Islom dini 2
Reja: 1. Islom dinining paydo bo’lishi va ta’limoti. 2. Islom dinidagi yo’nalishlar, oqimlar va mazhablar. 3. Qur’onning tarkibi va jamlanishi. 4. Qur’on va hadis-Islomning asosiy manbalari. Mashhur muhaddislar.
Islom dinining paydo bo’lishi. Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir, e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan esa xristianlikdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Yil sayin bu dinga e’tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. Islom dini VII asrda Arabiston yarim orolida (hozirgi Saudiya Arabistoni) paydo bo’ldi. Bu orol arab tilida “Jazirat al-Arab”, ya’ni arablarning yarim oroli degan ma’noni anglatadi. Turkiy xalqlar va eronliklar “Arabiston” deb ataydilar. “Islom” so’zi quyidagi ma’nolarni anglatadi: 1. Itoat va bo’ysunish. 2. Ixlos va turli ofatlardan salomat bo’lish. 3. Sulh va omonlik. Islom-Alloh yagona degan e’tiqod bilan unga bo’ysunmoqlik, itoat etmoqlik va butun qalb bilan unga ixlos qilmoqlik va Alloh buyurgan diniy e’tiqodga iymon keltirmoqlik demakdir. Allohga itoat qilgan va Alloh yuborgan payg’ambarlarga ergashgan kishi musulmon (muslim-sadoqatli) deyiladi. Islomning paydo bo’lishi VI asr oxiri-VII asr boshlarida Arabiston yarim orolida yuz bergan ijtimoiy- iqtisodiy ahvol bilan bevosita bog’liqdir. Xo’sh, bu ijtimoiy-iqtisodiy ahvol nimalarda o’z ifodasini topgan edi?Avvalo, arablarning katta-kichik qabila va urug’larga bo’linib ketganligida. Bunday bo’linish-ular o’rtasidagi doimiy o’zaro urushlarning asosiy omiliga aylangan edi. Bu urushlar faqatgina vayronalik keltirmoqda edi, xolos. Ikkinchidan, qo’shni davlatlar - Vizantiya imperiyasi, Sosoniy Eroni va Habashiston Arabiston yarim orolida siyosiy birlikning yo’qligidan foydalanib, doimiy ravishda bu o’lkaga hujum qilardilar, arablarni asoratga solardilar. Shunday qilib, VII asrda arablar yagona davlat barpo etishini davr ham taqozo etmoqda edi. Siyosiy jihatdan birlashish, ya’ni yagona Arab davlatini vujudga keltirish-xalqning kuchini tashqi bosqinchilarga qarshi kurash uchun birlashtirish hamda o’zaro ichki
urushlarga barham berish vazifasini hal etish lozim edi. Bunday siyosiy birlashuv u davrda faqatgina yakka xudolik dini orqaligina, yagona xudo shiori istidagina amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. VI asrda Arabistonda ko’p xudolik dinlari mavjud edi. Ayni paytda, shuni alohida ta’kidlash joizki, ko’p xudolik vujudga kelayotgan va asta-sekin o’ziga taraqqiyot yo’lini ochib borayotgan yangi tuzum-feodal jamiyatning ijtimoiy va siyosiy talablariga ham muvofiq kelmas edi. Yuqorida sanab o’tilgan omillar Islom vujudga kelishining obektiv shart- sharoitlarini tashkil etadi. Islomning paydo bo’lishiga muayyan g’oyaviy muhit-birinchidan, arablar milliy ongining uyg’onganligi, ikkinchidan, haniflar (chinakam e’tiqod qiluvchilar, haqiqat izlovchilar)ning diniy harakati ham qulay sharoit yaratgan edi. Haniflar arab qabilalarini birlashtirish jarayonining g’oyaviy ifodachisi ham edi. Hanifiylikning markaziy g’oyasini-yakka xudoga ishonish, qabila xudolariga va mahalliy xudolarga sig’inishdan voz kechish tashkil etardi. Hanifiylar o’z targ’ibotlarida arablarni “og’ir ahvoldan qutqaruvchi xaloskor”ning yaqinlashib qolganligini xabar berar, ilohiy qudratning hukmini sabrsizlik bilan kutib turish lozimligini uqtirar edilar. Ular har narsani yagona xudoning qudrati, uning marhamati yoki g’azabi bilan bog’lar edilar.Ijtimoiy adolatsizlikdan, chet el bosqinchilari, quldorlarning asoratidan bezor bo’lgan qullarning, og’ir ahvolda yashagan arab ommasining qalbida “yagona Allohning adolati”, “Xaloskorning kelishi”, “Dunyoning oxiri” haqidagi targ’ibotlar muayyan tuyg’u, unga ishonish hislarini uyg’otgan. Milodning VI asrida Arabiston yarim orolida hukm surgan davlatlar qulagach, mazkur karvon yo’lining markazida joylashgan Makka Arabiston shaharlarining eng yirigi va ahamiyatlisi bo’lib qolgan. U deyarli hamma tomoni darali tog’lar bilan o’ralgan vodiyda joylashgan. Shuning uchun ham bu yerda hech qachon shahar atrofiga devor qurish zaruratu bo’lmagan. U yerdagi Alloh qudrati bilan yaratilgan deb hisoblanuvchi Zamzam qudug’i, Ka’ba
bora-bora Makkani arablarning muqaddas joyiga aylantirgan, uning shuhratini orttirgan. Makka da hech q a nday arxeologik ishlar olib borilmagani uchun uning yoshini aniqlashning iloji bo’lmagan. V-VI asrlarda Arabiston yarim orolidagi davlatlar (G’assoniylar, Lahmiylar, Kinda va Himyor) inqirozga yuz tutganligi, so’ngra umuman tarix sahifasidan yo’qolib ketganligi Makkaga qo’l kelgan. Arabistonga qo’shni buyuk davlatlar - Vizantiya va Eronning yarim orol janubi va shimolida o’z hukmini o’rnatgani ham Makka foydasiga hizmat qilgan. Bu davrda Makkada quraysh qabilasi hukmronlik qilardi. Butun quraysh urug’larining hurmat-e’tiborini qozongan shaxs Hoshim edi. Bu hurmat-e’tiborga u oddiy xalqqa, yo’qsillarga xayr-ehson qilish, qurbonlikka mollar so’yib ularni boqish hisobiga erishgan edi. Islom ta’limoti. Muhammad payg’ambar hayoti va faoliyati. Qur’oni Karimda 25 gayg’ambarning nomi zikr etilgan. Diniy ta;limotga ko’ra hech kim payg’ambarlikka o’z bilimi, o’qib o’rganishi, yoki niyati bilan erisha olmaydi. Paeg’ambarlik- olloh o’zi suygan bandasiga in’om etilaligan ehsondir Muhammad ibn iAbdulloh 570-yilda Makkaning quraysh qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tavallud topdi. Otasi Abdulloh Muhammad tug’ilmasidan 2 oy oldin 25 yoshida vafot etgan. O’sha zamoh odatlariga ko’ra Muhammad Saad urug’idan bo’lgan Halima ismli ayolga enagalikka berilgan. 4 yoshidan so’ng Muhammadni yana onasi tarbiyalay boshladi . 6 yoshida Muhammadning onasiham bafot etadi. Oldin bobosi Abl al- Mutallib, keyinchalik esa amakisi Abu Tolib Muhammadni o’z tarbiyasiga oladi.25 yoshigacha tijorat bilan shug’ullangan Muhammad Xadicha ismli boy beva ayolga uylanadi. Ular 6 nffar farzand ko’radilar. Afsuski farzandlari asosan yoshlik chog’larida vafot etadi. Faqatgina qizlari Fotima unib- ulg’aydi va otasining izidan borib yuksak hurmatga sazovor bo’ldi.
Diniy adabieotlarda ta’kidlanishicha 610-yilda Muhammadning hayotida keskin burilish pallasi yuz berdi.endi uning hayotida payg’ambarlik davri boshlandi. Yani, ilk vahiy kela boshladi. Yana shu adabiyotlarda ta’kidlanishicha Olloh o’z inoyatini 3 xil shaklda bildiradi: 1. Vahiy orqali 2. Parda orqasidan gapirish orqali 3. Farishtalar yuborish orqali Shu paytdan boshlab Muhammad Ollohning rasuliga aylandi. Bu faoliyat 23 yil davom etdi. 23 yildan iborat payg’ambarlik haeotining bir qishmi Makkada, bir qismi Madinada o’tganligi sababli Qur’on sur’alari ham Mfkkai-90 ta va Madinai- 24 ta sur’alarga bo’linadi. Muhammad payg’ambar makkaliklarni butga sig’inishdan qaytarish va yagona ollohga sig’inishga o’rgatish uchun 3 yil yashirincha targ’ibot bilan shug’ullandi. Uch yillik yashirin targ’ibot davomida islomga e’tiqod qiluvchilar soni 30 taga etdi. Makka aholisi ikkiga bo’lindi: Muhammad tarafdorlari – musulmonlar va ularga qarshi bo’lgan mushriqlar. Muslimlar va mushriqlar o’rtasida jiddiy kurash borgan. Sababi islomga o’tish Ka’badagi 360 ta butdan kechishni anglatar edi.Buni ko’pchilik istamasdi. Muhammad boshliq musulmonlar mushariqlar tazyiqidan qochib 3 yil tog’larda yurishga majbur bo’lishgan. 619-yil Muhammadning boshiga katta tashvish tushgan oldin amakisi Abu Tolib, keyin xotini-Xadicha vafot etadi. 622yil esa Muhammad boshchiligidagi Musulmonlar Makkadan Madinaga hijrat qiladilar. Ko’chib borganlar islom tarixida muhojirlar deb nom oldilar. Madinaliklar islomni qabul qildilar va qisqa vaqt ichida kuchli Madina- islom vlati tashkil topdi.630-yili Makka bo’yso’ndirildi.632-yil Muhammad payg’ambar vafot etdi. Muhammadning vafotidan so’ng davlatni uning o’rinbosarlari- xalifalar boshqarganlar.