Tasavvufning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi
Tasavvuf ning paydo bo‘lishi, ta’limot sifatida shakllanishi va tarixiy taraqqiyoti Reja: 1. Tasavvuf ilmi mumtoz adabiyotshunoslikning tarkibiy qismi sifatida. 2. Tasavvufshunoslik fan sifatida. 3. O‘zbyek tasavvufshunosligi va uning taraqqiyot omillari. 4. Sharq mumtoz poetikasining shakllanishi.
Tasavvuf ijtimoiy hodisalardan biri bo‘lib, u O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi boshqa diniy-mazhabiy jarayonlar qatorida muayyan moddiy va ma’naviy zamin hamda unga muvofiq tarixiy sharoit natijasi sifatida vujudga keldi. U islom diniga zuhdu taqvo tarzidagi oppozitsion bir ko‘rinishda paydo bo‘ldi, bir guruh insonlarning mavjud davlat boshqaruviga nisbatan e’tirozlarini ifoda etti va Sharq ma’naviy tafakkuri zanjirida shu tariqa amaliy va nazariy munosabatlar majmuidan iborat bo‘lgan tasavvuf ta’limoti yuzaga keldi. Islom dini e’tiqod sifatida yoyilguniga qadar ham sharqda, ham g‘arbda irfoniy ta’limotlar va maktablar mavjud edi. Ayrim g‘arb olimlari tasavvufning yunon va hind irfoniy-falsafiy ta’limotlaridan ta’sirlanib yuzaga kelganligini qayd etadilar. Sharq musulmon ulamolari esa ularning bu fikrlarini rad etib, o‘zlarining bu mavzudagi nuqtai nazarlarini aniq ilmiy dalillar bilan himoya qiladilar. Olimlar munozarasini o‘rganish jarayonida “Sharq va G‘arb ilmiy-falsafiy tafakkuri tarixida mavjud bo‘lgan “irfon” va “tasavvuf” atamalari o‘zaro muqobilmi, ya’ni bir mazmun-ma’noni anglatadimi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu tushunchalar esa aynan bir-biriga mazmunan nomuqobil (teng emas), mohiyat jihatidan ham farqli ekan. C h unonchi, “ irfon ” so‘zi arab tilida bilish, tanish, tushunish, chuqur va har tomonlama kuchli bilimni anglatar ekan. Bu so‘z yunon tilida yunon mifologiyasidan kelib chiqqan “mistika”, ya’ni “sirli”, “g‘oyibona” ma’nolarini bildirar ekan. Bu so‘zning yana bir ma’nosi baland salohiyat (intellekt) bo‘lib, irfon sohibi (ya’ni orif)ning ilm-fanning ko‘p sohalarini, fanlarga oid ko‘p ma’lumotlarni qamrab olganligini, aqliy-mantiqiy tafakkuri va intuitsiyasi (hissiy- sezish) qobiliyati rivojlanganligini anglatar ekan. Sezgi orqali erishilgan irfon Haq taolo va uning sifatlari haqida bevosita ma’lumot beradi. Aql va diniy hujjatlar esa bilvosita ma’lumot beradi. Insonning o‘zi his qilib topgan ma’naviy mushohadasiga asoslangan bevosita ma’lumot – irfon, albatta diniy rivoyatlar, dalillangan aqliy bilimlardan muhimroq va qadrliroq sanaladi. “ Tasavvuf ” so‘zi esa inson badanining huzur-halovatga bo‘lgan talablarini cheklash maqsadida tanga qishin-yozin noqulaylik tug‘diruvchi jun matodan kiyim kiyib, qol (dunyoviy) va hol (ma’rifiy) ilmlarni egallab, ichki dunyosini poklashi,
go‘zal qilishi natijasida Yaratguchi - Haq taolo roziligini topish yo‘lidan yurish ma’nolarini bildirar ekan. Tushunchalar ma’nolarini muqoyasa qiladigan bo‘lsak, irfon egasi ham, tasavvuf vakili – sufiy ham ruhiy-ma’naviy kamolotga erishgan zotlar bo‘lib, dunyo hayotlarida Haqni tanish, Unga intilish yo‘lidan yuruvchilardir. Shu jihatdan bu ikki tushunchani ba’zi olimlar bir ma’noda ishlatadilar. Abdulhakim Juzjoniy bu masalaga shunday aniqlik kiritadi: “Ba’zilarning fikricha, tasavvuf irfonning bir bo‘limi va uning ko‘rinishlaridan biridir, ya’ni tasavvuf bir yo‘l-yo‘riq va tariqat sifatida irfondan ajralib chiqqan. Irfon esa umumiyroq tushuncha bo‘lib, tasavvufdan boshqa yo‘l-yo‘riq va mazhablarni ham o‘z ichiga oladi. Unga binoan bir kishi sufiy bo‘lib, orif bo‘lmasligi mumkin. Y o ki bir kishi zohiran tasavvuf tariqasida turib, irfondan hech qanday bahra olmasligi ham mumkin. Ba’zan esa orif so‘zi sufiy va darveshga nisbatan yuksakroq ma’noda ham qo‘llangan. Ba’zilar esa irfon – tasavvufning ilmiy va zehniy tomoni va tasavvuf – irfonning amaliy tomoni deb bilganlar.” 1 Tasavvuf nazariya bilan cheklanib qolmagan, tajriba bilan hosil bo‘lgan amaliy ilmdir. Bu erda amal deyishdan maqsad faqat ibodat emas, balki inson hayotining har bir daqiqasida muayyan maqsad bilan (pok va ezgu maqsad bilan) harakat qilishi, haq roziligini istashidir. Imon ham faqat shu orqali kamol topadi. “Tasavvufiy imon – amaliy imondir”, - deb yozadilar turk olimlari. 2 Demak, irfon alohida olingan bir shaxs ruhoniyati yoki falsafiy maktab ilmiy-ruhoniy takomili darajalari haqida tasavvur tug‘dirsa, tasavvuf imonni axloqiy turmush tarzi, o‘zaro hamjihatlik, mehr-muhabbat; inson, jamiyat va jamiki maxluqot uyg‘unligida namoyon bo‘ladigan fayzi ilohiy bir hol sifatida tushuntiradi. Ko‘rinadiki, irfon va tasavvuf bir maqsadni ko‘zlagan insonlarning irodasini ifoda etuvchi ta’limot, ammo bu maqsadga etish yo‘llari va natijalari turli mazmunda bo‘lishi mumkin. Ya’ni, irfoniy ta’limot va maktablar islomgacha bor edi va ularda ifoda etilgan irfoniy g‘oyalar tasavvuf ta’limoti g‘oyalariga hamohang bo‘lgan. Bu g‘oyalar qadimgi Y u non va Hind falsafalarida ham ishlab chiqilgan. Ammo bu g‘oyalarning asosiy manbalari islomgacha bo‘lgan dinlar edi. 1 Абдулҳаким Шаръий Жузжоний. Тасаввуф таълимотининг илдизлари. // “Мулоқот”, 1995, № 1-2. 32-б. 2 Қаранг: Усмон Турар. Тасаввуф тарихи. – Тошкент: “Истиқлол”, 1999. 27-б.
Shu boisdan islom dini asosida shakllangan tasavvuf ta’limoti islom dini o‘zigacha bo‘lgan dinlardan qanchalik farq qilsa, tasavvuf ham boshqa irfoniy maktablardan katta farq qilgan. Tasavvufning asosiy g‘oyalarini islomning muqaddas manbalari – Qur’oni karim va Hadisi shariflar mazmun-mohiyati tashkil etgan. Abdulhakim Juzjoniy yuqorida tilga olingan maqolasida “Hindiston va Yunonda ilmi irfon” haqida so‘zlar ekan, Hindistonda irfon g‘oyalarini ifoda etgan o‘nlab falsafiy maktablar borligini, shular orasidan “Vandotion” mazhabini Hindistonda irfon mazhabi deyish mumkin ekanligini qayd etadi. Bu ta’limot vakillari falsafiy fikr yuritib: ”orif dunyoviy aloqalar va moddiy bog‘lanishlardan uzilgandan keyin yuksaklik darajasiga ko‘tariladi, o‘shanda orifning ruhi, kulliy (umumiy) ruhning o‘zi bo‘lib qoladi”, degan xulosaga keladilar. 3 Yunonistonda miloddan avvalgi V asr (427-347 yillar)da yashagan, “faylasuflar otasi” deb nom olgan Aflotun - Platon - bu dunyo, butun borliq yagona bir haqiqiy borliqning, ya’ni Haq taoloning aksi, tajalliysi (nurining jilolanishi) deb aytadi. U Haq taolo barcha sifatlari bilan butun olamga, tabiatga yoyilib, singib ketgan, deydi va keyinchalik Sharqda ham keng tarqalib ketgan panteizm ta’limotiga asos soladi. 4 Xullas, hind, yunon falsafasi, xristian ruhoniylari ta’limotlari irfoniy mazmun kasb etsa-da, bu ta’limotlar mukammal bir ilohiy dasturga ehtiyoj sezganlar, shuning uchun ularda inson va dunyo hayoti ehtiyojlariga nisbatan ba’zan keskin munosabat, masalan, asketizm (tarkidunyochilik) kabi nokomil e’tiqod ham paydo bo‘lgan. Tarkidunyochilik islom dini tarixida ham bor hodisa, ammo bu hodisa islomiy tafakkur tarzidan kelib chiqib, o‘ziga xos jihatlariga ega bo‘lgan. Payg‘ambar Muhammad alayhissalom o‘z hadislaridan birida “Lo rahiboniyata fil-islom”, ya’ni islomda rohiblik – xristian dinidagilarning tarkidunyochiligiga o‘xshagan tarkidunyochilik yo‘qdir, deganlar. 3 Шу мақола, 33-б. 4 Тасаввуфга ташқи таъсир масалалари хусусида билдирилган фикрлар, уларнинг таҳлили ва муаллифнинг илмий муносабати Усмон Турарнинг “Тасаввуф тарихи” китобида анча муфассал келтирилган. (Қаранг: Адабиётлар рўйхати, Усмон Турар.)
Tasavvuf muayyan ijtimoiy sabablar bilan islom diniga ixlos va sadoqat natijasida shakllandi va o‘zining g‘oyaviy asosi sifatida islomning muqaddas manbalari Qur’oni karim va Hadisi shariflarga tayandi. Tasavvufning qanday asosda shu nom bilan atalishi haqida mingdan ortiq ta’rif ko‘rsatilgan. Ammo, katta diniy–ma’rifiy ta’limot nomiga aylangan bu so‘z ilmiy dunyoqarash sifatida shakllanib, nazariy jihatdan o‘z yo‘li, g‘oyaviy asoslariga ega bo‘lgachgina, ijtimoiy mohiyat kasb etdi. Bu jarayon esa bevosita islom rasmiy din sifatida keng yoyilib, siyosiy kuchga aylana borishi jarayonida Muhammad alayhissalom hayotlik davrlaridan keyin kechdi. Islom dini tarixidan ma’lumki, “xulafoyi roshidiyn” - Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob (r.a.) xalifalik davrlarida islomga e’tiqod xuddi payg‘ambar (a.) hayotlik paytlaridagidek oshkora, ommaviy bo‘lgan. Chahoryorlardan Usmon ibn Affon (r.a.) xalifa bo‘lgach esa, davlatning diniy siyosatiga nisbatan ijtimoiy jihatlarga ko‘proq ahamiyat berilib, davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarini va harbiy sohani rivojlantirishga harakat qilindi. Islom davlati tez sur’atli ijtimoiy taraqqiyotga yuz tutib, kishilar va davlatlar o‘rtasidagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar diniy e’tiqodga nisbatan faollashgan xuddi ana shu davrda o‘zining darvishlik, zohidlik kabi ko‘rinishlariga ega bo‘lgan so‘fiylik harakati davlat siyosatiga aralashmay, diniy ta’limot sifatida ilmiy asoslarda rivojlana bordi. Bu ta’limotning asosiy manbalari Qur’oni karim va Hadisi shariflar bo‘lib, bu manbalarga tasavvuf namoyandalari ilmiy-nazariy va amaliy, xususan, intuitiv yondashuvni maksad qildilar. Tasavvufning ijtimoiy oqim sifatida yuzaga kelishi sabablari haqida fikr yuritar ekan, taniqli olim M.Hazratqulov mulohazalarini ba’zi tarixiy faktlar bilan quvvatlaydi. Uning keltirishicha, Hazrati Usmon xalifaliklari davrida (644-655 m.) mazhablar paydo bo‘lishi uchun qulay muhit yuzaga keldi. Xususan, xalifalik markazidan norozilik kayfiyati baralla va oshkora namoyon bo‘la bordi va bu hol turli-tuman shakllarda o‘z ifodasini topdi. Shu davrdan boshlab nihoyatda ko‘pqirrali oppozitsion jarayon paydo bo‘ldi va xorijiya, ismoiliya, mo‘‘taziliya, shuubiya, ash’ariya va boshqa nomlardagi firqalar o‘z ta’limotlarining ilmiy