logo

Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda intellektual tadbirkorlikning o‘rni

Загружено в:

29.08.2023

Скачано:

0

Размер:

32.0322265625 KB
Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda intellektual tadbirkorlikning
o‘rni
Reja
1.O‘zbekiston taraqqiyotida Harakatlar strategiyasining o‘rni
2. Akliy   mexnat   soxasida   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirish da   bilim   va
ma’naviyat  boylik sifatida  qadrlanishining o‘rni.
3.Intellektual   tadbirkorlikni   rivojlanishida   Prezidentning   Oliy   majlisga
murojaatnomasining o‘rni. 1.O‘zbekistson taraqqiyotida Harakatlar strategiyasining o‘rni
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   tomonidan   ishlab
chiqilgan     Harakatlar   strategiyasi 1
  va     Taraqqiyot   strategiyasi 2
  o‘z   mazmun-
mohiyatiga   ko‘ra   xalq   hayotini   baxtli   qilishga   qaratilgan   strategiya   hisoblanadi.
Muhtaram Prezidentimiz baxtli hayot faqat orzu bo‘lib qolishi kerak emas, balki u
reallikka   aylanishi   lozim   degan   fikrlarga   asoslanib   siyosat   yuritmoqdalar.   Biz
doimo   baxtli   hayotni   orzu   qilib   kelishga   o‘rganib   qoldik,   chunki   sho‘rolar
zamonida   ham   davlat   xalqqa   baxtli   yashaydigan   farovon   jamiyatni   va’da   qilgan
edi, bugungi kunda ham davlat xalqqa farovon jamiyatni va’da qilmoqda. Shuning
uchun odamlarda baxtli hayot ertaga, kelajakda bo‘ladi degan tushuncha shakllanib
qoldi   va   eng   xavflisi   ushbu   fikrni   to‘g‘ri   deb   qabul   qilib   unga   ko‘nikib   qoldik.
Nima   uchun   bu   xavfli,   chunki   buni   to‘g‘ri   deb   qabul   qilish   baxtli   hayotni
ta’minlashga   to‘siq   bo‘lgan   muammolarga   nisbatan   befarqlik   kayfiyatini   keltirib
chiqaradi. Prezidentimiz odamlar bugun yashaydilar va ular kelajakda emas bugun
baxtli   bo‘lishlari   kerak     ya’ni   baxtli   hayot   faqat   orzu   bo‘lib   qolishi   kerak   emas
degan fikrlarga  asoslanib harakat qilmoqdalar.
  Aholini   hayotini   baxtli   qilishda   boshqa   omillar   qatorida   ehtiyojlarning
qondirilganlik   holati   muhim   ahamiyatga   ega.   Ehtiyojlarning   qondirilganlik
darajasi   esa,   ular   daromadining   yuqoriligi   bilan   bog‘liqdir.   Shuning   uchun
m amlakatimizda   axoli   daromadlarini   oshirib   borish   ustuvor   vazifalardan   b o‘ lib
h isoblanadi.   Axoli   daromadlarini   oshishida   tadbirkorlik   faoliyati   muxim   rol
o‘ ynamokda.   Shuning   uchun   Uzbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Shavkat
Mirziyoev   faoliyatida   aynan   ana   shu   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirish   eng
dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.   Buni  Prezidentlik faoliyati boshlangan ilk kunlarda
ya’ni   2016   yil   5   oktyabrda   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirishga   qaratilgan
farmonni chiqarilishidan ham ko‘rsa bo‘ladi 3
.  Axolini real daromadlari yil dan yilga
1
 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор 
йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент. 2017 йил.
2
 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент. 2021 йил
3
 Мирзиёев Ш.М. Тадбиркорлик фаолиятини жадал ривожлантиришни таъминлаш, ҳусусий мулкни ҳар 
томонлама ҳимоя қилиш ва ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан яхшилашга доир чора-тадбирлар 
тўғрисдаги фармон. № 4909 2016 йил 5 октябрь  ma’lum   bir   foizga   ort ib   bormoqda .   A xoli   jami   daromadl a rining   aksariyati
tadbirkorlik   faoliyatidan   olinmokd a .   Odamlar   fakat   byudjetdan   beriladigan   oylik
maoshga   karab   utirmasdan   tadbirkorlik   faoliyati   bilan   shugullanib   daromadini
oshirib borishi albatta ijobiy xolat.
          Lekin, buni   intellektual boylik yaratadigan   ilm axliga daxli bulmasligi kerak,
chunki, agar  ilmiy xodim ilmiy faoliyatdan tashkarida, ya’ni boshka soxada  biror
bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugullansa, bu uning ilmiy faoliyatiga salbiy ta’sir
etadi. Shuning uchun ilm axliga daromadni davlat byudjeti xisobidan usib borishini
ta’minlash   kerak.   Ushbu   xususda   gapirib   Birinchi   Prezidentimiz   Islom   Karimov
“Uzbekiston   mustakillikka   erishish   ostonasida”   nomli   kitobda   “Rivojlangan
mamlakatlar   tajribasi   fan   uchun   xech   narsani   ayamaydigan   mamlakat   gullab-
yashnayotganligini   ............yakkol   kursatmokda” 4
,   “Ba’zi   birovlar   fanni   mablag
bilan   ta’minlashda   fakat   xujalik   xisobi   asoslarini   rivojlantirish   lozim,   deb
aytmokdalar. Bizningcha bu notugridir. Izlanish ishlarini  mablag bilan ta’minlash
uchun   tavakkal   kilib   sarflanadigan   sarmoyani   vujudga   k eltirish   tugrisida   uylab
kurish   lozim” 5
  deb   ta’kidlagan   edilar .   Lekin   ayrim   sabablarga   ko‘ra   bu   g‘oyalar
amalga   oshmay   qog‘ozda   qolib   keldi   va   faqat   bugungi   kunda   muhtaram
Prezidentimz   Shavkat   Mirziyoev   tomonidan   fan   faoliyatini   rivojlanishiga   keng
imkoniyatlar yaratilmoqda.
         Xozirgi kunda ayrim olim-pedagoglar uz kasbiy faoliyatidan tashkari  xizmat
yoki   moddiy   boylik   yaratish     soxa si da     u   yoki   bu   tadbirkorlik   faoliyati   bilan
shugullanishmokda.   Bu   ularni   daromadlarini   oshishida   yordam   bermokda   albatta.
Lekin,   nimani   xisobiga   desak,   ilmiy-pedagogik   faoliyatning   sifatini   pasayishi
xisobiga deb aytish mumkin. Chunki, olim odam  ilmiy ish kilib yangi  g‘ oya ishlab
chikishi uchun uning fikri boshka muammolardan xoli va erkin bulishi lozim. Fikri
biror   bir   boshka   muammo   bilan   band   bulgan   olim   yangi   goya   ishlab   chika ra
olmaydi.   U   fakat   u   yoki   bu   adabiyotlardan   kuchirmachilik   kilib   xakikiy   olimlar
tomonidan ishlab chikilgan bilimlarni targib kilishdan nariga uta olmaydi.
4
 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент. 2011 йил..82 – бет.
5
 Ўша жойда 87- бет.                  Bunday xolat bulmasligi uchun ilm axli tadbirkorligi fan   faoliyati   soxasida
bulishi   lozim,   chunki,   tadbirkorlik   deganda   inson   kaerda   ishlashidan   kat’iy   nazar
uz   ishiga   ijodiy   yondashishi   va   tashabbuskor   bulishi     tushuniladi.   Ilm   axli
tadbirkorligi  kasbiy faoliyat  soxasi  bilan boglik bulishi    uchun jamiyatda   hususiy
intellektual   mulk   tushunchasi   shakllangan   bulishi   lozim.   Olim   –   pedagog
tomonidan berilgan yangi goya boylik sifatida ya’ni akliy mexnat maxsuli sifatida
kabul   kilinishi   va   kadrlanishi   lozim.   Masalan,   oliy   ukuv   yurtidagi   olim-pedagog
universitet   doirasidan   tashkarida     axoli   urtasida   olib   borgan   ma’naviy-ma’rifiy
faoliyati akliy mexnat sifatida takdirlanishi lozim. Bundan tashkari ta’lim tizimiga
biror   bir   yangilikni   kiritishi,   masalan,   yangi   ukuv   kursini   joriy   kilishni   asoslab
berishi va taklif kilishi xam tadbirkorlik   tashabbusi     sifatida kabul kilinishi kerak.
Chunki,   tadbirkorlik   moxiyati   uz   kasbiy   faoliyatiga   ijodiy   yondashib   faoliyatni
samarali  kiladigan takliflarni  ishlab  chikish va amaliyotga  kullashni  ya’ni  bir  suz
bilan aytganda tashabbuskor bulishni anglatadi.
2. Akliy   mexnat   soxasida   tadbirkorlik   faoliyatini   rivojlantirish da   bilim   va
ma’naviyat  boylik sifatida  qadrlanishining o‘rni.
               Akliy mexnat soxasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bilim   va
ma’naviyat   boylik sifatida kabul kilinishi , ya’ni   b oshkacha kilib aytganda moddiy
boylik   singari   ma’naviy   boylik   xam   kadrlanishi   lozim.   Bu   yerda   muammo
shundaki,   akliy   mexnat   maxsulini   boylik   sifatida   kabul   kilish   va   qadrlash   kiyin
kechmokda. Moddiy boylikni ya’ni jismoniy mexnat maxsulini kadrlashni xamma
biladi.   Masalan,   agar   bir   kishi   oddiy   bir   yo g‘ ochni   pustini   yulib   ketmon   dasta
sifatida   bozorga   olib   chiksa,   uni   jismoniy   mexnat   maxsuli   sifatida   sotib   olishadi,
ya’ni   jismoniy   mexnat   pulga   aylantiriladi.   Agar   odam   kuprok   daromad   olishni
xoxlasa   u   uz  ishiga   ijodiy  yondashib   kuprok   maxsulot   ishlab   chikarishga   xarakat
kiladi.   Lekin,   akliy   mexnatda   shunday   yondashuv   bulishi   uchun   ilm   axli   uz
bilimini   tovar ga aylantira olishi  kerak.   Uz bilimini   tovar ga aylantira olgan odam
kuprok   daromad   olishni   xoxlasa   akliy   mexnat   soxasida   tadbirkorlik   kilishga
xarakat   kiladi.   Boshkacha   kilib   aytganda   fan   soxasida   tadbirkorlik   bilan shu g‘ ullanib   bilimni   moddiy   boylikka   yoki   pulga   aylantirish   imkoniyatini   paydo
b o‘ lishi insonda ,   va ,   eng avvolo ,   yoshlarda bilimga bulgan intilishni kuchaytiradi.
Chunki, barcha odamlar   qadrlangan   boylikka intilib yashaydi, nega deganda   inson
tabiat an shunday   mavjudot  chunki   Ollox   insonni  shunday  kilib  yaratgan.  Demak,
inson   bilimga   intilishi   uchun   bilim   va   ma’naviyat     boylik   sifatida   faqat   gapda
emas,   balkim   amalda   qadrla nishi   lozim.   Intellekt   qadrlangan   joyda   bilimga
nisbatan   egalik   hissi   shakllanadi,   egalik   hissi   esa   o‘z   o‘zidan   qiziqish   va
mas’uliyatni   keltirib   chiqaradi.   Qiziqish   va   mas’uliyat   esa   har   qanday   faoliyatni
samarali qiluvchi muhim omil hisoblanadi.
  Kaysi   jamiyatda   bilimga   intilish   sust   bulsa,   bu   usha   jamiyatda   hususiy
intellektual   mulk   tushunchasi   ya’ni   bilimga   nisbatan   egalik   hissi
shakllanmaganligini   anglatadi.   Bunday   jamiyatda   bilimni   egallashga   karatilgan
sun’iy   kiziktirish   va   majbur   kilish   usullari   kelib   chikadi.   Lekin,   bu   samara
bermaydi  nega deganda bilim fakat ixtiyoriylik asosida kizikish orkali egallanishi
mumkin,   ayniksa,   oliy   ta’lim   tizimida.   Majburiylikka   asoslanib   olingan   bilim
insonning   miyyasida   “xazm”   bulmaydi   va   u   keraksiz   ma’lumot   sifatida   jamlanib
yotadi.   Bilim   aslida   shuning   uchun   kerakki,   ol in gan   bilimlar   inson   miyyasida
“xazm”   kilinib   ya’ni   anglab   olinib   va   taxlil   kilinib   yangi   goyalar   ishlab   chikish
uchun   kerakdir.   Agar   inson   majbur   bulib   kup   ukisa,   lekin   olgan   bilimlarini
miyyasida “xazm” kilmasa, bu bilimlar unga salbiy ta’sir etadi. Kup ukib miyyasi
aynigan   degan   gap   ana   shundan   kelib   chikkan   bulsa   kerak.   Boshkacha   kilib
aytganda bolaga majbur kilib ovkat berilsa, uning organizimiga salbiy ta’sir etgani
kabi, majburiylik bilan olingan bilim insonni tafakkuriga salbiy ta’sir etadi.  Odam
bilimni   ixtiyoriylik   asosida   kizikib   egallashi   uchun   bilim   intellektual   boylik
sifatida   qadrla nishi   lozim.   Bu   yerda   muammo   shundaki ,   olim   odam   bir   soat
ma’ruza kilsa, uni bir soatlik mexnat sifatida kabul kilinadi xolos, vaxolanki, usha
bir soatlik mexnatning ortida oylab, xatto yillar davomidagi mexnat yotgan bulishi
mumkin.   Xozircha bizda akliy mexnat  va intellektual boylik jismoniy mexnat va
moddiy boylik singari kadrlanishi bir xil emas.  Aqliy   mehnatning   mahsuli   bo‘lgan   intellektual   boylikni   ahamiyatini
tushunish   uchun   uni   jamiyat   taraqqiyotidagi   ahamiyatidan   kelib   chiqib   fikrlash
kerak.   Xalqimizga   baxtli   hayotni   ta’minlash   uchun   esa,   eng   avvalo,   jamiyat
taraqqiyotini   ta’minlash   kerak   bo‘ladi.   Jamiyat   taraqqiyotining   muhim   sharti
bo‘lgan   ijtimoiy tartibning o‘rnatilishi esa nazorat faoliyatiga bog‘liqdir. Nazorat
faoliyatining samaradorligi esa demokratiya va fuqarolik jamiyatining kuchliligiga
bog‘liqdir. Chunki demokratiya ham fuqarolik jamiyati ham nazorat faoliyati bilan
bog‘liq. Shuning uchun bugungi kunda  odamlarning hayotini baxtli qilishning eng
maqbul shakli demokratik siyosiy tartibot hisoblanadi. Buning uchun demokratiya
qog‘ozda   emas,   balki   amalda   bo‘lishi   kerak   degan   fikrlardan   kelib   chiqib   xalq
hokimiyatga   emas,   balki   hokimiyat   xalqqa   xizmat   qilishi   kerak   degan   tamoyilni
ilgari   surmoqdalar.   Hokimiyatni   xalqqa   xizmat   qilishi   demokratiyaning   talabi
hisoblanadi,   lekin   bizlarda   hozircha   demokratiya   reallikka   to‘liq   aylanib
ulgurmagan bo‘lib nominal demokratiya xarakterida bo‘lganligi uchun hokimiyatni
xalqqa xizmat qilishini ta’minlash muammo bo‘lib qolmoqda. 
Hokimiyat   bilan   xalq   o‘rtasidagi   munosabatda   demokratik   tamoyillar
o‘rnatilishi   uchun   xalq   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Hozircha   bizda   hokimiyat   kuchli,
ammo-lekin xalq nisbatan kuchsiz va shuning uchun ham demokratik tamoyillarni
ustuvorligini o‘rnatish qiyin kechmoqda. Xalqning kuchliligini belgilaridan biri bu
Parlamentning   kuchliligidir.   Lekin   bizlarda   hozir   kuchli   ijroiya   hokimiyat   va
nisbatan   kuchsiz   Parlament   bor.   Shuning   uchun   muhtaram   Prezidentimiz   o‘z
murojaatlarida   Parlament   faoliyatiga   tanqidiy   baho   berib   uni   kuchaytirishga
qaratilgan   takliflarni   berdilar.   Masalan,   Parlamentning   qonun   ijodkorlik   faoliyati
tanqid   ostiga   olindi   chunki   parlament   o‘zining   asosiy   faoliyati   bo‘lgan   qonun
ijodkorlik   faoliyatini   talab   darajasida   bajara   olmayapdi.     Nazorat   faoliyati   zaif
bo‘lgan   joyda   esa   buzuq   byurokratiya   va   korrupsiya   kuchli   bo‘ladi.   Bunday
holatda tadbirkorlik faoliyati nfaqat to‘siqqa uchraydi balki tadbirkorlarning o‘zlari
ham nopok ishlarga qo‘l ura boshlaydilar. 3.Intellektual tadbirkorlikni rivojlanishida Prezidentning Oliy majlisga
murojaatnomasining o‘rni.
O‘zbekiston   Respublikasi   Prezidenti   Sh.M.Mirziyoev   2017   yilning   22
dekabrida   Oliy   majlisga   qilgan   murojaatida   2018   yilni   “Faol   tadbirkorlik,
innovatsion   g‘oyalar   va   texnologiyalarni   qo‘llab-quvvatlash   yili”   deb   e’lon   qilib
tadbirkorlar   huquqlarini   ishonchli   himoya   qilish   bilan   birgalikda   tadbirkor   sodir
etayotgan   noma’qul   ishlarni,   ayniqsa,   jinoyatlarni   tanqidiy   muhokama   qilish
zarurligini   aytib,   jumladan,   “Tadbirkorlar   hamjamiyati   nopok   tadbirkorlarga
nisbatan murosasiz bo‘lishi lozim. Ularga nisbatan birinchi navbatda davlat emas,
balki   tadbirkorlarning   o‘zlari   munosabat   bildiradigan   va   ushbu   muhit   sofligini
ta’minlaydigan   tizim   yaratilishi   kerak”   6
deb   ta’kidladilar.   Tadbirkorlar   o‘rtasida
bunday   sog‘lom   muhit   shakllanishi   tadbirkorlarning   fuqarolik   madaniyatiga
bog‘liq.     Buning   uchun   tadbirkorlar   o‘rtasida   ma’naviy-ma’rifiy   ishlarni   tizimli
ravishda olib borish kerak bo‘ladi va bu zamon talabi hisoblanadi. Tadbirkorlarni
halol   va   pok   bo‘lishlari   uchun   korrupsiya   jilovlangan   bo‘lishi   lozim.   Bu   esa
yuqorida ta’kidlaganimizdek nazorat faoliyatining samaradorligi bilan bog‘liqdir.
Nazorat   faoliyatining,   jumladan,   Parlament   nazoratining   zaifligi
muammosini   hal   qilish   uchun   uni   sababini   aniqlash   kerak   bo‘ladi,   chunki   sabab
bor   ekan   oqibat   doimiy   mavjud   bo‘ladi.   Sabab   shundan   iboratki   Parlamentning
nazorat faoliyatiga doir bilimi demokratiya talablaridan orqada qolmoqda shuning
uchun   ham   Parlament   nazorati   oqsamoqda.   Xuddi   shunday   Parlaementning   ilmiy
salohiyati qonun ijodkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yetarli bo‘lmayapdi.
Qonun   ijodkorligi   bilan   shug‘ullanish   uchun   deputatlarda   jamiyat   rivojlanish
qonuniyatlari   to‘g‘risidagi   bilim   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Buning   uchun,   Parlament
tarkibida   ijtimoiy   -   gumanitar   fan   namoyondalari     ya’ni   jamiyatshunos   olimlar
yetarli darajada bo‘lishlari kerak. Buning uchun esa, siyosiy partiyalar nomzodlarni
tanlash   jarayonida   ularning   ilmiy   salohiyatlarni   asosiy   mezonlardan     biri   sifatida
belgilab olishlari va unga qat’iy rioya qilishlari kerak bo‘ladi. Ana shunda bizlarda
6
 Мирзиёев Ш.М. Олий Мажлисга мурожаатнома. 2017 йил 22 декабрь kuchli   Parlament   bo‘ladi   va   bu   parlament   nafaqat   o‘zining   qonun   ijodkorlik
funksiyasini   balki   barcha   funksiyalarini,   jumladan,   nazorat   funksiyasini   ham
amalga oshirishga qodir bo‘ladi.
  Parlament   nazorati   esa   adolatli   ijtimoiy   tartibni,   tartib   esa   taraqqiyotni   va
taraqqiyot   o‘z   navbatida   farovon   jamiyatni   ta’minlaydi.   Farovon   jamiyatda   esa,
xalq,   muhtaram   Prezidentimiz   va’da   qilayotgan   baxtli   hayotga   erishishi   mumkin
bo‘ladi.   Buning   uchun   jamiyatni   ilm-fan   yutuqlariga   asoslanib   boshqarish   lozim
ya’ni   jamiyatshunos   olimlar   zamon   talablaridan   kelib   chiqib   demokratlashtirish,
liberallashtirish   va   fuqarolik   jamiyatini   shakllantirish   borasida   takliflar   berishlari
lozim.   Boshqacha   qilib   aytganda   faol   tadbirkorlik   faqat   moddiy   boylik   yaratish
borasida   emas,   balki   intellektual   boylik   yaratish   borasida   ham   bo‘lishi   lozim.
Buning   uchun   respublikamiz   jamiyatshunos   olimlari   zamon   talablaridan
kelib   chiqib   innovatsion   g‘oyalarni   ya’ni   yangi   ilmiy   yo‘nalishlarni,   fanlarni
va adabiyotlarni ishlab chiqishlari lozim. 
Zamon   talabi   esa,   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   qurish   hisoblanadi.
Shuning   uchun   jamiyatshunos   olimlar   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini
rivojlantirishga xizmat qiladigan yangi g‘oyalarni ishlab chiqishlari lozim. Buning
uchun   demokratiya   va   fuqarolik   jamiyatini   talabidan   kelib   chiqib   fikrlash   lozim.
Demokratiya   ham,   fuqarolik   jamiyati   ham   nazorat   faoliyati   bilan   bog‘liq,   chunki
demokratiya   bu   nafaqat   hokimiyat   xalq   tomonidan   shakllantirilishi   balki   nazorat
qilinishi   hamdir.   Fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi   hokimiyat   tomonidan
huquq   va   axloq   normalariga   rioya   qilinishini   nazorat   qilishdan   iborat.       Nazorat
faoliyati   kuchayishi   uchun   esa   jamiyatning   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimi   kuchli
bo‘lishi kerak. Hozircha oliy ta’lim tizimida biror bir fan jamiyatga nazoratga doir
bilimni   bermaydi.   Fuqarolik   jamiyatini   kuchli   qilish   nazorat   faoliyatiga   doir
bilimga ehtiyojni keltirib chiqaradi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, hamda   faol
tadbirkorlik  talablaridan kelib chiqib Oliy ta’lim tizimida  nazorat faoliyatiga doir
bilimni   beradigan     fanni   ishlab   chiqish   va   o‘quv   jarayoniga     joriy   etish   taklifini
berish mumkin.  Bu   yerda   gap   intellektual   boylik   yaratiladigan   faol   tadbirkorlik   va
innovatsion   g‘oyalar   to‘g‘risida   borayapdi.   Buni   tushunish   uchun   faol
tadbirkorlikning   mazmun-mohiyatini   anglab   olish   lozim.   Eng   avvalo,   faol
tadbirkorlik nimani anglatishini tushunish kerak. Faol tadbirkorlik nima ekanligini
bilish   uchun   uni   passiv   tadbirkorlik   bilan   qiyoslab   ko‘rish   kerak   bo‘ladi.   Lekin
buning   uchun   oldin   tadbirkorlik   o‘zi   nima   ekanligini   ham   aytib   o‘tish   lozim
bo‘ladi.   Tadbirkorlik   deganda   o‘z   ishiga   ijodiy   yondashib   moddiy   va   ma’naviy
boylik   yaratish   jarayonini   samarali   qilish   tushuniladi.   Passiv   tadbirkor   o‘z
faoliyatini har doimgidek bir xil olib boradi, faol tadbirkor esa zamon talablaridan
kelib chiqib o‘z faoliyatini takomillashtirib boradi. Chunki faollik deganda zamon
ta’siriga   javob   berish   tushuniladi,   agar   zamon   talabiga   javob   bermasdan   faoliyat
olib borilsa passivlik bo‘ladi. Buni tushunish uchun N’yutonning uchinchi qonuni
bilan   taqqoslab   ko‘rish   mumkin.   N’yutonning   uchinchi   qonuni   bo‘yicha   har
qanday   kuch   aks   ta’sirga   ega   deyiladi.   Ana   shu   aks   ta’sir   faollikni   anglatadi   va
xuddi   shunday   aks   ta’sirning   bo‘lmasligi   esa   passivlikni   anglatadi.   Demak,   faol
tadbirkorlik zamon talablari ta’siriga javoban munosib harakat qilish hisoblanadi.
Faol   tadbirkorlikni   tushunish   uchun   endi   zamon   talablarini   bilish   kerak
bo‘ladi.   Zamon   talabi   ilm-fan   yutuqlariga   tayanib   islohotlar     asosida   yotgan
leberalizm g‘oyalari va demokratik siyosiy tartibot asosida kuchli davlatdan kuchli
fuqarolik   jamiyatiga   o‘tishdan   iborat.   Boshqacha   qilib   aytganda   zamon   talabi
moddiy va ma’naviy boylik yaratishda ilm-fan yutuqlariga asoslanish tushuniladi.
Chunki   bugungi   kunda   tarix   shundan   guvohlik   bermoqdaki   qaysi   mamlakat   ilm-
fan   yutuqlariga   asoslansa   o‘sha   mamlakat   rivojlanib   gullab-yashnab   bormoqda.
Shuning   uchun   O‘zbekiston   mamlakati   ham   o‘z   taraqqiyotini   ilm-fan   yutuqlariga
asoslangan   holda   amalga   oshirishga   harakat   qilmoqda.   Faol   tadbirkorlik
innovatsion   g‘oyalarga   asoslansa,   innovatsion   g‘oyalar   esa   ilm-fanga   asoslanadi,
chunki yangilikni anglatadigan innovatsiya oldindan ko‘ra bilishga, oldindan ko‘ra
bilish esa fanga asoslanadi.  Ushbu fikr mulohazalar tushunarli bo‘lishi uchun biror
bir  aniq misol  tarzida ko‘rib chiqish maqsadga  muvofiq bo‘lar edi. Faqat bizning misolimiz moddiy baylik emas, balki intellektual boylik yaratish borasida bo‘ladi,
chunki biz shu faoliyat sohasining vakillari hisoblanamiz.
Zamon  talabi  bo‘lgan  demokratiya  va  fuqarolik jamiyati   nazorat  faoliyatini
takomillashtirish  bilan  bog‘liq,  chunki   nazorat  demokratiyaning tarkibiy qismi  va
fuqarolik   jamiyatining   asosiy   funksiyasi   hisoblanadi.   Shuning   uchun   nazorat
faoliyatini   takomillashtirishga   qaratilgan   faoliyat   innovatsion   g‘oyalarga
asoslangan   faol   tadbirkorlik   hisoblanadi   deb   aytish   mumkin.   Nazorat   faoliyatini
takomillashtirish   uchun,   eng   avvalo,   ushbu   faoliyatga   doir   bilim   kerak   bo‘ladi.
Bunday   bilim,   eng   avvalo,   ta’lim   tizimida,   jumladan,   oliy     ta’lim   tizimida
shakllanadi.   Hozircha     ta’lim   tizimida   biror-bir   fan   talabalarimizga   nazorat
faoliyatiga   doir   bilimni   bermaydi.     Agar   biz   bugun   talabalarimizga   nazorat
faoliyatiga doir bilimlarni bera boshlasak, ertaga demokratiya sharoitida yashashga
va  o‘zini nazorat funksiyasini amalga oshirishga qodir bo‘lgan avlod shakllanadi. 
Bunday   avlod   nazorat   mexanizmini   kuchli   qilib   ijtimoiy   tartibni
barqarorligini   ta’minlaydi.   Ijtimoiy   tartib   esa,   jamiyat   taraqqiyotini   va   odamlar
orzu   qilib   kelayotgan   baxtli   hayotni   ta’minlaydigan   farovon   jamiyatni   qurishga
xizmat qiladi. Buning uchun yuqorida ta’kidlaganimizdek nazorat faoliyatiga doir
bilim   kuchli   bo‘lishi   kerak.   Bunday   bilimni   shakllantirish   maqsadida     oliy   ta’lim
tizimi   o‘quv   dasturiga   nazorat   faoliyatiga   doir   bilimni   beradigan     o‘quv   kursini
joriy qilish taklifini berish mumkin. Nazorat faoliyatiga doir bilimni beradigan fan
nafaqat   nazariy   balki   amaliy   fan   bo‘lib   hisoblanadi,   chunki   ushbu   fan   beradigan
bilimlar   siyosiy   partiyalar   va   fuqarolik   jamiyatini   boshqa   institutlarini   faoliyatida
bevosita qo‘llash mumkin bo‘ladi. Bugungi kunda ushbu o‘quv kursi faqat SamDU
joriy qilingan bo‘lib, mazkur  fanni  o‘qitishda  qo‘llanma sifatida xizmat qiladigan
Ijtimoiy   nazorat   nomli   monografiya 7
  va   darslik 8
  ham   ishlab   chiqilgan.   Ijtimoiy
nazorat   fanini   ishlab   chiqilishi   va   o‘quv   jarayoniga   joriy   etilishi   intellektual
boylik   yaratish   borasidagi   innovatsion   g‘oyaga   asoslangan   faol   tadbirkorlik
sifatida   baholanishi   mumkin.   Ijtimoiy   nazorat   fani   beradigan   bilim   jamiyat
7
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат.  Монография. Самарқанд 2016 йил.
8
  Набиев Ф.Х. Ижтимоий назорат. Дарслик. Самарқанд 2020 йил. taraqqiyotining   muhim   sharti   bo‘lgan   ijtimoiy   tartibni   ta’minlab   O‘zbekiston
xalqini hayotini baxtli qilishga xizmat qiladi.  Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
.Mirziyoev   Sh.M.   Tanqidiy   tahlil,   kat’iy   tartib   intizom   va   shaxsiy   javobgarlik
barcha   darajadagi   rahbarlarning   kundalik   hayot   qoidasi   bo‘lishi   kerak.   Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
2.   Mirziyoev   Sh.M.   2017-2021   yillvarda   O‘zbekiston   Respublikasini
rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘ycha Harkatlar strategiyasi. Toshkent.
O‘zbekiston. 2017 yil.
3.Mirziyoev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent, 2021 yil.- 464 b.
4.Karimov I. A. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish
va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. T. O‘zbekiston. 2010 y.
5.Bafoev   Sh.   Jamoatchilik   nazorati   demokratik   huquqiy   davlat   va   fuqarolik
jamiyati qurishning muhim omili sifatida // Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari. – 2007
№ 1.
6.Mustafoev M. Jamoatchilik nazorati – jamiyat muvozanati // Muloqot 2004 y. №
4
7.Muxtorov   N.   Amnistiya   aktlarini   qo‘llanilishida   jamoatchilik   nazorati:   davlat
boshqaruv   organlari   va   fuqarolik   jamiyati   institutlarining   hamkorligi   //   Fuqarolik
jamiyati – Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 y. № 3
8.Nabiev T., Soleev A. O‘zini o‘zi boshqarish organlari jamoatchilik nazoratining
sub’ekti   sifatida   //   Fuqarolik   jamiyati   –   Grajdanskoe   obщestvo   –   Civil   Society.
2008 y. № 4
9.Nabiev   F.   X.   Obespechenie   i   sovershenstvovanie   obщestvennogo   kontrolya   v
programmnыx dokumentax politicheskix  partiy Uzbekistana  //  Fuqarolik jamiyati
– Grajdanskoe obщestvo – Civil Society. 2010 № 3
10.Nabiev F. X. Ijtimoiy nazorat. Samarqand. 2016 yil.

Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda intellektual tadbirkorlikning o‘rni Reja 1.O‘zbekiston taraqqiyotida Harakatlar strategiyasining o‘rni 2. Akliy mexnat soxasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish da bilim va ma’naviyat boylik sifatida qadrlanishining o‘rni. 3.Intellektual tadbirkorlikni rivojlanishida Prezidentning Oliy majlisga murojaatnomasining o‘rni.

1.O‘zbekistson taraqqiyotida Harakatlar strategiyasining o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi 1 va Taraqqiyot strategiyasi 2 o‘z mazmun- mohiyatiga ko‘ra xalq hayotini baxtli qilishga qaratilgan strategiya hisoblanadi. Muhtaram Prezidentimiz baxtli hayot faqat orzu bo‘lib qolishi kerak emas, balki u reallikka aylanishi lozim degan fikrlarga asoslanib siyosat yuritmoqdalar. Biz doimo baxtli hayotni orzu qilib kelishga o‘rganib qoldik, chunki sho‘rolar zamonida ham davlat xalqqa baxtli yashaydigan farovon jamiyatni va’da qilgan edi, bugungi kunda ham davlat xalqqa farovon jamiyatni va’da qilmoqda. Shuning uchun odamlarda baxtli hayot ertaga, kelajakda bo‘ladi degan tushuncha shakllanib qoldi va eng xavflisi ushbu fikrni to‘g‘ri deb qabul qilib unga ko‘nikib qoldik. Nima uchun bu xavfli, chunki buni to‘g‘ri deb qabul qilish baxtli hayotni ta’minlashga to‘siq bo‘lgan muammolarga nisbatan befarqlik kayfiyatini keltirib chiqaradi. Prezidentimiz odamlar bugun yashaydilar va ular kelajakda emas bugun baxtli bo‘lishlari kerak ya’ni baxtli hayot faqat orzu bo‘lib qolishi kerak emas degan fikrlarga asoslanib harakat qilmoqdalar. Aholini hayotini baxtli qilishda boshqa omillar qatorida ehtiyojlarning qondirilganlik holati muhim ahamiyatga ega. Ehtiyojlarning qondirilganlik darajasi esa, ular daromadining yuqoriligi bilan bog‘liqdir. Shuning uchun m amlakatimizda axoli daromadlarini oshirib borish ustuvor vazifalardan b o‘ lib h isoblanadi. Axoli daromadlarini oshishida tadbirkorlik faoliyati muxim rol o‘ ynamokda. Shuning uchun Uzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev faoliyatida aynan ana shu tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish eng dolzarb vazifa bo‘lib turibdi. Buni Prezidentlik faoliyati boshlangan ilk kunlarda ya’ni 2016 yil 5 oktyabrda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan farmonni chiqarilishidan ham ko‘rsa bo‘ladi 3 . Axolini real daromadlari yil dan yilga 1 Мирзиёев Ш.М. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йўналишлари бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Тошкент. 2017 йил. 2 Мирзиёев Ш.М. Янги Ўзбекистон стратегияси. Тошкент. 2021 йил 3 Мирзиёев Ш.М. Тадбиркорлик фаолиятини жадал ривожлантиришни таъминлаш, ҳусусий мулкни ҳар томонлама ҳимоя қилиш ва ишбилармонлик муҳитини сифат жиҳатидан яхшилашга доир чора-тадбирлар тўғрисдаги фармон. № 4909 2016 йил 5 октябрь

ma’lum bir foizga ort ib bormoqda . A xoli jami daromadl a rining aksariyati tadbirkorlik faoliyatidan olinmokd a . Odamlar fakat byudjetdan beriladigan oylik maoshga karab utirmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanib daromadini oshirib borishi albatta ijobiy xolat. Lekin, buni intellektual boylik yaratadigan ilm axliga daxli bulmasligi kerak, chunki, agar ilmiy xodim ilmiy faoliyatdan tashkarida, ya’ni boshka soxada biror bir tadbirkorlik faoliyati bilan shugullansa, bu uning ilmiy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun ilm axliga daromadni davlat byudjeti xisobidan usib borishini ta’minlash kerak. Ushbu xususda gapirib Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Uzbekiston mustakillikka erishish ostonasida” nomli kitobda “Rivojlangan mamlakatlar tajribasi fan uchun xech narsani ayamaydigan mamlakat gullab- yashnayotganligini ............yakkol kursatmokda” 4 , “Ba’zi birovlar fanni mablag bilan ta’minlashda fakat xujalik xisobi asoslarini rivojlantirish lozim, deb aytmokdalar. Bizningcha bu notugridir. Izlanish ishlarini mablag bilan ta’minlash uchun tavakkal kilib sarflanadigan sarmoyani vujudga k eltirish tugrisida uylab kurish lozim” 5 deb ta’kidlagan edilar . Lekin ayrim sabablarga ko‘ra bu g‘oyalar amalga oshmay qog‘ozda qolib keldi va faqat bugungi kunda muhtaram Prezidentimz Shavkat Mirziyoev tomonidan fan faoliyatini rivojlanishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Xozirgi kunda ayrim olim-pedagoglar uz kasbiy faoliyatidan tashkari xizmat yoki moddiy boylik yaratish soxa si da u yoki bu tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishmokda. Bu ularni daromadlarini oshishida yordam bermokda albatta. Lekin, nimani xisobiga desak, ilmiy-pedagogik faoliyatning sifatini pasayishi xisobiga deb aytish mumkin. Chunki, olim odam ilmiy ish kilib yangi g‘ oya ishlab chikishi uchun uning fikri boshka muammolardan xoli va erkin bulishi lozim. Fikri biror bir boshka muammo bilan band bulgan olim yangi goya ishlab chika ra olmaydi. U fakat u yoki bu adabiyotlardan kuchirmachilik kilib xakikiy olimlar tomonidan ishlab chikilgan bilimlarni targib kilishdan nariga uta olmaydi. 4 Каримов И.А. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. Тошкент. 2011 йил..82 – бет. 5 Ўша жойда 87- бет.

Bunday xolat bulmasligi uchun ilm axli tadbirkorligi fan faoliyati soxasida bulishi lozim, chunki, tadbirkorlik deganda inson kaerda ishlashidan kat’iy nazar uz ishiga ijodiy yondashishi va tashabbuskor bulishi tushuniladi. Ilm axli tadbirkorligi kasbiy faoliyat soxasi bilan boglik bulishi uchun jamiyatda hususiy intellektual mulk tushunchasi shakllangan bulishi lozim. Olim – pedagog tomonidan berilgan yangi goya boylik sifatida ya’ni akliy mexnat maxsuli sifatida kabul kilinishi va kadrlanishi lozim. Masalan, oliy ukuv yurtidagi olim-pedagog universitet doirasidan tashkarida axoli urtasida olib borgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyati akliy mexnat sifatida takdirlanishi lozim. Bundan tashkari ta’lim tizimiga biror bir yangilikni kiritishi, masalan, yangi ukuv kursini joriy kilishni asoslab berishi va taklif kilishi xam tadbirkorlik tashabbusi sifatida kabul kilinishi kerak. Chunki, tadbirkorlik moxiyati uz kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashib faoliyatni samarali kiladigan takliflarni ishlab chikish va amaliyotga kullashni ya’ni bir suz bilan aytganda tashabbuskor bulishni anglatadi. 2. Akliy mexnat soxasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish da bilim va ma’naviyat boylik sifatida qadrlanishining o‘rni. Akliy mexnat soxasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun bilim va ma’naviyat boylik sifatida kabul kilinishi , ya’ni b oshkacha kilib aytganda moddiy boylik singari ma’naviy boylik xam kadrlanishi lozim. Bu yerda muammo shundaki, akliy mexnat maxsulini boylik sifatida kabul kilish va qadrlash kiyin kechmokda. Moddiy boylikni ya’ni jismoniy mexnat maxsulini kadrlashni xamma biladi. Masalan, agar bir kishi oddiy bir yo g‘ ochni pustini yulib ketmon dasta sifatida bozorga olib chiksa, uni jismoniy mexnat maxsuli sifatida sotib olishadi, ya’ni jismoniy mexnat pulga aylantiriladi. Agar odam kuprok daromad olishni xoxlasa u uz ishiga ijodiy yondashib kuprok maxsulot ishlab chikarishga xarakat kiladi. Lekin, akliy mexnatda shunday yondashuv bulishi uchun ilm axli uz bilimini tovar ga aylantira olishi kerak. Uz bilimini tovar ga aylantira olgan odam kuprok daromad olishni xoxlasa akliy mexnat soxasida tadbirkorlik kilishga xarakat kiladi. Boshkacha kilib aytganda fan soxasida tadbirkorlik bilan

shu g‘ ullanib bilimni moddiy boylikka yoki pulga aylantirish imkoniyatini paydo b o‘ lishi insonda , va , eng avvolo , yoshlarda bilimga bulgan intilishni kuchaytiradi. Chunki, barcha odamlar qadrlangan boylikka intilib yashaydi, nega deganda inson tabiat an shunday mavjudot chunki Ollox insonni shunday kilib yaratgan. Demak, inson bilimga intilishi uchun bilim va ma’naviyat boylik sifatida faqat gapda emas, balkim amalda qadrla nishi lozim. Intellekt qadrlangan joyda bilimga nisbatan egalik hissi shakllanadi, egalik hissi esa o‘z o‘zidan qiziqish va mas’uliyatni keltirib chiqaradi. Qiziqish va mas’uliyat esa har qanday faoliyatni samarali qiluvchi muhim omil hisoblanadi. Kaysi jamiyatda bilimga intilish sust bulsa, bu usha jamiyatda hususiy intellektual mulk tushunchasi ya’ni bilimga nisbatan egalik hissi shakllanmaganligini anglatadi. Bunday jamiyatda bilimni egallashga karatilgan sun’iy kiziktirish va majbur kilish usullari kelib chikadi. Lekin, bu samara bermaydi nega deganda bilim fakat ixtiyoriylik asosida kizikish orkali egallanishi mumkin, ayniksa, oliy ta’lim tizimida. Majburiylikka asoslanib olingan bilim insonning miyyasida “xazm” bulmaydi va u keraksiz ma’lumot sifatida jamlanib yotadi. Bilim aslida shuning uchun kerakki, ol in gan bilimlar inson miyyasida “xazm” kilinib ya’ni anglab olinib va taxlil kilinib yangi goyalar ishlab chikish uchun kerakdir. Agar inson majbur bulib kup ukisa, lekin olgan bilimlarini miyyasida “xazm” kilmasa, bu bilimlar unga salbiy ta’sir etadi. Kup ukib miyyasi aynigan degan gap ana shundan kelib chikkan bulsa kerak. Boshkacha kilib aytganda bolaga majbur kilib ovkat berilsa, uning organizimiga salbiy ta’sir etgani kabi, majburiylik bilan olingan bilim insonni tafakkuriga salbiy ta’sir etadi. Odam bilimni ixtiyoriylik asosida kizikib egallashi uchun bilim intellektual boylik sifatida qadrla nishi lozim. Bu yerda muammo shundaki , olim odam bir soat ma’ruza kilsa, uni bir soatlik mexnat sifatida kabul kilinadi xolos, vaxolanki, usha bir soatlik mexnatning ortida oylab, xatto yillar davomidagi mexnat yotgan bulishi mumkin. Xozircha bizda akliy mexnat va intellektual boylik jismoniy mexnat va moddiy boylik singari kadrlanishi bir xil emas.