalari   bizga   yetib   kelgan.   Buqrot   va   Jolinusdan
keyingi   qadimgi   Sharq   tabobatining   yirik   nazariyotchi   namoyondasi   Husayn   ibn
Isoq   tomonidan   yozib   qoldirgan   meros   asarlari   boshqa   tillarga   ham   tarjima
qilingan.   Shunday   asarlardan   biri   «Javome’   kitob   Jolinus   fi-l-Bavl»   (Jolinusning
siydik   haqidagi   hamma   narsani     qamrab   olgan   kitobi)   dir.   Arab   tiliga   Xusayn
tarjima   qilingan   bu   asar   siydik   tahliliga   va   uning   asosida   tashxis   qo’yishga
bag’ishlangan.
Husayn   ibn   Isoqning   bizga   yetib   kelgan   tarjima   asarlaridan   yana   biri   «Ar-
risola-al   Qabriya»   deb   ataladi.   Risola   Buqrot   qalamiga   mansub   bo’lib,   uning
qabridan topilgani uchun qabriya deb atalgan. Risolaning asosiy qismi 25 hadisdan
iborat bo’lib, unda asosan davolab bo’lmaydigan kasalliklari bayon qilinadi. 
Husayn   ibn   Isoqning   arab   tiliga   tarjima   qilgan   mazkur   «Qabriya   risolasi»ni
Xomidxon ibn  Zohidxon  ibn  Muxammad  Sodiqxon Shoshiy  o’zbek  tiliga  tarjima
qilgan.   Bizga   bu   tarjimaning   Xomidxon   qo’li   bilan   yozilgan   qo’lyozma   nusxasi
yetib kelgan. 
Abu   Bakr   Muxammad   ibn   Zakariyo   ibn   Yaxyo   ar-Roziy   (865-925)   –
ensiklopedist   olim   Eronning   Ray     shahrida   tug’ilgan.   Roziy   haqida   ibn   Abi
Usaybin   (1203-1270)   shunday   degan   ekan:   «Roziydan   Adudiy   kasalxonani
qayerga qurish muvofiqroq deb so’raganda, Roziy Bog’dodning har-bir go’shasiga
bir   bo’lakdan   go’sht   osib   qo’yish   kerak,   qaysi   joyda   go’sht   kech   buzilsa,   o’sha
yerga   kasalxona   qurish   kerak,   deb   maslahat   bergan.   Adud   al-Davla   o’z   nomiga atab   quradigan   kasalxona   bitgach   Bog’doddagi   100   dan   ortiq   mashhur   tabiblarni
yig’adi, ulardan ilmiy mahorati, qobiliyatiga qarab 50 dan ortig’ini tanlaydi, Roziy
ular orasida bor edi. 50 tabibdan yana 10 tabib saralanadi, ular orasida ham Roziy
bor   edi.   Ulardan   bir   kishini   ya’ni   Roziyni   tanlab   va   uni   Adudiy   kasalxonasiga
mudir qilib tayinlaydi. 
Roziyning   bizgacha   yetib   kelgan   faqat   tibbiy   asarlarining   36   nomdagi
qo’lyozmasi   aniqlandi.   Shulardan   biri   «al-Kunnosh   al-Mansuriy»   («Mansurga
bag’ishlangan   to’plam»).   Bu   kitob   10   maqoladan   iborat,   ulardan   birinchisi   –
anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan. 
A.Roziyning   «al-Hoviy»   nomi   bilan   mashhur   «katta
to’plam» eng katta va muhim tibbiy asar bo’lib, unda Ray
va   Bog’dodda   o’zi   olib   borgan   klinik   kuzatishlar   va
tajribalarning   yakunini   qayd   qilgan.   «Al-Hoviy»   hajm
jihatidan   Ibn   Sinoning   «tib   qonunlaridan»   katta   bo’lgan
o’z   ichiga   deyarli   hamma   kasalliklarni   olgan.   Uning
yagona     qo’lyozma   nusxasi   Eskurial   (Ispaniya)da
saqlanadi.   Shu   qo’lyozma   asosida   uni   Haydarobodda
(Hindiston) 1955-1970 yillarda nashr etildi. 
Abu   Nasr   Muhammad   ibn   Uzlug’   ibn   Tarxon   al-Farobiy   Toshkentning
shimoliy-g’arbida joylashgan Farobda harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U
qomusiy   bilimlar   sardori.   O’z   zamonasining   yirik   tibbiyot   nazariyotchisi   va   shu
sohada jahonshumul  asarlar yozgan alloma hamdir. Al-Farobiyning 160 dan ortiq
astronomiya,   matematika,   falsafa,   tarix,   mantiq,   psixologiya,   tilshunoslik,
adabiyot, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarni qamrab olgan asarlari
mavjud.
Al-Farobiy   o’zining   tibbiyot   asarlarida,   inson   organizmi,   uning   funksiyasi
haqida   yozar   ekan,   organizm   bir   butun   yaxlit   tizimdan   iboratligini,   turli
o’zgarishlar   va   kasalliklar   esa   ovqatlanishning   o’zgarishi   bilan   bog’liqligini
ko’rsatib o’tadi. Farobiy, odam organizmi markaziy asab tizimi orqali boshqariladi,
bosh   miya   organizmda   o’zaro   munosabatni   yuzaga   keltirib   turadi   deydi.   Uning Abu Nasr Farobiy
(873-950) ta’kidlashicha,   organizmda   ikki   xil   boshqarish   kuchi   mavjud:   bulardan   biri
hayvoniy   boshqarilish,   bu   hayvonlarga   xos   xislat   yoki   noaql   (al-hayvon   g’ayri
notiq)   va   fikrlovchi,   aqlli   (al-hayvon   an   notiq)   nutqiy   xususiyat   deb   ta’riflaydi.
Shunday   qilib,   u   hayvonlarda   nutq   o’smagan-birlamchi   signal   tizimiga
bo’ysunuvchilar   deb  ko’rsatgan   bo’lsa,   odamlarni   nutqiy  fazilati  bo’lgan-ikkinchi
signal tizimiga xos fazilatli deb ta’riflaydi. Bundan ko’rinib turibdiki, Farobiy hali
Ovrupa   olimlaricha  qadar  xususan  rus  fiziologiyasining  otasi-I.M   Sechenovgacha
ming   yil   avval   fiziologiya   fanining   poydevori   bo’lgan   eng   murakkab   sohasi-oliy
asab   faoliyatining   birlamchi   va   ikkilamchi   signal   tizimining   rivojlanishiga   ilmiy
asos solgan. 
Abu   Saxl   Masihiy   Jurjoniy   (970-1010)   Gurgonda   tug’ilgan,   Xorazmda
yashab,   ijod   etgan.   O’sha   vaqtda   Xorazmda   Aburayhon   Beruniy,   Ibn   Sino,   Abul
Xayr,   Ibn   Iroq   va   boshqalar   ham   yashar   edi.   Masihiy   zamonasining   yirik
tabiatshunosi,   tabibi,   astronomi   va   faylasufi   bo’lgan   va   shu   sohalarga   oid   asarlar
yozgan.   Biroq,   fan   tarixida   Masihiy   tabib   sifatida   mashhurdir.   U   Ibn   Sinoning
yaqin do’sti va tabobat sohasida uning ustozlaridan biri bo’lgan. Masihiy Ibn Sino
bilan   birgalikda   Xorazmdan   Xurosonga   o’tib   ketayotganda   40   yoshda   1010   yili
vafot   etgan.   Masixiy   yozgan   8   tibbiy   asar   bizgacha   yetib   kelgan,   ulardan   biri
qomusiy   ahamiyatga   ega,   qolganlari   tabobatning   ayrim   masalalari:   umumiy
terapiyaga,   odam   a’zolarining   fiziologiyasiga,   chechakka,   o’lat   (chuma)   ga,
mijozga,   tomir   urushiga   va   badantarbiyaga   bag’ishlangan   Masihiyning   asosiy   va
eng katta asari «Qutub al-mi’a fi-s-san’at at tibiya» («Tabobat san’ati bo’yicha yuz
kitob») deb nomlangan. Bu asar bizgacha ko’pgina nusxalarda yetib kelgan. 
X-XI asrlarda O’rta Osiyo halqlarining Ovrupada
Avisenna   nomi   bilan   shuhrat   qozongan   ulug’   tabibi,
mutafakkir   va   olim   Abu   Ali   ibn   Sino   yashagan.   Ibn
Sino   980   yili   Buxoro   yaqinidagi   Afshona   qishlog’ida
tug’iladi.   U   450   dan   ortiq   asarlar   yozib   qoldirgan
bo’lsa   ham   bizgacha   ularning   242   tasigina   yetib
kelgan. Shulardan 43 tasi tabobatga oid. 
Abu Ali Ibn Sino 
(980-1037) Bulardan   barcha   tibbiy   sohalarni   qamrab   olgan   asar   «Tib   qonunlari»
hisoblanadi.   Bu   asar   beshta   katta   kitobdan   iborat.   Birinchi   kitob   –   tabobatning
nazariy   asoslari   hamda   amaliy   tabobatning   umumiy   masalalari   haqida   ma’lumot
beradi. Ikkinchi kitob o’sha davr tabobatida qo’llaniladigan dori-darmonlar haqida
zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Uchinchi kitob – inson
tanasining a’zolarda yuz beradigan «xususiy»  yoki  «mahalliy» kasalliklari  haqida
ma’lumot beradi.   To’rtinchi kitob – kishi a’zolarining birontasiga xos bo’lmagan
«umumiy»   kasalliklarga   bag’ishlangan.   Jumladan,   turli   isitmalar,   kasallik
davridagi   buxronlar,   shishlar,   toshma-jarohatlanishi,   bosh   suyagi,   ko’krak   qafasi,
umurtqa   va   qo’l-oyoqlarning   shikastlanishi   kiritilgan.   Beshinchi     kitob   –
farmokologiya   bo’lib,   unda   murakkab   tarkibli   dori-darmonlarni   tayyorlash   va
ulardan foydalanish usullari bayon qilingan. 
Ibn   Sinoning   tib   qonunlaridan   tashqari   «Tabobat   haqidagi   urjuza»si   alohida
ahamiyatga molikdir. Urjuza she’riy asar bo’lib, Ibn Sino qalarniga mansub she’riy
asarlarning eng barkamoli va ulug’idir. Ibn Sino bundagi g’oyalarning halqqa tezda
yetib   borishini   istaganligi   haqida   shunday   dedi:   «Men   bu   «Urjuzaga»   kamolot
to’nini   va   husn   saruposini   kiygizdim,   uni   o’rganish   osonroq,   mashaqqati   kamroq
bo’lsin deb, to’qilishini oson, vaznini yengil qildim». Buni natijasida, – deydi  Ibn
Sino, kimki unga idrok ko’zi bilan qarasa, bu hajmni kichik asar tufayli katta ilmga
erisha olishi mumkin. "Tib qonunlari" asarlarida Ibn Sino sport tibbiyotiga taalluqli
ko’pgina fikrlarni bayon etgan. U kishilarning sog’ligini mustahkamlashda va har
xil   kasalliklarning   oldini   olishda   jismoniy   tarbiya   va   jismoniy   madaniyatning
ahamiyatini   alohida   ta’kidlab   o’tgan.   Masalan,   «Sog’liqni     saqlashning   asosiy
tadbiri va uyqu ta’biri» yoki «Mo’’tadil ravishda va o’z vaqtida badantarbiya bilan
shug’ullanuvchi   odam   buzilgan   xiltlar   tufayli     kelgan   kasalliklarning   va   mijoz
hamda   ilgari   o’tgan   kasalliklar   tufayli   keluvchi   kasalliklarning   davosiga   muhtoj
bo’lmaydi».
Bundan ming yil muqaddam jismoniy mashg’ulotlarni shug’ullanuvchilarning
shaxsiy   xususiyatlariga   qarab   tuzish   haqidagi   olimning   yuritgan   fikrlari   xozirgi
kunda   ham   kishini   ajablantiradi.   «Har   bir   odam   uchun   o’ziga   xos   harakatlar tanlanishi   kerak»,   «kuchsiz   kishilarning   badatarbiyalari   yengil,   kuchlilarniki   esa
zo’rroq bo’lishi kerak», «agar uzviylar juda mo’’tadil bo’lsa, ular uchun mu’tadil
badantarbiya   muvofiq   keladi»,   «tez   va   shiddatli   harakatlar   yengillari   bilan   birga
qilinadi. Harakatlarni turlicha qilib almashtirib turish va bir harakat ustida  to’xtab
qolmaslik kerak» va hakazo». Badantarbiyaning davomiga kelsak, - deydi Ibn Sino
– quyidagi uch narsaga e’tibor beriladi: birinchisi- terining rangi, agar u yaxshilana
borsa,   harakatlarni   hali   davom   ettirish   mumkin,   ikkinchisi   –harakatlarning
yengilligi,   agar   ular   hali   yengil   bo’lsa,   ularni   tamomlash   muhlati   hali   kelmagan
bo’ladi:   uchinchisi-uzvlarning   holati,   agar   ularning   ko’pchishi   davom   qilsa,
harakatni davom ettirish mumkin. Agar bu holatlar   yo’qolib, chiqqan ter tomchi-
tomchi bo’lib oqa boshlasa harakatlarni to’xtatish kerak».
Shunday   qilib,   Ibn   Sinoning   cheksiz   ilmiy   qarashlari,   tibbiyotga   kiritilgan
yangiliklari   o’rta   asrlarda   Sharq   va   G’arb   olimlari   dunyoqarashiga   katta   ijobiy
ta’sir ko’rsatdi. 
Ibn al-Nafis to’liq ismi Alouddin Ali Abu-l Xaram al Qarshiy (1288 yili vafot
etgan)   bo’lib,   tabobat   tarixidan   kichik   (o’pka)   qon     aylanishini,   birinchi   kashf
qilgan tabib sifatida joy olgan.
XVII   asrning   yarmida   Farangiston   faylasufi   Rene
Dekart   refleksni   kashf   etganligi   fiziologiyaning
rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi. 
Dekartning   taxminicha   sezgi   uzvlari   ta’sirlanganda
bosh   miyaga   boruvchi   asab   tolalari   taranglashadi   va
miyaning   ichki   yuzasida   joylashgan   teshiklar   ochilib,
ular   orqali   miya   qorinchalaridagi   «hayvon   ruhlari»
chiqadi.   Alanga   zarrachasiga   o’xshash   bu   «ruxlar»   asablar   orqali   mushaklarga
kelib,   ularning   qisqarishiga   sabab   bo’ladi.   Dekartning   bu   «dualistik»   falsafasi
haqiqatdan   ancha   uzoq   edi,   uning   qarashlari   ancha   sodda   bo’lib   ko’rinsa   ham,
Dekart reflektor reksiyasini va refleks vaqtida asab impulsi o’tadigan yo’lni tasvir
etganligini tan olmay bo’lmaydi. «Refleks» iborasining o’ziga kelsak uni XVIII asr
oxirida chex olimi G.Proxaska joriy qilgan. 
R.Dekart  (1596-1650) Ernest Genri Starling mashhur ingliz fiziologi, London
Universitetining   professori,   hazm   va   qon   aylanish
fiziologiyasi  bo’yicha katta tadqiqotlar olib borgan. U
ilk   bor   «gormon»   iborasini   ilmiy   adabiyotga   kiritgan,
hamda   yurak   mushaki   tolalarining   qisqarish   kuchi,
ularning   qisqara   boshlashdan   oldingi   uzunligiga
bog’liq   ekanligini   aniqlab   «yurak   qonuni»   ga   asos
solgan.   Uning   fikricha,   diastola   vaqtida   mushaklar
qancha cho’zilsa yurakning qisqarish kuchi shuncha ortiq bo’ladi. 
XVIII   asrning   oxirlarida   Italiya   olimi   L.Galvani   «Hayvon   elektri»   haqidagi
ta’limotni   «Mushak   harakatidagi   elektr   kuchlari   to’g’risidagi   traktat»   degan
mashhur   asarida   (1791)   zamonaviy   elektrofiziologiyaga   asos   soldi.   Bu   sohaning
rivojlanishida   K.Matteuchi,   E.Dyubua-Raymon,   E.Pflyuger,   V.Yu.Chagoves,
Yu.Bernshteyn va A.Xakslilarning xizmati juda katta. XIX asrda asab faoliyatining
reflektor nazariyasi yaratildi. XIX asr boshlarida orqa miya reflekslari o’rganildi va
refleks   yoyi   tahlil   qilindi:   Fransua   Majandi   bilan   Iogans   Myuller   markazdan
qochuvchi   va   markazga   intiluvchi   tolalarning   orqa   miya   ildizlarida   tarqalishini
aniqlashdi (Majandi  qonuni). XIX asrning oxirlarida M.Flurans o’z tadqiqotlarida
qushlarning   bosh   miya   katta   yarim   sharlarini   olib   tashlab,   sezgi   va   ixtiyoriy
harakatlarning kelib chiqishida shu yarimsharlarning rolini eksperimentda isbotlab
berdi.
1863   yillardan   boshlab   «Bosh   miya   reflekslari»
degan   yirik   asarini   nashr   qilgan   rus   fiziologiyasining
otasi Ivan Mixaylovich Sechenovning ishlari juda katta
ahamiyatga   ega   bo’ldi.   Ushbu   kitobida   I.M.Sechenov
birinchi   bo’lib   oliy   asab   faoliyati   fiziologiyasiga   asos
soldi. 
Ulug’   rus   fiziologi,   butun   jaxon   fiziologlaridan
biri  Ivan Petrovich   Pavlov fiziologiyaning rivojlanishi  tarixida yangi  davr  ochdi.
I.P.Pavlov   organizmning   fiziologik   funksiyalarini   uning   tevarak-atrofidagi   muhit E.G.Starling (1866-
1927
I.M.Sechenov (1829-
1905) sharoiti   bilan   bog’lab   yaxlit   holda   o’rganish   kerak   deb   talab   qildi   va   shu   fikrni
ilgari surdi. 
Odam   va   hayvon   organizmining   voqyelikni   aks   ettiruvchi   oliy   a’zo   –   bosh
miya katta yarimsharlari po’stlog’ining haqiqiy fiziologiyasi, I.P.Pavlovning ta’rifi
bilan aytganda, chinakam fiziologiyasi shu tariqa vujudga keldi. 
I.P.Pavlovning   oliy   asab   faoliyati   to’g’risidagi   ta’limoti   hozirgi   psixologiya,
pedagogika va falsafaning tabiiy-ilmiy asosidir.  
Bu   ta’limot   jismoniy   tarbiya   nazariyasi   uchun   ham
juda   katta   ahamiyatga   egadir.   Jismoniy   tarbiya
tadbirlari   tizimi   ta’siri   bilan   murakkab   jarayonlar   va
funksiyalarning   qayta   ko’rilishini   I.P.Pavlovning   oliy
asab faoliyati asosidagina to’g’ri tahlil qilish mumkin.
I.P.Pavlov   hayvonlar   bilan   odamning   oliy   asab
faoliyatini   tekshirib,   organizm   bilan   tashqi   muhit
o’rtasidagi   bog’lanishning   yangi   shaklini   –   shartli
reflekslarni kashf etdi. 
I.P.Pavlov   hayvonlar   fiziologiyasi   fani   bilan   shug’ullandi.   Bu   fan   hayvon
organizmidagi   a’zolar   faoliyatining   asosiy   qonunlarini   o’rganadi.   Ovqatlanish,
nafas olish, qon aylanishi va shunga o’xshashlar tiriklikning alomatlaridir. Ammo
fiziologiya   butun   organizm   hayotini,   uning   tashqi   muhitga   munosabatini   ham
tekshiradiki,   Pavlovni   bu   ham   g’oyat   qiziqtirar   edi.   Shu   sababli   bo’lsa   kerak,
dastlabki  vaqtlarda I.P.Pavlov qon aylanish a’zolari  fiziologiyasi, jumladan yurak
faoliyatini   tekshirishga   kirdi.   Odamlar   ustida   qilib   bo’lmaydigan   jarrohliklarni
hayvonlarda   qilib   ko’rdi,   chunonchi:   qon   tomirlarini   bo’g’ib   bog’lash,   asablarga
elektr energiyasi bilan ta’sir etish, yangi dori moddalarining yurakka qanday ta’sir
etishini    tekshirish   maqsadida  qonga   shu  moddalarni   yuborish   va  boshqalar  bilan
shug’ullandi.   1904   yilda   maxsus   qo’mita   I.P.Pavlovga,   uning   tibbiyotga   katta
yordam   ko’rsatgan   ovqat   hazm   qilish   sohasidagi   kashfiyotlari   uchun   oliy  halqaro
ilmiy   mukofotini   –A.Nobel   mukofotini   berishga   qaror   qildi.   Haqiqatda,   Pavlov
ovqat   hazm   qilish   qonunlari   ustida   ishlab,   faqat   tibbiyotni   emas,   balki   tirik I.P.Pavlov (1849-1936) tabiatning   rivojlanishiga   xos   umumiy   qonunlar   haqidagi   fanni   ham   ilgari   surdi,
boshqacha aytganda, u faqat fiziologgina emas, balki biolog ham edi. 
I.P.Pavlov erishgan yutuqlari bilangina qanoatlanib qolmadi, u o’z ishlarining
natijalari haqida ajoyib ma’ruzalar qildi va shu bilan birga fiziologiyaning bundan
ham   qiziqroq   sohasi-oliy   asab   faoliyati   haqidagi   ta’limot   borligini   va   o’zining
kelgusi hayotini shu sohaga bag’ishlash niyatida ekanligini aytdi. 
Ovqat  hazm  qilish  fiziologiyasi  sohasida  jahonga  mashhur   bo’lgan  rus  olimi
nima   sababdan   o’z   ilmiy   tekshirishlari   yo’nalishini   to’satdan   o’zgartirayotganini
ko’p   olimlar   tushunmaydilar.   Ammo   I.P.Pavlov   ular   o’ylagandan   butunlay
boshqacha odam edi. Uning fikrini yangi masalalar va ilmiy g’oyalar band qildi. U
hamma   vaqt   chet   el   fiziologlardan   oldinda   turar   va   eksperimental   ilmiy
tekshirishlar qilish uchun yangi sohalar izlar edi. 
I.P.Pavlov umrining so’nggi oy va haftalarida yosh tabiatshunoslarga, ayniqsa
o’z hayotini ilmiy ijodiy ishga bag’ishlashga qaror qilgan yoshlarga qaratib ajoyib
maktub-vasiyatnoma yozadi. 
Quyida I.P Pavlovning o’sha ajoyib maktubini to’liq keltiramiz:
«Vatanimning, o’zini fanga bag’ishlagan yoshlaridan men nima istar edim?
Eng birinchi-izchil bo’lishlaringizni istayman. Fanda samarali ish olib bormoq
uchun   eng   zarur   bo’lgan   ana   shu   shart   haqida   hyech   qachon   hayajonsiz   gapira
olmayman.   Izchillik,   izchillik   va   yana   izchillik.   Ishingizning   boshdanoq   bilim
orttirishda qat’iy izchillikka o’rganingiz. 
Fan cho’qqilariga chiqishga harakat qilishdan oldin fan alifbosini o’rganingiz.
Birinchi   mavzuni   chuqur   bilib   olmasdan   turib   hyech   qachon   ikkinchi   mavzuga
tushmangiz. O’z bilimlaringizdagi kamchiliklarni hatto juda dadil aytilgan taxmin
va gipotezalar bilan ham bekitib-yashirib ketmangiz. Taxmin va farazlar sizni har
qancha   mahliyo   qilmasin,   ularning   omonat   imorat   kabi   qulab   tushishi   muqarrar,
ular sizni sharmanda qilishdan boshqa narsaga yaramaydi. 
O’zingizni tutabilishga va sabrli bo’lishga o’rganingiz. Dalillarni o’rganingiz,
chag’ishtirib ko’ringiz va to’plangiz.  Qush   qanoti   har   qancha   mukammal   bo’lsa-da,   havoga   tayanmasa   qushni
hyech qachon osmonga ko’tarib chiqolmagan bo’lar edi. Dalillar olimga suv bilan
havoday   zarur.   Dalillaringiz   quruq   gapdan   iborat   bo’lib   qoladi.   Biroq,   tajriba
qilganda,   kuzatish   o’tkazganda   dalillarga   yuzaki   qaramangiz,   ularni   yig’ib
qo’yuvchi kishiga o’xshab qolmangiz. Dalillarning paydo bo’lish sirlarini bilishga
harakat qilingiz. Dalillarni boshqaruvchi qonunlarni sabot bilan qidiringiz.
Ikkinchi   –   kamtar   bo’lishlaringizni   istayman.   Hamma   narsani   bilaman   deb
hyechqachon   o’ylamangiz.   Sizga   har   qancha     yuqori   baho   berishsa   ham,   siz
o’zingizga-hali ko’p narsani bilmayman, - deyishga jur’at qila bilingiz.
Mag’rurlikka   berilmangiz.   Mag’rurlik   tufayli,   rozi   bo’lish   kerak   bo’lganda
qaysarlik qilasiz;  mag’rurlik tufayli, foydali maslahat va do’stona yordamdan voz
kechasiz; mag’rurlik tufayli, obyektivlik mezonini yo’qotib qo’yasiz. 
Mening   qo’l   ostimdagi   jamoaga   butun   ishni   hamma   bir   jon-bir   tan   bo’lib
bajaradi.  Hammamiz     bitta   umumiy  ishga   bel   bog’laganmiz   va   ishni   har   kim   o’z
kuchi va imkoniyatlariga yarasha bajaradi, ilgari suradi. Bizda ko’pincha «seniki»
degan gap yo’q, bu narsa umumiy ishimiz uchun faqat foyda keltiradi. 
Uchinchi   -   ehtirosli   bo’lishlaringizni   istayman.   Esingizda   bo’lsin:   fan
odamdan   umrbod   ishlashni   talab   qiladi.   Basharti   ikki   marta   umr   ko’rganingizda
ham bu umringiz kamlik qilar edi. Fan odamdan ko’p g’ayrat va zo’r ehtiros talab
qiladi. Ishingizda va tekshirishlaringizda ehtirosli bo’lingiz. 
Vatanimiz   olimlar   uchun   keng   yo’l   ochib   qo’ygan   va   shuni   e’tirof   etish
kerakki,   mamlakatimizdagi   fan   turmushga   ayamasdan   tatbiq   etilmoqda.   Bizdagi
o’z-o’zidan   ayon-ku.   Yosh   olimlardan   hyech   narsa   ayamaydi,   lekin   ko’p   narsa
talab qilinadi. Biz uchun ham, yoshlar uchun ham sharafli masala- Vatanimizning
fanga qo’ygan buyuk ishonchini oqlashdir».
Shunday qilib, I.P Pavlovning ishlari – qon aylanish fiziologiyasi, ovqat hazm
qilish   fiziologiyasi   va   miya   fiziologiyasining   eng   sirli   tomonlarini   ochib   tashlab,
ularni   tajribada   tekshirish   imkoniyatini   tug’diradi   va   I.P.Pavlov   bu   masalalarning
har birini to’la-to’kis va mukammal yoritib beradi. Alloma, tabiatshunos olim, rus fiziologiyasining   iftixori   va   shon-shavkati   I.P.Pavlovning   nomi   jahon   fiziologlari
xotirasida abadiy qoladi.
1 .3.  Fiziologiyaning boshqa fanlar bilan aloqasi
Odam fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng sertarmoq fan hisoblanadi. Bu
tarmoqlardan solishtirma fiziologiya, evolyutsion fiziologiya, ekologik fiziologiya,
me’yoriy   fiziologiya,   patologik   fiziologiya   va   boshqalarni   qayd   qilib   o   tish
mumkin.   Biroq,   fiziologiya   o’z   tekshirishlarida   boshqa   tabiiy   fanlar   bilan   yaqin
aloqada bo lib, o’z navbatida turli fanlarning rivojlanishiga poydevor bo’lib xizmat
qiladi.   Masalan,   odam   fiziologiyasi   fizika   bilan   kimyo   qonunlariga   tayanadi   va
ularning   tekshirish   usuiiandan   keng   foydalanadi.   Har   bir   hayotiy   hodisalarni
tekshirishning   fizik   va   kimyoviy   yo’nalishlari   biofizika   va   biokimyo   degan
mustaqil fanlarning paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Fiziologiya   morfologik   fanlar   -   anatomiya,   gistologiya   va   sitologiya   bi   lan
yaqin   aloqada   bo’lib,   rivojlanib   kelmoqda,   chunki   morfologik   va   fiziologik
hodisalar   bir-biri   bilan   chambarchas   bog’langan.   Organizm   va   uning  a’zolarining
shakli,   tuzilmasi   va   funksiyalarini   bilmay   turib   yaxlit   organizmning   faoliyatini
o‘rganib bo’lmaydi.
Fiziologiya   bilan   tibbiyotni   bir-biridan   ajratib   bo’lmaydi.   Fiziologiya
tibbiyotga nazariy ozuqa beradi va uni poydevori bo’lib xizmat qiladi. Tibbiyotda
fiziologiyaning  qonuniyatlari,  uning nazariy  va amaliy  ulkan  yutuqlari   muntazam
ravishda   keng  tadbiq   etiladi.  Tibbiyot   esa   o’z   navbatida  fiziologiya   uchun  g’oyat
ko’p   qimmatli   ma’lumot   beradi.   “Patologik   hodisalar   dunyosi   fiziologik
hodisalarning   har   xil   favqulotda,   ya’ni   hayot   motadil   o’tayotganda   ro’y
bermaydigan   kombinatsiyalarining   cheksiz   qatoridir.   Bular   tabiatda   va   hayotda
bo’ladigan   fiziologik   tajribalarning   go’yo   bir   qatori   ekanligi   shubhasiz,   bular
ko’pinpha   hodisalarning   shunday   kombinatsiyalariki,   zamonaviy,   fiziologlarning
hali   xayoliga'   ham   kelmaydi   va   ba’zan   ularni   tiziologiyaning   hozirgi   texnikaviy
vositalari   bilan   ataylab   gavdalantirib   bo’lmaydi”.   Shu   tufayli   fiziologiyaning
alohida bo’limi sifatida klinikfiziologiya shakllangan. Fiziologiya   pedagogika   va   psixologiya   fanlari   bilan   ham   bog’liq.   Oliy   asab
faoliyati haqidagi ta’limot zamonaviy psixologiya va pedagogikaning asosidir.
Fiziologiyaning   pedagogika   uchun   amaliy   ahamiyati   shundan   iboratki,
bolaning   mehnati   va   turmush   sharoitini   to’g’ri   tashkil   etish,   to’g’ri   tarbiya
tadbirlarini o’tkazish uchun pedagog va psixolog bola organizmida ro’y beradigan
fiziologik   jarayonlarning   yoshga   aloqador   xususiyatlarini   bilishi   kerak.   Bu   soha
uchun ma’lumotlar beradigan fan yosh fiziologiyasidir.
Ma’lumki, jismoniy madaniyat  tarbiyaning juda muhim  vositasidir, chunki  u
kishining   har   tomonlama   rivojlanishiga   amaliy   yordam   beradi,   uning   aqliy,
jismoniy' ma’naviy va estetik qobiliyatlarini o’stiradi. Jismoniy tarbiya bolalardan
tortib   keksalargacha   hamma   aholi   tabaqalarini   o’z   ichiga   olishi   kerak.   Shuning
uchun   jismoniy   tarbiya   odam   organizmining   asosan   harakat   faoliyatini
rivojlantirish   yo’li   bilan   ta’lim-tarbiya   olishga   va   sog’likni   yaxshilashga   katta
yordam   beradi,   kishining   umrini   uzaytiradi.   Sportning   har   bir   turi   odamning
harakat, aqliy, ma’naviy iroda qobiliyatlarini va sifatlarini  o’stiradigan pedagogik
fan sport fiziologiyasidir.
Jismoniy   tarbiyaga   oid   fiziologiyaga   odam   organizmini   turli   kasalliklardan
saqlashdek   katta   ma’suliyatli   vazifalar   yuklatiladi,   boshqacha   aytganda,   jismoniy
tarbiyaga tashxis nuqtai nazaridan katta ahamiyat beradi. Jismoniy tarbiya va sport
odamni sog’lom, bardam, tetik, baquvvat qiladi, chiniqtiradi.
Sport   fiziologiyasi   odam   organizmini   chiniqtirish   va   jismoniy   kamolga
yetkazishdan   tashqari,   yoshlarimizda   vatanparvarlik,   o’z   faoliyatini   jamoa,   davlat
ehtiyojlari va manfaatlariga bo’ysundira bilish kabi fazilatlarni shakllantiradi.
Jismoniy   tarbiyaning   asosiy   vositalari   gimnastika,   har   xil   sport   o’yinlaridir.
Jismoniy tarbiyaning bir qismi bo’lmish sport odamning boshqa faoliyati kabi. oli\
asab   faoliyatining   yuzaga   chiqishi   bilan   bog’langandir.   Odam   sport   bilan
shug’ullanganda   xarakterli   haralcatlarni   o’z   organizmiga   ta’sir   etib,   uning   ish
qobiliyatini qisqa va uzoq vaqt davomida zo’r berib ishlashga tayyorligini oshiradi.
Ta’lim-tarbiya   jarayonida   murabbiy-pedagoglar   amal   qiladigan   didaktik
tamoyillarga   kelsak,   sport   fiziologiyasi   tajribalaridan   xulosa   qilib   olingan   bu tamoyillariga ham L.P.Pavlovning oliy asab faoliyati (OAF) to’g’risidagi ta’limoti
asos qilib olinishi kerak.
1 . 4 .  Fiziologiyaning asosiy tekshirish usullari
Umumiy fiziologiyaning eng asosiy usuli - eksperiment (tajriba) hisoblanadi.
Fiziolog   fiziologik   jarayonlarning   qanday   qilib   va   nima   uchun   sodir
bo’layotganligini   bilishga   intiladi.   Buning   uchun   eksperimentator   yaratadigan   va
o’zgarib turadigan sharoitda tajriba o’tkazilishi kerak.
Organizmdagi   biror   a’zoning   funksiyasi   yoki   ahamiyatini   bilish   uchun
fiziolog   shu   a’zoni   yoki   uning   biror   qismini   olib   tashlaydi   (olib   tashlash   yoki
ekstirpat^iya usuli)   yoki  organizmning yangi   joyga ko’chirib o’tkazadi  (ko’chirib
o’tkazish   yoki’   transplantatsiya   usuli)   va   bu   jarrohlikdan   keyin   qanday   oqibatlar
qolishini   kuzatishadi.   Bunday   usullar   ayniqsa   ichki   sekretsiya   bezlarini   va
markaziy asab tizimini o’rganishda juda qo’l keladi. A’zo faoliyati asab tizimining
ta’siriga   bog’liq  ekanini  bilish  uchun   shu  a’zoga  boradigan  asab   tolalari  qirqiladi
(denervatsiya usuli). A’zolarning qon tomirlar tizilmasi bilan aloqasini uzish, turli
qon tomirlari bog’lab tashlanadi (ligatura solish usuli) yoki bir tomirning markaziy
qismi   ikkinchi   tomirning   periferik   qismiga   tikib   ulanadi   (tomirlar   anastomozi
usuli).   Organizmning   ichkarisida   joylashgan   va   shuning   uchun   bevosita   kuzatib
bo’lmaydigan   ba’zi   a’zolar   faoliyatini   o’rganish   uchun   naycha   usuli   qo’llaniladi.
Bu   usulning   bir   variantida   a’zo,   masalan,   me’da,   ichalc,   qovuq   bo’shlig’iga
plastmassa   yoki   metal   1   nay   kiritilib,   buning   ikkinchi   uchi   teriga   mahkamlab
qo’yiladi; boshqa variantda esa bezlar yo’li teri yuzasiga chiqarib qo’yiladi. Yurak
qon   tomirlari,   bez   yo’llarida   o’tkaziladigan   ko’p   tekshirishlarda   ularga   ingichka
naylar-kateterlar   turli   asboblarga   ulanadi   yoki   muayyan   moddalar   shu   kateterlar
orqali   yuboriladi   (kateterizatsiya   usuli).   A'zolar   faoliyatini   sun’iy   qo’zg’atish
uchun   fiziologlar   elektr,   mexanik,   kimyoviy   va   boshqa   biror   yo’l   bilan   ta’sir
ko’rsatishadi.
A’zolarning   funksiy   alar   ini   tekshirish   uchun   qo’llaniladigan   yuqoridagi
usullarning   ko’pchiligi   tirik   organizmni   yorish   yoki   jarrohlik   qilishni   talab   etadi. Bu usullar o’tkir va surunkali-xronik tajribalarda tatbiq etiladi. Odatda uzoq davom
etmaydigan   o’tkir   tajribalarda   hayvonga   narkoz   berib   yoki   boshqa   usulda
harakatsiz   qilib   qo’yib,   a’zolarining   funksiyasi   o’rganiladi,   asablarga   ta’sir   etish,
dori   moddalar   yuborish   va   shunga   o’xshashlarning   ta’siri   tekshiriladi.   Surunkali-
xronik   tajribalarda   fiziologlar   hayvonni   har   xil   xirurgik   operatsiya   qilib,   u
tuzalgandan   keyin   tekshira   boshlashadi.   Operatsiya   qilingan   hayvonni   ko’pincha
bir necha hafta, oy va ui 1 lab kuzatsa bo’ladi.
A’zolar   funksiyasi   butun   organizmdagina   emas,   organizmdan   ajratilgan
sharoitda   ham   o’rganiladi.   Qirqib   olingan   (boshqacha   aytganda,   organizmdan
ajratib olingan) a’zo tomirlaridan shu maqsadda muayyan eritmalar o’tkaziladi, bu
eritmalar   tarkibini   eksperimentator   tartibga   solib   turadi   (perfuziya   usuli)   va   tirik
to’qimalar   uchun   zarur   tashqi   muhit-muayyan   harorat,   namlik   va   shu   kabilar
muhayyo qilinadi.
Yuqorida   sanab   o’tilgan   usullarning   hammasi   organizmda   sodir   bo’ladigan
jarayonlar tabiatini chuqur bilib olishga xizmat qiladi. Ular hujayra darajasigacha,
hatto   uning   a’zolarigacha   tahlil   qilinadi,   mikrofiziologik   tajribalarda,   masalan,
yakka mushak, asab hujayrasi va boshqa hujayralar tekshiriladi. Biror a’zo to’qima
yoki   hujayrada   ro’y   beradigan   har   bir   fiziologik   jarayonni   organizmda   sodir
bo’ladigan boshqa hamma jarayonlardan alohida o’rganish fiziologiyadagi analitik
(tahliliy)   tadqiqot   vazifasidir.   Bu   holda   yolg’iz   a’zo,   to’qima,   hujayraning
funksiyasi,   faqat   shu   jarayon   haqida   har   tomonlama   tasavvur   olish   mumlcin.
Ammo organizmning hayot faoliyatini to’g’ri bilib olish uchun buning o’zikamlik
qiladi. I.P.Pavlov “Sintetik fiziologiya” deb atagan tadqiqotlar yo’nalishi zarur. Bu
faoliyatni   1.P.Pavlov   ayrim   a’zo,   to’qima   va   hujayralarni   o’rganadigan   “tahliliy
fizioligiya”ga qarshi qo’ygan edi. I.P.Pavlov so’zlari bilan aytganda organizmning
tashqi muhit bilan hamma aloqalarini va o’zaro munosabatlarini o’rganish sintetik
fiziologiyaning vazifasidir. Bunday tekshirishda fiziolog organizm o’rganilayotgan
sharoitni tabiiy sharoitga maksimal darajada yaqinlashtirishga intiladi.
So’nggi   yillarda   fiziologlar   va   tibbiyot   xodimlari   fizika,   radiotexnika,
elektronika va kibernetikaning zamonaviy muvaffaqiyatlaridan foydalanmoqdalar, bu esa sog’lom va kasal organizm funksiyalarini o’rganishda katta yordam beradi.
Organizm   funksiyalarni   tekshirishning   yangi   usullari   ishlab   chiqildi,   eski   usullar
takommillashtirildi,   odam   va   hayvonlar   organizmiga   qanday   bo’lmasin   shileast
yetkazmasdan uning ko’p funksiyalarini o’rganish mumkin bo’lib qoldi. Masalan,
miyachaga   elektrodlar   qo’yib   va   elektr   o’lchash   jihozlarini   tatbiq   etib   miyachada
sodir   bo’ladigan   elektr   hodisalari   o’rganilmoqda   va   shu   ma’lumotlarga   asoslanib
boshqa   a’zolarning   holati   haqida   tasavvur   olinmoqda.   Elektr   usullari   organizmda
bo’ladigan   mexanik,   tovush,   harorat   va   boshqa   jarayonlarni   o’rganishga   ham
imkon beradi (La Yange F., 1889; Astrand P., Rodahl, 1986).
Odam butun organizmining funksiyalarini tekshirish uchun turli hujayra, a’zo,
tuzilmalarda   ro’y   beruvchi   ko’p   va   turli-tuman   fiziologik,   fizikaviy   va   kimyoviy
jarayonlarni  bir yo’la yozib olish g’oyatda muhimdir. Zamonaviy texnika bunday
imkoniyatni   muhayyo   qilib   berdi.   Ayni   vaqtda   ko’p   turli   jarayonlarni   kuzatish
natijalarini   tez   tahlil   qilish   va   bu   jarayonlarning   qonuniy   nisbatlarini   aniqlashdek
murakkab   vazifa   kelib   chiqdi.   So’nggi   yillarda   fiziologlar   fiziologik   axborotni
tahlil   qilish   va   qayta   ishlash   uchun   kompyuterlarni   tatbiq   eta   boshladi,   bu   esa
hozirdayoq yangi muhim natijalar bermoqda.
1.5.  Organizm va  tashqi muhit 
Odam   organizmi   murakkab   biologik   tizim   bo’lib,   u   hujayralar,   to’qimalar,
a’zolar   va   funksional   tizilmalardan   tashkil   topgan.   O’zbek   tilida   chop   qilingan
ba’zi-   bir   fiziologik   darsliklarda   organizm   haqida   bunday   ta’rif   berilgan:
“Organizm-   organik   odamning   mustaqil   yashay   oluvchi,   o’z-o’zini   boshqara
oluvchi va tashqi muhitning turli o’zgarishlariga bir butun tizim sifatida javob bera
oluvchi   birligidir”.   Organizmni   ayrim   qismlar   yoki   ayrim   hujayralar   xududining
to’plarni   deb   emas,   balki   bir   butun   tizim   deb   qarash   kerak.   Murakkab
organizmning   hamma   a’zolari   bir   biriga   uzluksiz   ta’sir   etkazadi.   Bularning
hammasi   bir   butun   murakkab   organizmni   tashkil   qiladi.   L.M.Sechenov
ta’kidlanganidek,   “organizmning   yashashiga   yordam   beradigan   o’zgaravchan tashqi   muhit   bo’lmasa   uning   yashashi   mumkin   emas”.   Bu   degan   so‘z,   organizm
o’z atrofidagi tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sir etkazib turgandagina yashay oladi va
shunday o‘zaro ta’sir natijasida o’z-o’zini yangilanib turadi. 
Organizm naqadar murakkab tuzilganligidan qat’i nazar, uning barcha to’qima
va   a’zolari   bir-biri   bilan   uzviy   bog’langan   holda   ishlaydi.   Bu   bog’lanish   asab   va
gumoral   (qon   orqali)   yo’l   bilan   boshqariladi.   Shuning   uchun   odam   organizmi,
uning barcha hujayra, to’qima va a’zolari bir butun deyiladi.
Organizmning   o‘ziga   xos   belgisi   shuki,   uning   tizilmalari   mukammal   tarzda
tashkil topgan va o’ziga xos murakkabligi bilan farq qitadi. Murakkab tashkilotga
ega bo’lgan odam organizmi-bir butun yaxlit mavjudotdir, unda barcha tizilmalar,
hujayralar to‘qimalar, a’zolar va ularning tizimlari bir-biriga uyg‘un bo’lib, butun,
yaxlit organizmga bo’ysungan.
1.6. Organizmning yashash sharoitiga moslashishi (adaptatsiyasi)
Muhitning   o‘zgaruvchan   sharoitlariga   organizmning   moslashish   jarayoni
adaptatsiya deyiladi: adaptatsiya xalqaro termin bo‘lib, organizmning tabiat, ishlab
chiqarish   va   ijtimoiy   sharoitlarga   moslashishini   bildiradi.   Adaptatsiya   hujayra,
organ, sistema va organizmdagi tug‘ma hamda ortirilgan moslashish faoliyatining
hamma   turlarini   o‘z   ichiga   oladi.   Adaptatsiya   qulay   (adekvat)   bo‘lmagan   muhit
sharoitlarida   gomeostaz   turg‘unligini   saqlaydi,   ish   qobiliyatini,   hayotning
maksimal muddatini va ishlab chiqarishni ta’minlaydi. Lekin hamma kishilar ham
muhitning   ayni   sharoitlariga   bir   xilda   va   tuliq   adaptatsiya   qilolmaydi,   bunda
kishining   jinsi,   yoshi,   asab   tizimining   tipi,   salomatligi   darajasi,   jismoniy
chiniqqanligi ega bo‘ladi.
Adaptatsiya   ikikga   bo‘linadi:   tezlik   bilan   yuzaga   keladigan
(takomillashmagan) va uzoq muddatli (takomillashgan) adaptatsiya.
Tezlik bilan yuzaga keladigan adaptatsiya reaksiyasi  ta’sir boshlangan zahoti
hosil bo‘lib, oldin shakllangan tayyor fiziologik mexanizm orqali amalga oshadi. Uzoq   muddatli   adaptatsiya   organizmga   muhit   omillarining   uzoq   vaqt
davomida   yoki   ko‘p   qayta   ta’sir   etishda   asta   –   sekin   shakllanadi.     U   tezlik   bilan
yuzaga keladigan adaptatsiyaning ko‘p qayta amalga oshishi asosida rivojlanadi va
organizmdagi   qandaydir   o‘zgarishlarining   asta   –   sekin   miqdor   to‘planishlari
natijasida   yangi   sifatli   adaptatsiyaga   aylanadi,   ya’ni   adaptatsiyaning   bu   turi
oldindan shallangan tayyor mexanizmlarga ega bo‘lmaydi.
Odamdagi adaptatsiyani o‘rganish yashash sharoitiga moslashishning samarali
choralarini   aniqlashga   yo‘l   ochadi.   Salomatlik   va   kasallikning   oldini   olish
organizmning   turli   funksiyalari   va   qobiliyatining   rivojlanish   mexanizmlarini
tushunishga   yordam   beradi.   Havo,   fazo,   suv   osti   bo‘shliqlarini,   o‘zlashtirilishi,
shuningdek   aholining   yangi   jug‘rofiy   –   iqlimli   tumanlarga   ko‘chishi   bilan
adaptatsiya muammosi borgan sari ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda.
1.7. Qo‘zg‘alishning yuzaga kelishida hujayra qobig‘i (membranasi)ning
ahamiyati
Ba'zi   hujayra   va   to'qimalar   (asab,   mushak,   bez   to'qimalari)   turli   ta'sirotlarga
tez   reaksiya   ko'rsatishga   maxsus   moslashgan.   Bunday   hujayra   va   to'qimalar
qo'zg'aluvchan   deb   ataladi,   ularning   ta'sirotga   qo'zg'alish   bilan   javob   qaytarish
qobiliyati esa qo'zg'aluvchanlik deb yuritiladi.
Ta'sirlovchining   qo'zg'alishiga   sabab   bo'ladigan   minimal   kuchi
qo'zg'aluvchanlik   o'lchovi   bo’lib   xizmat   qiladi.   Ta'sirotning   shu   minimal   kuchi
ta'sirot   bo'sag'asi   deb   ataladi.   Reaksiyalarni   yuzaga   chiqarish   uchun   zarur
ta'sirotning   minimal   kuchi   qancha   katta   bo'lsa,   ya'ni   ta'sirot   bo'sag'asi   qancha
yuqori bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik o'shancha tezroq paydo bo'ladi va aksincha, ta'sirot
bo'sag'asi qancha past bo'lsa, qo'zg'aluvchanlik o'shancha kechroq paydo bo'ladi.
Qo'zg'aluvchan   hujayralar   uchun   ta'sirlovchilarning   ta'siriga  o'ziga   xos   javob
beradigan qobiliyati bor, ularda maxsus fiziologik jarayon-go ’zg’alish  ro'y beradi.
Qo'zg'alish   fizikaviy   va   kimyoviy   jarayonlar   va   funksional   o'zgarishlar
yig'indisida   namoyon   bo’ladigan   murakkab   to'lqinsimon   biologik   reaksiyadir. Qo'zg'alish   jarayonida   hujayra   membranasining   bioelektrik   jarayonlari   o'zgaradi,
hujayra   fiziolgik   tinchlik   holatidan   shu   hujayraga   xos   fiziologik   faol   holatiga
o'tadi:   mushak   qisqaradi,   bez   hujayrasi   sekret   chiqaradi,   asab   impulslari   paydo
bo'ladi.
Qo'zg'aluvchan   hujaylarda   uiling   sitoplazmasi   bilan   tashqi   muhit   o'rtasida,
ya'ni hujayra yuzasidagi membrananing ikkala tomonida biopotensiallari doim tarq
qiladi.   Hujayra   membranasi   shu   tariqa   qutblangan   (polarizatsiyalangan)-ichki
yuzasi   tashqi   yuzasiga   nisbatan   manfiy   zaryadli   bo‘ladi.   Shu   potensiallar   farqini
mem brana  potensiali  deb atashadi. Bu farq bir necha o'n millivoltga mos keladi.
Har qanday organizm va uning barcha hujayralari ta'sirlanuvchan bo'ladi, ya'ni
tashqi'   muhit   ta'sir   etganda   yolci   holati   buzilganda   o'z   strukturasini   o'zgartirish,
faoliyat   ko'rsatish,   bu   faoliyatni   kuchaytirish   yoki   susaytirish   bilan   javob   beradi.
I’urli   ta'sirlarga   javoban   organizm   va   hujayralari   strukturasining   o'zgarishini
biologik reaksiyalar, ularni vujudga keltiradigan va yuzaga chiqaradigan ta'sirlarni
esa ta’sirlovchi yoki stimullar deb yuritishadi.
Tashqi   muhitning   yoki   organizm   ichki   holatining   har   qanday   o‘zgarishi
etarlicha   kata   bo‘lsa,   etarlicha   tez   ro‘y   bergan   bo‘lsa   va   uzoq   davom   etsa,   tirik
hujayraning yoki butun organizmining ta’sirlovchi bo‘la oladi. Membrana lipidlar,
oqsillar   va   mukopolisaxaridlardan   tashkil   topgan.   Organik   anionlar
jarohatlanmagan   qobiq   (membrana)   orqali   tashqariga   o‘tolmaydi.   Kationlarning
farqlanishiga   kelsak,   u   uzluksiz   ravishda   Na +
ni   hujayradan   chiqarib   K +  
ga
almashtirib turadi.
Ion   kanallari   Na +
,   K +
,   Ca 2+  
ion   o‘tadigan   ionlari   o‘tadigan   kanallar   uchun
muhim   hamiyatga   ega.   Hujayra   qbig‘ida   maxsus   (selekiv)   natriy,   kaliy,   xlor   va
kalsiy   kanllari   mavjud,   qaysiki   faqat   Na +  
yoki   K +
  yoki   Ca 2+
  ionlarini   tanlab
o‘tkazish qobiliyatiga ega.
1.8. Fiziologik funksiyalar Organizm   hayot   faoliyatining   moslashishiga   yoki   o’zgartirilishiga   qaratilgan
har   bir   biologik   reaksiya   fiziologik   funksiyalar   tufayli   amalga   oshiriladi.   Tashqi
muhit   ta’sirini   sezish     hamma   organizmlarga   xos   xususiyat   bo’lib,   odamda   juda
taraqqiy   qilgan   bo’ladi.   Musbat     va   manfiy   ta’sirlovchilar   uzoq   vaqt   mobaynida
ma’lum   bir   izchillik   bilan   ta’sir   etib   tursa,   ularni   qo’llanish   ta’sirlovchilarning
xiliga   qarab   hamisha   bir   fiziologik   funksiyaga   sabab     bo’ladi.   Hujayra,   to’qima,
a’zo   yoki   organizmning   har   qanday   fiziologik   funksiyasi   filogenez   va   ontogenez
natijasidir,   chunki   rivojlanish   jarayonida   har   bir   tizilmaning   o’ziga   xos
funksiyalari  paydo  bo’ladi   va ular   miqdor   va sifat   jihatdan o’zgaruvchan  bo’ladi.
Modomiki   shunday   ekan,   turli   fiziologik   funksiyalarining   vujudga   kelishi
organzimning   tashqi   va   ichki   (irsiy)   omillari   ta’siri   bilan   bog’liq   ekanligi   ayon
bo’lib turibdi.
Fiziologik   funksiyalar   va   moslashish   xilma-xilligi   moddalar   almashinuvi
(metabolizmi)   va   uning   muhit   ta’siriga   qarab   muntazam   o’zgarishiga   bog’liq,
chunki   metabolizm   hayotning   zarur   shartidir   va   tirik   organizmning   assoiy
funksiyasidir.   Moddalar   almashinuvining   to’xtashi   oqibatida   organizm   o’ladi,
sitoplazma   yemirilib   ketadi,   kimyoviy   birikmalar   parchalanib,   hyech   avvalgi
holiga   qaytmaydi.   Barcha   fiziologik   funksiyalar-o’sish,   rivojlanish,   ko’payish,
ovqatlanish   va   ovqatni   hal   qilish,   nafas   olish,   sekresiya   va   hayot   faoliyati
tashlandiqlarini   chiqarish,   harakat,   tashqi   muhitning   o’zgarishiga   javoban   ro’y
beruvchi reaksiyalar va shu kabilar modda almashinuviga bog’liq.
1.9. Gomeostaz
Gomeostaz   (homeostasis   grekcha   «homeo»-o’xshash,   bir   xil   +   «stasis»-
harakatsiz,   bir   xil   saqlanib   turish)-organizmning   uyg’unlashtirilgan
reaksiyalarining   majmuasi   bo’lib,   ichki   muhitni   bir   xil   doimiy   saqlab   turadigan
vositadir (V.Kennon, 1929). Rus olimi P.K Anoxinning fikricha odam organizmida
to’g’ridan-to’g’ri qattiq o’zgarmaydigan konstanta (doimiyat) larning birligi tufayli
hayotiy jarayonlari bir xil saqlanib turadi (qonning faol reaksiyasining doimiyligi, badan haroratining o’zgarmasligi, kaliy-natriy nasosining doimiyligi, me’da shirasi
reaksiyasining doimiyligi va x.k).
Ichki   muhit   tarkibi,   fizik-kimyoviy   va   biologik   xossalari   doimiyligi   mutlaq
bo’lmay,   balki   nisbiy   va   o’zgaruvchan   ekanligini   o’qtirib   o’tish   lozim.   Bu
doimiylikka bir qancha a’zo va to’qimalarning beto’xtov ishlashi tufayli erishiladi:
tashqi muhit o’zgarishlarining ta’sirida va organizm hayot faoliyati natijasida ichki
muhit tarkibi va fizik-kimyoviy xossalarida ro’y beradigan o’zgarishlar bir qancha
a’zo va to’qimalarning beto’xtov ishlashi tufayli baravarlanib qoladi. 
Gomeostazning   hatto   salgina   buzilishi   patologiyaga   olib   keladi,   modomiki
shunday   ekan,   tana   harorati,   qonning   arterial   bosimi,   tarkibi,   fizik-kimyoviy   va
biologik   xossalari   va   shunga   o’xshash   nisbiy   doimiy   fiziologik   ko’rsatkichlarni
aniqlash kasalliklarni aniqlash (tashxis) uchun katta ahamiyatga ega. 
1.10. Assimilyasiya va dissimilyasiya
Odam tashqi muhitdan ovqat qabul qilishi, organizmda uning o’zgarishi, hazm
qilinishi,  hosil  bo’lgan qoldiq  moddalarning  tashqi   muhitga chiqarilishi   moddalar
almashinuvi   yoki   metabolizm   deyiladi.   Ovqat   tarkibidagi   organik   moddalarning
kimyoviy,   mexanik,   termik   o’zgarishi   natijasida   ulardagi   potensial   energiyasiga
aylanadi.   Hosil   bo’lgan   energiya   hisobiga   to’qimalar   va   a’zolar   ish   bajaradi,
xujayralar   ko’payadi,   ularning   eskirgan   tarkibiy   qismlari   yangilanadi,   yosh
organizm o’sadi va rivojlanadi. Ana shu energiya hisobiga odam tana haroratining
doimiyligi ta’minlanadi.
Moddalar   almashinuvi   bir-biriga   chambarchas   bog’liq   bo’lgan   ikki   jarayon:
assimilyasiya va dissimilyasiya orqali o’tadi. Bularni anabolizm va katabolizm deb
ham aytiladi. 
Ovqat   moddalari   tarkibiy   qismlarining   xujayralarga   o’tishi   assimilyasiya
(lot.assimilatio)   yoki   anabolizm   deyiladi.   Bu   jarayon   natijasida   xujayralarning
tarkibiy qismlari yangilanadi, ular ko’payadi. Organizm qancha yosh bo’lsa, unda assimilyasiya   jarayoni   shuncha   faol   o’tadi.   Bu   esa   yosh   organizmning   o’sishi   va
rivojlanishini ta’minlaydi. 
Hujayralar   eskirgan   tarkibiy   qismlarining   parchalanishi   (yemirilishi)
dissimilyasiya  (dissimilatio)  yoki katabolizm  deyiladi. Buning natijasida  energiya
hosil   bo’ladi   va   bu   energiya   assimilyasiya   jarayoni   uchun   sarflanadi.
Dissimilyasiya   jarayoni   natijasida   hosil   bo’lgan   qoldiq   moddalar   ayirish   a’zolari
orqali tashqariga chiqariladi (karbonat angidrid, suv, azot qoldiqlari va boshqalar).
Shunday qilib, odam organizmida assimilyasiya va dissimilyasiya jarayonlari
bir-biriga bog’liq holda davom  etadi. Sog’lom  bo’lgan katta odamlarda bu ikkala
jarayon   bir-biriga   teng   muvozanatda   bo’ladi.   Yosh   organizmda   assimilyasiya
jarayoni   ustunroq   bo’lib,   buning   natijasida   o’sish   va   rivojlanish   ta’minlanadi.
Keksa  odamlar organizmida esa dissimilyasiya jarayoni ustun bo’ladi. Adabiyotlar:
1. Solodkov A.S., Sologub E.B. Fiziologiya cheloveka (ob щ aya sportivnaya,
vozrastnaya): - Moskva, «Sport», 2015, 610 s.
2.   Smirnov   V.M.,   Dubrovskiy   V.I.   Fiziologiya   fizicheskoo   vospitaniya   i
sporta. – Moskva, «Vlados press», 2002, 605 s.
3. Nuritdinov E.N. Odam fizologiyasi. Toshkent, «Aloqachi», 2005, 505 b.
4. Nuritdinov E.N., Haydarov B.T. Jismoniy madaniyat va sport fiziologiyasi
(uslubiy qo‘llanma). – Samarqand, SamDU, 2015, 160 b.
5.   Kots   Ya.M.   Sportivnaya   fiziologiya.   Uchebnik   dlya   UFK.   M.,   FiS,   1986,
240 s.
6. Shepard Y. Neurobiologiya. Moskva «Mir», 1987, T. 2. 362 s.
7. Dill D.B., Live, heat. Altitude. Cambridge UA. Harward University peess,
1938, 210 p.

FIZIOLOGIYAGA KIRISH Reja: 1. Fiziologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi, unga vatanimiz hamda chet el olimlarining qo‘shgan hissalari. 2. Asosiy fiziologik tushunchalar, fiziologik funksiyalarning boshqarilish yo‘llari (mexanizmi). 3. Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitiga moslashishi. 4. Qo‘zg‘alishning yuzaga kelishida hujayra qobig‘ining ahamiyati. 5. Mushak faoliyatida fiziologik funksiyalarning boshqarilishi. 6. Funksional harakatchanlik (Labillik).

1.1. Odam fiziologiyasi haqida umumiy tushuncha Fiziologiya (yunon. fizis-tabiat, logos-ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganadi. Bu fan hujayra, to’qima, a’zo va tuzilmalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo’lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqamandligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog’langan holda keng ma’noda o’rganadi (Sherd, 1982). Organizmni ta’minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylanish, ayiruv, ichki sekresiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar fiziolgiyaning asosiy o’rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir bo’ladigan funksiyalarni, ularning hamma xususiyatlarini, ko’rinishlarini o’zaro munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) rivojlanishini, ularning doimo o’zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslashishini o’rganadi. Shunday qilib, fiziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro qilish, faoliyat ko’rsatish) har bir hujayra, to’qima, a’zo, tizilmaning bir butun organizm sathidagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o’rgatadi (D.B.Dill, 1938). Odam fiziologiyasi – tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanadi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Odamda uchrab turadigan ko’pgina kasalliklarni oldini olishda, me’yorida o’sish va rivojlanishini ta’minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, atrof-muhit tozaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko’ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayaniladi.

1.2. Fiziologiyaning qisqacha tarixi Odam organizmining hayot faoliyatini o’rganishga qadimgi Yunoniston, Rim, Xitoy, Hindiston va Misr olimlari asos solgan. Masalan, Buqrot eramizdan oldingi (460-377) yillarda tabiat va tibbiyot sohasida o’zigacha bo’lgan ma’lumotlarni to’plab kuzatishlari asosida tibbiyot fanidan 7-ta ilmiy asarlar yozgan, bu qo’llanmalardan tabiatshunoslar, shifokorlar va faylasuflar 2000 yil davomida foydalanib kelmoqda. Buqrot ko’hna Yunoniston tibbiyotining reformatori (qayta quruvchisi) hisoblanadi, yurak va qon tomirlari, hamda odamning mijozi (temperamenti) haqida muhim ma’lumotlar bergan. Buqrotning birinchi ustozi uning otasi Geraklid bo’lgan. U Yunonistonda, Rimda, Kichik Osiyoda va Liviyada shifokorlik maktablarini o’tgan va uni insoniyat klinik tibbiyotining asoschisi sifatida tan olgan. Uning nomi bilan «Gippokrat qasami» shifokorlar orasida keng tarqalgan. Buqrotning shifokorlarga «Zarar keltirma» degan vasiyati xozirgi zamon tibbiyot xodimlariga ham taalluqlidir. Turli hulq-atvor va hatti-harakatlarga ega bo’lgan odamlar mijozi bo’yicha Buqrot quyidagilarni yozgan: mijozi issiq odamlarni sangvinik- serharakat, ildam deb atalgan. Vujudi sovuq, shilimshiq bo’lgan kishilarni flegmatik – «sovuqqon», vazmin mijozga ajratgan. Qiziqqan, serjahl kishilarni xolerik deb atagan va vujudi qora, qo’yilgan o’t ko’payib ketgan kishilar melanxoliklarni tashkil qilib, ular ivirsiydigan, o’ziga ishonmaganlardir. Yunonistonda yashagan yirik olim, faylasuf Arastu tibbiyot fanlarining, tibbiyotning rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. U solishtirish usulidan foydalanib, hayvonlarning 500 dan ortiq turining tashqi tuzilishini tasvirladi va yangi ma’lumotlar berdi. Arastu asabni bir-biridan farq qildi, yurak bilan qon tomirlarining tuzilishini, o’zaro bog’liqligini bayon etdi. U tabiatshunoslikda vitalistik nazariyaning birinchi vakillaridan bo’lgan olimdir. Arastuning ilmiy Buqrot (Gippokrat , 460-377)

qarashlarida ruh birlamchi, materiya ikkilamchi degan fikrlarni ham ilgari surdi. Arastu Buqrot va boshqa ba’zi olimlarning tabiatshunoslikga oid ayrim noto’g’ri fikrlari bir necha yuz yillar mobaynida o’z kuchini saqlab keldi. O’rta asrlar davomida Sharq mamlakatlarida ilm va fan juda rivojlandi. Xurosonda yashab ijod etgan tabib va dorishunoslardan Abu Zayd Husayn ibn Isoq al Ibodiy (808-877) arab, fors, qadimgi grek tillarini yaxshi egallangan. Buqrot, Arastu, Jolinus va boshqa antik olimlarning ilmiy asarlarini arab tiliga tarjima qilgan olim-tarjimon edi. Tarjimalaridan tashqari Xusayn ibn Isoq tomonidan yozilgan 100 dan ortiq asarlaridan aksariyati tibbiyot va dorishunoslikka bag’ishlangan asliy asarlar nusxalari bizga yetib kelgan. Buqrot va Jolinusdan keyingi qadimgi Sharq tabobatining yirik nazariyotchi namoyondasi Husayn ibn Isoq tomonidan yozib qoldirgan meros asarlari boshqa tillarga ham tarjima qilingan. Shunday asarlardan biri «Javome’ kitob Jolinus fi-l-Bavl» (Jolinusning siydik haqidagi hamma narsani qamrab olgan kitobi) dir. Arab tiliga Xusayn tarjima qilingan bu asar siydik tahliliga va uning asosida tashxis qo’yishga bag’ishlangan. Husayn ibn Isoqning bizga yetib kelgan tarjima asarlaridan yana biri «Ar- risola-al Qabriya» deb ataladi. Risola Buqrot qalamiga mansub bo’lib, uning qabridan topilgani uchun qabriya deb atalgan. Risolaning asosiy qismi 25 hadisdan iborat bo’lib, unda asosan davolab bo’lmaydigan kasalliklari bayon qilinadi. Husayn ibn Isoqning arab tiliga tarjima qilgan mazkur «Qabriya risolasi»ni Xomidxon ibn Zohidxon ibn Muxammad Sodiqxon Shoshiy o’zbek tiliga tarjima qilgan. Bizga bu tarjimaning Xomidxon qo’li bilan yozilgan qo’lyozma nusxasi yetib kelgan. Abu Bakr Muxammad ibn Zakariyo ibn Yaxyo ar-Roziy (865-925) – ensiklopedist olim Eronning Ray shahrida tug’ilgan. Roziy haqida ibn Abi Usaybin (1203-1270) shunday degan ekan: «Roziydan Adudiy kasalxonani qayerga qurish muvofiqroq deb so’raganda, Roziy Bog’dodning har-bir go’shasiga bir bo’lakdan go’sht osib qo’yish kerak, qaysi joyda go’sht kech buzilsa, o’sha yerga kasalxona qurish kerak, deb maslahat bergan. Adud al-Davla o’z nomiga

atab quradigan kasalxona bitgach Bog’doddagi 100 dan ortiq mashhur tabiblarni yig’adi, ulardan ilmiy mahorati, qobiliyatiga qarab 50 dan ortig’ini tanlaydi, Roziy ular orasida bor edi. 50 tabibdan yana 10 tabib saralanadi, ular orasida ham Roziy bor edi. Ulardan bir kishini ya’ni Roziyni tanlab va uni Adudiy kasalxonasiga mudir qilib tayinlaydi. Roziyning bizgacha yetib kelgan faqat tibbiy asarlarining 36 nomdagi qo’lyozmasi aniqlandi. Shulardan biri «al-Kunnosh al-Mansuriy» («Mansurga bag’ishlangan to’plam»). Bu kitob 10 maqoladan iborat, ulardan birinchisi – anatomiya va fiziologiyaga bag’ishlangan. A.Roziyning «al-Hoviy» nomi bilan mashhur «katta to’plam» eng katta va muhim tibbiy asar bo’lib, unda Ray va Bog’dodda o’zi olib borgan klinik kuzatishlar va tajribalarning yakunini qayd qilgan. «Al-Hoviy» hajm jihatidan Ibn Sinoning «tib qonunlaridan» katta bo’lgan o’z ichiga deyarli hamma kasalliklarni olgan. Uning yagona qo’lyozma nusxasi Eskurial (Ispaniya)da saqlanadi. Shu qo’lyozma asosida uni Haydarobodda (Hindiston) 1955-1970 yillarda nashr etildi. Abu Nasr Muhammad ibn Uzlug’ ibn Tarxon al-Farobiy Toshkentning shimoliy-g’arbida joylashgan Farobda harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. U qomusiy bilimlar sardori. O’z zamonasining yirik tibbiyot nazariyotchisi va shu sohada jahonshumul asarlar yozgan alloma hamdir. Al-Farobiyning 160 dan ortiq astronomiya, matematika, falsafa, tarix, mantiq, psixologiya, tilshunoslik, adabiyot, musiqa, tabiatshunoslik, tibbiyot, kimyo sohalarni qamrab olgan asarlari mavjud. Al-Farobiy o’zining tibbiyot asarlarida, inson organizmi, uning funksiyasi haqida yozar ekan, organizm bir butun yaxlit tizimdan iboratligini, turli o’zgarishlar va kasalliklar esa ovqatlanishning o’zgarishi bilan bog’liqligini ko’rsatib o’tadi. Farobiy, odam organizmi markaziy asab tizimi orqali boshqariladi, bosh miya organizmda o’zaro munosabatni yuzaga keltirib turadi deydi. Uning Abu Nasr Farobiy (873-950)