logo

Huquqiy aksiologiya huquqning qadriyat asosi

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

23.8720703125 KB
Mavzu:   Huquqiy aksiologiya: huquqning qadriyat asosi.
Reja:
1. Huquq va huquqdagi qadriyatlar qiymat sifatida.
2. Ozodlik qadriyat sifatida. Huquq erkinlik shakli sifatida.
3. Adolat asosiy yuridik qadriyat sifatida.
  HUQUQIY AKSIOLOGIYa
Aksiologiya   falsafiy   va   huquqiy   tushuncha   sifatida   ontologiya   va
gnoseologiya bilan bilan bog’liq bo’ladi. Aksiologiya–qadriyatlar haqidagi ta’limot
hisoblanadi.   Umuman   aksiologiya   atamasi   ilk   bor   fransuz   faylasufi   P.Lapi
tomonidan 1902 yili va nemis faylasufi E.Gartmann tomonidan 1908 yillarda
qo’llanilgan .   Qadriyatlar   aksiologik   ta’limotlarga   ko’ra   avvalo   huquqiy   va
teologik   kategoriyalar   hisoblanadi.   Qadriyatlarning   turli   xil   ko’rinishlari   mavjud,
jumladan   axloqiy,   estetik,   diniy,   huquqiy   (X.Kelzen),   siyosiy,   iqtisodiy   (Byom-
Baverk) va boshqalar.
Aksiologiya   -   qadriyatlar   to’g’risidagi   ta’limot.   “Qadriyat”   tushunchasidan
axloqan   zaruriy   maxsus   ma’noda   foydalanish   Kantga   borib   taqaladi.   Uning
talqinidagi   qadriyat   -   bu   muqarrarlik   va   erkinlik   ahamiyatiga   ega   narsa.
Zarurlikning   ushbu   aprior   olami   Kant   tomonidan   sabab-oqibat   aloqalari   va
zaruriyat   hukmronlik   qiladigan   borliq   olamidan     (empirik   «borliqqa»,   faktik
hodisalar, munosabatlar sohasiga va boshqalarga) ajratilgan holda va unga zidlikda
tuziladi.   Shunday   qilib,   gap   qadriyatlarning   normativ   va   regulyativ   ahamiyati
to’g’risida   boradi.   Ular,   Kantga   ko’ra,   o’zida   aqlning   aprior   imperativlarini   -
zarurning   maqsadlari,   talablari,   formulalari   va   maksimalarini   ifodalaydi.   Kant
tomonidan   axloq   va   huquqqa   tatbiqan   shakllantirilagan   kategoriya   imperativlari
ham u bilan axloqiy aloqador bo’lishi kerak.
Kantning   izdoshlari   (R.GLotse,   V.Vindelband   va   boshqalar)   undanda
ilgarilab   ketishdi   va   nafaqat   axloqiylik   sohasida,   balki   fan,   san’at   va   umuman
madaniyat   sohasida   qadriyatlar   va   qo’yilgan   maqsadning   normativ-regulyativ
ahamiyati   to’g’risidagi   tasavvurlarni   rivojlantirganlar.   Masalan,   neokantchi
Vindelband   qadriyatni  madaniyat  normasi  sifatida talqin etdi  va haqiqat, ezgulik
va   go’zallik   qadriyatlaridan   tashqari   inson   madaniyatining   san’at,   din,   fan   va
huquq singari qadriyat-boyliklarini ham e’tirof ettan.
Obyektiv-idealistik   falsafa   (Platondan   Gegelgacha   va   ularning   zamonaviy
izdoshlari)   uchun   qadriyatlar   muammosiga   boshqacha   yoshdashish   xosdir.   Unga
ko’ra   borliq   ne’mat   (ya’ni   qadriyat)   dir.   Biroq   bunda   borliq   deganda   empirik reallik   emas,   balki   haqiqiy   borliq,   ya’ni   obyektiv   aql,   g’oya,   borliqning   ma’nosi,
muqarrarlik tarzidagi borliq va, binobarin, qadriyat nuqtai nazaridan ahamiyatlilik
nazarda tutiladi.
Huquqiy aksiologiyaning predmet  sohasi  va asosiy  mavzulari  -  bu huquqni
qadriyat   (maqsadlar,   muqarrarlik,   imperativ   talablar   va   boshqalar)   sifatida
tushunish   hamda   talqin   qilish   va   amaldagi   mazkur   qonun   (pozitiv   huquq)   va
davlatning huquqiy (ya’ni qadriyat ma’nosida - huquq nuqtai nazaridan) ahamiyati
to’g’risida tegishli qadriyatli hukmlar (va baholardir).
Huquqiy aksiologiyaning predmeti – huquqni qadriyatlarning o’ziga xos turi
sifatida   tushunish   va   ularni   talqin   qilish   muammosi   bo’lib,   mavjud   qonunlarning
huquqiy ahamiyati, ya’ni qadriyatlarini o’rganadi. Huquqiy aksiologiyaning huquq
falsafasi   kabi   asosiy   tahlil   etish   predmeti–bu   huquqiy   munosabatlardan   tashqari,
huquqiy   hodisalarning   bir   turi   sifatida,   huquqiy   tashkilot   sifatida   davlatning
mohiyatini   o’rganishdan   iboratdir.   Huquqiy   madaniyatning   muhim   funksiyalari
ya’ni   regulyativ   normativ,   sosiologik,   kommunikativ,   prognostik   va   boshqalar
huquqiy aksiologiya bilan uzviy bog’liq bo’ladi. 
2. LEGISTIK AKSIOLOGIYa
Huquq   va   qonun   bir-biriga   tenglashtiradigan,   huquqning   obyektiv
mohiyatini va shu bilan birgalikda huquqni zo’ravonlikdan farqlovchi mezonlarni
inkor   qiladigan   legizm   doirasida,   prinsip   jihatidan   olganda,   qonunning   huquqiy
bahosi va huquqiy qadriyati to’g’risida so’z yuritish mushkul.
Legizm   huquqning   qonun   chiqaruvchi   va   qonunga   bog’liq   bo’lmagan
obyektiv   xossalari   hamda   tavsiflarini   inkor   etishi   tufayli   aksiologik   jihatdan
huquqiy qadriyatlarni mohiyatan rad etadi va faqat qonunning (pozitiv qonunning)
muhimligini tan oladi. Bunda legistlar (pozitivistlar va neopozitivistlar) tomonidan
e’tirof   etiladigan   qonunning   (pozitiv   huquqning)   «muhimligi»   aslida   huquqiy
qadriyat   mazmunidan   mahrum   etilgan.   Qonunning   (pozitiv   huquqning)   legistik
«muhimligi»  - bu biron-bir obyektiv huquqiy asos (hukmron-buyruq ruhida emas)
bo’yicha   uning   umumiy   ahamiyati   emas,   balki   rasman   umumiy   majburiyligi,
hukmron  imperativligidir. Bu   jihatdan   neopozitivist   Kelzenning   radikal   yondashuvi   ibratlidir.   Unga
ko’ra   huquq   faqat   buyruq,   norma   sifatida   qimmatlidir.   Ushbu   ma’noda   (buyruq,
norma   sifatidagi)   huquqni   muqarrarlik   shakli   sifatida   tavsiflaydi.   «Ko’pincha
bo’lganidek,   -   deb   ta’kidalagan   Kelzen,   -   huquq   o’zida   normani   (yoki   buyruqni)
ifodalabgina   qolmay,   balki   u   shuningdek   qandaydir   qadriyatni   tashkil   etadi   yoki
ifodalaydi   (mutlaq   ilohiy   qadriyatga   yo’l   qo’yish   mumkin   bo’lgandagina   bunday
deyish ma’no kasb etadi). Chunki huquq aynan norma bo’lganligi uchun qadriyatni
tashkil etadi...»
Bunda, Kelzenga ko’ra, «norma» - tenglik normasi, erkinlik normasi, adolat
normasi   emas,   balki   sof   muqarrarlik-buyruqdan   iborat   ekanligini   qayd   etish
muhimdir.   Unda   huquqning   rasman-huquqiy   tavsiflaridan   hyech   biri   yo’q.
Kelzenga xos bo’lgan norma (va u bilan birga huquq normasi) - har qanday erkin
pozitiv-huquqiy   mazmunga   imperativ-buyruq   maqomini   va   xarakterini   berish
uchun muqarrarlikning «sof» va bo’m-bo’sh shaklidir.
3. TABIIY-HUQUQIY AKSIOLOGIYa
Tabiiy-huquqiy   aksiologiyaga   muvofiq,   tabiiy   huquq   o’zida   «chinakam»
huquqning   obyektiv   xossalari   va   qadriyatlarini   ifodalaydi   va   shu   sababli   pozitiv
huquqning hamda tegishli huquqni belgilovchi hokimiyatning (qonun chiqaruvchi,
umuman davlatning) qadriyatli (aslida - salbiy) baholashi namunasi, maqsadlari va
mezonlari   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Bunda   tabiiy   huquq   tabiatan   axloqiy   (diniy,
ma’naviy va hokazo) hodisa sifatida tushuniladi va avval boshdan tegishli mutlaq
qadriyat sifatida qaraladi.
Shunday   qilib,   tabiiy   huquq   tushunchasiga,   u   yoki   bu   huquqning   obyektiv
xossalari (kishilarning tengligi va ularning erkinligi va boshqalar) bilan birgaliqda,
har   xil   axloqiy   (diniy,   ma’naviy)   tavsiflar   ham   qo’shiladi.   Huquq   va   axloqning
(din   va   boshqalarning)   bunday   qorishig’i   natijasida   tabiiy   huquq   ijtimoiy
normalarning simbiozi, qandaydir axloqiy-huquqiy (yoki ma’naviy-axloqiy, diniy-
huquqiy)   kompleks   sifatida   namoyon   bo’ladi.   Pozitiv   huquq   va   pozitiv   qonun
chiqaruvchi   (davlat  hokimiyati)   to’g’risidagi   u  yoki   bu  (odatda,   salbiy)   qadriyatli
hukm mana shu nuqtai nazardan chiqariladi. Bunday  yondashuvda  pozitiv  huquq va  davlat  (qadriyati  jihatidan)  huquqiy
mezon   (tabiiy   huquqning   tegishli   konsepsiyasida   mavjud   bo’ladigan   obyektiv
huquqiy xossalar) sifatida baholanibgina qolmay, balki, aslida, mazkur konsepsiya
muallifining   ushbu   huquqning   axloqiy   (ma’naviy,   diniy   va   hokazo)   tabiati   va
axloqiy mazmuni to’g’risidagi tasavvurlari nuqtai nazaridan mohiyat e’tibori bilan
axloqiy   pozisiyadan   baholanadi.   Tabiiy   huquqning   bunday   axloqiy-huquqiy
xossalari   va   mazmun   bilan   bog’liq   tavsiflari   bu   o’rinda   umumlashtirilgan   tarzda
pozitiv   huquq   va   umuman   davlatning   faoliyati   muvofiq   bo’lishi   kerak   bo’lgan
tabiiy huquqning yalpi umumiy va mutlaq adolatliligi sifatida talqin qilinadi.
Bunda   adolat   rasman   yuridik   ma’noda   emas,   balki   har   qanday   tabiiy-
huquqiy   konsepsiya   uchun   alohida   ahamiyatga   ega   bo’lgan   va,   binobarin,
cheklangan hamda aniq axloqiy (yoki aralash axloqiy-huquqiy) mazmunli axloqiy
yoki   aralash   axloqiy-huquqiy   hodisa   va   tushuncha   sifatida   talqin   etiladi.   Shu
sababli   adolatning   har   xil   tabiiy-huquqiy   konsepsiyalari   -   uning   axloqiy   (yoki
aralash   axloqiy-huquqiy)   umumiyligi   va   mutlaq   qadriyatga   da’vo   qilishiga   zid
ravishda,   aslida,   nisbiy   qadriyatga   egadir   va   umuman   axloqiylik   hamda   xususan
huquqning axloqiy qadriyatlari to’g’risidagi relyativistik tasavvurlarni ifodalaydi.
Qayd   etib   o’tilgan   nuqsonlar   an’anaviy   yusnaturalizmgagina   xos   bo’lib
qolmasdan, balki o’tmish va hozirgi zamonning har xil falsafiy ta’limotlariga ham
xosdir.   Ular   huquqni   tushunishda   u   yoki   bu   darajada   tabiiy   huquq   g’oyalari   va
konstruksiyalaridan   kelib   chiqishadi.   Shu   munosabat   bilan   Kant   va   Gegelning
hamda   ularning   izdoshlarining,   V.S.Solovev,   R.Marchichning   va   huquq
to’g’risidagi   ma’naviy-axloqiy   ta’limotning   boshqa   vakillari   ta’limotini,
huquqning «axloqiy minimum», axloqiy tartib yoki axloqiy yaxlitlikning bir qismi,
axloqiy   (ma’naviy,   diniy)   adolatning   ifodalanishi   sifatida   talqin   etilishini   aytib
o’tish mumkin.
Shu   bilan   birga   huquq   qadriyati,   barcha   kishilarning   erkinligi   va   tengligi,
tabiiy-huquqiy   adolat,   insonning   azaliy   va   begonalashtirilmaydigan   huquqlari,
hrkimiyatning huquqiy cheklanishi, huquqiy davlat muammolarining qo’yilishi va ishlab chiqilishini, shubhasiz, tabiiy-huquqiy yondashuv vakillarining xizmati deb
qarash lozim.
4. LIBERTAR-YuRIDIK AKSIOLOGIYa
Libertar-yuridik   aksiologiyaga   muvofiq   huquq   tenglik,   erkinlik   va   adolat
kabi   asosiy   insoniy   qadriyatlarni   ifodalashning   yalpi,   zarur   va   umummajburiy
shakli ekanligi tufayli qimmatlidir.
Shakl, amaldagi munosabatlarning (shu bilan birga ushbu huquqiy shaklning
rasman   qismlari   -   tenglik,   erkinlik,   adolatning)   huquqiy   shakli   bo’lgan   huquqni
huquqiy   shakl   bilan   ifodalanadigan   va   tartibga   solinadigan   ijtimoiy
munosabatlarning   amaldagi   mazmuni   ila   aralashtirib   yubormaslik   zarur.   Bizning
talqinimizga   ko’ra   tenglik,   erkinlik   va   adolat,   -   bu   amaldalik   emas,   balki
huquqiy   rasmiyatchilikdir,   bu   huquq   va   huquqiy   shaklning   rasman-mazmuniy
(moddiy-mazmuniy emas, empirik emas) komponentlari, xossalari va tavsiflaridir.
Aksiologik   jihatdan   huquqning     bunday   yuridik-rasmanlashgan
konsepsiyasi   gap   ma’naviy,   axloqiy,   diniy   va   huquqiy   bo’lmagan   boshqa
qadriyatlar   to’g’risida   emas,   balki   aynan   (va   faqat)   huquqiy   qadriyatlar   haqida
borayotganligini  isbotlashni  asoslash  imkonini  beradi. Huquqiy qadriyatlar huquq
va   huquqiy   shaklning   mutlaq   (abstrakt)   umumiyligi   tufayli   yalpi   va
umumahamiyatli (shu ma’noda nisbiy emas, absolyut) xarakterga ega bo’ladi. Bu
bilan   huquq   o’zining   aksiologik   o’lchovida   tabiiy-huquqiy   yondashuv   uchun   xos
bo’lgan   shunchaki   axloqiy   (yoki   aralash   ma’naviy-huquqiy)   qadriyat-larning
rasmanlaliirilmagan   (rasman-amaliy)   tashuvchisi   sifatida   emas,   balki   muqarrarlik
va qadriyat shakllarining boshqa barcha (ma’naviy, diniy va hokazo) shakllaridan
farq qiluvchi huquqiy muqarrarlikning o’ziga xos shakli sifatida amal qiladi.
Muqarrarlikning   huquqiy   shakli   yaxlit   ma’nosining   bunday   tushunilishi
mazkur muammoga nafaqat  tabiiy-huquqiy, balki  pozitivistik yondashishdan  ham
tubdan farq qiladi.
Hokimiyatning   har   qanday   erkin   mazmunli   buyrug’i   sifatida   huquqning
pozitivistik   qadrsizlanishiga   zid   ravishda   huquqning   libertar   konsepsiyasida
tenglik,   erkinlik   va   adolat   shakli   bo’lgan   huquqiy   shakl   sifat   jihatidan   aniq   va mazmunli, biroq tabiiy-huquqiy yondashuvga xos bo’lgani singari u yoki bu faktik
mazmun   ma’nosida   emas,   balki   qat’iy,   rasman-huquqiy   ma’noda   aniq   va
mazmundor-dir. Shu sababli  rasman-huquqiy jihatdan sifatli ta’rif o’zida umumiy
majburiy,   hukmron   imperativ   va   hokazo   ma’-nodagi   majburiylik   shayushnigina
emas, balki qadriyatli-huquqiy majburiylik ma’nosidagi shaklni ham ifodalay-di.
Inson   borlig’i   (tenglik,   erkinlik,   adolat)   asosiy   qadriyatlarini   huquqiy
(rasman-huquqiy)   talqin   etishning   mazkur   konsepiiyasi   muqarrarlikning   huquqiy
shakli jihatlari sifatida huquqning qadriyatli maqomini (muqarrarlik qadriyatlari va
shakllari   umumiy   tizimida   qadriyat,   huquqning   o’ziga   xosligi   sifatida   huquq
doirasi,   tarkibi,   salohiyatini)   aniq   chizib   beradi   va   qayd   etadi.   Borliq   sohasida
korrespondensiyalanadigan   va   relevant   huquqning   (huquqiy   mazmun   va
qiymatlarning talablari, manbalariga maqsad, asos bo’lmish muqarrarlik sifatidagi
huquqning)   barcha   fenomenlarining   qadriyatli   qiymati   huquqiy   qadriyatlarning
mana shu nuqtai nazaridan belgilanishi mumkin va kerak.
Borliqning   huquqiy   muqarrarlik   nuqtai   nazaridan   qadri yat   jihatidan
belgilanadigai   ushbu   sohasini   yuridik   aksiologiya   doirasida   (uning   predmeti
o’ziga xosligini, ixtisosligi va vazifalarini hisobga olgan holda) butun real mavjud
qonun   (pozitiv   huquq)   va   davlat,   shuningdek   huquqning   barcha   subyektlarining
barcha ko’rinish va o’lchovlardagi yuridik ahamiyatli xulq-atvori tashkil etadi.
Binobarin,   yuridik   aksiologiyada   gap,   huquq   nuqtai   nazaridan   mavjud
qonunning   (pozitiv   huquqning),   davlatning,   huquq   subyektlari   xulq-atvorining
huquqiy   mazmuni   va   qimmatini   baholash   (qadriyat   nuqtai   nazaridan   fikr   yuritish
va   baholash),   ularning   huquqiy   fazilati,   zarur   qadriyat   sifatida   huquqning
maqsadlari,   talablari,   imperativlariga   muvofiqligi   (yoki   muvofiq   emasligi)
to’g’risida boradi. Bunda huquq qonun (pozitiv huquq), davlat, kishilarning hatti-
harakati   uchun   maqsad   sifatida   amal   qiladi.   Bu   qonun   (pozitiv   huquq),   davlat,
odamlarning   yuridik   ahamiyatga   ega   xulq-atvori   huquq   talablari   ifodalanishi   va
amalga oshirilishi uchun yo’naltirilishi kerak, chunki ularning maqsadi, mazmuni,
qimmati   aynan   mana   shundan   iboratdir.   Qonun   (pozitiv   huquq),   davlat,   huquq
subyektlarining xulq-atvori faqat huquqiy hodisalar sifatida qimmatlidir. Qonunga   (pozitiv   huquqqa),   davlatga,   huquq   subyektlarining   xulq-atvoriga
nisbatan   huquqning   maqsadini   quyidagi   qadriyat-huquqiy   imperativ   shaklida
ifodalash   mumkin:   qonun   (pozitiv   huquq),   davlat,   huquq   subyektlarining   xulq-
atvori huquqiy bo’lishi kerak.
Muqarrarlik va borliqning ushbu aksiologik nisbati pozitiv huquq, davlat va
kishilar   xulq-atvorining   amalda   shakllangan   va   real   ish   ko’ruvchi   shakllarini
doimiy   ravishda   takomillashtirib   borish   zaruriyati   g’oyasini   ifodalaydi.   Pozitiv
huquq,   davlat,   kishilarning   xulq-atvori   tarixan   rivojlanadigan   voqyelik   hodisasi
sifatida   voqyelikning   yutuq   va   kamchiliklarini   baham   ko’radi   hamda   doim   ideal
holatdan   yiroq   bo’ladi.   Buning   ustiga,   mavjud   qonunlar,   davlat,   huquq
subyektlarining   xulq-atvori   muvofiq   bo’lishi   kerak   bo’lgan   huquqiy
muqarrarlikning   mazmuni,   huquqiy   maqsadlar   -   qadriyatlar   -   talablarning   butun
kompleksi tarixiy rivojlanish jarayonida yangalanadi, boyiydi va aniqlashtiriladi.
Huquqiy aksiologiya huquq va qonun munosabatlarini, ular o’rtasidagi
tafovutni  ham   o’rganuvchi   ta’limotdir .  Tarixan  Markaziy   Osiyo  mutafakkirlari
qadriyatlarni   jamiyat   hayotidagi   ahamiyatiga   alohida   e’tiborini   qaratganlar.
Xususan,   Beruniyning   jamiyat,   uning   istiqboli   buyuk   kelajak   sari   rivojlanib
borishida   inson   haq-huquqi,   baxt-saodati,   qadriyatlari,   umuman   huquqiy
qadriyatlar inson omili bilan uning mehnat faoliyati bilan bog’liq fikr-mulohazalari
bebahodir. U o’zining «Mineralogiya» asarida bunday degan edi: «Insonning qadr–
qimmati   o’z   vazifasini   a’lo   darajada   bajarishidan   iborat.   Shuning   uchun   ham
insonning   eng   asosiy   vazifasi   va   o’rni   mehnat   bilan   belgilanadi.   Inson   o’z
xoxishiga mehnat bilan erishadi».
Huquqiy   aksiologiyaga   oid   ilmiy   jihatdan   qimmatli   fikrlar   Markaziy
Osiyoning va boshqa bir qator mutaffakirlari ta’limotlarida ham uchraydi. Huquqiy
aksiologiyaning   asosiy   muammolaridan   biri   bu   huquqiy   bilimlarni   qadriyatlar
sifatida   talqin   qilish   va   tushunishdir.   Huquqiy   aksiologiya   huquq   falsafasi   va
huquqshunoslik fanlari kabi, faqat huquq muammolari bilan cheklanmaydi. Uning
tadqiqot   predmeti   davlatni   huquqiy   hodisaning   biri   va   huquqiy   tashkilotning   bir
shakli sifatida o’rganishdan iboratdir. Huquqiy aksiologiya  birinchidan , qonun va huquqning   bir-biridan   farqini,   ikkinchidan   esa,   ular   o’rtasida   muayyan
mutanosiblik   mavjud   ekanligini   ta’kidlaydi.   Mazkur   muammo   huquqiy
aksiologiyaning boshqa  bir  muhim  jihati  tabiiy-huquqiy aksiologiya  muammosini
keltirib   chiqaradi.   Ijtimoiy   hodisalarga   huquqiy   yondashish   aksiologik
yondashishning   paydo   bo’lishi   tabiiy-huquqiy   qarashlarning   paydo   bo’lishi   bilan
bog’liq   bo’lib,   huquqning   tabiiy   huquq   va   pozitiv   huquq   turlarini   bir-birlaridan
tafovut etishni taqozo etadi.
Huquqiy aksiologiya, mavjud huquqiy normalarning obyektiv xossalarini va
belgilarini ifodalaydi. Tabiiy huquq yusnaturalizm doktrinalarida va tabiiy huquqni
falsafiy   tahlilida,   o’z   tabiatiga   ko’ra   axloqiy,   diniy,   madaniy   hodisa   sifatida
tushunadi.   Huquqiy   aksiologiyada   huquq   va   axloqning,   dinni   bir-birlari   bilan
bunday   chambarchas   bog’liqligi   tabiiy   huquqni   turli   xil   ijtimoiy   normalarning
majmuidan   iborat   qandaydir   qadriyatiy-mazmuniy,   axloqiy-huquqiy   koipleksdan
iborat   qilib   qo’yadi.   Demak,   tabiiy   huquq   ijtimoiy   normalarning,   jamiyat
xayotining muhim qadriyatlari sifatida o’zida mujassam etadi. 
Tabiiyki,   huquqiy   aksiologiya   huquqiy   ontologiya   va   gnoselogiya   bilan
bog’liq bo’l ishi  kerak. Bundan ko’rinib turibdiki, huquqiy gnoseologiya, huquq va
davlatni axloqiy tomonlari asosida talqin etishga ko’prok e’tibor beradi.
Huquqiy   aksiologiyaning   asosiy   muammolaridan   biri   bu   tabiiy   huquqning
mohiyatidir.   Mazkur   masalaning   muhim   jihati   shundaki,   tabiiy   huquqni   q is q acha
qilib,   adolat   haqidagi   ta’limotdir   deyishimiz   mumkin.   Va   uning   asosiy
vazifalalaridan biri bu uning siyosiy-axloqiy funksiyasidir. Demak, huquq va axloq
yoki   ijtimoiy   normalarning   boshqa   turlari   bilan   huquqni   ayniylashtirish   noto’g’ri
hisoblanadi.
Huquqiy   ontologiya   va   huquqiy   gnoseologiya   ta’limotidagi   kabi,   huquqiy
aksiologiya   tabiiy   huquqiy   ta’limotning   noizchilliklarini   bartaraf   etish   jarayonida
qonunchilik va davlatni ijtimoiy hayotdagi urni va ahamiyatini, huquqiy-qadriyatiy
nazariyalar   asosida   ifodalaydi.   Gap   bu   yerda   libertar   aksiologiyasi   haqida   ketadi.
Libertar   aksiologiya,   huquqiy   aksiologiyaning   bir   shakli   bo’lib,   huquq   va qonunning   umumiy   nazariyasi   doirasida,   ularning   munosabatini,   dialektikasini
huquqiy liberitar konsepsiyasi asosida ko’rinishga aytiladi.
Huquqiy   ontologiya,   gnoseologiya   va   aksiologiyaning   ichki,   zaruriy
dialektik birligi huquqiy ontologiyaning muhim tamoyillaridan biri, rasman tenglik
tamoyili   bilan   belgilanadi.   Huquqiy   ontologiyaning   vazifasi   huquqning   borligi,
mohiyati nimada degan savolga javob berishdan iborat bo’lsa, huquqiy aksiologiya
esa   huquqiy   qadriyat,   yoxud   huquqning   mohiyati   nimada   degan   savolga   javob
beradi. Ko’rinib turibdiki, huquq va qonunchilik, tenglik, adolat, erkinlik, huquqiy
ontologiya, gnoseologiya va aksiologiyaning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Huquqning   aksiologik   konsepsiyasida   axloqiy,   diniy   va   boshqa   shunga
o’xshash qadriyatlar haqida gap ketadi. Huquqiy qadriyatlar huquqiy shakllarning
abstrakt umumiylikdan kelib chiqib, asos e’tiboriga ko’ra absolyut xarakteriga ega
bo’ladi.   Huquqiy   hodisalarga   aksiologik   yondashish   deganda,   avvalo   noformal
axloqiy-huquqiy   qadriyatlarning   dialektik   birligi   asosida   huquqiy   aksiologiya   esa
huquqiy   hodisa   va   jarayonlarni   o’rganuvchi   maxsus   huquqiy   ta’limot   sifatida
tushunmog’i   lozim.   Huquq   va   qonunni   ayniylashtirish   huquqiy   hodisa   va
jarayonlarning qonun chikaruvchi va qonunga bog’liq bo’lmagan obyektiv xossalar
belgilarni   inkor   etishga   olib   keladi.   Bu   esa   o’z   navbatida   huquqiy   qadriyatlarni
inkor etishga va faqat qonunning ahamiyatini e’tirof etishga olib keladi. Aynan ana
shu   konsepsiya   pozitiv   huquq   ta’limotiga   xos   bo’lib,   qonunning   ijobiy   qadriyat
ekanligini tan olishdan iborat bo’ladi.
Ijtimoiy   borliqni   huquqiy   qadriyatlar   nuktai   nazaridan   tahlil   etish   ularning
ijtimoiy-huquqiy   adolat,   tenglik,   erkinlik   majmuasidan   iborat   ekanligi,   huquqiy
qadriyatiy   maqomini,   ya’ni   huquqni   qadriyat   sifatida   imkoniyati   (potensiali)
tarkibi, ta’sir doirasi e’tirof etishni taqozo etadi.
Yuridik   aksiologiya   (ya’ni   huquqiy   aksiologiya)   o’zining   o’ziga   xos
predmeti,   yo’nalishi   va   vazifalariga   ega.   Ularning   falsafiy   mohiyatini   qonun   va
davlatning   real   mavjudligini   turli   xil   ko’rinishlari   tashkil   etadi.   Shunday   qilib
huquqiy aksiologiyada asosan huquqiy talablar, qonun-qoidalarga suyangan holda
qonun va davlatning mazmuni, ahamiyati mohiyatiga o’ziga xos baxo beriladi. Xususan   bu   baholash   esa   qonun   va   davlat   munosabatlarini   naqadar   bir-
birlariga   mos   kelishi   (yoki   kelmasligi)   huquqiy   imprativlarni   to’g’ri   ifodalashga
taalu q li bo’ladi. Bu yerda huquq qonun va davlat uchun muayyan darajada maqsad,
vazifasini  o’ taydi. Bu degan so’z, qonun va davlat, huquqiy qadriyatni, talabalarini
hayotga   joriy   etishga   qaratilgan   bulmog’i   kerak.   Zero,   bu   holat   huquqning
maqsadi,   mazmuni   va   ahamiyatini   tashkil   etadi.   Qonun   va   davlat   tushunchalari
huquqiy   hodisalar   sifatidagina   mayyan   mazmunga   va   qadriyatiy   ahamiyatga   ega
bo’ladi.
Shunday   qilib,   huquqiy   aksiologiya   konsepsiyasiga   ko’ra   qonun   va   davlat
ijtimoiy   hodisalar   va   ijtimoiy   borliq   (aksiologiya)   sifatida   mohiyatiga   ko’ra
huquqiy   bulmog’i   zarur.   Biz   yuqorida   huquqiy   aksiologiyaning   eng   umumiy
jihatlarini   ko’rib   chiqdik.   Huquqiy   qadriyatlar   qadriyatlar   tizimida   muhim   o’rin
egallashi bilan birga, uning ajralmas qismi hamdir. Huquq falsafasining o’zini ham
ma’lum   ma’noda   huquqiy   qadriyatlarning   yuqori   darajasi   deyishimizga   asos   bor.
Huquqiy qadriyatlar o’zining darajalariga ega ekan, ana shu darajalar tizimining bir
turi bu - inson qadri, shaxs qadriyatidir. Bu mavzu bevosita inson ongi, uning his
tuyg’usi, aql-zakovati, qo’yinki, inson borlig’i bilan bog’liq bo’ladi. Foydalanilgan adabiyotlar:
1.   Алексеев   С.С.   Право   –   азбука,   теория,   философия:   опыт   комплексного
исследования.  М., 1999. 
2.   Гегель   Г.В.Ф.   Философия   права:   Пер.   с   нем.   /   Ред   и   сост.   Д.А.   Керимов,
В.С. Нерсесянц; Авт. вступ. ст. и примеч. – В.С. Нерсесянц. М., 1990. 
3.   Зорькин   В.Д.   Философия   права:   прошлое,   настоящее   и   будущее   //
Философия права в начале  XXI  столетия через призму конституционализма и
конституционной экономики /   Под ред.  В.В.   Миронова,  Ю.Н. Солонина  М.,
2010. 
4. Кальной И.И. Философия права: СПб., 2006.
5.   Керимов   Д.А.   Методология   права:   Предмет,   функции,   проблемы
философии права. 4-е изд. М., 2008. 
6.   Миронов   В.В.   Еще   раз   о   специфике   философии   //   Вестник   Российской
академии наук. 2011. Т. 81. № 3. 
7. Михайловский И.В. Очерки философии права. Томск, 1914. Т. 1. 
8. Нерсесянц В.С. Философия права: Учебник. 2-ое изд., перераб. и доп. М.,
2008. 
9. Философия  права:  Курс  лекций:  Учебное   пособие.  В  2 т.  Т.  1. /   Отв.  ред.
М.Н. Марченко. М., 2011. 
10. Хабриева Т.Я. Конституционные реформы в современном мире // Вестник
Российской академии наук. 2016. Т. 86. № 7. С. 579–586. 
11.   Чернавин   Ю.А.   Проблема   предмета   философии   права   //   Вестник
московского государственного областного университета. Сер. «Философские
науки». 2013. № 3. С. 70–76. 
12. Чичерин Б.Н. Философия права. М., 1990. 13. Шершеневич Г.Ф. История
философии права.  2-е изд. СПб., 1907

Mavzu: Huquqiy aksiologiya: huquqning qadriyat asosi. Reja: 1. Huquq va huquqdagi qadriyatlar qiymat sifatida. 2. Ozodlik qadriyat sifatida. Huquq erkinlik shakli sifatida. 3. Adolat asosiy yuridik qadriyat sifatida.

HUQUQIY AKSIOLOGIYa Aksiologiya falsafiy va huquqiy tushuncha sifatida ontologiya va gnoseologiya bilan bilan bog’liq bo’ladi. Aksiologiya–qadriyatlar haqidagi ta’limot hisoblanadi. Umuman aksiologiya atamasi ilk bor fransuz faylasufi P.Lapi tomonidan 1902 yili va nemis faylasufi E.Gartmann tomonidan 1908 yillarda qo’llanilgan . Qadriyatlar aksiologik ta’limotlarga ko’ra avvalo huquqiy va teologik kategoriyalar hisoblanadi. Qadriyatlarning turli xil ko’rinishlari mavjud, jumladan axloqiy, estetik, diniy, huquqiy (X.Kelzen), siyosiy, iqtisodiy (Byom- Baverk) va boshqalar. Aksiologiya - qadriyatlar to’g’risidagi ta’limot. “Qadriyat” tushunchasidan axloqan zaruriy maxsus ma’noda foydalanish Kantga borib taqaladi. Uning talqinidagi qadriyat - bu muqarrarlik va erkinlik ahamiyatiga ega narsa. Zarurlikning ushbu aprior olami Kant tomonidan sabab-oqibat aloqalari va zaruriyat hukmronlik qiladigan borliq olamidan (empirik «borliqqa», faktik hodisalar, munosabatlar sohasiga va boshqalarga) ajratilgan holda va unga zidlikda tuziladi. Shunday qilib, gap qadriyatlarning normativ va regulyativ ahamiyati to’g’risida boradi. Ular, Kantga ko’ra, o’zida aqlning aprior imperativlarini - zarurning maqsadlari, talablari, formulalari va maksimalarini ifodalaydi. Kant tomonidan axloq va huquqqa tatbiqan shakllantirilagan kategoriya imperativlari ham u bilan axloqiy aloqador bo’lishi kerak. Kantning izdoshlari (R.GLotse, V.Vindelband va boshqalar) undanda ilgarilab ketishdi va nafaqat axloqiylik sohasida, balki fan, san’at va umuman madaniyat sohasida qadriyatlar va qo’yilgan maqsadning normativ-regulyativ ahamiyati to’g’risidagi tasavvurlarni rivojlantirganlar. Masalan, neokantchi Vindelband qadriyatni madaniyat normasi sifatida talqin etdi va haqiqat, ezgulik va go’zallik qadriyatlaridan tashqari inson madaniyatining san’at, din, fan va huquq singari qadriyat-boyliklarini ham e’tirof ettan. Obyektiv-idealistik falsafa (Platondan Gegelgacha va ularning zamonaviy izdoshlari) uchun qadriyatlar muammosiga boshqacha yoshdashish xosdir. Unga ko’ra borliq ne’mat (ya’ni qadriyat) dir. Biroq bunda borliq deganda empirik

reallik emas, balki haqiqiy borliq, ya’ni obyektiv aql, g’oya, borliqning ma’nosi, muqarrarlik tarzidagi borliq va, binobarin, qadriyat nuqtai nazaridan ahamiyatlilik nazarda tutiladi. Huquqiy aksiologiyaning predmet sohasi va asosiy mavzulari - bu huquqni qadriyat (maqsadlar, muqarrarlik, imperativ talablar va boshqalar) sifatida tushunish hamda talqin qilish va amaldagi mazkur qonun (pozitiv huquq) va davlatning huquqiy (ya’ni qadriyat ma’nosida - huquq nuqtai nazaridan) ahamiyati to’g’risida tegishli qadriyatli hukmlar (va baholardir). Huquqiy aksiologiyaning predmeti – huquqni qadriyatlarning o’ziga xos turi sifatida tushunish va ularni talqin qilish muammosi bo’lib, mavjud qonunlarning huquqiy ahamiyati, ya’ni qadriyatlarini o’rganadi. Huquqiy aksiologiyaning huquq falsafasi kabi asosiy tahlil etish predmeti–bu huquqiy munosabatlardan tashqari, huquqiy hodisalarning bir turi sifatida, huquqiy tashkilot sifatida davlatning mohiyatini o’rganishdan iboratdir. Huquqiy madaniyatning muhim funksiyalari ya’ni regulyativ normativ, sosiologik, kommunikativ, prognostik va boshqalar huquqiy aksiologiya bilan uzviy bog’liq bo’ladi. 2. LEGISTIK AKSIOLOGIYa Huquq va qonun bir-biriga tenglashtiradigan, huquqning obyektiv mohiyatini va shu bilan birgalikda huquqni zo’ravonlikdan farqlovchi mezonlarni inkor qiladigan legizm doirasida, prinsip jihatidan olganda, qonunning huquqiy bahosi va huquqiy qadriyati to’g’risida so’z yuritish mushkul. Legizm huquqning qonun chiqaruvchi va qonunga bog’liq bo’lmagan obyektiv xossalari hamda tavsiflarini inkor etishi tufayli aksiologik jihatdan huquqiy qadriyatlarni mohiyatan rad etadi va faqat qonunning (pozitiv qonunning) muhimligini tan oladi. Bunda legistlar (pozitivistlar va neopozitivistlar) tomonidan e’tirof etiladigan qonunning (pozitiv huquqning) «muhimligi» aslida huquqiy qadriyat mazmunidan mahrum etilgan. Qonunning (pozitiv huquqning) legistik «muhimligi» - bu biron-bir obyektiv huquqiy asos (hukmron-buyruq ruhida emas) bo’yicha uning umumiy ahamiyati emas, balki rasman umumiy majburiyligi, hukmron imperativligidir.

Bu jihatdan neopozitivist Kelzenning radikal yondashuvi ibratlidir. Unga ko’ra huquq faqat buyruq, norma sifatida qimmatlidir. Ushbu ma’noda (buyruq, norma sifatidagi) huquqni muqarrarlik shakli sifatida tavsiflaydi. «Ko’pincha bo’lganidek, - deb ta’kidalagan Kelzen, - huquq o’zida normani (yoki buyruqni) ifodalabgina qolmay, balki u shuningdek qandaydir qadriyatni tashkil etadi yoki ifodalaydi (mutlaq ilohiy qadriyatga yo’l qo’yish mumkin bo’lgandagina bunday deyish ma’no kasb etadi). Chunki huquq aynan norma bo’lganligi uchun qadriyatni tashkil etadi...» Bunda, Kelzenga ko’ra, «norma» - tenglik normasi, erkinlik normasi, adolat normasi emas, balki sof muqarrarlik-buyruqdan iborat ekanligini qayd etish muhimdir. Unda huquqning rasman-huquqiy tavsiflaridan hyech biri yo’q. Kelzenga xos bo’lgan norma (va u bilan birga huquq normasi) - har qanday erkin pozitiv-huquqiy mazmunga imperativ-buyruq maqomini va xarakterini berish uchun muqarrarlikning «sof» va bo’m-bo’sh shaklidir. 3. TABIIY-HUQUQIY AKSIOLOGIYa Tabiiy-huquqiy aksiologiyaga muvofiq, tabiiy huquq o’zida «chinakam» huquqning obyektiv xossalari va qadriyatlarini ifodalaydi va shu sababli pozitiv huquqning hamda tegishli huquqni belgilovchi hokimiyatning (qonun chiqaruvchi, umuman davlatning) qadriyatli (aslida - salbiy) baholashi namunasi, maqsadlari va mezonlari sifatida namoyon bo’ladi. Bunda tabiiy huquq tabiatan axloqiy (diniy, ma’naviy va hokazo) hodisa sifatida tushuniladi va avval boshdan tegishli mutlaq qadriyat sifatida qaraladi. Shunday qilib, tabiiy huquq tushunchasiga, u yoki bu huquqning obyektiv xossalari (kishilarning tengligi va ularning erkinligi va boshqalar) bilan birgaliqda, har xil axloqiy (diniy, ma’naviy) tavsiflar ham qo’shiladi. Huquq va axloqning (din va boshqalarning) bunday qorishig’i natijasida tabiiy huquq ijtimoiy normalarning simbiozi, qandaydir axloqiy-huquqiy (yoki ma’naviy-axloqiy, diniy- huquqiy) kompleks sifatida namoyon bo’ladi. Pozitiv huquq va pozitiv qonun chiqaruvchi (davlat hokimiyati) to’g’risidagi u yoki bu (odatda, salbiy) qadriyatli hukm mana shu nuqtai nazardan chiqariladi.

Bunday yondashuvda pozitiv huquq va davlat (qadriyati jihatidan) huquqiy mezon (tabiiy huquqning tegishli konsepsiyasida mavjud bo’ladigan obyektiv huquqiy xossalar) sifatida baholanibgina qolmay, balki, aslida, mazkur konsepsiya muallifining ushbu huquqning axloqiy (ma’naviy, diniy va hokazo) tabiati va axloqiy mazmuni to’g’risidagi tasavvurlari nuqtai nazaridan mohiyat e’tibori bilan axloqiy pozisiyadan baholanadi. Tabiiy huquqning bunday axloqiy-huquqiy xossalari va mazmun bilan bog’liq tavsiflari bu o’rinda umumlashtirilgan tarzda pozitiv huquq va umuman davlatning faoliyati muvofiq bo’lishi kerak bo’lgan tabiiy huquqning yalpi umumiy va mutlaq adolatliligi sifatida talqin qilinadi. Bunda adolat rasman yuridik ma’noda emas, balki har qanday tabiiy- huquqiy konsepsiya uchun alohida ahamiyatga ega bo’lgan va, binobarin, cheklangan hamda aniq axloqiy (yoki aralash axloqiy-huquqiy) mazmunli axloqiy yoki aralash axloqiy-huquqiy hodisa va tushuncha sifatida talqin etiladi. Shu sababli adolatning har xil tabiiy-huquqiy konsepsiyalari - uning axloqiy (yoki aralash axloqiy-huquqiy) umumiyligi va mutlaq qadriyatga da’vo qilishiga zid ravishda, aslida, nisbiy qadriyatga egadir va umuman axloqiylik hamda xususan huquqning axloqiy qadriyatlari to’g’risidagi relyativistik tasavvurlarni ifodalaydi. Qayd etib o’tilgan nuqsonlar an’anaviy yusnaturalizmgagina xos bo’lib qolmasdan, balki o’tmish va hozirgi zamonning har xil falsafiy ta’limotlariga ham xosdir. Ular huquqni tushunishda u yoki bu darajada tabiiy huquq g’oyalari va konstruksiyalaridan kelib chiqishadi. Shu munosabat bilan Kant va Gegelning hamda ularning izdoshlarining, V.S.Solovev, R.Marchichning va huquq to’g’risidagi ma’naviy-axloqiy ta’limotning boshqa vakillari ta’limotini, huquqning «axloqiy minimum», axloqiy tartib yoki axloqiy yaxlitlikning bir qismi, axloqiy (ma’naviy, diniy) adolatning ifodalanishi sifatida talqin etilishini aytib o’tish mumkin. Shu bilan birga huquq qadriyati, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, tabiiy-huquqiy adolat, insonning azaliy va begonalashtirilmaydigan huquqlari, hrkimiyatning huquqiy cheklanishi, huquqiy davlat muammolarining qo’yilishi va