KOMPYUTER LINGVODIDAKTIKASI
KOMPY UTER LIN GV ODIDA KTIKA SI Reja: 1. Kompyuter lingvodidaktikasi va ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning ahamiyati. 2. Tjl o ‘ rgatishda avtomatlashtirish. 3. Til o ‘ rgatuvchi o ‘ quv dasturlari va ulardan foydalanish.
XX asr tarixga ilm-fan inqilobi davri, kompyutcr, avtomatizatsiya asri sifatida kirdi. Bu davrda insoniyat o‘zining og‘ir mehnatini o‘z aqli bilan osonlashtirishga erishdi. Ya’ni ishlab chiqarish jarayonida foydali ish koeffitsiyenti bir necha barobarga oshdi, mehnat unumdorligi o‘sdi. Insoniyat yirik zavod, fabrikalarni, korxonalarni avtomatlashtirishga erishdi. Bunda ilgari manufaktura (qo‘l mehnati)ga asoslangan ishlab chiqarish tizimidan avtomatlashgan, kompyuterlashtirilgan tizimga o‘tildi. Hozirgi kunda av tomatizatsiya faqatgina ishlab chiqansh emas, balki jamiyatning deyarli barcha sohalariga kirib kelmoqda. Xususan, ta’lim jarayonida bilimlarni diagnostika qilishning, xorijiy tillarni o‘rgatishning ham samarali avtomatik tizimi ishlab chiqilgan. «Avtomatizatsiya» so‘zi lotincha «o‘zi harakatlanadi» degan ma’noni bildiradi. So‘zning ma’nosidan anglashilib turibdiki, tizim mustaqil harakatlanishga asoslangan, turli operatsiyalar bajarishga yo‘naltirilgan va shu tamoyilda ishlashiga moslab programmalashtirilgan mexanizmlar yig‘indisidir. Hammaga ma’lumki, yirik korporatsiyalarda, aytaylik, avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlarda avtomatizatsiya tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu tizim optimalligi uchun jamiyatning boshqa sohalariga ham asta-sekinlik bilan tatbiq etilmoqda. Hozirda til o‘rgatishning avtomatik tizimlari ishlab chiqilgan. Til o‘rgatishning
avtomatlashganligi shu bi lan izohlanadiki, u maxsus o‘quv dasturlari yordamida amalga oshiriladi. Til o‘rgatishda kompyuterdan foydalanish bo‘yicha dastlabki tajribalar XX asrning 60-yillarida Stenford (Russian-Program) va Nyu-York univer-sitetlarida (Das Deutche Program) o‘tkazildi. XX asrning 70 - 80-yillarida til o‘qitishda kompyuterdan foydalanishga bo‘lgan qiziqish kuchaydi va hatto alohida yo‘nalishning yuzaga kelishiga olib keldi: Computer Assisted Lan guage Learning (CALL). 77 CALL bo‘yicha 1-xalqaro konferensiya 1985-yil 12 - 13-noyabrda Budapesht shahrida o‘tkazildi. 2-xalqaro konferensiya 1989-yil 15- 17-noyabrda bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiyalarda komp-yuter yordamida xorijiy tillarni o‘rgatishning yangi metodlari taklif etildi, o‘qituvchi lingvistik avtomatlar xususida qimmatli mulohazalar o‘rtaga tashlandi, o‘qitishda audio va video vositalardan foydalanish samarali ekan-ligi ta’kidlandi. Kompyuter texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga ko‘tardi, bu o‘z o‘rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko‘rib chiqish, uni yangi bilim hamda ko‘nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini tug‘dirdi. Hozirgi vaqtda oliy ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslarini yaratish, ularni tasniflash, metodik ahamiyatini belgilash, ta’lim jarayoniga tatbiq etish kabi dolzarb muammolar ustida ish olib borilmoqda. Ilg‘or pedagogik texnologi yalarning kompyuter texnologiyalari bilan
uyg‘unlashtirib tashkil etilishi va shu asosda multimedia darslarining yaratilishi asosiy yo‘nalishga ay-lanib qolmoqda. Multimedia («ko‘p muhitlik» degan ma’noni bildiradi) za-monaviy kompyuterlarning deyarli barchasida mavjud bo‘lgan imkoniyat- lar majmuini, kompleks tushunchani anglatadi. Multimedia axborotning turli ko‘rinishlari - matn, jadval, grafika, ovoz, animatsiya (multiplikatsiya), videotasvir, musiqa yordamida axborotni yig‘ish, saqlash va qayta uzatishvazifalarini bajaradi. Multimedia «inson-kompyuter» interaktiv (dialogik) muloqotningyangi, takomillashgan pog‘onasi bo‘lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi. Bir qator olimlar, metodistlar tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, ta’lim oluvchi birinchi marta eshitgan mavzusining faqat to‘rtdan bir qismini, ko‘rgan materialining uchdan bir qisminigina eslab qoladi; ham ko‘rib, ham eshitsa, axborotning ellik foizini esda saqlaydi. Interaktiv multimedia texnologiyalaridan foydalanilganda esa bu ko‘rsatkich yetmish besh foizni tashkil etadi. Shu bois ta’lim jarayonida kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi lingvistik avtomatlardan foydalanishda 2 xil yondashuv mavjud: bixevioristik yondashuv - mavjud an’anaviy o‘qitish tizimining bar-cha jabhalarini e’tiborga oluvchi o‘qitish mexanizmlari, bunda grammati-kaning ma’lum bo‘limi tugagandan so‘ng uni topshiriqlar asosida baholash, shuningdek,
leksik minimumlar bo‘yicha bilimni nazorat qilishga yo‘naltirilgan dasturiy ta’minotga asoslangan o‘qitish tizimi. Bunda bixe- viorizmning «stimul-reaksiya-mustahkamlash» formulasiga asoslaniladi. O‘qitish usullari «stimul» (turtki) vazifasini bajaradi, o‘rganuvchi bundan ta’sirlanadi va bilimni mustahkamlaydi. kognitiv-intellektual yondashuv - CALL (CALL Software) uchun uni-versatdasturiy ta’minotlar yaratish, o‘qitish tizimini lug‘at bazasi, gram-matika bo‘yicha qo‘llanmalar, tizimni avtomatik korrektorlar, speller bilan ta’minlash, audio va vizual effektlar bilan boyitish kabi amaliy ishlar maj-muidir. Til o‘rgatishda quyidagi kompyuter dasturlarini qo‘llash mumkin: 1.Taqdimot texnologiyasi, ya’ni mashg‘ulotni ko‘rgazma sifatida o‘tkazish darsda kompyuterdan foydalanishning eng oson usulidir. Buninguchun o‘qituvchiga birgina kompyuter va multimedia proyektori kerakbo‘ladi. MS Power Point dasturi yordamida o‘tilajak dars uchun kompyuterda o‘qituvchining o‘zi slaydlar yaratadi va ko‘rgazmalar paketini tay-yorlaydi. Elektron nusxa - bu o‘zbek tili fani bo‘yicha mavjud bo‘lganmuayyan darslikning kompyuterdagi elektron versiyasi (nusxasi) bo‘lib, undamultimedia vositalaridan faqat ovoz va matn qatnashadi. 2. Elektron multimedia darsligi - aynan kompyuter vositasida o‘quv kur-sini yoki uning bitta katta bo‘limini o‘qituvchi yordamida yoki mustaqilo‘zlashtirishni ta’minlovchi dasturiy-metodik