QIRG`IZ ADABIYOTI
QIRG`IZ ADABIYOTI Reja: 1. Qirg`iz xalqi tarixi haqida. 2. Qirg`iz xalq og`zaki ijodi. 3. “Manas” eposi haqida. 4. Qirg`iz yozma adabiyotining shakllanishi. 5. XX asr qirg`iz adabiyoti.
Qirg`iz xalqi nomi tarixiy manbalarda ko`p uchraydi. Hatto eramizdan oldingi davrga mansub yodgorliklarda ham “qirg`iz xalqi” degan nomga duch kelamiz. Ular asosan chorvachilik bilan shug`ullanib, ko`chmanchilik hayotini uzoq asrlar boshidan kechirdi. Qirg`iz halqi ko`p asrlar davomida chet el bosqinchilarining zulmi ostida bo`ldi. Markaziy Osiyo hududiga bostirib kelgan arablar, mo`g`ullar, qoraxitoylar, qirg`iz xalqini ko`p yillar ekspluatasiya qildi. Keyinchalik qirg`izlar Qo`qon xonlarining zulmini boshidan kechirdi. XIX asrda esa qirg`izlar Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olindi. Qirg`iz xalqi yozuvga ancha kech, ya`ni 1924 yili ega bo`ldi. Tarixiy taraqqiyot tufayli XX asrda qirg`izlar o`z davlatiga ega bo`ldi. Qirg`iz adabiyotining tarixi asosan xalq og`zaki ijodi asarlaridan iborat. Turli mavzulardagi ertaklar, qo`shiqlar va dostonlarda qirg`iz xalqining xayoti ularning orzu umidlari aks ettirilgan. Hajviy va yumoristik mazmundagi latifalar Ko`sa va Kal obrazlari orqali berilgan. Aldar Ko`sa haqidagi ertaklarda g`oyaviy o`tkir problemalar ko`tarib chiqilgan. “Ko`rman yek”, “Ertobildi”, “Ertushtik”, “Jonil Mirzo” kabi xalq qahramonlik dostonlari juda mashhurdir. Qirg`iz xalqining butun dunyoga mashhur bo`lgan dostonlaridan biri, shubhasiz, “Manas” eposidir. Bu asarda xalqning ko`p asrlik tarixi, ularning chet el bosqinchilar zulmiga qarshi erk va ozodlik uchun olib borgan kurashi aks ettirilgan. Bu she`riy asarning hajmi nihoyatda katta bo`lib, 500 ming baytni tashkil etadi. U uch katta qismdan iborat. Birinchi qismda Manasning qahramonliklari hikoya qilinadi. Ikkinchi qismda esa Manasning o`g`li Semetey, uchinchi qismda uning nabirasi Seytekning hayoti, sarguzashtlari hikoya qilinadi. “Manas” eposi o`z ichiga ko`pgina dostonlarning qamrab oladi. Bunda Manasning el-yurt ozodligi uchun ko`rsatgan qahramonliklari mahorat bilan tasvirlangan. U qirg`iz elini Afg`on va Qalmoq bosqinchilaridan saqlab qoldi. U Farg`onaga kelib bobodehqondan dehqonchilikni o`rganadi. U turli o`lkalardan kelgan polvonlarning ko`pchiligi bilan do`stlashadi.
Umuman, Manas xalqining porloq kelajagi uchun, baxt-saodati uchun kurashgan qahramon sifatida tasvirlangan. Eposning Semetey va Seytek hayotiga bag`ishlangan qismlarida ko`proq ishq-muhabbat va hayotiy-maishiy mavzularga e`tibor berilgan. Qirg`iz baxshilarining ko`pchiligi manaschi-baxshilar bo`lib, ular faqat shu dostonni kuylaydilar. Manasning qalmoq xoni yuborgan Alvasti Kojart Alp, Kuchku, Joloy kabi pahlavonlar ustidan erishgan g`alabalari ayniqsa ko`tarinki ruhda kuylangan. Ma`lumki, yaqinda Qirg`izistonda “Manas” eposining 1000 yilligi nishonlandi. Eposning ko`pgina variantlari yozib olindi. Albatta, har bir manaschi-baxshi bu eposning aytishda o`zidan ham biron-bir yangilik qo`shib, unga ijobiy yondashadi. Shuning uchun dostonning ayrim variantlarida Manas boshqa yurtlarni bosib oluvchi, ularga qirg`in keltiruvchi zolim sarkarda sifatida ham tasvirlanadi. Ayrim variantlarida esa Manas xalqparvar, adolatli inson sifatida tasvirlangan. Yozuvchi Ch.Aytmatovning yozishicha Sayoqboy Qoralayev degan baxshi “Manas” eposidan bir million misrani yoddan bilgan. Xullas, “Manas” eposi xajm jihatidan dunyodagi eng katta eposdir. Unda qirg`iz xalqining tarixi, geografik o`rni, madaniyati, urf-odatlari haqida keng ma`lumotlar bor. Bunday katta xajmdagi eposni butun xalq yaratgan. Dastlab irmoq sifatida paydo bo`lgan bu epos, bizning bugungi kunimizga kelib katta dengizga aylandi. (Ch. Aytmatov) Bu asarda realistik, romantik, fantastik, simvolistik badiiy tasvirlash usullaridan keng foydalanilgan. XIX asr o`rtalarida Qirg`iziston Rossiyaga qo`shib olingach, uning adabiyotida ham ayrim o`zgarishlar bo`ldi. Arab yozuvini egallagan ba`zi qirg`iz oqinlarining yozma shakldagi asarlari paydo bo`ldi. Shulardan biri To`g`aloq Mo`ldo (asli nomi Boyimbet Abdurahmonov) xalq ertaklari va qo`shiqlarini qayta ishlab “Jonbaxti”, “Kemchintoy”, “Eshak va bulbul” singari original xajviy dostonlar yozdi. O`rta hol dehqon oilasida tug`ilib voyaga yetgan To`g`aloq TO`G`ALOQ MO`LDA
Mo`lda (Baimbet Abduraxmanov) yoshligida eski maktabda o`qib savodini chiqardi. Lekin u xalq oqinlaridan ko`p o`rgandi. Qirg`iz xalqining boy folklori an`analari ruxida tarbiyalandi. Ayniqsa Musaka degan oqin yosh shoirga juda ko`p xalq og`zaki ijodidagi qo`shiqlarni va qo`biz chalishni o`rgatgan edi. U «Bo`z yigit», «Qiz Jibek» «Bayan suluv» singari dostonlarni yodlab, bularni qo`biz jo`rligida xalq o`rtasida kuylab yuradi. Shuningdek, shoir ko`plab xalq qo`shiqlarini, termalarini va o`zi to`qigan she`rlarni ham kuyga solib, tez orada mashhur oqin darajasiga ko`tarildi. U rus tili va alfavitini mustaqil o`rganib olib, bu tilda yaratilgan asarlarni o`qiy boshladi. To`g`aloq Mo`lda qirg`iz adabiyoti tarixida birinchi bo`lib masallar ijod qilgan. Uning «Turna bilan Tulki», «Bo`ri va tulki», «Bedana va tulki» kabi masallari rus yozuvchisi Krilov ta`sirida yozilib, ularning tarbiyaviy tomondan ahamiyati buyuk edi. To`g`aloq Mo`ldoning xotin-qizlar ozodligi mavzusida yozgan asarlari ham anchaginadir. Mustabid tuzumda inson erkining, huquqining paymol qilingani shoirning «Sotilgan qiz armoni», «Cholga tekkan qiz armoni» kabi bir qancha she`rlarida afsus va nadomat bilan ifodalanadi. U ma`rifatparvarlik haqida ham bir talay asarlar yaratgan ijodkordir. Shoirning «Olatov» nomli dostonida Ona-yurtning tabiati o`zgacha mehr bilan kuylanadi. Tiniq suvlari, qorli cho`qqilari, yashil vodiylari shoir qalamida yanada boshqacha ko`rk bilan jilvalanadi. Shoirning «Yer va uning bolalari» nomli dostoni ham juda mashhur bo`lgan. Bu dostonda Yerni butun mavjudotni o`z bag`riga oluvchi ona deb ataydi. Shunday ekan Unga xuddi onaga bo`lgan munosabatda o`ta mehribonlik bilan yondashmoq lozim deydi. To`g`aloq Mo`ldo «Otgantong va Suyganboy», «Nasixat» kabi poemalarida inson erki, uning ozodligini, hurriyatni ko`tarib chiqdi. Xotin – qizlarning erkaklar bilan teng huquqligi haqidagi masalani, u qirg`iz adabiyotida birinchilardan bo`lib o`rtaga
tashladi. Uning 200 bosma taboqqa yaqin qo`l yozma asarlari to`plangan. Bular qirg`iz adabiyotining yuksalishiga, taraqqiyotiga katta hissa bo`lib qo`shilmoqda. Xalq baxshilaridan biri To`xtagul Sotilg`anov xam qirg`iz yozma adabiyotining shakllanishiga katta hissa qo`shdi. U yoshligini qattiq qiyinchiliklarda o`tkazdi. Andijonda Dukchi eshon boshchiligida ko`tarilgan xalq qo`zg`olonida ishtirok etgani uchun sakkiz yil Sibirda surgunda bo`ldi. T.Sotilg`onov ana shu og`ir xayotiga asosiy sababchilar rus imperiyasi va mahalliy amaldorlar deb bildi. U “Eshon xalfa”, “Besh qobon” singari she`rlarida mahalliy amaldorlarning, nafsi o`pqon ruxoniylarning yaramas kirdikorlarini fosh qildi. Yetim-yesir xolsizni Savalading, besh to`ng`iz Odam o`rnida yo`qsilni Sanamading, besh to`ng`iz Yeb-ichishdan boshqani Tan olmading, besh to`ng`iz Shoirning surgunda va undan keyingi davrlarda yozgan “Alvido, xalqim”, “Surgunda”, “Tog` burguti”, “Sog`inish”, “Uch xo`ja” singari she`rlari ham katta g`oyaviy badiiy qimmatga ega. 20 – yillar qirg`iz adabiyotida turli janrlarda dastlabki badiiy asarlar yozildi. Chunki 1925 yilda Qirg`iziston respublikasi tashkil etildi. Shu yili «Erkin tov» nomli birinchi qirg`iz tilida gazeta chiqa boshladi. Shu gazeta tevaragida qirg`iz adabiyotining vakillari to`planishib, yangi adabiy muhit tashkil etdi. To`xtagul Sotilganov, To`g`aloq Mo`lda, Ali To`qimboyev singari shoirlarning she`rlari shu gazetada bosilib chiqar edi. 20 – yillar qirg`iz adabiyoti vakillarining ko`pchiligi xalq oqinlari edi. Ular ijodi og`zaki adabiyot bilan yozma adabiyot o`rtasida ko`prik vazifasini o`tadi. Qirg`iz adabiyotida ma`rifatparvarlik g`oyalarini targ`ib qilgan Mo`lda Qilich, Arstonbek, K.Tinishtoyev kabi jadid yozuvchilarining ham o`rni juda katta bo`ldi. Bular ijodida qirg`iz xalqining milliy urf-odatlari, o`zligini anglash masalalari ko`tarib chiqildi. Lekin bu ijodkorlar sobiq ittifoq davrida «millatchilar»