HARAKAT APPARATINING UMUMIY TA’RIFI
HARAKAT APPARATINING UMUMIY TA’RIFI Reja: 1. Harakat birligi haqida tushuncha. Harakat birliging turlari; 2. Mushak qisqarishining mexanizm iva energiya bilan ta’minlanishi; 3. Mushak qisqarishining shakli va tiplari; 4. Mushak kuchi va unga ta’sir etadigan omillar. Silliq mushaklarning xususiyatlari.
1. Harakat birligi haqida tushuncha va uning turlari Organizmning tabiiy faoliyat sharoitida tetanik qisqarishga asos bo’ladigan hodisalarning umumiy tasviri bilan mukammalroq tanishmoq uchun skelet mushaklarining harakat asabi bilan innervasiyalanishidagi ba’zi xususiyatlarga to’xtab o’taylik. Orqa miyaning oldingi shoxlaridagi harakatlantiruvchi hujayra o’sig’i bo’lmish har bir motor asab tolasi mushakning bir tolasi emas, balki mushak tolalarining bir guruhi innervasiya qiladi. Bu guruh harakat birlik deb ataladi (11.1.1-rasm). Odamning turli mushaklarida harakat birlik tarkibiga kiruvchi mushak tolalarining soni 10 dan 3000 gacha boradi. Aniqroq harakatlarni bajaruvchi ildam mushaklarning harakat birliklarida tolalar hammadan kam. Masalan, ko’z mushaklarida va qo’l barmoqlarining mushaklarida motor birliklar tarkibidagi mushak tolalari 10-25 ta, ulardan har biri bir necha asab tolasidan innervasiya oladi. Bunga qarama-qarshi o’laroq, gavda holatini to’g’rilashda qatnashadigan va aniq nazoratga ehtiyoj sezmaydigan sust mushaklarning harakat birligida 2000 dan 3000 gacha tola bor. Boldir mushaklarning harakat birliklarida 1500 ga yaqin tola bor. Mushaklar odam organizmida asosiy ish bajaruvchi (ishchi) a’zolar- effektorlar hisoblanadi. Odamda ikki tip mushaklar: ko’ndalang targ’il va silliq mushaklarning bo’lishi e’tirof etiladi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar skeletning harakatlanishini, ko’zni harakatga keltirishini va boshqa muhim harakatlarni amalga oshirishni ta’minlovchi funksional tizimlarni shakllantiradi. Ko’ndalang-targ’il mushaklar jumlasiga yurak mushaklari ham kiradi.
11.1.1 - rasm. Harakat birligining tuzilishi. 1-orqa miya, 2-mushak tolalari, 3-harakat birligi, 4-motoneyron. Odam va umurtqali hayvonlarning ko’ndalang-targ’il mushaklari markaziy asab tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Ular avtomatiyadan marhumdirlar, ya’ni markaziy asab tizimi buyrug’iga qarab ishlash qobiliyatiga ega emas. Ular odamning o’z xoxishi irodasiga bo’ysunganligi tufayli ixtiyoriy mushaklar deyiladi. Odamning silliq mushaklari ichki a’zolarga xizmat qiladi. Ular markaziy asab tizimi tomonidan kuchsiz nazorat qiladi, hamda ularga avtomatizm va xususiy intramural yoki metasimpatik asab turlanishi xos, bu narsa ularni ko’p jihatdan o’z- o’zini boshqarishlarini ta’minlaydi.
Silliq mushaklarni (shuningdek, yurak mushaklarini ham) ba’zan noixtiyoriy mushaklar deb yuritiladi, bunda uning inson xoxishi-irodasi bo’yicha nazorat qilinmaganligi e’tiborga olinadi. Odamda ham ko’ndalang-targ’il va ham silliq mushaklar mavjud, lekin ularning xossalari va markaziy asab tizimiga munosabati biroz boshqacha. Odam skeletmmg ko’ndalang-targ’il mushaklari juda ko’p miqdordagi alohida olingan mushak tolalaridan - miofibrillalardan tashkil topgan ular umumiy biktiruvchi – to‘qimali qinda joylashgan va skelet bilan birikkan paylarga mahkamlangan. Ba’zi mushaklarda mushak tolasini hammasi mushak o’qi uzunligi bo’ylab parallel-tolasimon tipli tarzda joylashgan bo’ladi. Boshqa xillarda tolalar bir omondan markaziy pay tuguniga, boshqa tomondan esa tashqi pay qiniga birikadi mahkamlanadi. Ko’ndalang kesimda bunday tuzilish qush patini esiatadi patsimon tip (11.1.1-rasm) . Skelet mushakining har bir tolasi bu ingichka (diametri 10 dan 100 mkm gacha) ancha uzun (2-3 sm gacha), ko‘p yadroli yig‘ilma – simplast hujayralarning birikishidan hosil bo‘ladi. Bir qancha kimyoviy o’zgarishlar mushaklarning ishlashiga asos bo’ladi (103- rasm). Shu reaksiyalarda bo’shab chiqadigan energiyadan mushak qisqarish uchun foydalanadi. Binobarin, mushak energiyasining manbai kimyoviy o’zgarishlardir. Bu kimyoviy o’zgarishlarning xususiyati shuki, murakkab moddaning oddiyroq, tarkibiy qismga bo’linish jarayonni parchalangan moddaning tiklanishiga chambarchas ulanib ketadi. Navbatdagi har bir reaksiya shuning uchun zarur energiyani beradi (11.1.2-rasm).
11.1.2- rasm . Miozinning qisqarish tasviri . Mushakda ro ’ y beradigan kimyoviy reaksiyalar ikki fazaga bo ’ linadi : kislorod kerak bo ’ lmaydigan birinchi faza , ya ’ ni kislorodsiz faza va ikkinchi faza , ya ’ ni kislorodli faza . Kislorodsiz ( anaerob ) faza . Mushakning qisqarishi uchun zarur energiya anaerob fazada bo ’ shab chiqadi . Bu fazada mushakdagi fosforli birikmalar parchalanadi. Bunday birikmalarga adenozintrifosfat kislota (ATF) kiradi. Reaksiyalar ATFning adenil va fosfat kislotalarga parchalanishidan boshlanadi. Bu reaksiyada ancha energiya ajralib chiqadi, mushaklar ish bajarish uchun ana shu energiyadan foydalanadi. ATF parchalangandan keyin kreatin-fosfat kislota kreatin bilan fosfat kislotaga parchalanadi. Kreatinfosfat kislota parchalanganda bo’shab chiqadigan energiya adenil va fosfat kislotalardan yana ATF sintez qilinishiga sarf bo’ladi. Kreatinfosfat kislota parchalangandan keyin glikogen bilan fosfat kislota birikmasi-geksofosfat parchalanib, sut kislotasi bilan fosfat kislota hosil bo’ladi. Bunda ajralib chiquvchi energiya kreatinfosfat kislotaning qaytarilishiga sarf bo’ladi. Shunday qilib, ketma-ket keluvchi shu reaksiyalar natijasida ATF va kreatinfosfat kislota qaytariladi, faqat glyukozaning o’zi sut kislotasigacha parchalanadi. Shu kimyoviy o’zgarishlar zanjiri aniqlanib, asosiy energiya mambalari - ATF va kreatinfosfat kislota tamomila qaytarilishi ma’lum bo’lgandan keyingina kislorodsiz muhitda baqa mushakning 1500 marta qisqara