Harakat tushunchasining falsafiy talqini
Mavzu : Harakat tushunchasining falsafiy talqini Reja: 1. Xarakat va rivojlanish tushunchalari. 2. Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. 3. Anomal hodisalar nazariyasi 4. Mehnat nazariyasi
Xarakat va rivojlanish tushunchalari. Tabiat va jamiyatdagi hamma narsa harakat va rivojlanishda, o’zgarish va o’zaro ta’sirda boladi. Hech bir tinch turgan narsa yo’q.Olamdagi narsalar harakatda bo’lib, biri ikkinchisiga aylanadi, biri ikkinchisidan paydo boladi. Butun tabiat- eng kichik zarradan tortib quyoshgacha, odamjodgacha doimo paydo bolish va yoq bolish, uzluksiz oqish, betoxtov harakat qilish va ozgarish holatini kechirib turadi. Har qanday obyekt uni tashkil etuvchi elementlarning ozaro tasiri tufayli mavjud bola oladi.Masalan,tirik organizmlar ularni tashkil etuvchi molekulalar hujayralar va organizmlaning ozaro tasiri tufayli mavjud.Umumiy tarzda olingan bu ozgarishlar moddiy olam borlig’ining ajralmas xususiyatidir. O’zgarish falsafada harakat tushunchasini ifodalaydi.Harakat – eng oddiy mayda zarrachalarning o’zaro aylanishi, metagalaktikaning kengayishi, organizmlar hujayralarida modda almashinuvi, ijtimoiy hayotda odamlarning faoliyat almashinuvidir. Harakat bu har qanday ozaro tasir va o’zaro tasir natijasida boladigan ozgarishlardir.Materiya harakatsiz bo’la olmaydi. Har qanday obyekt, unda harakatning muayyan tiplari mujassamlashgani uchun ham mavjuddir.Harakat toxtaganda obyekt ham oz mavjudligini tugatadi, u boshqa obyektga aylanadi.Boshqacha aytganda harakat materiyaning ichki timsolidir, atributi hisoblanadi.Harakatsiz materiya hech qayerda ba hech qachon bolgan emas va bolishi mumkin emas. Kuzatilayotgan u yoki bu predmetning tinchlik sukunat holati deyilganda mazkur predmetning muayyan fazoviy konfiguratsiyaga ega ekanligi muayyan tarkibga ega ekanligi, bu tarkib barqarorligini saqlay olishi, o’z elementlari muayyan majmuini takror hosil qila olishi tushuniladi. Lekin aytaylik oddiy elementdan tortib tirik organizmlargacha electron mikroskop bilan kuzatilganda ularning hammasi muayyan zarrachalarning to’xtovsiz harakatidan iboratligini payqash mumkin. Bu bizning tanamiz ruhimizga ham talluqlidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi Harakat shakllari ajratib ko rsatiladi:ʻ
Mexanik Harakat — jismlarning fazodagi o rniʻ vaqt o tishi bilan boshqa ʻ jismlarga nisbatan o zgarishi. Barcha jismlarning Harakati nisbiydir, chunki ʻ harakat Yerga nisbatan (keng ma noda) va atrofdagi jismlarga (mas, yo l chetidagi ʼ ʻ daraxtga) nisbatan qaraladi. Fizik Harakat ( elementar zarralar, atom yadrosi va atomning Harakatdan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon harakatigacha, yorug likdan tortib koinotning ʻ gravitatsiya kuchigacha barchasi shu Harakat shakliga mansubdir); Kimyoviy Harakat (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatiyasi, ionlar harakti, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va b. kimyoviy jarayonlar kiradi); Biologik Harakat (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy Harakatdan keyin moddiy obyektlarning progressiv va regressiv yo nalishda rivojlanishiga ʻ qarab, yuksaklikka — biologik Harakatga va quyi yo nalishiga, inqiroziga qarab ʻ — geologik Harakat ham ko rsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning ʻ halok bo lishi oqibatida katta-katta materiklar, ʻ marjon orollar vujudga keladi. Ijtimoiy Harakat (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo lishi). ʻ Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog liq ʻ bo lgan goyaviy, ma naviy ko rinishdagi Harakat shakllari ham mavjud ʻ ʼ ʻ Harakatni rivojlanish tushunchasi bilan aralashtirmaslik lozim.Rivojlanish bu – faqat sifat o’zgarishlari natijasida eskining o’rnida yangi paydo boladi,quyidan yuqoriga oddiydan murakkabga o’tish sodir bo’ladi.Harakat tushunchasi rivojlanish tushunchasidan kengroq tushunchadir Insonning kelib chiqishi haqida turli nazariyalar. Asotirlar va dinlarda insonning yaratilganligi to‘g‘risida Dastlabki asotiriy tushunchalarga ko‘ra inson yaratilgan mavjudot hisoblanadi. Shumerliklarning saqlanib qolgan miflari dan birida tasvirlanishicha, erkak va
ayol xudolar suv xudosi bo‘lgan eng dono Enkiga oziq-ovqat va ichimlik miqdorini ko‘paytirish usulini topishini so‘rab murojaat qiladilar. U Yer boyliklari xudosi bo‘lgan xotini Ninmax bilan birgalikda mastlik holatida loydan birinchi odamni nuqsonli qilib yasaydi. Loydan ikkinchi yasalgan odamlar erkak va ayol bo‘lgan. Birinchi insonning paydo bo‘lishi xususida qadimgi yunon miflarida hikoya qilinishicha, Olimp cho‘qqisida yashagan xudolardan odamlar tug‘ilgan. Nasroniylikning muqaddas kitobi «Injil»da aytilishicha , «…Yana Xudo: «O‘z suratimizga ko‘ra, O‘zimizga o‘xshash odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, ko‘k yuzidagi parrandalar, chorvalar, ha, butun yer yuzi va yerda harakat qiluvchi barcha maxluqot ustidan hokimlik qilsin», dedi … Xudovandi karim yerning tuprog‘idan odamni yasab, uning dimog‘iga hayot nafasini pufladi. Shu yo‘sinda odam tirik jon bo‘ldi» Qur’oni karimda bu jarayon quyidagicha ifodalangan : «…Biz insonni (Odamni) loyning sarasidan yaratdik. So‘ngra uni (inson naslini, avvalo) mustahkam qarorgoh (bachadon) da maniy qildik. So‘ngra (bu) maniyni laxta qon qilib yaratdik, bas, laxta qonni parcha go‘sht qilib yaratdik, bas, parcha go‘shtni uyaklar qilib yaratib, (bu) suyaklarga go‘sht qopladik, so‘ngra (unga jon kirgizib, oldingi holidan butunlay) boshqacha bir vujudni paydo qildik». Buddaviy dinida ta’kidlanishicha , voqelik nomoddiy zarracha hisoblangan dxarma harakatidan iborat. Bunda har bir alohida mavjudotga doim harakatda bo‘lgan kuchlarning o‘tkinchi yig‘indisi sifatida qaraladi. Jumladan, hayot ham abadiy qonunlarga ko‘ra va ularga bog‘liqlikda paydo bo‘lib, yana yo‘qolib turadi. Ko‘rinib turibdiki, diniy nuqtayi nazarlarda ham javoblar xilma xil. Shuning uchun qadimdanoq kishilar muqobil javoblarni topishga harakat qilishgan. Albatta, bunda tayanch nuqta bo‘lib asta-sekin to‘planib borgan ilmiy dalillar xizmat qilgan. Tabiatshunoslik dalillari Diniy ta’limotlarga muqobil ilgari surilgan nazariyalar o‘tmishda, ayniqsa,yangi zamonning boshlaridan Yevropada to‘plangan ma’lumotlar insonning paydo
bo‘lishiga doir avvalgi diniy nazariyalarga qarama-qarshi kelib qolgan edi. Masalan, tasodifan yoki maxsus izlanishlar tufayli topilgan turli xil suyaklarning , garchi ular boshqa biologik tur – hayvonlarga tegishli bo‘lsa-da, inson suyaklariga ham o‘xshashligi ma’lum bo‘ldi. Tadrijiylik ilmiy yo‘nalish nazariyasi Bu nazariyaga ko’ra hayvonlar, o’simliklar o’zining tuzilishini mukammallashtirib boradi va bunga tashqi ta’sir ham ta’sir qiladi deyilgan.Shunda hayvonlar yildan yilga rivojlanib inson qiyofasiga kelgan deb hisoblanadi . Inson kelib chiqishi to‘g‘risidagi ilmiy yo‘nalish organik olamdagi barcha mavjudotlarning rivojlanishi to‘g‘risida XIX asrda tabiatshunos olimlarning izlanishlari natijasi o‘laroq xiyla asoslab berilgan. Tadrijiylik nazariyasida qiyosiy anatomiya, fiziologiya va hozirgi mavjud turlarning rivojlanishi tarixiy ma’lumotlar, shuningdek, qirilib ketgan turlar haqidagi paleontologiya materiallari har tomonlama o‘rganilgan edi. Bu nazariya o‘z ichiga kishilik dunyosini qamrab olmasligi mumkin emasdi. Antropogenezning tadrijiylik nazariyasi ba’zi jihatlardan XVIII asrda Yevropada ilgari surilgan turli qarashlarning davomi sifatida maydonga kelgan. Darvinizm nazariyasi Tadrijiylik doirasidagi Darvin ta’limotiga ko‘ra insonning kelib chiqishi va mavjudligi tirik dunyodagi tabiiy tanlanish, irsiyat va o‘zgaruvchanlik omillari bilan belgilanadi. Charlz Robert Darvin «Tabiiy tanlanish yo‘li bilan turlarning kelib chiqishi yoki yashash uchun kurashda maqbul zotlarning saqlanishi» (1859), «Madaniy o‘simliklarning va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (1859), «Madaniy o‘simliklar va uy hayvonlarining o‘zgarishi» (2 jildlik, 1871), «Inson va hayvonlarda emotsiyaning ifodalanishi» (1878) va boshqa asarlarida tirik tabiatning tadrijiy qiyofasini ishlab chiqdi. Biologiyaviy tushuntirish me’yorlari va ideallarini qayta qurdi. Darvinizm ta’limoti maydonga kelganda genetika fani to‘la shakllanib bo‘lmagan edi. Shuning uchun ham unda insonning biologiyaviy, ruhiy va ijtimoiy jihatlari o‘z aksini topmagan. Vernadskiy va Teyar de Sharden nazariyasi