Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
![Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish
Reja:
1. Yosh davrlari klassifikasiyasi
2. Har bir yosh davrining o’zigaxos psixologik rivojlanishi
3. Yosh davrlari krizislari va psixologik o’zgarishlar
4. Har bir yosh davridagi shaxslarni to’g’ri shakllantirishda ma’rifiy tadbirlar va
bilimdonlikning o’rni](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_1.png)
![«Farzandlaringizni ilm va odobini, o’zingizning ilm va odobingiz bilan
cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ular sizning
zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi odamlardir».
(AFLOTUN)
Yosh psixologiyasi muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda
o’rganish maqsadida o’tgan allomalarmizning asaralarida yoritilgan shaxsning
psixik holati rivojlanishi va ijtimoiy hayot o’zgarishlari jarayonida ruhiy holatining
taraqqiyoti to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan, jumladan ushbu masalalar to’rt
xil manbada yoritilganligi bizgacha ma’lum:
1. xalq ijodiyoti: - rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar;
2. maxsus ijodkor kishilar (hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan
o’git- nasixatlar va hikoyatlar;
3. – qomusiy, O’rta Osiyo ilmiy nazariy qarashlarida;
4. turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodida o’z aksini topgan.
Masalan, Abu Nosir Farobiyning inosn va uning psixikasi haqidagi axloqi-falsafiy
mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “masalalar mohiyati”, “Falsafiy
savollar va ularga javoblar” va boshqa asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon
Beruniy o’zining “O’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil
ma’lumotlarini keltiradi. Inb Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida
organizimning tuzilishi, undan nervlar va nerv yo’llari, fizologik jarayonlar bilan
bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Shu jumladan;
Yusuf Xos Xojibning “Qutadig’i bilig”, A.Jomiyning “Silsilatuz zahob”,
Davoniyning “Axloqi Jaloliy”, A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul
qulub” asarlarida insonning murkkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan.
Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farg’oniy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy,
Nodira, Uvaysiy, Muqumiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va
boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvori, oilaviy hayot
masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi
asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_2.png)
![Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev,
I.A.Sikorskiy, A.P.Nachayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa
qo’shganlar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti”, N.F.Kapterevning
“Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P.Nechayevning
“Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga
munosabati” va boshqa ko’pgina asarlarda psixologik ilmiy tadqiqotni
jadallashtirishgaxizmat qiladi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamalkatlari va AQSh da
yosh psixologiyasi va pedagogik-psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga
asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems
“O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining
xususiyatlari haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur
tahlil qiladi.
2. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib
o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif
etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining
“davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning
asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi
avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi:
juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi
davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan).
Masalan, juz’iy klassifikasiyaga Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896-1980)
insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi:
1. Bola – tashqi muhit – ma’lumotlarni qayta ishlash.
2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimioiy davr.
3. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha; b) operasional davrgacha – 2-7 (8); v)
yaqqol davri – 7 (8) – 11 (12)yoshgacha; g) rasman (formal) operasiya davri – 11
(12) – 15 yoshgacha.bu davrda bola nafaqat bevosita ko’rib turgan narsasi, balki
mavhum tushunchalar va so’zlar vositasida ham fikr yurita oladi.](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_3.png)
![D.B.El’koninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning
taraqqiyotini davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda
bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har
bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart-
sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy
ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi,
ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talabalari darajasining o’zgarishiga mos
tarzda ro’y beradi.
Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan
biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar
Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi.
Psixolog B.G.Ananyev, E.Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga
asoslangan bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir.
Yosh davrlari Erkaklarda Ayollarda
Chaqaloqlik 1-10 kun 1-10 kun
Egizaklik davri 10 kundan 1
yoshgacha 10 kundan 1
yoshgacha
Ilk bolalik 1-2 yosh 1-2 yosh
Bolalikning 1- davri 3-7 yosh 3-7 yosh
Bolalikning 2-davri 8-12 yosh 8-11 yosh
O’smirlik davri 13-16 yosh 12-15 yosh
O’spirinlik davri 17-21 yosh 16-20 yosh
O’rta yetuklik davri:
Birinchi bosqich 22-35 yosh 21-35 yosh
Ikkinchi bosqich 36-60 yosh 36-55 yosh
Keksalik davri 61-75 yosh 56-75 yosh
Qarilik davri 76-90 yosh 76-90 yosh
Uzoq umr
ko’ruvchilar 90 yoshdan ortiq 90 yoshdan ortiq](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_4.png)
![Taraqqiyot yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor.
Masalan, E.Eriksonda shaxs “Men”ning rivojlanish bosqichlariga tayangan
klassifaksiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida
ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham salbiy jihatdan ajratilgan.
1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik) – bu hayotning 1-yili.
2-bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) – 2-3 yoshlar.
3-bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) – 4-5 yoshlar.
4-bosqich (chaqaloqlik va yetishmovchilik) – 6-11 yoshlar.
5-bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkkashligi) – 12-18 yoshlar.
6-bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) – keksalik.
7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) – yetuklik davri.
8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) – keksalik.
Erikson klassifikasiyasining o’ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o’zi
to’g’risidagi tasavvurlarning jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi. Shunga
o’xshash bosqichlarga bo’lishlar oxirgi paytda yana ko’plab mualliflar tamonidan
taklif etilmoqda (G.Grimm, D.Bromley va boshq.). ularning barchasidagi umumiy
mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadiyu,
shaxs unda qanday rivojlanish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Ularni tabiiy
o’zgarishlarda bilish va shpganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to’g’ri
yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo’yilgan talablar
katta odamlar jamoasiga to’g’ri kelmaydi, yoki bog’cha yoshidagi bola bilan til
topishish bilan talaba bilan til topish o’ziga xos pedagogik taktni va o’sha yosh
sohasidagi bilimdonlikni talab qiladi.
1. Bola 3 oylik davridan 1 yoshgacha zarur ruhiy xususiyatlarni egallay
boshlaydi. Muloqatga intiladi, bolalarning tili yoki nutqi qanchalik erta chiqsa,
imo-ishoralarga tez ko’nika boshlaydi. Qancha tez muloqotga kirishsak, shuncha
tez, rivojlanadi. Muloqot qancha kam bo’lsa, bolaning o’sishi sust kechadi.
2. Ikki yoshdan bola tub ma’noda so’zlashish malakasini to’la egallaydi. Shu
yoshdan odob-axloq qoidalarini o’rgatish zarur. Ayni chog’da bolani ozodlikka
sarishtalikka o’rgatish ijodiy natija beradi. Bu yoshda o’jarlik alomatlari paydo](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_5.png)
![bo’ladi, sababi esa ruxiy dunyosida ro’y berayotgan o’zgarishlardir. «Men o’zim»
degan tushuncha ustunlik qiladi. Irodasi o’sa boshlaydi. Maqtov va olqishga
ehtiyoj tug’iladi.
3. Uch yoshdan bola serg’ayrat, tinib-tinchimas bo’ladi, irodasi, diqqat, xotirasi
o’sa boshlaydi. Bola organizmi jadal suratlar bilan o’sishi boshlaydi. Muloqotda
ota-ona bilan bola o’rtasidagi keskin kelishmovchiliklar boshlanadi.
Kuzatuvchanlik, bilimga intilish kuchli bo’ladi.
4. To’rt yoshdan bola mustaqillikka intila boshlaydi. Ovqatlanish, kiyinish
vujudga keladi. Xotira, diqqat iroda, idrok o’sadi, tafakkur qila boshlaydi.
5. Besh yoshdan bolaning ruhiy xususiyati, jarayon va xolatlari o’sib
kelayotganligi (diqqat, iroda, idrok, xotira, tafakkur) sababli o’z xulq-atvorini idora
qilish, bilimlarni egallash malakasini shakllantirish maqsadga muofiq.
6. Bola olti yoshga tulganda o’sish tezlashib, u ko’proq bo’yiga o’sadi, kiyim
tanlashga e’tibor beradi, ishchanlik qobiliyati o’sadi. Ish qurollaridan foydalanish,
uquvi paydo bo’ladi. Javobgarlik xissi paydo bo’ladi. Bu yoshda nutq jadal suratlar
bilan o’sib so’z boyligi 2500 ga yetadi. Gap tuzish, suxbat ko’rishni uddasidan
chiqadi, til qoidalarini bilmasdan unga amal qiladi. Nutqni o’qib olish, sezgisi va
shu orqali so’z boyligi oshadi.
7. Yetti - o’n yosh oraligida ancha og’ir tartib o’sish jadalashadi. Bu asosan
yangi davr maktab xayoti boshlanishi bilan bog’liq, oila tarbiyasi maktab
tarbiyasiga zid bo’lib qolmasligi kerak. Ota-ona, o’qituvchilar bilan suhbatlashib,
bolaning uydagi va maktabdagi qat’iy harakatlarini taqqoslab qurishlari, biror-bir
ziddiyat paydo bo’lsa, tezda bartaraf etilishi zarur. Bu davrda bolani ruhan qo’llab-
quvvatlab, ko’klarga ko’tarib turish lozim, chunki maktab hayotiga o’rganish yangi
ko’nikmalar oson kechmaydi.
8. O’n-o’n to’rt yoshdagi bolalarning gap so’zlari, xatti-harakatlari avvalgidan
ham jiddiyroq tusga kiradi. Endi ular maktab hayotga to’la moslashib olgan,
mustaqil bo’ladilar. Bu behad nozik davr hisoblanadi. Ya’ni o’g’il –qizlar
vujudida balog’at, jinsiy uyg’onish fasli boshlanadi. Allaqanday noxush](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_6.png)
![kayfiyatlarga berilib ketmasliklari qalblaridan go’zal tuyg’u fazilatlari chuqur joy
olishi uchun ularga ko’maklashish kerak bo’ladi.
9. O’n to’rt-o’n sakkiz yosh esa farzandlarning yetuklikka erishish davri
xisoblanadi. Ular endi to’la mustaqil bo’lishga harakat qiladilar. Ularning
o’zlariga nisbatan kattalardek munosabatda bo’lishlarini, o’z fikr-mulohaza va
rejalari xisobga olinishini talab qilishadi. Bu davrda ota-ona va bolalar, o’rtasida
kelajak rejalari borasida jiddiy ziddiyatlar chiqib turadi. Endi muhimi ota-ona o’z
farzandi yurak dardlarini tinglashi, bola haq bo’lsa uni qo’llab-quvvatlashi lozim.
Keyingi yillarda pedagogik, sosiologik, psixologik, tibbiiy tadqiqotlar genetika
fani natijalari sog’lom avlodni yuzaga keltirish borasida ko’pgina ishlar qilingan.
.Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan har bir o’quvchi
shaxsini ruhiy holatini o’rganish, yakka holda mustaqil fikrlash qobiliyatini
shakllantirishni talab qiladi. Bu borada har bir o’qituvchi o’z ustida mukammal
psixologik bilimlarga ega bo’lmog’i lozim.Insonning ehtiyojlari uning huquqini
belgilabgina qolmay, balki faoliyatini ham, shaxsini ham rivojlantiradi.Aynan
ehtiyojlar xarakteridagi shaxs mohiyatini tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlar
sistemasi aks etadi.
Shuning uchun ham shaxs sifatlari ma’lum ehtiyojlar va ularni realizasiya qilish
usullari majmuasi sifatida qaraladi.Shuningdek, psixologik tadqiqotlar, natijasidan
kelib chiqqan quyidagi fundamental faktlar tarbiya mohiyatini yanada tushunish
uchun imkon berdi. Ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun namoyon qilingan hulq
shakli o’zi ehtiyojga aylanib qolishi mumkin. Yangi ehtiyojni yuzaga kelishi
yangi axloqiy sifatlarni shakllanishiga olib keladi.
Ta’lim-tarbiya bola shaxsini shakllanishiga uch xususiyatini o’zida
mo’jassamlashtirgan holda ta’sir o’tkazadi:
1.Tashqi muhit bola shaxsida qanday aks etganidek, qanday bo’lsa
shundayligicha aks etmaydi, balki bola ham faol mavjudot sifatida tashqi muhit
ta’siriga o’zini aks ta’sirini o’tkazadi, o’zaro ta’sirlardan so’ng o’ziga xos
ravishda bola shaxsida namoyon bo’ladi.](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_7.png)
![2.Tashqi muhit ta’siri bolaning ichki dunyosiga singib o’tib, undan keyin o’ziga
xos ravishda uning shaxs xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
3.Inson shunday faol mavjudotki va tashqi muhit shunday kuch qudratga egaki,
u tashqi muhit ta’sirida o’zidagi ma’lum tug’ma xususiyatlarini o’zgartira olish
imkoniga ega.
Tashqi muhit mana shu uchta xususiyatni o’zida mujjasamlashgan holda bola
shaxsiga ta’sir etganligi uchun bir oilada bir ota-onaning tarbiyasini olgan, bir xil
muhitda katta bo’lgan bolalar turlicha kamolot darajasiga, individual psixologik
xususiyatlarga ega bo’laveradilar. Tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qila olish
uchun esa ichki va tashqi omillarning yuqoridagi o’zaro munosabatlarni bilish
muhim va jiddiy ahamiyatga egadir.
Tarbiya jarayonning to’g’ri boshqara olish uchun uni natijalarini baholay olish
ham talab qilinadi. Buning uchun biz bolani tarbiyalanganlik darajasini aniqlash
o’lchoviga ega bo’lishimiz, kuchlarini bilishimiz zarur.
O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti
davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli
o’zgarishlarni, jismoniy, psixik, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan
kechirib boradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga uning bo’yini o’sishi,
vaznini og’irlashib borishi, suyak va mushak sistemalarini, ichki organlari va asab
sistemasini o’zgartirib borishi kiradi. Psixik o’zgarishlar esa, uning aqliy rivojiga
aloqador bo’ladi va insonda shaxsning psixik sifatlarini shakllantirib borishi, unda
hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam
bolasini rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma’lumki, hayot davomida inson
jismoniy psixik tomonidan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik
davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham
jismoniy, ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga
yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola
jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida
o’ziga munosib o’rin egallaydi.](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_8.png)
![Odamning munosabatlari doirasiga kishilar bilan aloqasigina emas, balki
tabiatga, jamiyatga, hayotga bo’lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shu ko’p
qirrali aloqalar va munosabatlar zaminida har bir shaxs o’z qobiliyati va qiziqishini
o’z bilimi va o’quvini namoyon qiladi, o’z ishiga, vazifasiga, burchiga, xalqiga,
vataniga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi. Tabiiyki, shaxsdagi bu
fazilatlar faqat tarbiyaning maxsulidir.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning
ta’sir kuchi hamisha bir hil bo’lavermaydi. Sababi odamning xulqiga,
munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilim, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat,
vaziyat ham ta’sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va behato uchun
uni turli munosabatlar doirasiga, turli vaziyatlarda kuzatib turish lozim. Ana
shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari
ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun
uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarni, bu omillarning tabiatini, shaxsning
xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_9.png)
![Foydalaniladigan adabiyotlar :
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. T. O’zbekiston. 2014 .
2. Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1- 2 2 jildlar. T. O’zbekiston. 1996-2014.
3. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. T.-Ma’naviyat. 2008.
4. Karimov I.A. “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo’lida xizmat
qilish — eng oliy saodatdir”. T.: O’zbekiston. 2015.
Asosi y adabiyotlar
1. G’oziyev E.G’. Umumiy psixologiya. T.: O’qituvchi, 2010.
2. Leontyev A.N. Leksii po obщyey psixologii: ucheb.posobiye dlya
stud.vыssh.ucheb.zavedeniy. – 5-ye izd., ster. – M.: Smыsl; Izdatelskiy sentr
«Akademiya», 2010. – 511 s.
3. Luriya A.R. Leksii po ob щ yey psixologii. – SPb.: Piter, 2006. – 320 s.
4. Yaroshevskiy M. G. Istoriya psixologii. – M., 2012.
5. Marsinkovskaya T.V. Istoriya psixologii. M., 2002
6. Myers D.G. Psychology. Ninth Edition. – Worth Publishers, 2010. – 910 p.
7. Schiffman H.R. Sensation and Perception: An Integrated Approach. 5 th
Edition. – John Wiley & Sons, 2001. – 608 p.
8. A History of Modern Psychology / Duane P. Schultz , Sydney Ellen Schultz .
Series: PSY 310 History and Systems of Psychology. Hardcover: 432 pages.
Publisher: Cengage Learning; 10 edition (February 22, 2011). Language: English.
ISBN-10: 1133316247. ISBN-13: 978-1133316244](/data/documents/dac6a583-8dbd-4d26-a0e2-8d2e07a9dc9b/page_10.png)
Shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lish Reja: 1. Yosh davrlari klassifikasiyasi 2. Har bir yosh davrining o’zigaxos psixologik rivojlanishi 3. Yosh davrlari krizislari va psixologik o’zgarishlar 4. Har bir yosh davridagi shaxslarni to’g’ri shakllantirishda ma’rifiy tadbirlar va bilimdonlikning o’rni
«Farzandlaringizni ilm va odobini, o’zingizning ilm va odobingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ular sizning zamonangizga tegishli emas, ular kelgusi odamlardir». (AFLOTUN) Yosh psixologiyasi muammolarini izchil va atroflicha, muayyan yo’nalishda o’rganish maqsadida o’tgan allomalarmizning asaralarida yoritilgan shaxsning psixik holati rivojlanishi va ijtimoiy hayot o’zgarishlari jarayonida ruhiy holatining taraqqiyoti to’g’risida qimmatli fikrlar bildirilgan, jumladan ushbu masalalar to’rt xil manbada yoritilganligi bizgacha ma’lum: 1. xalq ijodiyoti: - rivoyatlar, maqollar, matallar va masallar; 2. maxsus ijodkor kishilar (hukmdorlar) muayyan shaxsga bag’ishlab yozgan o’git- nasixatlar va hikoyatlar; 3. – qomusiy, O’rta Osiyo ilmiy nazariy qarashlarida; 4. turli davrlarda ijod qilgan shoir va yozuvchilar ijodida o’z aksini topgan. Masalan, Abu Nosir Farobiyning inosn va uning psixikasi haqidagi axloqi-falsafiy mushohadalari “Ideal shahar aholisining fikrlari”, “masalalar mohiyati”, “Falsafiy savollar va ularga javoblar” va boshqa asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy o’zining “O’tmish yodgorliklari” kitobida inson hayotiga doir xilma-xil ma’lumotlarini keltiradi. Inb Sinoning 5 tomlik “Tib qonunlari” asarida organizimning tuzilishi, undan nervlar va nerv yo’llari, fizologik jarayonlar bilan bog’liq psixik jarayonlar haqida ancha muhim ma’lumotlar bor. Shu jumladan; Yusuf Xos Xojibning “Qutadig’i bilig”, A.Jomiyning “Silsilatuz zahob”, Davoniyning “Axloqi Jaloliy”, A.Navoiyning “Xazoyinul maoniy”, “Mahbubul qulub” asarlarida insonning murkkab ichki kechinmalari mohirona yoritilgan. Yuqoridagilardan tashqari, Bobur, Farg’oniy, Majlisiy, Mashrab, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy, Muqumiy, Furqat, Bedil, Zavqiy, Hamza, Avloniy va boshqalarning yoshlar tarbiyasiga, axloq-odob, fe’l-atvori, oilaviy hayot masalalariga, shaxslararo munosabatlarga doir qarashlari ham turli janrlardagi asarlarda ravon va ixcham bayon qilib berilgan.
Rossiyada ilmiy psixologiyani rivojlantirishda K.D.Ushinskiy, N.F.Kapterev, I.A.Sikorskiy, A.P.Nachayev, A.F.Lazurskiy, P.F.Lesgaft kabi olimlar katta hissa qo’shganlar. K.D.Ushinskiyning “Inson tarbiya predmeti”, N.F.Kapterevning “Pedagogik psixologiya”, I.A.Sikorskiyning “Bola ruhi”, A.P.Nechayevning “Hozirgi zamon eksperimental psixologiyasi va uning maktab ta’limiga munosabati” va boshqa ko’pgina asarlarda psixologik ilmiy tadqiqotni jadallashtirishgaxizmat qiladi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa mamalkatlari va AQSh da yosh psixologiyasi va pedagogik-psixologiya fanlarida ilmiy tadqiqotlarga asoslangan qator asarlar paydo bo’ldi. Amerikalik psixolog U.Djems “O’qituvchilar bilan psixologiya to’g’risida suhbat” (1902) asarida yosh davrining xususiyatlari haqida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan ma’lumotlarni chuqur tahlil qiladi. 2. Shu vaqtgacha psixologiya ilmida shaxs taraqqiyotini davrlarga bo’lib o’rganishga juda katta e’tibor qaratilgan. Bir qancha davriy sxemalar ham taklif etilgan. Lekin shu sohada astoydil ijod qilgan har qanday olim o’zining “davrlarini” taklif etavergan. Bu tushunarli, zero, insonning hayotiy yo’li va uning asosiy lahzalari tarixiy taraqqiyot mobaynida o’zgaradi, bir avloddan ikkinchi avlod taraqqiyotiga o’tishning o’zi ham qator o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Davrlarga bo’lishga qaratilgan klassifikasiyalarning o’zi ham ikki turli bo’ladi: juz’iy (alohida davrlarni yana qo’shimcha davrlarga bo’lish – “davrlar ichidagi davrlar”) va umumiy (inson umrining barcha bosqichlarini o’z ichiga olgan). Masalan, juz’iy klassifikasiyaga Shveysariyalik psixolog J.Piaje (1896-1980) insonning kamol topishini bir necha davrlarga ajratib o’rganishni tavsiya qiladi: 1. Bola – tashqi muhit – ma’lumotlarni qayta ishlash. 2. Tafakkur: a) ijtimoiy davrgacha; b) ijtimioiy davr. 3. Intellekt: a) sensomotor – 2 yoshgacha; b) operasional davrgacha – 2-7 (8); v) yaqqol davri – 7 (8) – 11 (12)yoshgacha; g) rasman (formal) operasiya davri – 11 (12) – 15 yoshgacha.bu davrda bola nafaqat bevosita ko’rib turgan narsasi, balki mavhum tushunchalar va so’zlar vositasida ham fikr yurita oladi.
D.B.El’koninning yosh davrlari bosqichlarini bo’lishi E.Eriksonning taraqqiyotini davrlarga bo’lish tamoyillariga asoslanadi. Bu klassifikasiyalarda bolalik davrini o’zining uch davri farqlanadi: ilk bolalik, bolalik va o’smirlik. Har bir bosqichning o’ziga xos yetakchi faoliyati, o’zgarishlari va rivojlanish shart- sharoitlari mavjud bo’ladi va ularni bilish tarbiyachilar uchun katta amaliy ahamiyatga ega bo’ladi. Har bir bosqichda faoliyat motivlari ham o’zgaradi, ularning o’zgarishi shaxs ehtiyojlari va talabalari darajasining o’zgarishiga mos tarzda ro’y beradi. Inson hayotining barcha davrini yaxlit tarzda qamrab olgan klassifikasiyalardan biri butun jahon olimlarining qaroriga ko’ra, 1965 yili Xalqaro Fanlar Akademiyasining maxsus simpoziumida qabul qilingan sxema hisoblanadi. Psixolog B.G.Ananyev, E.Erikson va Birrenlar taklif etgan klassifikasiyaga asoslangan bo’lib, umumlashtirilgan toifalashdir. Yosh davrlari Erkaklarda Ayollarda Chaqaloqlik 1-10 kun 1-10 kun Egizaklik davri 10 kundan 1 yoshgacha 10 kundan 1 yoshgacha Ilk bolalik 1-2 yosh 1-2 yosh Bolalikning 1- davri 3-7 yosh 3-7 yosh Bolalikning 2-davri 8-12 yosh 8-11 yosh O’smirlik davri 13-16 yosh 12-15 yosh O’spirinlik davri 17-21 yosh 16-20 yosh O’rta yetuklik davri: Birinchi bosqich 22-35 yosh 21-35 yosh Ikkinchi bosqich 36-60 yosh 36-55 yosh Keksalik davri 61-75 yosh 56-75 yosh Qarilik davri 76-90 yosh 76-90 yosh Uzoq umr ko’ruvchilar 90 yoshdan ortiq 90 yoshdan ortiq
Taraqqiyot yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E.Eriksonda shaxs “Men”ning rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifaksiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham salbiy jihatdan ajratilgan. 1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik) – bu hayotning 1-yili. 2-bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) – 2-3 yoshlar. 3-bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) – 4-5 yoshlar. 4-bosqich (chaqaloqlik va yetishmovchilik) – 6-11 yoshlar. 5-bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkkashligi) – 12-18 yoshlar. 6-bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) – keksalik. 7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) – yetuklik davri. 8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) – keksalik. Erikson klassifikasiyasining o’ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o’zi to’g’risidagi tasavvurlarning jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi. Shunga o’xshash bosqichlarga bo’lishlar oxirgi paytda yana ko’plab mualliflar tamonidan taklif etilmoqda (G.Grimm, D.Bromley va boshq.). ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadiyu, shaxs unda qanday rivojlanish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Ularni tabiiy o’zgarishlarda bilish va shpganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo’yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to’g’ri kelmaydi, yoki bog’cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o’ziga xos pedagogik taktni va o’sha yosh sohasidagi bilimdonlikni talab qiladi. 1. Bola 3 oylik davridan 1 yoshgacha zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi. Muloqatga intiladi, bolalarning tili yoki nutqi qanchalik erta chiqsa, imo-ishoralarga tez ko’nika boshlaydi. Qancha tez muloqotga kirishsak, shuncha tez, rivojlanadi. Muloqot qancha kam bo’lsa, bolaning o’sishi sust kechadi. 2. Ikki yoshdan bola tub ma’noda so’zlashish malakasini to’la egallaydi. Shu yoshdan odob-axloq qoidalarini o’rgatish zarur. Ayni chog’da bolani ozodlikka sarishtalikka o’rgatish ijodiy natija beradi. Bu yoshda o’jarlik alomatlari paydo