logo

Ibtidoiy jamoa tuzumining paleolit davrida O’rta Osiyo

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

34.005859375 KB
Ibtidoiy jamoa tuzumining paleolit davrida O’rta Osiyo
1. O’zbekiston tarixi ,   predmeti  va ob’ekti.
2. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va  uning dolzarb muammolari.  
3. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari Tarix   -   inson   hayoti   uchun,   kelajagi   uchun   eng   zarur   dasturamal.   Tarix
o‘tmish   voqealari   bayoni   bilan   insoniyatning   buguni   va   ertasi   uchun   poydevor
yaratadi.   Uning   ma’naviy   dunyosini   boyitadi   va   jamiyatda   sog‘lom   fikrli
kishilarning safini ko‘paytiradi.
Insoniyat   nimaiki   kashf   qilmasin,   ixtiro   qilmasin   uning   zaminida   tarixiy
sharoit   yotadi.   Tarixiy   sharoitning   qanday   rivojlanayotganligini   tarixiy   taraqqiyot
tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida   tarixiy taxlil
yotadi. 
Tarix-   insoniyat   uchun   doimo   yashashi   uchun   qurol,   kelajagi   uchun   asosiy
yo‘riqnoma   bo‘lib   kelgan.   Tarixiy   jarayonlar   taxlili   inson   ongini   charxlaydi,
fikrlashga   undaydi,   bugungi   kun   voqealarini   taxlil   qilib,   yaxshi   yashashi   uchun
imkoniyatlar   yaratadi.     Prezidentimiz   ta’kidlaganlaridek,   “Inson   uchun   tarixidan
judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir” 1
.  Tarixiy xotirasi bor inson irodali
inson   hisoblanadi.     Har   bir   inson   o‘z   o‘tmishini   yaxshi   bilsa,   bunday   odamlarni
yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni
hushyorlikka   o‘rgatadi,   irodasini   mustahkamlaydi,   o‘zlikni   anglashning   eng
muxim zamini sanaladi.  Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi.
Yangi   ixtirolar-bizning   dunyodagi   insoniyat   tarixi   haqidagi
bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Tarixning   kishilik   jamiyati   hayotida     muxim   o‘rin   egallashini     har   doim
e’tirof   qilib   kelingan.   Kishilik   jamiyati   rivojlanar   ekan,   uning   xar   bir   soniyasi
odamlar   bilan,   ularning   taqdiri   bilan,   ularning   dunyoqarashi   va   faoliyati   bilan
chambarchas   bog‘liq   holda   rivojlanadi.   Tarix   zaminida   dunyoga   kelgan   har   bir
odam   taqdiri   mujassam.   Shu   sabab   biz   tarixga   bee’tibor   bo‘la   olmaymiz.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida tarix va
ma’naviyatning   hayotdagi   muxim   o‘rnini   quyidagicha   izohlagan:   “dunyodagi
zo‘ravon  va tajovuzkor   kuchlar  qaysi  bir  xalq  yoki  mamlakatni   o‘ziga  tobe  qilib,
bo‘ysundirmoqchi,   uning   boyliklarini   egallamoqchi   bo‘lsa,   avvalambor,   uni
qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va
1
  Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., 1998.-Б.10 ma’naviyatidan   judo   qilishga   urinadi.   Buning   tasdig‘ini   uzoq   va   yaqin   tarixdagi
ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.” 1
  
Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. 
Jamiyatda tarix so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi:  1) Tabiat va jamiyatdagi har
qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha
fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji,
jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan 2
 hisoblanadi.
  Insoniyat  tarixini  o‘rganuvchi  fan –tarix   deb atalib, u insoniyat  tarixining barcha
jabhalarini   o‘zida   qamraydi.     Tarix   so‘zi   ilk   marotaba   mil.avv.V   asrda   grek
mutafakkiri   Geradot   tomonidan   “Istoriya”   tariqasida,   ya’ni   o‘tmish   voqealari
bayoni   ma’nosida   ishlatilgan   bo‘lsa-da,   uning   ildizi   odamzotning   shakllanish
davrlar bilan bog‘liq.  “ Tarix”  so‘zi esa,   arabchadan olingan bo‘lib  “O‘tgan voqealar
haqida hikoya”   degan   ma’noni  anglatadi .
Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarix
fanining   tadqiqot   ob’ekti   —   aholi,   jamiyat,   mamlakat,   davlat   hayotining   o‘tmishi   va
hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga
solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir.  Uning predmeti esa, o‘tmish va    hoziri
davridagi   taraqqiyot   jarayonlarini     nazariy   jihatdan   umumlashtirish,   ma’lum   bir
tizimga   solib,   qonuniyatlarini   tadqiq   qilish,   o‘tmishda   sodir   bo‘lgan   jarayon   va
hodisalar   orasidagi   o‘zaro   bog‘liklikni   va   davomiylikni,   sabab   va   oqibatlarini
asoslab   berish   hisoblanadi.     Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar
orasidagi   o‘zaro   bog‘liklik,   ularning   ildizi,   tarixni   harakatlantiruvchi   sabablar,   uning
mantig‘i   va   ma’nosini   ko‘rish   imkonini   beradi.   Ijtimoiy   va   gumanitar   fanlar   tarix
tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni
shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek
muhim  vazifani  xal  qiladi.   20-yillar   arxeologiyasi   bizning   dune   bilimlari   xakidagi
biimlarimizning chegarasini yuna bir bor ortga siljitgan
   Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi;
1   –guruh       jamiyatning   butun   tarixini   o‘rganuvchi   –   Jahon   tarixi   fani
1
  Каримов И.А. Юксак маънавият –енгилмас куч.  – Т.:2008, 5-бет.
2
  Ў збекистан миллий энциклопедияси. 8 -жилд.-Т.:  2004,   274-бет. hisoblanadi.         Uning bir qator sohalari bor; ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi davr
tarixi, o‘rta asrlar davri tarixi, yangi davr va eng yangi davr tarixi. Shuningdek, bu
guruh  tarixning yana quyidagi sohalarining o‘zida qamragan:
        a)   xududiy-geografik   tamoyilga   ko‘ra-alohida   mamlakatlar,   davlatlar,
xalqlar   tarixi.  
       b)   ma’lum bir muammo yoki masalaga aloqador tarixiy voqealar tarixi.
Masalan, uyg‘onish davri, salb yurishlari, jahon urushlari va hk. 
   v)  mikro tarix - qishloqlar, shaxarlar, shaxslar tarixi.
    g)  jamiyatning alohida sohalari tarixi - harbiy, tibbiyot, siyosiy, iqtisodiy,
ijtimoiy,  din,  fan,  xotin-qizlar,  tender   tadqiqotlari,  san’at,   intellektual,  madaniyat,
diplomatiya, davlatchilik va hk. tarixi.
2-guruhni     maxsus   tadqiqot   ob’ektiga   ega   bo‘lgan   tarix   fanlari   va   fanlar
tarixi   tashkil   qiladi.     Maxsus   tadqiqot   ob’ektiga   ega   bo‘lgan   tarix   fanlariga
antropologiya,   arxeologiya,   etnografiya,     manbashunoslik,   arxeografiya,
paleografiya, geraldika, numizmatika, arxivshunoslik va b. kiradi.   Mazkur  fanlar
tadqiqot   natijalari   yordamida   tarixning     siyosiy,   ijtimoiy,   iqtisodiy,   madaniy
masalalari oydinlashadi va isbotlanadi
Fanlar   tarixi   esa,       fanlarning     ehtiyojidan   kelib   chiqadi,   bunda   fanlarning
o‘tmishdagi   rivojlanishi,   tadqiqoti   kabi   masalalar   o‘z   yechimini   topadi.   Bunga
tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi va b. kiritish  mumkin.
Tarix fani vazifalari: 
1. Bilish vazifasi   tarixiy rivojlanish qonunlarini aniqlash va taxlil qilishdir.
Bunda   insoniyat   tarixidagi   barcha   jarayon   va   taraqqiyotni   ob’ektiv
jihatdan   yoritish   orqali   barcha   mamlakat   va   xalqlarning   tarixiy
taraqqiyotining o‘ziga xosligi va rivojlanishini tarixiylik nuqtai nazardan
baholash orqali o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi ta’minlaydi.    
2. Tarbiyalash   vazifasi     fuqarolik,   axloqiy   fazilatlar   va   qadriyatlarni
tarixiy misollar orqali shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.  3. Bashorat   qilish   vazifasi   o‘tgan   davr     va   hozirgi   davrdagi     tarixiy
voqealar   tahlili   asosida     kelajakni   oldindan   ko‘rsata   olish   va   jamiyat
taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash
4. Ijtimoiy xotira vazifasi   jamiyat va shaxsning rivojlanishi  va o‘ziga xos
shakllanishida tarixiy bilim  yetakchilik  vazifasini bajaradi.
5. Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi     tarixiy bilimga asoslangan  holda  ilmiy
asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin.
Tarix   fani   metodolgiyasi.   Metodologiya   –   tadqiqot   usullarini,   tarixiy
dalillarni   taxlil   qiladigan,   ilmiy   dunyoqarashning   shakllanish   yo‘llarini
o‘rgatadigan fandir. 
 Tarixiy dalillarni o‘rganishning  asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
                      1.   Tarixiylik   tamoyili   -   tarixiy   hodisalarni   rivojlanishda,   aniq   tarixiy
sharoitga mos holda o‘rganish lozimligini ilgari suradi; 
2. Ob’ektivlik tamoyili –   bu tadqiqotchiga    hodisalarning ko‘p qirraligi va
qarama   qarshiligining   barcha   jihatlarini   hisobga   olgan   holda   ob’ektiv   o‘rganish
uchun asos bo‘ladi. 
3.   Ijtimoiy   yondoshuv   tamoyili-   hodisa   va   jarayonlarni   aholining   turli
qatlamlarining   ijtimoiy   manfaatlarini   hisobga   olgan   holda,   partiya,   davlat   va
shaxslarning amaliy faoliyatidagi su’ektiv jarayonlarni taxlil qilishni ilgari suradi;
4. Alternativlik tamoyili-   ob’ektiv taxlil  qilish asosida  real  sharoit, hodisa
yoki voqealarning    ehtimollilik darajasini belgilab beradi.
Tarix   fani   turli   xalqlar   qanday   yashaganligi,   ularning   hayotida   qanday
voqealar   sodir   bo‘lganligi,   odamlar   hayoti   qanday     va   nima   uchun   o‘zgarib,
hozirgiday   bo‘lib   qolganligini   o‘rgansa,   O‘zbekiston   tarixi   esa   shu   ona-
zaminimizda   o‘tmishda   yashagan   xalqlarning   hayoti   va   ularning   rivojlanishi
jarayonida   sodir   bo‘lgan   o‘zgarishlar,   voqealar,   ularning   turmush   tarzi,   iqtisodi,
madaniyati   va   shu   kabilarni   to‘laligicha   o‘rganadigan   fandir.   Yurtboshimizning
shu   haqidagi   fikrlari   katta   ahamiyatga   egadir.   “Mustaqillikka   erishganimizdan
keyin   xalqimizning   o‘z   yurti,   tili,   madaniyati,   qadriyatlari   tarixini   bilishga, o‘zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. Bu tabiiy hol. Odamzod borki, avlod-
ajdodlari   kimligini,   nasl-nasabini,   o‘zi   tug‘ilib   voyaga   yetgan   qishloq,   shahar,
xullaski, Vatanining tarixini bilishni istaydi”.
       "O‘zbekiston tarixi" fanining  vazifalari quyidagilardan iborat:
- O‘zbekiston   Respublikasi tarixining barcha jarayon va taraqqiyotini ob’ektivlik,
xolislik va tarixiylik nuqtai nazaridan o‘rgatish va   insonlarni intellektual jihatdan
rivojlantirish;
-     Insonlar   dunyoqarashini   tarix   asosida   kengaytirish.   Tarixiy   dalillar   har   doim
ilmiy asosga ega bo‘lib, to‘g‘ri dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratgan. 
Mustaqillik   yillarida   tarix   fanini   ob’ektiv   yoritish     dolzarb   masalaga   aylandi.
O‘zbekiston   Respublikasi   Vazirlar   Maxkamasining     «O‘zbekiston   FA   Tarix   institut i
faoliyatini   takomillashtirish»   haqidagi   1998   y il   iyul   qarori   tarix   fanining   vazifalarini
strategik   jihatdan   o‘zgartirdi.   Tarix   institut i   respublikada   tarix   tadqiqotlarini
muvofiklash tiruvchi chinakam markaz   maqomiga ko‘tarildi.   1998 yilda     O‘zbekiston
tarixchilarining  maxsus   «O‘zbekiston   tarixi»   jur naliga   asos   solindi.     1998   yilda  Tarix
fanining   eng   dolzarb   muammolarini   muhokama   etuvchi   Yahyo   G‘ulomov   nomidagi
«Uzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi» respublika muntazam ilmiy seminari tashkil
eti l di.   1999   yilda   O‘zbekiston   Respublikasi   tarixchilar   jamiyati   tuzi l di.     Ilk   marotaba
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga ko‘ra, tarix fanining ta’lim tizimi bilan hamkorligi
yo‘lga qo‘yildi.  Mustakillik yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng
imkoniyatlari   vujudga  keldi.     O‘zbekiston   tarix  fanining  aktual   muammolari   bo‘yicha
ilmiy anjumanlar o‘tkaziladigan markazga aylanib bormo q da. O‘zbek olimlari xalqaro
grantlarda, YuNESKO tomonidan nashr etilgan «Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi»
nomli ko‘p jildlik asarni tayyorlashda ishtirok etdilar.
O‘zbekiston tarixining fan sifatida yoritish va o‘quvchi diqqatini uzoq o‘tmishga
qaratish   bilan   biga   talabalarning   dunyoqarashlarini,   ilmiy   nazariy   tafakkurlarini
takomillashtirish, o‘tmish va hozirgi zamondagi voqea va hodisalarga ilmiy xolislik va
tarixiy   ob’ektivlik   tamoyillariga   amal   qilgan   holda   tarixiy   voqealikka   munosabat
bildiradigan hamda umuminsoniy qadriyatlar asosida yondashadigan erkin fikrli komil insonni   tarbiyalash,   talabalarda   xalqimizning   madaniy,   ma’naviy   merosiga,   ilg‘or
an’analari,  milliy qadriyatlari,  ahloqiy fazilatlariga hurmat,  vatanparvarlik  tuyg‘ularini,
ajdodlarimizning   jahon   madaniyatiga   qo‘shgan   xissalaridan   faxrlanish   va   ularning
munosib davomchilari bo‘lishni tushuntirish.      O‘rta Osiyo tarixi  insoniyat tarixining
beshigi hisoblanadi. U yerda turli xil millatlar va dinlarning   tarixi mujassam. Bu
xududning tarixi eron, yunon, skif,xitoy, turk va ruslarning yilnomalarida saqlanib
qolgan 3
.  
O’zbekiston   tarixini   yoritishda   qaysi   manbalar   asos   bo’lganligi   ham   g’oyat
katta   o’rin   tutadi.   Sovet   hokimiyati   yillarida   yozilgan   O’zbekiston   tarixiga   oid
foydalanilgan   adabiyotlar     uchun   marksizm-leninizm,   KPSS   hujjatlari,
Kommunistik   partiya   va   Sovet   davlati   rahbarlarining   ma’ruza,   nutq,   maqola   va
asarlari,   Rusiya,   Rim   tarixchilari,   adiblari   va   olimlarining   asarlari   asosiy   manba
bo’lib xizmat qilgan.
Vatanimiz   tuprog’ida   tug’ilib,   o’sib   voyaga   yetgan   va   kamol   topgan
Beruniy,   al   Xorazmiy,   Ibn   Sino,   Farobiy,   Ahmad   Farg’oniy,   Yusuf   Xos   Xojib,
Mahmud Qoshg’ariy, Narshaxiy, A.Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Nizomiddin Shomiy,
Sharafuddin Ali Yazdiy, Xondamir, Zahriddin Muhammad Bobur va boshqa juda
ko’plab   dunyoga   mashhur   alloma   va   mutafakkirlarning   qimmatli   asarlari   va
meroslari   esa   deyarli   e’tibordan   chetda   qolgan.   Bulardan   tashqari,   turli   davrlarda
yaratilgan tarixiy manbalar ham e’tibordan chetda qoldi. 
O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishda uning manbalarini bilish g’oyat
katta ahamiyatga ega. Bunday manbalar quyidagilardan iborat:
O’rta  Osiyo   xalqlarining  eng  qadimgi  va  qadimgi  tarixi   asosan  2  ta  manba
asosida o’rganiladi.
Birinchisi,   moddiy   manbalar,   ikkinchisi,   bizgacha   yetib   kelgan   turli   xil
yozma manbalardir.
Moddiy   manbalar   tariximizning   barcha   davr   va   bosqichlariga   oid
yodgorliklardir.   Ular   orqali   tariximizning   qadimgi   va   o’rta   asrlar   davrlari
3
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian Turkestan 
and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge Curzon, USA,
2005, стр.  3 to’g’risida to’liq ma’lumotga egamiz.
Tariximiz   to’g’risidagi   yozma   manbalar   juda   xilma-xildir.   O’rta   Osiyo
xalqlarining   qadimgi   davri   haqidagi   dastlabki   yozma   manbalar   bizgacha   Eron
ahmoniylarining   toshga   bitilgan   mixxatlari   orqali   bizgacha   yetib
kelgan.ahmoniylar podshosi  Doro I o’z hukmronligini abadiylashtirish maqsadida
Kirmonshohdan   Hamadonga   ketadigan   yo’l   yuzasidagi   Bixistun   qoyasiga   xat
bittiradi.   Ana   shunday   xatlar   ahmoniylar   poytaxti   Persopol   saroyining   bosh
devorlariga,   Doro   qabri   ustiga   qo’yilgan   toshga   bitilgan.   Ular   asosan   uch   tilda   –
qadimgi fors, elam va vavilon tillarida yozilgan bo’lib, ulardan ahmoniylarga tobe
bo’lgan   xalqlar   va   ularning   mamlakatlari   eslatiladi.   Masalan:   Bixistun   qoyalari
yozuvlarida Marg’iyona, Baqtriya, Xorazm va Sak qabilalari to’g’risida yozilgan.
O’rta   Osiyo   xalqlari   to’g’risida   xabar   beruvchi   ikkinchi   manba
Zardushtiylarning   «Avesto»   kitobidir.   Unda   O’rta   Osiyoning   qator   viloyatlari
eslatib o’tiladi, hamda o’sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayoti yoritiladi.
O’rta   Osiyo   xalqlar   tarixi   va   madaniyati   to’g’risida   ma’lumot   beruvchi
uchinchi manba qadimgi Yunon tarixchilari va geograflari asarlaridir. O’rta Osiyo
xalqlari haqida Gerodot (mil.avv.V asr), Polibey (mil.avv.II asr), Ptolomey (II asr),
Arrion (II asr), Kvint Kursiy Ruf (I asr) va boshqalar ma’lumotlar qoldirganlar.
O’rta Osiyo xalqlari tarixi haqida ma’lumot beruvchi to’rtinchi guruh yozma
manbalar   Xitoy   tarixchilaridan   Si-Siyaga   Szyan   (mil.avv.   II-I   asr)   «tarixiy
yilnomalar» va Bon Gunning (mil.avv. I asr) «Birinchi xon dinastiyasining tarixi»
asarlaridir.
O’zbekiston   tarixi   fani   xalq   maorifi   tizimining   barcha   tarmoqlarida   o’zining
jamiyat   hayotida   tutgan   o’rni   va   mavqyeiga   ko’ra   asosiy   va   yetakchi   fan
hisoblanadi.   Shu   boisdan   ham   bu   fan   Vatan   tarixining   ibtidosi   o’lkashunoslik
ekanligini   e’tiborga   olgan   holda   umumta’lim   maktablarida,   o’rta   maxsus   va   oliy
o’quv   yurtlarining   barcha   mutaxassisliklarida,   qaysi   kasb-hunarni   egallashdan
qat’iy   nazar   bir   hajmdagi   soatlarda   o’qitiladi.   Bu   O’zbekiston   tarixi   fani   oldiga
qo’yilgan   oliyjanob   vazifalar   bilan   bevosita   bog’liqligini   quyidagilarda   ko’rish
mumkin: Birinchidan,   O’zbekiston   tarixi   mustaqil   O’zbeksiton   yoshlari   ongida
siyosiy, nazariy, ilmiy dunyoqarashni shakllantirishi, voqea va hodisalarga tarixiy
nuqtai   nazardan   yondoshadigan   har   tomonlama   yetuk,   barkamol   insonni
tarbiyalash lozim.
Ikkinchidan, O’zbekiston tarixi mustaqil O’zbekiston yoshlari ongida milliy
vijdonni   uyg’otib,   uning   shakllanishiga   ko’maklashadi.   Yoshlar   ajdodlarimizning
taraqiyot   yo’lini,   tarixiy   tajribalarini   o’qib-o’rganganlaridagina   ularda   istiqlol
tafakkuri,   hozirgi   ijtimoiy-siyosiy,   iqtisodiy   va   madaniy-ma’rifiy   turmushni
o’tmish bilan qiyoslash va kelajakka nazar solish tuyg’usi shakllanadi.
Uchinchidan, O’zbekiston tarixi fani yoshlarimizni baynalminalchilik ruhida
tarbiyalash   qurolidir.   Yoshlarimiz   bu   fanni   o’qish,   o’rganish   va   mutolaa   qilish
jarayonida   O’zbekiston   jahon   hamjamiyatining   ajralmas   tarkibiy   qismi   va   bir
bo’lagi ekanligini tushunib oladilar. O’zbek xalqi va buyuk allomalarimiz, fan va
madaniyat   arboblarimizning   jahon   taraqiyoti   va   sivilizasiyasiga   qo’shayotgan
munosib hissasi bilan qonuniy suratda faxrlanadilar.
To’rtinchidan,   O’zbekiston   tarixi   fani   yosh   avlodni   ulug’   xalqimizning
milliy   qadriyatlari   va   axloqiy   fazilatlari:   halollik,   poklik,   odillik,   adolatlilik,
insonparvarlik,   rostgo’ylik,   mehnatsevarlik   va   kamtarlik,   iymon   va   e’tiqodlilik
ruhida   tarbiyalamog’i,   Vatan   va   xalq   oldidagi   burchga   sadoqat   qaror   toptirmog’i
darkor. 6 
6 
Prezidentimiz   I.Karimov   o’zining   «Tarixiy   xotirasiz   kelajak   yo’q»   degan
risolasida bunday deb yozgan edi: «Biz komil inson tarbiyasini davlat siyosatining
ustuvor sohasi deb e’lon qilganmiz. Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak,
mustaqil   fikrlay   oladigan,   xulq   atvori   bilan   o’zgalarga   ibrat   bo’ladigan   bilimli,
ma’rifatli   kishilarni   tushunamiz.   Ongli,   bilimli   odamni   oldi-qochdi   gaplar   bilan
aldab   bo’lmaydi.   U   har   bir   narsani   aql,   mantiq   tarozisiga   solib   ko’radi.   O’z   fikr
o’yi,   xulosani   mantiq   asosida   qurgan   kishi   yetuk   odam   bo’ladi.   Shunday   ekan
bizga xohlang iqtisod, xohlang siyosat, xohlang tarix ma’naviyat sohalari bo’lsin,
bemalol   bahslasha   oladigan   bilimdon,   zukko,   ma’rifatli   odamlar   kerak»   -   dedi,
6  6
 O’zbekistan tarixini o’qitish va organishining yagona kontseptsiyasi.  Т ., 1996 y., 6-bet.. yana fikrini davom ettirib Prezidentimiz. Xo’sh, tarixning ma’naviyatimizda tutgan
o’rni   qanday   deb   savol   berib,   bunday   dedi:   «Tarixni   yaxshi   bilmasdan   turib,
yuksak   ma’naviyatga   erishish   mumkinmi?   Albatta   mumkin   emas.   Ma’naviyatni
tiklashi,   tug’ilib   o’sgan   yurtida   o’zini   boshqalardan   kam   sezmay,   boshini   baland
ko’tarib   yurishi   uchun   insonga,   albatta,   tarixiy   xotira   kerak.   Tarixiy   xotirasi   bor
inson irodali inson, takror aytaman, irodali inson.
Jamiyatning   har   bir   a’zosi   o’z   o’tmishini   yaxshi   bilsa,   bunday   odamlarni
yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni
hushyorlikka o’rgatadi, irodasini mustahkamlaydi», - dedi.
Hozirgi   davr   sharoitida   ma’naviyat   masalasini   tushunishda   uning   mohiyati,
maqsadini   anglash,   his   qilishda   yurtboshimiz   Islom   Karimovning   asarlarini
o’rganishni katta ahamiyatga ega deb bilamiz. Bu borada «Tarixiy xotirasiz kelajak
yo’q», «Istiqlol va ma’naviyat» deb nomlangan to’plami hamda «Barkamol avlod
orzusi», «Buyuk kelajak sari» kitoblari alohida o’rin egallaydi.
Mustaqillik yillarida   bizning sharoitimizda ma’naviyat yo’lidagi eng muhim
masala   bu   boy   tarixiy   merosimizni   chuqur   o’rganish,   ijtimoiy   adolatni
mustahkamlash,   har   bir   oilaning   moddiy   va   ma’naviy   mustahkam   bo’lishini
ta’minlashdir.   Bu   yo’l   orqali   kishilarda   yangicha   fikrlashni,   his   tuyg’ularni
shakllantirish, qisqasi insofli, diyonatli insonni yaratishdir. Yangicha his-tuyg’ular,
fikr   va   dunyoqarashlar   o’z-o’zidan,   bir   zum   shakllanmaydi.   Buning   uchun
jamiyatning har bir a’zosi, ayniqsa, yoshlar, talabalr jonbozlik ko’rsatishlari lozim.
Demokratik   jamiyat   qurish   jarayonida   faoliyatimizning   har   bir   qirrasi,
yo’nalishi   jamiyat,   xalq,   inson   manfaatlari   yo’lida   xizmat   qilish   g’oyalari,   his-
tug’ulari   uzviy   bog’langan   bo’lishi   lozim.   Yo’qsa,   demokratik   jamiyatning   o’zi
ham bo’lmaydi. Inson moddiy jihatdan to’la ta’minlangan bo’lishi mumkin. Lekin,
unda   xalq   bilan   birga   bo’lish,   xalq   uchun   xizmat   qilish   kabi   ichki   ruhiy   xislatlar
bo’lmasa, avvalo bundaylarni o’zi ozod inson bo’lmaydi. U moddiy boyliklarning
quli   bo’lib   qoladi.   Ma’naviyat   inson   va   jamiyat   manfaatlariga   munosib   turmush-
sharoitlari barpo qilish yo’lida go’zal, ko’rkam va komil insonlarni yaratish uchun
xizmat   qiladi.   Faqat   ma’nafiyatgina   insonni   yetuk   inson   bo’lib   yashashini   to’la ta’minlaydi. Ma’naviyatsiz haqiqiy inson bo’lmaydi, chunki u yashashni ma’nosini
bilmaydi. 
Demak,   yuqorida   aytilganlardan   xulosa   chiqarib,   «o’z   tarixini   bilgan,   ruhiy
quvvat oladigan xalqni yyengib bo’lmas ekan, biz haqoniy tariximizni tiklashimiz,
xalqimizni,   millatimizni   ana   shu   tarix   bilan   qurollantirishimiz   zarur.   Tarix   bilan
qurollantirish yana bir bor qurollantirish zarur», - deb yozadi I.A.Karimov.
Prezident   Islom   Karimov   O’zbekiston   Respublikasi   Oliy   Majlisi   XI
sessiyasida   «Baprkamol   avlod   –   O’zbekiston   taraqiyotinin   poydevori»   degan
mavzudagi   nutqni   barkamol   avlod   tarbiyalab   yetishtirishda   bugungi   kunda
oldimizga   qo’yilgan   buyuk   maqsadlarimizga   erishishimiz,   jamiyatning
yangilanishi, hayotimiz taraqiyoti va istiqboli amalga oshirayotgan islohotlarimiz,
rejalarimiz   samarasi   taqdiri   –   bularning   barchasi   avvalombor,   zamon   talablariga
javob beradigan yuqori malakali, eng yaxshi, yetuk mutaxassis  kadrlar tayyorlash
muammosi bilan chambarchas bog’liqligini barchamiz anglab yashamoqdamiz», -
deb   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»ni   qabul   qildi.   Har   bir   davr   o‘ziga   xos
iqtisodiy, siyosiy asosga,  moddiy, ma’naviy va madaniy  turmush tarziga ega.  Har
bir  tarixchi davrlar  xususiyatlarini  aniq bilishi  va talqin qila olishi  lozim. Davrlar
xususiyatini  to‘liq anglash tarixiy voqealarni   haqqoniy baholashda va o‘sha davr
ruhiyatini to‘liq anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Insoniyat   tarixida   har   doim   ham   bugungi   yillar   tizimidan   foydalanilgan
emas.   Xar   bir   davrda   har   bir   halq   o‘zining   yashagan   davrini   turlicha   yil   hisobini
olib   borganlar.     Bu   yil   hisoblarini   o‘rganish   va   tadqiq   qilish   ham   tarixchilarning
burchlari   hisoblanadi.       Bu   davrlarni   aniqlash   orqali   tarixchilar   mazkur   voqealar
qachon   ro‘y   berganini   aniqlaydilar.   Lekin   bu   jarayon   tarixchi   olimlardan   ko‘p
mehnat va izlanish talab qiladi.  Ba’zi yozma manbalardagi yil hisoblarini aniqlash
haligacha   no’malumligicha   qolmoqda   va   tarixchilar   orasida   bahs-munozaralarga
sabab   bo‘lmoqda.   Jumladan,       Abu   Rayhon   Beruniyning   «Qadimgi   xalqlardan
qolgan   yodgorliklar»   asarida     qanday   yil   hisobidan   foydalangani   haligacha
aniqlangan   emas.   Uning   xabar   berishicha,   Xorazmga   odamlar   Iskandar Zulqarnayndan rosa 980 yil avval kelib joylashganlar 4
. Olimlar buni o‘rganib 1292
yil,   ya’ni   mil.avv.   XIII   asrga   to‘g‘ri   kelishi   mumkin   degan   fikrlarni   ilgari
surganlar.     Lekin     qadimgi   Xorazm   xududida   olib   arxeologik   tadqiqotlar   bundan
ancha   ilgari   bu   xududda   ibtidoiy   qabilalar   yashaganligini   isbotlaganlar.
Shuningdek, Xorazm xududida ilk davlatchilik izlari ham keyingi davrlarga, ya’ni
mil.avv. 7-6 asrlarga mansubligini arxeologik izlanishlar ko‘rsatmoqda.  
Talaba tarixiy davrlashtirish masalasini qanchalik chuqur o‘zlashtirsa, uning
tarixni   anglash   jarayoni   shunchalik   chuqur   va   mulohazali   bo‘ladi.   Insoniyat   o‘z
taraqqiyotida turli xil jarayonlarni boshdan kechirgan. Olimlar inson faoliyati bilan
bog‘lik   bo‘lgan   rivojlanishlar   jarayonlarini   taxlil   etib,   inson   tarixiy   taraqqiyotini
ijtimoiy   –   iqtisodiy   jihatdan   davrlar   va   bosqichlarga   bo‘lib   o‘rganish   va   tadqiq
qilish lozim ekanligini ta’kidlashgan.
O‘rta   Osiyo   xududida   olib   borilgan   tadqiqotlar   natijasida   tarixning   ko‘plab
jumboqlari   o‘z   yechimini   topdi.   Markaziy   Osiyoning     ilk   insoniyat   tarixi   keyingi
davrlardagi   mahalliy   madaniyatlar   rivoji       va   xalqlarning   tarixiy   jarayonlarida
zamin bo‘lib xizmat qildi 5
. 
Tarixni   davrlarga   bo‘lib   o‘rganish   masalalarini   qadimgi   davr   mualliflari
asarlarida ham uchratamiz. Bu masala keyinchalik    XVIII-XIX  asrlarda ham keng
muxokama   mavzusi   bo‘lib   kelgan.   Bu   ma’lumotlarni   talablarga   keng   taxlil
qilingan   holda   berish   lozim.   Bu   orqali   ularda   tarixiy   taraqqiyot   jarayoni   taxlil
qilish ko‘nikmalari shakllanadi
XIX asr o‘rtalaridan tarixni  ishlab chiqarish usuli  va mulk xarakteriga qarab
davrlashtirish   g‘oyasi   ilgari   surildi.     XX   asrda   bu   g‘oyalar   kommunistik   g‘oyaga
moslashtirilib     rivojlantirildi.   Butun   insoniyat   tarixi     5   ta   ijtimoiy-iqtisodiy
formatsiyalarga   ibtidoiy   jamoa   tuzumi,   quldorlik,   feodalizm,   kapitalizm   va
sotsializm   kabi   taraqqiyot   yo‘llarini   bosib   o‘tgani   va   bosib   o‘tishi   lozimligi
ta’kidlandi.   Bu   g‘oya   barcha   ilmiy   adabiyotlar   va   darsliklarda   o‘z   aksini   topdi.
Lekin   jamiyat   taraqqiyoti   tarixni   bunday   davrlashtirish   noto‘g‘ri   ekanligini
4
  Абу Райхон Беруний. Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар. -Т.: 1968, 44 бет.   
5
  History of civilizations of   Central Asia.   The dawn of civilization: earliest   times to 700 B.C. Volume I .   UNESCO
1992 .р.18. ko‘rsatdi 6
.     Jamiyat   taraqqiyotida   har   bir   xududning   o‘ziga   xos   rivojlanish
qonuniyatlarini     har   tomonlama   chuqur   o‘rganish   va   ularni   ob’ektiv,   aniq,
birlamchi manbalar asosida tadqiq qilish va xulosa berish zarurligini davrning o‘zi
isbotlamoqda.  
Tarixga nazar solsak, jahonning ba’zi davlatlarida ibtidoiy jamoa tuzumi uzoq
davom   qilganining,   qadimgi   davr   ham   turli   xududlarda   turlicha   kechgani,   o‘rta
asrlar   va   yangi   davr   ham   turlicha   kechganining   guvohi   bo‘lamiz.   Shu   sabab   bu
davr   sanalarini   barcha   mamlakatlar   uchun   bir   xil   deb   hisoblash   va   bir   sanalarni
berish mumkin emas.
Jumladan,   Amerika   xududida   ibtidoiy   jamoa   tuzumi   milodiy   10-12
asrlargacha,     Rossiya   xududida   ibtidoiy   jamoa   tuzumi     milodiy   7-8   asrgacha
davom   etgan.   O‘rta   Osiyoda   xududida   esa,   quldorlik   tuzumi   o‘ziga   xos   tarzda
davom   qilgan   va   u   olimlar   tomonidan   “Osiyocha   ishlab   chiqarish   usuli”   deb
atalgan.   Shuningdek,   O‘rta   Osiyoda   feodalizm   jamiyati   uzoq   davom   qilib,
kapitalistik   munosabatlar   rivojlanmasdan   bolsheviklar   ta’sirida   sotsializm   tuzumi
o‘rnatila boshlandi.  Bu sovet davrida ijobiy baholanib, feodalizmdan sotsializmga
jamiyat sakrab o‘tdi deb baholangan. Vaholanki, g‘oya o‘zgargani  bilan iqtisodiy
asos o‘sha holicha, ya’ni agrar mamlakat tarzida saqlab qolingan.  
Sovet   tuzumi   o‘rnatilgach,   1937   va   1954   yillarda   O‘rta   Osiyo   xalqlari
tarixini   davrlashtirish  masalasiga  bag‘ishlangan  ilmiy konferensiyalar   bo‘lib  o‘tdi
7
.  Bunda O‘rta Osiyo xududida o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li bo‘lgan degan xulosaga
kelingan bo‘lsada, bu 5 ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyaga moslashtirildi. V.V.Bartold
tomonidan ilgari surilgan “abadiy feodalizm” g‘oyasi rad qilindi.
Eng   qadimgi   davr   tarixini   davrlashtirishda   yevropalik   olimlarning   olib
borgan tadqiqotlari diqqatga sazavordir.  XIX asrda  L.G.Morgan 1877 yilda nashr
qilingan   «Qadimgi   jamiyat»   («Drevnoe   obshestvo»)   asarida   birinchi   bo‘lib
urug‘chilik   jamiyati   haqida   fikrini   ilgari   surgan.   U   urug‘ning   paydo   bo‘lishi
odamzotning   maydonga   kelishi   bilan   birga   yuzaga   kelmadi,   balki   urug‘chilik
6
 Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 71-73 бетлар.
7
  Материалы   объединённой   сессии,   посвященной   истории   Средней   Азии   и   Казахстана   в   дооктябрьский
период.  Т .:  1955. jamoasi kishilik jamiyati taraqqiyotining ma’lum bir bosqichidir, degan xulosasini
ilgari   surdi.   L.G.Morgan   urug‘chilik   jamoasi   ikki   bosqichga   bo‘ldi,   ya’ni   uning
birinchi   bosqichini   ibtidoiy   to‘da,   ikkinchi   bosqichini   esa   ibtidoiy   urug‘chilik
jamoasi   deb   nomladi.   Urug‘chilik   jamoasi   davrini   ikki   bosqichga   bo‘ladi.   Uning
birinchisi «ibtidoiy urug‘chilik jamoasi», ikkinchisini – «Harbiy demokratiya» deb
atadi. 
            XX   asrda   keng   ko‘lamda   olib   borilgan   arxeologik,   etnografik   va
antropologik   izlanishlar   L.G.Morganning   kishilik   tarixining   ilk   bosqichlariga
bergan ta’rifini tug‘ri ekanligini ko‘rsatdi.  Uzoq   paleolit   davrining   3   ta
bosqichida   xam   insoniyat   texnologik   va   madaniy   jihatdan   katta   muvafaqqiyatga
erishdi.   Maxalliy   o‘ zgarishlarda   axamiyati   kam   lekin   h ar   doim   kerakli   ixtirolar
q ilindi.   Ma h alliy   o‘ zgarishlardan   biri   ov q at   maxsulotlarining   paydo   b o‘ lishida
yaqq ol namoyon b o‘ ldi . 8
Tarixini   davrlashtirish   masalasi   A.Asqarovning   “O‘zbek   halqining   kelib
chiqish   tarixi”   monografiyasida   keng   yoritilgan   va   unda   tarixni   davrlashtirishda
nimalarga   e’tibor   berish   lozimligi   ta’qidlanib,   O‘zbekiston   tarixini   7   ta   davrga
bo‘lib o‘rganish muvofiqligi ilgari surilgan 9
.   Unda     jamiyatda yuz beradigan tub
o‘zgarishlar   hisobga   olingan   holda,   birinchidan,   har   bir   ulkan   tarixiy   davrda
jamiyat   iqtisodiy   asosini   harakatlantiruvchi   kuchlari   kimlar   edi?   Ikkinchidan,
jamiyatda   mulkka   egalik   qilishlikning   xarakteri   qanday   bo‘lgan?   Uchinchidan,
jamiyat ijtimoiy hayotining ma’naviy asosini qanday mafkura tashkil etgan? degan
savollar qo‘yilib, kishilik jamiyati tarixi davrlashtirilishi kerak, degan fikrni ilgari
surgan 10
 va quyidagi davrlashtirishni ilgari surgan:
I .   O‘zbekistonda   “Ibtidoiy   to‘da   davri”   (mil.   avv.   I   million   –   40   ming
yilliklar) 11
. 
8
  Fransic Henry Skrine and Edward Denison Ross A history of Russian 
Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times 
Roudledge Curzon, USA, 2005 , стр. 5-9
9
  Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 70-91 бетлар
10
  Асқаров А. Ўзбек халқининг келиб чиқиш тарихи. –Т.: 2015, 77- бет.
11
  XX   асрнинг  иккинчи   ярми   давомида   жаҳон   фанида   Шимолий-Шарқий   Африканинг  Олдувай   водийсида
олиб   борилган   археологик   ва   антропологик   изланишларга   кўра,   одамзоднинг   илк   аждодлари   бундан   2,5-3
миллион   йил   аввал   Африка   қитъасида   яшай   бошлаган.   “Homo   sapiens,   sapiens”   (ақлли   одам)   эса,   ер
куррасида мил. авв. I миллион йилдан бошлаб яшай бошлаган, деган тасаввур пайдо бўлди. II.   O‘zbekistonda   “Ibtidoiy   urug‘chilik   jamoasi   va   mulk   egaligining
shakllanish  davri”  (bundan  40 ming  yil  avval   to milodiy III-IV  asrlargacha).    Bu
davrni   uch   bosqichga   bo‘ladi:   1   bosqich   –   matriarxat   urug‘   jamoasi   bosqichi.   2
bosqich   -   patriarxal   urug‘   jamoasi   bosqich.   3  bosqich   urug‘   jamoalarining  harbiy
demokratiya bosqichi. 
III.   O‘zbekistonda   “Ilk   o‘rta   asrlar   davri”   (milodiy   V   asrdan   to   VIII   asr
oxirigacha). 
IV.  “O‘rta asrlar davri” ( 9 asrdan Somoniylar davlatini tashkil topishidan to
XIX asr o‘rtalarigacha).   
V.   O‘rta   Osiyo,   jumladan,   O‘zbekiston   tarixining   beshinchi   davrini
“Mustamlakachilik   va   milliy   uyg‘onish   davri”   deb   atash   mumkin.   Uning   davriy
chegarasi   –   Chor   Rossiyasi   bosqinidan   to   1917   yil   Oktyabr   to‘ntarishiga   qadar
davom etgan davrni o‘z ichiga oladi. 
VI.   O‘zbekiston   tarixining   oltinchi   davri   “Sovetlar   hokimiyati   davri”   bo‘lib,
bu davr 1917 yildan 1991 yilgacha davom qilgan.
VII. O‘zbekiston tarixining yettinchi davri “Milliy istiqlol, demokratik davlat
va   fuqarolik   jamiyati   qurish   davri”   deb   atab,   bu   davr   1991   yil   31   avgustdan   to
bugungi kungacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi.
    Akademik   A.Asqarov   tomonidan   ilgari   surilgan   bu   davrlashtirish   uslubida
ham O‘zbekiston xududining o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li aks etgan. 
Bugungi   kunda   jahon   miqyosida   tarixni   umumiy,   ya’ni   ijtimoiy-iqtisodiy
o‘ziga   xosligini   inobatga   olgan   holda   quyigacha   davrlashtirish   ilgari   surilmoqda.
Bu davrlashtirish uslubidan   maktab darslikliklarida ham, tarix fanlarini davrlarga
bo‘lishda   ham   keng   foydalanilmoqda.   Bu   tarixni   tarixiy   jihatdan   bo‘lish   dab
qarasak, maqsadga muvofiq bo‘ladi.  Аdаbiyotlаr:
1. Асқаров   А.   Ўзбек   халқининг   келиб   чиқиш   тарихи.   –Т.:   2015   70-91-
betlar
2. Sagdullaev A. Qadimgi O’rta Osiyo tarixi. T.:  2004.  10-16-betlar
3. Asqarov A. O’zbekiston tarixi. T., 1994  30-36-betlar
4. Egamberdieva N. Arxeologiya –T., 2011  12-17-betlar
5. Fransic   Henry   Skrine   and   Edward   Denison   Ross   A   history   of   Russian
Turkestan and the Central Asian Khanates from the earliest times Roudledge
Curzon, USA, 2005 .  47-55-page

Ibtidoiy jamoa tuzumining paleolit davrida O’rta Osiyo 1. O’zbekiston tarixi , predmeti va ob’ekti. 2. O’zbekiston tarixi fani vazifalari va uning dolzarb muammolari. 3. O’zbekiston tarixi fanini o’rganish manbalari

Tarix - inson hayoti uchun, kelajagi uchun eng zarur dasturamal. Tarix o‘tmish voqealari bayoni bilan insoniyatning buguni va ertasi uchun poydevor yaratadi. Uning ma’naviy dunyosini boyitadi va jamiyatda sog‘lom fikrli kishilarning safini ko‘paytiradi. Insoniyat nimaiki kashf qilmasin, ixtiro qilmasin uning zaminida tarixiy sharoit yotadi. Tarixiy sharoitning qanday rivojlanayotganligini tarixiy taraqqiyot tushuntiradi. Shuningdek, tarixiy taraqqiyotga baho berish zaminida tarixiy taxlil yotadi. Tarix- insoniyat uchun doimo yashashi uchun qurol, kelajagi uchun asosiy yo‘riqnoma bo‘lib kelgan. Tarixiy jarayonlar taxlili inson ongini charxlaydi, fikrlashga undaydi, bugungi kun voqealarini taxlil qilib, yaxshi yashashi uchun imkoniyatlar yaratadi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, “Inson uchun tarixidan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir” 1 . Tarixiy xotirasi bor inson irodali inson hisoblanadi. Har bir inson o‘z o‘tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo‘ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi, o‘zlikni anglashning eng muxim zamini sanaladi. Inson ma’naviy kamolati asosida tarix yotadi. Yangi ixtirolar-bizning dunyodagi insoniyat tarixi haqidagi bilimlarimizni kengaytirishga va chuqurlashtirishga xizmat qiladi. Tarixning kishilik jamiyati hayotida muxim o‘rin egallashini har doim e’tirof qilib kelingan. Kishilik jamiyati rivojlanar ekan, uning xar bir soniyasi odamlar bilan, ularning taqdiri bilan, ularning dunyoqarashi va faoliyati bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanadi. Tarix zaminida dunyoga kelgan har bir odam taqdiri mujassam. Shu sabab biz tarixga bee’tibor bo‘la olmaymiz. Prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” asarida tarix va ma’naviyatning hayotdagi muxim o‘rnini quyidagicha izohlagan: “dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va 1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т., 1998.-Б.10

ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin.” 1 Tarixni real, ob’ektiv yoritish har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Jamiyatda tarix so‘zi ikki xil ma’noda ishlatiladi: 1) Tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma’noda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va b. tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli bo‘lgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar o‘tmishi taraqqiyoti jarayonini o‘rganuvchi fan 2 hisoblanadi. Insoniyat tarixini o‘rganuvchi fan –tarix deb atalib, u insoniyat tarixining barcha jabhalarini o‘zida qamraydi. Tarix so‘zi ilk marotaba mil.avv.V asrda grek mutafakkiri Geradot tomonidan “Istoriya” tariqasida, ya’ni o‘tmish voqealari bayoni ma’nosida ishlatilgan bo‘lsa-da, uning ildizi odamzotning shakllanish davrlar bilan bog‘liq. “ Tarix” so‘zi esa, arabchadan olingan bo‘lib “O‘tgan voqealar haqida hikoya” degan ma’noni anglatadi . Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini o‘rgansa, tarix fanining tadqiqot ob’ekti — aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining o‘tmishi va hoziri haqidagi faktlarni yig‘ish, taxlil qilish, to‘plangan bilimlarni ma’lum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Uning predmeti esa, o‘tmish va hoziri davridagi taraqqiyot jarayonlarini nazariy jihatdan umumlashtirish, ma’lum bir tizimga solib, qonuniyatlarini tadqiq qilish, o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklikni va davomiylikni, sabab va oqibatlarini asoslab berish hisoblanadi. Tarix fani o‘tmishda sodir bo‘lgan jarayon va hodisalar orasidagi o‘zaro bog‘liklik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantig‘i va ma’nosini ko‘rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondoshuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o‘tmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko‘ra bilishdek muhim vazifani xal qiladi. 20-yillar arxeologiyasi bizning dune bilimlari xakidagi biimlarimizning chegarasini yuna bir bor ortga siljitgan Tarix fani ixtisoslashuvi jihatdan quyidagi guruhlarga ajratiladi; 1 –guruh jamiyatning butun tarixini o‘rganuvchi – Jahon tarixi fani 1 Каримов И.А. Юксак маънавият –енгилмас куч. – Т.:2008, 5-бет. 2 Ў збекистан миллий энциклопедияси. 8 -жилд.-Т.: 2004, 274-бет.

hisoblanadi. Uning bir qator sohalari bor; ibtidoiy jamiyat tarixi, qadimgi davr tarixi, o‘rta asrlar davri tarixi, yangi davr va eng yangi davr tarixi. Shuningdek, bu guruh tarixning yana quyidagi sohalarining o‘zida qamragan: a) xududiy-geografik tamoyilga ko‘ra-alohida mamlakatlar, davlatlar, xalqlar tarixi. b) ma’lum bir muammo yoki masalaga aloqador tarixiy voqealar tarixi. Masalan, uyg‘onish davri, salb yurishlari, jahon urushlari va hk. v) mikro tarix - qishloqlar, shaxarlar, shaxslar tarixi. g) jamiyatning alohida sohalari tarixi - harbiy, tibbiyot, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotin-qizlar, tender tadqiqotlari, san’at, intellektual, madaniyat, diplomatiya, davlatchilik va hk. tarixi. 2-guruhni maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlari va fanlar tarixi tashkil qiladi. Maxsus tadqiqot ob’ektiga ega bo‘lgan tarix fanlariga antropologiya, arxeologiya, etnografiya, manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika, arxivshunoslik va b. kiradi. Mazkur fanlar tadqiqot natijalari yordamida tarixning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy masalalari oydinlashadi va isbotlanadi Fanlar tarixi esa, fanlarning ehtiyojidan kelib chiqadi, bunda fanlarning o‘tmishdagi rivojlanishi, tadqiqoti kabi masalalar o‘z yechimini topadi. Bunga tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi va b. kiritish mumkin. Tarix fani vazifalari: 1. Bilish vazifasi tarixiy rivojlanish qonunlarini aniqlash va taxlil qilishdir. Bunda insoniyat tarixidagi barcha jarayon va taraqqiyotni ob’ektiv jihatdan yoritish orqali barcha mamlakat va xalqlarning tarixiy taraqqiyotining o‘ziga xosligi va rivojlanishini tarixiylik nuqtai nazardan baholash orqali o‘quvchilarning intellektual rivojlanishi ta’minlaydi. 2. Tarbiyalash vazifasi fuqarolik, axloqiy fazilatlar va qadriyatlarni tarixiy misollar orqali shakllanishida muxim ahamiyat kasb etadi.

3. Bashorat qilish vazifasi o‘tgan davr va hozirgi davrdagi tarixiy voqealar tahlili asosida kelajakni oldindan ko‘rsata olish va jamiyat taraqqiyotini izchil rivojlanishini ta’minlash 4. Ijtimoiy xotira vazifasi jamiyat va shaxsning rivojlanishi va o‘ziga xos shakllanishida tarixiy bilim yetakchilik vazifasini bajaradi. 5. Amaliy ko‘rsatmalilik vazifasi tarixiy bilimga asoslangan holda ilmiy asoslangan siyosat yo‘nalishini ishlab chiqish mumkin. Tarix fani metodolgiyasi. Metodologiya – tadqiqot usullarini, tarixiy dalillarni taxlil qiladigan, ilmiy dunyoqarashning shakllanish yo‘llarini o‘rgatadigan fandir. Tarixiy dalillarni o‘rganishning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: 1. Tarixiylik tamoyili - tarixiy hodisalarni rivojlanishda, aniq tarixiy sharoitga mos holda o‘rganish lozimligini ilgari suradi; 2. Ob’ektivlik tamoyili – bu tadqiqotchiga hodisalarning ko‘p qirraligi va qarama qarshiligining barcha jihatlarini hisobga olgan holda ob’ektiv o‘rganish uchun asos bo‘ladi. 3. Ijtimoiy yondoshuv tamoyili- hodisa va jarayonlarni aholining turli qatlamlarining ijtimoiy manfaatlarini hisobga olgan holda, partiya, davlat va shaxslarning amaliy faoliyatidagi su’ektiv jarayonlarni taxlil qilishni ilgari suradi; 4. Alternativlik tamoyili- ob’ektiv taxlil qilish asosida real sharoit, hodisa yoki voqealarning ehtimollilik darajasini belgilab beradi. Tarix fani turli xalqlar qanday yashaganligi, ularning hayotida qanday voqealar sodir bo‘lganligi, odamlar hayoti qanday va nima uchun o‘zgarib, hozirgiday bo‘lib qolganligini o‘rgansa, O‘zbekiston tarixi esa shu ona- zaminimizda o‘tmishda yashagan xalqlarning hayoti va ularning rivojlanishi jarayonida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, voqealar, ularning turmush tarzi, iqtisodi, madaniyati va shu kabilarni to‘laligicha o‘rganadigan fandir. Yurtboshimizning shu haqidagi fikrlari katta ahamiyatga egadir. “Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti, tili, madaniyati, qadriyatlari tarixini bilishga,