GO’ZALLIK SALONI LOYIHASINI LOYIHALASHTIRISH VA ISHLAB CHIQISH 24v
“GO’ZALLIK SALONI LOYIHASINI LOYIHALASHTIRISH VA ISHLAB CHIQISH” mavzusida KURS ISHI 1
MUNDAREJA KIRISH……………….……………………………………….………….3 NAZARIY QISM……………………….………......................................5 MBBT tillari haqida ma’lumot…………………………….…...………12 “GO’ZALLIK SALONI” loyihasining strukturasi……...................................................................................14 Jadvallarning o’zaro bog’lanishi…........................................................16 Loyihaning dizayn qismi……………………….…….………..…...…..22 Loyihaning kod qismi…….…………………….…….………………...23 Xulosa…………………………………………….………………….…..25 Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….…….………26 2
Kirish Hozirgi kunda inson faoliyatida ma’lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol o‘ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o‘zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo‘lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o‘zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o‘z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so‘ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma’lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o‘rinli bo‘lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi. Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob’ektlari haqidagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma’noda ma’lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob’ektlari haqidagi ma’lumotlar to‘plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o‘rganilayotgan real muhitning ma’lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o‘quv yurti va boshqalar. Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur: Birinchidan, ma’lumotlar turi, ko‘rinishi, ularni qo‘llaydigan programmalarga bog‘liq bo‘lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar turini o‘zgartirganda, programmalarni o‘zgartirish. Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal 3
qilish lozim. Bundan buyon axborot so‘zini ma’lumot so‘zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so‘zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz. Ma’lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo‘yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma’lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin. T i z i l m a l a sh t i r i sh – bu ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqidagi kelishuvni kiritishdir. Agar ma’lumotlarni tasvirlash usuli haqida kelishuv bo‘lmasa, u holda ular tizilmalashtirilmagan deyiladi. Tizilmalashtirilmagan ma’lumotlarga misol sifatida matn fayliga yozilgan ma’lumotlarni ko‘rsatish mumkin. Ma’lumotlar bazasidan foydalanuvchilar turli amaliy dasturlar, dasturiy vositalari, predmet sohasidagi mutaxassislar bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlar bazasining zamonaviy texnologiyasida ma’lumotlar bazasini yaratish, uni dolzarb holatda yuritishni va foydalanuvchilarga undan axborot olishini ta’minlovchi maxsus dasturiy vosita, ya’ni ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi yordami bilan markazlashtirilgan holda amalga oshirishni nazarda tutadi. Ma’lumotlar bazasi – EHM xotirasiga yozilgan ma’lum bir strukturaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’ektning xususiyatini, holatini yoki ob’ektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashtirilgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir strukturagi ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. 4
Nazariy qism. Malumotlar bazasi haqida tushuncha Ma’lumotlar bazasi - bu EHM ning tashqi xotirasida saqlanadigan, har qanday jismoniy, ijtimoiy, statistik, tashkiliy va boshqa obyektlar, jarayonlar, holatlarning o‘zaro bog‘liq va tartiblashtirilgan majmuidir. Ma’lumotlar bazasi (MB) har xil foydalanuvchilarning axborot yetishmovchiligini ta’minlash uchun mo‘ljallangan. Amaliyotda ko‘pchilik ma’lumotlar bazasi chegaralangan predmet sohasi uchun loyihalashtiriladi. Bitta EHMda bir qancha ma’lumotlar bazasi yaratiladi.Vaqti bilan turdosh vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan ba’zi bir ma’lumotlar bazasi birlashishi ham mumkin. Har qanday axborot tizimi bizni qamragan real dunyoning ba’zi tomonlarini yoki predmet sohasini yoki muammoni yoritishi mumkin. Muammoli muhit vaqti o‘zgarishi bilan o‘zgarishi, ya’ni ob’yektlar xususiyatining o‘zgarishida, eski ob’yektlarning yo‘qolishi va yangilarining paydo bo‘lishida ifodalanadi. Bu o‘zgarishlar voqealar natijasida bo‘lib o‘tadi. Voqealarning ketma-ketligi jarayonni tashkil etadi.Har qanday axborot tizimi ob’yektlarning o‘zlari bilan emas, mavjudiy borliq singari, balki ularning belgili yoritqichi-idenfikatori bilan ishlaydi. Belgi - idenfikatorlarning bosh vazifasi - ob’yektni guruhdagi turdosh ob’yektlardan farqlash.Ob’yektning idenfikatori, umumiy aytganda, ob’yektning xususiyati haqida yoki, ya’ni shunga o‘xshash, uning u yoki bu sinfga tegishligi haqida hech qanday axborot bermasligi mumkin. Ma’lumotlar. Belgili shaklda ifodalangan ob’yekt yoki ob’yektlarning muomalasi haqidagi axborotlar ma’lumotni tashkil qiladi. Bu ma’lumotlar inson yoki qandaydir texnik qurilma tomonidan qabul qilinishi va tegishli tarzda interpretatsiya qilinishi mumkin. Ma’lumotlarning tavsifli xususiyati shu hisoblanadiki, ya’ni ularni bir belgili tizimdan boshqasiga qayta kodlash axborotni yuqotmagan holda o‘tkazish mumkin.Belgili ifodalanishning 5