logo

GIDROLOGIK HISOBLASHLAR NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.31640625 KB
GIDROLOGIK HISOBLASHLAR  NAZARIY MASHG‘ULOTLARI
MAZMUNI
Reja: 
1. Gidrologik hisoblashlar  maqsadi 
2. "Gidrologik hisoblashlar" kursning maqsadi, vazifalari va 
rivojlanish tarixi "Gidrologik   hisoblashlar"   kursi   gidrometeorologiya   yo‘nalishi   bo‘yicha
asosiy   fanlardan   biri   bo‘lib,   uning   bo‘lg‘uvsi   mutaxassislarning   ilmiy,   ishlab
chiqarish,   ilmiy-tadqiqot   va   tashkiliy-boshqaruv   faoliyatlarida   ahamiyati   katta.
Gidrometeorologiya   va   suv   xo‘jaligi   tizimida   "Gidrologik   hisoblashlar"   texnik-
iqtisodiy asoslashning zamini bo‘lib hisoblanadi. Mavzuda asosiy e’tibor kursning
maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixini yoritishga qaratiladi .
"Gidrologik   hisoblashlar"   kursining   maqsadi   daryo   oqimining   hosil   bo‘lish
jarayoni   nazariy   asoslarini   hamda   oqimning   makon   va   maydon   bo‘yicha
taqsimlanishining   geografik   qonuniyatlarini,   daryo   oqimining   turli   elementlarini
hisoblash usullarini o‘rganishdan iborat.
Mazkur   fanning   to‘liq   nomi   "Daryo   oqimi   va   gidrologik   hisoblashlar"   deb
ataladi.   Daryo   oqimini   hisoblash   usullarini   o‘rganish   tarixi   shuni   ko‘rsatadiki,
uning   rivojlanishi   xalq   xo‘jaligi   talablari   bilan   chambarchas   bog‘liq   holda   ro‘y
beradi.
Gidrologiya   Yer   to‘g‘risidagi   fanlar   turkumiga   kiradi.   "Gidrologiya"
yunoncha   so‘z   bo‘lib,   "gidro" -suv   va   "logos" -bilim   yoki   fan   degan   ma’noni
beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv haqidagi fandir.
Bizga "Umumiy Yer bilimi" kursidan ma’lumki, Yer kurrasining suv qobig‘i -
gidrosfera   bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob’ekti faqat
o‘ziga   xos   xususiyatlargagina   ega   bo‘ladi.   Shu   sababli   gidrologiyaga   kengroq
ma’noda   quyidagicha   ta’rif   berish   mumkin:   gidrologiya gidrosferadagi   suvlarni,
ya’ni   okeanlar   va   dengizlarni,   daryolar   va   ko‘llarni,   doimiy   qorliklar   va
muzliklarni,   botqoqliklarni,   yer   osti   suvlarini,   ular-ning   joylashishini,
xususiyatlarini   hamda   ularda   sodir   bo‘ladigan   hodisa   va   jarayonlarning
atmosfera,   litos-fera   va   biosferadagi   boshqa   hodisalar   bilan   o‘zaro   aloqasini
o‘rganuvchi fandir.
Gidrologiya fani  o‘rganiladigan suv  ob’ektlarining turiga ko‘ra   ikki  qismga -
okeanologiya   (okeanlar,   dengizlar   gidrologiyasi)   va   quruqlik   gidrologiyasiga
bo‘linadi. Okeanologiya   okeanlar   va   dengizlarning   umumiy   xususiyatlarini   hamda
ularda   sodir   bo‘ladigan   hodisa   va   jarayonlarni   atrof muhit   bilan   aloqador   holda
o‘rganadi.
Quruqlik   gidrologiyasi   esa   o‘z   navbatida   daryolar   gidrologiyasi
(potamologiya)   ko‘llar   va   suv   omborlari   gidrologiyasi   (ko‘lshunoslik-
limnologiya),   muzliklar   gidrologiyasi   (glyatsiologiya)   va   botqoqliklar
gidrologiyasi   (talmatologiya)ga   bo‘linadi.   Ko‘p   hollarda   gidrologiya   deganda
quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi.
Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob’ektlarining gidrologik rejimini
o‘rganishdan   iboratdir.   O‘rganiladigan   muammolari   va   tadqiqot   usullariga   qarab
hamda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni
hal   etish   bilan   bog‘liq   holda   gidrologiyadan   uning   bir   necha   bo‘limlari
gidrometriya,   gidrografiya,   gidrologik   hisoblashlar,   gidrologik   bashorat
(prognoz)lar   kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba’zan,
umumiy nom bilan  muhandislik gidrologiyasi  deb ham ataladi.
Gidrometriya- gidrologiyaning   o‘lchov   qismi   bo‘lib,   suv   ob’ektlarining
gidrologik   rejimi   elementlari   (suv   sathi,   suv   sarfi,   suvning   tezligi,   suv   yuzasi
nishabligi)ni o‘lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga
oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi.
Gidrografiya   -   esa   ma’lum   hududdagi   suv   ob’ektlari-ning   o‘ziga   xos
xususiyatlarini   joyning   tabiiy   geografik   sharoiti   bilan   bog‘liq   holda   o‘rganib,
ularga   gidrologik   va   xalq   xo‘jaligidagi   ahamiyati   nuqtai   nazaridan   yondoshgan
holda yozma tavsif beradi.
Gidrologik   hisoblashlar   va   gidrologik   bashoratlar   (muhandislik
gidrologiyasi)-suv   ob’ektlarining   turli   gidrologik   ko‘rsatkichlarini   hisoblash   va
bashorat   qilish   usullarini   ishlab   chiqish   bilan   shug‘ullanadi.   Bu   usullar   suv
havzalari   tabiiy   holatini   o‘zgartirish   yoki   aniqrog‘i,   ulardan   foydalanish,
shuningdek gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni   hal   etishda   qo‘llaniladi.   Bizga   ma’lumki,   tabiiy   suvlar   (buloqlar,
soylar,   daryolar,   ko‘llar,   muzliklar,   yer   osti   suvlari)   geografik   muhitning   asosiy komponentlaridan   biridir.   Ma’lum   bir   hududda   mavjud   bo‘lgan   barcha   turdagi
suvlar   shu   hududning   asosiy   tabiiy   boyliklaridan   biri   -   suv   resurslarini   tashkil
etadi.   XX   asrning   ikkinchi   yarmiga   kelib   sayyoramizning   ancha   qismida   shu
resurslardan   qishloq   xo‘jaligi,   sanoat,   iste’mol   uchun   olinadigan   va   suv
ob’ektlariga   qayta   tashlanadigan   oqava   hamda   chiqindi   suvlarning   ko‘lami   shu
darajaga   yetdiki,   ular   hajmi   va   sifati   bo‘yicha   tabiiy   holda   tiklana   olmayapti.
Mazkur   muammo   tufayli   gidrologiya   fani   oldida   suv   resurslari   va   atrof muhit
muhofazasiga taalluqli quyidagi yangi vazifalar paydo bo‘ldi:
1) suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza qilish;
2)   tabiiy   va   antropogen   omillar   ta’sirida   ularning   o‘zgarish   qonuniyatlarini
o‘rganish;
3)   amalga   oshirilayotgan   suv   xo‘jaligi   tadbirlari   (melioratsiya,   irrigatsiya,
gidroenergetika,   suv   resurslarini   hududlar   bo‘yicha   qayta   taqsimlash   va
hokazolar)ni   iqtisodiy   va   ekologik   nuqtai   nazardan   asoslash   uchun   kerakli
gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash.
Shu   tarzda   gidrologiyaning   yangi   yo‘nalishi- gidroekologiya   alohida   fan
sifatida shakllanmoqda.
Suv   ob’ektlarining   hosil   bo‘lishi,   rivojlanish   va   hududlar   bo‘yicha
joylashishi,   shuningdek,   ularning   gidro logik   rejimi   tabiat   zonalariga   xos   bo‘lgan-
zonal   va   xos   bo‘lmagan-azonal   omillar   (joyning   relefi,   geologik   tuzilishi)ga
bog‘liq.   Shu   bog‘liqliklarni   o‘rganishda   gidrologiya   boshqa   tabiiy   fanlar-
iqlimshunoslik,   meteorologiya,   geologiya,   gidrogeologiya,   geomorfologiya   va
tabiiy geografiya  kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi.
Gidrologiya   daryolar   va   boshqa   turdagi   suv   havzalarida   kechadigan
ximiyaviy   va   biologik   jarayonlarni   hamda   ulardagi   suv   massalarining   tabiiy
xususiyatlarini,   sifatini   va   biologik   resurslarini   gidrofizika,   gidroximiya   (suv
kimyosi),   gidrobiologiya   fanlari   bilan   hamkorlikda   o‘r-ganadi.   Suv   havzalarida
kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o‘rganishda gidrodinamika
va   gidravlika   qonunlari   va   usullaridan,   gidrologik   hisob-lashlar   va   bashoratlarda
esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter texnologiya-sidan keng foydalaniladi.
XVIII  asr  mobaynida daryo oqimining hosil  bo‘lish  jara¸nini  o‘rganish  juda
asta-sekin rivojlanadi va gidrologiyaning boshqa yo‘nalishlarining rivojlanishidan
orqada   qolib   kelgan.   Bu   haqda   A.I.   Voyeykov   1884   yili   o‘zining   mashhur
"Klimata zemnogo shara, v osobennosti Rossii" asarida oqayotgan suvning, hatto
yer sharida yirik hisoblangan daryolar bo‘yicha ham, oqimi haqida yetarli darajada
aniq ma’lumotlar yo‘q" deb  yozadi .
A.I.   Voyeykovning   mazkur   asarida"   daryyolar   iqlimning   mahsuli,   qaysi
joyda yog‘in-sochin ko‘p yog‘ib, bug‘lanishga sarflangan namlik kam bo‘lsa, shu
yerning   daryolari   sersuv   bo‘ladi"   degan   fikri   hozir   ham   o‘z   mohiyatini
yo‘qotmagan.
XIX   asrning   oxiriga   borib,   G’arbiy   Yevropaning   alohida   daryo   havzalari
bo‘yicha   oqim   va   yog‘in-sochin   haqida   ma’lumotlar   to‘planganligi   sababli,
tadqiqot ishlari ko‘paya boshlandi. Ularga A. Penkning Dunay daryosi, Rixter va
Shrayberlarning Elba daryosi bo‘yicha olib borgan izlanishlari misol bo‘la oladi.
A. Penkning shu davrda nashr ilingan "Issledovaniya po voprosam ispareniya
i   stoka   s   bolüshix   basseynov"   ilmiy   ishi   bu   borada   umumlashtiruvchi   izlanishlar
qatoriga kiradi.
E.M.   Oldekopning   "Ob   isparenii   s   poverxnosti   rechno‘x   basseynov"   asari
fundamental harakterga ega bo‘lib, hanuzgacha o‘z qadrini yo‘qotmagan. Bu ishda
G’arbiy   Yevropaning   qator   daryo   havzalari   bo‘yicha   iqlim   va   boshqa   tabiiy-
geografik   olimlarning   bug‘lanish   va   oqimga   ta’siri   o‘rganilib,   ular   orasidagi
bog‘lanish formula orqali yoritilgan.
XX   asrning   boshlarida   daryo   oqimi   va   uni   belgilovchi   omillarni   o‘rgangan
gidrolog   olimlar   qatoriga   D.I.Kocherin,   Ye.A.Geyö,   N.N.Sokolov,
N.Ye.Dolgovaning izlanishlarini eslatib o‘tish joizdir.
1919   yilda   tashkil   topgan   DGI   (Davlat   Gidrologiya   instituti)   gidrologik
tadqiqot   ishlarini   maxsus   reja   bo‘yicha   olib   borilishiga,   fanning   yanada   rivoj
topishiga asos bo‘ldi. 1937 yilda B.D. Zaykov va S. Blinkovlar tomonidan 1280 ta
suv   o‘lchash   punktlarining   ma’lumotlari   asosida   1:5000000   masshtabli   oqim xaritalari nashr qilindi. DGI da nashr qilingan oxirgi oqim xaritalari B.D. Zaykov
va   K.P.   Voskresenskiy   tomonidan   5690   suv   o‘lchash   punktlarining   ma’lumotlari
asosida tuzilgan.
1930   yilda   D.L.   Sokolovskiyning   "Primeneniye   krivo‘x   raspredeleniya   k
ustanovleni   veroyatnix   kolebaniy   godovogo   stoka   rek"   asarida   matematik
statistikaning gidrologik hisoblashlar jarayonida ishlatilishi keltirilgan.
Gidrologik va suv xo‘jaligi hisoblashlarida matematik statistika nazariyasidan
keng   ko‘lamda   foydalanishni   S.N.Kritskiy   va   M.F.Menkellar   o‘zlarining   qator
ishlarida   yoritib   o‘tganlar.   Markaziy   Osiyodagi   suv   havzalarida   gidrologik
kuzatishlar   1910   yildan   boshlab   muntazam   ravishda   olib   borila   boshlanganligi
E.M.Oldekop,   L.K.Davidov,   V.G.   Glushkovlarning   gidrologiya   sohasida   ilmiy
asarlarining chop etilishiga asos bo‘ldi.
Keyingi yillarda olib borilgan gidrologik izlanishlar Markaziy Osiyoda yirik
miqyosdagi  suv  xo‘jaligi  tadbirlarining loyihalarini  tuzish imkonini  berdi. Bunda
shu   sohaning   yirik   olimlari   R.A.   Alimov,   V.L.   Shults,   A.M.   Muhamedov,   O.P.
Hcheglova,   A.Z.   Zohidov,   M.   Denisov,   F.E.   Rubinova,   N.R.   Hamroyevlarning
xizmatlarini alohida ta’kidlash zarur.
Gidrologik hisoblashlarning  amaliy ahamiyati  nihoyatda katta. Suv xo‘jaligi
tizimida   turli   xil   gidrotexnik   inshootlarni   loyihalashtirishda   suv   ob’ektining
gidrologik   sharoiti,   gidrologik     ko‘rsatkichlarning   miqdorlari   (jumladan,   suvning
maksimal   miqdorlari)   hisobga   olinadi.   Bu   savollarga   javoblarni   gidrologik
hisoblashlarsiz topib bo‘lmaydi.
Gidrologik hisoblashlar fanining  vazifalari  quyidagilardan iborat:
1) daryo oqimini hisoblash (oqim meyorini, yillik oqimning o‘zgaruvchanligi
va   yildan-yilga   tebranishini,   oqimning   yil   ichida   taqsimlanishini,   maksimal   va
minimal suv sarflarini, toshqin va to‘lin suv davri oqimlarini aniqlashdan iborat);
2)   suv   ob’ektlarining   gidrometeorologik   harakteris-tikalarini   hisoblash
(yog‘in-sochin   miqdorini,   suv   yuzasidan   ro‘y   beradigan   bug‘lanish   miqdorini   va
hokazolarni aniqlashdan iborat); 3)   oqiziqlar   miqdorini   hisoblash   va   o‘zan   jarayonini   o‘rganish   (oqib   o‘tgan
oqiziqlar   miqdorini,   oqiziqlarning   daryo   va   suv   omborlari   o‘zanida   cho‘kishi,
qirg‘oq yuvilishi kabilarni hisoblash);
4) suv massalari dinamikasini hisoblash (to‘lqinlanish balandligi, to‘lqinning
elementlarini, ko‘l va suv omborlarida ro‘y beradigan oqim jarayonlarini hisoblash
ishlari);
5) harorat rejimi ko‘rsatkichlarini hisoblash (suv ob’ektlarining muzlik bilan
qoplanishi va undan tozalanishi, qor erish jarayonini, suv haroratini aniqlash);
6)   gidrokim¸viy   ko‘rsatkichlarni   hisoblash   (suvlarning   minerallashuvini,
ularning o‘zgaruvchanligi kabi masalalarni aniqlash);
Yuqorida   keltirilgan   gidrologik   hisoblashlar   vazifalaridan   oqim   va   muallaq
oqiziqlar oqimi tavsiflarini hisoblash asosiy yo‘nalishni tashkil qiladi.
Ularning   miqdor   ko‘rsatkichlari   oqim   tavsiflari   deb   yuritiladi:   suv   sarfi,   Q
(m 3
/s, l/s); oqim hajmi, W (m 3
, km 3
 ); oqim moduli, M (l/sek km 2
 ); oqim qalinligi,
h (mm); suv sathi, H (sm); oqiziqlar sarfi, R (kg/s, g/s); oqiziqlar hajmi, W
R  (tonn,
kg ); yuvilish moduli, M (t/km ); yuvilish qalinligi, h (mm). ADABIYOTLAR
1. Gandin   L.S.   Kogan   R.L.   Statisticheskiye   metodi   interpretatsii
meteorologicheskix dannix. -L.: GMI, 1976.
2. Gruza G.V., Reytenbax R.G. Statistika i analiz gidrometeorologicheskix
dannix. -L., GMI, 1982.
3. Gandin   L.S.,   Danovich   A.M.   i     dr.   Praktikum   po   chislennim   metodam
prognoza pogodi. -L.: GMI, 1978.      
4. Belov P.N Chislennie metodi prognoza pogodi. –L. GMI, 1975. 
5. Panovskiy   G.A.,   Brayer.   Statisticheskiye   metodi   v   meteorologii.   –L.
GMI, 1972. 
6. Grigorev   V.I.   Avtomatizirovannaya   obrabotka   gidrometeorologicheskoy
informatsii. –L. GMI, 1979.

GIDROLOGIK HISOBLASHLAR NAZARIY MASHG‘ULOTLARI MAZMUNI Reja: 1. Gidrologik hisoblashlar maqsadi 2. "Gidrologik hisoblashlar" kursning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixi

"Gidrologik hisoblashlar" kursi gidrometeorologiya yo‘nalishi bo‘yicha asosiy fanlardan biri bo‘lib, uning bo‘lg‘uvsi mutaxassislarning ilmiy, ishlab chiqarish, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy-boshqaruv faoliyatlarida ahamiyati katta. Gidrometeorologiya va suv xo‘jaligi tizimida "Gidrologik hisoblashlar" texnik- iqtisodiy asoslashning zamini bo‘lib hisoblanadi. Mavzuda asosiy e’tibor kursning maqsadi, vazifalari va rivojlanish tarixini yoritishga qaratiladi . "Gidrologik hisoblashlar" kursining maqsadi daryo oqimining hosil bo‘lish jarayoni nazariy asoslarini hamda oqimning makon va maydon bo‘yicha taqsimlanishining geografik qonuniyatlarini, daryo oqimining turli elementlarini hisoblash usullarini o‘rganishdan iborat. Mazkur fanning to‘liq nomi "Daryo oqimi va gidrologik hisoblashlar" deb ataladi. Daryo oqimini hisoblash usullarini o‘rganish tarixi shuni ko‘rsatadiki, uning rivojlanishi xalq xo‘jaligi talablari bilan chambarchas bog‘liq holda ro‘y beradi. Gidrologiya Yer to‘g‘risidagi fanlar turkumiga kiradi. "Gidrologiya" yunoncha so‘z bo‘lib, "gidro" -suv va "logos" -bilim yoki fan degan ma’noni beradi. Umumiy qilib aytganda gidrologiya suv haqidagi fandir. Bizga "Umumiy Yer bilimi" kursidan ma’lumki, Yer kurrasining suv qobig‘i - gidrosfera bir necha qismlardan tashkil topgan va undagi har bir suv ob’ekti faqat o‘ziga xos xususiyatlargagina ega bo‘ladi. Shu sababli gidrologiyaga kengroq ma’noda quyidagicha ta’rif berish mumkin: gidrologiya gidrosferadagi suvlarni, ya’ni okeanlar va dengizlarni, daryolar va ko‘llarni, doimiy qorliklar va muzliklarni, botqoqliklarni, yer osti suvlarini, ular-ning joylashishini, xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarning atmosfera, litos-fera va biosferadagi boshqa hodisalar bilan o‘zaro aloqasini o‘rganuvchi fandir. Gidrologiya fani o‘rganiladigan suv ob’ektlarining turiga ko‘ra ikki qismga - okeanologiya (okeanlar, dengizlar gidrologiyasi) va quruqlik gidrologiyasiga bo‘linadi.

Okeanologiya okeanlar va dengizlarning umumiy xususiyatlarini hamda ularda sodir bo‘ladigan hodisa va jarayonlarni atrof muhit bilan aloqador holda o‘rganadi. Quruqlik gidrologiyasi esa o‘z navbatida daryolar gidrologiyasi (potamologiya) ko‘llar va suv omborlari gidrologiyasi (ko‘lshunoslik- limnologiya), muzliklar gidrologiyasi (glyatsiologiya) va botqoqliklar gidrologiyasi (talmatologiya)ga bo‘linadi. Ko‘p hollarda gidrologiya deganda quruqlik gidrologiyasi nazarda tutiladi. Gidrologiyaning bosh vazifalaridan biri suv ob’ektlarining gidrologik rejimini o‘rganishdan iboratdir. O‘rganiladigan muammolari va tadqiqot usullariga qarab hamda suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha tarixan vujudga kelgan masalalarni hal etish bilan bog‘liq holda gidrologiyadan uning bir necha bo‘limlari gidrometriya, gidrografiya, gidrologik hisoblashlar, gidrologik bashorat (prognoz)lar kabilar mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Oxirgi ikki fan, ba’zan, umumiy nom bilan muhandislik gidrologiyasi deb ham ataladi. Gidrometriya- gidrologiyaning o‘lchov qismi bo‘lib, suv ob’ektlarining gidrologik rejimi elementlari (suv sathi, suv sarfi, suvning tezligi, suv yuzasi nishabligi)ni o‘lchash, kuzatish uslublarini ishlab chiqish va ularni bevosita amalga oshirish ishlari bilan shug‘ullanadi. Gidrografiya - esa ma’lum hududdagi suv ob’ektlari-ning o‘ziga xos xususiyatlarini joyning tabiiy geografik sharoiti bilan bog‘liq holda o‘rganib, ularga gidrologik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyati nuqtai nazaridan yondoshgan holda yozma tavsif beradi. Gidrologik hisoblashlar va gidrologik bashoratlar (muhandislik gidrologiyasi)-suv ob’ektlarining turli gidrologik ko‘rsatkichlarini hisoblash va bashorat qilish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi. Bu usullar suv havzalari tabiiy holatini o‘zgartirish yoki aniqrog‘i, ulardan foydalanish, shuningdek gidrotexnik inshootlarni loyihalash, qurish ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etishda qo‘llaniladi. Bizga ma’lumki, tabiiy suvlar (buloqlar, soylar, daryolar, ko‘llar, muzliklar, yer osti suvlari) geografik muhitning asosiy

komponentlaridan biridir. Ma’lum bir hududda mavjud bo‘lgan barcha turdagi suvlar shu hududning asosiy tabiiy boyliklaridan biri - suv resurslarini tashkil etadi. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib sayyoramizning ancha qismida shu resurslardan qishloq xo‘jaligi, sanoat, iste’mol uchun olinadigan va suv ob’ektlariga qayta tashlanadigan oqava hamda chiqindi suvlarning ko‘lami shu darajaga yetdiki, ular hajmi va sifati bo‘yicha tabiiy holda tiklana olmayapti. Mazkur muammo tufayli gidrologiya fani oldida suv resurslari va atrof muhit muhofazasiga taalluqli quyidagi yangi vazifalar paydo bo‘ldi: 1) suv resurslarini miqdoran tejash va sifat jihatdan muhofaza qilish; 2) tabiiy va antropogen omillar ta’sirida ularning o‘zgarish qonuniyatlarini o‘rganish; 3) amalga oshirilayotgan suv xo‘jaligi tadbirlari (melioratsiya, irrigatsiya, gidroenergetika, suv resurslarini hududlar bo‘yicha qayta taqsimlash va hokazolar)ni iqtisodiy va ekologik nuqtai nazardan asoslash uchun kerakli gidrologik ma’lumotlar bilan ta’minlash. Shu tarzda gidrologiyaning yangi yo‘nalishi- gidroekologiya alohida fan sifatida shakllanmoqda. Suv ob’ektlarining hosil bo‘lishi, rivojlanish va hududlar bo‘yicha joylashishi, shuningdek, ularning gidro logik rejimi tabiat zonalariga xos bo‘lgan- zonal va xos bo‘lmagan-azonal omillar (joyning relefi, geologik tuzilishi)ga bog‘liq. Shu bog‘liqliklarni o‘rganishda gidrologiya boshqa tabiiy fanlar- iqlimshunoslik, meteorologiya, geologiya, gidrogeologiya, geomorfologiya va tabiiy geografiya kabi fanlarning ma’lumotlaridan foydalanadi. Gidrologiya daryolar va boshqa turdagi suv havzalarida kechadigan ximiyaviy va biologik jarayonlarni hamda ulardagi suv massalarining tabiiy xususiyatlarini, sifatini va biologik resurslarini gidrofizika, gidroximiya (suv kimyosi), gidrobiologiya fanlari bilan hamkorlikda o‘r-ganadi. Suv havzalarida kuzatiladigan harakatlar (suv oqimlari) qonuniyatlarini o‘rganishda gidrodinamika va gidravlika qonunlari va usullaridan, gidrologik hisob-lashlar va bashoratlarda esa maxsus matematik usullardan va zamonaviy hisoblash texnikasi va kompyuter

texnologiya-sidan keng foydalaniladi. XVIII asr mobaynida daryo oqimining hosil bo‘lish jara¸nini o‘rganish juda asta-sekin rivojlanadi va gidrologiyaning boshqa yo‘nalishlarining rivojlanishidan orqada qolib kelgan. Bu haqda A.I. Voyeykov 1884 yili o‘zining mashhur "Klimata zemnogo shara, v osobennosti Rossii" asarida oqayotgan suvning, hatto yer sharida yirik hisoblangan daryolar bo‘yicha ham, oqimi haqida yetarli darajada aniq ma’lumotlar yo‘q" deb yozadi . A.I. Voyeykovning mazkur asarida" daryyolar iqlimning mahsuli, qaysi joyda yog‘in-sochin ko‘p yog‘ib, bug‘lanishga sarflangan namlik kam bo‘lsa, shu yerning daryolari sersuv bo‘ladi" degan fikri hozir ham o‘z mohiyatini yo‘qotmagan. XIX asrning oxiriga borib, G’arbiy Yevropaning alohida daryo havzalari bo‘yicha oqim va yog‘in-sochin haqida ma’lumotlar to‘planganligi sababli, tadqiqot ishlari ko‘paya boshlandi. Ularga A. Penkning Dunay daryosi, Rixter va Shrayberlarning Elba daryosi bo‘yicha olib borgan izlanishlari misol bo‘la oladi. A. Penkning shu davrda nashr ilingan "Issledovaniya po voprosam ispareniya i stoka s bolüshix basseynov" ilmiy ishi bu borada umumlashtiruvchi izlanishlar qatoriga kiradi. E.M. Oldekopning "Ob isparenii s poverxnosti rechno‘x basseynov" asari fundamental harakterga ega bo‘lib, hanuzgacha o‘z qadrini yo‘qotmagan. Bu ishda G’arbiy Yevropaning qator daryo havzalari bo‘yicha iqlim va boshqa tabiiy- geografik olimlarning bug‘lanish va oqimga ta’siri o‘rganilib, ular orasidagi bog‘lanish formula orqali yoritilgan. XX asrning boshlarida daryo oqimi va uni belgilovchi omillarni o‘rgangan gidrolog olimlar qatoriga D.I.Kocherin, Ye.A.Geyö, N.N.Sokolov, N.Ye.Dolgovaning izlanishlarini eslatib o‘tish joizdir. 1919 yilda tashkil topgan DGI (Davlat Gidrologiya instituti) gidrologik tadqiqot ishlarini maxsus reja bo‘yicha olib borilishiga, fanning yanada rivoj topishiga asos bo‘ldi. 1937 yilda B.D. Zaykov va S. Blinkovlar tomonidan 1280 ta suv o‘lchash punktlarining ma’lumotlari asosida 1:5000000 masshtabli oqim