JADID DRAMATURGIYASI TARIXI
JADID DRAMATURGIYASI TARIXI Reja: 1. Fitrat dramalarida milliy istiqlol g’oyasi. 2. “Chin sevish” 3. “Hind ixtilolchilari”
Fitrat adabiyotga, umuman, ijtimoiy faoliyatga jadid sifatida kirib keldi. Ma`lumki, jadidlar mustabidlik asoratiga tushib qolgan Vatanni ozod va mustaqil ko`rishni, qadimiy milliyligmizni tiklashni, taraqqiyotda Evropa davlatlariga yetib olishni, jaholat va qoloqlikka barham berishni, ijtimoiy- siyosiy hayotdagi barcha sohalarni isloh qilishni orzu qilgandilar va o`zlarining butun faoliyatini shu orzularini ro`yobga chiqarishga yo`naltirdilar. Jumladan, Fitrat ham ijtimoiy hayotga faol aralashar ekan, dastlab Buxoro amirligidagi siyosiy va ijtimoiy voqelikni isloh etish fikrlari bilan chiqqandi1 . 1917 -yil fevral inqilobidan keyin esa, Turkistonni istibdod zulmidan qutqarishga bag’ishlangan bir qator publitsistik maqolalar e`lon qildi1, o`ziiing «Temur sag’anasi» nomli dramasida bu fikrlarini badiiy ifoda etdi. Xuddi shu davrda uning publitsistik ijodida xalqaro mavzuga ko`tarilish sodir bo`ladi. Fitratning mazlum Sharq va mustabid G’arb mavzuvdagi «Iigliz va Turkiston», «SHarkda inglizlar», Afg’onistop ishlari», «SHarq siyosati» “Yig’la, islom!” kabi publitsistik maqolalari buning yorqin misolidir. Endi publitsist Fitrat «Turkiston va mustabidlar» mavzuidan ko`tarilib, «Mazlum Sharq va zolim G’arb» mavzuidek yirik va keng qamrovli darajaga ko`tarildi. Bu 1 Fitrat. Munozara. Toshkent, 1991. 40 esa, uning badiiy ijodida ham aks etdi. Xuddi shu tariqa «Chin sevish» va «Hind ixtilolchilari» dramalari yuzaga keldi. Mazkur dramalarning yaratilishi uchun yana bir narsa omil bo`lgandi: bu sho`ro hukumatining G’arb imperialistik siyosati fosh qilish yo`li bilan xalqaro miqyosda o`z mavqeini, obro`yini mustahkamlab olishni mo`ljallagan edi. 1919-20 -yillarda sho`ro matbuotida G’arb imnerialistlarining, shu jumladan, Angliya jahongirlarining bosqinchilik, talonchilik siyosatini fosh etuvchi maqolalar ko`plab e`lon qilingandi. 1920-yil sentyabr oyida G’arb imperialistlarining bosqinchilik, talonchilik siyosatiga qarshi Bokuda Sharq xalqlarining I qurultoyi uyushtirilgan edi. Mana shu omildan ham Fitrat o`z maqsadini amalga
oshirishda mohirlik bilan foydalangandi. Demak, «Chin sevish» va «Hind ixtilolchilari» dramalariga asos bo`lgan mavzu G’arb jahongirligining yovuz qiyofasini ko`rsatish niyati edi. Bu niyat zamirida Turkistonnn yangicha shakldagi mustamlakachilikda tutib turgan sho`rolar hukumatining asl basharasini ochnb tashlash maqsadi ham mujassam edi. Ushbu bobda biz dramaturgning «Chin sevish»pyesasiga zamin hozirlaypti va bilvosita shu mavzuga bog’liq publisistik maqolalarini o`rganib chiqdik. «Sharqda inglizlar», «Sharq siyosati», «Afg’oniston ishlari» kabi siyosiy-publisistik chiqishlarda ushbu dramaga oziq bo`lgan ildizlarni topishga urindik. Dramaturgning siyosiy shaxs sifatidagi kamolotida bu maqolalar muhim o`rin tutganligi ko`rinadi. «Chin sevish» dramasining yozilish sabablarini aniqlashga harakat qilar ekanmiz, quyidagilarni ham qayd qilib o`tish lozim: Birinchidan, muallif drama janriga murojaat qilar ekan, uning «tomosha» ekanligini va bu vosita» orqali o`z g’oyasini «tomoshachi»ga kengroq yetkazish imkoni borligini yaxshi bilgan. Ikkinchidan, dramaning tili jonli so`zlashuv tiliga asoslanishi va xalqning ushbu uslubni tezroq qabul qilishini hisobga olgan. 41 Uchinchidan, muallifning ilk asarlaridayoq dramaga moyillik bor ediki, («Munozara», «Hind sayyohining qissasi»dagi dialoglar nazarda tutiladi) dramaturg bu usulini ham chetlab o`ta olmagan. To`rtinchidan esa, Fitratning bu vaqtga kelib dramaturg sifatidagi tajribasi ancha ortib qolgan edi. («Begijon», «Abo Muslim», «Qon» kabi dramalarini muallif 20-yillargacha yozib bo`lgan edi). Beshinchidan, inqilobdan so`nggi dastlabki yillarda gazeta-jurnal chiqarish, kitob nashr etish ishlari nihoyatda qiyinchilik bilan og’ir iqtisodiy sharoitda olib borilgan. Oltinchidan, xalq uchun gazeta-jurnal o`qiy olmaydigan mehnatkash omma uchun teatr tomosha qilish qulay bo`lgan. «Chin sevish» dramasini yozgunga qadar Fitratning mustaqillikka eltuvchi kurash yo`llari tafakkurida shakllanib bo`lgan, ulkan bir dard ijodkor qalbini bezovta qilayotgan, bu dardni u xalqqa
to`kmasa bo`lmasdi. L.N.Tolstoy «Dramani ko`nglida odamlarga aytadigan muhim gapi bor kishilargina yoza oladi» degani bejiz emas. Fitratning aynan inqilobiy ruhdagi dramalar yozishining asosiy sababi, xalqning milliy istiqlolga bo`lgan ehtiyojidir. Xuddi ana shu ehtiyojni badiiylashtirib sahnaga olib chiqishidan maqsad, millat uchun to`g’ri yo`l ko`rsatmoqdir. «Adabiyot ochununda bir so`z bor. Derlarkim, bir adib bir tiyotr, yo bir roman yozganda, o`zining miyasindagi sezgularindan boshqa narsaii tasvir eta olmaydur»'. «Chin sevish» qahramonlaridan biri Sarvarxon shunday deyar ekan, bu so`zlar Fitratning drama orqali aks etgan badiiy olamiga kirish uchun vosita bo`lib xizmat qiladi. Dramaturg «miyasiidagi sezgular» tabiiyki, yurt ozodligi bilan to`yingan edi. Xuddi shu «sezgi» shaklidagi g’oya «Chin sevish» asarining butun voqeligini qamrab oldi. Pyesada Hind ixtilolchilarining milliy ozodlik g’oyasi aks etgan. Asar syujeti ishq mavzusi bilan bog’langan bo`lsa-da, dramadagi butun voqea kurash g’oyasi tegrasiga jamlangan. Dramaturgning mahorati shundaki, bosqinchilarga bo`lgan nafrat tuyg’usi asarning har bir sahnasiga singdirib yuboriladi. 42 Dramaturg milliy ozodlik g’oyasini asar qahramonlari ongida mustabidlik tuzumiga nisbatan norozilik kayfiyatining tug’ilishi bilan bog’laydi. Tabiiyki, bu norozilik ipqilobiy kurash yo`liga boshlab boradi: «Inqilob va o`zgarish fikri ko`p qiziqdir. Bu fikr bir o`lkaga kirib oldimi; undan so`ng chiqarishi qo`ldan kelmas; o`lkani butun yondirsalar ham kullari ichra yashirinub qolar»'. Ushbu asarda mustamlaka Hindiston o`lkasiga «kirib olgan o`zgarish fikri»ning tub sabablari obrazlar va ularning nutqlari orqali yetarlicha dalillanadi. Malakaviy bitiruv ishida har bir personajning so`ziga alohida e`tibor qildik. Har bir so`zni asar g’oyasining ifodasiga va badiiy qimmatiga ko`rsatadigan ta`siri bilai belgilashga urinadi. Ichki «monolog-murojaat» xillari to`grisida ham fikr yuritadi. Asar bosh qahramoni Nuriddinxonning «monolog- mulohaza»sida maishiy ozodlik goyasi qay darajada maromiga yetgani
xususida so`z bayon etiladi. «Chin sevish» dramasining butun mohiyat e`tibori tomosha orqali xalqning «ko`zini ochish»ga, ya`ni mustabidlikning yovuz va sharmandali qiyofasini ko`rsatishga qaratiladi. Gegelning fikricha, san`atda ikki xil dunyoqarash farqlanadi. Ulardan birinchisi san’atni «vazifadan iborat», ikkinchisi «vazifalardan holi», deb biladi2 . Demak, estetik ta`limotda ham san`at, jumladan, dramatik san`at vazifa bajarishi lozim, degan fnkrni tasdiqlaydi. M.Behbudiyning maqolalaridan birida «Teatr nadur?» degan savolga «Teatr ibratiomadur» 3 deya javob qaytarilishi asrimiz boshida haqiqatan ham teatrga «ibratnoma» deya qaralgani umumiy fikr shakllanganini ko`rsatadi. Fitrat o`z dramasida ana shu fikr chizig’ida harakat qiladi. «Chin sevish» dramasida Sharq va G’arb ko`p jihatlari bilap bir-biriga qarama-qarshi qoyiladi. Ular orasidagi eng katta ziddiyat birini ikkinchisiga qarshi murosasiz kurashga tortgan narsa G’arbning SHarq ustidan hukmronligidir. Asar 2 Anikst A. Teoriya dramm ot Aristotelya do Gegelya.// M.: Nauka. 1967. 3 Behbudiy M. Teatr kadur? // Onna.1914.№9.B.15 43 mustamlakachilik tuzumiga cheksiz nafrat tuyg’usi bilan yo`g’rilgan. Bu dramadagi personajlar vositasida yaxshi ochib berilgan. Mustabid inglizlar bilan mazlum Hindistonlilar orasidagi tafovut Sherxon, Ayyubxon, Rahmatulloh va G’ulom Haydarlar orasidagi dialoglar vositasida tomoshabinga yetkaziladi. Peshovar shahrida politsiya boshlig’i bo`lgan inglizni hindlar bomba portlatib o`ldirganlar. Buning uchun inglizlar jazo choralarini faqat Peshovardagi mahalliy aholiga emas, balki Dehlidagilarga .ham qo`llaydilar. Bundan g’azablangan asar personaji o`z noroziligani yashirolmaydi: «G’ulom Haydar. Uyimizda tinchgina o`tirganga qo`yasizmi?! Sherxon. Uni tangri biladir. Har holda erta kechadan boshlab uyimgizdan chiqmassiz. G’ulom Haydar. Nechanchi soatdan? Sherxon. Soat to`qqizdan tong otarg’acha. Ko`chada ko`ringan kishi ingliz esa, ertagacha saqlagandan keyin qo`yaveramiz. Hindistonlida esa, turmaga yuborib bir oy