ISHGA QABUL QILISHGA YO‘L QO‘YILADIGAN YOSH
MAVZU: ISHGA QABUL QILISHGA YO‘L QO‘YILADIGAN YOSH REJA: 1.Voyaga yetmagan shaxsning ishlashi talablari va imtiyozlari. 2.Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh 3.O‘n besh yoshga to‘lmagan o‘smirni ishlashi mumkin etib belgilangan ishlar
1. Voyaga yetmagan shaxsning ishlashi talablari va imtiyozlari Voyaga yetmaganlarga ish davomida beriladigan imtiyozlar: Voyaga yetmagan shaxs ishga qabul qilinganidan so‘ng u katta yoshdagi xodimlar bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar. Faqatgina mehnatni muhofaza qilish, ish vaqti, ta’tillar va boshqa mehnat shartlari sohasida ularga qo‘shimcha imtiyozlar beriladi. Masalan, ish vaqtiga to‘xtaladigan bo‘lsak, voyaga yetmaganlarga nisbatan qisqartirilgan ish vaqti qo‘llaniladi hamda 16 dan 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarga ish vaqtining muddati haftasiga - 36 soatdan, 15 dan 16 yoshgacha bo‘lgan shaxslar uchun esa haftasiga 24 soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi. Shunga qaramasdan, voyaga yetmagan shaxs yuqoridagi kundalik ish vaqti qisqartirilgan rejimda ishlashidan qat’iy nazar, uning mehnatiga kundalik ish vaqti to‘liq bo‘lgan miqdorda haq to‘lanadi. Agarda voyaga yetmagan shaxs o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida ishlayotgan bo‘lsa, o‘quv yili davomidagi ish vaqtining muddati 16 dan 18 yoshdagilar uchun 18 soat hamda 15 dan16 yoshdagilar uchun 12 soatdan ortib ketishi mumkin emas. Bunda voyaga yetmagan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash ishlagan vaqtiga mutanosib ravishda yoki ishlab chiqargan mahsulotiga qarab belgilanadi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslarni soat 22:00 dan 06:00 ni tashkil etuvchi tungi ishlarga, mehnat shartnomasida belgilangan vaqtdan tashqari bo‘lgan ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish taqiqlanadi. Voyaga yetmagan shaxslarni qiziqtiradigan masalalardan yana biri – mehnat ta’tili bo‘lib, 18 yoshga to‘lmagan xodimlarga katta yoshdagi xodimlardan farqli o‘laroq kamida30 kalendar kundan iborat yillik ta’til beriladi. Ular ushbu ta’tilni mehnat faoliyatining boshlanganiga 6 oy bo‘lmasidan oldin, shuningdek, yoz vaqtida yoki yilning o‘zlari uchun qulay bo‘lgan boshqa vaqtida foydalanishlari mumkin. Ta’lim muassasalarida ishlab o‘qiyotgan voyaga yetmaganlarga yillik ta’tillar
ularning xohishiga ko‘ra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga ish beruvchi tomonidan to‘g‘rilab berishi shart. O‘qib ishlayotgan voyaga yetmagan uchun imtiyozlar: Kirish imtihonlari topshirishga ruxsat etilgan voyaga yetmagan shaxslarga oliy o‘quv yurtlariga kirish uchun o‘quv yurtlari joylashgan yerga borish va qaytib kelish vaqti hisobga olinmagan holda kamida 15 kalendar kun ish haqi saqlanmagan holda ta’til beriladi. Sirtdan ta’lim olayotgan xodimlarga esa imtihon sessiyasida qatnashishi uchun o‘quv yurti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi, diplom loyihasi tayyorlashi, yoqlashi yoki bitiruv imtihonlari topshirishi uchun yiliga 1 marta yo‘l kiraning 50 foizdan kam bo‘lmagan qiymatda haq to‘lab beriladi. Voyaga yetmaganni ishlatishda mehnat muxofazasi talablari: Mehnat sharoitlari bo‘yicha yilning issiq davrida 0141-03-son SanQvaMga muvofiq: yopiq ishlab chiqarish xonalarida bajaradigan ish kategoriyasiga (Ia-IIb) muvofiq ruxsat etilgan havo harorati 31,0°-29,0°C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agar havo harorati 36°-34,5°C dan yuqori bo‘lganda inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli hisoblanadi, mazkur holatda ish joylarida havoni shamollatish va sovutish moslamalaridan foydalanish lozim; ochiq maydonlarda bajaradigan ish kategoriyasiga (Ia-IIb) muvofiq ruxsat etilgan havo harorati 31,4°-30,0°C dan yuqori bo‘lmasligi lozim. Agarda havo harorati 36°-34,5°C dan yuqori bo‘lganda inson sog‘lig‘i uchun o‘ta xavfli hisoblanib, mazkur holatda ish rejimini o‘zgartirgan holda, ya’ni ish vaqtini kunning salqin vaqtlariga ko‘chirgan holda ishni tashkil etilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
2. Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh Ishga qabul qilishga o’n olti yoshdan yo’l qo’yiladi. O’n besh yoshga to’lgan shaxslar ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning yozma ravishdagi roziligi bilan ishga qabul qshshnishi mumkin. Yoshlarni mehnatga tayyorlash maqsadida umumta’lim maktablari, hunartexnika bilim yurtlari va o’rta maxsus o’quv yurtlarining o’quvchilarini o’n to’rt yoshga to’lganlaridan keyin ota-onasidan birining yoki ular o’rnini bosuvchi shaxsning roziliga bilan bolalarning sog’lig’iga va kamol topishiga ziyon etkazmaydigan va ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishlarni o’qishdan bo’sh vaqtlarda bajarish uchun ishga qabul qilishga yo’l qo’yiladi. O’n sakkiz yoshga to’lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning 241-moddasida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi. (Ozbekiston respublikasi MK). O zbekistonda kim ishchilarni yollashga haqli? Ishga necha yoshdan va qandayʻ shartlarda qabul qilish mumkin? Xodimlarning yoshi bilan bog liq mehnat ʻ shartlarining buzilishi uchun kim va qay darajada javobgar bo ladi? ʻ Xodimlar va ish beruvchilar Shaxsiy mehnat munosabatlarining sub’ektlari – bu xodim va ish beruvchidir. Ish beruvchilar sifatida quyidagilar chiqishi mumkin: • mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashkilotlar; • tashkilotlarning filiallari, vakolatxonalari va boshqa alohida bo‘linmalari (masalan, direksiyalar); • jismoniy shaxslar: – yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar;
– uy ishchilarini shaxsiy xizmat ko‘rsatish va uy xo‘jaligini boshqarish uchun yollaydigan shaxslar (enagalar, oshpazlar va boshqalar); – kasbiy faoliyati ro‘yxatdan o‘tkazilishi va (yoki) litsenziyalanishi kerak bo‘lgan va qonunchilik ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun xodimlar bilan mehnat munosabatlariga kirishishiga ruxsat berilgan shaxslar (xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar va boshqalar) . Quyidagilar xodim bo‘lishi mumkin: • O‘zbekiston fuqarolari; • chet el fuqarolari; • fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar. Agar ular mehnatga oid huquq/muomala layoqatiga ega va Mehnat kodeksida belgilangan yoshga yetgan bo‘lsa, ish beruvchi bilan mehnat munosabatlariga kirishishlari mumkin. * Mehnat qobiliyati – bu mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish qobiliyati. Mehnat layoqati – bu fuqaroning (jismoniy shaxsning) o‘z xatti- harakatlari orqali mehnat huquqlariga ega bo‘lish va ularni amalga oshirish, o‘zi uchun mehnat majburiyatlarini olish va ularni bajarish layoqati. Xodimning mehnatga oid huquq layoqati va muomala layoqati u o‘n olti yoshga to‘lgan paytidan e’tiboran bir vaqtning o‘zida vujudga keladi, alohida hollar bundan mustasno ( ular haqida – quyida ). Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekistonda ishlashlari mumkin. Buning uchun ular mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma olishlari kerak . Buni qanday qilish kerakligi haqida bu yerda o‘qing: • Chet ellik O‘zbekistonda ishlashi uchun mehnat faoliyati huquqiga doir tasdiqnoma qanday olinadi. Necha yoshdan ishga qabul qilish mumkin