logo

HAYVONLARDA OYOQLARNING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI. NERVLARNI OG’RIQSIZLANTURISH. OYOQ AMPUTASIYASI VA EKZARTIKUYASIYASI OPERASIYA TEXNIKASI

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

40.353515625 KB
HAYVONLARDA  O YO Q LAR NING  ANATOMO-TOPOGRAFIK
TUZILISHI . NERVLARNI OG’RIQSIZLANTURISH. OYOQ
AMPUTASIYASI VA EKZARTIKUYASIYASI OPERASIYA
TEXNIKASI
REJA:
Oldingi oyoq.
1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’lishini
2. Oyoq nervlarini o’tkazuvchi og’riqsizlantirish 
3. Sinovial tuzilmalardagi operasiyalar
A)   bo’giklar   kapsulasi,   shilimshiq   xaltasini   va   naysimon   sinovial   qini
tuzilishi.
B) bo’g’inlarda o’tkaziladigan pu nk siyalar
Orqa oyoq.
1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’linishi .
2. Innervasiyasi va ularni og’riqsizlantirish .
3. Orqa oyoq bo’g’inlarini punksiyasi
4. Juft tuyoqli hayvonlarda falangalarda ekzartikulyasiya va aputasiya o’tkazish .
   Oldingi oyoq quyidagi qismlarga bo’linadi.
1.   qurak–yelka   qismi   (regio   scupolo   humeralis)   yuqori   chegarasi   –kurakni
yuqori uchta bir qismida, pastki-tirsak tepaligini yuqorisidan; oldingi kurak-
yelka bo’g’inini oldi tarafi bo’yicha; orqadan tirsak chizig’i.
Quyidagi qavatlardan iborat:
     Muskul qavati: 
1. O’q oldi muskuli – m.supraspinelus kurak suyagining o’q oldi chuqurchasini
to’ldirib turadi, kurak-yelka bo’g’inini yozuvchi muskuli.
2. Kichik  yumaloq  muskul  –  m.teres  minor  kichik  va  yupqa  bo’lib,  o’q  orqasi
va deltasimon muskullar orasida joylashadi. Bo’g’inga bukuvchi ta’sir qiladi.
3. O’q   orqasi   muskuli   –   m.intraspinalus   ko’krak   suyagining   o’qi   orqasidagi
chuqurchani to’ldirib turadi. Oyoqlarni yaqinlashtiruvchi muskul.
4. Yelka   suyagining   uch   boshli   muskuli   –   m.tricepa   brachii.   Bu   muskul
ko’krak-yelka suyagi hosil qiluvchi uchburchakda joylashadi. Uzun, o’rta va
yonbosh boshga bo’linadi. Tirsak bo’g’inini yozuvchi muskul.
5. Yelkani   ikki   boshli   muskuli   –   m.bicepa   brachii.   U   yelka   suyagini   oldingi
tarafida joylashadi, tuzulishi naysimon, ikki bo’g’inga ta’sir qilinadi. Yuqori
pay ostida bursa joylashadi. Bu muskul yelka-kurak bo’g’inini yoradi, tirsak
bo’g’imini bukadi.
                Kurak   osti   muskuli   –   m.subscupularis   kurak   suyagini   ostidagi
chuqurchani to’ldiradi. Oyoqlarni uzoqlashtiruvchi muskul.
        Suyak usti pardasi.
               Suyak-kurak va yelka suyaklari. Bular birlashib kerak-yelka bo’g’inini
tashkil qiladi.
         Bu bo’g’in ko’p o’qli bo’g’inga kiradi.
                  Tirsak   bo’g’ini   va   bilak   oblasti   –   region   cubitalis   et   antibrachialis.
Yuqori   chegarasi   yuqori   qismini   pastki   chegarasi,   pastdan   kaft   suyagini
proksimal qismidan o’tadi. U quyidagi qatlamlardan iborat:
Muskul qavati lateral yuzadan o’tadi:
1. Bilakuzuk bo’g’imini   yozuvchi muskuli – m.extensa carpi radialis.
Bu muskul yelka suyagidan boshlanib kaft suyagida tugaydi. Payni qin o’rab
turadi.
2.   Barmoqlarni   umumiy   yozuvchi   muskuli   uzun   bo’lib,   tirsak
bo’g’imidan tuyoq suyagida tugaydi.
3.   Barmoqlarni   yon   tomondan   yozuvchi   muskul,   paylarini   atrofida
sinovial qin bo’ladi.
4.   Bilakuzuk   bo’g’imini   yozuvchi   tirsak   muskul,   lekin   bukish
funksiyasini bajaradi.
Medial yuzadan:
 1. Bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak muskuli – m.flexsor carpi radialis
tirsak bo’g’imidan boshlanib kaft suyagida tugaydi, pay qin bilan o’ralgan.
  2. Bilakuzuk bo’g’inini bukuvchi tirsak muskuli – m.flexor carpi ulnaris
tirsak va yelka suyaklaridan boshlanib tuyoq suyagida tugaydi, pay qin bilan
o’ralgan.
3.   Barmoqni   bukuvchi   yuza   muskuli   -   m.flexor   digitalis   super   facialis
yelka suyagidan boshlanib barmoqlarda tugaydi.
4.   Barmoqlarni   bukuvchi   chuqur   muskul   -   m.flexor   digitalis   profundus
yuza muskulni payi bilan birlashadi, atrofi qin bilan o’ralgan.
5-qavat suyak usti qavati.
6-qavat suyak-bilak va tirsak suyaklari, bilakuzuk suyaklari va kaft suyagi.
Yelka, bilak, tirsak suyaklari tirsak bo’g’imini tashkil qiladi.
Bilak,   bilakuzuk   suyaklari   va   kaft   suyagi   bilakuzuk   bo’g’imini   tashkil
qiladi,   uchta   bo’g’imdan   tashkil   topgan   –   bilak-bilakuzuk,   qatoraro,
bilakuzuk kaft. Kaft   va   barmoq   qismi   –   regio   metacarpi   et   digitalis   yuqori   chegarasi
oldingi qismini pastki chegarasi, pastdan tuyoq bilan chegaralangan.
Birinchi   barmoq   suyagi   tushoq,   ikkinchisi   yumaloq   va   uchinchisi
tuyoqsimon suyak deyiladi.
Oldingi   oyoq   quyidagi   nervlar   bilan   innervasiyasi   ta’minlanadi.   Ko’krak
osti nervi, qo’ltiq nervi, bilak nervi, tirsak nervi, o’rta nerv.
O’rta nervni og’riqsizlantirish
Ko’rsatma.  Bilak va bilakuzukda o’tkaziladigan operasiya vaqtida.
Texnikasi.   Bilakni   medial   yuzasida   igna   sanchiladi,   bilak   suyagi   va
bilakuzuk   bo’g’imini   bukuvchi   bilak   muskuli   oralig’ida.   1-1,5   sm
chuqurligida,   10   ml   3   %   li   novokain   eritmasi   yuboriladi.   Magda   esa
bilakuzuk   bo’g’imini   bukuvchi   bilak   va   tirsak   muskullari   oralig’iga
yuborishni tavsiya qiladi.
Tirsak nervini og’riqsizlantiri
Texnikasi.   Bilakni   volyar   yuzasida   yordamchi     suyakdan   8-10   sm
yuqoriga bilakuzukni yozuvchi va bukuvchi tirsak muskullari oralig’iga 1-1,5
sm chuqurlikka sanchiladi va 10 ml 3 % li novokain eritmasi yuboriladi.
Oyoqlarda   quyidagi   sinovial   tuzilmalar   bor:   bo’g’inlar   kapsulasi,
shilimshiq xalta va paysimon sinovial qin.
Bo’g’inlarni   butun   ustki   tomonini   biriktiruvchi   to’qimadan   hosil   bo’lgan
parda shaklidagi kapsula o’rab oladi. U ikki qavatdan iborat: tashqi fibroz va
ichki   sinovial,   bu   qavat   sinovial   suyuqligini   ajratadi.   Fibroz   parda   suyak
pardasining davomi bo’lib, bir suyakdan ikkinchisiga o’tadi.
Shilimshiq   xaltacha   –   bursa   ko’p   harakat   qiladigan   va   harakat   vaqtida
ishqalanadigan muskullarni payi ostida joylashadi. Ichki qavatiga qarab ular
shilimshiq   yoki   sinovial   bursaga   bo’linadi,   oxirgisi   bo’g’inlar   bilan
birlashgan. U 4 qavatdan iborat – epitelioid, yupqa, yo’g’on tolali va fibroz. Paysimon   sinovial   qin   –   oyoq   muskullarining   paysimon   qismini   o’rab
olib,   muskullarning   oson   ishlashini   ta’minlaydi.   U   ikki   qavatdan   iborat:
fibroz   va   sinovial.   Sinovial   qavati   ikkita   pardadan   tashkil   topgan   –   visseral
payga yaqin, pariyetal fibroz qavatiga yaqin. 
Yelka bo’g’inining punksiyasi
Ko’rsatma.  Diagnostika va davolash uchun.
Texnikasi.   Yonbosh   holatda   fiksasiya   qilinadi,   tashqi   tarafdan   tashqi   va
tashqi orqa tepacha oralig’iga igna sanchiladi 4-5 sm chuqurlikgacha.
Ikki boshli muskulni pay osti shilimshiq bursani punksiyasi
Fiksasiya.  Tik holatda fiksasiya qilinadi.
Texnikasi.  Muskulni yuqori payi va orqa suyagm oralig’ida ariqcha tagiga
igna sanchiladi, yo’nalishi pastdan yuqoriga va 3-4 sm ichkariroq.
Orqa oyoq
Hayvonlarni orqa oyog’i quyidagi qismlarga bo’linadi:
Sag’rin-son   qismi   –   yuqori   chegarasi   o’rta   chiziq   bo’yicha,   pastdan
tizza bo’g’ini yuqori qismidan, oldida sonning keng fassiyasini taranglovchi
muskul bo’yicha.
Quyidagi qismlardan iborat:
Muskul qavati:
1. Sag’rinning yuza muskuli;
2. Sag’rining o’rta muskuli;
3. Sag’rining chuqur muskuli;
4. Noksimon muskul – o’rta muskul bilan birlashgan; 
5. Sonni   ikki   boshli   muskuli   –   m.bicepa   femoris   dumg’aza   va   quymich   qismi
bo’ladi. shu suyaklardan boshlanib to boldir suyagigacha boradi; 6. Yarim pay muskuli – m.genifendinosus birinchi dum umurtqasida boshlanib
to boldir suyagigacha boradi;
7. Yarim parda muskuli – m.semumembranus quymich suyagidan boshlanib son
suyagini distal qismida tugaydi;
8. Sonning   to’rt   boshli   muskuli   yozuvchi   muskul   to’g’ri,   yon,   o’rta   va   oraliq
boshi bo’ladi;
9. Bukuvchi muskul – sonni o’rta yuzasida joylashadi;
10. Taroqsimon   muskul   –   tos-son   bo’g’imini   bukadi,   oyoqni   oldinga
ko’taradi;
11. Nozik muskul – sonni ichki yuzasida joylashadi. Tos suyagini boshida
boshlanadi va boldir suyagini tarog’ida tugaydi.
Suyak usti pardasi.
Suyak - tos va son suyaklari birikib tos-son bo’g’imini tashkil qiladi.
Tizza bo’g’imi va boldir qismi quyidagi qavtlardan iborat:
Yozuvchi muskullar:
1.   Boldirning   uch   boshli   muskuli:   shundan   ikkitasi   boldirning
lentasimon yon, o’rta muskullari, uchinchisi tovon muskuli.
2.   Katta   boldir   suyagining   oldingi   muskuli   boldir   suyakni   oldingi
qismida joylashgan, kaft suyagida tugaydi.
3. Kichik boldir suyagining uchinchi muskuli – bukuvchi, son suyagida
boshlanib kaftda tugaydi.
4.   Kichik   boldir   suyagining   uzun   muskuli   katta   boldir   suyagini   yon
do’mbog’ida boshlanib I tovon suyagida tugaydi.
5. Barmoq bo’g’imlarini yozuvchi muskul.
6. Barmoqlarni yon tomonga yozuvchi muskul.
7. Barmoqlarni yuukuvchi yuza muskul.
8. Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul.
Suyak usti qavati -  Suyak   –   tizza,   katta,   kichik   boldir   suyagi   son   suyagi   bular   birlashib
son-boldir   bo’g’inini   tashkil   qiladi.   Tizza   qopqog’i   va   son   suyagi   birlashib
tizza   qopqog’i   bo’g’inini   hosil   qiladi.   Bo’g’in   murakkab,   ikki   o’qli,
kapsuladan tashqari 4 pay yordamida berkiladi.
Sakrash   bo’g’ini,   kaft   va   barmoq   qismi   –   yuqori   chegarasi   oldingi
qismini   pastki   chegarasiga   to’g’ri   keladi,   pastki   chegara   tuyoq   bilan
chegaralangan. 
Sakrash   tovon   bo’g’ini   murakkab   bo’lib,   bir   necha   qator   suyaklardan
tashkil   topgan,   shundan   1)   boldir-oshiq   bo’g’inida   faqat   harakat   bo’ladi;   2)
yuqori   qatorning   markziy   suyak   bo’g’imi;   3)   markaziy   suyakning   pastki
qator bo’g’imi; 4) pastki qatorning kaft suyagi bo’g’ini.
Qon bilan ta’minlanishi – yonboshning tashqi arteriyasi.
Innervasiyasi – quymich nervi va shundan tarqaladigan nervlar, katta va
kichkina boldir nervi.
Yirik shoxli mollarni uchinchi barmog’ini olib tashlash
(ekzartikulyasiya)
Ko’rsatma.  Yiringli artrit, bukuvchi paylarni chirishi, suyakni chirishi.
Operasiyaga tayyorlash  –  щ yetka yordamida yuvilib tozalanadi.
Fiksasiya  – yotgan holatda.
Og’riqsizlantirish   –   neyroleptik,   volyar   nervlarni   sirkulyar
og’riqsizlantirish.
Texnikasi.   Kaft   qismida   qonni   to’xtatuvchi     jgut   qo’yiladi.   tuyoqni
kesib olib tashlashdan oldin unda chiziq o’tkaziladi, oldi tarafdan to yumshoq
tovongacha, 3 sm shundan pastroq arra yordamida kesiladi, qoldiq to’qimlar
suyak parchalari olib tashlnadi va yumaloq suyakni tog’ayi qirib tashlanadi.
Antibiotiklar sepiladi va qarag’ay moyi bilan qattiq bog’lab qo’yiladi. 10-15
kundan keyin qoldiq  bitadi va shox qavati paydo bo’ladi. Yirik shoxli mollarni barmog’ini amputasiyasi
Ko’rsatmasi.   2-3   barmoq   bo’g’inlarini   yiringli   yallig’lanish,   chirish
jarayonlari, yaщurni asoratlari tuyoq yuvilib tozalanadi.
Fiksasiya  – yotgan holatda.
Og’riqsizlantirish  – neyroleptik, volyar nervlarni og’riqsizlantirish.
Texnikasi.  Qon to’xtatuvchi jgut qo’yiladi. amputasiyani tushov suyagi
orqali olib borish kerak. Operasiyani dorsal yuzadan kesish bilan boshlanadi,
tuyoqni   jiyagigacha  kesib   boriladi,  keyin   tuyoq   oralig’i   kesiladi   va   shunday
qilib   volyar   yuzada   ham   teri   kesiladi   v   teri   qurog’i   ajratilib   olinadi.   Qaychi
yordamida paylar kesiladi, keyin arra yordamida yuqoridan pastga qiya qilib
suyak   kesiladi   va   olib   tashlanadi.   Oxirida   qon   oqishi   to’xtatiladi,   ajratilgan
to’qimalar   olib   tashlanadi,   antibiotiklar   sepiladi.   Preparovka   qilingan   teri
uzlukli chok bilan tikiladi.
Quymich nervini og’riqsizlantirish
Ko’rsatmasi.   Trofik   yaralarni   davolash   va   oyoqni   pastki   qismida
o’tkaziladigan operasiyalar vaqtida. Bu og’riqsizlantirishni o’tkazgan vaqtda
hayvon 2-3 soat yetkan holatda bo’lishi kerak.
Texnikasi.   Otlarda:   Yotgan   holatda   fiksasiya   qilinadi,   orqa   oyog’i
bukilgan holatd. Ignani sanchish nuqtasi son suyagini katta do’mbog’idan 2-3
sm   pastroq.   12-15   sm   igna   ishlatiladi.   Operasiya   maydonchasini   tayyorlab
igna to suyakka tekkuncha yuboriladi, 0,5-1,0 sm suyakdan siljitilib 50-80 ml
4-5   %   li   novokin   eritmasi   yuboriladi.   Og’riqsizlantirish   15-20   minutdan
keyin vujudga keladi.
Yirik   shoxli   hayvonlarda:   fiksasiya   yuqorida   aytilgandek   bajariladi.
Ignni   sanchish   nuqtasi   son  suyagini  katta  do’mbog’ini   orqa   qirrasidan.  Igna
suyakka tekkuncha yuboriladi, 1.5-2 sm siljitilib 60-80 ml 4-5 % li novokain
eritmasi yuboriladi.
Tizza qopqog’i bo’g’imini punksiyasi Ko’rsatma.  Diagnostika va davolash uchun.
Fiksasiya.  Turgan yoki yotkan holatda.
Texnikasi.   Punksiya   tashqi   va   o’rta   yoki   o’rta   va   ichki   tizzani   to’g’ri
paylari   oralig’ida   qilinadi.   Igna   tizza   kosachasida   2-3   sm   pastroqga
sanchiladi, chuqurligi 3-5 sm. Ignani uchidan sinoviya oqib tushishi kerak.
Katta boldir nervini og’riqsizlantirish.
Ko’rsatma.   Diagnostika   o’tkazish   maqsadida   yoki   sakrash   bo’g’ini   va
barmoqlarda o’tkaziladigan operasiyalar vaqtida.
Texnikasi . Otni tik yoki yotkan holatda fiksasiya qilish mumkin. Ignani
sanchish nuqtasi tovon ariqchasini ichki tarafidan, tovon tepachasidan 10-12
sm   yuqoriga   va   tovon   paydan   0,5-1   sm   oldinga.   Igna   yuqoridan   pastga
yuboriladi   45-50 0
  burchakda,   chuqurligi   1-1,5   sm   bo’lib,   20   ml   3-4   %   li
novokain eritmasi yuboriladi.
Kichik boldir nervini umumiy tanasini blokada qilish
Ko’rsatma . Kaft va barmoq oblastlarida operasiya o’tkazish vaqtida.
Texnikasi.  Hayvonni tik yoki yotgan holatda fiksasiya qilish mumkin.
Ignani sanchish nuqtasi boldir suyagini tashqi yon bo’rtig’iga qarama-
qarshi.  Ikki  boshli  muskulni  pastki  qismida  chuqurligi  1,5-2  sm,  keyin  orqa
tarafga yuritilgan igna 3-4 sm siljitiladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Operativ xirurgiya – X.K. Rustamov, Ya.A.Axbutayev, B.D.Narziyev – 
1997.
2.Operativnaya xirurgiya – I.I.Magda – 1990.
3.Xirurgiya krupnogo ragatogo skota – P.S.Kuznesov – 1974.
4.Operativnaya xirurgiya – I.K.Shomirzayev – 1987.
5.Novoye licheniye nezaraznqx bolezney selsko-xozyaystvenqx – V.R.Mosin
– 
1973 .
6.   A.   David   Weaver,   Guy   St   Jean,   Adrian   Steiner   “Bovine   surgery   and
Lameness” USA, 
               2005

HAYVONLARDA O YO Q LAR NING ANATOMO-TOPOGRAFIK TUZILISHI . NERVLARNI OG’RIQSIZLANTURISH. OYOQ AMPUTASIYASI VA EKZARTIKUYASIYASI OPERASIYA TEXNIKASI REJA: Oldingi oyoq. 1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’lishini 2. Oyoq nervlarini o’tkazuvchi og’riqsizlantirish 3. Sinovial tuzilmalardagi operasiyalar A) bo’giklar kapsulasi, shilimshiq xaltasini va naysimon sinovial qini tuzilishi. B) bo’g’inlarda o’tkaziladigan pu nk siyalar Orqa oyoq. 1. Anatomo-topografik ma’lumot, chegaralari va qismlarga bo’linishi . 2. Innervasiyasi va ularni og’riqsizlantirish . 3. Orqa oyoq bo’g’inlarini punksiyasi 4. Juft tuyoqli hayvonlarda falangalarda ekzartikulyasiya va aputasiya o’tkazish .

Oldingi oyoq quyidagi qismlarga bo’linadi. 1. qurak–yelka qismi (regio scupolo humeralis) yuqori chegarasi –kurakni yuqori uchta bir qismida, pastki-tirsak tepaligini yuqorisidan; oldingi kurak- yelka bo’g’inini oldi tarafi bo’yicha; orqadan tirsak chizig’i. Quyidagi qavatlardan iborat: Muskul qavati: 1. O’q oldi muskuli – m.supraspinelus kurak suyagining o’q oldi chuqurchasini to’ldirib turadi, kurak-yelka bo’g’inini yozuvchi muskuli. 2. Kichik yumaloq muskul – m.teres minor kichik va yupqa bo’lib, o’q orqasi va deltasimon muskullar orasida joylashadi. Bo’g’inga bukuvchi ta’sir qiladi. 3. O’q orqasi muskuli – m.intraspinalus ko’krak suyagining o’qi orqasidagi chuqurchani to’ldirib turadi. Oyoqlarni yaqinlashtiruvchi muskul. 4. Yelka suyagining uch boshli muskuli – m.tricepa brachii. Bu muskul ko’krak-yelka suyagi hosil qiluvchi uchburchakda joylashadi. Uzun, o’rta va yonbosh boshga bo’linadi. Tirsak bo’g’inini yozuvchi muskul. 5. Yelkani ikki boshli muskuli – m.bicepa brachii. U yelka suyagini oldingi tarafida joylashadi, tuzulishi naysimon, ikki bo’g’inga ta’sir qilinadi. Yuqori pay ostida bursa joylashadi. Bu muskul yelka-kurak bo’g’inini yoradi, tirsak bo’g’imini bukadi. Kurak osti muskuli – m.subscupularis kurak suyagini ostidagi chuqurchani to’ldiradi. Oyoqlarni uzoqlashtiruvchi muskul. Suyak usti pardasi. Suyak-kurak va yelka suyaklari. Bular birlashib kerak-yelka bo’g’inini tashkil qiladi. Bu bo’g’in ko’p o’qli bo’g’inga kiradi. Tirsak bo’g’ini va bilak oblasti – region cubitalis et antibrachialis. Yuqori chegarasi yuqori qismini pastki chegarasi, pastdan kaft suyagini proksimal qismidan o’tadi.

U quyidagi qatlamlardan iborat: Muskul qavati lateral yuzadan o’tadi: 1. Bilakuzuk bo’g’imini yozuvchi muskuli – m.extensa carpi radialis. Bu muskul yelka suyagidan boshlanib kaft suyagida tugaydi. Payni qin o’rab turadi. 2. Barmoqlarni umumiy yozuvchi muskuli uzun bo’lib, tirsak bo’g’imidan tuyoq suyagida tugaydi. 3. Barmoqlarni yon tomondan yozuvchi muskul, paylarini atrofida sinovial qin bo’ladi. 4. Bilakuzuk bo’g’imini yozuvchi tirsak muskul, lekin bukish funksiyasini bajaradi. Medial yuzadan: 1. Bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak muskuli – m.flexsor carpi radialis tirsak bo’g’imidan boshlanib kaft suyagida tugaydi, pay qin bilan o’ralgan. 2. Bilakuzuk bo’g’inini bukuvchi tirsak muskuli – m.flexor carpi ulnaris tirsak va yelka suyaklaridan boshlanib tuyoq suyagida tugaydi, pay qin bilan o’ralgan. 3. Barmoqni bukuvchi yuza muskuli - m.flexor digitalis super facialis yelka suyagidan boshlanib barmoqlarda tugaydi. 4. Barmoqlarni bukuvchi chuqur muskul - m.flexor digitalis profundus yuza muskulni payi bilan birlashadi, atrofi qin bilan o’ralgan. 5-qavat suyak usti qavati. 6-qavat suyak-bilak va tirsak suyaklari, bilakuzuk suyaklari va kaft suyagi. Yelka, bilak, tirsak suyaklari tirsak bo’g’imini tashkil qiladi. Bilak, bilakuzuk suyaklari va kaft suyagi bilakuzuk bo’g’imini tashkil qiladi, uchta bo’g’imdan tashkil topgan – bilak-bilakuzuk, qatoraro, bilakuzuk kaft.

Kaft va barmoq qismi – regio metacarpi et digitalis yuqori chegarasi oldingi qismini pastki chegarasi, pastdan tuyoq bilan chegaralangan. Birinchi barmoq suyagi tushoq, ikkinchisi yumaloq va uchinchisi tuyoqsimon suyak deyiladi. Oldingi oyoq quyidagi nervlar bilan innervasiyasi ta’minlanadi. Ko’krak osti nervi, qo’ltiq nervi, bilak nervi, tirsak nervi, o’rta nerv. O’rta nervni og’riqsizlantirish Ko’rsatma. Bilak va bilakuzukda o’tkaziladigan operasiya vaqtida. Texnikasi. Bilakni medial yuzasida igna sanchiladi, bilak suyagi va bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak muskuli oralig’ida. 1-1,5 sm chuqurligida, 10 ml 3 % li novokain eritmasi yuboriladi. Magda esa bilakuzuk bo’g’imini bukuvchi bilak va tirsak muskullari oralig’iga yuborishni tavsiya qiladi. Tirsak nervini og’riqsizlantiri Texnikasi. Bilakni volyar yuzasida yordamchi suyakdan 8-10 sm yuqoriga bilakuzukni yozuvchi va bukuvchi tirsak muskullari oralig’iga 1-1,5 sm chuqurlikka sanchiladi va 10 ml 3 % li novokain eritmasi yuboriladi. Oyoqlarda quyidagi sinovial tuzilmalar bor: bo’g’inlar kapsulasi, shilimshiq xalta va paysimon sinovial qin. Bo’g’inlarni butun ustki tomonini biriktiruvchi to’qimadan hosil bo’lgan parda shaklidagi kapsula o’rab oladi. U ikki qavatdan iborat: tashqi fibroz va ichki sinovial, bu qavat sinovial suyuqligini ajratadi. Fibroz parda suyak pardasining davomi bo’lib, bir suyakdan ikkinchisiga o’tadi. Shilimshiq xaltacha – bursa ko’p harakat qiladigan va harakat vaqtida ishqalanadigan muskullarni payi ostida joylashadi. Ichki qavatiga qarab ular shilimshiq yoki sinovial bursaga bo’linadi, oxirgisi bo’g’inlar bilan birlashgan. U 4 qavatdan iborat – epitelioid, yupqa, yo’g’on tolali va fibroz.

Paysimon sinovial qin – oyoq muskullarining paysimon qismini o’rab olib, muskullarning oson ishlashini ta’minlaydi. U ikki qavatdan iborat: fibroz va sinovial. Sinovial qavati ikkita pardadan tashkil topgan – visseral payga yaqin, pariyetal fibroz qavatiga yaqin. Yelka bo’g’inining punksiyasi Ko’rsatma. Diagnostika va davolash uchun. Texnikasi. Yonbosh holatda fiksasiya qilinadi, tashqi tarafdan tashqi va tashqi orqa tepacha oralig’iga igna sanchiladi 4-5 sm chuqurlikgacha. Ikki boshli muskulni pay osti shilimshiq bursani punksiyasi Fiksasiya. Tik holatda fiksasiya qilinadi. Texnikasi. Muskulni yuqori payi va orqa suyagm oralig’ida ariqcha tagiga igna sanchiladi, yo’nalishi pastdan yuqoriga va 3-4 sm ichkariroq. Orqa oyoq Hayvonlarni orqa oyog’i quyidagi qismlarga bo’linadi: Sag’rin-son qismi – yuqori chegarasi o’rta chiziq bo’yicha, pastdan tizza bo’g’ini yuqori qismidan, oldida sonning keng fassiyasini taranglovchi muskul bo’yicha. Quyidagi qismlardan iborat: Muskul qavati: 1. Sag’rinning yuza muskuli; 2. Sag’rining o’rta muskuli; 3. Sag’rining chuqur muskuli; 4. Noksimon muskul – o’rta muskul bilan birlashgan; 5. Sonni ikki boshli muskuli – m.bicepa femoris dumg’aza va quymich qismi bo’ladi. shu suyaklardan boshlanib to boldir suyagigacha boradi;