Tasavvufning paydo bo’lish tarixi.
REFERAT Mavzu: Tasavvufning paydo bo’lish tarixi.
Rеja: 1. Tasavvufning ta’rifi, mavzusi, g’oyasi. 2. Tasavvuf so’zining kеlib chi q ishi. 3. Tasavvufning paydo bo’lishi masalasi. 4. Tasavvufning tarixiy rivojiga bir nazar.
K е yingi yillar ichida adabiy-ma’naviy hayotimizda «tasavvuf», «mutasavvif», «ilohiyot» kabi tushunchalar tobora k е ng kirib k е lmoqda. Aslida adabiy-falsafiy olamning hodisasi XX asrning hodisasi emas. XV asrning ikkinchi yarmida yashab faoliyat k o’ rsatgan adib va qomusiy olim Husayn Voiz Koshifiyning shahodatiga qaraganda, tasavvufning o’ q ildizlari Odam Ato va uning dastlabki farzandalari taqdiridan boshlanadi. Bunday ilmiy taxminlar boshqa irfoniy manbalarda ham k o’ zga tashlanadi. Uzoq o’ tmishda shakllana boshlagan tasavvuf n е cha ming yillar davomida g’oyat olis va t o’ lqinli taraqqiyot y o’ lini bosib o’ tdi. Uning bag’rida n е cha-n е cha tariqatu oqimlar tug’ilib, yashab hayot bilan vidolashuvga ulgurdi. Eng muhimi, tasavvuf hamisha ezgulik tarafida turdi, insonning jismoniy, ma’naviy- ruhiy kamolatining hammabop y o’ llari, uning poklanishi va balog’ati ustida fikr yuritdi. Mustaqillik davri boshlanishi bilan tasavvuf ta’imoti va tasavvuf adabiyoti vakillariga munosabat ijobiy tomonga o’ zgardi. Bu qonuniy va tabiiy o’ zgarish, albatta. Chunki tasavvuf va tariqatlar, tasavvuf maslagi zaminida shakllangan ma’naviy hayot bizning madaniyat tariximizda muhim mavq е ga ega b o’ lgan. Biz nafaqat ilm-fan, adabiyot, san’at va musiqamizni, tilimiz taraqqiyotini ham tasavvufdan butunlay ajratib tasavvur eta olmaymiz. Diniy-tasavvufiy adabiyot o’ zb е k mumtoz adabiyotining o’ ziga xos bir tarmog’iga aylanganligi, avvalo, mazkur haqiqat bilan izohlanadi. Tasavvuf tarixini o’ rganmay turib o’ zb е k mumtoz adabiyotining tub mohiyatiga y е tib b o’ lmaydi. Atoqli olim Е .E. B е rt е l ь s o’ tgan asr boshidayoq qayd etgan edi: «Tasavvuf adabiyotini o’ rganmasdan turib, o’ rta asrlar musulmon sharqi madaniy hayoti haqida tasavvurga ega b o’ lish mumkin emas... bu adabiyotdan xabardor b o’ lmasdan Sharqning o’ zini ham anglash qiyin». Tasavvuf adabiyotini bilish va o’ rganish uchun esa avvalo tasavvufning o’ zini bilish k е rak. Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta’limot bo’lib, islom olamida VIII asrning o’rtalarida paydo bo’lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko’rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam
vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo’linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon raziyallohu anhu zamonida boylikka ruju qo’yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug’lar, yaqin do’st-birodarlarni siylash rasm bo’ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin- kumushga berilish, xazina to’plash avj oldi. Ya’ni diniy mashg’ulotlar, Xudo yo’lidagi toat-ibodat o’rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo’ygan e’tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo’ldi. Ular orasida hadis to’plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo’lib, uy-joy, mol- mulkka e’tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo’lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («zuhd» so’zidan «zohid» so’zi kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g’oyasini targ’ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toat- ibodat bilan shug’ullanganlar. Kufa, Bag’dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko’p edi, aytish kerakki, ularning obro’-e’tibori ham xalq orasida katta bo’lgan. CHunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi yirik so’fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so’fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba’zi mualliflar esa ularni so’fiylar qatoriga qo’shmaganlar ham. Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo’lishlariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma’rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma’naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomatlar ko’rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag’firatini qozonish, Qur’onda va’da qilingan jannatning huzur- halovatiga yetishish edi. So’fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tama’ning bir ko’rinishidir. Holbuki, so’fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama’ bo’lmasligi kerak. Yagona istak bu — Haq taoloning diydoridir, xolos.
Mashhur so’fiy ayol Robia Adaviyya (714—801) Tangriga munojotlarida nola qilib aytar ekan: «Ey Parvardigorim, ey Yori aziz, agar jannating tamaida toat qiladigan bo’lsam, jannatingdan benasib et, agar do’zaxingdan qo’rqib ibodat qiladigan bo’lsam, meni do’zax o’tida kuydir — ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o’tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!» Alloh taologa quruq, ko’r-ko’rona mutelikniig hojati yo’q. SHuning uchun so’fiylar Allohni jon-dildan sevish, Uning zoti va sifatlarini tanish va bilish, ko’ngilni nafsu hirs g’uboridan poklab, botiniy musaffo bir holatda Iloh vasliga yetishish va bundan lazzatlanish g’oyasini keng targ’ib qildilar. Inson ruhi ilohiydir va, demak, asosiy maqsad — ilohiy olamga borib qo’shilmoqdir, dedilar. SHu tariqa, dunyodan ko’ngil uzgan, ammo zohidlarga o’xshamaydigan, «bir nazar bilan tuproqni kimyo etadigan» (Hofiz SHeroziy), zehnu zakovat, aqlu farosatda tengsiz, ammo o’zga mutafakkirlar, faylasuflardan ajralib turadigan, shariat ilmini suv qilib ichgan, toatu ibodatda mustahkam, lekin oddiy dindorlardan farqlanadigan ajoyib xislatli odamlar toifasi paydo bo’lgan ediki, ularni ruh kishilari deb atardilar. Bunday odamlarning fe’l-atvori, yurish-turishi, xoriqulodda (odatdan tashqari) so’zlari va ishlari atrofdagilarni hayratga solar, ba’zilarining g’aybdan bashorat beruvchi karomatlari, sirli mo’’jizalari aqllarni lol qoldirardi. Ularni ahlulloh, avliyo, ahli hol, ahli botin, arbobi tariqat, darvesh, qalandar, faqir degan nomlar bilan tilga olardilar. Ammo bu toifaga nisbatan ko’proq «so’fiy» nomi qo’llanilgan, chunki ushbu so’zning ma’nosi ancha keng bo’lib, boshqa tushuncha va atamalarni o’z ichiga sig’dirardi. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, chin so’fiy o’zlikdan hamda foniy dunyodan voz kechgan va Haq baqosida o’zligini qayta topgan zot bo’lib, suratda bandayu, ma’nida ozod kishidir. Surat — tashqi ko’rinishda banda bo’lish — jism- tanani Iloh toatiga bag’ishlash bo’lsa, ma’nida ozodlik – botinni barcha aloqalardan tozalab, ruhni hur va pok saqlash demak. So’fiyga hech bir narsa va hech bir kishi qaram bo’lmasligi; uning o’zi ham hech bir narsaning, hech bir odamning qarami bo’lmasligi kerak.