logo

IX-XI asrlar adabiyoti

Загружено в:

08.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.0732421875 KB
IX-XI asrlar adabiyoti
Reja:
1. IX-XI asrlar ijtimoiy-madaniy muhiti, mahalliy davlatlarning tashkil topishi.
2.   Islom madaniyati manbalari va ularning badiiy ijodga tasiri.
3. Markaziy Osiyoda arab tilidagi badiiy ijod, As-Saolibiy va uning tazkirasi 
haqida.
3. X-XII asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot: Ro’dakiy va Firdavsiy adabiy merosi. 1.   X-XII   asrlar   ijtimoiy-madaniy   muhiti,   mahalliy   davlatlarning   tashkil
topishi.   Arab-Islom   xalifaligi   Markaziy   Osiyo   hududida   o’z   hukmronligini
o’rnatgach,   mazkur   hududni   boshqarishda   mahalliy   yer   egalari   yordamiga
tayanadi.   Uzoq   vaqt   Xuroson   noibi   bo’lib   turgan   Ma’mun   otasi   xalifa   Xorun   ar-
Rashid vafotidan keyin 813 yilda  Xurosondagi yirik mulk egasi Tohir ibn Husayn
yordamida xalifilikni egallaydi. Shundan keyin Tohir ibn Husaynning xalifalikdagi
mavqeyi kuchayib, Xuroson va Movarounnahrni mustaqil boshqarish huquqiga ega
bo’ladi.   Shu   tariqa   mazkur   hududda   xalifalikdagi   dastlabki   mustaqil   davlat
Tohiriylar sulolasi (821-873) maydonga keladi.
Shu   davrda   Movarounnahrda   Somon   avlodlari   hukmronligi   ham   kuchayib
Xalifa   Ma’mun   As’ad   ibn   Somonning   o’g’illari   Nuh   ibn   As’adni   –   Samarqand,
Ahmad ibn As’adni  – Farg’ona, Yahyo ibn As’adni – Shosh va Usrushona,  Ilyos
ibn   As’adni   esa   Hirot   hokimi   qilib   tayinlaydi.   Movarounnahrda   Somoniylar
hokimiyati   rasman   tan   olinadi.   Bu   esa   yangi   mahalliy   davlat   –   Somoniylar
sulolasining tug’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. 
841-yilda   Nuh,   ko’p   o’tmasdan   Yahyo   ham   vafot   etib   Samarqand   va   Shosh
Ahmad   ibn   As’ad   qo’l   ostiga   o’tadi.   U   poytaxtini   Farg’onadan   Samarqandga
ko’chiradi.   Uning   vafotidan   keyin   taxtni   o’g’li   Nasr   ibn   Ahmad   (864-892)
egallaydi. 
Xurosonda   kuchayib   ketgan   qo’zg’olonlar   (Yoqub   ibn   Lays   boshchiligida)
ta’sirida   Tohiriylar   davlati   barham   topib   (873)   o’rniga   Safforiylar   (misgarlar)
sulolasi (873-903) vujudga keladi. Bu davrda Buxoro Tohiriylar davlatiga qarashli
edi.   Mazkur   voqealardan   keyin   shahar   zodagonlari   yangi   sulolaga   bo’y   sunishni
istamaydi hamda Nasr ibn Ahmaddan yordam so’raydi. Nasr o’z ukasi Ismoil ibn
Ahmadni   (873-907)   Buxoroga   hokim   qilib   yuboradi.   Nasrning   vafotidan   keyin
butun   Movarounnahr   Ismoil   Somoniy   qo’l   ostiga   o’tadi.   Xalifalik   tomonidan
Movarounnahr   hokimi   sifatida   tayinlangan   Amr   ibn   Lays   bilan   900-yilda   Balxda
bo’lib   o’tgan   jangda   g’olib   bo’lgach,   Ismoil   Somoniy   Xuroson,   Tabariston, Gurgon   va   Seyistonni   ham   qo’lga   kiritadi.   Shundan   keyin   Somoniylar   davlati
rasman tan olinadi. 
Somoniylar   sulolasi   mahalliy   madaniyat   ravnaqiga   katta   hissa   qo’shdi.   Agar
tohiriylar davrida arab tili rasmiy davlat va ijod tili sifatida mavqeini saqlab qolgan
bo’lsa,   somoniylar   sulolasi   davrida   fors-dariy  tilining  mavqei   oshdi,   bu  tilda   ijod
etish   rag’batlantirildi.   Bu   holat   deyarli   shu   davrda   yuzaga   kelgan   saljuqiylar,
g’aznaviylar va xorazmshohlar davrida ham davom etdi.
X asr o’rtalariga kelib Somoniylar davlatida o’zaro nizolar kuchaydi. Natijada,
davlat   inqirozga   uchrab   Qoraxoniylar   va   G’aznaviylar   X   asrning   90-yillarida
Somoniylarning yerlarini bosib oldi.
X   asr   oxiri   va   XI   asr   boshlarida   Xorazmda   ham   muhim   ijtimoiy-iqtisodiy   va
madaniy   o’zgarishlar   yuz   berdi.   Urganch   hokimi   Ma’mun   I   butun   Xorazmni
egalladi.   Uning   o’g’li     Ma’mun     ibn   Ma’mun   poytaxtni   Kotdan   Urganchga
ko’chirdi. Natijada, bu shahar yurik iqtisodiy, madaniy va ilmiy markazga aylandi.
Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Mansur  as-
Saolibiy (961-1038)  kabi  mashhur  siymolar  ilmiy faoliyat  va ijod bilan mashg’ul
bo’ldi. Ma’mun akademiyasiga asos solindi.        
X-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari  tarixida alohida bir davrni  tashkil  etadi.
Bu   davr   barcha   sohalarning   rivojlanishi,   ilm-fanning   yuksak   taraqqiyoti   bilan
xarakt е rlanadi.   Markaziy  Osiyo   xalqlari  m е 'morchilik,  tasviriy  san'at,  naqqoshlik,
o’ymakorlik,   musiqa   kabi   sohalarda   katta   yutuqlarga   erishdilar.   «Shuning   uchun
biz IX-XII asrlardagi O’rta Osiyo madaniy yuksalishini Uyg’onish davri, aniqrog’i
ilk   Uyg’onish   davri   d е b   atashga   ham   to’la   asosimiz   bor».   (Buyuk   siymolar,
allomalar. 1-kitob. T.,1995. 8-b е t).
Turli   sulolalarning   markazlari   bo’lgan   Buxoro,   Samarqand,   Qashg’ar,
Bolasog’un,  Nishopur, Isfahon,  G’azna,  Xorazm   shaharlarida  ilm-fan, madaniyat,
san’at, xususan, badiiy ijod gullab yashnadi. 
Qishloq   xo’jaligi,   hunarmandchilik   rivojlandi.   Buxoro,   Samarqand,   Marv,
Ko’hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida tanildi.   Mashhur   «Ipak   yo’li»   boshqa   xalqlar   bilan   turli   sohalarda   hamkorlik
qilishda asosiy aloqa yo’li vazifasini bajardi.
Bu  davrda  m е 'morchilik  taraqqiy  etdi.  Samarqand,  Buxoro,  Urganch,  T е rmiz,
O’zgan,   Marv   shaharlarida   ko’plab   saroy,   masjid,   xonaqoh,   madrasa,   minora,
sardoba va boshqa binolar qurildi. Bu binolar qurilishi o’ziga xosligi bilan ajralib
turadi.   Navoiy   viloyatida   XI   asrda   qurilgan   Hazora   qishlog’idagi   D е hgaron
masjidi,   Raboti   Malik,   Buxorodagi   Masjidi   jom е ’ning   1127   yilda   qurilgan
minorasi, XII asr oxirida bunyod etilgan Vobk е nt minorasi, Urganchdagi Faxriddin
Roziy   maqbarasi,   Doya   xotin   ravoti,   Marvdagi   Sulton   Sanjar   maqbarasi   va
boshqalar shular jumlasidandir.
Bu   davrda   naqqoshlik   ham   rivojlandi.   Turli   binolarga   ishlangan   naqshlar
buning dalili. Musiqa ham taraqqiy etdi. Bu davrda rud, tanbur, barbat, daf, qo’biz,
rubob,   nay,   surnay,   karnay,   qonun   kabi   cholg’u   asboblari   k е ng   tarqaldi.   «Rost»,
«Xusravoniy»,   «Boda»,   «Ushshoq»,   «Sipahon»,   «Navo»,   «Tarona»   kabi   kuylar
ijod   qilinadi.   X-XII   asrlar   Markaziy   Osiyoda   ilm-fanning   rivojlanganligi   bilan
alohida   ajralib   turadi.   Falsafa,   mantiq,   riyoziyot,   tibbiyot,   tarix,   tilshunoslik,
adabiyotshunoslik   kabi   sohalar   rivoj   topdi.   Arab   tili   Sharq   mamlakatlari   orasida
ilm-fan tili sifatida shuhrat qozondi. Buxoro, Samarqand, T е rmiz, Urganch, Marv,
Balx, Bog’dod, Shom kabi shaharlar Sharq olimlari hamkorligining markazi bo’lib
qoldi.
Markaziy Osiyo olimlaridan al-Xorazmiy, Abunasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy,
Ibn Sino, Aburayhon B е runiy va boshqalar jahon ilm-fani xazinasiga b е baho ulush
qo’shdilar. Shuningd е k, Abdulloh ibn Muslim Marvaziy Dinovariyning «Kitob-ul-
maorif»,   «Kitob-ush-sh е 'r   va-sh-shuaro»si,   tarixchi   Abusaid   Gardiziyning   «Zayn-
ul   axbor»,   Bayhaqiy,   Narshaxiy,   mat е matik   va   astronom   Abdulmajid   Xo’jandiy,
astronom   Muhammad   Balxiy,   huquqshunos   Burhoniddin   Al-Marg’inoniy,
tilshunoslar   Abulqosim   Zamaxshariy,   M.Qoshg’ariylar     asarlari   ham   mashhur
bo’ldi. 2.   Markaziy   Osiyoda   arab   tilidagi   badiiy   ijod,   As-Saolibiy   va   uning
tazkirasi  haqida.   X-XII asrlarda badiiy adabiyot ham  rivojlandi. Arab, fors-tojik
va turkiy tilda badiiy asarlar yaratildi. Bu davr adabiyoti haqida nishopurlik olim,
yozuvchi,   adabiyotshunos   va   tilshunos,   tarixchi   Abu   Mansur   as-Saolibiyning
«Yatimat   ad-dahr   fi   mahosini   ahli   al-asr»   («Asr   ahlining   fozillari   haqida
zamonasining   durdonasi»)nomli   tazkirasi   boy   ma'lumot   b е ruvchi   muhim   manba
sanaladi. 
Asli Nishopurlik bo’lgan Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil
as-Saolibiy   (tulki   terisidan   po’stin   tikib   sotish   bilan   shug’ullanganligi   uchun   shu
laqabni   olgan)   992-993   yullarda   Buxoroga   kelib   bir   necha   oy   yashagan.
Keyinchalik Xorazm, Jurjon, G’znada yashab, 1038-yilda Nishopurda vafot etgan.
As-Saolibiy   o’z   davrining   anchayin   iste’dodli   shoiri   hamda   til,   adabiyot   va   tarix
ilmlariga oid ko’plab ilmiy asarlar muallifidir. Jumladan uning “Latoyif al-maorif”,
“Shamsul   adab   fi   iste’mol   al-arab”,   “Til   qonunlari”,   “Ijnos   al-tajnis”   (Tajnisning
turlari)   kabi   jami   50   nomdagi   kitobi   turli   fondlarda   saqlanadi. 1
  As-Saolibiyning
eng mashhur asari «Yatimat ad-dahr” tazkirasidir.   
Tazkira 995-1000 yillar mobaynida yozib tugatiladi. Asar to’rt qismdan tarkib
topgan   bo’lib,   uning   har   bir   qismi   o’n   bobga   ajratiladi.   Asarda   jami   X-XI   asr
boshlarida yashab ijod etgan 415 ta arabiynavis shoirlar haqida ma’lumot berilgan
Tazkiraning to’rtinchi qismi “Xuroson va Movarounnahr ahlining fozillari haqida”
bo’lib,   unda   124   ta   shoir   tilga   olinadi.   Mazkur   qismning   dastlabki   uch   bobi
Buxoroning   o’zida   yashab   ijod   etgan   47   shoirning   hayoti   va   ijodiga   doir
qaydlardan iborat. 4-bobi Xorazmda yashab ijod etgan yeti shoir haqida ma’lum о t
beradi.   Asarda   k е ltirilgan   Movarounnahr   va   xurosonlik   shoirlarning   sh е 'rlari
qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, g’azal, urjuza janrlariga mansubdir. 
 X-XII asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot, uning shakllanish omillari:
X-XII   asrlarda   fors-tojik   tilidagi   adabiyot   ham   taraqqiy   etdi.   Ro’dakiy,
Daqiqiy, Firdavsiy, Robia, As’adi Tusiy, Faxriddin Gurgoniy, Nosir Xisrav, Umar
1
 Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat ad-dahr fi mahosin ahl al-asr. –Toshkent: Fan, 1976.  Qarang: I.Abdullaevning 
kirish maqolasi,11-21-betlar).   Xayyom,   Am'aq   Buxoriy,   Rashidaddin   Vatvot,   Xoqoniy   Sh е rvoniy,   Nizomiy
Ganjaviy   kabi   insoniyat   madaniy   merosiga   munosib   hissa   qo’shgan   ijodkorlar
y е tishib chiqdi. 
Bu   davrda   turli   adabiy   janrlar   shakllanib     bordi.     Lirikada     qasida,     g’azal,
ruboiy,   qit'a,   marsiya,   munozara   va   boshqa   janrlar,   turli   mavzudagi   dostonlar
vujudga   k е ldi.   Nasr   sohasida   Abulmuayyad   Balxiy   («Shohnoma»,
«G е rshaspnoma»),   Homididdin   Balxiy   («Maqomoti   Homidiy»)   kabilarning
asarlari,   adabiyotshunoslik   sohasida   Ar-Roduyoniy   («Tarjimon-ul-balog’a»),
Rashiddin   Vatvot   («Hadoyiq-us-s е hr»-«S е hrlar   bog’i»),   Nizomiy   Aruziy
Samarqandiy («Chahor maqola») asarlari yuzaga k е ldi.
 Abu Abdullo Ro’dakiy as-Samarqandiy.
“Odam   ush-shuaro”   (Shoirlarninng   Odam   atosi)   yuksak   unvoniga   sazovor
bo’lgan Abu Abdullo Ja’far Muhammad Ro’dakiy nafaqat fors-dariy adabiyotining
balku   umuman   musulmon   sharqi   adabiyotininng   rivojiga   ulkan   hissa   qo’shgan
buyuk   so’z   san’atkorlaridan   biridir.   Uninng   shaxsiyatiga   oid   ma’lumot,   fikr   va
munosabatlar   Sharqda   yaratilgan   ko’plab   tarixiy   manba   va   tazkiralar,
adabiyotshunoslikka   oid   asarlarda   keltirilgan   bo’lsa-da,   ular   asosan   rivoyaviy
xususiyatga ega bo’lib, tarjimai holiga doir aniq ma’lumotlar juda oz.
Ro’dakiy melodning 858 yilida Samarqand shimolidagi qadimiy qishloqlardan
bo’lgan   Panjrudda   tavallud   topgan. 2
  U   favqulodda   iste’dod   egasi   bo’lib,   sakkiz
yoshida   Qur’onni   yod   olgan   va   juda   chiroyli   qiroat   bilan   o’qigan.   Ro’dakiy
Samarqand   madrasalarida   tahsil   olgan.   Diniy   va   dunyoviy   ilmlardan   tashqari
musiqa   va   she’riyat   ilmini   ham   puxta   egallagan.   Uninng   chang   asbobini
mukammal egallaganligi o’z she’rlarida ham e’tirof etiladi:
Ro’dakiy chang bigriftu navoxt,
Boda andoz, k-o’ surud andoxt.
(Rodakiy (qo’liga)  chang olib chala boshladi. (Soqiy) boda quyginki u qo’siq
(quya) boshladi).  
2
 Ro’dakiy tarjimai holiga oid ma’lumotlar X.Mirzozodaninng kitobidan olindi. Qarang: X.Mirzozoda. Tarixi 
adabiyoti tojik (Az davrai qadim to asri XIII). – Dushanbe: Maorif, 1987.    Madrasa   tahsili   davomida   u   somoniy   hukmdorlar   nazariga   tushib,   dastlab
Samarqand   hokimi   Nasr   ibn   Ahmad   dargohida,   so’ngra   esa   Buxdoroda   Ismoil
somoniy   saroyida   “malik   ush-suaro”   vazifasini   bajargan.   U   somoniy   hukmdorlar
Ahmad  ibn  Ismoil,  Nasr  II  ibn  Ahmad  hukmronligi   davrida  ham  Buxoroda   bolib
ham   moddiy   ham   ma’naviy   ma’noda   yuksak   martabaga   ega   bolgan.   Bir   baytida
yozadi:
  Az xaru polik on joe rasidam, ki hame,
Mo’zayi chini hamexohamu aspi tozi.
(Yalang   oyoq   eshak   mingan   holatdan   shu   darajaga   yetdimki,   Xitoy   etigi     va
tozi otni istayapman).
Shoir   Unsuriy   Ro’dakiyninng   “Kalila   va   Dimna”   tarjimasi   uchun   qirq   ming
dirham olganligini eslab o’tadi. Uning somoniylar saroyidagi mavqei ortib borishi
zamondosh shoirlar orasida salbiy munosabatlarga ham sabab bo’lgan:
Agar ba davlat bo Ro’dakiy na hamsonam?
Ajab makun, suxan az Ro’dakiy na kam donam…
Hamexaridu hamerext beshumor diram,
Ba shahr har ki yake turki norpiston bud.
Avfiyninng   tazkirasida   aytilishicha,   shoirninng   ikki   yuzta   xizmatkori   bo’lib,
uninng yukini to’rt yuz tuyaga yuklashgan. Jomiy ham bu ma’lumotni tasdiqlaydi:
Ro’dakiy on ki dur hamesufti,
Madhi samoniyon hamegufti.
Silai she’rhoi hamchu durash,
Bud dar borai chorsad shuturash.
Nizomiy   Aruziy   Samarqandiyninng   “Chahor   maqola”   kitobida   Ro’dakiy
hayotidan   olingan   bir   hikoyat   mavjud   bo’lib,   unda   “Bo’yi   jo’yi   mo’liyon   oyad
hame”   misrasi   bilan   boshlanuvchi   mashhir   qasidaninng   yaratilish   tarixi   bayon
qilinadi. 3
 
3
 Nizomiy Aruziy Samarqandiy. Nodir hikoyatlar. – T.: G’.G’. nomidagi Adabiyot va san’at, 1985.32-35-betlar. Manbalarda   qayd   etilishicha,   Somoniylar   saroyidagi   bir   qator   mutafakkirlar
qatori Ro’dakiy ham karmatiylik va ismoiliylik (shia mazhabidagi oqimlar) oqimi
ta’sirida bo’lgan. Nasr II ning vafotidan keyin o’g’li Nuh ibn nasr Buxoroda diniy
islohotlar o’tkazilib bu oqim vakillarini ta’qibga oladi. Ro’dakiynining mol-mulki
musodara   qilinib,   barcha  mansab   va  imtiyozlardan  mahrum   qilinadi.   U  938-yilda
vataniga   qaytadi.   Shoir   bir   baytida   vataniga   keksa,   piyoda,   darvesh   holatida
qaytganligini eslaydi:
Pisand boshad mar xojaro pas az dah sol,
Ki boz gardat piru piyodavu darvesh. 
Ro’dakiy 941-yilda 83 yoshida o’z qishlig’ida vafot etgan.
Shoir Idrisiy “Al-ansob” asarida Ro’dakiy Ro’dak qabristoni tashqarisida dafn
etilgani, qabri ziyoratgohga aylanganligini qayd etadi va quyidagi baytni keltiradi:
Kunun zamona digar gashtu man digar gashtam,
Aso biyor, ki vaqti asovu anbon bud.
Ro’dakiyninng   ko’zi   ojizligi   masalasida   ikki   xil   fikr   mavjud.   Avfiy   Buxoriy
uni tug’ma ojiz (“ko’ri modarzod”) deb aytadi.
Undan   keyim   malik   ush-shuaro   unvonini   olgan   Abuziroa   “ko’r”,   Daqiqiy
“shoiri tiyrachashmu ravshanbin” (ko’zi  xiyra qalb ko’zi  yorug’) deya ta’riflaydi.
Biroq   Najotiy   Nishopuriyning   1309-yilda   yozilgan   asarida   Ro’dakiyninng   umri
oxirida   ko’ziga   nil   tortilganligi   qayd   etiladi.   Zamonaviy   adabiyotshunoslikda   shu
fikr ma’qullanadi. Zero u yaratgan ajoyib tasvirlarni faqat o’z ko’zi bilan ko’rgan
kishigina yarata olishi e’tirof etiladi.
XII asr shoiri Rashidiyi Samarqandiy Ro’dakiy adabiy merosi haqida shunday
yozadi:
Gar sariy yobad ba olam kas ba neko’shoiriy,
Ro’dakiro bar sari on shoiron zebad sariy.
She’ri o’ro man shumurdam sezdah rah sad hazor,
Ham fuzun oyad, agar chunon ki boyad bishmari. (Birov   dynyodagi   yaxshi   shoirlar   ro’yxatini   tuzsa,   ularga   bosh   bo’lish
Ro’dakiyga  yarashadi.   She’rlarini  sanab  chiqdim   o’n  uch  marta  yuz   ming.  Sanab
ko’rsang balkim undan ham ortiqdir).
Uchinchi misradan ikki xil ma’no hosil bo’ladi, ya’ni “o’n uch marta yuz ming
(1300000)” yoki “o’n uch marta sanadim  yuz ming (100000)” misra. Avfiy uning
“yuz   kitobi”   (“sad   daftar”),   Hamdulloh   Mustavfiy   “Tarixi   guzida”   asarida   uning
merosini   yetti   yuz   ming   bayt   deb   baholaydi.   Biroq   bizga   qadar   Ro’dakiyninng
4000 misraga yaqin she’ri yetib kelgan. 
Abdulg’ani   Mirzoyev   tomonidan   nashr   ettirilgan   “Osori   Ro’dakiy” 4
  kitobida
shoirning  turli  manbalardan  to’plangan  1840  bayt   (3680  misra)  she’ri   jamlangan.
Bular   orasida   “Qarilikdan   shikoyat”,   “Modari   may”,   “Bo’yi   jo’yi   Mo’liyon   oyad
hame”   ded   nomlanuvchi   qasidalari,   marsiya,   g’azal,   ruboiy,   qit’a   janridagi
she’rlari,   “Kalila   va   Dimna”   (asar   o’n   ikki   ming   bayt   ekanligi   ma’lum,   bizgacha
ming   misraga   yaqini   yetib   kelgan)   va   “Sindbodnoma”   tarjimalaridan   parchalar
yetib kelgan.
In jahon poku xubkirdor ast,
On shinosad ki dilash bedor ast…
Nekbaxt on kase, ki dodu bixo’rd,
Sho’rbaxt on ki o’ nadodu naxo’rd.
 Abulqosim Firdavsiy.
Abulqosim   Firdavsiy     milodiy   941-yili   Xurosonning   hozirgi   Eron   Islom
Respublikasi   hududidagi   qadimiy   Tus   shahri   yaqinida   joylashgan   Boj   qishiog'ida
bog’bon   oilasida   tug'ildi.   Bo'lg'usi   shoir   Tus   va   Nishopur   shaharlaridagi
madrasalarda   ta'lim   olgan.   Katta   ilm   egasi   bo’lib   yetishgani   uchun   ham   uni
zamondoshlari   «hakim»,   ya'ni   donishmand,   faylasuf   deb   ulug'lashgan.
Ma'lumotlarga qaraganda, u ko'plab she'rlar  yozgan, «Yusuf  va Zulayho» dostoni
ham bo'lgan. Biroq ulardan birortasi bizgacha yetib kelmagan.
4
 Abu Abdullo Ro’dakiy. Osori Ro’dakiy. – Stalinobod, 1958. Firdavsiy   hayoti   somoniylar   hukmronligining   so’nggi   yillari   hamda
g’aznaviylar hukmronligi davriga to’g’ri keladi.
Somoniylar   hukmronligi   davrida   Turon   va   Eron   xalqlari   kuchli   ijtimoiy-
siyosiy,   madaniy-ma'naviy   taraqqiyotni   boshdan   kechirdi.   O'z-o'zidan,   milliy
o'zlikni   anglashga   ishtiyoq   kuchaydi.   Somoniy   hukmdorlar   topshirig'i   va   qo'llab-
quvvatlashi bilan Turon-u Eronning ming-ming yillik shonli tarixini tiklash, afsona
va   rivoyatlarni,   tarixiy   voqea-hodisalar   haqidagi   ma'lumotlarni   to'plash,   tartibga
keltirish   ishlari   avj   oldirildi.   Maqsad   shu   asosda   yirik   bir   she'riy   kitob   -
«Shohnoma»   bunyod   etish   edi.   Bu   vazifa   taniqli   shoir   Abu   Mansur   Daqiqiyga
topshirildi.   Biroq   uning   fojiali   o'limi   tufayli   ming   bayti   bitilgan   asar   oxiriga
yetmay qoldi. Mazkur voqeadan ellik yil o’tib Firdavsiy chala qolgan ishni davom
ettirishga kirishdi. 
S.Ayniyning   ma’lumot   berishicha   Firdavsiy   moddiy   ahvolini   yaxshilash
maqsqdida markaziy shaharlaridan bo’lgan G’aznaga keladi. Shunda o’z davrining
mashhur   shoirlari   Unsuriy,   Asjadiy   va   Farruxiy   uni   badihago’ylikda   imtihon
qiladi.   
Unsuriy:
Chun orazi tu moh naboshaq ravshan
(Oy sening orazingdek ravshan emas)
Asjadiy:
Monandi ruxat gul nabuvad dar gulshan
(Sening yuzingdek (go’zal) gul chamanda topilmaydi).
Farruxiy:
Mijgon-t hame guzar kunad az javshan
(Kipriging (o’qlari) sovutni ham teshib o’tadi).
Firdavsiy:
Monandi sinoni Giv dar jangi Pashan
(Pashan jangidagi Givning nayzasi kabi). Firdavsiyninng she’riy iqtidori va eng muhimi qadimiy afsonalardan yaxshi
xabardor ekanligini ko’rib shoir Unsuriy o’ziga topshirilgan vazifa – “Sohnoma”ni
yakunlashni undan iltimos qiladi.
Firdavsiy 100 ming misradan ziyod hajmga ega bo’lgan epopeyani yaratish
uchun   qariyb   25   yil   umrini   sarflaydi.   Biroq   bu   orada   somoniylarning   siyosiy
mavqei   pasayib,   ularning   o’rnini   g’aznaviylar   egallaydi.   Shoir   asarini   bu   sulola
talablariga javob beradigan holatga keltirish uchun yana 10 yil ishlaydi. Bu haqda
“Shohnoma”da shunday satrlar bor:
Chu soli man omad ba haftodu yak,
Hama zeri sher andar omad falak.
Sivu panj sol az saroyi sipanj,
Base ranj burdam ba ummedi ganj.
Chu barbod dodand ranji maro,
Nabud hosile sivvu panji maro.
Kunun umr nazdiki hashtod shud,
Umedam ba yakbora barbod shud..
Nizomiy   Aruziy   Samarqandiyning   “Chahor   maqola”   asarida   keltirilgah
hikoyat 5
  da   aytilishicha,   “Shohnoma”   yozilayotgan   vaqtda   Firdavsiy   Tus   hokimi
Qutayba   tomonidan   soliqlardan   ozod   etilgan.   Asar   yozib   bo’lingach   kotib   Ali
Daylam   yetti   jild   qilib   ko’chirgan.   Asarni   olib   poytaxt   G’aznaga   kelgan.   Biroq
dostonni   shohga   taqdim   etgan   xoja   Ahmad   Hasanning   saroyda   dushmanlari
mavjud   bo’lib,   ular   Firdavsiyni   mu’taziliy   mazhab   va   rofiziylik   (shialik)da
ayblashadi.   Mahmud   G’aznaviy   bundan   ta’sirlanib   shoirga   20   ming   dirham
yuboradi.   Bundan   qattiq   ranjigan   Firdavsiy   yuz   baytlik   masnaviy   yozib,   Sulton
Mahmudni hajv qiladi. Biroq Tabariston hokimi Sahriyor bu masnaviyni shoirdan
sotib olib yo’qotgan ekan. Undan olti baytgina saqlanib qolgan. Jumladan:
Otasi bo’lsa ham hatto Shahriyor,
Asli quldan chiqmas yaxshilik zinhor.
Yaxshilik bo’lganda podsho ishi,
5
 Nizomiy Aruziy Samarqandiy. Nodir hikoyatlar.- T.: Adabiyot va san’at, 1985. 47-52-betlar. Lozim edi menga taxtin berishi.
Zotida ulug’lik bo’lmagach uni,
Qanday bilsin ulug’ kishi qadrini.
Mahmud   G’aznaviy   hind   safaridan   qaytayotganda   yo’lda   mustahkam
qal’aga   bekinib  olgan  bir  isyonchi   borligi  ma’lum   bo’ladi.  U  shohga  bo’y  sunish
haqidagi   taklifni   rad   etgach,   Mahmud   yonida   turgan   xoja   Ahmad   Hasandan
maslahat so’raydi. U esa ushbu baytni aytadi:
Murodimga loyiq bo’lmasa javob,
Menu gurzi, maydon va Afrosiyob.
Mahmud   kishida   mardlik   uyg’otuvchi   bu   satrlar   muallifi   Firdavsiy
ekanligini bilgach, qilgan ishidan afsus chekadi hamda G’aznaga qaytgach shoirga
20  ming   dinor   yuboradi.   Biroq  xoja   oltinlarni   olib   borganda  Firdavsiyning   jasadi
dafn   etilayotgan   edi.   Hadyani   qizi   ham   qabul   qilmagach,   uning   hisobiga   masjid
quriladi.
Manbalardagi   ma’lumotlarga   qaraganda   Firdavsiyning   bir   qizidan   tashqari
bir   o’g’li   ham   bolgan   Biroq   u   shoir   tirikligidayoq   yosh   vafot   etgan.   Bu   haqda
“Shohnoma”da quyidagi satrlar mavjud:
Magar bahra giram man az pandi xesh,
Barandesham az margi farzandi xesh.
Maro bud navbat, biraft on javon,
Zi dardash manam chun tani beravon.
Hamexoham az dovari kirdgor,
Zi ro’zi dehi pok parvardigor.
Ki yaksar bubaxshad gunohi turo,
Duraxshon kunad tiragohi turo.
Firdavsiyning mazhabiy qarashlari haqidagi fikrlar yetarli asosga ega emas.
Zero “Shohnoma”ning muqaddimasida u shunday yozadi:
Ba nomi xudovandi jonu xirad,
K-az in bartar andesha bar nagzarad.
Xudovandi nomu xudovandi joy, Xudovandi ro’zidehu rahnamoy…
Ba guftori payg’ambare roh jo’y,
Dil az tiyragiho bad-in ob sho’y.
Nabi oftobu sahobon chu moh,
Ba ham bastani yakdigar rast roh.    
“Shohnoma”da Eron va Turonning qariyb  4  ming yillik (Iskandargacha 3148
yil)   tarixi   qalamga   oiingan.   Eng  qadimgi   davrlar   haqida   forsiy   qabilalar   to'qigan,
xalq   xotirasida   saqlanib,   tildan   tilga   o'tib   kelayotgan   turli   avfsonalar   va
qahramonlik   dostonlari   berilgan.   shuningdek,   Eronning   Iskandar   Zulqarnayndan
(eramizdan   oldingi   VI   asrdan)   to   sosoniy   hukmdor   Yazdigard   III   arablar
tomonidan   qatl   etilgan   milodiy   651-yilgacha   bo'lgan   tarixi   yoritilgan.   Shu   tariqa
dostonda   Eronda   hukm   surgan   to'rt   sulola   —   peshdodiylar,   kayoniylar,
ashkoniylar, sosoniylar davriga oid 50 hukmdor hayoti voqealari bayon qilinadi.   
Dostonning   tanqidiy   matni   1964-68   yillarda   Dushanbeda   “Irfon”
nashriyotida   chop   etilgan   (nashrga   tayyorlovchilar   K.Ayniy,   Z.Ahroriy,   B.Sirus,
A.Devonaqulov). Kitob 9 jilddan iborat (52142 bayt, 104284 misra). 
Eron   qahramonlik   eposini   bir   kitobga   yig'ish   masalasini   arab-islom
xalifaligigacha  bo'lgan  III  -  VII  asrlarda  hukmronlik  qilgan  so'nggi  Eroniy  sulola
—   sosoniylar   ko'targan,   ular   amri   bilan   pahlaviy   (eski   fors)   tilida   «Xudoynoma»
(«Hukmdorlar haqida kitob») degan maxsus kitob yozilgan edi. Hatto, u arab tiliga
tarjima ham qilingan. Ammo asarning asliyati ham,  tarjimalari ham bizgacha yetib
kelmagan.   X   asrda   bu   masala   yana   qo'zg'aldi.   Abul   Muayyad   Balxiy   nasriy   yo’l
bilan shohlar   tarixini   bitgani, to'rt  olim   birgalikda  “Shohnomayi  Mansuriy»   nomi
bilan   mashhur   bo'lgan   nasriy   kitob   yozgani,   Abu   Ali   Muhammad   ibn   Ahmad
Balxiy,   shuningdek   Mas'ud   Marvaziylarning   (966-yildan   oldin   yaratilgan)   she'riy
«Shohnoma»lari haqida ma'lumotlar saqlanib qolgan.
Ana  shu  ko'p asrlik  intilishlarni  Firdavsiy  oxiriga  yetkazdi. Juda   katta epik
asar   bunyod   etdi.   Mantiqan   bilinib   turibdiki,   Firdavsiy   bu   masalada   o'zigacha
yaratilgan,   qo'lga   kiritish   imkoni   bo'lgan   barcha   manba   va   materiallardan   unumli foydalangan,   ularni   puxta   o'rganib   tartibga   solgan,   tahlil   qilgan,   ustalik   bilan   o'z
asari tarkibiga kiritgan.
«Shohnoma» aruzning mutaqoribi musammani mahzuf (yoki maqsur), ya'ni
«fauvlun   fauvlun   fauvlun   faul   (yoki   fauvl)»   vaznida   yozilgan.   Hukmdorlar
timsollari asosida yaratilgan asarlar aksaran shu vaznda bitilgan. Ba an'ana forsiy
va   turkiy   dostonchilikda   «Shohnoma»dan   keyin   yanada   keng   quloch   yoydi.
«Shohnoma»ni shoir 35 yil mobaynida yaratdi.
Yillar,   asrlar   davomida   bu   asarning   turli   nusxalari   paydo   bo'ldi,   ba'zi
qissalari asosida xalq kitoblari ham yuzaga keldi. XV asr birinchi yarmida temuriy
hukmdor,   Mirzo   Ulug'bekning   akasi   Boysunqur   Mirzo   Hirotda   mutaxassis
olimlarni   to'plab,   «Shohnoma»ning   40   dan   ortiq   nusxasini   qiyosiy   o'rganib,
mukammal holga keltirilgan yagona ilmiy-tanqidiy matn tuzishga buyurdi.
Bu yirik asarning bosh g'oyasi, asosiy g'oyalari va boshqa g'oyalari mayjud.
Har   bir   qissa   yo   hikoyada,   rivoyat   yo   voqea   tasvirida,   kattadir-kichikdir,   bir
muayyan   g'oya   ilgari   surilgan.   Biroq   shu   bo'laklardan   yig'ilib   keladigan   bir   bosh
g'oya ham bor. Ya'ni barcha qism va boiaklar birgalikda amalda ana shu yetakchi
g'oyani yuzaga chiqarishga xizmat qilgan.
Bosh   g'oya   -   vatanni   ulug'lash,   xalq   qudrati   va  salohiyatini   ko'z-ko'z   qilish
elning   yetuk   farzandlari   qadrini   ko'tarish,   shu   tariqa   o'quvchiga   kuchli
vatanparvarlik   hissini   singdirish.   Ana   shu   bosh   g'oya   atrofida   markazlashgan
davlat   qurish,   insonparvarlik,   mehnatsevarlik,   tinchlikparvarlik,   adolat,   ezgulik,
halollik, mardlikni sharaflab, qonli urushlarni qo'zg'ash, yovuzlik, kishilarga jabr-
zulm o'tkazish, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash g'oyalari ham ilgari suriladi.
«Shohnoma»ning   bir   xususiyati   shuki,   u   forsiyzabon   xalqning   islomdan
oldingi   davri   hayotini   qalamga   oladi.   Shuning   uchun   unda   islomiy   ruh   yaqqol
sezilmaydi.   «Shohnoma»,   garchi   forsiy   tilda   bitilgan   bo'lsa   ham,   Eron   va   Turon
xalqlari uchun mushtarak badiiy meros hisoblanadi. Birinchidan, unda ana shu ikki
ko'hna   zamin   xalqi   tarixiga   oid   voqea-hodisalar   qalamga   olingan.   Ikkinchidan,
mana,   o'n   bir   asrdirki,   u   shu   yurtlarda   asliyatda   o'qiladi.   Uchinchidan,   bu   yirik milliy   badiiy   yodnoma   yaratilgan   davridan   buyon   o'zbek   adabiyotini   boyitib
keladi. 
Bu   asardan   qismlar   XVIII   asrda   Shoh   Hijron,   Xomushiy,   XIX   asrda
Nurmuhammad   Buxoriy,   Ochildimurod   Miriy,   XX   asrda   Shoislom
Shomuhamedov,   Hamid   G'ulom,   Nazarmat,   Jumaniyoz   Jabborovlar   tomonidan
o'zbekchaga   tarjima   qilindi.   Keyingi   tarjima   uch   jildda   1975,   1976,   1977-yillari
chop etildi. Biroq asar hanuzgacha to’liq tarjima qilinganicha yo’q.
Forsiy-turkiy   dostonchilik,   xususan,   xamsanavislikni   Firdavsiy   ta'siridan
xoli   holda   tasavvur   qilish   mumkin   emas.   Zero   xamsa   tarkibidagi   uchta   sujet
(Xusrav-Shirin-Farhod,   Shoh   Bahrom,   Iskandar)   bevosita   shu   asar   ta’sirida
maydonga kelgan. Bu jihatdan, ayniqsa, «Xamsa»ning Iskandar  Maqduniy hayoti
asosida bitiladigan beshinchi dostoni tamoman «Shohnoma» vazni va yo'nalishida
ekani bilan ajralib turadi.
Baland saroy qurib qilgandan obod,
Yaxshidir bir g’arib dilin qilsang shod. ADABIYOTLAR
1.   Vohidov   R.,   Eshonqulov   H.   O'zbek   mumtoz   adabiyoti   tarixi .   -Toshkent:
Yangi asr, 2006.
2. Маллаев Н.  Ўзбек адабиёти тарихи . - T.: Ўқитувчи, 1974.
3. Ўзбек адабиёти таврихи. 5 томлик. 1-том. - T.:  Фан , 1971.
4.   Абу   Мансур   ас-Саолибий.   Йатимат   ад-даҳр   (И.Абдуллаев   таржимаси).   –
Т.: Фан, 1976. 652 б.
5 .   Шомуҳаммедов   Ш .   Форс-тожик   адабиёти   классиклари .   –   Т.:   Бадиий
адабиёт, 1983. (Рўдакий, Фирдавсий, Носир хусрав).
6 .   Низомий   Арузий   Самарқандий .   Нодир   ҳикоятлар .       - T .:   Адабиёт   ва
санъат,  1985. 27-54-бетлар.
7.   Давлатшоҳ   Самарқандий .   Шоирлар   бўстони .   –   Т.:   Адабиёт   ва   санъат ,
1981. 21-34-бетлар.
8. Фирдавсий .  Шоҳнома .  – Т.: Адабиёт ва санъат, 1984

IX-XI asrlar adabiyoti Reja: 1. IX-XI asrlar ijtimoiy-madaniy muhiti, mahalliy davlatlarning tashkil topishi. 2. Islom madaniyati manbalari va ularning badiiy ijodga tasiri. 3. Markaziy Osiyoda arab tilidagi badiiy ijod, As-Saolibiy va uning tazkirasi haqida. 3. X-XII asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot: Ro’dakiy va Firdavsiy adabiy merosi.

1. X-XII asrlar ijtimoiy-madaniy muhiti, mahalliy davlatlarning tashkil topishi. Arab-Islom xalifaligi Markaziy Osiyo hududida o’z hukmronligini o’rnatgach, mazkur hududni boshqarishda mahalliy yer egalari yordamiga tayanadi. Uzoq vaqt Xuroson noibi bo’lib turgan Ma’mun otasi xalifa Xorun ar- Rashid vafotidan keyin 813 yilda Xurosondagi yirik mulk egasi Tohir ibn Husayn yordamida xalifilikni egallaydi. Shundan keyin Tohir ibn Husaynning xalifalikdagi mavqeyi kuchayib, Xuroson va Movarounnahrni mustaqil boshqarish huquqiga ega bo’ladi. Shu tariqa mazkur hududda xalifalikdagi dastlabki mustaqil davlat Tohiriylar sulolasi (821-873) maydonga keladi. Shu davrda Movarounnahrda Somon avlodlari hukmronligi ham kuchayib Xalifa Ma’mun As’ad ibn Somonning o’g’illari Nuh ibn As’adni – Samarqand, Ahmad ibn As’adni – Farg’ona, Yahyo ibn As’adni – Shosh va Usrushona, Ilyos ibn As’adni esa Hirot hokimi qilib tayinlaydi. Movarounnahrda Somoniylar hokimiyati rasman tan olinadi. Bu esa yangi mahalliy davlat – Somoniylar sulolasining tug’lishiga zamin bo’lib xizmat qiladi. 841-yilda Nuh, ko’p o’tmasdan Yahyo ham vafot etib Samarqand va Shosh Ahmad ibn As’ad qo’l ostiga o’tadi. U poytaxtini Farg’onadan Samarqandga ko’chiradi. Uning vafotidan keyin taxtni o’g’li Nasr ibn Ahmad (864-892) egallaydi. Xurosonda kuchayib ketgan qo’zg’olonlar (Yoqub ibn Lays boshchiligida) ta’sirida Tohiriylar davlati barham topib (873) o’rniga Safforiylar (misgarlar) sulolasi (873-903) vujudga keladi. Bu davrda Buxoro Tohiriylar davlatiga qarashli edi. Mazkur voqealardan keyin shahar zodagonlari yangi sulolaga bo’y sunishni istamaydi hamda Nasr ibn Ahmaddan yordam so’raydi. Nasr o’z ukasi Ismoil ibn Ahmadni (873-907) Buxoroga hokim qilib yuboradi. Nasrning vafotidan keyin butun Movarounnahr Ismoil Somoniy qo’l ostiga o’tadi. Xalifalik tomonidan Movarounnahr hokimi sifatida tayinlangan Amr ibn Lays bilan 900-yilda Balxda bo’lib o’tgan jangda g’olib bo’lgach, Ismoil Somoniy Xuroson, Tabariston,

Gurgon va Seyistonni ham qo’lga kiritadi. Shundan keyin Somoniylar davlati rasman tan olinadi. Somoniylar sulolasi mahalliy madaniyat ravnaqiga katta hissa qo’shdi. Agar tohiriylar davrida arab tili rasmiy davlat va ijod tili sifatida mavqeini saqlab qolgan bo’lsa, somoniylar sulolasi davrida fors-dariy tilining mavqei oshdi, bu tilda ijod etish rag’batlantirildi. Bu holat deyarli shu davrda yuzaga kelgan saljuqiylar, g’aznaviylar va xorazmshohlar davrida ham davom etdi. X asr o’rtalariga kelib Somoniylar davlatida o’zaro nizolar kuchaydi. Natijada, davlat inqirozga uchrab Qoraxoniylar va G’aznaviylar X asrning 90-yillarida Somoniylarning yerlarini bosib oldi. X asr oxiri va XI asr boshlarida Xorazmda ham muhim ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar yuz berdi. Urganch hokimi Ma’mun I butun Xorazmni egalladi. Uning o’g’li Ma’mun ibn Ma’mun poytaxtni Kotdan Urganchga ko’chirdi. Natijada, bu shahar yurik iqtisodiy, madaniy va ilmiy markazga aylandi. Abu Ali Ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Mansur as- Saolibiy (961-1038) kabi mashhur siymolar ilmiy faoliyat va ijod bilan mashg’ul bo’ldi. Ma’mun akademiyasiga asos solindi. X-XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari tarixida alohida bir davrni tashkil etadi. Bu davr barcha sohalarning rivojlanishi, ilm-fanning yuksak taraqqiyoti bilan xarakt е rlanadi. Markaziy Osiyo xalqlari m е 'morchilik, tasviriy san'at, naqqoshlik, o’ymakorlik, musiqa kabi sohalarda katta yutuqlarga erishdilar. «Shuning uchun biz IX-XII asrlardagi O’rta Osiyo madaniy yuksalishini Uyg’onish davri, aniqrog’i ilk Uyg’onish davri d е b atashga ham to’la asosimiz bor». (Buyuk siymolar, allomalar. 1-kitob. T.,1995. 8-b е t). Turli sulolalarning markazlari bo’lgan Buxoro, Samarqand, Qashg’ar, Bolasog’un, Nishopur, Isfahon, G’azna, Xorazm shaharlarida ilm-fan, madaniyat, san’at, xususan, badiiy ijod gullab yashnadi. Qishloq xo’jaligi, hunarmandchilik rivojlandi. Buxoro, Samarqand, Marv, Ko’hna Urganch, Xiva kabi shaharlar o’z davrining madaniyat markazlari sifatida

tanildi. Mashhur «Ipak yo’li» boshqa xalqlar bilan turli sohalarda hamkorlik qilishda asosiy aloqa yo’li vazifasini bajardi. Bu davrda m е 'morchilik taraqqiy etdi. Samarqand, Buxoro, Urganch, T е rmiz, O’zgan, Marv shaharlarida ko’plab saroy, masjid, xonaqoh, madrasa, minora, sardoba va boshqa binolar qurildi. Bu binolar qurilishi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Navoiy viloyatida XI asrda qurilgan Hazora qishlog’idagi D е hgaron masjidi, Raboti Malik, Buxorodagi Masjidi jom е ’ning 1127 yilda qurilgan minorasi, XII asr oxirida bunyod etilgan Vobk е nt minorasi, Urganchdagi Faxriddin Roziy maqbarasi, Doya xotin ravoti, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi va boshqalar shular jumlasidandir. Bu davrda naqqoshlik ham rivojlandi. Turli binolarga ishlangan naqshlar buning dalili. Musiqa ham taraqqiy etdi. Bu davrda rud, tanbur, barbat, daf, qo’biz, rubob, nay, surnay, karnay, qonun kabi cholg’u asboblari k е ng tarqaldi. «Rost», «Xusravoniy», «Boda», «Ushshoq», «Sipahon», «Navo», «Tarona» kabi kuylar ijod qilinadi. X-XII asrlar Markaziy Osiyoda ilm-fanning rivojlanganligi bilan alohida ajralib turadi. Falsafa, mantiq, riyoziyot, tibbiyot, tarix, tilshunoslik, adabiyotshunoslik kabi sohalar rivoj topdi. Arab tili Sharq mamlakatlari orasida ilm-fan tili sifatida shuhrat qozondi. Buxoro, Samarqand, T е rmiz, Urganch, Marv, Balx, Bog’dod, Shom kabi shaharlar Sharq olimlari hamkorligining markazi bo’lib qoldi. Markaziy Osiyo olimlaridan al-Xorazmiy, Abunasr Forobiy, Ahmad Farg’oniy, Ibn Sino, Aburayhon B е runiy va boshqalar jahon ilm-fani xazinasiga b е baho ulush qo’shdilar. Shuningd е k, Abdulloh ibn Muslim Marvaziy Dinovariyning «Kitob-ul- maorif», «Kitob-ush-sh е 'r va-sh-shuaro»si, tarixchi Abusaid Gardiziyning «Zayn- ul axbor», Bayhaqiy, Narshaxiy, mat е matik va astronom Abdulmajid Xo’jandiy, astronom Muhammad Balxiy, huquqshunos Burhoniddin Al-Marg’inoniy, tilshunoslar Abulqosim Zamaxshariy, M.Qoshg’ariylar asarlari ham mashhur bo’ldi.

2. Markaziy Osiyoda arab tilidagi badiiy ijod, As-Saolibiy va uning tazkirasi haqida. X-XII asrlarda badiiy adabiyot ham rivojlandi. Arab, fors-tojik va turkiy tilda badiiy asarlar yaratildi. Bu davr adabiyoti haqida nishopurlik olim, yozuvchi, adabiyotshunos va tilshunos, tarixchi Abu Mansur as-Saolibiyning «Yatimat ad-dahr fi mahosini ahli al-asr» («Asr ahlining fozillari haqida zamonasining durdonasi»)nomli tazkirasi boy ma'lumot b е ruvchi muhim manba sanaladi. Asli Nishopurlik bo’lgan Abu Mansur Abdulmalik ibn Muhammad ibn Ismoil as-Saolibiy (tulki terisidan po’stin tikib sotish bilan shug’ullanganligi uchun shu laqabni olgan) 992-993 yullarda Buxoroga kelib bir necha oy yashagan. Keyinchalik Xorazm, Jurjon, G’znada yashab, 1038-yilda Nishopurda vafot etgan. As-Saolibiy o’z davrining anchayin iste’dodli shoiri hamda til, adabiyot va tarix ilmlariga oid ko’plab ilmiy asarlar muallifidir. Jumladan uning “Latoyif al-maorif”, “Shamsul adab fi iste’mol al-arab”, “Til qonunlari”, “Ijnos al-tajnis” (Tajnisning turlari) kabi jami 50 nomdagi kitobi turli fondlarda saqlanadi. 1 As-Saolibiyning eng mashhur asari «Yatimat ad-dahr” tazkirasidir. Tazkira 995-1000 yillar mobaynida yozib tugatiladi. Asar to’rt qismdan tarkib topgan bo’lib, uning har bir qismi o’n bobga ajratiladi. Asarda jami X-XI asr boshlarida yashab ijod etgan 415 ta arabiynavis shoirlar haqida ma’lumot berilgan Tazkiraning to’rtinchi qismi “Xuroson va Movarounnahr ahlining fozillari haqida” bo’lib, unda 124 ta shoir tilga olinadi. Mazkur qismning dastlabki uch bobi Buxoroning o’zida yashab ijod etgan 47 shoirning hayoti va ijodiga doir qaydlardan iborat. 4-bobi Xorazmda yashab ijod etgan yeti shoir haqida ma’lum о t beradi. Asarda k е ltirilgan Movarounnahr va xurosonlik shoirlarning sh е 'rlari qasida, vasf, hajv, marsiya, masnaviy, g’azal, urjuza janrlariga mansubdir. X-XII asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot, uning shakllanish omillari: X-XII asrlarda fors-tojik tilidagi adabiyot ham taraqqiy etdi. Ro’dakiy, Daqiqiy, Firdavsiy, Robia, As’adi Tusiy, Faxriddin Gurgoniy, Nosir Xisrav, Umar 1 Abu Mansur as-Saolibiy. Yatimat ad-dahr fi mahosin ahl al-asr. –Toshkent: Fan, 1976. Qarang: I.Abdullaevning kirish maqolasi,11-21-betlar).